Prezident Shavkat Mirziyoyev matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga tabrik yo‘lladi
Tabrikning to‘liq matni: https://president.uz/uz/lists/view/8269
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Global ijtimoiy-siyosiy jarayonlar beqiyos shiddat bilan o‘zgarayotgan hozirgi o‘ta murakkab va notinch dunyoda ommaviy axborot vositalarining o‘rni va ta’siri har qachongidan ham kuchli ahamiyat kasb etayotganini hammamiz anglab turibmiz.
Shu ma’noda, bepoyon mediaolamda xolis va haqqoniy axborot tarqatish bilan birga, milliy manfaatlarimizni qat’iy himoya qiladigan jurnalist ahlining mashaqqatli mehnatini muqaddas sarhadlarimizda sergak turgan Vatan posbonlarining jasoratiga qiyoslasak, o‘ylaymanki, o‘rinli bo‘ladi.
Ushbu qutlug‘ ayyomda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tarixiy ishlarga o‘z iste’dodi, professional mahorati bilan munosib hissa qo‘shib kelayotgan ommaviy axborot vositalarining barcha xodimlariga xalqimiz nomidan yuksak hurmat va ezgu tilaklar izhor etish men uchun katta sharafdir!
Tabrikning to‘liq matni: https://president.uz/uz/lists/view/8269
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
👍12❤4🔥2👏2👎1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Taxiatoshlik tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi hamda Bandixonda yangi loyihalar taqdimot qilindi
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
👍9🕊2❤1👏1
Termiz shahridagi "Mumtoz" tantanalar saroyida 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda 400 ga yaqin jurnalist, nashriyot va matbaa sohasi vakillari, faxriy jurnalistlar hamda blogerlar ishtirok etdi.
Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, Prezidentimizning soha xodimlariga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi va barcha axborot sohasi vakillarini bayram bilan tabrikladi.
Ayni paytda viloyatda 39 ta gazeta va jurnal, 3 ta televideniye, 1 ta radio, 5 ta rasmiy veb-sayt faoliyat yuritmoqda. Shuningdek, markaziy OAV vakillari ham hududdagi yangilik va o‘zgarishlarni xolis yoritishga xizmat qilmoqda. 70 dan ortiq davlat idora va tashkilotlaridagi axborot xizmatlari jamiyatda ochiqlik va oshkoralikni ta’minlashga o‘z hissasini qo‘shmoqda.
Tantanali tadbirda sohaga qo‘shgan faol hissasi uchun 35 dan ziyod jurnalist, bloger va axborot xizmatlari xodimlari viloyat hokimining faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Tadbir bayramona dasturxon va san’atkorlarning kuy-qo‘shiqlari bilan yanada mazmunli tusda o‘tkazildi.

👍15❤13🕊2👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Surxondaryoda matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni keng nishonlandi
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
🔥15👍10❤5🕊1
Surxondaryo viloyatidagi klasterlar, fermer xo‘jaliklari va pudratchilar jami 89,3 ming gektar maydonda g‘alla yetishtirib, kuni kecha davlat ehtiyojlari uchun 267 ming 287 tonna tovar donni muvaffaqiyatli yetkazib berishdi va shartnomaviy reja ko‘rsatkichlarini ortig'i bilan bajardilar.
Bugun vohadagi g‘allakorlarning bu zafarlari munosabati bilan ularni qutlash va mashaqqatli mehnatlarini rag‘batlantirish maqsadida Surxondaryo viloyatining barcha hududlarida bayram tadbirlari tashkil etildi. Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Qiziriq tumanidagi tadbirda ishtirok etib, videokonferensaloqa orqali barcha tuman g‘allakorlarini ushbu zafar bilan samimiy tabrikladi.
Qishloq xo‘jaligi sohasida tajriba to‘plagan faxriylar maslahatlari hamda ilg‘or fermerlarning sa’y-harakatlari natijasida, bu yil ham Surxondaryo viloyati respublikada birinchilardan bo‘lib davlat ehtiyojlari uchun tovar don yetkazib berish shartnomasi rejalarini bajardi.
Shuningdek, vohadagi mehnatga munosib hissa qo‘shgan klaster va fermer xo‘jaliklari, mexanizatorlar, suvchilar va boshqa ishchi-xodimlar mehnati rag‘batlantirilib, ularga sovg‘alar topshirildi.
Barcha tumanlarda tashkil etilgan tadbirlar to‘kin dasturxon atrofida va bayramona konsert dasturlari bilan yuqori kayfiyatda o‘tkazildi.

👍17❤11👏2🕊2