Telegram Web Link
Boysun tumanida joylashgan, shifobaxsh buloqlari va betakror tabiati bilan mashhur "Omonxona" qishlog‘i — so‘nggi yillarda yurtimiz hamda xorijdan kelayotgan sayyohlarni o‘ziga jalb qilayotgan turizm maskanlaridan biridir. Ayniqsa, tibbiy turizmga bo‘lgan talab ortib borayotgani sababli bu hududga tashrif buyuruvchilar soni yil sayin oshib bormoqda.

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov mazkur hududga tashrif buyurib, sanatoriy infratuzilmasini takomillashtirish, xizmat sifatini oshirish hamda uni yil davomida faoliyat yuritadigan maskanga aylantirishga qaratilgan loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.

Loyiha doirasida 200 o‘rinli yangi dam olish maskani va zamonaviy oshxona qurilishi boshlandi. Umumiy qiymati 80 milliard so‘mdan ortiq bo‘lgan ushbu loyiha amalga oshirilishi natijasida sanatoriyning xizmat ko‘rsatish salohiyati 4 barobarga oshadi va tashrif buyuruvchilar uchun barcha zarur qulayliklar yaratiladi.

Tashrif doirasida viloyat rahbari hududdagi mehmon uylari va mavjud sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, mutasaddilarga yo‘l va aloqa tarmoqlarini yangilash, kommunal xizmatlar sifatini yaxshilash, qo‘shimcha xostel va mehmon uylari barpo etish orqali hududning turizm salohiyatini yanada oshirish yuzasidan aniq vazifalar yuklatildi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Media sohasi xodimlari kuni va g‘allakorlarning zafar bayramlari o‘tkazildi hamda "Omonxona" sanatoriysining yangi binolari qurilishiga start berildi

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekistonning YEOII doirasidagi dastur va loyihalarda ishtirok etishi mamlakatlarimizning iqtisodiy sherikligini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🕌Hadis tarixida o‘chmas nom qoldirgan buyuk alloma — Imom Termiziyning hayoti va ilmiy-ma’naviy merosi

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Boysun tumanida avtomobil gaz baloni portlashi yuzasidan rasmiy bayonot

Bugun, 28-iyun kuni soat 07:15lar atrofida Boysun tumanidagi "Inkobod" mahallasi hududida joylashgan avtomobillarga siqilgan gaz to‘ldirish shoxobchalaridan birida halokatli hodisa yuz berdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, "Nexia-2" rusumli yengil avtomobilga metan gazi to‘ldirilayotgan paytda 100 litr sig‘imdagi ballon yorilib, portlash sodir bo‘lgan. Voqea joyida yong‘in yuz bermagan.

Hodisa oqibatida yaqin joyda turgan haydovchi og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan. Voqea joyiga Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar hamda prokuratura organlari mutasaddilari yetib borgan bo‘lib, holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Haydovchilardan avtomobillarning texnik sozligini doimiy nazorat qilish, belgilangan muddatlarda texnik ko‘rikdan o‘tkazish hamda kunning issiq vaqtlarida gaz to‘ldirishda ehtiyot choralariga qat’iy rioya qilishlarini so‘raymiz.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Hududlarda mavjud imkoniyatlarni aniqlash, istiqbolli loyihalarni ishlab chiqish hamda ularni auksion savdolari orqali salohiyatli tadbirkorlarga ajratish ishlari izchil davom etmoqda. Bu orqali joylarda tadbirkorlik muhitini yaxshilash, infratuzilmani rivojlantirish va yangi ish o‘rinlari yaratishga erishilmoqda. Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Qumqo‘rg‘on va Denov tumanlarida ishlab chiqilgan qator loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.

Xususan, Qumqo‘rg‘on tumanida temir-beton mahsulotlari ishlab chiqarish klasteri, turizm obyektlari va xizmat ko‘rsatish nuqtalarini tashkil etish, Denov tumanida esa sug‘orish tizimi murakkab bo‘lgan ijara yer maydonlarini suv bilan ta’minlash uchun subsidiya ajratish, zarur uskunalar bilan ta’minlash, shuningdek, samarasiz 4,8 gektar yerda joylashgan istirohat bog‘ini davlat-xususiy sheriklik asosida qayta faoliyatga jalb etish bo‘yicha loyihalar taqdimoti ko‘rib chiqildi.

Loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslari va iqtisodiy samaradorligi chuqur tahlil qilindi. Ularni takomillashtirish va aniq hisob-kitoblar asosida amalga oshirish yuzasidan mutasaddilarga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

Shundan so‘ng, Denov tumanida "Kambag‘allikdan farovonlik sari" davlat dasturiga kiritilgan fuqarolarga "Mehnat farovon hayot" fermer xo‘jaligining g‘alladan bo‘shagan yerlaridan oziq-ovqat ekinlari ekish uchun tayyor holda, urug‘lari bilan birga yer maydonlari ajratib berildi. Shuningdek, mazkur oilalarga un va go‘sht mahsulotlari tarqatildi. Tuman rahbarlariga ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, mahsulot yetishtirishda amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha aniq vazifalar yuklatildi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
2025/07/06 17:21:44
Back to Top
HTML Embed Code: