Termiz shahridagi "Mumtoz" tantanalar saroyida 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda 400 ga yaqin jurnalist, nashriyot va matbaa sohasi vakillari, faxriy jurnalistlar hamda blogerlar ishtirok etdi.
Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, Prezidentimizning soha xodimlariga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi va barcha axborot sohasi vakillarini bayram bilan tabrikladi.
Ayni paytda viloyatda 39 ta gazeta va jurnal, 3 ta televideniye, 1 ta radio, 5 ta rasmiy veb-sayt faoliyat yuritmoqda. Shuningdek, markaziy OAV vakillari ham hududdagi yangilik va o‘zgarishlarni xolis yoritishga xizmat qilmoqda. 70 dan ortiq davlat idora va tashkilotlaridagi axborot xizmatlari jamiyatda ochiqlik va oshkoralikni ta’minlashga o‘z hissasini qo‘shmoqda.
Tantanali tadbirda sohaga qo‘shgan faol hissasi uchun 35 dan ziyod jurnalist, bloger va axborot xizmatlari xodimlari viloyat hokimining faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Tadbir bayramona dasturxon va san’atkorlarning kuy-qo‘shiqlari bilan yanada mazmunli tusda o‘tkazildi.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Surxondaryo viloyatidagi klasterlar, fermer xo‘jaliklari va pudratchilar jami 89,3 ming gektar maydonda g‘alla yetishtirib, kuni kecha davlat ehtiyojlari uchun 267 ming 287 tonna tovar donni muvaffaqiyatli yetkazib berishdi va shartnomaviy reja ko‘rsatkichlarini ortig'i bilan bajardilar.
Bugun vohadagi g‘allakorlarning bu zafarlari munosabati bilan ularni qutlash va mashaqqatli mehnatlarini rag‘batlantirish maqsadida Surxondaryo viloyatining barcha hududlarida bayram tadbirlari tashkil etildi. Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Qiziriq tumanidagi tadbirda ishtirok etib, videokonferensaloqa orqali barcha tuman g‘allakorlarini ushbu zafar bilan samimiy tabrikladi.
Qishloq xo‘jaligi sohasida tajriba to‘plagan faxriylar maslahatlari hamda ilg‘or fermerlarning sa’y-harakatlari natijasida, bu yil ham Surxondaryo viloyati respublikada birinchilardan bo‘lib davlat ehtiyojlari uchun tovar don yetkazib berish shartnomasi rejalarini bajardi.
Shuningdek, vohadagi mehnatga munosib hissa qo‘shgan klaster va fermer xo‘jaliklari, mexanizatorlar, suvchilar va boshqa ishchi-xodimlar mehnati rag‘batlantirilib, ularga sovg‘alar topshirildi.
Barcha tumanlarda tashkil etilgan tadbirlar to‘kin dasturxon atrofida va bayramona konsert dasturlari bilan yuqori kayfiyatda o‘tkazildi.