Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yoshlar sayliga taklif etamiz!
“30-iyun – Yoshlar kuni” munosabati bilan mamlakatimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan yoshlar oyligi doirasida navbatdagi yirik madaniy tadbir – galakonsert siz aziz yoshlar uchun tashkil etiladi.
🗓 30-iyun kuni, soat 19:00 da,
📍 Termiz shahridagi “Mustaqillik” maydonida.
“Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida bo‘lib o‘tadigan bayram tadbirida sizni ko‘plab kutilmagan syurprizlar kutmoqda!
🎤 Konsert dasturida mashhur estrada yulduzlari — Sevinch Ismoilova, Mashhur Muhummad, Jasur Mavlonov hamda boshqa taniqli san’atkorlar o'z chiqishlari bilan ishtirok etadi.
📌 Mo‘ljal: “Bolajon” bog‘i yonidagi “Mustaqillik” maydoni
🎟 Kirish mutlaqo bepul!
Barchangizni ushbu bayramona kayfiyat hukmron bo‘lgan konsert dasturida ishtirok etishga chorlaymiz!
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X

Surxondaryo viloyatida yer maydoni bo‘yicha yirik hududlardan biri sanalgan Muzrabot tumanida tadbirkorlikni rivojlantirish, hududning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini oshirish bo‘yicha hali to‘liq ishga solinmagan imkoniyatlar mavjud.
Ushbu resurs va imkoniyatlardan samarali foydalanish orqali infratuzilmani rivojlantirish, aholi turmush darajasini yuksaltirish va yangi ish o‘rinlari yaratish maqsadida ko‘plab loyihalar amalga oshirilishi belgilangan.
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot tumaniga tashrif buyurib, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, aholi bandligini ta’minlash va zamonaviy infratuzilmalarni joriy etish bo‘yicha loyihalar taqdimoti bilan tanishdi. Shuningdek, mas’ullarning loyihalar yuzasidan fikr-mulohazalarini tinglandi.
Yakunda loyihalarni yanada takomillashtirish bo‘yicha aniq tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugun, 30-iyun - O‘zbekistonda Yoshlar kuni!
Bugun yoshlar bayrami. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan 30-iyun yurtimizda Yoshlar kuni deb e’lon qilingan edi.
Siz aziz yoshlarning bilim va shijoatingiz, kuch va g‘ayratingiz bilan Yangi O‘zbekistonimizda uchinchi rennessans barpo etilmoqda. Vatanimiz kelajagi va istiqbolining bunyodkori bo‘lgan siz yoshlarga doimo sog‘lik-salomatlik hamda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Barcha yoshlarimizni bayram bilan muborakbod etamiz!
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Bugun yoshlar bayrami. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan 30-iyun yurtimizda Yoshlar kuni deb e’lon qilingan edi.
Siz aziz yoshlarning bilim va shijoatingiz, kuch va g‘ayratingiz bilan Yangi O‘zbekistonimizda uchinchi rennessans barpo etilmoqda. Vatanimiz kelajagi va istiqbolining bunyodkori bo‘lgan siz yoshlarga doimo sog‘lik-salomatlik hamda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Barcha yoshlarimizni bayram bilan muborakbod etamiz!
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Prezidentimiz islohotlar boshlangan ilk kunlardanoq "ilm – tarbiya – innovatsiya" zanjirini yaratishga kirishilganini, bu harakatlar bugun aniq natijalar berayotganini qayd etdi.
Masalan, o‘tgan yili yurtimiz yoshlari top-500 talik oliygohlarga kirish bo‘yicha Markaziy Osiyoda 1-o‘rinni egalladi.
Bilimli yoshlarimiz ilk bor top-5 talikdagi oliygohlarga kirib, tarixiy natija qayd etdi.
Bugungi kunda 30 nafar yoshlarimiz dunyoning top-10 talik oliygohida, 500 nafari top-100 va 1 ming 500 nafari top-300 dan joy olgan nufuzli universitetlarda tahsil olmoqda.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Masalan, o‘tgan yili yurtimiz yoshlari top-500 talik oliygohlarga kirish bo‘yicha Markaziy Osiyoda 1-o‘rinni egalladi.
Bilimli yoshlarimiz ilk bor top-5 talikdagi oliygohlarga kirib, tarixiy natija qayd etdi.
Bugungi kunda 30 nafar yoshlarimiz dunyoning top-10 talik oliygohida, 500 nafari top-100 va 1 ming 500 nafari top-300 dan joy olgan nufuzli universitetlarda tahsil olmoqda.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanib, hududini namunali qilgan viloyat va tumanlar ko‘pligi ta’kidlandi.
Masalan, yosh tadbirkorlarimiz tashkil qilgan 261 ta korxonaning yillik aylanmasi 100 milliard so‘mdan oshdi.
Ilgari bu borada Toshkent shahri yakka peshqadamlik qilgan bo‘lsa, bugungi kelib Toshkent viloyati, Samarqand, Andijon, Namangan, Farg‘ona yoshlarining biznesdagi natijalari poytaxtdan qolishmayapti.
Qoraqalpog‘iston, Qashqadaryo, Navoiy, Sirdaryo va Xorazm yoshlar bandligini ta’minlash bo‘yicha ilg‘or hududlarga aylandi.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Masalan, yosh tadbirkorlarimiz tashkil qilgan 261 ta korxonaning yillik aylanmasi 100 milliard so‘mdan oshdi.
Ilgari bu borada Toshkent shahri yakka peshqadamlik qilgan bo‘lsa, bugungi kelib Toshkent viloyati, Samarqand, Andijon, Namangan, Farg‘ona yoshlarining biznesdagi natijalari poytaxtdan qolishmayapti.
Qoraqalpog‘iston, Qashqadaryo, Navoiy, Sirdaryo va Xorazm yoshlar bandligini ta’minlash bo‘yicha ilg‘or hududlarga aylandi.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Yoshlarning oliygohga kirish ko‘rsatkichi bo‘yicha Surxondaryo bir yil ichida 11-o‘rindan 4-o‘ringa ko‘tarilib, katta sakrash qildi. Jizzax va Sirdaryo ham yaxshi natija ko‘rsatmoqda.
Ikki yil oldin xalqaro fan olimpiadalarida 7 ta hududdan 45 nafar o‘quvchi sovrin olgan bo‘lsa, o‘tgan 6 oyda ularning safiga Jizzax, Andijon, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Xorazm, Toshkent viloyatlari o‘quvchilari ham qo‘shilib, jami 166 ta medal qo‘lga kiritildi.
"Bir million dasturchi" loyihasi doirasida 325 ming yoshlar o‘qitildi. Ayniqsa, Xorazm, Qashqadaryo va Samarqand yoshlari ITdan katta daromad topishni o‘rganib oldi.
Boshqa bir misol: o‘tgan yili 150 mingdan ziyod yoshlarimiz xalqaro til sertifikatlari oldi, bu 2023-yilga nisbatan 2 baravar ko‘p.
Xorijiy tillarni mukammal bilish bo‘yicha Toshkent shahri, Farg‘ona, Namangan, Buxoro va Samarqand yoshlari ancha ilgarilab ketdi.

Joriy yil fevral oyida o‘tgan uchrashuvda yoshlar uchun 40 dan ziyod yangi tashabbuslar e’lon qilinib, qariyb 500 million dollar ajratildi.
Bu yil 35 milliard dollarlik 8 ming 300 ta loyiha ishga tushirilib, 292 mingta ish o‘rni yaratiladi. Yana 500 mingta ish o‘rni yaratadigan 83 milliard dollarlik loyihalar rejalashtirilgan.
Masalan, energetikada 20 milliard, neft-gaz va kimyoda 11 milliard, tog‘-konda 7 milliard, elektrotexnika va avtomobilsozlikda 4,5 milliard dollarlik minglab korxonalar ishga tushadi.
Ishlar boshlanishi bilan "yashil" iqtisodiyot, "yashil" energiya, raqamli geologiya, texnologik minerallar, bio-injeneriya yo‘nalishlarida minglab mutaxassislarga talab paydo bo‘ladi.

"Garvardchilar" maktabi Beruniy nomidagi xalqaro maktab sifatida faoliyatini boshlab yubordi.
Ushbu xalqaro maktabga bu yilgi 8-sinf bitiruvchilari orasidan 60 nafar o‘quvchi saralab olinadi va 3 ta yo‘nalishda o‘qitiladi. Kelgusida o‘quv o‘rinlari karrasiga ko‘paytiriladi.
Umuman, milliy dastur asosida har yili eng salohiyatli 3 ming o‘quvchi seleksiya qilinib, Garvard, Yel, Kolumbiya, Kornel kabi dunyoning nufuzli oliygohlariga tayyorlanadi.
Shundan kamida 300 nafari ehtiyojmand oila farzandlari bo‘ladi.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Ushbu xalqaro maktabga bu yilgi 8-sinf bitiruvchilari orasidan 60 nafar o‘quvchi saralab olinadi va 3 ta yo‘nalishda o‘qitiladi. Kelgusida o‘quv o‘rinlari karrasiga ko‘paytiriladi.
Umuman, milliy dastur asosida har yili eng salohiyatli 3 ming o‘quvchi seleksiya qilinib, Garvard, Yel, Kolumbiya, Kornel kabi dunyoning nufuzli oliygohlariga tayyorlanadi.
Shundan kamida 300 nafari ehtiyojmand oila farzandlari bo‘ladi.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
"Ta’lim – kelajak sarmoyasi" degan ezgu g‘oya jamiyatimizda katta harakatga aylanmoqda.
Yaqinda "El-yurt umidi" jamg‘armasi faoliyati takomillashtirildi. Endi top-300 talik oliygohga kirganlar uchun o‘qish va yashash xarajatini qoplash tizimi yangi tartibda ishlay boshlaydi.
Eng avvalo, STEM yo‘nalishlari (ilm-fan, texnologiya, muhandislik va matematika), energetika, transport, urbanizatsiya, arxitektura, qurilish, qishloq va suv xo‘jaligi kabi drayver sohalar uchun kvotalar bir necha karra oshiriladi.
Endilikda banklar top-300 talik oliygohga kirgan yoshlarga 20 ming dollargacha imtiyozli ta’lim krediti beradi.

Hozir maktablarimizda 19 ming 500 nafar informatika o‘qituvchisi bor.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Massachusets texnologiya institutining sun’iy intellekt ta’lim dasturi asosida o‘quv dasturlarini yangilaydi.
Har bir viloyatdan 100 nafar informatika o‘qituvchisi joriy yilda Yangi O‘zbekiston universitetida ushbu dasturga o‘qitiladi. Ushbu mentor o‘qituvchilar o‘z hududidagi qolgan informatika o‘qituvchilarini ikki yil davomida kaskad usulida tayyorlaydi.
Bu orqali besh yilda barcha maktab bitiruvchilari sun’iy intellekt bo‘yicha yetarli bilim oladi.
"Raqamli avlod qizlari" tanlovida ta’lim, sun’iy intellekt, "yashil" iqtisodiyot, iqlim o‘zgarishi kabi sohalarda 7 ming o‘quvchi va talabaning 120 ta startap loyihasi tanlab olindi.
Bu yil kamida 50 ming nafar qizlar "Raqamli avlod qizlari" loyihasi bilan qamrab olinadi.

Startaplarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tizim yaratildi. Ularni moliyalashtirishga 145 million dollar venchur sarmoya kiritildi.
Prezidentimiz bu raqam 1 milliard dollarga yetkazilishini aytdi.
Endi, bu ishlar maktabdan boshlanadi. O‘quvchilar uchun "mohirlik va biznes soati" kiritilib, ularning g‘oyasini startapga aylantirishga 100 milliard so‘m grant ajratiladi.
Oliygohlar o‘rtasida ham startaplar bo‘yicha har yili "Eng yaxshi kreativ g‘oya" tanlovi o‘tkazilib, g‘oliblarga oliygoh jamg‘armasidan 300 million so‘mgacha grant beriladi.
Startapni prototipga aylantirish va sinovdan o‘tkazish uchun Innovatsiya agentligi va IT-park "RnD" markazini ochadi.
Bunda, eng yaxshi loyihalar bo‘yicha prototip yaratish xarajatining 50 ming dollargacha qismi Yoshlar venchur jamg‘armasidan qoplanadi.
Har yili investorlar, yirik korxona va startap tashabbuskorlari ishtirokida "Startap-ekspo" ko‘rgazmasi o‘tkazib boriladi.

Hozir tog‘-kon, agrosanoat, to‘qimachilik, kimyo, elektrotexnika, qurilish materiallari sohasida 1 million yoshlar mehnat qilmoqda.
Endi sanoat, servis, tadbirkorlik va qishloq xo‘jaligida band yoshlarning kasbiy rivojlanishi bo‘yicha ham tizim yaratiladi.
Har bir kasb yo‘nalishi bo‘yicha aynan yoshlar o‘rtasida respublika musobaqalari o‘tkaziladi. Bunda davlat korxonalari va xususiy sektor vakillari tengma-teng ishtirok etadi.
Tarmoq rahbarlari har yili o‘z tizimidagi 100 nafar yoshni seleksiya qilib, xorijiy stajirovkaga yuborishni yo‘lga qo‘yadi.
Buning uchun, har bir tarmoq 10 milliard so‘mdan ajratadi. Bu mablag‘lar soliq solish bazasidan chegirib tashlanadi.