Forwarded from AyubRecords®
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bizning bugungi podkastimizning mehmoni, tibbiyot mutahissisi – Qudrat Rahimhodzhayev.
Suhbat davomida – Amerika tibbiyot tizimi, farmatsevtika, sug'urta va Amerikadagi o'zbeklar haqida suhbatlashdik.
To'liq suhbatimizni quyidagi link orqali tomosha qilishingiz mumkin.
https://youtu.be/RKpe3S8NtVw

👍1
Forwarded from Global Halal
ESG нима, яқин келажакда ESG тамойилларига амал қилмаган компаниялар нима учун сармоясиз қолишлари мумкин? "Ҳалол" стандарт билан ESG ўртасида қандай ўхшашлик бор? Навбатдаги мақоламизда шу ва бошқа саволларга жавоб топасиз.
🟢 https://globalhalal.uz/1663093731
Telegram | Facebook | Instagram
🟢 https://globalhalal.uz/1663093731
Telegram | Facebook | Instagram
👍8
Qora belbog‘
AQSh pablik rileyshnz bo‘yicha eng ommabop bloglardan birini yurituvchi Gini Dietrich o‘zining Spin Sucks kitobida PESO modelini tushuntiradi.
PESO — jamoatchilik bilan aloqalarni tashkil qilayotganda ishlatish mumkin bo‘lgan ajoyib xaritasimon model bo‘lib, u axborot kanallarini Paid, Earned, Shared va Owned‘ga bo‘lishni taklif etadi.
Shularning ichida eng ko‘p mahorat va tajriba talab qiladigani, menimcha, Earned ya'ni "erishilgan" axborot kanallaridir.
Bozorga borib hoziroq qora belbog‘ sotib olsangiz bo‘ladi. Buning uchun jismoniy tayyorgarlik yoki qandaydir ko‘rik-tanlovdan o‘tish ham shart emas. Ammo qora belbog‘ni yutib olsangiz, ham kuchingiz oshadi, chiniqasiz va chidamliroq bo‘ladi, ham pul yonga qoladi. Ham qora belbog‘ning qadri balandroq bo‘ladi.
@azamov_com

👍11
Forwarded from Global Halal
Малайзия дунёнинг исломий банкинг соҳасининг хаби сифатида танилган. Ундаги исломий банкинг активлари Ўзбекистондаги умумий банклар активларидан саккиз баробар кўп. Аммо бу даражага Малайзия бир деганда эришиб қолгани йўқ. Шунинг учун, келинг, “Осиё йўлбарси” дея таърифланадиган ушбу диёрда исломий банкинг қандай ривожланиш босқичларини босиб ўтганига назар соламиз.
🟢 https://globalhalal.uz/1664978559
Telergam | Facebook | Instagram
🟢 https://globalhalal.uz/1664978559
Telergam | Facebook | Instagram
👍6
Lateral thinking (nostandart fikrlash)
Bir hamkorimiz tavsiyasi bilan Kembrij universitetidan Oʻzbekistonga Gʻazzoliy bilan bogʻliq hujjatli film olish uchun kelgan britaniyalik ijodkor bilan koʻrishdik.
Shu oq (white) britaniyalik suhbatimizni “assalamu alaykum”dan boshlab, “in sha allah”u “alhamdulillah”gacha tili zikrda ekanligi e’tiborimni tortib. Oʻzbekistonda uncha-buncha musulmonda uchratmaymiz, uchratsak, ensamiz qotadi, darrov uni riyoda dinfurushlikda ayblay ketamiz. Unga esa bu juda yarashayotgandek edi.
Xullas, u bilan juda koʻp mavzular: madaniyatlararo farqlar, ijod, oila hamda ish muvozanati va, masalan, Xitoy yoki Janubiy Afrika Respublikasi kabi mamlakatlardagi musulmonlar, ular qanday qilib u yerlarga borib qolgani va ozchilik sifatida qanday yashayotgani haqida gaplashdik.
Juda foydali boʻldi.
Yana u men uchun juda qiziq masalani ochdi. Bu ham boʻlsa lateral thinking, ya’ni nostandart, aniqrogʻi, muqobil fikrlash edi. Muqobil deymanmi, noodatiymi, baribir misolsiz buning nimaligini tushunish juda qiyin.
Masalan, universitetda bir safar kursdoshim Madina Nurman internetda topgan chala-chulpa tushunarsiz matnlarni printerdan chiqarib, “Mustaqil ish” degan titul varagʻi bilan topshirishni oʻziga ep koʻrmadi. Yuzta asosi bor edi shunday qilishga: qoloq mamlakatda yashaymiz, qoloq universitetda oʻqiymiz, u mustaqil ishni soʻragan domlalar reallikdan uzilgan va ho kazo.
Ammo Madina mustaqil ish degan vazifani bajarishda Oʻzbekistondagi yirik kompaniyalar PR boʻlimlarini oʻrgandi. Bir nechta PR menejerlardan ma’lumot oldi.
Shu orqali Korzinka.uz ushbu izlanuvchan va oʻzbek tilini ham, rus tilini ham, sohani ham biladigan talantni oʻzi uchun kashf qildi. Va ishga oldi.
Ya’ni oldimizda toʻsiq turgan boʻlsa, demak oldinga toʻgʻri emas, oʻngdan, chapdan yoki tepadan, ehtimol, pastdan oʻtishga urinishimiz mumkin. Mana shu lateral thinking.

Telegram
Madina Nurman
— Fotograf, siyosatdagi fotomuxbir
Reklama va murojaatlar bo'yicha:
Instagram: https://www.instagram.com/madina_nurman/
🇰🇬🇰🇿🇹🇯🇹🇷🇦🇿🇬🇪🇫🇷🇸🇬🇪🇬🇩🇪🇨🇳🇮🇹🇶🇦🇷🇺🇲🇾🇰🇼🇭🇺🇸🇮🇲🇳🇺🇸

👍26❤6
Forwarded from Global Halal
Ижодий иқтисодиёт ривожланиб бораётган саноат бўлиб, мусулмон истеъмол талабларини қондириш баробарида, уларга бўш иш ўринларини яратиш учун ҳам хизмат қилади.
🟢 https://globalhalal.uz/1666028976
Telergam | Facebook | Instagram
🟢 https://globalhalal.uz/1666028976
Telergam | Facebook | Instagram
👍2
Bir haftacha oldin Saida Mirziyoyeva ham ijodiy iqtisodiyot mavzusini ko‘tarib, shu yangi yo‘nalish bo‘yicha 2024- yilda butunjahon konferensiyasi bo‘lishini yozgan edi.
Ko‘p sohalarni sun‘iy ong va kompyuterga asoslangan algoritmlar egallab olar ekan o‘rta muddatli kelajakda ko‘p kasblar yo‘qolib, qisqarib borishini taxmin qilish mumkin.
Ammo bu degani mutaxassislar To‘rtinchi sanoat inqilobi (Industry 4.0) deb atayotgan ildamlash katta ishsizlikni keltirib chiqarishi muqarrar degani emas.
O‘rniga yangi kasblar paydo bo‘ladi. Ularning aksariyati esa ijodiy sohada bo‘ladi, ya‘ni robotlar eplay olmaydigan yo‘nalishlarda.
Sevara Dultayeva Islomiy ijod sanoati quyidagilarga xizmat qilishi mumkin:
- yangi ish o‘rinlari ochilishi
- islom toʻgʻrisida toʻgʻri ma’lumotlar koʻpayishini ragʻbatlantirish.
Tepadagi maqolada shu haqda.

Saida Mirziyoyeva
Ўзбекистон 2024 йилда ижодий иқтисодиёт бўйича IV Бутунжаҳон конференциясига мезбонлик қилади.
Ижодий иқтисодиётни ривожлантириш бўйича халқаро ҳамкорликни рағбатлантиришда ушбу форумнинг аҳамияти катта бўлиб, ижодкорлик инклюзив ва барқарор иқтисодиётнинг…

Forwarded from Madina Nurman
Bir kun shunday bo‘lishi aniq edi va shu kun keldi. Hozircha xomaki, chala bo‘lsa ham, e’lon qilib qo‘yishni lozim topdim.
Portfolio-saytimni ochdim, bunga o‘zim havas qiladigan fotograflarning saytlari ilhom berdi. Rivojlantirib borishga harakat qilaman.
🌐 https://madinanurman.com/

👍5
Biz boshlagan Global Halal qanday loyiha?
Amerikada 33 oy yashaganimdan so‘ng, u yerda mashgʻul boʻlganim ESG, steykxolder kapitalizmi yo‘nalishlarida biznes boshlashni niyat qilib, O‘zbekistonga qaytdim. Sababi O‘zbekistonda men jalb qilingan ko‘plab tashkilotlar, xususan, Young Leaders Development Project orqali shakllangan netvorkingdan tashqari endi menda xorijiy kompaniyalarda orttirganim ish tajribasi, hamkor va ustozlar bor. Va nafaqat! Eng muhimi, bizda atay chechay qilayotgan, ammo istiqboli katta bo‘lgan ushbu sohani rivojlantirishimiz va parallel ravishda o‘zimiz ham o‘sishimiz mumkinligi katta ishtiyoq beradi.
To‘g‘ri, ESG biz uchun nisbatan yangi mavzu, lekin u bilan mushtarak bo‘lgan halollik hamda biznes etika bizning dinimizda, tarbiyamiz va qadriyatlarimizda aks etgan. Dunyoda musulmonlar soni ortib borayotgani va, masalan, islomiy moliya kabi yo‘nalishlar e’tiqodidan qat’iy nazar ko‘pchilik mutaxassislarni qiziqtirayotgani e’tiboridan aynan halol iqtisodiyot bo‘yicha loyiha qilishga kirishdik.
Bizneslararo netvorking, konsalting, texnologiyalar sohalarida ishlashni ko‘zladik, birinchi qadamni esa ixtisoslashgan iqtisodiy nashr yaratishdan boshlayapmiz. Uni biz nashr mohiyati, maqsad va vaziflaridan kelib chiqib, globalhalal.uz deb nomladik. Chunki ishbilarmonlar, ziyolilar va istiqbolli yoshlardan tarkib topgan auditoriyamizga butun jahondagi halol iqtisodiyot va uning O‘zbekistonga nima dahli borligini tushuntirish nihoyatda muhim.
Tushunishingiz uchun:
Yevropaga eng ko‘p halol go‘sht yetkazib beruvchi mamlakat — Polsha;
Dunyoda bu bo'yicha yetakchi mamlakat esa Braziliya;
Kanadada halol sanoatga bag‘ishlangan ekspozitsiyada 2000dan ortiq odam qatnashgan;
Saudiyadagi an’anaviy bankning islomiy moliya darchasining o‘zi butun boshli O‘zbekiston banklari aktivlari yig‘indisidan ko‘p aktivlarga ega. Malayziya islomiy bankchiligidagi aktivlar yig'indisi esa bizdagi an'anaviy banklarnikidan 8 barobar ko'p;
Musulmonlari 5 foizni ham tashkil qilmaydigan Filippin halol turizmni rivojlantirmoqchi;
Aholisining 99 foizdan ko‘pi musulmon bo‘lmagan Vyetnam ham dunyo halol sohasidagi ulushi uchun kurashmoqda.
O‘zbekiston ham bunday olamshumul imkoniyatni qo‘ldan boy bermasligi lozim, Toshkent mintaqada halol iqtisodiyot xabiga aylanishi mumkin.
Kompaniyamiz O'zbekistonda va mintaqada halol iqtisodiyot yo'nalishida faoliyat olib borayotgan bizneslar, moliyaviy texnologik startap (fintex) va kompaniyalar, konsalting firmalari hamda boshqa ishtirokchilar bilan aloqalar o'rnatib kelyapti. Maqsadimiz — sohani rivojlantirishda bozor ishtirokchilarining aggregatoriga aylanib, global halol iqtisodiyotda O'zbekiston va mintaqamiz (Markaziy Osiyo + Kavkaz + Sharqiy Yevropa) ulushini ko'paytirish.
Saytimiz: globalhalal.uz va rus tilida globalhalal.uz/ru. Tez orada ingliz tilida ham ishga tushiramiz. Uzoq istiqbolda arab tilini ham qo'shishni niyat qilganmiz.
Ijtimoiy tarmoqlarimiz:
Telegram | Facebook | Instagram
E'tiboringiz va vaqtingiz uchun rahmat.

Global Halal -
Польша ЕИдаги энг йирик ҳалол гўшт ишлаб чиқарувчи давлатлардан бири ҳисобланади - Global Halal
2020 йилда Польша 5 млрд еврога яқин қийматдаги гўшт маҳсулотларини экспорт қилди, уларнинг деярли учдан бир қисми кошер ва ҳалол гўштдир.Германия, Франция, Испания, Буюк Британия ва Исроил каби асосий нуқталардан ташқари, Польша етказиб бераётган гўштларга…
🔥9👍3👏2
O'zbekistonda odam boshiga qancha venchur investitsiya to'g'ri keladi?
Bugun UzVC Milliy Venchur Fondi rahbari konferensiyada prezentatsiya qilayotib, dunyo bo'ylab qaysi mamlakatlarda aholi boshiga venchur investitsiyalar qanchadan to'g'ri kelishiga to'xtaldi. "AQSh va Yevropani slaydga qo'shmadim, chunki ulardagi hisob-kitoblar biznikiga solishtirib bo'lmas darajada katta", deb qo'shib qo'ydilar akamiz.
Bizda jon boshiga venchur sarmoyalar 0,2 dollar ekan. Solishtirish uchun: Hindistonda 30 dollar, Braziliyada esa 47 dollar ekan ushbu ko'rsatkich.
Nutqdan keyin moderator, mikrofonni oldi-da, hazillashdi:
"Agar bizda hali chiqmagan Oniks va Treker avtomobillariga oldindan pul to'lab qo'yganlarni ham venchur investor deb hisoblasak, bizning statistikamiz ancha ko'tarilar edi."
Izohga xojat yo'q...
Mabodo bilmaganlar bo'lsa, venchur investitsiyalar — "muayyan muammoni texnologik yo'l bilan yechishga qaratilgan va katta ko'lamda rivojlanishi mumkin bo'lgan bizneslar" ya'ni startaplarni moliyalashtirish usuli. U tavakkalchilik xavfini kamaytirish va innovatsiyalarga yo'l ochish uchun sheriklikka asoslangan bo'ladi.
Global Halal'da ham biz ko'p gapiramiz: venchur kapitalizmi o'z shakli, mohiyati va shart-sharoitlari bilan islomiy moliya qoidalariga muvofiqdir.

👍12
Forwarded from Olimov's note
Global Halal loyihasi haqida eshitgansizmi?
Saidaziz boshchiligida jamoa belni mahkam bog'lab bu loyihani boshlashgan. Kamtar do'stim bu haqida endi "Biz boshlagan Global Halal qanday loyiha?" deb to'liqroq ma'lumot berayapti. Bir ko'rib chiqsangiz foydadan holi bo'lmaydi.
Menimcha, Saidazizga bemalol havas qilsak bo'ladi chunki u o'zining hayot tarzini, kasbini va sevgan ishini birlashtirgan loyihani ustida ishlayapti. Bunday loyihani topib olish hammaga ham nasib qilavermaydi.
O'ylaymanki globalhalal.uz yaqin kelajakda barchaga manfaatli bo'ladigan gigant loyihaga aylanadi.
PS: reklamaga pul to'lanmagan lekin 😄

Saidaziz A’zamov
Biz boshlagan Global Halal qanday loyiha?
Amerikada 33 oy yashaganimdan so‘ng, u yerda ishlaganim yo‘nalish ESG, steykxolder kapitalizmi yo‘nalishlarida biznes boshlashni niyat qilib, O‘zbekistonga qaytdim. Sababi O‘zbekistonda men jalb qilingan ko‘plab…

👍7
Olimov's note
Global Halal loyihasi haqida eshitgansizmi? Saidaziz boshchiligida jamoa belni mahkam bog'lab bu loyihani boshlashgan. Kamtar do'stim bu haqida endi "Biz boshlagan Global Halal qanday loyiha?" deb to'liqroq ma'lumot berayapti. Bir ko'rib chiqsangiz foydadan…
Bu postni mening do'stim Sirojiddin Olimov yozgan.
U "El-yurt umidi" fondidan grant yutib olib, Shotlandiyada magistraturani o'qidi. Ta'limni boshqarish sohasida.
Oxirgi yillarda uning hayotida zo'r yangiliklar bo'ldi: sevgan turmush o'rtog'i bilan hamjihat hayotini naq Buyuk Britaniyada boshladi, qizlik bo'ldi, karyerasi uchun muhim bilim va professional tajribani to'pladi. Sirojiddin ham o'z sevgan ishini topgan, kasbini hayot tarzi va o'zi o'qib bitirgan sohasi bilan uyg'unlashtira olgan. Shuning uchun oramizda shunaqa bromance bor. Bunday platonik munosabatlar bizda Jahon tillarida va fledu.uz degan loyihada uchqunlagan. YLDP'da esa alangalagan.))
Xullas, xursandman, reklama qilibdi. Rostan ham bir tiyin bermaganman. Va javob postini yozishga ham kelishmaganmiz rostan.
Shunchaki, Sirojiddin kabi yigitlar haqida ko'p va baland ovozda gapirib turish kerak.

Young Leaders Development Project
💡Develop your leadership and interpersonal skills.
💡Meet new friends and have fun.
💡Build your future.
💡Meet new friends and have fun.
💡Build your future.
❤4👍1
Yakshanba kuni oila davrasidagi "Ermak"
Oxirgi ikki yakshanba ishga chiqmayapman. Ha, aprelda ish boshlab olganimizdan beri yakshanba kunlari deyarli dam olmayman. Bilaman, bu "barqaror" emas, bir kun zo'riqishga olib kelishi mumkin.
Lekin qiladigan ish ko'p, ammo uni bajaradiganlar kam. Bu endi alohida mavzu.
Xullas, kechagi yakshanbada oilaviy mana bu videoni ko'rdik:
https://www.youtube.com/watch?v=o7TdhyV05Rg&t=2179s&ab_channel=AlisherIsaev
Ajoyib ishbilarmon, qiziqarli suhbatdosh va shaxs. Valijon akaning sovet davrida tug'ilib, katta bo'lganlari ularning global fikrlaydigan, yetakchi kompaniya qurib, muvaffaqiyatlarga erishishlariga to'sqinlik qila olmagan. Bu judayam ilhombaxsh hikoya.
To'g'risi, videoda juda ko'p "teykeuey"lar, insaytlar bor, ammo ularning ro'yxatini qilishga erindim: Videoni ko'ring!))
Ammo ikkita nuqtaga to'xtalmoqchiman:
1. "Bozorda qilish mumkin bo'lgan ishlar ko'p va o'rin (ниша) juda katta"
2. "Biz pisand qilmay qo'ygan, ammo tarixan bizda bo'lgan mahsulotlar, masalan, Yevropada talabgir".
Birinchi nuqta haqida keyinroq yozishim kerak. Bunga kelishaylik. Ikkinchisi, ya'ni bizdagi asoslanmagan bepisandlik — zo'r mavzu.
Amerikadan kelganimdan keyin odamlarimizda shuni sezdimki, tushkunlik bilan parallel ravishda o'zi va o'zgalar, g'oya va jarayonlarga past baho berish ko'p.
"Bu baribir bo'lmaydi", "bu baribir o'xshamaydi" va ho kazo deguvchilar talaygina.
Ammo 71 yoshli tadbirkorning hikoyasini qarang: obro'sizgina pista-qurut tovarlarini qanday mahsulot darajasiga olib chiqdi. AQSh, Isroil, Janubiy Koreyadagi diasporamiz (MDHliklar) uchun eksportni yo'lga qo'yishgan. Yevropa konfityurlari bilan raqobatga kirishayotgan shinnilarni ishlab chiqarishyapti.
Yana intervyuda tilga olinmagan va ko'pchilik bilmasligi mumkin bo'lgan fakt: o'tgan yillarda uvol bo'lib ketish arafasida bo'lgan mevalardan sharbat va nektarlar ishlab chiqarishni ham yo'lga qo'yishgan.
Nimadir qilib bo'lmasligi uchun sabablarni alohida qidirish shart emas, ular shundoq ham boshimizga bolg'a bilan urgandek chiqib kelaveradi. Pozitiv qidirish kerak. Imkon izlash zarur. Tushkunlikka tushgan paytimiz yutkazamiz. Biz amerikaliklardan ham, xitoyliklardan ham tadbirkorroq va kurashuvchanroq bo'lishimiz talab qilinadi. ))

YouTube
Ermak asoschisi bilan suhbat l Milliard 21-son mehmoni Valijon Salixov
Mahsulotlarni eksport qilish, SSSR davridagi bizneslar, kompaniyaning rivojlanish sabablari
00:00 Triller
2:15 30 yillik tadbirkor Valijon Salixov
6:04 Valijon Salixov 1992 yilgacha nima ish qilganlar ?
11:46 O'zi pista mahsuloti yemish emas.
13:00 Ermak…

🔥5👍1
Forwarded from AyubRecords®
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Suhbatda yoʻlini izlayotgan yoshlar uchun foydali maslahatlar talaygina.
Koʻring, tinglang, yoqtiring va doʻstlaringizga ham ulashing!
Suhbatni YouTube kanalimizda tomosha qiling. Havola:
https://youtu.be/GwXZk3INFs8

❤5🔥2
Bu surat Malala Yusufzayning Pokistondagi Lahor qal'asini aylanib yurganida tushirilgan.
Uning poyabzaliga e'tibor qiling. Bu Atoms brendiga mansub krossovkalar. Ularni Nyu-York shahrida yashovchi er-xotin ishbilarmon pokistonliklar ishlab chiqaradi va sotadi.
Atoms asoschilari — Vaqqos Ali hamda Sidra Qosim. Ular o'z Instagram sahifalarida vatandoshlari Malala ularni tanlaganidan faxrlanib, shu suratni joylabdilar. "Thank you for wearing us" (Bizni kiyayotganingiz uchun rahmat) deb ham qo'yishibdi so'zomol Atomchilar.
Ularning so'zomolligi yiliga bir necha ming buyurtmachiga onlayn do'koni orqali xizmat qilayotgani, buning uddasidan yaxshigina chiqayotganidan ma'lum.
Lekin Nyu-Yorkka kelgunlaricha bo'lgan bir ajoyib hikoya bor ular haqida: Morkhor hikoyasi.
2015- yilda Vaqqos va Sidra San-Fransiskoga ko'chib boradi va u yerda Morkhor (morxo'r) brendiga asos solib, pokistonlik kosiblar tikkan oyoq kiyimlarni ishlab chiqarish va sotish uchun odamlardan pul so'raydilar. Kickstarter nomli kraudfanding platformasiga joylashtirilgan e'londa ular 15 ming dollar investitsiya so'raydilar. Ya'ni предзаказ orqali shu pulni yig'moqchi bo'ladilar.
Ular tez orada bu pulni oshig'i bilan to'playdilar. Aniqrog'i, 100 ming dollardan ko'proq mablag' ularga oldindan buyurtma qilish yo'li bilan kelib tushadi.
Ular Pokistonda mashhur poyabzallarni "1800 yillik an'anaga muvofiq tayyorlangan erkaklar oyoq kiyimlari" deb reklama qilgan edilar. Ana sizga so'zomolligu, ana sizga ishbilarmonlik.
Pokiston, Afrika mamlakatlari va biznikiga o'xshagan diyorlarda shunaqa 200-300 foiz mehnatkashroq, kreativroq va uddaburonroq bo'lish kerak. IMHO.

👍12😁1
Forwarded from Dengiz ortidan
Energiya
Bugun o'zimni uchrashuvga chiqqandek his qildim. Shinam va xushbo'y hidlar keladigan kitobli kafega bordim. Hademay bir inson kelishini kutdim.
Gap shundaki, syurpriz qilish uchun yaqinda Shotlandiyadan qaytgan do'stim Sirojiddin Olimovni ko'rgani ishxonasiga bordim. Yigitlardan uning чуть ли не live location'ini olib turdim (achtung: uchta tilda yozilgan gap).
Meni ko'rib hayron qoldi. O'tirib gaplashdik. U bilan qadriyatlarimiz, fikrlarimiz, gaplarimiz shu darajada mushtarakki, nariyoq-beriyog'i yo'q. Ammo bu mushtaraklikka biz ikki xil boshqa yo'llar bilan keldik. Albatta, bizni tanishtirgan talabalik yillari: Young Leaders Development Project and FLEDU'lardan keyin.
Men millat brendi bilan bog'liq loyihalar va Amerikada tentirash: ish, o'qish, stajirovka, supermarketda kassirlik, keyin investitsion bankdagi karyera bo'yicha... U esa aqlli ishlar: akademik litsey zamdirektorligi (24 yoshida!), O'zbekiston uchun 100 g'oya, Yevropadagi top universitetda magistratura bo'yicha ketdi.
Vatanga qaytib, u quyidagi xulosalarga kelgan:
— 1,5 yil ichida ko'plab odamlar hayotida hech qanday o'zgarish bo'lmagan, ko'p narsa o'sha-o'shaligicha qolgan, bu esa norma emas;
— odamlar tushkun kayfiyatda va bu doim ham asoslanmagan;
— bir xil odamlar davrasida o'ralashib qolmaslik kerak, agar do'stlaringiz sizga "sen o'zgaribsan" deyishsa, buni mamnuniyat bilan, xushomad sifatida qabul qiling. Chunki o'zgarish, o'sish, rivojlanish — bu norma, aski esa aksincha.
Suhbatimizning "bottom line"i shu bo'ldiki, bizga, har birimizga, O'zbekistondek murakkab mamlakatda yashaydigan odamlarga energiya 💪💪💪 kerak!Suv Sirojiddin esa bitmas-tugammas Biznes — bu energiya, jamoa bilan ishlash — bu energiya, loyihalar — bu energiya. "Bo'lmaydi", "qo'limda kelmaydi" degan gaplar o'z-o'zini amalga oshiruvchi bashoratdir.
P.S. U bilan xayrlashib bo'lgach, yana 20 minut gaplashdik. Juda sog'inibmiz yuzma-yuz suhbatni. Birodarchiligimiz abadiy bo'lsin.
@azamov_com
Bugun o'zimni uchrashuvga chiqqandek his qildim. Shinam va xushbo'y hidlar keladigan kitobli kafega bordim. Hademay bir inson kelishini kutdim.
Gap shundaki, syurpriz qilish uchun yaqinda Shotlandiyadan qaytgan do'stim Sirojiddin Olimovni ko'rgani ishxonasiga bordim. Yigitlardan uning чуть ли не live location'ini olib turdim (achtung: uchta tilda yozilgan gap).
Meni ko'rib hayron qoldi. O'tirib gaplashdik. U bilan qadriyatlarimiz, fikrlarimiz, gaplarimiz shu darajada mushtarakki, nariyoq-beriyog'i yo'q. Ammo bu mushtaraklikka biz ikki xil boshqa yo'llar bilan keldik. Albatta, bizni tanishtirgan talabalik yillari: Young Leaders Development Project and FLEDU'lardan keyin.
Men millat brendi bilan bog'liq loyihalar va Amerikada tentirash: ish, o'qish, stajirovka, supermarketda kassirlik, keyin investitsion bankdagi karyera bo'yicha... U esa aqlli ishlar: akademik litsey zamdirektorligi (24 yoshida!), O'zbekiston uchun 100 g'oya, Yevropadagi top universitetda magistratura bo'yicha ketdi.
Vatanga qaytib, u quyidagi xulosalarga kelgan:
— 1,5 yil ichida ko'plab odamlar hayotida hech qanday o'zgarish bo'lmagan, ko'p narsa o'sha-o'shaligicha qolgan, bu esa norma emas;
— odamlar tushkun kayfiyatda va bu doim ham asoslanmagan;
— bir xil odamlar davrasida o'ralashib qolmaslik kerak, agar do'stlaringiz sizga "sen o'zgaribsan" deyishsa, buni mamnuniyat bilan, xushomad sifatida qabul qiling. Chunki o'zgarish, o'sish, rivojlanish — bu norma, aski esa aksincha.
Suhbatimizning "bottom line"i shu bo'ldiki, bizga, har birimizga, O'zbekistondek murakkab mamlakatda yashaydigan odamlarga energiya 💪💪💪 kerak!
P.S. U bilan xayrlashib bo'lgach, yana 20 minut gaplashdik. Juda sog'inibmiz yuzma-yuz suhbatni. Birodarchiligimiz abadiy bo'lsin.
@azamov_com
👍11
Meni ajablantirgan ajablanish
Kecha Korzinka O'zbekistondagi 100- fillialini ochdi. Instagramda bir qiz "o'zingdan ham yoshi katta kompaniya 100- fillialini ochayotgan tadbirda bo'lish ajoyib-a?" degandek gapiribdi.
Menimcha, o'zimga deyarli tengdosh, Instagramdagi qiz kabi yuz minglab zamondoshlarimdan esa "qariroq" kompaniya borligi ajoyib emas, buni ajoyib deb o'ylashning o'zi ajoyib.
Tushuntiraman.
San-Fransiskoda yashaganimda ishlaganim "Cinderella" kafesi 1953- yildan beri ishlab kelmoqda. Ba'zida xo'randalar uzoq shtatlardan kelib, "oxirgi marta 80- yillarda kelgan edik bu joyga" deb aytib ketishardi. AQShda minglab bunday kompaniyalar bor, ularning yoshi nafaqat menikidan katta, balki ota-onamning yoshidan ham ulug'.
Biz katta bo'lgan mahalla, Yunusobod sayram chorraxasida bir restoran bo'lardi. Bolaligimda nomi allanima edi, keyin "Shahrizoda" bo'ldi, keyin shunchaki "Tansiq taomlar". Hozir esa uning o'rnida ko'p qavatli yangi uylardan biri qurilyapti. Xullas, biz "Ermak", "Korzinka" va "Keng Makon"larning yoshidan hayratlanamiz. Umid qilamanki, bu davomli bo'lmaydi. Ko'p yashaydigan va kengayadigan, o'z tarixiga ega kompaniyalar ko'payadi.
Biroq bitta biznes bor, o'sha kamida 50 yildan beri bir nom bilan, bir manzilda ishlab turibdi, anglashimcha. U ham bo'lsa O'rinboy akaning choyxonasi. Har holda, o'zim u joyda bo'lmagan bo'lsam ham, mana shu videodan shuni tushungandim:
https://www.facebook.com/diyorimamkhodjaev/videos/10208884457043966

Facebook
Ўринбой акани чойхонасидан 2026 йил 1 январга жой брон қилдик. Muhrim...
3.3K views, 134 likes, 5 loves, 37 comments, 12 shares, Facebook Watch Videos from Diyor Imamkhodjaev: Ўринбой акани чойхонасидан 2026 йил 1 январга жой брон қилдик. Muhrim A'zamxo'jayev шу кунгача...
👍6
Kun.uzda men xalq IPO'si haqida yozgan maqolam chiqdi
IPO nimaligi, u nimaga kerakligi, u qanday ishlashi haqida ma'lumotlarni bersam, odamlar "eh-he, bizning odamlarda pul yo'q-ku" deyishadi.
Shuning uchun materialga alohida "odamlarimizning IPO'lar ortidan aksiyalar xarid qilgani puli bormi?" sarlavhali xatboshilarni ham qo'shdim.
Javobidan parcha mana:
"Фаразан Ўзбекистонда 95% аҳолининг қўлида ортиқча пули йўқ, топилган маблағ харажатларга кетади деб ҳисобласак (аслида пулдор аҳоли салмоғи, фикримизча, бундан кўп ва келажакда улар яна кўпаяди), 36 миллионлик Ўзбекистонда камида 1,8 миллион (5% аҳоли) чакана инвестор бор. Уларнинг ҳар ўнтадан бири 1000 доллардан инвестиция қила олса, IPO’лар орқали 180 миллион доллар маблағ жалб қилишнинг иложи бўлади.
“Ортиқча пулимиз борми” деган саволга яна бир жавоб: 2021 йил давомида Ўзбекистонда умумий қиймати деярли 300 миллиард сўмлик (~26,7 миллион АҚШ доллари) “чиройли” авторақамлар сотилган. Chevrolet машиналарини тахминан 6-12 ой ичида олиш учун минглаб харидорлар олдиндан пул тўлаб қўйиши ҳам юқори ликвидли инвестицияларга ортиқча пулни йўналтириш истаги борлигини кўрсатади...
2022 йилда 14 мингдан ортиқ Onix русумли автомобиль учун тўлов қилинган ва номаълум муддатдан сўнг товарлар эгаларига топширилади. Машина нархи 14700 долларлиги инобатга олинса, савдонинг умумий суммаси 205 миллион доллардан ошади."
To'liq maqola esa mana: https://kun.uz/news/2022/12/26/xalq-iposi-nima-u-nima-uchun-kerak

Kun.uz
Халқ IPO'си нима? У нима учун керак?
Президент Шавкат Мирзиёев келаси йили ўнта йирик давлат компанияси IPO'га чиқишини айтаркан, юртдошларимиз орасида юз минглаб мулкдорлар, акциядорлар пайдо бўлишини исташи ҳақида гапирди. Хўш, IPO ўзи нима?
👍8
Alhamdulillah! 2022- yilda mening hayotimda sodir bo'lgan eng zo'r voqealar
- 2022- yilni men yangi lavozimga ko'tarilish va yangi uyga ko'chish bilan boshladim. 2- yanvardan adashmasam ko'chib kirdik Bruklinda yangi uyga;
- Fevral oyining boshida O'zbekistonga qaytishga qaror qildim va o'sha kuniyoq aviachipta sotib oldim va 27- fevral kuni keldim;
- "Global Halal Blockchain" MCHJ kompaniyasini ochdik va globalhalal.uz saytini ishga tushirdik, jamoa shakllantirdik.
- Toshkentda yangi uyga ko'chdik.
- Uylandim.
- ESGU bozor konyukturasini o'rganish va data tahlili startapini ishga tushirdik.
In sha allah, qiladigan ish hali juda ko'p. O'zbekistonda judayam ko'p odamlar, do'stlarimiz, hurmatli insonlar, ustozlarimiz bizga xayrixoh bo'lib kelishyapti. Qo'llab-quvvatlashyapti. Hammalariga rahmat.
2023- yil uchun ham katta rejalarimiz bor. Duo qilib tursangiz, in sha allah, xayrli va barakali ishlarni qilish niyatidamiz.

👍25