Telegram Web Link
O'zbekistonda biznes qilishdan to‘xtatuvchi mashhur 4ta va'j

1. Uje bunday narsa qilingan-ku.
2016- yilda Grubhub kompaniyasi AQSh ovqat yetkazib berish bozorining 70 foizini egallab turgan vaqtda atay-chechay qila boshlagan DoorDash kompaniyasi 2019- yilga borib, Grubhub'ni ham, UberEats'ni ham dog'da qoldirdi. DoorDash asoschilari "ovqat yetkazib berish bo'yicha ana uje Grubhub bor-ku" degan bahona bilan biznesni boshlamasliklari ham mumkin edi. Bunday misollar ko'p, agar allaqachon bu ishni qilishgan bo'lsa, ularning xatolarini takrorlamaydigan, bilaks tuzatadigan produkt yaratish mumkin.

2. Odamlarimiz hali unga tayyor emas.
Men tug'ilishimdan sal avval 1994- yilda Jeff Bezos Amazon kompaniyasini ochganida unga "odamlar hech qachon internetdan turib savdo qilmaydI" deganlar ko'p bo'lgan. Fransuzcha aytganda, Voila! Naqadar sodda edi ko'pchilik. Netfliks kompaniyasi haqida esa butun boshli "That Will Never Work" (Bu hech qachon ish bermaydi) nomli kitob yozilgan. 10 yil oldin mening ota-onam tengi odamlar PayMe'ga ham, Telegram'ga tayyor emasdilar. Just Do It! Maktabdagi mehnat ustozimiz temir "parta"miz ustiga bir burda po'latni otayotib aytganlaridek, bopla! (Rashid akani xudo rahmat qilgan bo'lsin.)

3. Biznes boshlasang, shartta kelib yopishadi, ishlatishmaydi, to‘siq qo‘yishadi.
Dunyoda 30ga yaqin biznes uchun eng yaxshi mamlakatlar bor. Qolgan 200dan oshiq mamlakatda korrupsiya, to'siqlar va davlat monopoliyasi bor. (Achtung: Men bu bilan hech qaysi korrupsion komponentni oqlamoqchi emasman!) Ammo hamma mamlakatda ishbilarmonlar bor. Shaxsiy fikrimga ko'ra, O'zbekistonda shunchaki bir necha barobar zahmat va aql bilan ish ko'rish kerak boshqa rivojlangan davlatlardagiga nisbatan. Keng Makon, Ermak, Fido Biznes kabi 30 yilik tarixga ega kompaniyalar bor O'zbekistonda. Tasavvur qilyapsizmi, ular чуть ли не Sovet davridan beri kurashib kelishyapti. Sizni o'ldirib qo'ymasa, har qanday qiyinchilik faqat kuchliroq bo'lishingizga xizmat qiladi.

4. Mutaxassislar yo'q.
Bu qo'rquv (va'j, bahona) ko'pchilikda bormi, yo'qmi, bilmayman, lekin texnologik kompaniya qurmoqchi yoki yuqori intellektual faoliyat talab qiluvchi kompaniya yaratishda shu muammo haqiqatda bor. Ammo bu ham biznes qilmaslikka sabab bo'lmasligi kerak. Biz Global Halal kompaniyasini boshlaganimizda ko'pchilik "o'zi bizda halol iqtisodiyot bo'yicha mutaxassislar bormi", "endi nima qilasan", "jamoani qanday to'playsan" degan xavotirlar bo'ldi menda.

Lekin uzoq muddatli loyihamizga jamoa yig'ishda, agar nomzod 10ta mezonning bariga emas, hech bo'lmasa 5tasi, xususan, intiluvchanlik, o'ziga ishonch, dunyoqarashning kengligi va ingliz tilini a'lo darajada bilish kabilarga javob bersa, "baraka" qilib yuboraverdik.))

Masalan, hozir jamoamizda globalhalal.uz sayti uchun 200dan ortiq xorijiy nashrlarda chiqqan maqolalarni tarjima qilib, izlanib, o'zi ham materiallar tayyorlagan mutaxassis bor. Ana sizga mutaxassis. Yo'q edi, tayyorladik. Zero, biznesning maqsadi ham shu emasmi?
🔥11👍5
Toʻrt yil oldingi gaplar bugun ham dolzarbligi va energetika sohasidagi adolatsizlik hamda befarosatlarcha yondashuv hali ham saqlanib qolayotgani achinarli albatta.
🔥4👍1
Forwarded from Nuruddin Blogs
Uzbekistan == Uzbekistan
😁23👍1
Forwarded from Azamat Akbar | Lektorium
Шотландиянинг янги бош вазири, 38 ёшлик мусулмон Ҳумза Юсуф!

Ҳумзанинг ота-онаси ўтган асрнинг 60-чи йиллари Покистондан Шотландияг кўчиб ўтади. Ҳумза 1985 йили Глазго шаҳрида туғилади. Боласининг сифатли таълим олиши учун қиммат бўлса ҳам уни давлат эмас, хусусий мактабга юборишади. Ҳумза университетда сиёсатшунослик соҳасида ўқийди.

Оддий ишчиларнинг таълимга берган эътибори туфайли иммигрант оиланинг боласи Шотландиянинг раҳбари бўлмоқда!

Бизчи?
👍142
Forwarded from Global Halal
🥳Yangi loyihamizga start berdik!

Barakali Juma🌙

Unda tadbirkorlar va soha professionallari oʻzlarining biznes va hayot faoliyatlari haqida soʻz yuritishadi va o‘zaro netvorking qilishadi.

Va bizning ilk mehmonimiz: Islombek Ibragimov, Shark Sales School asoschisi.

Uchrashuv pallasi Juma namozidan soʻng soat 14:00 da, albatta keling!

Roʻyxatdan oʻtish uchun havola.

Telegram | Facebook | Instagram
👍8
Forwarded from Alisher Sadullaev
⚡️ Ibrat tillar oromgohining yangi mavsumini sizga mutlaqo yangicha yondashuv bilan taqdim etmoqchimiz: loyiha yanada sayqallanib, mazmun jihatdan mustahkamlandi.

Bu safar biz jalb qilgan katta tajribali mutaxassislar qatnashchilarga TOP 100ta universitetlarga kirish uchun tayyorgarlik ko'rish bo'yicha amaliy bilimlar beradilar.

Nima dedingiz? Qatnashasizmi? Munosib nomzodlarga bu xabarni ulashing.

Ro'yxatdan o'ting!
👍8
Forwarded from Uzbekistan’s club
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Diqqat! Bu yangilik yuraklaringizni zabt etishi aniq❤️

Ertaga, 18-aprel kuni soat 15.00da biz «O‘zbekistonlik» filmining rasmiy saundtrekini YouTubeda namoyish etamiz. Nega aynan namoyish etamiz? Chunki trekdan tashqari klip ham bor.

Hozir esa qisqa tizerni e'tiboringizga havola qilamiz. Kettik!



Внимание! Новость, которая точно покорит ваши ❤️

Завтра, 18 апреля в 15.00, мы покажем вам официальный саундтрек к фильму "Узбекистанец" в нашем YouTube! Почему именно покажем? Потому что помимо трека есть ещё и клип.

А пока небольшой тизер... Поехали!

Instagram | Meta | Telegram | Website | YouTube
KONSTAning klipini bir necha marta koʻrib, ulashishdan avval oʻylanib yurdim.

Oila a’zolarim va atrofdagilarimdan munosabatlarini soʻradim.

Trekka KONSTAning oʻz hayotiy hikoyasi asos boʻlgan. U esa Rossiya bilan bogʻliq. Allaqachon koʻpchiligimiz sir emaski, Rossiyadagi “mehmon ishchilar”imiz turish-turmushi juda ogʻir. Buni qaysidir momentlarda Koreya va Turkiyada muhojir boʻlishga nisbatan ham aytish mumkin.

Toʻgʻrisi, oʻzim “Oʻzbekistonlik” loyihasiga jalb qilingan boʻlsam ham, hatto uning gʻoyasi 2019- yilda paydo boʻlganidan beri kuzatsam ham, klipga kichik e’tirozim bor: Sharif aka oʻzi ham bilganidek, oʻsha qiyinchiliklarga toʻla musofirchilikdan yorib chiqish goʻzal bir fantaziya, san’at asari uchun zoʻr gʻoya, ammo real vaziyatda buning iloji koʻp emas, hamma ham oxirigacha kurasholmaydi. Boz ustiga, katta peer pressure (atrofdagilarning bosimi) bor.

Lekin… Lekin men deyarli 3 yil Amerikada yashadim. Yuz minglab oʻzbeklar okean ortiga intilayotganining sabablaridan biri ham, nafsilamr gapni aytganda, bu u yerdagi osonchilikdir. Oyiga 2 ming dollar va undan koʻp orttiradigan yigitlar kuniga 8 soat ishlardi. Ammo doim zoʻr ovqatlanib, mashinalarda (hatto Lexus, BMW, Wolksvagen va Acuralarda) yurishga imkoniyat bor edi.

AQShda konsyumerizmga (iste’molga berilish) yoʻl ochilgan. Devayslar boʻyicha ham, kiyim-kechak boʻyicha ham oddiy taksi haydovchisi yoki ovqat tashuvchi bemalol pulni bebiliska sarflashi oson edi va buni koʻp oʻzimda va oʻzimga oʻxshagan immigrantlarda kuzatganman.

Men bu qoʻshiqni AQShdagi oʻzbekistonliklar eshitishi kerak deb oʻylayman. Ularning ozchilik boʻlmagan bir qismida, oʻzi umuman biz oʻzbeklarda, shunday odat borki, biz oʻzimizning katta imkoniyatlarimizga ishonmaymiz, oʻzimizni yerga uramiz, qisqa muddatda pul topishni oʻylab, katta ishlar qilishimizga asos boʻladigan yoshlik yillarimizni qurbon qilamiz.

“Amerika — imkoniyatlar mamlakati” deyilganda oyiga 10 ming dollar pul topish emas, millionlab dollarlik kompaniyalar qurish ham nazarda tutilishi mumkin. Oxirgi 32 yil ichida oʻzbekistonliklar AQShda birorta ham milliard dollarli (yakkashox) kompaniya bunyod qilmadi, deyarli hech bir transmilliy korporatsiyada global darajada rahbarlik lavozimiga koʻtarilmadi, AQShdagi TOP universitetlarda vatandoshlarimizning salmogʻi juda kam.

Hind, pokistonlik, mongoliyalik va xitoy millatiga mansub odamlar ichida yiliga 1 million dollar oladigan mutaxassislar bor, masalan. Mana bizdan hech qursa bitta odam loyiq boʻlgan imkoniyat! Bu pulni topish uchun oyiga 10 ming dollar topadigan trak haydovchisi 8,5 yil tinmay ishlashi kerak. Sogʻligʻi evaziga, katta ehtimol bilan.

Qoʻshiqdan 10ga yaqin iqtibos qoʻshishim mumkin edi, lekin qaysi birini tanlashga ham ikkilandim. Oʻzbekistonliklar hammasini uddalay oladi. “Sen oʻzbeksan, sening ishing shu” deb chegara qoʻyishlariga yoʻl qoʻyib bersak, “oʻzimizga ishonmasak, hech kim bizga ishonmaydi.”


https://youtu.be/EMDhqk8VHlE
👍83🔥2👎1
Hammaga hayit muborak!
8
Tashkent Institute of Finance Class 2023

I am about to graduate TIF.

Looking back to my 4 years of Uni life, i can proudly say that i am blessed to be in this group. Some of the achievements of a I-52i group with 21 students:

- 6 students pursuing ACCA Membership.
1 student Affiliate,1 student 10/13, 3 students 9/13 and 1 student 6/13.

- 6 students holding 7.5 IELTS. Also there are quite a few 6.0 - 7.0 holders

- 5 WebDevelopers( FrontEnd,Backend)

- 2 DAAD Scholarship holders

- I already have groupmates working in EY, Exadel, CBU, Ministry of Education, SQB, Agrobank, KDB and guess the place FBA Academy

- A groupmate of mine has his mature business already.

If anyone asks why you need University, i would say to build a network - no more than that!

You can obtain the knowledge from YouTube to tell the truth, but it is hard to build a network via Internet.

PS: I am posting it not to boast, simply to show the other side of the coin. Some of you are giving up University, and pursusing Bsc OBU. It is OK, as long as you are sure that you are able to start your career straight away and build a network there. Otherwise go to Uni, enjoy the Uni life.

Yes you might not get practical knowledge there, but at least you will find your couple!
🔥3👍1
Forwarded from Банкир
Ўзбекистонлик муҳожирлар келгуси 7 йил ичида 100 млрд доллар пул ўтказмаларини юбориши кутилмоқда

Парижда бўлиб ўтган “O‘zbekistonlik. Generating Ideas” форумида Алишер Жуманов каби ўзбекистонликлар жамият учун қайтадан кашф қилинди:

“Биз аллақачон Россия, Корея ва Туркия каби мамлакатларда меҳнат қилаётган муҳожирлармиз орқали инсон ресурслари мамлакат иқтисодиётига катта ҳисса қўшиши мумкинлигини исботладик. 2022 йил давомида Ўзбекистонга келиб тушган пул жўнатмалари 12 миллиард долларни ташкил қилди. Келаётган 7 йилда умумий миқдорда 100 милиард доллар бўлиши кутилмоқда.

Лекин энди юқори малакали мутахассислар орқали бутун дунё мамлакатлари учун сифатли инсон капитали хабига айланишимиз лозим.

Ўзбекистон нафақат географик жиҳатдан марказ, балки бутун Евроосиё учун BPO (Business Processes Outsourcing) соҳасида, профессионал хизматлар провайдери бўлиши керак.”

@bankir
Forwarded from Nuruddin Blogs
Be like this guy, have a clear goal.

@nuruddinblogs
😁17👍32
Qidirish

AQShda universitet bitiruvchilari oʻrtacha 6 oy davomida ish qidiradi. Ya’ni tasavvur qiling, siz amerikaliksiz, universitetni bitirdingiz va bitiriboq ishga kirishingiz qiyin, oʻrtacha yarim yil siz oʻz rezyumengizni bir nechta kompaniyaga topshirasiz va suhbatlarga borasiz, qayerdadir sizga “yoʻq” deyishadi, qayerdadir ish taklifini berishadi. Siz bittasini tanlab, ish boshlaysiz.

Men Oʻzbekistondagi talaba ba bitiruvchilar, ishga joylashish, yoshlar haqida uncha-buncha narsani bilaman, deb oʻylayman. Har holda yillar davomida shu masalalarni kuzatib kelyapman.

Biz ish qidiramizmi?

Qanchalik qidiramiz?

Mening javobim shundan iboratki, biz deyarli ish qidirmaymiz. 100 foiz bitiruvchilardan bor-yoʻgʻi 10 foizi ish qidirsa kerak, nazarimda.

Universitetda yaxshi oʻqigan, ingliz tilini zoʻr bilgan talabalar tezda ish topib ketishadi: oʻquv markazlari, logistika kompaniyalari va davlat tashkilotlaridan tortib xalqaro tashkilot va kompaniyalargacha. Tezda ishli boʻlish yaxshi, ammo buning ham minuslari yoʻq emas. Qidirishning gashti bor, iste’dodli oʻzbek yoshlar bu gashtdan mosuvo.

Tilni ham bilmagan, sohasini ham oʻrganmagan, sust talabalar/yoshlar esa shunchaki bir-ikki urinib, yengilishadi: “Hamma yer tanish-bilish”, “oyligi kam”, “ish koʻp buyuradi”, “boylarning bolasi egallab olgan”, “korrupsiya boʻpyotibdi” va ho kazo.

Oʻzbekistonda yuzlab kompaniyalarga minglab ishchilar kerak. hh.uz saytiga kirib, 20 daqiqa oʻtiring, tushunib olasiz.

Ha, ish beruvchilarning talablari osmon, oyliklar… ishsizlik, kirakashlik yoki chiri(tadi)gan davlat ishlariga nisbatan yaxshiroq. Lekin bugun 1-kurs talabasi boʻlsangiz, ikki yilda ish beruvchi talablariga mos boʻlib olishingiz mumkin (agar universitetdagi darslar sizga bunda yordam bermasa, berilib oʻqimang. Universitet hayotda oʻz yoʻlingizni topib ketishingizdan toʻxtatib qololmasin).

Talaba paytida ishlash mumkin. Aynan shu davrda kam oylikka ishlab, tajriba orttirib olish mumkin. Qisqasi, yoʻllari bor, qidirish kerak.

Nuqul bir xil soha va kasblar emas (SMM, logistika, til kursi, front-end), tuvagingiz tilladan boʻlib ketishi mumkin boʻlgan darajadagi tarmoqlarni izlab topish mumkin.

Misol uchun, biz shu haftalarda germaniyalik hamkorlarimiz bilan yakunlayotgan loyiha doirasida toʻqimachilik sohasida kollej/kasb-hunar maktab bitiruvchilarini ish bilan ta’minlamoqchimiz. Achtung! 3 yil ichida oyiga 1000 dollardan oshiqroq oylikka toʻqimachilik korxonalariga texnolog yordamchisi, elektron qurilmalarni sozlovchi va montajchi sifatida oʻrnashib olsa boʻladi.

@azamov_com
5👍1
Lenin merosi


Hozir oʻqiyotganim “Move” (Koʻchish yoki yurish) kitobida muallif Parag Xanna bir boʻlimni “Youth of the world, unite!” (Dunyo yoshlari, birlashingiz”) deb nomlagan. Unda, butun kitobda boʻlgani kabi, migratsiya haqida, xususan, yoshlarning yaxshiroq hayot uchun intilishlari haqida gap ketadi.

Boʻlim sarlavhasi esa, bilganlar biladi, Leninning mashhur shioridan olingan: “Butunjahon proletarlari, birlashingiz!”

Kuni kecha “Humo” arenada boʻlib oʻtgan yoshlar kuni tadbirining shiori esa “Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik!” ekan.

Kim shuni toʻqib oʻtirgan ekan-a?🤔

Mayli, Lenin boboning kalkalari yashasa, yashabdi-da.

“Move”dan olingan muhim ma’lumotlarni keyingi postlarda ulashaman.

@azamov_com
👍4
Я очень рад, что к нашему проекту Uzbekistan's Club присоединяются лучшие компании Узбекистана, ведущие в своих сферах - но и проявляют интерес крупнейшие международные игроки.

Рады были узнать, что мы на одной волне с Mastercard, и принять доктора Сулеймана Сазери, президента Mastercard по странам СНГ. Компания планирует активно расширять свое присутствие в Узбекистане в самое ближайшее время - и @uzbekistansclub рад их поддержать!

Если вам тоже интересно быть с нами - выходите на связь 😊

@makarenko_channel
Parag Xannaning "Move" (ko‘chish yoki yurish) kitobini deyarli o‘qib tugatdim

O'tgan shanba uni rosa alqab, ustozimiz, pedagogika fanlari doktori va ajoyib inson Feruza Rashidovaga berib yubordim. 70 beti qolgan edi. Bir yaxshi kursdosh jo‘ram sovg‘a qilgan Xayriddin Sultonning "Navoiy — 30"iga o‘tib ketib, to‘g‘risi, tashlab qo‘ygandim.

"Move" — Parag Xannaning turkum boshqa kitoblari kabi — kelajak, mo‘ysafid zamin tarixining kelayotgan o‘n yilliklardagi bir fazasi haqida. Aynan odamlarning ko‘chib yurishi, iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq ekologik migratsiya, texnologiyalar rivojlanishi bilan bog‘liq globalizatsiya, siyosiy va iqtisodiy inqirozlar yuzaga chiqaradigan qo‘nimsizlik haqida.

Insonlar tarixan ko‘chib yurishgan. Muallif shuni norma deb qabul qilishimiz kerakligini uqtirish o‘rnida moziydan misollar keltiradi, bugungi kunga aynan migratsiya zarrabinidan qarashga undaydi, olimlar, aql markazlari va strateglarning bashoratlarini umumlashtirmoqchi bo‘ladi.

Aniq misollarga to‘xtalgim, spoyler qilgim kelmadi. Faqat shuni aytishim mumkinki, uzoqroq kelajakka kelganda, doktor Xannaning Osiyo, undagi xalqlar istiqboliga "stavka"si kattagina. Bu kitobni o‘qish kerak!

Mana bu TED ma'ruzasida ham u shu haqda gapirgan. Aytmoqchi, unda gapni O'zbekistonning yaxshi insonlari haqida gapirishdan boshlaydi.
1👍1
Xatolarning "onasi"

Bir loyihamiz doirasida dunyoning turli chekkalaridagi, turli soha va lavozimlarda ishlaydigan kattalar yoshlarga "mehnat qiling", "o‘z ustingizda ishlang" degan messejni berishyapti.

Bu menga YLDP‘da o‘tkazganimiz Leaders‘ Talk uchrashuvlarini ham eslatib yubordi. Universitet professorlariyu xalqaro tashkilotlarda ishlaydigan ekspertlardan xonandayu sportchilargacha xuddi hamma kelishib olgandek "o‘z ustida ishlash" haqida gapirishardi.

Ta‘lim, shaxsiy o‘sishga bee‘tiborlik xatolarning "onasi" (original sin). U jamiyatni kuchsiz qiladi.

O‘qish, izlanish, mehnat qilish esa — juda ko‘p muammolarga yechim. Agar siz o‘qib, qiynalib, burningiz yerga ishqalanib nimagadir erishsangiz, o‘z molingiz, erishganlaringiz, obro‘yingizni himoya qilasiz. Agar siz o‘zingizni oqar daryoga qiyoslanmish umrning "to‘lqinlari" hukmiga tashlab qo‘ygan bo‘lsangiz, bizda zavodlar yo‘q-da deb o‘tiraversangiz-u o‘zingiz intilmasangiz, o‘zingizga ham turib berolmaysiz, oilangizga ham turib berolmaysiz.
👍8🔥1
Til o‘rganish vaziyat tanlamaydi

Bir go‘zal nashr ustida ishlayapmiz. Uning bosh muharriri telefon qilib, "sizlar bergan materialda o‘ta tanqidiy joylari bor ekan, boshimiz baloga qolmasin" degan ma‘noda yozg‘irdi.

Men uni birinchi gapidanoq tushundim. Gap shundaki, men bilan ishlaydigan yigit xatosi bilan unga materialning "yumshatilmagan" versiyasi ketib qolibdi.

Lekin muharrir arzida davom etdi. Men uning asabiylashishi, xavotir olib, yuragini ezishini qanchalik xohlamasam ham, gohida insonlarga o‘z emotsiyalarini to‘kib solishga imkon berish kerakligini ham tushunardim.

"Mana bu gaplar ajralib chiqib turibdi как бельмо на глазу" degan edi. "U nima degani?" deb so‘radim. U mana ikkinchi abzats, uchinchi qator deb tushuntirgan edi, men: "yo‘q, "бельмо на глазу" nima degani?" dedim.

U haholab kulib yubordi. Pauzadan foydalanib, xavotirlanmasligini so‘rab, boshqa versiyani jo‘natishni va‘da qildim.

Pozitiv, yumor va bosiqlik, ayniqsa, til o‘rganishga bo‘lgan ishtiyoq ish jarayonida ko‘p kerak bo‘ladi. Shuning uchun, yoshlar, til o‘rganing. )
👍4👎1
2025/10/27 04:04:49
Back to Top
HTML Embed Code: