Telegram Web Link
😁5👍1
Bugun 1,5 yil ichida sun‘iy ong orqali generatsiya qilingan tasvirlar oxirgi 149 yilda yaratilgan media kontent soniga yetib olgani haqida o‘qigandim.

Mana bu yerda sun‘iy ong yaratgan reklamani ko‘rishingiz mumkin.
🔥3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Наконец-то! Адекватная, красивая и вкусная реклама еды от нейросетей

Картинки создавал Midjourney, анимацию добавляли Runway и Pika Labs.
🔥6
Dangasalar

G’ayratlilar yelib-yugurib,
Mehnat bilan mudom ovora.
Dangasalar esa o’y surib,
Yotish uchun izlashar chora.

Ishchan azal tinmay yer chopgan,
O'g'ir tuygan, sovurgan somon.
Yalqov o’ylab charxpalak topgan,
Ijod qilgan shamol tegirmon.

Parvoz etsam yuksak samoda
Zamonaviy laynerda bukun.
Rahmat deyman yorug' dunyoda
Dangasalar borligi uchun.

Yo’qsa yurar edik hoynahoy
Hanuz yayov changitib tuproq.
Xo’b yurtim bor, dangasaga boy,
Ishchanidan yalqovi ko‘proq.

Rost aytsam, bu mening ham dardim,
Xolimasman bu kasallikdan.
G’ayrat qilsam bir kasb topardim,
Shoir bo’ldim dangasalikdan.

Bizlar shundoq, bizda yo’q ixlos
Dabdaba-yu as'asalarga.
Ishlang, bizni tinch qo’ying xolos,
Tega ko’rmang dangasalarga.

Erkin Vohidov
😁5👍4
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🚴‍♂ Вероятно, вы даже не представляли, что велопарковка может быть такой

В Японии жители хранят свои велосипеды в огромном подземном гараже, похожем на локацию из матрицы, где людей выращивают в капсулах.

Благодаря такому подходу отпадает необходимость
ставить на каждом углу конструкции, за которые надо цеплять велик.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6
Kecha uchib kelganimdan keyin endi London shahriga keldim. Lekin tabriknomalarda koʻrsa boʻladigan Big Ben, Tower Bridge va boshqa diqqatga sazovor joylardan ham oldin mana shu biznes markaz — Canary Wharf’ga keldim.

Bu yerda Markaziy Osiyo haqida axborotlarni dunyo boʻylab tarqatish masalalari haqida suhbatlashish uchun Daryo direktori Muzaffar Ismoilov meni Reyter agentligi vizual materiallar boʻyicha rahbari bilan uchrashishga taklif qildilar.

Reyter — har qanday jurnalist bir boʻlsa ham tomosha qilishni istaydigan tahririyat.

Men ushbu yirik axborot agentligining Londondagi bosh qarorgohiga kirib, biz iste’mol qilayotgan jahon yangiliklari ortidagi mashaqqatli va mas’uliyatli jarayonni kuzatish imkoniga ega boʻldim.
👍10🔥7
Ректор Балтийского федерального университета посоветовал студентам съездить на учебу в Узбекистан. На встрече со студентами ректор объяснил, что академическая мобильность ограничена, ряд стран больше не доступен для российских студентов, а Узбекистан — новый партнер с высоким уровнем вузов. @banki_oil
👍2😁2
Argentinada inson kapitali vazirligi tashkil qilinadi. Bunga alohida e‘tibor qaratganimni bu tashabbus uchun xayrixohlikka yo‘ymang. Ammo, fikri ojizimcha, yashashga haqli bir g‘oya.
👍5
Jamoamiz O‘zbekistondagi eng yorqin media loyihalardan biri bo‘lgan "Uzbekistan‘s club" jurnali ustida ishlash imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Vazirdan intervyu oldim. Ammo islohotlar, davlat siyosati va boshqa shu kabilar haqida emas. "Rasmiy haqida norasmiy" degan ruknimiz uchun mamlakat tarixidagi eng yosh ayol vazir Hilola Umarovaning shaxsiyati, uning bolaligi va o‘y-xayollari haqida.

"Albatta quvondim. Boshqa tomondan, bu ulkan mas'uliyat talab qiladigan soha”, deb xotirlaydi vazir bo‘lganidagi hayratini Hilola Umarova.

Uning hayotida tub burilish yasaydigan katta-kichik syurpriz-u shoklar talaygina. Ota-onasining kasbi tufayli Germaniyadagi shaharchada tug‘ilib, bog‘chaga va boshlang‘ich sinfga chiqqan jajji Hilola yetti yoshga to‘lar-to‘lmay jo‘shqin, sershovqin va deyarli hech kim nemischa gaplashmaydigan Toshkentga ko‘chib keladi. O‘zbekchani-ku sal-pal “fershteyn”, lekin maktabdagi mashg‘ulotlarda qatnashishi, uyda qattiq intizom o‘rnatgan harbiy otasi undan talab qiladigandek yaxshi o‘qishi uchun bu yetarlimas edi. 241-umumta’lim maktab partalarida harf tanigan qizaloq Toshkentdagi mahallalarning birida yashaydigan buvisi ko‘magida, qolaversa, ko‘chadagi bolalardan o‘zbek tilini to‘liq o‘rganadi..."


Hikoyalarni sevuvchi mushtariylar, albatta, ko‘z yugurtiring.

@azamov_com
Forwarded from Uzbekistan’s club
Hilola Umarova: 60 ta yigit bilan o‘qib, “starosta" bo‘lganman

Batafsil 👉 https://uzbekistans.club/uz/top/hilolaumarova
👍2
Forwarded from Osmondagi bolalar
2050-yilda O‘rta Osiyodan 26 mln odam ketadi! — «Global halal» va «ESGU» asoschisi bilan suhbat

Loyihamizning yangi sonida dastlab O'zDJTU hamda AQShdagi USML universitetida o‘qigan, keyinchalik «CANN» festivalida qatnashib, hozirda «ESG» (Environmental, Social, Governance) yo‘nalishida «ESGU» kompaniyasiga asos solgan Saidaziz A’zamov bo‘ldi.

Amerikada o‘qish va ishlash, keraksiz orzu-havaslar, O‘zbekistonning tashqi imiji kabi muhim mavzular haqida «Osmondagi bolalar» loyihasining bu galgi sonida bilib oling.

Premyerani quyidagi havola orqali 8-dekabr — juma kuni 20:30 da tomosha qiling.

👉
https://youtu.be/uKknNv8JTAE
5👍4
Oliy ta‘limdagi korrupsiyaning 2.0 versiyasi

Biz talaba bo‘lgan paytlar domlalar yomon o‘qiganlardan pul ta‘ma qilardi. Hozir, ayniqsa, xususiy universitetlarda domlalar yaxshi topyapti. Baho uchun pul berishlar deyarli yo‘q.

Biz talaba bo‘lgan paytlar bilimli talabalar domlalari yaxshi dars o‘tmaganda ularning ustidan arz qilardi. Hozir 97-yilda tug‘ilgan va bir kun ham sohada amaliyotda ishlamagan domlalar safsata sotyapti, ammo hech kim norozi bo‘lmayapti (bechora talabalar ehtimol yaxshi dars qanday bo‘lishini ham bilishmas o‘z tajribalaridan).

Qiyin imtihonlar, sinaydigan va sindiradigan savol-javoblar tuzish va olish uchun ham aql kerak. Hozirgilar shunday o‘tkazvoryapti. Iqtisodiyot fakultetini "valyuta kross-kursi" nimaligini bilmaydiganlar bitirib chiqyapti (vaholanki, bu ilm Dubayga qatnaydigan mokkilarda bor).

Xullas, lallaygan talabalar va nokompetent domlalar o‘zaro til biriktirishyapti. Domlalar pul topyapti shu tahlid. Talabalar diplom olyapti.

Mana sizga korrupsiya.

Bir kun kelib "Baho uchun pul so‘ralgan vaqtlar yaxshiroq bo‘lgan ekan" deymiz deb hech o‘ylamagan edim.

P.S. Ayrim o‘qishlarda o‘zim guvohi bo‘lganman, imtihonlarda nima tushishi sizdiriladi oldindan. Xullas, "keling universitet-universitet o‘ynaymiz" degandek narsa bu. Xolakasim.
👍10🔥2
2025/10/26 13:03:18
Back to Top
HTML Embed Code: