Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#SQB_FAKT

Pishloq evaziga kredit?😳

Shunaqasi ham bo'larkan😅
Forwarded from SQB
Biznesingizni roʻyxatdan oʻtkazib, xizmat ko‘rsatuvchi bank tanlayapsizmi?

SQBda hisob raqam oching va biznesingizni rivojlantirish uchun foydali yechimlarga ega boʻling:

savdo, hunarmandchilik va ishlab chiqarish sohasidagi yangi tadbirkorlar uchun - “Start-Up” paketi;
xizmat koʻrsatish sohasi uchun - "💯 ga 0" maxsus paketi.

📌 Barcha kerakli xizmatlar bepul:
- istalgan valyutada hisob raqam ochish;
- milliy valyutadagi to‘lovlar va o‘tkazmalar;
- mobil va internet-banking, "SQB Business";
- ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni amalga oshirish;
- inkassatsiya.

Batafsil ma'lumotni sqb.uz sayti, Aloqa markazi (1180) yoki bank ofislari orqali oling.

___

Зарегистрировали свой бизнес, выбираете банк для обслуживания?

Откройте расчетный счет в SQB и получите выгодное решение для развития своего дела:

для нового бизнеса в сфере торговли, ремесленничества и производства - пакет «Start-Up»
для сферы услуг – специальный пакет «💯 ga 0»

📌 Все важное - бесплатно:
- открытие счета в любой валюте;
- платежи и переводы в UZS;
- мобильный и интернет-банкинг "SQB Business";
- выдача зарплаты и приравненных к ней платежей;
- инкассация.

Подробнее на сайте sqb.uz, по номеру 1180 или в офисах SQB.
Forwarded from SQB
Ergashev Anvar Abdumajitovich “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB Boshqaruvi Raisining birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi.

A.Ergashev bunga qadar “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB Boshqaruvi Raisi oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Biz Anvar Abdumajitovichni yangi lavozimga tayinlanganligi munosabati bilan tabriklaymiz va mas'uliyatli faoliyatida muvaffaqiyat tilaymiz!

____

Эргашев Анвар Абдумажитович назначен Первым заместителем Председателя Правления АКБ "Узпромстройбанк".

Ранее А.Эргашев занимал должность заместителя Председателя Правления АКБ "Узпромстройбанк".

Мы поздравляем Анвара Абдумажитовича с назначением на новую должность и желаем успехов в его будущей деятельности!
Forwarded from SQB
Umarov Davron Shavkatovich “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB Boshqaruvi Raisi oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

D.Umarov bunga qadar"Asakabank" AJ Bosh ofisi Pul muomalasi va valyuta ayirboshlash amaliyotlari boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Biz Davron Shavkatovichni yangi lavozimga tayinlanganligi munosabati bilan tabriklaymiz va mas'uliyatli faoliyatida muvaffaqiyat tilaymiz!

_

Умаров Даврон Шавкатович назначен исполняющим обязанности заместителя Председателя Правления АКБ "Узпромстройбанк".


До назначения Д.Умаров осуществлял свою деятельность на должности Начальника управления денежного обращения и валютных операций Головного офиса АО «Асакабанк».

Поздравляем Даврона Шавкатовича с назначением на эту ответственную должность и желаем успехов в его будущей деятельности!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Inson qadri uchun

O’zsanoatqurilishbank, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda “Ezgu amal” jamoat fondi tashabbusi bilan poytaxtimizda xayriya tadbiri tashkil etildi.

“Renessans hall” saroyi mezbonlik qilgan tadbirga 1000 nafardan ortiq ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlari taklif etildi.

Tadbir doirasida jajji tomoshabinlar uchun lazer shou hamda “Kiber ertak” nomli musiqali spektakl namoyish etildi. Qorbobo va qorqiz esa kechaning aziz mehmonlariga homiylarning bayram sovg’alarini topshirdi.

Bank Axborot xizmati
#SQBMaslahat

"SQB START UP" - BIZNES BOSHLAGANLAR UCHUN QULAY TANLOV

💭 Siz biznes boshlandingizmi? Qaysi bankdan hisob-raqam ochish ustida bosh qotiryapsizmi? Unda SQBga marhamat! Chunki biz Siz uchun maxsus "SQB Start Up" tariflar to'plamini tayyorlab qo'ydik.

"SQB Start Up" tariflar to'plamida:

Ish haqi va unga tenglashtirilgan to'lovlar - TEKIN
SQB Business Internet-banking - TEKIN
Mobil banking - TEKIN
Inkassatsiya va naqd pulni qabul qilish - TEKIN
SMS-bankingga ulanish - TEKIN
Yagona SQB ofisida to'lovlar va pul o'tkazmalari (so'mda) - TEKIN
Boshqa banklarga to'lovlar va pul o'tkazmalari - TEKIN!

Batafsil ma'lumotni ushbu havola yoki Aloqa markazi (1180) dan olishingiz mumkin.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#sqb_sos ❗️

Telefonga ehtiyot bo'l - qo'shnini o'g'ri tutma! ‼️
Oʼzsanoatqurilishbank Аxborot xizmati bayonoti

Ijtimoiy tarmoqlarda Majburiy ijro byurosi maʼlumotlarini keltirgan holda Oʼzsanoatqurilishbank qarzdorligi boʼla turib, muassasa mintaqaviy tarmogʼi uchun 220 mln. soʼmga bir dona “Chevrolet Onix Premier 2 Turbo AT” avtomobili xarid qilingani borasida post eʼlon qilindi.

Ushbu holat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz:

Haqiqatan ham, 2024 yilning 9 yanvar kuni “Margʼilon Аvto Savdo” MChJ bilan “Oʼzsanoatqurilishbank” АTBning Toshkent shahar mintaqaviy Bank xizmatlari ofisi oʼrtasida avtomobil sotib olishga oid 3-268-202400017UZ-sonli shartnoma rasmiylashtirilgan va xarid.uzex.uz axborot portalida 21200102425901-lot raqami bilan joylashtirilgan. Biroq, keyinchalik ushbu xarid obʼekti bilan bogʼliq shartlar oʼzgarganligi sababli lot bekor qilingan.

Mazkur xarid boʼyicha shartnoma rasmiylashtirilgan sana (09.01.2024 yil)da esa, mib.uz saytida Bankning soliq yoki boshqa shaxslar oldida hech qanday qarzdorligi mavjud boʼlmagan.

Bank Аxborot xizmati
O'zsanoatqurilishbank – xalqaro ta'lim kampaniyalarini o'tkazishda eng mas'uliyatli bank!

Markaziy bankda tijorat banklari mas'ullari ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi. Unda aholining moliyaviy savodxonligini oshirish bo'yicha amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi.

Xususan, moliyaviy savodxonlikni oshirishga qaratilgan taʼlim tadbirlarini tashkil etish va amalga oshirishda faollik ko'rsatgan O'zsanoatqurilishbank "Xalqaro ta'lim kampaniyalarini o'tkazishda eng mas'uliyatli bank" nominatsiyasida g'olib deb topildi.

Ma'lumot uchun, Markaziy bank bilan hamkorlikda O'zsanoatqurilishbank tomonidan umumta'lim maktablarida moliyaviy savodxonlik bo'yicha ochiq darslar, hududlarda aholi va tadbirkorlar uchun muntazam ta'lim marafonlari o'tkazib kelinmoqda.

SQB Yangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oʼzsanoatqurilishbankda inson kapitalini rivojlantirishga qaratilgan yana bir muhim loyihaga start berildi

Oʼzsanoatqurilishbank hamda Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti oʼrtasida taʼlim va tajriba almashish sohasidagi hamkorlikka qaratilgan memorandum imzolandi.

Mazkur qoʼshma taʼlim dasturiga koʼra, Oʼzsanoatqurilishbank xodimlari risk-menejment, komplaens-nazorati, audit, biznes tahlil, loyihalarni boshqarish kabi sohaning muhim yoʼnalishlari boʼyicha qayta tayyorlanib, malakasi oshiriladi. Аngliya, Germaniya, Singapur, Koreya va Shveytsariyadagi yetakchi oʼquv markazlarida amaliyot oʼtash imkoniyatiga ega boʼladi.

Joriy yil davomida dastur doirasida Bosh bank, front va bek-ofis xodimlari hamda top-menejerlardan iborat 3,5 mingdan ziyod kadrlar oʼqitilib, ularning FRM, CFA, ACCA, PMI kabi xalqaro sertifikatlarni olishiga koʼmaklashish rejalashtirilgan.

SQB Yangiliklari
O‘zbekistonda 2024-yil iqtisodiy kompleks rahbarlari va barcha davlat korxonalari uchun tannarxni qisqartirish va samaradorlik yili bo‘ladi

Mas’ullarga bu yilda qo‘shilgan qiymatni 45 foizdan oshirish, tannarxni 15 foizga kamaytirish, umuman, sanoatda 7 foiz o‘sishni ta’minlash bo‘yicha korxonabay chora-tadbir tasdiqlab, amalga oshirish topshirildi.
Soliq tizimida tijorat banklari bilan ishlaydigan alohida tizim boʻladi — prezident

Davlat rahbari Respublika soliq tushumining 50 foizini beradigan 80 ta eng yirik korxona va 35 ta tijorat banki bilan ishlaydigan alohida tizim boʻlishini ma’lum qildi.

Buning uchun Yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha inspeksiya tarkibida yangi tuzilma tashkil qilinib, Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan bevosita ishlaydi.
Naqdlashtirish va kapitalni noqonuniy chetga olib chiqish borasida keskin oʼzgarish qilish shart - Prezident

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti faoliyati kuchaytiriladi. Departament chuqur tahlil, tezkor-qidiruv, taftish va oʼzi tergov qiladigan idoraga aylanadi. Uning rahbari bir vaqtning oʼzida Bosh prokuror oʼrinbosari boʼladi.

Departament 5 ta muhim yoʼnalish: qurilish, farmatsevtika, alkogol va tamaki, noqonuniy import, naqdlashtirish va kapitalni noqonuniy chetga olib chiqish borasida keskin oʼzgarish qilish shartligi koʼrsatib oʼtildi.
Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan Surxondaryo viloyatiga press-tur uyushtirildi.

Dastlab “SUNSIT MEDICAL CLINIC” koʻp tarmoqli diagnostika va davolash klinikasi faoliyati bilan tanishildi.

– Albatta, viloyatimizga mana shunday zamonaviy klinikalar zarur edi, – deydi shifoxona ish boshqaruvchisi, nevrolog shifokor Musurmon Koʻcharov. – Ekologik oʻzgarishlar sabab kasalliklar turi koʻpaydi. Baʼzi hollarda yaqinlarimiz dardiga davo izlab, poytaxtga, hatto xorijiy davlatlarga chiqib kelishga toʻgʻri keldi. Shuning uchun ukam ikkimiz tibbiyot oliygohlarini tamomlagach, otam (ular ham shifokor) boshchiligida oilaviy tibbiy muassasasini ochishga kirishdik.

Taʼkidlanishicha, klinikada zamonaviy laboratoriyani barpo etish va boshqa zarur jihozlarni xarid qilish uchun 2,5 mlrd. soʻm mablagʻ sarf qilingan. Ushbu mablagʻlar Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan imtiyozli ravishda ajratilgan.

Press-tur davom etmoqda.

SQB Yangiliklari
2024-yil 16-17-yanvar kunlari Oʻzsanoatqurilishbank vakillari Vena shahrida boʻlib oʻtgan “Euromoney” forumida ishtirok etdi.

Forum doirasida, Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan umumiy qiymati 75 mln. yevroga teng ikkita shartnoma, jumladan, “Landesbank Baden-Wuerttemberg” (LBBW) bilan 50 mln. yevro investitsiya loyihalarni moliyalashtirish toʻgʻrisida, “Raiffeisenbank” bilan miqdori 25 mln. yevroga teng savdoni kreditlash boʻyicha kelishuvlar imzolandi.

Shuningdek, Avstriya Taraqqiyot banki, “Raiffeisenbank” (Avstriya), “Societe Generale” (Fransiya), “Commerzbank”, “Helaba”, “Landesbank Baden-Wuerttemberg”, “DZ Bank” (Germaniya) hamda OPEK Xalqaro taraqqiyot jamgʻarmasi vakillari bilan uchrashuv va muzokaralar oʻtkazildi.

29 yildan beri oʻtkazib kelinayotgan, Markaziy va Sharqiy Yevropa davlatlaridagi 1000 dan moliya bozori ishtirokchilarini oʻzida jamlaydigan “Euromoney” forumi yangi aloqalarni oʻrnatish, mavjud hamkorlikni mustahkamlash hamda istiqbolli rejalar tuzishda muhim amaliy platforma hisoblanadi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan Bankning Surxondaryo viloyatidagi hududiy tarmoqlari faoliyati bilan tanishtirish maqsadida press-tur tashkil etildi.

Press-turning dastlabki manzili 2023-yilning sentyabr oyida bank kredit mablagʻlari yordamida faoliyat boshlagan “Sunsit medical clinic” koʻp tarmoqli diagnostika va davolash klinikasi boʻldi. Muassasada magnit stimulyasiyasi, multispiral kompyuter tomografiyasi, EKG, UZI, dopler, skrining singari ultratovush apparatlari kabi tezkor diagnostika uskunalaridan bir kunda 100-150ga yaqin bemorlar tekshiruvdan oʻtmoqda.

Jurnalistlar, shuningdek, Denov tumanidagi “Denov oltin don” korxonasida ham boʻlib, u yerda bankning moliyaviy madadi bilan Turkiyadan keltirilgan un ishlab chiqaruvchi ikki turdagi tegirmonlarning oʻziga xos xususiyatlari hamda qadoqlash va saqlash sexlaridagi sharoitlar bilan tanishdi.

Press-tur dasturiga koʻra, Oʻzsanoatqurilishbank Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi faoliyatiga bagʻishlangan matbuot anjumani ham oʻtkazildi.
Forwarded from SQB
⚡️Ehtiyot bo‘ling!

Telegram kanallarida SQB nomidan soxta maʼlumotlar tarqalmoqda – "Ilovani yuklab, pul mukofotiga ega bo‘ling".

‼️ Virtual firibgarlarning yangi hiylalariga berilmang! Soxta fayllarni ochmang – bu parollar va shaxsiy ma‘lumotlaringizga kirish uchun viruslar.

Telefoningizga virus yuqsa, u avtomatik ravishda kontaktlaringizga yuboriladi.

📌 Bank ilovalarini faqat rasmiy App Store va Google play platformalarida yuklab oling.

Ularni himoya qilish uchun ushbu ma‘lumotni yaqinlaringiz va do‘stlaringiz bilan baham ko‘ring!

_

⚡️Будьте бдительны!

В Telegram-каналах распространяется мошенническая информация от имени SQB – "скачайте приложение и получите денежное вознаграждение".

‼️ Не ведитесь на новые уловки виртуальных мошенников! Не открывайте фейковые файлы – это вирусы, для получения доступа к вашим паролям и персональным данным.

Заражая ваш телефон, вирус автоматически будет пересылаться вашим контактам.

📌 Скачивайте приложения банка только на официальных платформах App Store и Google play.

Поделитесь этой информацией с близкими и друзьями, чтобы защитить их!
Forwarded from SQB
📣 Hurmatli mijozlar!

Profilaktika ishlari olib borilayotganligi sababli bankning avtomatlashtirilgan tizimida, jumladan, JOYDA mobil ilovasi va "SQB Business" internet-bankida vaqtinchalik nosozliklar yuzaga kelishi mumkin.

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr soʼraymiz.

____

📣 Уважаемые клиенты!

В связи с проведением профилактических работ, в автоматизированной системе банка, в том числе в мобильном приложении JOYDA и интернет банке "SQB Business" могут наблюдаться временные сбои.

Приносим свои извинения за доставленные неудобства.
2025/07/08 06:43:43
Back to Top
HTML Embed Code: