Telegram Web Link
“Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz”

O‘zbekiston Respublikasida yoshlar va keng jamoatchilik orasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish maqsadida “Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz” loyihasining navbatdagi soni 2025-yil 7-oktabr kuni Toshkent shahar "Bilim" axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan amalga oshirildi.

Loyiha doirasida Toshkent shahridagi jamoat joylari, bekatlar, istirohat bog‘lari hamda ko‘chalar bo‘ylab aholiga adabiyotlar targ‘ib qilindi. Ushbu loyiha orqali aholida kitob o‘qishga bo‘lgan mehr va intilish kuchaytirilib, ma’naviy-ma’rifiy savodxonlikni oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda sahifalarimizga obuna bo'ling!
👇🏻👇🏻

Facebook | Instagram | Telegram | YouTube | Web sayti | Twitter| Bilim Audio | Manzilimiz
👍6🔥2
2025-yil 8-oktabr kuni Toshkent shahar "Bilim" axborot-kutubxona markazida O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti axborot-kutubxona yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish, kutubxona faoliyati bilan bevosita tanishtirish maqsadida kutubxonaning asosiy bo‘limlariga ekskursiya tashkil etildi.


Ekskursiya davomida talabalar kutubxona fondining shakllantirilishi, adabiyotlarni tanlash, xarid qilish, buyurtma berish va hisobga olish jarayonlari, adabiyotlarni tizimlashtirish, UDK va BBK ko‘rsatkichlari asosida katalog yaratish, shuningdek, elektron kataloglar bilan ishlash amaliyoti, foydalanuvchilarga bibliografik ma’lumotlar taqdim etish, ilmiy izlanishlarda yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish, zamonaviy axborot texnologiyalari, elektron kutubxona resurslari, raqamli ma’lumotlar ba'zalari va foydalanuvchilarga ko‘rsatiladigan interaktiv xizmatlar haqida, foydalanuvchilar bilan ishlash etikasi va madaniyati yuzasidan amaliy ko‘rsatmalar berildi.
👍7🔥2
📢 "Siyosiy-ma’rifat soati"

🟢 Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan tuman, shahar hokimliklari, tashkilot va korxona xodimlari uchun navbatdagi
"Siyosiy-maʼrifat soati" tashkil etildi.

✔️ 2025-yil 10-oktabr kuni  Toshkent shahar "Bilim" axborot-kutubxona markazi mutaxassislari "Siyosiy ma'rifat soati"ni  tomosha qilishdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda sahifalarimizga obuna bo'ling!
👇🏻👇🏻

Facebook | Instagram | Telegram | YouTube | Web sayti | Twitter| Bilim Audio | Manzilimiz
👍4🔥3
2025-yil 9-oktabr kuni Toshkent shahar "Bilim" axborot-kutubxona markaziga Chilonzor tuman 181-umumiy o'rta ta'lim maktabining 10-B sinf o'quvchilari kutubxona bo'ylab ekskursiya qilish maqsadida tashrif buyurishdi.

Ekskursiya davomida o‘quvchilar kutubxona faoliyati, kitobxonlik madaniyati, elektron kutubxona xizmatlari bilan yaqindan tanishdilar.

AKM mutaxassislari o'quvchilarga kutubxonada mavjud bo‘lgan badiiy va ilmiy-adabiy adabiyotlar haqida ma’lumot berishdi hamda kitob tanlash va undan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berdilar.

Ekskursiya yakunida ko‘plab o‘quvchilar o‘zlari uchun kitoblar tanlab, kutubxonaga a'zo bo'lishdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda sahifalarimizga obuna bo'ling!
👇🏻👇🏻

Facebook | Instagram | Telegram | YouTube | Web sayti | Twitter| Bilim Audio | Manzilimiz
👍7🔥1
Toshkent shahar matbuoti solnomasi-3.pdf
465.7 KB
Hurmatli foydalanuvchilar!

📝E’tiboringizga Toshkent shahar "Bilim" axborot-kutubxona markazi, axborot-bibliografiya xizmati tomonidan o'lkaga oid ma'lumotlarni targ'ib qilish maqsadida III- chorak uchun tayyorlangan "Toshkent shahar matbuoti solnomasi "ni taqdim etamiz.

Ijtimoiy tarmoqlarda sahifalarimizga obuna bo'ling!
👇🏻👇🏻

Facebook | Instagram | Telegram | YouTube | Web sayti | Twitter| Bilim Audio | Manzilimiz
👍6🔥1
2025-yil 10-oktabr kuni Toshkent shahar "Bilim" axborot-kutubxona markazida 11-oktabr "Xalqaro qizlar kuni" munosabati bilan "DUNYONI TINCHLIK VA EZGULIKKA ILHOMLANTIRAMIZ" shiori ostida mushoira kechasi bo'lib o'tdi. Ushbu mushoira kechasini AKM direktor o'rinbosari S.Xudoyberdiyeva o'zining kirish so'zlari bilan ochib berdi va yurtimizdagi barcha xotin-qizlarni bu kun bilan muborakbod etib, she’riyat va san’at orqali ayol-qizlarning jamiyatdagi o‘rni, ularning nozik qalbi va ijodkorlik salohiyatini ulug‘ladi. Mushoira davomida AKM mutaxassislari o‘z ijod namunalarini, taniqli shoirlarning ayollarga bag‘ishlangan she’rlarini o‘qib eshittirdilar. Tadbirga o‘ziga xos ruh bag‘ishlash maqsadida mashhur san'atkorlarimizning kuy va qo'shiqlari ham ijro etildi.
Bu kabi tadbirlar jamoada ijodiy muhitni mustahkamlash, xodimalar o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni kuchaytirish hamda ayol-qizlarning qadriyat sifatida e’zozlanishiga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
👍6🔥2👏1
#E'lon!

2025-yil 17-oktabr kuni soat 11: 00 da Toshkent shahar "Bilim" axborot-kutubxona markazida "Kitobxon onalar kuni" doirasida o'tkaziladigan Hilola Ibrohimovaning "Sizga aytmas sirlarim" kitobi taqdimotiga barchangizni taklif etamiz.

📍 Manzil: Toshkent shahar "Bilim" axborot-kutubxona markazi

Ijtimoiy tarmoqlarda sahifalarimizga obuna bo'ling!
👇🏻👇🏻

Facebook | Instagram | Telegram | YouTube | Web sayti | Twitter| Bilim Audio | Manzilimiz
👍5🔥2
, 17:00:00-18:00:00
#Kutubxona_OAV_nigohida

"O'ZBEKISTON"
radiokanali "Ziyo maskanlarida" eshittirishida pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori, "Bilim" AKM direktori HAFIZA KARIMOVAning 65 yoshga to‘lishi munosabati bilan hamkasblarining dil so‘zlari efirga uzatildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda sahifalarimizga obuna bo'ling!
👇🏻👇🏻

Facebook | Instagram | Telegram | YouTube | Web sayti | Twitter| Bilim Audio | Manzilimiz
👍7
#Jarayon
#Xalqaro_faoliyat

Turkiya Respublikasining Antaliya viloyati, Alanya shahrida o‘tkazilayotgan Xalqaro forumning
ikkinchi kuni davom etmoqda.
Mazkur nufuzli tadbirda turli davlatlardan tashrif buyurgan delegatsiyalar ishtirok etmoqda.

Ayni damda O‘zbekiston delegatsiyasi Turkiya davlatida ta’lim-tarbiya tizimida оlib borilayotgan islohotlar, mavjud muammolar va ularning yechimlariga bag‘ishlangan sektsiyada faol ishtirok etmoqda.

Ushbu forumda Toshkent shahar “Bilim” axborot-kutubxona markazi direktori Hafiza Karimova o'zining «O‘zbekistonda kitobxonlikka qiziqtirish asosida xotin-qizlar ijtimoiy faolligini AKT asosida oshirish jarayonlari» mavzusidagi ma'ruzasi bilan ishtirok etib, o‘z tajribasi va fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashmoqda. Tadbir doirasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, ta’lim va madaniyat sohasida o‘zaro tajriba almashish, shuningdek, kutubxonalar faoliyatini raqamlashtirish masalalari muhokama qilinmoqda.
👍9🔥1
2025/10/23 16:05:33
Back to Top
HTML Embed Code: