Telegram Web Link
Abdulla Qodiriy
(1894 - 1938)
🔥98👍54❤‍🔥26😭14😢7🤯5😱3👎1👏1
Ulug‘ insonlarning qiyofasi, fe’l-atvori va hayotiga qiziqish har doim ham kuchli bo‘lgan.

Jumladan, Alisher Navoiy siymosiga. U zotning surati aks etgan bir necha miniatyura ma’lum. Biz esa bugun, sun'iy intellekt orqali o‘zbek adabiy tilini mumtozlik darajasiga ko‘targan siymo Alisher Navoiy bobomizning qiyofasini tiklashga harakat qilib ko‘rdik.
❤‍🔥65👍48🔥7👎4😢43👏2🥰1
Tarbiya masalalariga e’tiborsiz qaralgan vaziyatda yuzaga keladigan ko‘ngilsizliklar ham, u keltirib chiqaradigan zararli oqibatlar ham barchamizga ayon.

Taniqli ma’rifatparvar Abdulla Avloniyning tarbiya haqidagi chuqur ma’noli so‘zlari naqadar haqiqat ekanini bugun, har qachongidan ham yaxshi anglaymiz.
👍82❤‍🔥31🔥7👏43😢2🥰1🤯1
Otashin ma’rifatparvar Hamza Hakimzoda Niyoziy, hamisha maorif tarqatishni, xalqning farzandlariga bilim berishni o’zining asosiy yumushi deb hisoblagan. Chunki shoir vatanparvar ziyoli, elsevar jadid sifatida ma’rifat vatan erkiga olib boradigan yolg’izgina yo’l ekanligini yaxshi tasavvur etardi. Millatining farovon yashashini orzu qilgan, vatanda jaholat hukmronlik qilayotganidan qiynalgan shoir barcha baxtsizliklarning sababi ma’rifatsizlikda, odamlarning o’qimaganligida, o’qishga sharoitning yo’qligida deb hisoblar edi.
👍85❤‍🔥28👎7🔥74😢4🤬2🥰1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
😭82👍23❤‍🔥19👏167😢5🔥1🥰1
Mahmudxo‘ja Behbudiy vatandoshlarining ko‘proq ma‘rifatli bo‘lishlarini istagan, shu maqsadda ro‘znoma va jurnallar nashrini yo‘lga qo‘yishda ishtirok etgan.

Mahmudxo‘ja Behbudiyning 1915 yili "Oyna" jurnalida nashr qilingan maqolasi "Bizni kemirguvchi illatlar" deb sarlavhalangan. U o‘z maqolasida ko‘targan muammolar bugungi kunda ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan.
👏70👍37❤‍🔥15😢51👎1😱1
Xudoybergan Devonov - O‘zbek kinosi va fotografiyasi asoschisi.

Afsuski, 30-yillar oxirida avjiga chiqqan Stalinning qatag‘on mashinasi Xudoybergan Devonovni ham chetlab o‘tmadi. 58 yoshli fotosuratchi 1937 yilda hibsga olinib, Yangiyo‘ldagi siyosiy mahkumlar lageriga yuboriladi.


Unga NKVD tomonidan aksilinqilobchi tashkilot rahbarlari Fayzulla Xo‘jayev va Davlat Rizayevning topshirig‘i asosida Angliya razvedkasi foydasiga josuslik qilgani, Xorazmda bosmachilik harakatini tashkil qilgani, bosmachilar yetakchisi Junaidxon bilan shaxsan aloqada bo‘lgani kabi ayblar qo‘yiladi.

1938 yil 5 sentyabrda, atigi 20 daqiqa davom etgan sudda Xudoybergan Devonov O‘zbekiston SSRni SSSRdan ajratib olib, burjua davlatni barpo etish maqsadini qo‘ygan aksilinqilobiy, millatchilik, qo‘zg‘olonchilik, terrorchilik va diversiya-zararkunandachilik tashkiloti bilan aloqa o‘rnatganlikda, tumanma-tuman kezib, ingliz ravedkasi uchun josuslik ma’lumotlarini to‘plaganlikda aybdor deb topilib, oliy jazo – o‘limga mahkum qilinadi. Mol-mulki esa davlat foydasiga musodara qilinadi. Hukm o‘sha kuniyoq ijro etiladi.
😢84😭27👍16🔥112
Is’hoqxon Ibrat - milliy uyg‘onish davrining faol ijodkorlaridan biri, serqirra iste’dod sohibi, zabardast tilshunos, ma’rifatparvar shoir, ilk o‘zbek matbaachilaridan biri.

Minglab ziyolilarning yostig‘ini quritgan qatag‘onning dahshatli kezlari – 1937-yilning ilk bahorida Ishoqxon Ibrat ham qamoqqa olindi. Keksalik sabab ham jismoniy, ham ruhiy azoblarga dosh bera olmadi. Sud hukmigacha ham yetib kelolmasdan qamoqxonada ikki oy yotib, hayot bilan vidolashdi.
👍55😢37😭10🤬54🔥1🥰1
Amir Temur, ilmning qadriga yetadigan, uni rivojlantirishga astoydil bel bog‘lagan, dunyoning yetuk olimlari, tarixchilari bilan bemalol suhbatlasha oladigan donishmand hukmdor bo’lgan.

Sohib­qiron xonadonida farzandlar (shahzodalar, malikalar)ga ilm-fanning turli sohalaridan ko‘p saboqlar berilar, madrasalarda tahsil olish davom ettirilardi.

Bunyodkorlik Sohibqiron davrida davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan edi deyish mumkin. Amir Temur faqat o‘z mamlakatidagina emas, balki boshqa yurtlarda ham bunyodkorlik ishlarini amalga oshirgani buning dalilidir.

Saltanat poytaxti qilib belgilangan Samarqandni dunyoning eng obod shahariga aylantirdi, ulug‘vorligini ko‘rsatish uchun, atrofida Damashq, Bag‘dod, Misr, Sheroz, Sultoniya kabi dunyoning mashhur shaharlari nomlari bilan atalgan, bog‘-rog‘larga ko‘milgan qishloqlar barpo qildirdi.
👍83🔥18❤‍🔥7👎4😱32
Sog’inganda izlab bir nishon,
Qabring tomon olar edim yo’l.
Keltirarding menga bir zamon,
Endi har chog’ men eltaman gul.
Keldim. Uzoq qoldim men sokin,
Sening aziz boshingda yolg’iz,
Osmon tiniq edi va lokin,
Parcha bulut yetib keldi tez.
Ko’kda mening boshimda turib,
Go’yo yuragimda qalqdi u.
Kozimdagi yoshimni korib
U ham to’kdi yoshini duv-duv.
Biz yig’ladik tepangda shu kun,
Keldingmi deb ko’tarmading bosh.
Ayt-chi, senla baxtiyor onlar
Ko’rganmiding ko’zlarimda yosh?

O’zbek xalqining sevimli shoirasi, taniqli jamoat arbobi, O’zbekiston xalq shoiri Zulfiya Isroilova
😢60👍39😭11❤‍🔥87👎4👏3
2025/10/21 22:22:22
Back to Top
HTML Embed Code: