Kopiraytingni reperlardan o’rganish kerak!
O’zimizdan chiqqan Konsta akamizni matnlarini eshitib, o’qib, tan berdim. Judayam kuchli ma'noga, chiroyli tushgan rifma(qofiya)larga ega matnlar…
Ular xit bo'lish uchun yozilmagan, hayotimizdagi muammolarni ko'zgu sifatida ko'rsatish uchun yozilgan! 🔥
Batafsil Konsta haqida malumot bilmoqchi bo’lsangiz, Subyektivni yangi videolavhasini tomosha qiling: https://www.youtube.com/watch?v=AhGAiIsRSlE&t=178s
@bolajak_marketer

👍28❤8🔥2😁1😢1
Giveaway orqali yig’ilgan obunachilarim qani? Tezroq Instagramni tuzatinglar, iltimos.
@bolajak_marketer
@bolajak_marketer
😁43🤔3
5-ko'rsatkich: Qiziqish koeffitsienti
Siz Telegram kanalingizga obunachilar yig'ish uchun boshqa kanalga reklama berdingiz. U 1000 ta ko'rishlar soniga ega bo'ldi va kanalingizga 10 ta odam qo'shildi. Shu bilan ishingiz yakunlandimi? Aslo yo'q!
Bunday holatda "Qiziqish koeffitsienti"ni ham bilishimiz kerak bo'ladi. Ya'ni, 1000 ta inson ko'rgan bo'lsa, ulardan nechtasi kanalingizga o'tdi, ammo obuna bo'lmadi.
Ushbu koeffitsient siz taklif bergan mijozlardan nechtasi qiziqish bildirganini bilib olishga yordam beradi. Bizning holatda, masalan, 200 ta inson kanalga o'tib, 10 tasi obuna bo'ldi.
Uni quyidagicha hisoblaymiz:
QK= (Qiziqish bildirganlar soni / umumiy mijozlar soni) * 100.
Bizning holatda esa — (200/1000)*100=20%
Xulosa: 200 ta odam kanalga o'tib, ulardan faqat 10 tasi obuna bo'lgani, kanal reklamasidan tashqari, kanalimizdagi kontent ustida ham bosh qotirishimiz kerakligini anglatadi.

👍25🔥5
Forwarded from Kreativ Rais | Otabek Sharapov
Men ikkisida ham ishlamayman, biznes ochaman
“Qachon biznes ochish kerak?” degan savolda menda o’zim uchun javob bor. Bundan boshqacha yo’l faqat istisno hollarda bo’lishi mumkin deb o’ylayman.
Javob:
Qachonki boshqa bir muvaffaqiyatli biznesda eng quyi lavozimdan, eng yuqorisigacha ishlab chiqsangiz. Sharti, har bir lavozimda siz TOP bo’lishingiz kerak.
Men masalan, ishga kirganimda o’zimga shunaqa vazifa qo’yganman. “Shu kompaniyada imkon qadar eng yuqorigacha chiqaman, keyin o’zim biznes ochaman” - deb (endi qanchalik bunga erishildi, bilmayman)
Xullas, avval tajriba yig’ishni tavsiya qilaman. Bu - ota-bobolarimiz yo’li ;) Avval shogirtlikka tushgan, bepul ishlagan bir necha yil. Keyin ozgina oylik ola boshlagan. Keyin ustaga yordamchi bo’lgan. Keyin usta bo’lgan.
@kotlerhayratda

🔥15👍9
Asilbek aka, patir orqali telefon qilganlar bo’lganmi, nechta bo’lgan deb so’ramoqchi edim, “Noto’g’ri terilgan raqam” dedi bir qiz. 🥲
@bolajak_marketer
@bolajak_marketer
😢16😁7👍3
6-ko’rsatkich - foyda, ya'ni daromad minus harajatlar.
Agar siz chegirma va aksiyalarga ko'proq pul sarflamoqchi bo'lsangiz, bu daromadni oshiradi, lekin foydani kamaytiradi.
Misol: o’yinchoqlar do'koni 30% chegirma e'lon qildi. Do'konning savdosi oshgan bo'lishi mumkin, biroq foydasi kamroq bo’ladi.
Yetakchi kompaniyalar brending va mijozlar tajribasiga sarmoya kiritadilar, shuning uchun ular yuqori narxlar va yuqori daromad olishlari mumkin.
Maksimal foyda olish uchun qanday optimal narx qo’yish kerak?
Narxingizni har oy 5-10% ga oshirishni boshlang va sotuvlar qachon pasayishni boshlaganini kuzatib boring. Aynan shu vaqtda narxlar optimal bo'ladi va maksimal foyda keltiradi.

👍6🔥2
Forwarded from Kreativ Rais | Otabek Sharapov
Hamma narsaga ruxsat so’rayvermang
Marketing menejerlarida katta muammo bor. Har bir ishga ruxsat so’rash va ma’suliyatni olmaslik.
Agentlik bilan ishlaysizmi, o’zingizmi, loyihalarni ipidan ignasigacha rahbariyat tasdiqlashini kutmang. Oling, qiling, keyin ko’rsating.
Agar “menga ko’rsatmasdan hech nima chiqarma” degan buyruq bo’lsa (bu tabiiy va normal hol) - unda ishni chiqarishdan oldingina ko’rsating.
Ya’ni falon ishni boshlasam maylimiiii deb emas. O’sha loyihani bajarib, faqat e’lon qilishdan oldin birrov ko’rsatib qo’ying.
Xullas, ma’suliyatni o’zingizga oling.

👍30🔥11🤩4❤3🤔2😢2👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
texnomart’da Sariq Hafta - 50% gacha chegirmalar! Kelaverasizlar :))
@bolajak_marketolog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15🥰2👏2🤩2🎉1
Vazifa yoki “ТЗ”ni yosh bolaga berayotganday tasavvur qiling.
Ish jarayonida ko’pincha har xil turdagi vazifalarni boshqa xodimga topshirish kerak bo’ladi. Bunday holda barcha kerak bo’ladigan ma’lumotlarni berish kerak. Hatto tushunarli narsaku deb o’ylasangiz ham, baribir yozib qo’ying.
Ha, yozib “брифовать” qilish kerak. Chunki 10 ta vazifaga oid ma’lumotni og’zaki aytsangiz, 5 tasi esdan chiqadi. Agar og’zaki aytgan bo’lsangiz, ketidan yozma shaklda yuborib qo’ying 🔥
Shundagina siz kerakli yoki shunga yaqin natijani olasiz.

👍31🔥1👏1😁1🤔1
Hamma narsani yozing!
Bo’lajak marketologlarda kun davomida har xil uchrashuvlar, hayolga kelib qolgan g’oyalar, suhbatlardan kelib chiqqan qiziq loyihalar bo’ladi. Hammasi faqat gapda yoki faqat hayolda bo’lmasligi uchun yozib qo'yish kerak.
Sizga qulay bo’lgan istalgan ilovada barchasini yozish kerak. Shaxsan men “stiker”lar va Notes ilovasidan foydalanaman.
Bundan nima foyda?
- hayol jamlangan bo'ladi;
- hech narsa esdan chiqmaydi;
- bajarish uchun qadamlar ham aniq ko'rinadi.
Siz g’oyalarni yozishda qanday vositalardan foydalanasiz?

👍21🔥8👏2❤1🤔1🤬1
Sovuq kunlarda birlashtiruvchi isitkich. Ukam bilan anchadan beri dardlashmagan edik. Katta bola bo’lib qolibdi.
@bolajak_marketer
@bolajak_marketer
😁35😢8👏3🔥2
«Miqdoriy» va «sifatli» tadqiqotlar.
Umuman olganda, tadqiqotlarning asosiy vazifasi maqsadli auditoriyani, uning ehtiyojlari, muammolari va umidlarini o'rganishdir.
Barcha tadqiqotlarni ikki guruhga bo'lish mumkinligini eshitgansiz yoki bilasiz: miqdoriy (qancha?) va sifatli (nima uchun?).
Miqdoriy tadqiqotlar mahsulot, xizmat, xizmat ko'rsatish darajasi haqida umumiy tasavvur uchun raqamlarni beradi. Sifatli tadqiqatlar umumiy ma’lumotlarga aniqlik kiritadi.
Amaliyot shuni ko'rsatadiki, Ilya Balaxinning so'zlariga ko'ra ishni «miqdoriy» tadqiqotlar bilan boshlash kerak. Agar miqdoriy tadqiqotlar natija bermasa, muhim savollarga javob ololmasangiz, shundan keyingina «sifatli» tadqiqotga o'tish kerak.

👍10🔥5👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Agar to'g'ri taqsimlashni bilganimda oxirgi 6 oy yaxshiroq o'tardi...
Taqsimlash nima uchun kerak?
Taqsimlash sodda qilib aytganda, vazifalaringizdan birini boshqa shaxsga o‘tkazish. Bu samarali menejerning eng muhim fazilatlaridan biri ekan. Biroq, unutmang, vazifa samarali va tez bajaralishiga aynan siz javobgarsiz.
To’g’ri taqsimlash uchun:
1. Vazifani tanlang. Hamma vazifani ham taqsimlash mumkin emas.
2. Ijrochini tanlang. Ishning darajasi xodimning darajasiga mos kelishi kerak.
3. Topshiriqning mohiyatini tushuntiring. Xodim undan qanday natijalar kutilayotganini va topshiriqni qanday bajarishini tushunadimi? Hech narsani o'tkazib yubormaslik uchun vazifalarni yozma ravishda bering.
4. Sinov muddatini belgilang. Funksiyani topshirganingizda, odam uni qanday boshqarishini tekshirishingiz kerak.
5. Ish natijalarini baholang. Aniq baholash mezonlari zarur.
Taqsimlashning afzalliklari:
- vaqtingizni muhim va strategik rejalarni amalga oshirishga sarflash imkonini beradi;
- siz va boshqa xodimlaringiz o'rtasidagi ishonch va muloqot darajasini oshiradi;
- resurslarni tejash orqali samaradorlikni oshiradi.
Aksincha, ko’pgina menejerlar taqsimlashdan qo’rqishadi, go'yoki ularning kompaniyadagi o'rni yo'qoladigandek ko'rinadi. Ammo bu qo'rquvlar asossizdir.

👍13👏6🔥2
Faqat sanoqli odamlar bu metaforani tushunishadi.
Hech kim tushunmasa, o’chirib yuboraman.
@bolajak_marketer
Hech kim tushunmasa, o’chirib yuboraman.
@bolajak_marketer
😁19🤔9👍5🔥4
Ijtimoiy dalil haqida ikki og’iz gap
Ijtimoiy dalil - bu boshqa odamlarning fikriga asoslanib qaror qabul qilish. Eng oddiy misol: osh yemoqchisiz, do’stingiz sizga Parkentskiydagi Samarqand oshini maslahat berdi yoki qaysidir do’kondan mahsulot olmoqchisiz, uning ijtimoiy tarmoqlarida yaxshi izohlar qoldirilgan -> buyurtma berib ko’rasiz.
Shuningdek, sertifikatlar, ish namunalari, doimiy mijozlar soni va hokazo.
Undan nima foyda?
Ijtimoiy dalil ham qisqa, ham uzoq muddatda ishlaydi. Qisqa muddatda ko'proq odamlar tovarlar sotib oladi yoki xizmatga buyurtma beradi. Uzoq muddatda bu brend taniqligini oshiradi.

👍15🔥6👏4
Kreativ nima uchun kerakligini ustoz va shogird suhbatidan bilib olamiz.
Shogird: “Xo’p, reklama - odamlar mahsulotga e'tibor qaratishi uchun kerak ekan, lekin kreativ bilan ovora bo’lish nega kerak? Mahsulot nima ekanligini aytish osonroq emasmi? Nima uchun mahalliy avtosalonimizni mijozlari bor? U doim bo’lmag’ur televizion reklamalarni sur'atga oladi. Uning reklama roliklarini allaqachon hamma ko'rib bo'lgan, ammo avtosalon gullab-yashnamoqda.
Ustoz:
«Uning gullab-yashnashiga yagona sabab - uning reklamalari televizorning barcha kanallarida aylanadi. Undan hamma shunchalik charchaganki, odamlar taslim bo’lishga tayyor. Ammo... Bundan tashqari, bu mahalliy televideniya, shuning uchun undagi reklama qimmat emas. Eng muhimi - agar u yuzlab o'rtacha videolar o’rniga bitta ajoyib video yaratganida, u yanada gullab-yashnagan bo'lardi.
Tasavvur qil, aka-uka barga kirishadi. Ulardan biri qiz bilan tanishmoqchi bo’ladi. Qo'lidan kelganicha, tinimsiz har xil bema'ni gaplar bilan tanishishga harakat qiladi. Qiz undan qutulolmaydi. Keyin ikkinchi akasi kelib, qizning qulog'iga bitta oddiy, tabiiy va o'ziga xos iborani pichirlaydi va qizni o'ziga rom qiladi. Keyin ular turmush qurishadi va bir to'da farzandli bo'lishadi.
Birinchi aka hali barda o'tirgan bo’ladi».

👍12😁8🔥5👏2