7-ko'rsatkich: CLTV, mijozning hayoti davomidagi qiymati.
CLTV (Customer Lifetime Value) - bu mijozning umri davomida sizga keltiradigan foydasi. Masalan: 5 yilda 5 marta smartfon olsa, Oddiy misol: mijoz har oy 100 000 so’mlik sizga foyda keltiradi. Mijoz bilan hamkorligingiz bir yil ichida davom etadi.
CLTV = 100 000 x 12 = 1 200 000 so’m.
Aksariyat kompaniyalar uchun mijozlarning 10 foizi kompaniya foydasining 80 foizini olib keladi. Bunday odamlarga alohida munosabatda bo'lishimiz kerak ekan.
CLTV ko’rsatkichini aniqlagandan so'ng, biz:
- Bitta mijozni jalb qilish narxini oshirish yoki kamaytirishimiz mumkin;
- Mijozni ko’proq ushlab turish uchun qo’shimcha qiymat qo'shishimiz mumkin;
- Agar CLTV ko’rsatikichi bo’yicha mijozlarni guruhlarga bo’lib olsak, har bir guruhga har xil darajadagi servis ko’rsatishimiz mumkin.
CLTV past yoki salbiy bo'lgan mijozlarni kuzatib borib, ushbu mijozlarga xizmat ko'rsatish xarajatlarini kamaytirish choralarini ko'rsak bizga foyda.
Misol uchun, agar sizdan tovarlar sotib oladigan va oydan oyga qaytarib olib keladigan odamlar guruhi bo'lsa - bu mijozlar uchun komissiya kiritsak bo’ladi.
@bolajak_marketer

👍13🔥5👏2
Lokals agentligi bilan birgalikda 8-mart kampaniyasini tayyorladik
Odatda onamiz, ayolimiz, opa-singillarimiz uchun 8-martga sovg’a sifatida maishiy texnika tanlaymiz, chunki ularning kundalik hayotini yengillashtirishni xohlaymiz.
Lekin maishiy texnika - bu uy uchun sovg’a. 8-mart kuni esa o'z yaqinlarimizmi individual sovg'a bilan xursand qilishimiz kerak.
Shunday ekan, sovg'alar ro'zg'or yoki uy uchun emas, balki ayollarimiz uchun bo'lishi kerak.
Yuqorida 8-mart uchun tayyorlagan kampaniyamizning roliklari. Qolgan kampaniya doirasidagi ishlar bilan rasmiy ijtimoiy tarmoqlarimizda tanishib chiqishingiz mumkin @texnomart 🥰

👍11❤5🔥3😢1
Texnomart, Payme va Ona jamoat fondi bilam birgalikda Namangan viloyatidagi to‘rta maktabni 50 ta kompyuter bilan jihozlayapmiz. 😍
Ushbu loyihani amalga oshirish uchun Payme mahalla dasturida 500 000 000 ball to'plashimiz kerak edi. Va biz buni 3 kun ichida 5 779 foydalanuvchilar bilan uddaladik. 😎
Bugun To'raqo'rg'on tumanida joylashgan 48 maktabni va Namangan shahridagi 21-maktabni bilan jihozlab oldik. Ertaga esa Norin tumanidagi 6-maktab bilan Namangan shahridagi 43-maktabni jihozlaymiz.
Jarayondan bir nechta foto va video lavhalar. Davomi ertaga.

👍13❤8🔥4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Agar 10000000 ta sifatli, tez va arzon narxda flayer kerak bo’lsa, ishonchli hamkorim - Incity. Nafaqat flayr, boshqa pechatniy ishlar bilan ham shug'ullanishadi.
@incity_reklama
@incity_reklama
👍2🔥2😁1🤡1
ABC XYZ tahlili haqida o'qigandim. Hozirda chuqurroq o'rganib chiqyapman. Sizlar bilan bo'lishishga qaror qildim, 💯 kerak bo’ladi.
ABC XYZ - bu mahsulotlaringizni 9 ta guruhga ajratish va ular bilan ishlash taktikasini shakllantirishga yordam beruvchi tahlil usuli. ABC XYZ usuli Pareto prinsipiga asoslanadi: mijoz yoki mahsulotlarning 20% (yigirma foyizi) foydaning 80% ni ta'minlaydi.
Keling, bir misolni ko'rib chiqamiz. Kompaniya mashinalarni ijaraga beradi. Yangi mijozlar reklama orqali saytga kirishadi. Savdo bo'limi harakatlarini barcha mijozlar o'rtasida teng taqsimlaydi. Kompaniya daromad oladi, biroq raqobatchilar ko'proq oladi. Menejer daromadni oshirish yo'lini topishi uchun ABC XYZ tahlili yordam beradi.
Tahlil natijalariga ko'ra, foydaning 90 foizini umumiy mijozlar sonidan atigi 10 foizi olib kelar ekan. Shu 10% mijozlar kompaniya bilan uzoq vaqtdan beri hamkorlik qilib kelayotgan doimiy mijozlardir. Agar ular yo'qolsa, biznes qulashi mumkin.
Faoliyati past bo'lgan mijozlar guruhi bor - ular foyda keltirmaydi va sotuvchilardan qimmatli vaqtni oladi. Siz bunday mijozlarni moliyaviy yo'qotishsiz rad qilishingiz mumkin. Bu ABC XYZ tahlilini foydasi.
ABC XYZ usuli joriy ko'rsatkichlarga boshqa burchakdan qarash imkonini beradi. Ushbu tahlil ikkita muhim biznes savoliga javob beradi:
- Qaysi mijozlar ko'proq sotib oladi va qaytib keladi?
- Qaysi mahsulotlar foyda keltiradi va qaysilari zarar keltiradi?
ABC XYZ ikki qismdan iborat:
ABC tahlili - qaysi mahsulot foydali ekanligini, qaysi mijozlar daromad keltirishini ko'rsatadi.
XYZ tahlili - sotishning muntazamligini ko'rsatadi: xaridorlar mahsulotni qanchalik tez-tez sotib oladilar.
Muhim: tahlilni Excelda qilish kerak. Excelning afzalligi shundaki, siz formulalar yordamida hisoblashni avtomatlashtirishingiz mumkin.

👍7❤4🔥1
ABC XYZ matritsasi qanday ko'rinishga ega
Tahlil natijasida biz ABC XYZ matritsasini olamiz - foyda va talab barqarorligiga qarab 4 guruhga bo'lingan 9 toifadagi tovarlar jadvali.
1. Yashil guruh - eng daromadli mahsulotlar, doimo etiborda bo’lishi kerak.
2. Sariq guruh - qo'shimcha tahlilni talab qiladi: bu mahsulotlarga bo'lgan talab nima uchun beqaror ekanligini tushunish kerak.
3. Kulrang guruh - bu guruhdagi mahsulot ham bo’lishi assortimentimizda bo’lishi kerak , lekin minimal etibor.
4. Qizil guruh - bu mahsulotlarga vaqt va kuch sarflash foydasizdir.
Misolda birga ko’rib chiqaylik deganlar «+» qoldiring.

🔥5👍3❤1
Raqobatchilardan ajralib turish tobora qiyinlashib bormoqda. Muvaffaqiyatli, kuchli brendlar ham iste'molchilarning sodiqligini qozonish va saqlab qolish uchun yangi usullar va innovatsion yechimlarni izlashga majbur. Bunday yechimlardan biri - kobrending.
Bu atama bir nechta brendlarni birlashtirgan xizmat yoki mahsulotni yaratish jarayonini anglatadi.
Birlashishdan nima foyda?
- Mahsulot auditoriyasini kengaytirish imkoniyati;
- Reklama xarajatlarini kamaytirish;
- Iste'molchilar bilan hissiy aloqani mustahkamlash;
- Bir vaqtning o'zida bir nechta ehtiyojlarni qoplaydigan murakkab mahsulotni taklif qilish orqali sotuvlarni oshirish va hokazo.
Misol: Tezkor yetkazmani reklamasi.
Kanadada DoorDash (oziq-ovqat yetkazib berish kompaniyasi) va McDonald's birgalikda Faster Food reklama kampaniyasini boshladilar.
Dizaynning maqsadi mahsulotni yuqori tezlikda harakatlanayotgandek ko'rsatishdir.

👍9🔥3⚡2
Forwarded from Marketing bo'limi
Marketing bo’limingizni tarqatib yuborasiz, chunki u marketing bo’limi emas
O’zbekistonda kompaniyalar “marketing bo’limini tuzyapman”- deb, “smm bo’lim” tuzishadi. Bu ko’p hollarda xato yo’l.
Chunki hayolimizda vazifalarni noto’g’ri shakllantiramiz. “Menga klient kerak, odamlar brendnimni tanishi kerak. Buning uchun eng to’g’ri yo’l, SMM” - deb o’ylaymiz.
Nega?
1) “X”vine, “Y”blogerlar hammasi instagramda tanilgan.
2) Hamma mashxur brendlar SMM yuritadi
3) Arzon
Lekin bu juda yuzaki qarash. Chunki:
- “X”vine instagramda mashxurligi, bu uning mahsuloti yaxshiligidan.
- Mashxur brendlarni esa SMM tufayli tanimagansiz. Ular boshqa sababdan mashxur va shu bilan birga SMM ham yuritadi (odatda juda oddiy yuritadi).
- Arzonligi bir tarafdan to’g’ri, lekin bu arzonlik sizga mashxurlik olib kelmaydi. Baribir pul tikishingiz kerak.
Shuni tahmin qila olaman-ki, kompaniyasida Marketing bo’lim o’rniga SMM bo’lim tuzayitganlar, ertami kechmi bu bo’limni tarqatib yuboradi. Xizmatlarni autsors qiladi.
Aslida marketing bo’limi bu nima? Agar u SMM bilan shug’ullanmasa, vazifasi nimadan iborat?
Marketing bo’limi mahsulot ustida ishlaydi. Sifatni kuchaytiradi, bozorni o’rganadi, raqobatchilrni, ayniqsa - AUDITORIYANI. Raqamlar, tadqiqotlar, analitika. Keyin xulosalar qilib, vazifalarni turli agentlik va konsultantlarga tarqatadi va nazorat qiladi.
SMM esa bu shunchaki translyatsiya, kommunikatsiya kanallaridan bir kanal xolos. U sizni brendga aylantirmaydi.
Marketing “biznesning maqsadlariga erishish uchun, odamlar nima qilishi kerak?” degan savolga javob izlaydi, bajaradi. Buning uchun esa odamlar sizni sevishi kerak. Sevishi uchun sizdan rozi/mamnun bo’lishi kerak. Mamnun bo’lishi uchun berilgan va’da bajarilishi kerak. Marketing mana shu va’da va bajarish balansini amalga oshiradi.
Marketing o’zbek tilida — @marketingbolimi

👍13❤3🙏1
Samaradorligi tushib ketgan do’stlar uchun – Pomodoro texnikasi
Hozirgi payt diqqatni jamlash oson ish emas. Shaxsan meni chalg’itadigan narsalar: ijtimoiy tarmoqlar, bo’lajak ayolim (shu joyini o'qimaydi degan umiddaman) va chess.com.
Shunday ekan, qanday qilib chalg’imasdan qisqa vaqt ichida ko'proq ishlarni bajarsak bo’ladi? Bu uchun bizga "Pomodoro texnikasi" yordam berishi mumkin.
Batafsilroq
Jarayon juda oson: belgilangan loyihaga sarflamoqchi bo’lgan vaqtingizni qisqa, 25 daqiqalik “davr”larga bo’lib olasiz va har bir shunday davrdan keyin kichik, 5 daqiqalik tanaffus qilasiz. Ya’ni, 25 daqiqa ishlab, 5 daqiqa dam olasiz. Har bir 25 daqiqa “pomodoro” deb ataladi. Har 4 ta “pomodoro” keyin, kattaroq, 15-20 daqiqalik tanaffus qilinadi va ish jarayonidagi kamchilik va yutuqlar yozib chiqiladi.
Baholash
Ushbu texnikada bir hafta ishlaganingizdan keyin, kuniga nechta pomodoro'ni o'zlashtirganingizni bilib olasiz. Masalan: 8 soatlik ish kuni 14 ta pomidorga teng.
❗️Ushbu ma'lumotlar sizga bir kunlik ish uchun qilinadigan ishlar ro'yxatini yaratishda yordam beradi, sababi ushbu usul orqali vazifa turiga qarab, u qancha vaqt olishini oldindan bilib olasiz.

👍9😁3
Bitta mavzuni tagiga yetishim kerak.
🎶 Musiqa xaridlar soniga yoki do'konda o'tkaziladigan vaqtga ta'sir qiladimi? Qanday musiqa bilan foydalangan yaxshi?
Sizningcha 👇
Tahlillarni o’rganib chiqib, sizlar bilan bo’lishaman.

👍17💯2👏1
Izohlarga qaraganda, musiqa xaridlar soniga yoki do'konda o'tkaziladigan vaqtga qanday tasir qilishini bilamiz 🔥
Jens Nordfaltning RITAIL-MARKETING kitobidan tahlillarni o‘rganib chiqib, asosiy xulosalar bilan bo‘lishaman:
- Agar ist'emolchimiz ijobiy tajriba olishini istasak, 400Hz audiodan foydalanishimiz kerak ekan. Bu ko‘proq odamlar uchun optimal chastota. Jon Fredrich va Marion King tadqiqotiga asoslangan.
- Tinch past chastotali tovushlar odamlarga diqqatni jamlashga yordam beradi.
- Yuqori chastotali va baland uzluksiz tovush odamlarning ongiga yaxshi kirib boradi. Bunday tovushlarni qisqa reklama xabaridan oldin ishlatish mumkin. Bu ko‘p davlatlarda qonun bilan taʼqiqlangan ekan.
- Sokin musiqa xaridorning do‘konda o‘tkazadigan vaqtini oshiradi. Restoranlar misolida sokin musiqa bilan pul aylanmasi ko‘proq bo‘lgan.
- Yosh xaridorlar fon musiqasi ijro etilganda do‘konda ko‘proq vaqt o‘tkazishadi. Yoshi katta xaridorlar esa original musiqa ijro etilganda uzoqroq turishadi.

👍5🔥2
Forwarded from Marketing bo'limi
Uzum kompaniyasi Click to'lov tizmini o'ziga qo'shib oladi
Toshkentda Uzum ekotizimi va Click to'lov tizimini orasida birlashish haqida kelishuv imzolandi. Bu haqida PR.uz xabar berdi.
Click nomi o'zgarmay qoladi va u superapp bo'lib rivojlantiriladi. Ikki kompaniya birgalikda qo'shimcha yangi xizmatlarni taklif etadi.
Batafsil:
https://marketingbolimi.uz/tpost/ejn1o2fn71-uzum-kompaniyasi-click-tolov-tizmini-ozi
Marketing o'zbek tilida — @marketingbolimi

👍6😱3🤔1