#taqriz
📌 Ivan Turgenov. Otalar va bolalar
Ivan Turgenovni ko‘pchilik “Mumu” asari orqali taniydi. Men esa “Otalar va bolalar” orqali tanidim. Bu asar o‘z davrida shuhrat qozongan bo‘lib, adib ijodidagi eng yaxshi asar deb ham e’tirof etiladi.
Asar o‘sha davr Rossiyasidagi ijtimoiy-fikriy o‘zgarishlar, mavjud tizimdan qoniqmaydigan yoshlar va yuqori avlod vakillari o‘rtasidagi ziddiyatlar asosiga qurilgan. Yangiliklarni qabul qila olmaydigan, har doim shunday bo‘lishi kerak, bizdan oldin ham shunday bo‘lgan deb qaraydigan qatlam – otalar, yangi tuzum, yangi fikr, yangicha turmush tarziga intilayotganlar – bolalar.
Asar o‘zini nigilist (hamma narsani inkor etuvchi) deb hisoblaydigan Bazarovning do‘sti Arkadiy Kirsanov uyiga mehmonga kelishi bilan boshlanadi. U yerdagi katta avlod vakillari hisoblangan Pavel va Nikolay Petrovichlar bilan fikr almashgan Bazarov ular bilan ziddiyatga ham boradi. Mol-mulk egalari hisoblangan Kirsanovlarning protipi bo‘lgan katta avlod krepostnoylik huquqlarini biroz isloh qilish, asosan, an’anaviy qoidalarni saqlab qolish tarafdori bo‘lsa, Bazarov timsolidagi taraqqiyparvarlar esa hamma narsani inkor etish orqali o‘zlarining isloh qilish emas, butunlay qo‘porib tashlab yangisini qurish haqidagi fikrlarini ilgari suradi.
Avlodlar o‘rtasidagi ziddiyatli qarashlar hamisha bo‘lgan. Masalan, ota-onalarimiz bizdan farqli o‘laroq sevgi, bir-birini tushunish kabilarni oilada asosiy me’zon hisoblamaydi. Ularning o‘zgacha me’zonlari bor. Bu me’zonlar bizniki bilan ko‘p hollarda to‘g‘ri kelmaydi. Onalarimiz eri ursa ham chidab yillar davomida yashagan, bizga esa seni hatto birov haqorat ham qilishi mumkin emas, istagan vaqting ajrashib ket deyilyapti. Onalarimiz feminizm nimaligini bilmagan, biz esa hozir tarmoqlarga chiqib o‘zimizni feminist deb e’lon qilyapmiz.Bunday misollarni minglab keltirish mumkin) Hozir ota-onamiz bilan fikrlarimiz borasida tortishyotgan biz bilan kelajakda bolalarimiz tortishadi. Unda biz ularni “tushunmagan” ota-onaga aylanishimiz tabiiy.
Asarni o‘qishni tavsiya qilaman. Eng yoqqan joyi Bazarov va Odinsova o‘rtasidagi o‘zgacha sevgi munosabati bo‘ldi. Bu tuyg‘uni tan olmaguvchi insonning sevib qolishini o‘qish ajoyib. Har qanday asarga ham qaysi g‘oya singdirilishidan qat’iy nazar, muhabbat mavzusi bo‘lsa “ta’m” kirgandek bo‘ladi)
***
Siz yaxshi ko‘rishni istaysiz-u, lekin suyish qo‘lingizdan kelmaydi. Baxtsiz bo‘lishingizning boisi ham ana shu.
***
Insonga qanday bo‘hton taqamagin, haqiqatda u bundan besh battar bo‘lib chiqadi.
***
Ha, inson degani g‘alati maxluq-da. Otalarning kechirgan hayotiga uzoqdan qarasang, bundan ham yaxshi hayot bormi, degan fikr tug‘ilafi. Yegin, ichgin va shu bilan eng to‘g‘ri, eng aqlli yo‘l tutayotibman deyaver. Biroq bunday qilib bo‘lmaydi, kishini g‘ussa yengadi. Ko‘ngil odamlar bilan so‘kishib bo‘lsa ham mashg‘ul bo‘lishni istaydi.
✍ Mohichehra A’zam
@boqiy_darbadarr

🕊6🔥3👏3❤2
#nimadir
O‘ylab qarasam, o‘zimni baxtiyor sezgan paytlarimda kanalga yozmas ekanman, kitobni ham deyarli o‘qimay qolarkanman. Kitob o‘qimaydiganchalik baxtliman deb qayerdadir eshitgandim. Xushnud paytlarim kam bo‘lgani uchun bo‘lishgim kelmas balki. Rostida, odam baxtni bir o‘zi tuysa ko‘proq rohatlanadi. Ammo qayg‘u... Yo‘q, bu tuyg‘uni bir o‘zing tuyishing uchun aql bovar qilmas darajada kuchli bo‘lishing kerak. Mendek kuchsizlarga esa jim turib eshitagan odam kerak. Aynan meni eshitishlari uchun kanal ochganman, aslida.

🔥20💔6🌚4❤3🐳2🕊1🦄1
#taqriz
📌 Tadeush Dolenga–Mostovich. Tabib
“Kechmish – inson qalbining vatani. Ba’zida oldin tuygan hislarimizni qo‘msab, qayg‘uga botamiz, ba’zan esa dardlarimizni ham sog‘inamiz...”
Meni oilamdagilar shifokor qilishmoqchi bo‘lib ko‘p uringan. Yaxshiki, shifokor bo‘lmadim. Chunki har sohaning o‘z odami bo‘ladi. Men esa tibbiyot emas, pedagogika odami ekanligimni doim ich-ichimdan his qilganman. Lekin shunday shifokorlar bo‘ladiki, ular insonlarni davolash, dardiga em bo‘lish uchun dunyoga keladi. Taqdir ularga mo‘jizakor qo‘llar-u, yuksak ilm va iste’dodni ayamay beradi. Xuddi asar qahramoni Rafal Vilchurga bergani kabi.
Katta bir klinikaning egasi, butun mamlakat tan olgan, eng umidsiz hollarda ham bemor hayotini saqlab qololgan professor Vilchur hayotidan, ishidan mamnun edi. Obro‘ va pul o‘zi professorning izidan quvar, u esa o‘zi sevgan sohada zavq-u maroq bilan ishlar, yonida jondan aziz xotini va qizi bor edi. Hayotda shunday voqealar ham bo‘ladiki, insonni hamma narsasidan ayiradi. Avvaliga Vilchurni juda siylagandek ko‘ringan taqdir bir kunda undan bor-budini, hatto xotirasini ham tortib olib, o‘zini esa ming sinovga duchor qildi. Begona odamlar orasida, xotirasidan ayrilib bir parcha non, bir kechalik qo‘nalg‘a uchun ishlashga majbur bo‘lishi doktorni fitratidagi sofdillik, mehribonlik, yumshoqlikdan mosuvo qilolmadi. Zotan, yaxshi odam mayxonada ham buzilmas.
Bunday adib borligi, kamiga xuddi shu asar asosida ishlangan film ham borligini kitob nashrdan chiqqachgina bildim. Mostovich polyak yozuvchisi, jurnalisti va ssenaristi. Uning boshqa asarlari ham ancha qiziqtirib qo‘ydi. Asarni hammangizga qattiq tavsiya qilaman. Sodda, lekin maroq bilan o‘qiladigan asar. Allaqanday yo‘qotib qo‘ygan, ustini parda qoplagan tuyg‘ularingizni topgandek bo‘lasiz.

🕊6🔥3❤🔥2❤1🥰1
#bugundalik
Tog‘larga chiqqanlar tog‘ bo‘lib qaytar...
📍 Surxondaryo. Sangardak sharsharasi.
@boqiy_darbadarr
Tog‘larga chiqqanlar tog‘ bo‘lib qaytar...
📍 Surxondaryo. Sangardak sharsharasi.
@boqiy_darbadarr
❤8❤🔥3🔥3🕊3🥰2
#bugundalik ²
Ko‘zingiz go‘zallik ko‘rsin deb rasmlarning davomini ham ulashyapman)
Tog‘ga borgan odamni uning haybati bosadi) Ancha bo‘lgan ekan kenglik va yashillik ko‘rmaganimga.

❤🔥7❤6🕊3🔥2🥰2
#mutolaadan
Nuqta
Sado keldi. Sado!.. Men unga beixtiyor quloq solib qoldim, beixtiyor...
“Qur’onning siri “Fotiha” surasida, “Fotiha”ning siri “Bismillo”da, “Bismillo”ning siri “Be” harfida, “Be” harfining siri ostidagi nuqtasida va men – inson o‘sha nuqtamen...”* – der edi sado...
* Rumiydan
Ulug‘bek Hamdam. “Yo‘l“ romani.

❤🔥15🔥3🐳2🌚2😁1💔1🤪1
Har kimning yuragida bir “Mihriban” yashaydi...
Bizga “Chuqur” filmidan yaxshi tanish bo‘lgan “Mihriban” qo‘shig‘i Turkiyada azaldan eng ko‘p tinglanadigan xalq qo‘shiqlaridan biridir. “Mihriban” Abdurrahim Qorako‘chning qimmatli asaridir. Abdurrahim bu she’rni yetisha olmagan sevgilisiga atab yozgan. Ya’ni 1960-yilda boshdan kechirgan yurak dardini shu she’ri orqali ifodalagan.
Hikoya Abdurrahimning qishlog‘ida boshlanadi. Qorako‘chga bir guruh mehmonlar kelgan va ularning ichida shunday bir go‘zal qiz bor ediki, u Abdurrahimning “Mihriban”idir. Mihriban qarindoshlarining to‘yi sabab Qahramonmaroshdan oilasi bilan birga kelgandi. O‘shanda yosh yigit bo‘lgan Abdurrahim qizni ko‘rishi bilanoq sevib qoladi. Qiz ham unga mayl bildiradi.
Mihriban so‘zma-so‘z tarjimada rahmdil, jilmayuvchi yuzli ma’nolarini bildiradi. Bu so‘zlar aynan Abdurrahimning sevgilisining sifatlari edi. Qizning asl ismi Sehriban. Lekin Qorako‘ch uni Mihriban deb atashni istardi. Mehmondorchilik davom etarkan, yoshlarning sevgisi yana-da alangalanardi. Bir kuni qo‘shnisining uyiga Mihribanni ko‘rish uchun borgan Abdurrahim qizni u yerdan topa olmaydi. Qiz oilasi bilan qishlog‘iga qaytib ketgandi.
Oshiq Qorako‘ch uchun hayot birdan ma’nosini yo‘qotgach, o‘g‘lining ahvoliga befarq bo‘lolmagan ota-ona qizning qishlog‘iga borishadi. Ammo ne taqdirki, qizning ota-onasi Mihriban unashtirilganini, yaqinda to‘yi bo‘lishini ma’lum qilishadi. Intiqlik bilan xabar kutayotgan Qorako‘chga bu og‘ir zarba bo‘ladi. Ota-onasi ham bu masala yopilganini, Abdurrahimga bu haqida boshqa og‘iz ochmasligini aytishadi.
Til qanchalik jim bo‘lmasin, diliga gapi o‘tmaydi oshiqning. Yillar o‘tib Qorako‘chning muhabbati avval she’riyatga, so‘ngra xalq qo‘shig‘iga aylanib ketdi. Og‘izdan og‘izga o‘tib yurgan bu qo‘shiqni Mihriban ham eshitib Abdurrahimga maktub yozadi. Xatda faqat bitta jumla bor edi: “Unutish oson emas”.
Mana necha yillar o‘tsa hamki, bu qo‘shiq hali ham eshitiladi, kuylanadi, kuylab yig‘lanadi.
Chunki, “Har kimning yuragida bir “Mihriban”i bor”.

❤🔥8💔5❤1
Mihriban (İÇ)
Musa Eroğlu
#music
Mehribon
Sorig‘ sochlaringa dalli ko‘nglimi
Bog‘lamishlar, kesilmagay, Mehribon!
Ayriliqdan og‘ir izhor o‘limi,
Ko‘rmaguncha sezilmagay, Mehribon!
Yor degan on qalam qo‘ldan tushgaydir,
Ko‘zlarim ko‘rmagay, aqlim shoshgaydir.
Chirog‘imda olov muzlar, toshgaydir,
Ishq qog‘ozga yozilmagay, Mehribon!
Avvali noz so‘ngra so‘z so‘ngra tamkin,
Sevilgan sevganni aylagay talqin,
Yillar-u asrlar evrilsa hamki,
Qadim yo‘riq buzilmagay, Mehribon!
Tabiblarda darmon yo‘qdir, yo omon,
Ishqda ko‘zing boqmasin boshqa tomon.
Har narsaning bir oxiri bor, ammo
Ishqqa hudud chizilmagay, Mehribon!
Bekor bog‘lanmamish bulbul guliga,
Qor tashlasang cho‘g‘ bo‘lur ishq kuliga.
Lolman qaro qismat tahammuliga,
Toshga bossam ezilmagay, Mehribon!
So‘zga sig‘dirolmam ishqiy anglamni,
Faqat chekkan bilur bu dard-u g‘amni.
Boshi tugun, so‘ngi tugun qissamni
Men kesmadim, kesilmagay, Mehribon!
✍ Abdurrahim Qorako‘ch
✏️ Mirzohid Muzaffar tarjimasi

❤15❤🔥6🥰1