Telegram Web Link
#oysarhisobi aprel. 2024

1. Onere de Balzak – Dahriyning ibodati.
2. Ivan Turgenov – Otalar va bolalar.
3. Tadeush Dolenga-Mostovich – Tabib.
4. Ulug‘bek Hamdam – Yaxshiyam, sen borsan.
5. Aziz Said – Vaqt manzili.
🔥16❤‍🔥52👏1
She'r o'qimaydigan odamchalik yomonsan.


O‘g‘uz Atay

Men sizning yomon odam bo‘lishingizni istamayman. She’r o‘qish uchun #nazm heshtegi ustiga bosing. Rahmat shartmas)

@boqiy_darbadarr
14❤‍🔥5
#nimadir

Ba’zan kayfiyatingiz shunday yaxshilanib ketadiki, butun olamni sevishga tayyor bo‘lasiz)
Lekin bu ba’zangina bo‘lishi chatoqda.

@boqiy_darbadarr
🔥208❤‍🔥5💔4
​​Yomg‘irli misralar

#nazm

Ezilib-ezilib yomg'irlar yog'di,
Ezilib-ezilib ado bo'ldi jon.


Bahorning yomg'irli kechalarida
Ezildi... ezildi... yurak ezildi.


Endi bu yomg'irning yo'qdir oxiri-
Ezilib yig'laydi so'nggi ongacha.


Men ham yomg‘ir kabi yog‘ib o‘tdim,
Sen ham yomg‘ir kabi yig‘lab o‘tding bir...


Tashqariga qara yonoqlari ho‘l,
Oynaga yuz bosmish sog‘inchning rangi.


So‘ra, mayda qolgan maysadan so‘ra,
Men ham yomon yomg‘ir emasdim axir.


Nogoh salqin keldi avgust so‘ngida,
Yomg‘ir yog‘ib o‘tdi bugun ertalab.
Ertalab sabrning ko‘zi o‘ngida,
Men sening ismingni aytdim erkalab.


Yomg‘ir yog‘di mayda-maydalab,
Mayda-mayda bo‘ldi yuragim.
Tong otguncha qayta-qaytalab,
Sevasanmi deya so‘radim.


Tashqarida yomg'ir yog'ar,
Ko'z yoshdan ham og'ir yog'ar.
Bu yuraksiz dunyo uzra
Yurak yog'ar, bag'ir yog'ar.


Yomg‘ir yog‘ar, shig‘alab yog‘ar.
Tomchilar tomchilar sochimga.
Yomg‘ir yog‘ar, shig‘alab yog‘ar,
Ham qayg‘umga, ham quvonchimga.


Harna yomg‘ir yog‘ar yuvar aybimiz.


...tinmay yog‘ayapti biz yo‘q o‘lkada
Pag‘a-pag‘a yomg‘ir,
tomchi-tomchi qor.


Yomg'irli bulutni yelkalab,
Ketyapman Karbalo dashtiga


Bugun ko‘rishaylik,
Yomg‘irni qara,
Suvga bo‘kkan mushukday shahar.
Osmon yaylovlari bulutga qaram,
Ko‘ngil – tashrifingga,
Yo‘q dema faqat.


Toshkent ko‘chalarin erkalar yomg‘ir.
Restoran. Jaz tinglab o‘qiyman kitob.
Balki ayni chog‘da ahvoling og‘ir,
Yotgandirsan ijara uyingda betob.


Tashqarida yomg'ir
Yuragimda hasrat
Xotiramda sen.


Hamma shaharda yomg'ir yog'moqda.
Meni shahrimda esa sog'inch...


Borliqqa sochilib keladi ketging,
Yomg'ir bo'lsam kerak, aslida.


Yomg‘irlar qo‘lida titrab ezilgan,
Bir xazonbargchalik sevilganmasman.


Yana to‘zg‘iyverdi sensiz xotiram,
yomg‘irlar ivitdi – etsamda taftish.


...va nihoyat yomg‘ir ham tindi.
Yuragimni yolg‘izlik yengdi.
To tongacha aytganday o‘lan,
Suhbat qurdim yomg‘irlar bilan.


Shu go‘zal lahzada olislardasiz,
Yomg‘irlar torida sog‘inchning kuyi.


Shu yomg‘irlar kecha yog‘sa bo‘lmasmidi,
Intiq yo‘lning halqoblari to‘lmasmidi?


Tag'in yomg'ir yog'di siz yo'q shaharda,
Sog'inchim yodimga soldi tomchilar...


Sog‘inch yomg‘ir uzoq yoqqan kechada keladi.


Tor tanangga sig‘maydi keng ruh,
Yomg‘ir bo‘lib yog‘ging keladi.

@boqiy_darbadarr
❤‍🔥93
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#movie_time

“Usta va Margarita”

Mixail Bulgakovning shu nomli asari asosida ishlangan film. Bu asarni 2 yil oldin katta qiziqish bilan sevib o‘qiganman. Zo‘r kitobni o‘qib chiqqanimni ham bilganman. Lekin ma’nosiga juda kam tushunganman. Filmi yaxshi ishlanibdi. Syujeti asar kabi rivojlanmaydi. Lekin men kabi yaxshi tushunmaganlar uchun asar mohiyatini ochib beradigan dialoglari, sahnalari bor. Filmdan keyin kitobni shu yil qayta o‘qish qaroriga keldim.

@boqiy_darbadarr
🔥122❤‍🔥2
#nimadir

...va o‘qish ham tugadi hisob)

@boqiy_darbadarr
❤‍🔥25😢95
​​#taqriz

📌 Xulio Kortasar. Ishg‘ol qilingan uy.

Xulio Kortasarga o‘tgan asrning 60-70-yillarida jahonning eng nufuzli tanqidchilari “Argentinaning birinchi raqamli adibi” ta’rifi berishgandi. Ushbu kitobga birinchi raqamli adibning hikoyalari jamlangan.

Hikoyalar biz shu paytgacha o‘qib yurganlarga umuman o‘xshamaydi. Ular tasavvurlarni ostin-ustun qilib yuboradi va sizni ramzlar, paradokslar o‘yiniga taklif qiladi. Odatiy asarlarda bo‘lganidek dialoglarni osongina ajratib ololmaysiz, suhbatlar shu qadar tig‘izki, bu sizdan karrasiga e’tiborni talab qiladi. Bir dam chalg‘isangiz esa kim kimga gapiryotganini, suhbat nima haqida ekanligini anglayolmay yana boshiga qaytishingizga to‘g‘ri keladi menga o‘xshab. Adib o‘quvchilarni ikki guruhga ajratar, biri har qanday kitobni o‘qib ketaveradigan o‘quvchi bo‘lsa, ikkinchisi muallif bilan birga fikr qiladigan o‘quvchi. Ikkinchi toifani u “hammuallif” o‘quvchilar deb atar va o‘zini shu toifadagilar o‘qishini istardi.

Muallif insonning ich-ichiga sayohat qilar ekan, uni botini bilan yuzlashtiradi. Hali o‘zi anglab yetmagan og‘riqlari-yu, kunjakda qolib ketgan hislarini yuzaga chiqaradi. Yoqimli azob beradi. “Tambalangan eshik”da tunlari “men”i bilan qolgan yolg‘iz odamning iztiroblari yoritilgan bo‘lsa, “Aksolotl” hikoyasida bu jonivorlarga mahliyo bo‘lganidan oxiri o‘zi ham aksolotlga evrilgan qahramon haqida hikoya qilinadi. “Janubiy shosse“da tirbandlik (probka)da qolgan odamlarning qalblariga nazar tashlansa, “Avtobus”da esa odamlardan ajralib turadigan odamlarning azoblari, “Ishimning mashaqqatlari”da istaganini istaganicha yozolmaydigan, sinchkov kotibasi tomonidan so‘zlari hadeb “qatl qilinadigan” yozuvchi yoki jurnalist haqida gap boradi.

Hikoyalar ramzlarga to‘lib-toshganidan hamma uni o‘zicha tushunadi. Bu yog‘i muallif bilan tasavvur o‘yinlarini qanchalik mahorat bilan o‘ynashingizga bog‘liq. Tavsiya qilaman. Zero, “Tasavvur lazzati barchasidan ustun”.

Shu o‘rinda kitob haqida ikki og‘iz gapirsam, to‘plam “Akadem•nasr” turkumidagi birinchi kitob. Tarjima va kitob sifati yuqori. Shrift ko‘zni charchatmaydi. Odatda kitoblarning kleyini ko‘chirib qo‘ymay, varaqlari yulinib ketmasin, muqovasi buklanmasin, ichdagi iplari uzilib ketmasin deb nihoyatda ehtiyot bilan o‘qir edim. Yoki har zamonda chiqib, tomoqqa suyakday qadaladigan imloviy xatolar ta’bimni tirriq qilardi. Bu kitob bilan bularning hech biri sodir bo‘lmadi.

Mohichehra A’zam

@boqiy_darbadarr
🔥61💔1
#nazm

Sevgi

Ko‘kka sig‘di,
Yerga sig‘di,
Bir uyga sig‘di,
Bir satr,
Bir chizgi,
Bir kuyga sig‘di,
Bir qatra,
Bir qadah,
Ko‘zaga sig‘di,
Jussaga,
G‘ussaga,
Bo‘saga sig‘di,
Bir lahzaga sig‘di,
Ming yilga sig‘di,
Ko‘zga sig‘di,
Ko‘ngilga sig‘di,
Bir inja kiprikda qalqib turdi u,
Shunda ham esini yig‘madi:
Aqlga sig‘madi,
Aqlga sig‘madi.

© Mansur Jumayev

@boqiy_darbadarr
❤‍🔥17💔135
#nimadir

Meni qiyin kitoblar tobora o‘ziga mahliyo qilyapti. Qiyin deganim qanaqa? Tili og‘ir, miyangizni chaynab qo‘lingizga tutqazadigan, syujetga emas, undagi g‘oyaga mahliyo bo‘ladigan, taxayyulingiz qatlarini ochadigan, tuyg‘ularingizni tarbiyalaydigan kitoblar. Bunday kitoblarni ko‘pchilik yoqtirmasligini, uchragan ilk tushunarsiz jumladayoq yoqmadi deb tashlab qo‘yishini, qayta o‘qishga hafsala qilmasligini bilaman. Menga esa aksincha “tishim o‘tmayotgan” kitoblar qiziq. Anglashga urinaverish jarayoni qiziq, bir jumlani qayta-qayta o‘qish qiziq.

Bunday kitoblarni yopishga shoshilmang. Chunki ular eng kamida fikrlash “azobi”ni beradi. Dostoyevskiy aytganidek, “Jiddiy kitoblarni o‘qiyvering, qolganini hayotning o‘zi tushuntiradi”.

@boqiy_darbadarr
❤‍🔥12🔥8💔31
#nimadir

...va men baribir hammasi yaxshi bo‘ladi degan gapga ishonaveraman. Ishongim kelaveradi.

@boqiy_darbadarr
💔2110❤‍🔥3😢3
#foydali

“Qizil kitob” haqida nimalarni bilasiz?

Bugungi kunda dunyoni “Qizil kitob“ siz tasavvur etish qiyin. Yuzlab turlar yo‘qolib ketayotgan bir vaqtda “Qizil kitob” ning qadri juda bilinishi muqarrar. Garchi inson faktorining tabiatga ta’siri tobora ortib borayotgan bo‘lsa-da, “Qizil kitob” hayvonot va nabotot turlarini saqlashda katta o‘rin tutishini ham inkor etmaslik lozim. Xo‘sh, bu kitob qanday dunyo yuzini ko‘rgan edi?

1948 - yilda uncha katta bo‘lmagan Fontenblo shahrida (Parij yaqinida) o‘tkazilgan xalqaro konferensiyada tabiatni va tabiiy resurslarni asrash xalqaro ittifoqi (TRAI) tashkil etildi. TRAI oldiga qo‘yilgan asosiy vazifalardan biri yo‘qolib ketish arafasida bo‘lgan, inson yordamiga muhtoj va qutqarib qolish choralarini ko‘rish shart bo‘lgan o‘simlik va hayvonot turini aniqlash bo‘lgan.

Shu maqsadda 1949 - yilda doimiy qutqarish qo‘mitasi xizmati tashkil etildi. Unga turli mamlakatlarning taniqli zoologlari kiritildi. Bu qo‘mitaga tabiatni asrash bo‘yicha eng obro‘li mutaxassislardan biri - angliyalik Piter Skott rahbarlik qildi. Qo‘mita ulkan ishlarni amalga oshirdi. Uning maqsadi dunyodagi noyob va yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan hayvonot turlari ro‘yxatini tuzish ( bilan) va nima sababdan bunday holat yuzaga kelganini tushuntirish edi. Qizil rang – xavf belgisi. Shu sababli Piter Skottning taklifi bilan ro‘yxat muvaffaqiyatli tarzda “Qizil kitob” deb nomlandi.

“Qizil kitob”ning ilk ko‘rinishini tayyorlash uchun 14 yillik og‘ir mehnat talab qilindi. U 1963 - yilda ikki tomlik kitob ko‘rinishida dunyo yuzini ko‘rdi. Har bir hayvonot turi uchun alohida sahifa ajratildi va unda qisqa shaklda ayni vaqtdagi va o‘tmishdagi yashash tarzi, holati, umumiy soni, himoya qilish bo‘yicha qabul qilingan va qilinishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar, tutqinda bo‘lgan hayvonlar sanog‘i va ko‘payishi bilan bog‘liq ma’lumotlar kiritildi. Yo‘qolib borayotgan eng noyob hayvon turlari esa qizil sahifada chop etildi.

“Qizil kitob”ning ikkinchi nashri uch tomdan iborat bo‘lib, 1966-1971 - yillarda nashrdan chiqarildi.

© Internet ma’lumotlari

@boqiy_darbadarr
🔥101
#nimadir

She’r bitar,
Yo‘llar bitar,
Yillar bitar,
Ishq bitar,
Hayot bitar,
Hechqisi yo‘q, hechqisi.
Sen hamisha inson bo‘lib qol!

@boqiy_darbadarr
❤‍🔥173
#mutolaadan

Umr qisqa – hammasini unutishga ulgurmaysan.

Andrey Platonov. Jon

P/s. Shu gap chin. Unutdim deganiniyam aslida unutmagan bo‘ladi odam. Eslamay qo‘ygan bo‘ladi xolos.
😢15❤‍🔥7🔥2
​​#taqriz

📌 Andrey Platonov. Jon

Jon qavmning nomi. Qavm bo‘lgandaki, qanday? Ochlikka mubtalo, azoblanish chekishga duchor. Nima uchun yashayotganini unutgan, jonidan boshqa hech vaqosi yo‘q bu qavm Turkmanistonning Sariqamish ko‘li atrofida yashaydi. Yo‘q, yashamaydi, o‘lishni ham unutib qo‘yganidan sudralib yuradi. Har yerdan quvilgan, o‘g‘ri-yu sayoq, devona-yu bangilardan tashkil bo‘lgan bu xalq.

Ochlik insonni har qanday o‘y-fikridan, orzu-maqsadidan, qarindoshlik rishtalari-yu boshqa tuyg'ularidan ayirib, hayvondan battar holga soladi. Och odam qizini non uchun sotadi, och ona o‘g‘lini shafvatsiz taqdir bilan yuzma-yuz qilib cho‘lga tashlab keladi. Insonning eng birinchi ehtiyoti har qachon qorin g‘ami bo‘lib kelgan. Mana, o‘z tanangizga o‘ylab ko‘ring, uch kun och qolib ketgansiz-u, yoningizdagi odam sizga adabiyotdan, san’atdan gapiryapti. Tasavvur qildingiz-a ahvolingizni?! (Negadir shu yerda “Go‘zallik o‘tkinchi – ochlik abadiy” degan gap yodimga tushib qoldi)

Mana bu parchaga e’tiboringizni qarating : “Odam bolasini surunkali uzoq qiynash mumkin emas. Xiva xonlari esa buning fahmiga borishmagan. Uzoq qiynasang – tezda o‘lib qoladi, aslida, sekin-asta, oz-ozdan azoblab borish kerak, ora-sira nafas rostlab, ozroq o‘ziga kelib olganidan keyin yana qiynoqqa solish kerak, shu tariqa uni azob-u uqubatlarga asta ko‘niktira borilsa yaxshi...”
Bu gaplar SSSRning siyosatini yaqqol ko‘rsatadi, nafaqat uning balki xalqlarni zulm ostida saqlagan har qanday hokimiyatning siyosatini. Shu parchadan boshlab “Jon” qavmi timsolida butun ezilgan xalqlarning iskanjasini ko‘ra boshladim.

Shu elatdan chiqib, Moskvada o‘qib qaytgach, xalqiga qutqaruvchi o‘laroq yuborilgan Nazar Chig‘atoyev bu vazifani qanchalik uddalaganini asarni o‘qish davomida bilib olasiz. Shu bilan birga Nazarning murakkab ishqiy munosabatlari borki, u har doimgi “o‘ldim-kuydim”larga mutlaqo o‘xshamaydi.

Tili og‘ir asar. Platonov uni xos o‘quvchilar uchun yozgan. Mutarjim Sharifjon Ahmad ham o‘zbek tilining imkoniyatlarini mahorat bilan qo‘llab chevirgan. Hammaga tavsiya qilaman.

Mohichehra A’zam

@boqiy_darbadarr
❤‍🔥133🔥2😢1
#nazm

Nahot, ish kunlarining birida
baxtli boʻlish mumkin dunyoda?

Bek Ali

@boqiy_darbadarr
23❤‍🔥3💔1
​​#taqriz

📌 Asli Sanjar. Haram

Haram nimaligi aksariyatimizga turklarning tarixiy filmi “Muhtasham yuz yil“dan ma’lum. Ya’ni saroydagi sultonning ahli-ayoli yashaydigan hudud. Bu hududga sultondan boshqa erkak kirishga haqli emas. Lug‘aviy ma’nosiga ko‘ra esa bu so‘z “ta’qiqlangan, muqaddas joy” ma’nosini bildiradi.

Asar muallifi Asli Sanjar aslida amerikalik ayol. U turk yigitiga turmushga chiqib Turkiyada muqim yashay boshlagach bu xalq bilan qiziqadi. Xususan, turk sultonlari tarixi, ularning saroyida yashagan ayollarning turmush tarziga. Bu izlanishlar natijasida “Haram“ asarini yozadi.

Asarda ikkita qiz – biri ozod Jamila, ikkinchisi qul sifatida olib kelingan cherkas qizi Didanurlarning hayoti aks etadi. Didanur ayni qaysi sulton davrida saroyga keltirilganligi yozilmagan. Urg‘u ko‘proq haramdagi muhitga berilgan. E’tiborimni tortgan jihati haramdagilarning qizlarga bo‘lgan yaxshi munosabati. Sababi, biz ko‘rgan filmlarda qizlarga bu qadar yaxshi munosabat qilinmaydi. Yana e’tiborga molik jihat esa qizlar ulg‘ayib turmush yoshiga yetgach saroyda qolish yoki ketishlarini o‘zlari hal qilishlari bo‘ldi. Filmlarda esa buning aksini ko‘ramiz. Asarda qizlarga har taraflanma ta’lim berib keyin istasa turmush qurishlariga imkon berilishi turk jamiyatiga yaxshi, sog‘lom farzandlar yetishtirib berishlari bilan izohlanadi.

Kitob mahorat bilan yozilgan deya olmayman. Darajasi o‘rtacha. O‘qisangiz ham, o‘qimasangiz ham bo‘ladigan asarlar toifasidan.

Mutolaadan charchamang!

Mohichehra A’zam

@boqiy_darbadarr
❤‍🔥6
#nimadir

Inson hamisha suhbatga muhtoj. Faqat atrofida yaxshi suhbatdoshi bo‘lmasa, u bu istakni zo‘r berib bosadi. Va kunlardan bir kun o‘sha suhbatdoshni topgach yig‘lab-kulib gaplashadi. So‘ngida esa ularning turmush qurishi ehtimoli katta bo‘ladi.

@boqiy_darbadarr
17💔5
Ghazal Shakeri - Lalalei (Türkçe Altyazılı)
<unknown>
#music

P/s. Quloqchinda tinglash tavsiya qilinadi. Atrofingiz sokin bo'lsa undan ham yaxshi)

@boqiy_darbadarr
❤‍🔥8
2025/10/24 16:51:21
Back to Top
HTML Embed Code: