Telegram Web Link
#nazm

Ertak

Bir uy bor.
Bu uyda
qachon qaramang,
sovuq hasham hokim,
hokim qattiq tartib.
Bu uy juda toza.
Kiradilar unga
faqat yuraklarga oyoqni artib...

© Matnazar Abdulhakim

@boqiy_darbadarr
💔16❤‍🔥105
​​#taqriz

📌 Lev Tolstoy. Iqrornoma

Lev Tolstoyning “Iqrornoma“sini kecha yarim tunda o‘qib tugatdim. Bu asar kitobxonman degan odamga albatta tanish. Asar o‘z nomi bilan ulug‘ adibning iqrorlaridan yaralgan.

Tolstoy o‘z hayoti haqida yozar ekan hech narsani yashirmaydi. Qilgan katta-kichik gunohlarini eslash barobarida, yashashning ma’nosi nima, men kimman, nima qilmog‘im kerak kabi savollarga tinimsiz javob izlaydi. Narsalarning asl mohiyatini topish uchun turli xil ilmlarga, olimlarning fikrlariga murojaat qiladi. Bu ilmlarning ko‘pi Tostoyning savollariga javob berish o‘rniga uning fikrlarini yana ham chigallashtirar, oxir-oqibatda esa hech qanday javob topib berolmasdi. Javob topganda ham hayot yovuzliklardan iborat bir narsa degan gap chiqardi. U holda adibda hammaga o‘xshab hayotdan ma’no qidirmasdan yashash yoki o‘zini o‘ldirib qo‘ya qolish yo‘llarigina qolardi. Ayni paytda bularning hech birini qila olmagan Tolstoy savollariga javobni dindan izlashni boshlaydi. Yoshligidan provaslav qonun-qoidalariga e’tiqodli qilib o‘stirilgan adib bir qancha vaqtlar o‘zi aslida ma’nosini tushunmagan ibodatlarni bajo keltiradi. Lekin hayot shunday masalalarni ko‘ndalang qiladiki, bunga cherkovning bergan javoblari adibni mutlaqo qoniqtirmaydi.

Nihoyatda mashaqqatli aqliy izlanish yo‘llarini bosib o‘tgan Tolstoy barcha qidirgan savollariga javob topadi. Bu javob – iymon. Aql odami bo‘lgan adib oddiy xalq kabi ko‘r-ko‘rona e’tiqod qila olmasdi. Iymonsiz hayot ham, uning ma’nosi-yu maqsadi ham bo‘lmasligini anglashi uchun shu yo‘lni bosmog‘i kerak edi. Nafaqat, Tolstoy barchamiz bosmog‘imiz kerak.

“Iqrornoma“ mening tavsiyamga muhtoj kitob emas. Uni har bir birimiz o‘qishimiz, o‘qiganda ham qayta-qayta o‘qib, uqishimiz lozim.

Mutolaadan charchamang!

Mohichehra A’zam

@boqiy_darbadarr
🔥13
#nimadir

Tun. Chigirtkalar ovozi. Osmonda oy. Yoningda kitob. Derazadan mayin, yoqimli havo kirib turibdi. Insonga baxtli bo‘lishi uchun aslida ko‘p narsa kerak emas. Biz o‘zimiz baxtni moddiyat bilan o‘lchashga o‘rganib, qon-qonimizga buni singdirib olganmiz. Agar hammasi rostan moddiyatga bog‘liq bo‘lganida men hozir o‘zimni baxtli hisoblamasdim)

Yo‘q, bunday tunda uxlab bo‘lmaydi. Bunday tunda yig‘lash kerak, kuylash kerak, sevish kerak, o‘ylash-u sog‘inish kerak. Lekin aslo uxlab bo‘lmaydi!

@boqiy_darbadarr
🔥22😢3❤‍🔥2
#oysarhisobi may. 2024

1. Xulio Kortasar – Ishg‘ol qilingan uy.
2. Asli Sanjar – Haram.
3. Andrey Platonov – Jon.
4. Lev Tolstoy – Muhammad(s.a.v) o‘gitlari•Maktublar•Iqrornoma
5. Klayv Steyplz Lyuis – Nariya saltanati.(Arslon, jodugar va kiyim javoni)
6. Erix Mariya Remark – G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q.

@boqiy_darbadarr
🔥8❤‍🔥7
Koshki biror sheʼr oʻqigan,
Biror mushukni sevgan boʻlsaydingiz,
Balki bu qadar kirlatmasmidingiz dunyoni.

Turgut Uyar, turk shoiri

@boqiy_darbadarr
💔206❤‍🔥2🔥2
Qanday odam ekanligimga kelsak, o'zimni shunday ifodalagan bo'lardim: “Men baxtli odamman, lekin nimadandir noroziman”.

© Fyodor Dostoyevskiy

Men ham aynan shundayman.

@boqiy_darbadarr
💔235❤‍🔥3🔥3😢2
​​#taqriz

📌 Murod Chovush. Hech

Murod Chovush yosh o‘zbek yozuvchisi. “Hech” yozuvchining atigi 60 betlik romani. Roman bo‘lgandaki, hech bir qolipga sig‘mas, biz o‘rganib qolgan “edi, emish, qilyapti-bo‘lyapti“larni buzib tashlagan roman.

Adabiyotshunos Mahmud Sa’diy “Hech” – fenomental asarligini ta’kidlab, bunga o‘xshash ijodiy izlanishlarni o‘zbek adabiyotida boshqa uchratmaganini aytadi. Fenomen so‘zi deb har qanday kuzatiladigan hodisaga aytiladi. Kundalik kunda esa bu atama kamdan kam kuzatiladigan g‘ayrioddiy hodisaga aytiladi. Atamani zamonaviy falsafaga Immanuel Kant kiritgan. Bu kabi fenomental asarlarga Kafka va Kamyuning ham asarlari kiradi.

“Hech“ o‘z nomi bilan hechdir. Asarda syujet yo‘q. Kim gapiryapti, kimga gapiryapti bilish qiyin. Voqealar tushda bo‘lyaptimi, hushdami buniyam bilish qiyin. Asosiy qahramon Dengiz Naim otli yozuvchi. U bir qarasa ruhlar bilan, bir qarasa uyidagi suvarak, bir qarasa o‘z-o‘zi bilan, yana bir qarasa esa yonidagi odamlar bilan gaplashib ketaveradi.

Kitob ichida yana “Qora dengiz“ romani ham bor. U ham menga “Hech”ning mantiqiy davomidek tuyuldi. Chunki unda ham qahramon Dengiz Naim edi.

Garchi men asarni yaxshi tushunmagan bo‘lsam-da, asar atrofidagi bahs-munozara-yu, tanqidlardan cho‘chimasdan shakliy izlanishga qo‘l urib, jahon tajribasini qo‘llashga uringani uchun muallifni qo‘llab -quvvatlayman.

Mutolaadan charchamang!

Mohichehra A’zam

@boqiy_darbadarr
❤‍🔥92🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
So‘ngra oramizga shaharlar, mamlakatlar, balki, dunyolar kiradi. Hech qachon uchrasholmaymiz. Hattoki tasodiflar ham bizni bir yerga keltirolmaydi. So‘ngra birimiz o‘lamiz, birimizning esa bundan xabari ham bo‘lmaydi.

Nozim Hikmat

@boqiy_darbadarr
💔16❤‍🔥7😢4
#nimadir

Insonlar haddini bilmagani sabab har joyda pand yeydi.

@boqiy_darbadarr
💔166🔥4
Bu dunyosi, doʻstlar, kaptarxonadir,
Biri qoʻnib, biri uchib boradir...

@boqiy_darbadarr
❤‍🔥217
#nazm

O‘shanda hammasi boshqacha edi –
Osmon poyimizda yastanib go‘yo.
O‘shanda – orzuning qanotlari keng,
O‘shanda boshqacha boqardi dunyo

O‘shanda xayollar, orzular osmon,
Ko‘ngil ko‘rsatmagan edi kuchini.
Sen ketib borarding xomush, parishon
Bag‘ringga bosgancha "Choliqushi"ni.

O‘shanda barini chinga yo‘yardik,
Do‘stlik – chin, sevgi – chin, ishq – chin, barini...
Bir zumda piyoda bosib qo‘yardik
Toshkentning eng uzun ko‘chalarini.

...Har zamon taqdirdan qo‘yasan nolib,
Har zamon ko‘zlaring nenidir izlar.
Har zamon eslaysan meni jim qolib,
Sog‘inchga aylanmay so‘nadi hislar.

O‘shanda o‘tganin ko‘ngilga tugib,
Taqvim aylanadi, tuyg‘ular sarson.
Kundan-kun to‘kilib borayapman men,
Sen esa kundan kun gullayverasan.

©️Dadaxon Muhammadiyev

@boqiy_darbadarr
❤‍🔥7😢6💔4🔥2
Yolg'izlik insonga ko'p narsalarni órgatadi.
Ammo sen ketma...
Men nodon bo'lsam ham mayli!

Nozim Hikmat

@boqiy_darbadarr
❤‍🔥22🔥97
#nimadir

Har na qilsang oshiq qilg‘il, Parvardigor


Kayfiyatimga qarab miyamda she’riy misralar kunlab, haftalab aylanib yuradi. Beixtiyor bo‘ladi bu jarayon. Jumlalar ham o‘z-o‘zidan kelib qoladi. Buguni bilan esa yuqoridagi Ahmad Yassaviyning misrasi hech xayoldan ketmaydi. O‘tgan yili taxminan shu paytlar “Devoni hikmat”ni xatm qilayotgandim. Qayta o‘qigim keldi ul kitobni)

@boqiy_darbadarr
17🔥1
Men qanday yashashni bilaman. Lekin nima uchun yashayotganimni bilmayman. Bilasizmi, men o‘zimni o‘tgan asrda qolib ketgan vokzaldagi yo‘lovchiga o‘xshataman. Hamma poyezdlar ketib bo‘lgan. Vokzal esa bo‘m-bo‘sh. Ulgurgan ulgurdi...

© “Osmondagi bolalar”

@boqiy_darbadarr
❤‍🔥234🔥4
Qishlog'im (dodasi.com)
Mahmud Namozov
#music

“Ko‘nglima orzular solgan qishlog‘im...”

Shu qo‘shiqni eshitsam yig‘lagim kelaveradi.

@boqiy_darbadarr
❤‍🔥9
​​#taqriz

📌 Jon Duglas, Mark Olsheyker. Qotilning psixologik portreti.

Amerika Qo‘shma Shtatlari Federal Qidiruv Byurosining qotilning psixologik portretini yaratish bo‘yicha maxsus mutaxassislari bo‘lgan Jon Duglas va Mark Olsheykerlar bu kitobda ish faoliyati davomida duch kelgan turfa xil qotilliklar haqida yozadi.

Kitobga Salimovning taqrizi sabab qiziqib qolgandim. Kitob nimasi bilan ahamiyatli? Barcha qotilliklarning haqiqiyligi, bu shunchaki detektiv asar emasligi, hushyorlikka undashi bilan. O‘qish jarayonida siz kitobda ismi keltirilgan qotilni internetdan topib rasmlarini ko‘rishingiz mumkin.

Bundan o‘n yillar avval internet hozirgichalik rivojlanmagan, qotilliklar haqidagi gaplar ham faqatgina televizorda “Bir jinoyat izidan“ kabi ko‘rsatuvlarda ochiqlanardi. Esimda, ukam bilan qo‘rqinch aralash tomosha qilardik. Hozir pichoqlabdi, zo‘rlabdi, yoqib yuboribdi, o‘zini o‘ldiribdi degan gaplarni tez-tez eshitamiz, afsuski. Shunchalikki, birini hazm qilib ulgurmasimizdan boshqasi chiqadi. Eng oxirgi Qashqadaryodagi talaba qizning pichoqlanish voqeasi shulardan biri.

Kitobda keltirilgan qotilliklarning katta qismi ochilgan bo‘lsa-da, mutlaqo ochilmay qolgan jinoyatlar ham bor. Qotilni topishda aholi bilan birga ishlash ko‘p yaxshi natijalarga olib kelgan. Bunda qotilning psixologik portreti televizorlarda e’lon qilinadi va keyingi qurbon aynan o‘zi bo‘lib qolmasligi uchun odamlar hushyorlikka chaqiriladi, shu portretga mos biron kimni bilsa, qo‘ng‘iroq qilish uchun raqamlar beriladi.

Inson hayotiga nuqta qo‘yishning har qanday shakli o‘ta ketgan razillik. Lekin eng yomoni bolalarning zo’rlanishi, o‘ldirilishi. Bolalar qotillarining ko‘pi bolani avvaldan tanigan, bola ishongan odamlar bo‘lishadi. Mualliflar bolalariga haddan ziyod e’tiborli bo‘lib qolgan, qimmatbaho sovg‘alar beradigan tanishlaridan ehtiyot bo‘lishni uqtirishadi. Albatta bu degani bolani erkalagan har kim pedofil degani emas, lekin hushyorlik zarar qilmaydi. Bolaning o‘ziga ham begonalar bilan, yoki bolaga noqulaylik tug‘diradigan qiliqlar qiladigan tanishlar bilan suhbatlashmaslik, bu holatdan ota-onasini boxabar qilishni o‘rgatish lozim.

Yana hamma narsa oilaga borib taqaladi. Toki oilada to‘g‘ri, sog‘lom tarbiya bo‘lmas ekan, qotillar, o‘g‘rilar, pedofillar ko‘payaveradi. Kasalni ildiz otib ketgach davolab bo‘lmaydi. Bu inkor etilmas haqiqat.

Barchaga qattiq tavsiya qilaman. Mutolaadan charchamang!

Mohichehra A’zam

@boqiy_darbadarr
🔥82❤‍🔥1
#nazm

Nima ham berardim men senga, dunyo,
Sening bozorlaring —
Boyvuchcha kelin.
Dunyo bozorlarin odamlari-ho,
Oling, yuragimni sotgani keldim!

Siz — qimmatbahosiz,
Men — arzon, arzon.
Sizga balki faqat yuragim arzir.
Sizdan soʻramayman haqiga osmon,
Faqat osmon kabi yuksaling, axir!

Siz mening qoʻlimga tutasiz xanjar:
— Kes!—deysiz.— Parchala! Tashla qiymalab!
Oʻrganib qolgansiz nega, odamlar,
Olmoqqa yurakni mayda-maydalab?

Bozorni toʻldirib ogʻriydi jonim...
Baribir tashakkur,
Baribir rahmat!
Dunyo bozoriga kelgan insonim,
Mening yuragimni ayama faqat.

Yurakni soʻysalar — topilmas guvoh,
Har kim bu yurakdan
Olar keragin.
Men sizni kechirdim...
Sizda ne gunoh?
Oʻzi ulkan boʻlsa mening yuragim.

Usmon Azim

@boqiy_darbadarr
11🔥1
​​#taqriz

📌 Shin Kyong Suk. Onamni asra.

Ona, paypog‘im qayerda?
Ona, ovqat bormi?
Ona, qachon qaytasiz?
Ona, men ketdim.
Ona...ona...ona...

Dada, onam qayerda?


Tasavvur qiling, kunlardan bir kun onangiz uyda qayergadir chiqib ketib qaytib kelmadi. Va izsiz yo‘qoldi. Albatta men kabi tasavvur qilolmadingiz. Lekin bo‘lishi mumkin-ku. Asar qahramoni Pak Son Yoning bolalari ham bunday bo‘ladi deb hech o‘ylamasdi. Lekin bo‘ldi.

Rostini aytsam, asar haqida yozish biroz qiyin bo‘lyapti. Chunki men asarda qaysidir ma’noda o‘zimni va hammamizni ko‘rdim. Biz ham kitobdagi onaning farzandlaridan deyarli farq qilmaymiz. Esimizni taniboq, onalarni ona maqomida ko‘rganmiz, taniganmiz. Va eng yomoni hech qachon o‘lmaydi, kasal bo‘lmaydi deb o‘ylaymiz. (Masalan, ota-onamning 40 ga kirganlarini, hatto oshganlarini ancha paytlar qabul qilolmaganman. Chunki 40 dan oshgan odamlar menga juda katta yoshlidek ko‘rinardi.) Onalarimizning bizga qilayotgan fidoyiliklariga ham xuddi aniq shunday bo‘lishi kerak narsadek qarab o‘rganganmiz.

Yo‘q, men kitobni o‘qimadim. O‘z onamni esladim, o‘rtandim, yig‘ladim. Onam ham bir paytlar yosh ekanligini, endi esa tobora keksayayotganini o‘ylab alamim keldi. Esimda, onam hadeb bizga ovqat pishiraverishdan bezor bo‘lib ketib, qochib ketgim kelyapti deganlari, ukam bilan jiqillashib qolsak, ish qilsam charchamayman, sizlarning janjalingiz meni charchatadi deyishlari. Ukam va meni navbati bilan cho‘miltirib, charchab qolishlari ham esimda. Hammasi esimda...

Ha, men asar haqida yozayotgandim. Bu o‘rinda xotimaga o‘xshash nimadir bo‘lishi kerak edi. Lekin...
Yo‘q, onalarimiz uchun ham yomon odam bo‘lishga haqqimiz yo‘q!

P/s. Mening tuyg‘ularim bilan eng ko‘p o‘ynashadigan ikkita ijodkor bor. Biri O‘tkir Hoshimov, biri Usmon Azim. Hech qaysi ijodkorning yozganlarida ularniki kabi hislarim junbushga kelmagan. Yuqoridagi koreys yozuvchisining kitobi ham endi shular qatorida.

Mohichehra A’zam

@boqiy_darbadarr
8❤‍🔥3🔥3😢3
#mood

Dunyoning shodligi yigʻilsa butun,
Doʻstlar davrasidan boʻlolmas ustun...

Bugun @quyoshtaraflarda va @Baxtliklanish_biligi bilan ko‘rishdik. Aniqrog‘i ular meni yo‘qlab kelishdi. Hozirgina ularni kuzatib, post yozib turibman. An’analarga o‘zgartirish kiritgancha bugun bir-birimizga kitob hadya qilmadik. Chunki uchalamizda ham hali o‘qilmagan kitoblar bisyor)
O‘ta hissiyotga boy, mazmunli suhbat qurdik. Eslashga arzigulik xotira bo‘lgan kunni yashadik. Ular meni hayotda klassik odam ekansan deyishdi)

Rahmat, qizlar!

@boqiy_darbadarr
10❤‍🔥5🔥4
2025/10/24 05:47:33
Back to Top
HTML Embed Code: