Telegram Web Link
#oysarhisobi iyun. 2024

1. Murod Chovush – Hech
2. Jon Duglas, Mark Olsheyker – Qotilning psixologik portreti
3. Shin Kyong Suk – Onamni asra

@boqiy_darbadarr
❤‍🔥11🔥73
​​Kitoblar haqida ko‘pchilik bilmaydigan 8 ta fakt
Koʻpchiligimiz kitob oʻqishni yaxshi koʻramiz, lekin kitoblar haqida bilmagan narsalarimiz anchagina, keling, bugun siz bilan kitoblar haqida ajablanarli 8 ta fakt haqida gaplashamiz🤓

Eng koʻp tilga tarjima qilingan –
adabiy asarlar mashhur detektiv yozuvchi Agata Kristiga tegishli. Adiba kitoblari yuzdan ortiq dunyo tillariga tarjima qilingan va toʻrt milliarddan ortiq nusxada chop etilgan.

Zamonaviy adiblar ichida eng sermahsuli braziliyalik yozuvchi — Joze Karlos Inuye. U 1046 ta ilmiy-fantastik, sarguzasht roman muallifidir. Qizigʻi, u shuncha asarni oʻn yil ichida, 1986–1996-yillar oraligʻida qogʻozga tushirgan.

Eng uzun roman fransuz yozuvchisi Jyul Romenga (asl ismi Lui Anri Farigul) tegishli. Uning “Ixtiyori oʻzida odamlar” romani 1932–1946-yillar oraligʻida 27 jildda nashr etilgan.

Eng keksa mualliflar — amerikalik Sara va Elizabet Delenilardir. Ular 1994-yili “Opa-singil Delenilarning kundalik hikmatlari” nomli kitob eʼlon qiladi. Bu paytda opa 105, singil 103 yoshda edi. 1997-yili esa Sara Deleni kitobning davomini yozib, “Oʻzimning 107 yoshimda” nomi bilan chop ettiradi.

Eng katta ensiklopediya “Yevro-amerika universal bezakli ensiklopediyasi”dir. 105 ming sahifadan iborat bu kitob 104 jildga ega boʻlgan.

Hozircha eng mitti kitob Yaponiyada bosilgan “Har mavsumga gullar” kitobi boʻlib turibdi. 0,75 millimetrli bu sanʼat asarini oddiy koʻz bilan tugul, koʻzoynak taqib ham koʻra olmaysiz.

Eng koʻp sotilgan kitob — “Ginnesning rekordlar kitobi”dir. U AQSh kutubxonalaridan oʻgʻirlanishi boʻyicha ham rekord qayd etgan. Bu toʻplam ilk bor 1955-yili chop etilgan.

Eng qadimgi kitob doʻkoni Portugaliyadagi “Livraria Bertrane”dir. U 1732-yildan beri faoliyat yuritib ketadi.

P/s. Rasmda men ishlagan kitob do‘koni)

@boqiy_darbadarr
🔥11❤‍🔥4
#nimadir

Insonlar hech narsani unutishmaydi. Unutdim deganlar aldagan bo‘ladi. Faqat endi eslamay qo‘yishadi, xolos.

@boqiy_darbadarr
🔥21❤‍🔥6💔3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kitaba düştüm,
sabahtan akşama kadar okuyorum.
Kitaplar akıllı
Kitaplar aptal.
Kitaplar büyük
kitaplar çocuk.

Kitaplar en uzak, en güzel yolculuk...

©Nazım Hikmet

@boqiy_darbadarr
❤‍🔥124🔥2😁2
#nazm

Men sendan xat emas, xavotir oldim
Bu cheksiz oqshomning bir chekkasida.
Men seni juda oz quvontiroldim,
Men senga juda ko‘p bitdim qasida.

Kim qo‘yib berar bu tuyg'u ismini,
Kim o‘ylab topadi yangi ibora -
Bora-bora tordir dunyo mazmuni,
Faqat shu ko‘zlaring kengdir tobora...

1976-yil

Muhammad Solih

@boqiy_darbadarr
❤‍🔥96🔥5💔2
​​#taqriz

📌 Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Vasatiya – hayot yo‘li

Vasatiya arabcha so‘z bo‘lib, “to‘g‘ri“, “adolatli”, “mo‘tadil”, “o‘rta”, “eng yaxshi” kabi ma’nolarini anglatadi. Ushbu kitobda musulmonlarning hayotidagi har qanday masalada mo‘tadillik, ya’ni o‘rtachalikning afzalliklari sanalib, fikrlar Qur’on oyatlari va hadisi shariflar bilan dalillanadi. Hamda dinda haddan oshib, g‘uluvga ketishning kishiga va mo‘minlar jamoasiga zararlari aytib o‘tiladi.

Islom – osonlik dini. U insonga hech qachon toqatidan tashqari narsani taklif qilmaydi. Haqiqiy mo‘min shariat belgilab bergan chiziqdan uzoqlashib ham, chiziqdan chiqib ham ketmaydi. Mo‘tadillikni ushlaydi. Islom – bag‘rikenglik dini. U musulmonlarni boshqa din vakillari bilan ham oldi-berdi qilgan holda tinch-totuv yashashga chaqiradi. (Buni ayniqsa boshqa dindagilarni odam o‘rnida ko‘rmaydigan ba’zi musulmonlar o‘qishi kerak)

Payg‘ambarimiz(s.a.v) savobini ko‘paytirish ilinjida tunlari uxlamay namoz o‘qish, butun yil davomida ro‘za tutish, ayollarga uylanmaslikka ahd qilgan sahobalarini bu yo‘ldan qaytarganlari ham diniy amallarda o‘rtachalikka amal qilishning dalili.

Kitobda bundan tashqari ham ko‘plab vasatiyaning foydalari va g‘uluvning zararlari bo‘yicha eng muhim fikrlar va dalillar keltirilgan bo‘lib, bular har bir musulmon kishining hayoti davomida asqatadi. Barchasini bitta postga sig‘dirish imkonsiz. Yaxshisi kitobni o‘zingiz o‘qib chiqing.

Mutolaadan charchamang, kitobdosh!

Mohichehra A’zam

@boqiy_darbadarr
🔥111❤‍🔥1
Kitobni sevuvchi ayollar boshqalardan butunlay farqlidirlar.

© Dostoyevskiy

@boqiy_darbadarr
30❤‍🔥10🔥6💔6
#nimadir

Turib-turib alam qilib ketadida ne-ne buyuk ishlar qilishga qodir vaqtim va energiyamni banka yopish, hovli supurish, idish-tovoq yuvish kabi ro‘zg‘orning bitmas-tuganmas ishlariga o‘zim istamagan holda sarflayotganim.

Bular kerak emas demoqchi emasman. Lekin o‘zbeklarda bu kabi ishlar birinchi o‘rinda turadi. Shunisi eng yomoni

@boqiy_darbadarr
😁32💔21🔥5😢43❤‍🔥1
#nazm

Umr o‘tib ketdi.
Yig‘lama.
O‘tdi dunyo – besarhad qayg‘u.
O‘lim kelsa...

Xo‘sh, kelsa, nima?
Ayriliqdan dahshatlimi u?!

© Usmon Azim

@boqiy_darbadarr
❤‍🔥12🔥4💔2😢1
Hamma tuyg‘ularni anglatadigan so‘z yo‘q, keragi ham yo‘q degan odam haq edi
💔15🔥3❤‍🔥21😢1
Odamda hech yo‘q orzular bo‘lishi kerak.
🔥18❤‍🔥4💔2
#nazm

SOG'INCH

Parchagina bulut,
Cheksiz osmon,
Adir ortidagi yolg'izoyoq yo'l.
Barcha tashvishlarni unutib, shodon,
Qaytgim kelayotir qoshingga butkul.

Qismat mayin ichdim – achchiq va taxir,
Tuydim ehtirosning samoviy kuchin.
Dunyoda odamzod yashamas, axir,
Faqat irodasin sinamoq uchun.

Parchagina bulut,
Cheksiz osmon,
Adir ortidagi yolg'iz oyoq yo'l.
Barcha tashvishlarni unutib, shodon,
Qayta olsam edi qoshingga butkul...

A.Oripov

P/s. Rasmni men uchun eng qadrli insonlarimdan biri olgan. Va aynan men uchun olgan. O‘zgacha qiymati bor rasm.

@boqiy_darbadarr
❤‍🔥94😁4🔥3
​​#taqriz

📌 Murod Muhammad Do‘st. Lolazor

Bu gulshan ichra yo‘qdur baqo guliga sabot,
Ajab saodat erur chiqsa yaxshiliq birla chiqsa ot.


Uzoq asar. Uzoq umrlar. Alg‘ov-dalg‘ov taqdirlar, zamonlar. O‘qish davomida o‘qiguvchini ham horitib yuboradiki, beixtiyor Oshno va Yaxshiboyevlarning birda to‘g‘ri, birda o‘g‘ri yo‘lini bosib o‘tgandek sezasan o‘zingni.

Ikki do‘st. Biri Yaxshiboy cho‘ponning uli Nazar, biri Kalon bo‘yoqchining o‘g‘li Xorun. Taqdiri azal bu ikkisining chekiga shunday qartani nasib ayladiki,qoq nonni birga so‘rib dorilfununda o‘qigan Bulduruqlik o‘smirlarning biri yurtga “Ota“ bo‘ldi,biri uning yonida mudom turfa rollarni o‘ynagan “yozuvchi” bo‘ldi.Yozuvchiki, “Ota” istagan yoki o‘zi yoqtirmagan odamni matbuotda ur-kaltak qiladi. Natija–o‘sha odam endi ko‘karmaydi, joni omon qolsa ham katta gap. Nazarlariga tushdimi–baxtning kulib, istiqlolning yorqin bo‘lmasa ham, mundayroq porlagani o‘sha.Lekin har kim ham bunday “sharaf”ga musharraf bo‘lmasligi tayin. Avval kattalar tomonidan yo‘lga solinib qo‘llanadi, unvon-punvonlar beriladi, “qizim-o‘g‘lim” qilinadi. Vaqti kelganda kattalarga qurbon zarur bo‘ladi. O‘shanda tepadan buyruq va qurbonga daxldor shunday faktlar keladiki, endi uni Nazar Yaxshiboyev va uning shogirdvachchalari nazaridan Xudo ham asrab qololmaydi. Piyodalarning joni qiymatsiz, sha’ni undan-da. Darvoqe, u paytlarda el-elamat yuziga fotiha tortolmaydigan ahvolda, mulla, eshonlarning sho‘ri qurigan, mansab mingan bola otasining janozasiga bormaydigan zamon edi.

Kishi mansab pillapoyasidan yuqorilar ekan, o‘zining chinligi yo‘qotib boradi. Yaltoqlanadi, turlanadi, tuslanadi, o‘zidan tamoman boshqa odam yasaydi. Amal aslida inson bolasi boshiga tushadigan katta sinov, mashaqqat. Lekin har doimgidek buni u kech anglaydi. Yo‘q, aslida anglaydi. Lekin nachora “Uzangi uzilguncha otni surib qolmoq”lik istagi bani odamga qon bilan kirgan, endi chiqishi qiyin. Chiqqanda ham bira to‘la jonni sug‘urib chiqadi. Jon ne, shonni, obro‘ni, odamlik g‘ururi-yu qolgan-qutgan or-nomusni ham.

Zamon shundayki, hamma o‘zini o‘ylaydi. Ha deganda bir-birining tagiga suv quymoqqa, sherigining ketini ochib o‘zini yaxshi ko‘rsatmoqqa tayyor.Ular Oshno taxtining siljiyotganidan ham boxabar. Oldindan tayyorgarlik ko‘rmoqqa hozir, toki o‘rmonga o‘t ketganda omonda qolsin. Iloji bo‘lsa keyingi taxtdorning ham yonida ham muqim o‘rnashsin.

Ayollar. O, ular...Ularning makri qirq emas,qirq ming tuyaga yuk bo‘ladi. Ayol–bo‘yin, erkak–bosh.Lekin bosh qayergadir burilishi uchun bo‘yinni rozi qilish kerak. Shunda murod hosil, oshiq olchi bo‘ladi.

Oshno hokimiyat tepasiga kelayotganda shu qadar o‘zgaraman deb o‘ylabmidi? Nazar-chi, cho‘ponning uli Nazar? Bir umr uning chirkin siyosiy o‘yinlariga sherik bo‘lib, ko‘rib-bilib, ishtirok etib turib odamlarning yostig‘i kabi Orolning ham qurishiga indamay qarab turaman, yana bir-biridan turfa qabihliklar qilaman deb o‘ylab edimi? Yo‘q, ikkisi ham o‘ylamagan edi. Ularning ham maqsadi hammaniki fidokorlik edi, yaxshilik edi.

Qo‘lini ming najasga bulg‘agan odam bo‘lmasin o‘zidan yaxshi nom qolishini istaydi, hech yo‘q biror mashhurroq latifa. Kerak bo‘lsa buning uchun yana va yana bulg‘anishga ham rozi. Lekin Yaxshiboyev yaxshi qildi – o‘zidan bog‘ qoldirdi. Yaxshidan bog‘ qoladida o‘zi. Zora, shu bog‘ning mevasidan totingan, soyasida dam olganlar uni eslashsa, eslaganda ham yaxshi xotira bilan eslashsa, shu bilan vijdoni biroz tinchlansa.

Asarning shunday bir shiddatli oqimi bor. O‘quvchini ham o‘zi bilan oqizib ketadi. Nadaqar, berilib o‘qiyotganingni sezmay qolasan. Tili ham juda chiroyli. Tushurnarsiz darajada og‘ir ham, o‘ta yengil ham emas. Kinoyalarga esa rostakamiga maza qilasiz.Bu til shu zamon ruhiga kirishingizni ta’min etadi. Men bir postda butun asarni taftish etishishim qiyin. Anglaganimning qisqachasi shuki, inson bolasi avvalo hokimiyatdan uzoq yurib tinch-osoyish yashasin. Basharti, qo‘lida mansab bo‘lganda ham otini jilovlaydigan irodasi, surib chiqarishmasdan burun es borida etakni yopadigan aqli-yu jur’ati bo‘lsin.

Mohichehra A’zam

@boqiy_darbadarr
🔥168❤‍🔥4😢4
#mutolaa

So‘zni avaylab-asrash kerak. Menga qolsa So‘zga qurumsoqlikni yoqtiraman, derdim. Agar So‘z xuddi kechasi-yu kunduzi oqib yotgan suv misoli isrof qilinsa, So‘zning har bir misqoli qadrlanmasa, So‘z tejab-tergab ishlatilmasa, o‘z kuchini yo‘qotadi.


Darhaqiqat, tarbiyaning eng oliy ko‘rinishi tuyg‘ular tarbiyasidir.


Ch. Aytmatov va M. Shoxonov.
“Cho‘qqida qolgan ovchining ohi zori”

@boqiy_darbadarr
🔥12❤‍🔥43
O‘lim, o‘lim deganing nimadir, Gulim,
Men sen uchun yashashga ko‘ndim.

©

@boqiy_darbadarr
❤‍🔥21🔥84
​​#taqriz

📌 Chingiz Aytmatov va Muxtor Shoxonov. Cho‘qqida qolgan ovchining ohi zori

Chingiz Aytmatovni kitobxonman degan odamga tanishtirishning hojati bo‘lmasa kerak. Muxtor Shoxonov esa qardosh qozoq xalqining ajoyib shoiri.

Kitob qirg‘iz va qozoqning shoir va nosiri orasidagi suhbatlari asosida yozilgan. Unda azaliy va abadiy, butun insoniyatga aloqador mavzularda suhbatlashiladi. Dastlab, ikki do‘stning oilalari, ular boshiga tushgan ko‘rguliklardan boshlangan gap bir-biriga ulanib, turfa mavzularga – vatan, xalq, siyosat, xalqlar tarixi, nabodat olami, urf-odatlar, afsona-yu asotirlar va muhabbat kabilarga ko‘chib boraveradi.

Biz adabiyot darsliklarida nominigina o‘qigan “Manas” qirg‘iz xalq eposi, uni og‘izdan og‘izga olib kuylagan oqin – baxshilar, bu epos butun turkiy xalqlarning qanchalik ulkan ma’naviy merosi ekanligi haqida ancha tasavvurga ega bo‘ldim. Qolaversa, kitobda qirg‘iz va qozoq xalqlarining kelib chiqishi, asli bu nom qayerdan paydo bo‘lgani haqida bir-biridan qiziq afsonalar aytilgan. Bu xalqlarning o‘ziga xos ma’naviy boyligiga aylangan an’analari, odatlarining o‘zi bir alohida olam.

Kitobni o‘zimcha suhbat-ensiklopediya deb nomladim. Mavzular anchagina qiziq. Zabarjadmedia nashriyoti sariq adabiyotdek savdosi chaqqon bo‘lmasligini bilib turib shunday kitobni nashr qilishgani uchun juda xursand bo'ldim.

Quyida suhbatlarning muhabbatga ajratilgan bobidan iqtiboslar qoldiraman. Mutolaadan charchamang!

Mushohada – ongning vazifasi, tuyg‘u – yurakning imtiyozidir.


Shunday kunlar ham bo‘ladiki, uni butun boshli bir asrga ham almashtirmaysan.


Sevishning o‘zi juda ham katta davlat.


Men butun insoniyatni ikki toifaga bo‘lgan bo‘lardim: sevishga qodir bo‘lganlar va muhabbat tuyg‘usidan benasib bo‘lganlar.


Insoniyat ertami-kechmi, albatta, o‘zining qudratli manbai – Muhabbatga qaytajak...


Mohichehra A’zam

@boqiy_darbadarr
❤‍🔥7🔥31
#mutolaadan

Shunday nodir, o‘ziga xos tabiatli qizlar bo‘ladiki, ular hech nimani bilmay dunyoga keladilar va hech nimani tushunolmaganlaricha dunyoni tark etadilar. Hayot oxirgi daqiqagacha ularga benihoya go‘zal, chinakam mo‘jizalar yurti bo‘lib tuyulaveradi. Ular hayratomuz holda yurtni aylanolsalar bormi, bamisoli jannatda yurishganday bo‘lardi. Ular ko‘z ochib tevaraklarida o‘zlariga xush kelgan mukammal olamni – daraxtlarni, gullarni, tovushlar va ranglar dunyosini ko‘rgan bo‘lardilar. Bu – ularning eng qimmatbaho merosi, eng katta boyligidir. Mabodo bitta-yarimta:  “Bu meniki”, deb ularni to‘xtatib qolmasa bormi, baxtiyorlikdan yuz-ko‘zlari kulganicha bu zaminda tinimsiz kezishgan, aytgan qo‘shiqlarini bir kunmas bir kun butun olam eshitgan bo‘lardi. Bu ezgulik qo‘shig‘idir.

Teodor Drayzer. Jenni Gerxardt

@boqiy_darbadarr
12❤‍🔥6🔥1
#nimadir

Remarkni qizlardan ko‘ra yigitlar yaxshiroq tushunadi, his qilib o‘qiydi negadir. Har holda men tanigan Remark muxlislari ichida shunday. Adibning asarlaridagi mavzu urush va uning izidan kelgan ko'rguliklar. Ichish, chekish, xastalik,  pulsizlik, chorasizlikdan qiynalish, sevgan qizlaridan bir umrga judo bo‘lish kabi sahnalarning eng kamida bittasi boshlaridan o‘tkazgan bo‘ladi Remarkchi kitobxon yigitlar. Qizlar esa bularning deyarli birontasi ham boshdan kechirmaydilar) Boshdan kechirmagan narsani esa asarda o‘qiganda ham odam his qilolmaydi, menimcha.

Xullas, qizlar Remarkni sevadigan yigitlarning tuyg‘ulariga ishoning, qo‘llaridan tuting va hech qachon tashlab ketmang. Ulardan yaxshi umr yo‘ldosh chiqishi tayin.

@boqiy_darbadarr
49❤‍🔥11🔥7😢6
Ah Canım Sevgilim
Rei
#mood
#music

Tunda oyga termulib, chigirtkalarning nag‘malari ostida tinglash tavsiya qilinadi.

@boqiy_darbadarr
20❤‍🔥9
#nazm

Inson ruhida ham qiyomatlar bor,
Og'ir sinovlar bor,  sinoatlar bor.
Muhabbat sal chalg'ib turgan mahalda,
Sezilmasdan o'tgan xiyonatlar bor.

Mehr berolmasang, qiynoqqa ko'ndim,
Diydor berolmasang, firoqqa ko'ndim.
Sen meni boshqaga berma, iltimos
Boshqaning qo'lida kelmaydi o'lgim.
Ularda boshqacha itoatlar bor.

Menga o'xshamasin mehribonlaring,
O’rnimni bosmasin qadrdonlaring.
Chiqib ketaman-ku unda yodingdan,
Mensiz o'taverar ming bir oylaring,
Menda g'alat-g'alat shikoyatlar bor.

Men shirin sog'inchni Xudoga aytdim,
Sendan boshladimda senda tugatdim.
Ko'nglini kul bosgan kimsalargamas,
Bog'dan yelib kelgan saboga aytdim,
Xudoga aytdim men, Xudoga aytdim,
Shu sabab duoda ijobatlar bor.

Inson ruhida ham qiyomatlar bor!

Rislig‘oy Hotamova

@boqiy_darbadarr
❤‍🔥22💔76
2025/10/23 14:43:44
Back to Top
HTML Embed Code: