#nazm
Orzuni koʻnglimga tutding betinim,
Armonni tamoman hangu-mang etding.
Sensiz bu shaharda bir gʻarib edim,
Menga bu shaharni sen vatan etding.
Romiz Ravshan
Kuni bilan shu she’r hech xayolimdan ketmadi negadir.
@boqiy_darbadarr

❤18❤🔥7
#nimadir
Dilingizni sevgi bilan to‘ldiring. Ishq hayotning yagona oqlovi, eng shirin ne’mati, ko‘ngilning eng ishonchli qo‘riqchisi. Umrni tikishga arziydigan maqsadlarning eng yaxshisi ishq. Insonni ishqchalik poklaydigan narsa yo‘q, yashashga undaydigan narsa yo‘q. Yetti qavat osmon qatlarini bir qadam etadigan ham ishqdur, yer yuzini gul-u gulzor etadigan ham ishq. Ishq talabida bo‘ling. Har ne qilsa ham oshiq qilsin O‘zi. Unutmang, muhabbatsiz dil illatga to‘ladi. Kimda qusur kamdir – unda muhabbat ko‘p. Bu tuyg‘usiz inson zoti hech narsaga arzimaydi. U bo‘lmasa bani bashar bugungacha yetib kelmasdi.

Faqat ishq,
Faqat ishq.
Boshqasi sarob.
Boshqasi shamolning oniy suroni...
@boqiy_darbadarr
❤🔥17❤11
#taqriz
📌 Teador Drayzer. Jenni Gerxardt
Instagramda bir video bo‘lardi, temiryo‘lning qoq o‘rtasidan nozik, nafis gul o‘sgan. Poyezd kelib tagida qoladi, shamol ancha barglaridan judo qiladi, uzilib tamom bo‘ldi deb o‘ylaysiz. Poyezd o‘tib ketgach qarasangiz yana bosh ko‘taradi. Hayotdan haliyam umidi bor, haliyam yashashga mushtoq. Asar qahramoni Jennining butun qiyofasini shu gulga o‘xshatdim.
Ba’zi ayollar bor. Ularni siz hayotda ham goh-gohida uchratasiz. Uchratasiz-u, ichingizdan bu ayol bunday nobop sharoitga munosib emas degan o‘y o‘tadi. Butun turishidan soflik, nafosat, soddalik, mehr qo‘yingki, bari yaxshi fazilatlar ufurib turadi. Tabiat ham atay qilgandek ko‘pincha bunday ayollarni nomunosib sharoitda bunyod etadi. Xususan, Jenni Gerxardtni.
Nihoyatda nochor, ko‘p farzandli oilada tug‘ilgan bu qiz onasi bilan ilk bor ishga chiqib, katta bir mehmonxonaga farrosh bo‘lib joylashganida taqdiri bu qadar o‘zgarib ketishini, aniqrog‘i, o‘zini butunlay shu taqdir ixtiyoriga topshirib qo‘yajagini xayoliga keltirmagandi albatta. Hayot beshafqat. Ayniqsa, kambag‘al bo‘lsang, ilojsiz bo‘lsang.
Jenni kamdan kam dunyoga keladigan ajoyib qizlardan. Lekin nihoyatda itoatkor, hayotdan ortiqcha narsa talab qilmaydigan, boshqacharoq bo‘lishiga, nimalarning o‘zgarishiga urinmaydigan qiz. O‘zgalarga yaxshi bo‘lishi uchun doim o‘zini fido qildi. Bunday qilish hech zamonda yaxshilik keltirmagan. Qizlar, siz bunday bo‘lmang. O‘rni kelganda qaysarlik, nimalargadir o‘zni loyiq ko‘rish fazilatlari ham kerak.
Mutolaadan charchamang!
✍ Mohichehra A’zam

❤🔥13❤7🔥7
#nimadir
Hech kim hech qachon birovning dardini to'laligicha his etolmaydi. Quvonchlarini ham, sevgisini ham.

❤🔥24🔥7💔4
#taqriz
📌 Herman Hesse. Siddhartha
Insoniyat yaralibdiki, mohiyatni anglashga harakat qilib keladi. Shu yo‘lda dengizlarni kechadi, sayyoralarga qadam tashlaydi, izlanaveradi, izlanaveradi. Lekin eng yomoni u mohiyatni o‘z ichidan emas, atrofdan qidiradi. Ichga emas, tashga beradi urg‘uni.
Kitob brahman o‘g‘li Siddharthaning o‘z “men“ini anglash yo‘lida boshidan kechirganlaridan hikoya qiladi. Dunyoda “men”ni anglashning yo‘li ko‘p. Sharq xalqlarining katta-kichik tariqatlari bunga misol. Yo‘l turfa xil bo‘lgani bilan maqsad bitta. Demak yo‘lning, shu yo‘ldagi odamlarning millati-yu irqi, ijtimoiy kelib chiqishi ahamiyatsiz.
Siddhartha kelib chiqishi jihatidan yuqori qatlam hisoblangan brahmanlarga mansub edi. O‘z ixtiyori bilan bundan voz kechib, ichidagi savollarga javob izlash uchun yo‘lga chiqdi. Zohidlikdan tortib, ashaddiy ochko‘zlik, ishratparatlikkacha bo‘lgan hayotni yashagan Siddhartha angladiki, olam azaldan shu holicha mukammal bo‘lgan. Mutlaqlik degan narsaning o‘zi yo‘q. Har bir gunohkorda poklik, har bir poklikda gunoh bor. Har chaqaloqda o‘lim, har keksada go‘daklik bor. Hech qachon hech kimni butunlay gunohkorga chiqarib bo‘lmaganidek, pokiza deb ham hisoblab bo‘lmaydi. Olamni shundayligiga qabul qilmoq va yaxshilikka ergashib yashamoq kerak. Eng muhimi qalbning ovoziga quloq solish lozim.
Sharqning ham, g‘arbning ham maqsadi azal-azaldan komil insonni tarbiyalash bo‘lgan. Maqsadga eltuvchi yo‘llari turfaligi sabab ularni bir-biridan ajratish xato. Bu gaplarni aytyotganimning sababi – kitob buddizm ta’limotidangina iborat deb o‘ylab qolmang.(Shunday fikrdagi kitobxonlar ham bor ekan)
Yangi asr avlodining ushbu seriyada chiqqan juda ko‘plab kitoblaridan farqli ravishda bu kitobda muharrirning ishi sezilgan. Kitobda imlo va texnik xatolar deyarli uchramaydi. Tavsiya qilaman. Mutolaada bardavom bo‘ling!

❤🔥6🔥3
#taqriz
📌 Xuan Rulfo. Pedro Paramo
Xuan Rulfo nomi aksariyat o‘zbek o‘quvchisiga ma’lum emas. Bu adib Lotin Amerikasi adabiyotining vakili hisoblanadi. Uning butun dunyoda shuhrat qozongan “Yonayotgan dala” (1953) hikoyalar toʻplami, “Pedro Paramo” (1955) qisssasi va “Oltin xoʻroz”deb nomlanuvchi romani mavjud. Yozuvchining asarlari, xususan, mazkur qissasi dunyoning 30 dan ortiq tillariga tarjima qilingan. Asar bundan avval qism-qism holida “Jahon adabiyoti” jurnalida bosilgan. Butun kitob holida esa Anorbooks nashriyotidan 2023-yilda chiqqan. Mutarjim Emin Usmon.
O‘layotgan onasining vasiyatiga ko‘ra otasini izlab yo‘lga chiqqan yigitcha Xuan tez orada uning Komala shahrida ekanligidan xabar topadi. Shundan keyin voqealar tezlashadi. O‘quvchi ayni shu o‘rinlarida nima bo‘layotganini, arvohlar shahrida (Komala) qaysi arvoh kimga gapiryapti, aslida nima demoqchiligini tushuna olmay kitobni yopib qo‘yadi. Lekin siz unday qilmang. Chunki keyingi boblarda asar ruhiga moslashasiz, u yerda qilingan, natijada shaharni kultepaga, arvohlar makoniga aylantirgan xunrezliklardan ogoh bo‘lganingiz sari qiziqishingiz ortib boraveradi.
Barcha ko‘rguliklarning sababchisi Komalaning egasi va Xuanning otasi Pedro Paramo qishloqda dahshatli diktatura o‘rnatgandi. Bu obraz Lotin Amerikasining boshiga balolarni keltirgan mustabid tuzumning umumlashma protipi hisoblanadi.
Boylik, zulm, qo‘rquv muhabbatga egalik qilolmaydi. Pedro Paramo qanchalik ayollarning zo‘rlik bilan boshiga yetgan bo‘lmasin, umr bo‘yi birgina Susannaning muhabbatiga sazovor bo‘la olmadi.
Har qanday diktatura ustiga qurilgan hokimiyat kun kelib qulaydi, kuli ko‘kka sovuriladi. Odamlarni zulmga majburlash mumkindir, lekin rozi qilib bo‘lmaydi.
Asarni o‘qimasangiz bo‘lmaydi. Chunki Lotin Amerikasining fusunkor realizmi shu asardan boshlangan. Borxes, Migel Asturias, Markeslar ham aynan shu asarga o‘ta yuqori baho berishgan. Bu e’tirof esa haqli.
✍ Mohichehra A’zam
📸 Kamron Hasanov

❤6🔥5
#oysarhisobi iyul. 2024
1. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf – Vasatiya – hayot yo‘li.
2. Murod Muhammad Do‘st – Lolazor.
3. Ch. Aytmatov va M. Shoxonov – Cho‘qqida qolgan ovchining ohi zori.
4. Teodor Drayzer – Jenni Gerxardt.
5. Herman Hesse – Siddhartha.
6. Xuan Rulfo – Pedro Paramo.

❤16🔥6❤🔥3
#nazm
SEN KETGANDA
Ketganda,
Bir ayolday ketsang edi,
Noz-u firoq etsang edi...
Yo‘q, bunaqa ketmaydirsan sen,
Noz-u firoq etmaydirsan sen.
Sen ketsang, bog‘larday ketasan,
Vaqt o‘tgan sari yuk solib.
Sen xuddi tog‘larday ketasan,
Uzoqlashgan sari yuksalib.
Fig‘onsiz, faryodsiz va tilsiz,
Cheksiz bir vatanday ketasan.
Muhammad Solih
@boqiy_darbadarr
SEN KETGANDA
Ketganda,
Bir ayolday ketsang edi,
Noz-u firoq etsang edi...
Yo‘q, bunaqa ketmaydirsan sen,
Noz-u firoq etmaydirsan sen.
Sen ketsang, bog‘larday ketasan,
Vaqt o‘tgan sari yuk solib.
Sen xuddi tog‘larday ketasan,
Uzoqlashgan sari yuksalib.
Fig‘onsiz, faryodsiz va tilsiz,
Cheksiz bir vatanday ketasan.
Muhammad Solih
@boqiy_darbadarr
❤🔥12💔4❤3
#taqriz
📌 Ernest Xeminguey. To‘qchilik va yo‘qchilik
Adibning bu asari boshqa o‘qiganlarim ichida (Chol va dengiz, Alvido, qurol) yengilroqdek tuyuldi. Balki dialoglar ko‘pligi uchundir. Asarda yuksak falsafiy fikrlar ham yo‘q. Albatta qorin to‘qlash degan azaliy muammo turganida falsafabozlikka nima bor.
Bu asar erkaklar haqida. Oilasining qornini to‘qlash g‘amidagi erkaklar. Hech kuzatganmisiz, otangiz sizning qaysidir ehtiyojingiz uchun hech qayerdan pul topa olmayotgandagi holatini? Yuz ifodalariga e’tibor berganmisiz? Men e’tibor berganman. O‘sha vaqtda dadam uchun dunyoning hamma narsasidan ham oilamizning ehtiyoji muhim bo‘lardi, biz uchun eng qiyin ish bo‘lsa ham qiladigan bo‘lardi. O‘g‘il bola zoti borki, kichik yoshidan boshlab arzimagan narsalar bilan ham uyiga qandaydir foyda keltirishni ko‘zlaydi. O‘zicha mas’uliyatni his qiladi. Bu tuyg‘u erkaklarning fitratida bor.
Voqealar Florida sohillari atrofida kechadi. Adib baliqchi Harri Morgan va uning yonidagi odamlar hayotida buyuk turg‘unlik, iqtisodiy tanglik davrini ortiqcha bo‘yoqlarsiz, bor dag‘alligi bilan tasvirlaydi.
Oila bo‘lib yashash tabiiy. Bu jarayonda eng ko‘p og‘irlik erkaklarning bo‘yniga yuklanadi. Ibtidoiy davrlardan beri shunday. So‘qqabosh erkak hech qachon bir o‘zining qorni uchun jinoyatga qo‘l urmaydi. Oilasining kamini butlash bo‘ynida turgan erkak esa Harri kabi qilt etmay odam o‘ldirishi mumkin. Hozir chet elda ne-ne og‘ir sharoitlarda ishlab yurgan yigitlar istamasmikin xotin, bola-chaqasining yonginasida o‘tirishni, hech yo‘q uyida mehnat qilishni? Istaganda qandoq. Lekin Harrini jinoyatlarga undagan vaziyat ularni ham oilasi diydoridan mahrum bo‘lib yashashga majbur qiladi.
Xullas, bu asarni o‘qing. Va oilasi – siz-u biz uchun ishlayotgan otangiz, akangiz, eringiz, ukangizning qadriga yeting. Arzimas narsalar tufayli asabiga tegmang. Kerak-kerak emas buyumlarni deb pulini sovurmang, sog‘ligiga e’tiborli bo‘ling.

❤🔥10🔥8💔5
#tavallud_kun
Mendan ahvol so‘rasang — turmushim eskicha, bir maromda. Chatog‘i shundaki, bi-ir maromda! Noliyotganim yo‘q, hamma narsam yetarli, joyida. Lekin hayotimga nimadir yetishmaydi, nimadir — yirikroq tashvish deymizmi, to‘polon deymizmi yoki bir mo‘‘jizami... Qilayotgan ishlarimdan ko‘nglim to‘lmaydi, hammasi ko‘zimga mayda, arzimasdek tuyuladi. Ishga borib kutasan o‘sha narsani, uyga kelib kutasan — behuda. Goho boshingni devorga urging keladi — shoyad biror yangilik ro‘y bersa!..
© Erkin A’zam. “Anoyining jaydari olmasi”
Chantrimore, jo‘rajonlar! Bugun eng sevimli yozuvchilarimdan biri Erkin A’zam tavallud topgan kun. Adibni yuqoridagi hikoya orqali taniganman. Hikoya asosidagi ishlangan “Chantrimore” filmi men necha kunlar ta’siridan chiqolmagan sof, samimiy, xuddi ko‘ngilning o‘zi bo‘lgan filmlardan. Shundan keyin yozuvchining “Otoyining tug‘ilgan yili”, “Shoirning to‘yi”, “Pakananing oshiq ko‘ngli” kabi qissalarini, “Bir daqiqa ko‘zingni yum”, “Turmush”, “Navoiyni o‘qigan bolalar” va shu kabi bir qancha hikoyalarini o‘qidim. Erkin A’zamning yozganlaridan men qadim Surxon, xususan Boysunning odamlarini ko‘raman. Sodda, o‘ta samimiy, hazilkash, ko‘ngli nozik odamlarini. Adib bilan bir vohadan ekanligimdan faxrlanaman.
Xullas, o‘zbek adabiyotida yaxshi adib yo‘q deydiganlarga qarata sanaydigan adiblarim ichida albatta Erkin A’zam ham bor. Adibimizning umri uzoq bo‘lsin, yangi asarlar kutamiz!

❤5😢4🔥2
#nazm
Bolalikda koʻnglim oq edi,
Sochim esa edi tim qora.
Koʻp yaxshi, koʻp yomonni koʻrdim,
Kezdim sarson, kezdim ovora.
Ichga urdi makkorlar nuqsi,
Umr degan juda gʻaroyib.
Sochim endi oqarib borar,
Koʻnglim esa borar qorayib.
Matnazar Abdulhakim
@boqiy_darbadarr
Bolalikda koʻnglim oq edi,
Sochim esa edi tim qora.
Koʻp yaxshi, koʻp yomonni koʻrdim,
Kezdim sarson, kezdim ovora.
Ichga urdi makkorlar nuqsi,
Umr degan juda gʻaroyib.
Sochim endi oqarib borar,
Koʻnglim esa borar qorayib.
Matnazar Abdulhakim
@boqiy_darbadarr
💔20🔥9😢6❤🔥4❤3
#taqriz
📌 Harper Li. Mazaxchini o‘ldirish
Asar jasur, fikridan osonlikcha qaytmaydigan va bolalarga xos favqulodda aqlli qizcha Skaut tilidan hikoya qilinadi. U otasi, akasi Jem va xizmatkori Kelpurniya bilan Amerikaning janubidagi Meykomb shaharchasida tinch-osoyishta yashardi. Qizaloq va akasining o‘z olamlari, o‘yinlari, kitoblari, yoqtirgan va yoqtirmagan odamlari bor edi.
Hech kim ota-onasini tanlay olmaydi. Lekin kelajakda insonning tarbiyasi, intellekti qanday bo‘lishi ota-onaga juda ham bog‘liq. Bu borada Skaut va Jemga omad kulib boqqandi. Otalari Attikus advokat bo‘lish bilan birga eng yaxshi dada ham edi – bolalari bilan o‘ynar, kitob o‘qib berar, sabr bilan ko‘p narsalarni tushuntirar va eng muhimi yolg‘on gapirmasdi.
Bola tarbiyasida muhim narsalar ko‘p. Asosiylaridan biri esa ota-onaning o‘zlari o‘rnak bo‘lmay turib boladan nimanidir talab qilmasligi. Chunki bu bolaga nisbatan adolatsizlik. Attikus ham bugun o‘zi sudda qora tanli insonni himoya qilmasa, kelajakda farzandlaridan irqiy ayirmachilik qilmaslikni so‘rashga o‘zini haqsiz hisoblardi.
Qora tanlilarning asrlar bo‘yi oqlardan faqatgina tanasining rangi tufayli chekkan azoblarini barchamiz bilamiz. Ularni qul qilib sotish, paxta plantatsiyalarida uzluksiz ishlashga majburlash, eng jirkanch narsalarni ularga qildirish...
Shuncha mehnati evaziga ham jonining sariq chaqalik qadri bo‘lmasligi, butun yer kurrasida ijtimoiy ahamiyat kasb etmasligi, har qanday davlat imtiyozi ularga taalluqli bo‘lmasligi...
Bularning bari insoniyatning yuzidagi ketmas dog‘dir.
Harper Li asarida qora tanlilarga qilingan adolatsizlikning birgina parchasini ko‘rsatish orqali odamning tanasining rangi hech narsani hal qilmasligini, ularni inson sifatida ushlab turadigan boshqa kattaroq – rahm-shafqat, mehr-muhabbat, axloq kabi me’zonlar borligini ilgari suradi. Va bularni bola tilidan samimiy aytgani asarning qiymatini oshirgan.
Shubhasiz, “Mazaxchini o‘ldirish” olgan mukofotlariga arziydi, qolaversa irqiy ayirmachilikdan tashqari ham ko‘plab mavzularni qamraydi. Bilaman, hayot qisqa. Uni bema’ni asarlar mutolaasiga sarflab bo‘lmaydi. Lekin siz bu kitobni bir marta bo‘lsa ham o‘qishingiz kerak. Ehtimol, oxirida menga o‘xshab Skaut va Jemni quchoqlab qo‘ygingiz, janob Attikus bilan suhbatlashgingiz kelib qolar. Nega aynan “Mazaxchini o‘ldirish” deb nomlanganini ham o‘qish davomida bilib olasiz)
Aytgancha, kitob @akademnashr nashriyoti tomonidan yuqori sifatda, chiroyli muqovada chop etilgan. Menga kitobni sovg‘a qilgani uchun esa @quyoshtaraflarda ga tashakkur.
Mutolaadan charchamang!
✍ Mohichehra A’zam
@boqiy_darbadarr
📌 Harper Li. Mazaxchini o‘ldirish
Insonlar hatto o‘zlari sezmagan holda bir-birini tahqirlashadi, mana, nimaga yig‘lash kerak. Oq tanlilar qora tanlilarni tahqirlashadi, ular ham odam-ku deb o‘ylab ham ko‘rishmaydi, mana nima uchun yig‘lash kerak.O‘ylab qarasam men uchun eng yaxshi asarlar bolalar tilidan yoki bolalarga atab yozilgan asarlar ekan. Masalan, “Azizim, po‘rtaxol”, “Rangin qushcha”, “Sariq devni minib”, Janni Rodari asarlari yoki “Mazaxchini o‘ldirish”...
Asar jasur, fikridan osonlikcha qaytmaydigan va bolalarga xos favqulodda aqlli qizcha Skaut tilidan hikoya qilinadi. U otasi, akasi Jem va xizmatkori Kelpurniya bilan Amerikaning janubidagi Meykomb shaharchasida tinch-osoyishta yashardi. Qizaloq va akasining o‘z olamlari, o‘yinlari, kitoblari, yoqtirgan va yoqtirmagan odamlari bor edi.
Hech kim ota-onasini tanlay olmaydi. Lekin kelajakda insonning tarbiyasi, intellekti qanday bo‘lishi ota-onaga juda ham bog‘liq. Bu borada Skaut va Jemga omad kulib boqqandi. Otalari Attikus advokat bo‘lish bilan birga eng yaxshi dada ham edi – bolalari bilan o‘ynar, kitob o‘qib berar, sabr bilan ko‘p narsalarni tushuntirar va eng muhimi yolg‘on gapirmasdi.
Bola tarbiyasida muhim narsalar ko‘p. Asosiylaridan biri esa ota-onaning o‘zlari o‘rnak bo‘lmay turib boladan nimanidir talab qilmasligi. Chunki bu bolaga nisbatan adolatsizlik. Attikus ham bugun o‘zi sudda qora tanli insonni himoya qilmasa, kelajakda farzandlaridan irqiy ayirmachilik qilmaslikni so‘rashga o‘zini haqsiz hisoblardi.
Qora tanlilarning asrlar bo‘yi oqlardan faqatgina tanasining rangi tufayli chekkan azoblarini barchamiz bilamiz. Ularni qul qilib sotish, paxta plantatsiyalarida uzluksiz ishlashga majburlash, eng jirkanch narsalarni ularga qildirish...
Shuncha mehnati evaziga ham jonining sariq chaqalik qadri bo‘lmasligi, butun yer kurrasida ijtimoiy ahamiyat kasb etmasligi, har qanday davlat imtiyozi ularga taalluqli bo‘lmasligi...
Bularning bari insoniyatning yuzidagi ketmas dog‘dir.
Harper Li asarida qora tanlilarga qilingan adolatsizlikning birgina parchasini ko‘rsatish orqali odamning tanasining rangi hech narsani hal qilmasligini, ularni inson sifatida ushlab turadigan boshqa kattaroq – rahm-shafqat, mehr-muhabbat, axloq kabi me’zonlar borligini ilgari suradi. Va bularni bola tilidan samimiy aytgani asarning qiymatini oshirgan.
Shubhasiz, “Mazaxchini o‘ldirish” olgan mukofotlariga arziydi, qolaversa irqiy ayirmachilikdan tashqari ham ko‘plab mavzularni qamraydi. Bilaman, hayot qisqa. Uni bema’ni asarlar mutolaasiga sarflab bo‘lmaydi. Lekin siz bu kitobni bir marta bo‘lsa ham o‘qishingiz kerak. Ehtimol, oxirida menga o‘xshab Skaut va Jemni quchoqlab qo‘ygingiz, janob Attikus bilan suhbatlashgingiz kelib qolar. Nega aynan “Mazaxchini o‘ldirish” deb nomlanganini ham o‘qish davomida bilib olasiz)
Aytgancha, kitob @akademnashr nashriyoti tomonidan yuqori sifatda, chiroyli muqovada chop etilgan. Menga kitobni sovg‘a qilgani uchun esa @quyoshtaraflarda ga tashakkur.
Mutolaadan charchamang!
✍ Mohichehra A’zam
@boqiy_darbadarr
❤6🔥6❤🔥4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tarjima
Doim aqlimdasan. Qara, ko‘rdingmi?
Sening ham ketadigan boshqa joying yo‘q...
O‘zdemir Asaf
@boqiy_darbadarr
Doim aqlimdasan. Qara, ko‘rdingmi?
Sening ham ketadigan boshqa joying yo‘q...
O‘zdemir Asaf
@boqiy_darbadarr
❤🔥14❤6😢4
#nazm
Nogoh salqin keldi avgust so‘ngida,
Yomg‘ir yog‘ib o‘tdi bugun ertalab.
Ertalab - sabrning ko‘zi o‘ngida –
Men sening ismingni aytdim erkalab.
Nogahon o‘zgarish etdimi ta’sir,
Yo salqin xotirang yetdi – bilmadim:
Ko‘nglimni ertalab etmadim tahrir -
Erkalab ismingni aytdim. Yig‘ladim.
Tushundim - taqdiring ishin yuritgan
Beyurak royishlar haqlidir, haqli.
O‘yladim: - Albatta, meni unutgan! -
Albatta, baxtlidir! Albatta, baxtli!
Asli bu mung nechun? Taqdir hal bo‘lgan.
Umrdan necha kun qoldi? Bilmadim.
Sensiz o‘lmog‘imga qismatim ko‘ngan...
Baribir yig‘ladim.
Usmon Azim
P/s. Har yili avgustning so'nggi kunlarida shu she’rni kanalga tashlash o‘ziga xos an’anaga aylangan.

🔥18❤🔥10❤9
#tavallud_kun
Bu dunyoning shudir bori –
Rasm chizdi Ro‘zi Chori.
Yig‘lab ketdi bu dunyodan
Topolmasdan qayda yori.
Bugun mashhur rassom Ro‘zi Chorining tavallud kuni. Aslida men bu odamni hech tanimasdim agar Mahmud Nomozovning “Musavvir qo‘shig‘i” bo‘lmaganida. Haqiqiy san’at bir-biriga shunday bog‘liq bo‘ladi. Siz ularning biridan boshqasini topasiz, topganingizga qiziqasiz, keyin muxlislik qilasiz.
Ro‘zi Chori ijodidan namunalarni bu yerga joylamadim. San’atga befarq bo‘lmagan odam o‘zi topib oladi)
Bularni ko‘rsangiz ham rassom shaxsiyati haqida tasavvurga ega bo‘lasiz:
Sharof Boshbekov Ro‘zi Chori haqida
Ro‘zi Choriyev: “San’atning yoshi yo‘q...”
Shukur Xolmirzayev. “Bir oqshom suhbati yoki do‘stim Ro‘zi Choriyev”

❤🔥11❤1
#oysarhisobi avgust. 2024
1. Ernest Xeminguey – To‘qchilik va yo‘qchilik
2. Harper Li – Mazaxchini o‘ldirish
3. Tara Vestover – Talaba
Va shuning bilan yozni ham yakunladik...

🔥16❤1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#movie_time
🎞 Pianinochi haqida afsona
Mustaqillik bayramingiz va dam olish kuningiz bilan tabriklagan holda sizlarga shu filmni ko‘rishni tavsiya qilaman. Bayram bayramdek, dam olish dam olishdek o‘tsinda)

🔥6❤🔥2❤2
#nimadir
15 yildan beri har sentyabrni o‘qish boshlanadigan, qadrdon auditoriyamga boradigan, do‘stlarimni ko‘radigan kun sifatida sog‘inib kutardim. 15 yildan beri men o‘qitiluvchi edim. Bu yil sentyabr esa boshqacha keldi. Aslida odatiy, boshqachaligi o‘zim uchun. Chunki bu safar men o‘qituvchi sifatida ish boshlayman. Doim o‘rganuvchi rolida bo‘lgan odamning o‘rgatuvchiga aylanishi boshqacha bir mas’uliyat yuklaydi. Jamoa bilan ishlash mas’uliyati, o‘quvchilarning mendan kutuvlari, o‘zimning o‘zimdan kutyotganlarim...

❤🔥29❤10🔥8