#nimadir
Hammasiga kulib qo‘ydim degan siyqa gap bor. Odam kuyib-kuyib, yig‘lab-yig‘lab bo‘lganidan keyin kulib qo‘yadigan darajaga boradi. Keyin u darajadan yanada yuksaladi. Shaxsiy yuksaladi, hissiy yuksaladi, obro‘si, kariyerasi yuksaladi. Yaralarning o‘rnini chuqur chandiqlar bosadi. O‘shanda kuygan narsalari ko‘ziga endi rostdanam kulgili tuyula boshlaydi. Tuyg‘ulariga asir bo‘lib chiqargan qarorlarini sovuq aql bilan tahlil qilib eski o‘zi o‘ziga ahmoqdek tuyulsa ham ne ajab.
Xo‘sh, baribir hayotidagi eng muhim poyezdni o‘tkazib yuborgan, eng daqiq lahzada nigohini bir dam chetga qaratgan-u qiziq tomoshadan quruq qolgandek bo‘laversa nima qilish kerak?
Bilsangiz, insonga qiyin, juda qiyin...
@boqiy_darbadarr

💔12❤🔥7❤7🔥4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Balki men eskicha odamdirman, balki, stereotiplar asiridirman, lekin kitob o‘qimaydigan odam men uchun achinarli va g‘arib ko‘rinadi.
© F. Dostoyevskiy
@boqiy_darbadarr
© F. Dostoyevskiy
@boqiy_darbadarr
❤🔥17🔥4
#mutolaa
“...Uning borlig‘ini sovuq sergak befarqlik egallab oldi. Birinchi marta gunohga yo‘l qo‘yganidan qattiq iztirobga tushganida yuragining tub-tubidan vulqonday qaynab-toshib kelgan g‘azab va nafrat otashi tanini yo bo‘lmasa ruhini kuydirib, bir umrga majruh qilib qo‘yadiganday tuyulib, qattiq qo‘rqqandi. Biroq hayot to‘lqini uni goh g‘arq qilib, goh pasayib-tushib asta-sekin o‘ziga keltirdi. Bu talato‘pdan uning tani, ruhi omon qoldi va ular o‘rtasida so‘zsiz-so‘roqsiz bitim-murosa paydo bo‘ldi. Yuragidagi behalovat tuyg‘ularga barham bergan mubhamlik bir qadar befarq bo‘lib, sovuqqonlik bilan o‘zini o‘zi anglashga aylandi. U bir emas, bir necha marta og‘ir gunohga qo‘l urgan edi va birinchi qilgan gunohining o‘zi uchun abadiy la’natga qolishi tayinligini bilar, keyingilari esa tortajak azoblariga yana azob qo‘shardi, xolos. O‘tayotgan kunlar, mashg‘ulotlat va azobli o‘ylar endi uning gunohlarini yengillatmas – ob-hayot bulog‘ining huzurbaxsh suvi endi uning qashshoq ruhiga tiriklik shavqini bag‘ishlamas edi. Endi u gadoylarga sadaqa berganida bir zum to‘xtab, ularning duolarini eshitib o‘tirmas, burilib ketib qolar, horg‘in xayol surib, balki shunday qilsam ozgina bo‘lsa-da savob olarman deb umidlanardi.”
Jeyms Joys. Musavvirning yoshlikdagi shamoyili

❤🔥6❤6
#nimadir
Ba’zi odamlarni chetdan ko‘rib ixlos qo‘yasiz, sababini o‘zingiz ham anglamagan holda hurmat qilasiz. Keyin esa... Yo‘q, chetdan hurmat qilib yuraverganingiz ma’qul.

😢25💔9🔥8❤🔥3❤2
Adabiyot yaxshi narsa-da, Varenka, juda yaxshi narsa; men buni undan uchinchi kuni bilib olganman. Chuqur narsa! Odamlarning qalbini mustahkamlaydi, tarbiyalaydi va uning mana bu kitobchasida qolgan turli xil narsalarning hammasi yozilgan. Juda zo‘r yozilgan! Adabiyot - bu suvrat, ya’ni suvrat va oynaga o‘xshagan bir narsa: ehtirosli gaplar, nozik tanqidlar, pand- nasihatlar, hujjatlar hammasi bor unda. Bular barini men unikida bo‘lganimda bilib olganman. Sizga ochig‘ini aytaman, onajon, ularning ichida o‘tirganingda (ularga o‘xshab sen ham trubka chekasan, albatta), ularning turli narsalar haqida tortisha ketganlarini ko‘rasan, tinglaysan, bunaqa narsalar mening qo‘limdan kelib bo‘pti, onajon, siz bilan bizga yo‘l bo‘lsin ularning oldida. Gʻirt to‘nka bo‘lib qolaman, o‘zimdan uyalib ketaman, butun oqshom davomida ignaning uchida o‘tirganday bo‘lasan odam, jillaqurmasa bir og‘iz so‘z aytib, davraga qo‘shilging keladi-yu, biroq qani o‘sha bir og‘iz so‘z? O‘chakishganday, tilga hech narsa kelmaydi-da! Keyin o‘zingdan xafa bo‘lib ketasan, Varenka, bir pulga qimmatliging shundoq bilinib qoladi, maqolda aytiladi-ku-xudo bo‘ydan beribdi-yu, aqldan bermabdi-da deb, o‘sha bo‘lasan-qolasan.
“Kambag‘allar”
P/s. Asarni 2 yil oldin ayni kuz pallasi – oktyabr oyida o‘qigandim. Kitobdagi eng yoqqan parcha esa mana shu.
@boqiy_darbadarr
“Kambag‘allar”
P/s. Asarni 2 yil oldin ayni kuz pallasi – oktyabr oyida o‘qigandim. Kitobdagi eng yoqqan parcha esa mana shu.
@boqiy_darbadarr
🔥12❤🔥7
#nazm
Qaro tunlar oqarib borar,
Jism-u jonim, o, qarib borar.
Borgan sari umrim rangida
Qaro ortar, oq arib borar.
G. Asqarova
@boqiy_darbadarr
Qaro tunlar oqarib borar,
Jism-u jonim, o, qarib borar.
Borgan sari umrim rangida
Qaro ortar, oq arib borar.
G. Asqarova
@boqiy_darbadarr
❤🔥25❤5💔4
#nimadir
Masalan, hayotda yaxshi suhbatdoshing bo‘lsa kanalga hech narsa yozib o‘tirishga hojat qolmaydi.

🔥23❤🔥11💔8😢6❤2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#nazm
Tilingda kimnidir ismi boʻlsa,
Ketishing – muhabbat,
Yolgʻizgina ketish esa –
Koʻngilga ketishdir,
Dunyo goʻzal tortgusi
Bu ketishingdan.
Sen esa yigʻlab ketyapsan.
Bu – sogʻinchli ketishda
Parvardigorga yetgaysan,
Xudo xohlasa...
Usmon Azim
@boqiy_darbadarr
Tilingda kimnidir ismi boʻlsa,
Ketishing – muhabbat,
Yolgʻizgina ketish esa –
Koʻngilga ketishdir,
Dunyo goʻzal tortgusi
Bu ketishingdan.
Sen esa yigʻlab ketyapsan.
Bu – sogʻinchli ketishda
Parvardigorga yetgaysan,
Xudo xohlasa...
Usmon Azim
@boqiy_darbadarr
❤🔥19🔥9❤7
#nimadir
Ulg‘ayganlik belgilaridan biri– endi fasllar va sanalarning ahamiyati yo‘qolishi.

💔21😢5❤🔥4🔥4❤2
#tungi_mutolaa
Nodar Dumbadze. Hellados (hikoya)
O‘ylab qarasam, dinozavrlar davridan beri #tungi_mutolaa heshtegi ostida hikoya ulashmabman)
Nodar Dumbadzeni hammamiz maktab darsligidagi shu hikoyasi orqali taniymiz, ma’nosiga tushunib-tushunmay o‘qiganmiz. Ammo, bilasizmi, Venetsian ko‘chasining kichik "zolim"i Yangulining vataniga bo‘lgan tuyg‘ulari barchamiznikidan buyukroq. Negaki, u haqiqiy. Adib esa ortiqcha soxtaliksiz, pafossiz ham yurakning eng tubiga yetadigan asar yozishni eplagan buyuk ijodkor.
Kishi avval o‘qigan narsasini bir necha yildan keyin o‘qisa oldingiga qaraganda o‘zgacha tuyg‘ularni his qiladi. Kuni kecha "Hellados"ni qayta o‘qidim-u, shu tuyg‘uni boshdan kechirdim. Albatta, yozuvchining boshqa asarlarini ham topib o‘qishingizni xohlardim.
@boqiy_darbadarr
https://n.ziyouz.com/portal-haqida/xarita/jahon-nasri-onlayn-antologiyasi/nodar-dumbadze-1928-1984-gruziya/nodar-dumbadze-hellados-hikoya

Ziyouz
Nodar Dumbadze. Hellados (hikoya)
— Jamol — skripka! — Yanguli — mishiqi! — Jamol — cho‘chqa! — Yanguli — ipirisqi grek! — Jamol — sassiqtaka! — Chivinbotir! — Eshshak! — Chuvrindi! — Bezor...
❤12❤🔥4🔥4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
– Qo’llar qanchalar chiroyli a!..
– Shunaqami?
— Bu barmoqlar qurol ishlatish uchun emas, pianino chalish uchun.
— Buniyam o’ylab ko’ramiz.
— Yur, ketamiz bu yerlardan. Sen pianino chalasan, men sen uchun Menemen pishirib beraman.
— Qayerdan bilasan Menemenni yaxshi ko’rishimni?
— Men faqat shu ovqatni pishirishni bilaman-da, shundan! ))
“Qashqirlar makoni” seriali Elif hamda Po‘lat Alemdar suhbatidan

❤🔥17❤5🔥4💔3
#taqriz
📌 Chingiz Aytmatov – Asrga tatigulik kun
Mana bir necha kundirki, qulog‘im ostidan shu jumlalar ketmaydi. Atay emas, beixtiyor eslayveraman. Ammo negaligini bilmayman. Kitob Chingiz Aytmatovning barcha asarlari kabi “zerikarli” boshlanadi. Lekin bu payt yopib qo‘yishga shoshilmaslik kerak. 50-100 bet o‘qisangiz kifoya. Uyog‘ini qanday tugallab qo‘yganingizni bilmay qolasiz.
Sap-sariq cho‘l. Unda kichkinagina Bo‘ronli bekati bor. Bekatda esa taqdir shamoli rizqini sahroyi azimga sochgan bir qancha oila ahil-inoqlikda, o‘zlariga yarasha o‘ylar, tashvishlar girdobida yashaydi. Tinimsiz o‘tib qaytadigan poyezdlardagi o‘tkinchilar ularni goh masxara qilib o‘tsa, goh shunday gadoytopmas yerda yashayotganlariga achinashadi, ba‘zida esa shunchaki bee'tibor o‘tadi-ketadi. Bu insonlarning ham orzulari, armonlari, muhabbati, qadriyatlar-u an’analari borligidan, albatta, yo‘lovchilarning xabari yo‘q. Chunki Bo‘ronlida to‘ymi, azami, qora kunmi, noqulay ob-havomi– baribir poyezdlar to‘xtamaydi.
Asar bekatda uzoq yillar xizmat qilgan, shu yerning eng keksa odami–Kazangap vafoti bilan boshlanadi-yu, uning do‘sti Edigey o‘ylari bilan davom etadi. O‘ylar ne– bu ikki o‘rtoqning butun kechmishi, umri, yaxshi-yomon kunlari, kelajak oldidagi so‘roqlarini, tashvishlari. Bularning bari hamda uch rivoyat–“Nayman ona va manqurt”, “Sario‘zakdagi qatl”, “Raymali og‘a va Begimoy” syujet ipiga mohirona tiziladi. Ba’zi o‘rinlarda rivoyatga berilib ketib aslida qaysi kitobni o‘qiyotganingizni ham unutasiz)
Badiiy kitob borki, unda sevgi aralashmagan sahna yo‘q. O‘zi hayot mazmuni-da ishq bo‘lgach, uning kitoblarga ko‘chishi tabiiy. Bu asarda men tamoman boshqacha muhabbatni ko‘rdim. Nechukki, uni so‘z bilan ta’riflab berib bo‘lmaydi. Faqat o‘qibgina tuya olish mumkin. Ana shunda Chingiz Aytmatovning mahoratiga yana bir bor tan berasiz va adib qarshisida shlyapangizni yechasiz)
Siz mendek kechikib yurmasdan tezroq o‘qing.
✍ Mohichehra A’zam
@boqiy_darbadarr
📌 Chingiz Aytmatov – Asrga tatigulik kun
Bu o‘lkalarda poyezdlar mashriqdan mag‘ribga tomon, mag‘ribdan mashriqqa tomon paydar-pay qatnab turadi.
Temir yo‘lning ikkala tomonida yovshanzor bilan qoplangan hayhotday dashtlik–Sario‘zak, o‘rtacho‘l yastanib yotadi.
Har qanday masofa Grinvich meridianidan o‘lchangani singari bu yerlarda masofa temir yo‘lga nisbatan o‘lchanadi. Poyezdlar esa paydar-pay qatnab turadi...
Mana bir necha kundirki, qulog‘im ostidan shu jumlalar ketmaydi. Atay emas, beixtiyor eslayveraman. Ammo negaligini bilmayman. Kitob Chingiz Aytmatovning barcha asarlari kabi “zerikarli” boshlanadi. Lekin bu payt yopib qo‘yishga shoshilmaslik kerak. 50-100 bet o‘qisangiz kifoya. Uyog‘ini qanday tugallab qo‘yganingizni bilmay qolasiz.
Sap-sariq cho‘l. Unda kichkinagina Bo‘ronli bekati bor. Bekatda esa taqdir shamoli rizqini sahroyi azimga sochgan bir qancha oila ahil-inoqlikda, o‘zlariga yarasha o‘ylar, tashvishlar girdobida yashaydi. Tinimsiz o‘tib qaytadigan poyezdlardagi o‘tkinchilar ularni goh masxara qilib o‘tsa, goh shunday gadoytopmas yerda yashayotganlariga achinashadi, ba‘zida esa shunchaki bee'tibor o‘tadi-ketadi. Bu insonlarning ham orzulari, armonlari, muhabbati, qadriyatlar-u an’analari borligidan, albatta, yo‘lovchilarning xabari yo‘q. Chunki Bo‘ronlida to‘ymi, azami, qora kunmi, noqulay ob-havomi– baribir poyezdlar to‘xtamaydi.
Asar bekatda uzoq yillar xizmat qilgan, shu yerning eng keksa odami–Kazangap vafoti bilan boshlanadi-yu, uning do‘sti Edigey o‘ylari bilan davom etadi. O‘ylar ne– bu ikki o‘rtoqning butun kechmishi, umri, yaxshi-yomon kunlari, kelajak oldidagi so‘roqlarini, tashvishlari. Bularning bari hamda uch rivoyat–“Nayman ona va manqurt”, “Sario‘zakdagi qatl”, “Raymali og‘a va Begimoy” syujet ipiga mohirona tiziladi. Ba’zi o‘rinlarda rivoyatga berilib ketib aslida qaysi kitobni o‘qiyotganingizni ham unutasiz)
Badiiy kitob borki, unda sevgi aralashmagan sahna yo‘q. O‘zi hayot mazmuni-da ishq bo‘lgach, uning kitoblarga ko‘chishi tabiiy. Bu asarda men tamoman boshqacha muhabbatni ko‘rdim. Nechukki, uni so‘z bilan ta’riflab berib bo‘lmaydi. Faqat o‘qibgina tuya olish mumkin. Ana shunda Chingiz Aytmatovning mahoratiga yana bir bor tan berasiz va adib qarshisida shlyapangizni yechasiz)
Siz mendek kechikib yurmasdan tezroq o‘qing.
✍ Mohichehra A’zam
@boqiy_darbadarr
🔥11❤🔥3❤2
Bugun Dostoyevskiy tug‘ilgan kun. Kuz–dunyoga daholarni bergan fasl!
Men “Jinoyat va jazo”, “Aka-uka Karamazovlar”, “Oydin tunlar”, “Ma’suma”, “Xo‘rlanganlar va haqoratlanganlar”, “Maktublar”, “Kambag‘allar” asarlarini o‘qiganman. Kechagina “Telba”ni boshladim.

🔥15❤🔥9
#nazm
Yangi tong.
Tongda erib ketar
Kecha .
Uyqusini quvib kòchaning
Avtolar shovqin solib kechar.
Dunyo sòrarmidim sendan,
Do'stim, shu daqiqa.
Shunchaki, tong nafasi yangligʻ
Tabassuming kerak
Faqat.
©Rauf Parfi
@boqiy_darbadarr
Yangi tong.
Tongda erib ketar
Kecha .
Uyqusini quvib kòchaning
Avtolar shovqin solib kechar.
Dunyo sòrarmidim sendan,
Do'stim, shu daqiqa.
Shunchaki, tong nafasi yangligʻ
Tabassuming kerak
Faqat.
©Rauf Parfi
@boqiy_darbadarr
❤🔥11❤5🔥4😢3
#mutolaadan
Fyodor Dostoyevskiy
“Telba”
@boqiy_darbadarr
Siz odam bolasining nafsoniyati qanday lo‘ttibozliklarga qodir ekanligini tasavvur ham qilolmaysiz
Pulning qabohati va yaramasligi shundaki, u hatto yo‘q iste’dodni bor qiladi
Fyodor Dostoyevskiy
“Telba”
@boqiy_darbadarr
❤14💔6❤🔥5
Har kecha ruhimni kuydirgan ogʻriq,
Olib borajakdir meni Xudoga!
Ravshan Haqmurod
#nimadir
Uzun yo‘l. Men ketyapman.
Yuragim to‘lib-to‘lib ketyapman.
O'ksinib-o‘ksinib, og‘rinib-og‘rinib ketyapman.
Kuyib-kuyib, kulib-kulib ketyapman.
Yig‘lab-yig‘lab ketyapman.
Bu turishda bir kuni Xudoga yetib boraman!
Shaksiz, yetib boraman men Xudoga.
@boqiy_darbadarr
❤🔥12🔥8❤4💔3
Shaxsiy farovonlik yo‘q bizda. Bor, lekin noto‘g‘ri ko‘rinishda. Bitta jihatiga to‘xtalmoqchiman. Deylik, ikki sevishgan yoki er-xotin. Kelisholmay qoldi, munosabatlar taranglashdi, biri ikkinchisiga yoqmay qoldi va h.k. Nima qilish kerak, aqlli odamlarday o‘tirib muhokama qilish, masalalarni o‘rtaga tashlash kerak. Keyin, masalan, yaxshilash uchun vaqt belgilaydi yoki ma’lum vaqt tanaffus qilishi mumkin. Ko‘zi yetmasa, ajrashadi tinchgina. Bo‘ldi. O‘rtadagi sevgi, mehr qolaveradi, do‘stona munosabat saqlanadi. Bu – shaxsiy farovonlik uchun qilingan ish.
Lekin o‘zimizda munosabatlar eng rasvo ahvolga kelguncha yashayveradi yoki sevishganlar bo‘lsa, hech qanday mas’uliyatsiz, muhokamasiz “ignor” qiladi, bir-biriga loy chaplaydi... Umuman nosog‘lom. Ajrashgan juftliklar bisotidagi bor haqorat bilan siylaydi bir-birini, nima siri bo‘lsa, ochadi barini. Yetim qolgan bola yanayam kuchli bosimda o‘sadi, er xotinni, xotin erni yomonlaydi farzandga. Xullas, qanday bo‘lishini bilasiz-ku, ko‘rib yuribsiz.
Hayotda, shaxsiyatda chegaralar bor, o‘shalar bizning yaxshi yashashimiz uchun muhit hosil qiladi. O‘zimizni va barobarda boshqalarni baxtsiz qilishni bas qilishimiz kerak. Buyam ancha beri ko‘tarilayotgan eski gap. Jin ursin, bitta men aqlliman-e))
© Shahobiddin Luqmon

❤13❤🔥8🔥6😢3💔2
#nazm
O'ttizinchi Noyabr
Noyabr yashaydi so'nggi kunini,
So'nggi sayohatda -
So'nggi soatlar,
Tun teskari kiyib olar to'nini -
Qo'lini cho'zgancha qolar daraxtlar,
O, mayda qushlar ham
Bilmagay tinim.
Havoda raqs etar,
Barglar uyumi
Noyabr!
Noyabr! - aylanmas tilim -
Dunyodan ketmoqlik -
Shuncha qiyinmi?!
Keksaygan bulutlar
Topar yo'lini -
O'zin to'foniga o'zin etar g'arq.
Nahot, xazonlarga
To'la umringni -
Noyabr,
Bir kunda etasanami tark?!
©Xosiyat Rustamova
@boqiy_darbadarr
O'ttizinchi Noyabr
Noyabr yashaydi so'nggi kunini,
So'nggi sayohatda -
So'nggi soatlar,
Tun teskari kiyib olar to'nini -
Qo'lini cho'zgancha qolar daraxtlar,
O, mayda qushlar ham
Bilmagay tinim.
Havoda raqs etar,
Barglar uyumi
Noyabr!
Noyabr! - aylanmas tilim -
Dunyodan ketmoqlik -
Shuncha qiyinmi?!
Keksaygan bulutlar
Topar yo'lini -
O'zin to'foniga o'zin etar g'arq.
Nahot, xazonlarga
To'la umringni -
Noyabr,
Bir kunda etasanami tark?!
©Xosiyat Rustamova
@boqiy_darbadarr
❤20🔥3