#oysarhisobi 2024
Kuz
sentyabr
1. Odil Yoqubov–Ulug‘bek xazinasi(qayta mutolaa).
2. Erkin Vohidov–Ruhlar isyoni.
3. Abdulla Oripov–Sohibqiron.
oktyabr
1.Luqmon Bo‘rixon–Jaziramadagi odamlar.
2. Tog‘ay Murod–Yulduzlar mangu yonadi.
noyabr
1. Chingiz Aytmatov–Asrga tatigulik kun.
2. Fyodor Dostoyevskiy–Telba.
@boqiy_darbadarr

❤8🔥6
#nazm
AYRILIQ
Yana bu shaharda yuzma-yuz keldik,
Nailoj, boshqa bir shaharimiz yo‘q.
Balki biz baxtiyor bo‘la olardik,
Ehtimol, baxtlimiz, xabarimiz yo‘q.
Oradan, o, qancha yil o‘tib ketdi,
Tanimay qolibman kechirgin meni.
O‘ylardim men sensiz o‘lib qolaman,
Men sensiz o‘lmadim...
Kechirgin meni.
"O‘lmadim," — deyman-u, bu so‘z ko‘p og‘ir,
O‘lib bo‘lgandirman balki men sensiz.
Qabrsiz, kafansiz o‘lganman aniq,
O‘limdan og‘irdir axir ayriliq.
Balki biz o‘shanda ayrilmasaydik,
Na men avvalgiman, na sen endigi.
Ayrildik, shaytonni kuldirdik u dam,
Bu yil-u, bu oyning bu kunidagi,
Mana bu ko‘chada uchrashib turgan,
Meni ham, seni ham o‘ldirdik u dam.
Yon-atrof to‘ladir odamlar bilan,
Qo‘l ushlashgan erkak-ayollar o‘tar.
O‘zidan bexabar xayollar bilan,
O‘zini o‘ldirgan odamlar o‘tar.
O‘tar o‘z qoniga botgan odamlar,
Holbuki, qon qani?
Oh-vohlar yo‘qdir.
Hamma gunohkorlar dunyoda ammo,
Dunyoda hech kimning gunohi yo‘qdir.
Bizsiz yozilmishdir bu tole, bu baxt,
Sopqondan otilgan bir juft toshmiz biz.
Balki bu dunyoda o‘n-o‘n besh yilmas,
Ming yildan ko‘proqdir ayrilig‘imiz.
Biz yo‘lda adashib ketdik nogahon,
Bir manzilni ko‘zlab yo‘lga chiqqan on.
Firoqda yashaymiz ming yildan buyon,
Ming yillik xatoga bo‘lganmiz qurbon.
Ehtimol, almashib qolgan qish-bahor,
Ehtimol, almashgan qishlog‘-u shahar.
Balki o‘z qornida o‘gay onalar
O‘gay bolalarni ko‘tarib yurar.
Balki boshdan oyoq yolg‘ondir umrim,
Balki, toleyim ham aslida yolg‘on.
Hov yo‘ldan o‘tgan qiz onamdir balkim,
Balki o‘g‘limizdir anavi o‘g‘lon.
Bu yolg‘on umrimda sen o‘zi kimsan?
Balki, sevgilim ham bo‘lmagandirsan?
Balki onamdirsan, opam, buvimsan,
Bir Olloh biladi — Sen kimsan, kimsan?
Bizni kim qutqarib olar firoqdan?
Ohimizga yetar na samo, na yer,
Na o‘lik, na tirik. Ammo yiroqsan,
Kel, hech yo‘q, o‘paman. Qo‘llaringni ber!
Deysanki, murdaman. Meni o‘pmagin,
Kaftlarim ichida sovuq yer qo‘ling.
Deysan, rahming kelsin, meni o‘pmagin,
Qo‘limdan hidlari kelar o‘limning.
Ramiz Ravshan

❤🔥12❤7
#iqtibos
Sen hamma narsaga ahamiyat beraverasan. Bu seni eng baxtsiz odamga aylantiradi.
@boqiy_darbadarr
Sen hamma narsaga ahamiyat beraverasan. Bu seni eng baxtsiz odamga aylantiradi.
@boqiy_darbadarr
💔21❤9
#taqriz
📌 Anton Chexov. Kuchuk yetaklagan xonim
Kitobdan Chexovning 20 dan ortiq hikoyasi va “Qora rohib” qissasi o‘rin olgan. Muallif biror hikoyani o‘zicha yakunlamaydi. Hammasi ayni kulminatsion nuqtada tugab qoladi. Uslubning go‘zalligi ham shunda: yakunni o‘qirmanning o‘ziga qoldiradi. Qolaversa, Chexov hammamiz bilgandek realistligi va kam so‘zda ko‘p ma’no ifodalay olishi bilan kitobxon diqqatiga sazovor.
“Yozuvchi”– bu hikoyada choy sotadigan kompaniya egasiga reklama yozishga kuni qolgan yozuvchi haqida gap ketadi. Eng yomoni u reklama matnida 3 yil avval omborga keltirilgan choylarni kuni kecha keldi deb yozishi, hammani aldashi kerak edi. Qahramonning qanchalik zabun, mushkul ahvolda qolganini: “Rossiyani aldayapman! Butun Rossiyani! Bir burda non uchun Vatanimni aldayapman! Eh!”– degan gaplaridan bilish mumkin.
“Bebaho ko‘ppak”–hikoya nomini o‘qiganda, albatta, menga o'xshab qahramonga qadrli bo‘lgan, zotdor it nazarda tutilyapti deb o‘ylashingiz aniq. Ammo...
“G‘urbatda”– eng ayanchli narsa kimgadir tobe bo‘lish.
“Jaholat”–g‘oyaviy jihatdan Abdulla Qahhorning “O‘g‘ri” hikoyasiga o‘xshatdim. Savodsiz, nochor xalq va ularni sariq chaqaga olmaydigan amaldorlar kontrasti ayovsiz reallikni ochib berib, kishi qalbida cheksiz achinish, nafrat hislarini uyg‘otadi.
Hikoyalarning barchasi davr va uning turfa odamlari, yashash tarzi, fe’l-atvori haqida aniq tasavvur beradi. Kamiga qanday o‘qib tashlaganingizni bilmay qolasiz.
✍ Mohichehra A’zam

❤8🔥4😢1
#taqriz
📌 Jianna Molinari. Bu yerda hamma narsa bo‘lishi mumkin.
Shveysariyalik bu adibani ushbu kitobi orqali tanidim. Asar nomi va muqovasi diqqatni tortadigan darajada ajoyib. Bu kitob bundan ikki yilcha oldin ham Akademnashrdan yumshoq muqovada chop etilgan ekan. Mendagisi esa “Akadem•nasr” turkumida chiqqani. Tarjimon Gulnoza Nabiyeva. Nemis tilidan to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘girgan.
Kitobda ismi noma’lum qizning eski, yopilish arafasida turgan fabrikaga tungi qorovul bo‘lib ishga kirishidan boshlanadi. Voealar ham qiz tomonidan hikoya qilinadi. Yana turli xil orollar, OTO–osmondan tushgan odam, bo‘ri kabilar haqida hikoya qilinadi. Asar ramzlarga to‘lib toshganki, anglab yetish juda mushkul. Mantiqiy bog‘lanishlar ham kam. Ammo nimasi bilandir oxirigacha o‘qishga unday kitobxonni.
Kitob kichkina. Atigi 190 bet. Uning ham ichida suratlari ko‘p. Rasmlar g'aroyib va antiqa. Asardan nimadir o'rgandim, xulosalar chiqardim deyolmayman. Ro‘yxatimdagi men deyarli tushunmagan kitob bo‘ldi. Doim ham tushunaversangiz kitobning kitobligi qayerda qoladi desamda:) Lekin aniqki, vaqtimga achinmadim. Adabiyotga bunday ajabtovur yo'nalishdagi asarlar ham kerak, do‘stlar.
Mutolaadan charchamang!

- “Nima muhim, nima muhim emasligini anglab yetgim keldi. Menda ham birgina hikoyaning emas, balki ko‘plab hikoyalarning bo‘lagi bo‘lish istagi tug‘ildi”
Qabristonda qabrlar qatorini oralab yurarkanman, qabr toshlaridagi tug'ilgan va o'lgan sanalarni ko'zdan kechiraman. Hayot bo'lgan yillar tug'ilgan kun va o'lgan kun orasidagi birgina chiziqcha, xolos. Butun umr bir chiziqchada mujassam. Hayajonli, tikonli, qayg'uli, armonli, zerikarli yoxud xatarli umr yo'llari, o'n sakkiz yil davom etganmi yoki sakson yilmi, baribir, chiziqchalar bir xil.
Shveysariyalik bu adibani ushbu kitobi orqali tanidim. Asar nomi va muqovasi diqqatni tortadigan darajada ajoyib. Bu kitob bundan ikki yilcha oldin ham Akademnashrdan yumshoq muqovada chop etilgan ekan. Mendagisi esa “Akadem•nasr” turkumida chiqqani. Tarjimon Gulnoza Nabiyeva. Nemis tilidan to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘girgan.
Kitobda ismi noma’lum qizning eski, yopilish arafasida turgan fabrikaga tungi qorovul bo‘lib ishga kirishidan boshlanadi. Voealar ham qiz tomonidan hikoya qilinadi. Yana turli xil orollar, OTO–osmondan tushgan odam, bo‘ri kabilar haqida hikoya qilinadi. Asar ramzlarga to‘lib toshganki, anglab yetish juda mushkul. Mantiqiy bog‘lanishlar ham kam. Ammo nimasi bilandir oxirigacha o‘qishga unday kitobxonni.
Kitob kichkina. Atigi 190 bet. Uning ham ichida suratlari ko‘p. Rasmlar g'aroyib va antiqa. Asardan nimadir o'rgandim, xulosalar chiqardim deyolmayman. Ro‘yxatimdagi men deyarli tushunmagan kitob bo‘ldi. Doim ham tushunaversangiz kitobning kitobligi qayerda qoladi desamda:) Lekin aniqki, vaqtimga achinmadim. Adabiyotga bunday ajabtovur yo'nalishdagi asarlar ham kerak, do‘stlar.
Mutolaadan charchamang!
✍ Mohichehra A’zam
@boqiy_darbadarr
❤🔥7🔥5❤2
Aytishlariga qaraganda, bir-biriga osmonni rasmini jo‘natish - bu sevgi tili ekan
Siz ham hoziroq unga osmonni yuboring)
@boqiy_darbadarr
Siz ham hoziroq unga osmonni yuboring)
@boqiy_darbadarr
❤29❤🔥19💔11😢1
#nimadir
Ha, ba’zi odamlar hatto yomon ko'rishingizga ham arzimaydi. Ularni yaxshi munosabatingiz bilan jazolang)

❤19❤🔥11
Forwarded from The Stranger
Havolar sovudi. Odamlar sovuq.
Toshkentda qor yogʻdi, qishloqda yomgʻir.
Shamollar zabtidan seni qoʻruvchi,
Qoʻlingdan tutguvchi mehribon bormi?
Sendan xavotirman...
Yoʻllar juda yomon. Odamlar yomon.
Ishdan qaytadursan toʻliqib, xorib.
Hech kimga bildirmay yigʻlaganingda
Yoshingni artguvchi mehribon bormi?
Sendan xavotirman...
Ey mening oʻjarim, xudbin malagim!
Ey kunda ming bora vido aytguvchi!
Gʻururning zoʻridan qaytmaganingda
Yoningga qaytguvchi mehribon bormi?
Sendan xavotirman...
Balki baxtlidirsan oʻz olamingda,
Balki bilmasdirsan gʻam-qaygʻu nadir.
Garchi begonasan anchadan beri,
Garchi uzoqdasan, balki shungadir,
Sendan xavotirman...
Ilhom Salimov
@salimov_blogi

❤🔥31🔥4❤3😢1
Rahmat Hayot
Shahzoda
❤9❤🔥2💔2😍1
#nazm
Dunyoning sevgidek rozi yo‘q, jonim,
Yor ko‘zidek rostgo‘y qozi yo‘q, jonim.
Quyuq soya solgan og‘och osti-yu
Sening suhbatingdan sozi yo‘q, jonim.
Mansur Jumayev
@boqiy_darbadarr
Dunyoning sevgidek rozi yo‘q, jonim,
Yor ko‘zidek rostgo‘y qozi yo‘q, jonim.
Quyuq soya solgan og‘och osti-yu
Sening suhbatingdan sozi yo‘q, jonim.
Mansur Jumayev
@boqiy_darbadarr
❤29🔥5❤🔥4
#taqriz
📌 Tomas Harris. Qo‘zichoqlar sukunati
Asar FQB kursanti Kleris Starlingga xulq-atvor bo'limi boshlig‘i Jek Kraufordning maxsus topshiriq berishi bilan boshlanadi. Topshiriq o‘zi mashhur psixolog, ammo qotil bo‘lgan qamoqdagi doktor Gannibal Lekter bilan suhbatlashib ayollarning seriyali qotili Buffalo Bill haqida ma’lumot olishga erishish, ya’ni qotilni boshqa bir qotil haqida gapirtirish edi.
Asar badiiy jihatdan mukammal bo‘lmasada, shiddat, hayajon va etingizni jimirlatib yuboruvchi qo‘rquv bilan o‘qiladi. Ayollar qotilini topishda FQBdagi ayol agentning jalb qilinishi hamda vahshiy odam bo‘lgan Lekterdagi cheksiz sinchkovlik, odamni rom etadigan darajadagi katta aql, psixologik bilim, musiqa, rassomchilik va didning uyg‘unligi asarga alohida bir jon bag‘ishlagan. Undan tashqari Buffalo Billdagi hayvoniy vahshiylik va Jek Kraufordning dilidagi odamiylik, muhabbat hislari, ishdan tashqaridagi tuyg‘ulari ajoyib kontrastni hosil qilib asarni yanada o‘qishli qilgan.
Kitobni tugallashim bilanoq filmini ham ko‘rib chiqdim. Film haqida taassurotlarim yaxshi emas. Xayolimda yaratgan filmim undan dahshatliroq edi) Faqat Doktor Lekter obrazini gavdalantirgan Entoni Hopkinsgina rolini asardagi qahramonga mos tarzda ijro etgan. (Lekterning ko‘z qarashlari, ichingizga chuqur kirib boradigan savollari va gapirish ohangi, o‘zini tutishi uchun ham filmni ko‘rsangiz arziydi)
Filmini ko‘rish-ko‘rmaslikni o‘zingiz bilasiz. Lekin asarni,albatta, o‘qib chiqing. Nimaga “Qo‘zichoqlar sukunati” deb nomlangani va muqovasida qonli kapalak rasmi borligini o‘qigach bilib olasiz)
✍ Mohichehra A’zam
📸 @shisha_bino

❤🔥9🔥9❤6😢4
#retro_time
Telba (o'zbek film) | Телба (узбекфильм)
https://youtube.com/watch?v=oDgbigMiKkU&si=QckP6VcEhxO-mBSo

YouTube
Telba (o'zbek film) | Телба (узбекфильм)
Золотая коллекция узбекских фильмов: https://bit.ly/uzbekfilm
RizaNova ilovasini yuklab oling @ https://rizanova.uz/apps
Obuna bo'ling @ https://www.youtube.com/RizaNovaUZ
RizaNova @ Instagram https://instagram.com/RizaNovaUZ

❤🔥3❤2
Jahonning shodligi yig‘ilsa butun,
Do‘stlar diydoridan bo‘lolmas ustun.
Bugungi kun super promax darajada zo‘r o‘tdi. Chunki Shahlo va Shohsanam bilan ko‘rishdik. Ba’zan hammamiz uchun o‘tmay qoladigan vaqt bugun suvdek oqdi. Kulgu kulguga, suhbat suhbatga ulandi. Mavzular turfa xil – siyosat, ta’lim, din, munosabatlar, biznes, kitob, psixologiya, sevgi...
Rasmdagi Shahloning uyida qolib ketib yana borib kelgani alohida mavzu.😄
Kitoblar tarixi esa undan ham qiziq) “Urush va tinchlik” ni 5-6 oy oldin Toshkentdagi bir obunachim menga yetkazishi uchun Shahloga bergan va nihoyat bugun oldim. “Kürk mantolu madonna”ni esa 1 oylar avval @quyoshli_kitoblarr dan xarid qilgandim. Bu ham Shahloning o‘zida turgandi.
Xullas, esda qolarli kun uchun rahmat, qizlar. Yaxshiki, borsiz!
@boqiy_darbadarr
❤10🔥4❤🔥3
#yilsarhisobi 2024
2024-yilni yaxshi kayfiyatda boshlamagan bo‘lsamda ajoyib voqealarga to‘la bo‘ldi. Avvalo fevraldan iyunga qadar kitob do‘konida ishlash orzuyim amalga oshdi. Institutni tamomlab, bakalavr darajasiga ega bo‘ldim. Ishga kirdim. Oilamga biroz bo‘lsada moliyaviy tomondan yordamim tega boshladi. Hali loyiq bo‘lmasamda endi meni ham ustoz deyishmoqda) Sentyabr-oktyabr oylarida milliy sertifikat uchun tayyorlandim va uni qo‘lga kiritdim. Hozir o'tgan yili boshlab davom ettirmaganim turk tilini yana o'rganyapman. 2025-yilda turk tilidan ham sertifikat olmasam bo‘lmaydi)
Kecha yil davomida sotib olgan va sovg‘a qilingan kitoblarni sanab ko‘rdim. Naq 90 ta chiqdi. Qoyilmisiz? O‘zim ham hayratlandim, rosti) Quyida esa o‘qigan kitoblarim:
📌 Yanvar
1. Lev Tolstoy – Uch o‘lim. (hikoyalar to‘plami)
2. Jan-Dominik Bobi – Skafandr va kapalak.
3. Yeji Koshinskiy – Rangin qushcha.
4. R. N. Guntekin – Tamg‘a.
5. R. N. Guntekin – Xazonrezgi.
6. Sara Jo – Londondan muhabbat ila.
7. Devid Nikolls – Bir kun. Bir muhabbat tarixi.
📌 Fevral
8. Lev Tolstoy – Anna Karenina. (1-qism)
9. Lev Tostoy – Anna Karenina. (2-qism)
10. Chingiz Aytmatov – Somon yo‘li.
📌 Mart
11. Anna Dostoyevskaya – Xotiralar.
12. Etel Lilian Voynich – So‘na.
13. Herman Hesse – Cho‘l bo‘risi
📌 Aprel
14. Onore de Balzak – Dahriyning ibodati.
15. Ivan Turgenov – Otalar va bolalar.
16. Tadeush Dolenga-Mostovich – Tabib.
17. Ulug‘bek Hamdam – Yaxshiyam, sen borsan.
18. Aziz Said – Vaqt manzili.
📌 May
19. Xulio Kortasar – Ishg‘ol qilingan uy.
20. Asli Sanjar – Haram.
21. Andrey Platonov – Jon.
22. Lev Tolstoy – Muhammad(s.a.v) o‘gitlari•Maktublar•Iqrornoma.
23. Klayv Steyplz Lyuis – Nariya saltanati.(Arslon, jodugar va kiyim javoni)
24. Erix Mariya Remark – G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q.
📌 Iyun
25. Murod Chovush – Hech.
26. Jon Duglas, Mark Olsheyker – Qotilning psixologik portreti.
27. Shin Kyong Suk – Onamni asra.
📌 Iyul
28. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf – Vasatiya – hayot yo‘li.
29. Murod Muhammad Do‘st – Lolazor.
30. Ch. Aytmatov va M. Shoxonov – Cho‘qqida qolgan ovchining ohi zori.
31. Teodor Drayzer – Jenni Gerxardt.
32. Herman Hesse – Siddhartha.
33. Xuan Rulfo – Pedro Paramo.
📌 Avgust
34. Ernest Xeminguey – To‘qchilik va yo‘qchilik
35. Harper Li – Mazaxchini o‘ldirish
36. Tara Vestover – Talaba.
📌 Sentyabr
37. Odil Yoqubov–Ulug‘bek xazinasi(qayta mutolaa).
38. Erkin Vohidov–Ruhlar isyoni.
39. Abdulla Oripov–Sohibqiron.
📌 Oktyabr
40. Luqmon Bo‘rixon–Jaziramadagi odamlar.
41. Tog‘ay Murod–Yulduzlar mangu yonadi.
📌 Noyabr
42. Chingiz Aytmatov–Asrga tatigulik kun.
43. Fyodor Dostoyevskiy–Telba.
📌 Dekabr
44. Anton Chexov–Kuchuk yetaklagan xonim.
45. Jianna Molinari–Bu yerda hamma narsa bo‘lishi mumkin.
46. Tomas Harris–Qo‘zichoqlar sukunati.
47. Isajon Sulton–Boqiy darbadar.
Yangi yil barchangizga omadli va barakotli kelsin. Sizlarga cheksiz hurmat bilan Mohichehra

🔥11❤6❤🔥6
📌 Men tan olaman:
– Yangi kitoblarni hidini sevaman.(eski kitoblarni hidida nimadir bor. Allergiyamni qo‘zg‘ab aksirishimga sabab bo‘ladi.)
– Kitob o‘g‘irlaganman.
–Narsa yeb kitob o‘qiy olmayman.
–Istalgan narsani xatcho‘p qilib ishlataveraman.
–Kitob olaman deb ko‘pincha tushlik pullarimdan kechib och qolganman.
– Kimlarnidir majburlaganman menga kitob sovg‘a qilishga.
– Kitob sovg‘a qilishni emas, sovg‘aga olishni yaxshi ko‘raman.
– Kitob haqida suhbatlashishni sevaman.
– Klassik asarlar shaydosiman.
– Yumshoq muqovali kitoblar unchalik yoqmaydi. Qattiq muqovasevarman.
– She’r o‘qish jon-u dilim
– Hozircha zamonaviy kitob javonim yo‘q.(onamning eski uslubdagi javonini o‘zlashtirganskiy)
– Shovqin bo‘lsa ham kitob o‘qiy olaman.
– Bayram, to‘y va tadbirlarga borishdan ko‘ra uyda tinchgina kitob o‘qishni ma’qul ko‘raman.
– Zamonaviy turk adabiyotini va motivatsion, psixologik kitoblarni yoqtirmayman.
– Badiiy asarlar eng ko‘p yoqadi.
– Juda ko‘p bookbloglarni kuzataman.
– Kitoblarni chiroyli rasmga olishni sevaman.(odatda lekin yaxshi ololmayman suratga😐)
– Audio kitob umuman eshitmaganman, juda yomon ko‘raman buni. Miyam birovning ovozini qabul qilolmaydi.
– Pdf kitoblarni maktab paytda o‘qirdim. Hozir deyarli pdf kitob o‘qimayman.
– Kitob do‘koni yonidan o‘tsam olmasam ham bir kirib o‘taman.(pulim bo‘lsa-ku, olmasdan chiqmayman. Hatto u so‘nggi pulim bo‘lsayam)
– Galeriyamning katta qismini kitoblar rasmlari va videolari egallagan.
–Diniy kitoblar ham o‘qiyman.
– Boshqa tilda ham kitob o‘qish eng katta orzularimdan biri.
– Doim o‘zim bilan kitob olib yuraman.
– Kitoblar asosida ishlangan kinolarni sevaman.

❤🔥22❤14🔥6
#nimadir
***
Tun o‘ylash, mutolaa qilish, musiqa tinglash uchun eng qulay vaqt.
17.06.2022
***
Yarim tunda birovga nega haliyam uxlamading deb hech qachon savol bermang. Qayerdan bilardingiz balki siz yonidan ham o‘tmagan dardlar, o‘ylar, o‘zi bilan murosasiz bahslar, javobi yo‘q savollar qiynayotgandir uni.
Qil sig‘mayotgan yuragiga farosatsizlik bilan bergan savolingiz nimasi?!
19.06.2022
***
Yaxshiyam Xudo bor, yaxshiyam so‘z bor, yaxshiyam she’r bor...va yaxshiyamki, hech kimdan so‘ramay nafas olasan.
18.07.2022.
***
Uzluksiz kitob o‘qimang. Bir kitobni tugatgach biroz dam ham olish kerak ekan. Oradan bir kun ham o‘tkazmay yangi kitob boshlash baribir miyani charchatar ekan.
27.07.2022
***
Xuddi och qolgan odam ovqatlangach nafsi qonib, xotirjam bo‘lgani kabi men ham hozir kitob o‘qib o‘zimni shunday his qilyapman.
12.08.2022.
***
Hali oladigan, o‘qiydigan kitoblari, o’rganadigan ilmlari ko‘pligini o‘ylab ham yashagisi keladi odamning.
19.08.2022.
***
Ko‘chada she’r o‘qib, kulib ketyotganimda odamlarning jinniga qaragandek qarashlariga maza qilamanda. Battar jinim qo‘ziydi. Ovozimni yanayam balandlatib o‘qiyman. Tavba-ee, nimaga hamma ko‘chada jiddiyni yoqib, sipo yurishi kerak. Kulib yurganlarga tentakdek qarashadi. Menga esa baribir lekin.
03.09.2022
***
O‘zingni o‘zing tushunmasliging fojia. Buning oqibatida yaqinlaringni xafa qilib qo‘yishing ikki karra fojia...
08.09.2022
***
11.09.2022. soat 23:¹³. Chigirtkalar chirillayapti. Osmonda oy. Yonida mittigina yulduz. Havo salqin. Haqiqiy kuz havosi. Shunday paytlarda diling allanechuk orziqib, entikib ketadida.
***
Engashib yashab bo‘lmaydi. Engashib yashamayman!!
14.09.2022.
***
Qorong‘u dunyoni nurga to‘ldirgan kitoblar, yaxshiyam borsizlar!
16.09.2022.
***
Bugungi kunim internetsiz o‘tdi. Mehmon kuzatdik. Kun bo‘yi onam bilan bo‘ldim. Rosa kuldik, dildan yayrab suhbatlashdik, hazillashdik. Eeeh, bu hislarni hech narsa bilan tenglashtirolmayman.
Odatda jisman emas, aqliy va ruhiy charchayman. Bugun aksi bo‘ldi. Ruhim yayradi, jismim charchadi. Lekin bu charchoqdan rohat tuyayapman. Bilasizmi, ruh charchog‘i oldida jismning toliqishi bayramdek gap ekan.
18.09.2022.
***
“Farosat“ degan ilova bo‘lganida ko‘pchilikning miyasiga o‘rnatardim.
19.09.2022.
***
Hozir bookbloger bo‘lish uchun kitoblarni chiroyli rasmga olish kifoya
23.09.2022.
***
Sokin tun bilan allaqayerga daydib ketishni istayman.
Yolg‘iz, faqat va faqat yolg‘iz....
29.09.2022.

❤13❤🔥4🔥3😢2
#nimadir
Ba’zi odamlarni chetdan ko‘rib ixlos qo‘yasiz, sababini o‘zingiz ham anglamagan holda hurmat qilasiz. Keyin esa... Yo‘q, chetdan hurmat qilib yuraverganingiz ma’qul.

💔24😢9❤5❤🔥4🔥3
#taqriz
darbadar
Asar batamom umumbashariy mavzularni qamrab oladi. Tashqaridan qaraganda allaqanday bir-biriga deyarli bog‘lanmagan hikoyalardan tashkil topgandek ko‘rinsada aql yurituvchi kishi bularning qay nuqtada to‘planishini darrov ilg‘aydi.
Dunyo odamlar bilan dunyo bo'lib turibdi. Insonni esa inson qilib turadigan narsalar bor: tili, millati, dini, qadriyatlari, kelib chiqishi, qayergadir xosligi. Ammo ma’lum bir ona hujayradan o‘stirilib, tashqi muhit ta’siriga chidamli, ko‘rinishi odamdek, lekin odamdan ming karra ko‘proq umr ko‘radigan, kesilgan joyini yana o‘zi tiklab oladigan kuch va aql sohibi etilib sun’iy urchitilsachi? Xudoning irodasiga qarshi o‘laroq undirilgan bu mahluqlarning qanchalik jirkanch siyosiy-iqtisodiy maqsadlar yo‘lida ishlatilishi va butun yer yuzini hech kimlar bosib ketishini bir tasavvur qiling-a!
Zamin uzra yotgan kichik bir maysadan tortib falakda kezib yurgan aql bovar qilmas ulkanlikdagi sayyoralargacha, bir qush o‘z rizqini timsohning tishlari orasidan olib yeyishigacha, maysaning bosh ko‘tarishigacha ajiyb bir qonuniyatga bo‘ysunar ekan, bir-biridan sarhil meva-yu taomlar unga atalgan ekan, dinlar u uchun yuborilgan, butun kurrayi-arz yolg‘iz u uchun aylanar ekan nega endi inson zoti bu silsilani buzishga harakat qiladi? Ilm-fanmi? Yo‘q, aslo. Ilm-fan Uning izmiga qarshi chiqilib amalga oshirilmaydi.
Takabburlik–odam bolasi boshiga solmagan kulfat qoldimikan o‘zi? Uzoq o‘tmishda bir muborak zotni kibri sabab turtib o‘tgan zamindoshimizning umrboqiyligi aslida dahshatli tavqi la'nat ekanligini, dunyodan o‘z vaqtida ketmoq baxt ekanligini nega anglamaydilar?
Asarni o‘qishingizni qattiq tavsiya qilardim. Saviya jihatdan hozir ko‘klarga ko‘tarilayotgan kitoblarga dam beradi.
P/s. Aytgancha, kanalim linkining bu asarga umuman aloqasi yo‘q.
✍ Mohichehra A’zam
@boqiy_darbadarr
...Turgin va badar ketgin!📌 Isajon Sulton. Boqiy
(“...Endi sen to qiyomatga qadar betinim daydishga mahkum etilding”, deyildi unga.
“Hamda sening qiladigan ishing – hech narsa, hech narsa, faqat hech narsa”, deyildi unga).

❤🔥8🔥5❤4