Telegram Web Link
#nimadir

Ba’zan turib-turib ichim qora emasligidan xursand bo‘lib ketaman)

***

Toifa imtihonim 23-aprel 9:³⁰ da ekan. Omad tilab qo‘yinglar, do‘stlar.🌚

***

Yana kimgadir yaltoqlanmasligimdan, kimdandir muttaham emasligimdan, qarzim yo‘qligidan, qo‘rqadigan joyim yo‘qligidan, yolg‘on gapirib, pisib yurmasligimdan ham xursand bo'lib ketaman.

***

Sen olamga qanday boqsang, olam ham senga shunday boqadi degan gapga tobora ishonyapman men, do‘stlar

***

Shu yerdagilar, barchangizni samimiy yaxshi ko‘raman.❤️

***

İnsonlarning qiliqlariga toqatim ancha oshganini sezyapman. Ulg'ayyapman shekilli. Avval juda siqilib qolardim, yaqinlarimga nolir edim. Endi siqilmayman, e'tibor bergan bo'lsangiz bu yerda ham nolimay qoldim. Mayli, bu bechoraning xarakteri, turgan-bitgani shuda, shunga endi men o'zimni siqib yotaymi deb “shessekund“da, shu joyni o‘zida unutvoryapman. Ba‘zida, juda kam holatlarda siqilib qolishimni aytmasa, kamdan kam siqilishim. U ham bir ikki soatlik xolos, avvalgidek kunlab o'zimga kelolmay yurishlar yo‘q

***

Xullas, do‘stlar, men ruhiy ulg‘ayyapman. Buni tushuntirib bera olmayman, lekin o‘zim aniq his qilib turibman, vaqt o‘tgan sari ulg‘ayib boryapti ruhim. Bardoshim oshyapti, asablarim mustahkamlanyapti. Avval o‘taaaa muhim deb hisoblagan narsalarim hozir ko‘zimga arzimasdek ko‘rinyapti. Ammo bir necha yil avvalgi o‘zimni ham aslo ayblamayman. Hozirgi ruhiy garmoniyaga kelishim va undan ham zinama-zina yuksalishim uchun o'shandagi menning ham o‘rni beqiyos.

Hayot poyga maydoni emas, eng yaxshi otga ega chiqish uchun, uni o‘zdirish uchun chopishing shart emas. O‘zing bilan kelishib, halol yasha. Hech kimning dilini og‘ritma, yaqinlaring bilan munosabatlaringni yaxshila, shukr qil, ishon, sabr qil.

@boqiy_darbadarr
37❤‍🔥7🔥7💔6
​​#taqriz

📌 Ilhom Salimov. Zulfiqor (yoxud taqrizlar haqida taqriz)

Shu paytgacha memuar, ilmiy, badiiy, ilmiy-ommabop kitoblarni o‘qiganman. Salimovni kitobxonman degan odam taniydi, hech bo‘lmaganda ismini eshitgan. Kitob menga nashriyotdan sovg‘a bo‘lib kelgach, instagram sahifamga rasmlarini joyladim va ko‘pchilik bu qanaqa kitob o‘zi, kanaldagi taqrizlarni ham kitob qilib chiqarsa odamlar olaverar ekanda kabi gaplarni yozishdi shaxsiydan. Ba’zilariga hafsala qilib javob bergan bo‘lsam, boshqalariga javob ham bermadim.

“Zulfiqor”ga kelsak, bilganingizdek, kitob muallifning o‘g‘li sharafiga shunday nomlangan. Uni pochtadan olgan kunimdan beri o‘qiyman. Tugatib ham qo‘ygim kelmaydi negadir. Kitobdagilarning deyarli barchasini “The Stranger” kanalida allaqachon o‘qib bo‘lganimga qaramay, kitob shaklida o‘qish boshqacha. Kamiga nashr juda sifatli bo‘lsa.

Men doim Salimovdagi bir jihatga qoyil qolganman – yuragini boricha to‘kadi. Ya’ni boshqalarga o‘xshab allaqaysi so‘zlar ortiga berkitmaydi. Siz va men muallifnikidan ham yaxshi yoki yomon kunlarni boshdan kechirgan bo‘lishimiz mumkin. Lekin o‘sha yashalgan hislarini hamma ham aniq, ta’sirchan qilib ifodalab bera olmaydi. Ba’zan esa uyaladi.

Bugun urchib ketgan har uchta bukblogerdan ikkitasi syujetni spoyler qilishdan nariga o‘tmaydi. Dostoyevskiyni-ku, chaynayverib siyqasini chiqarishdi. Bunday zamonda spoylersiz, pishiq-puxta taqrizlar kelajak kitobxonlari uchun juda kerak.

Xo‘sh, kitobdagilarning, barchasi telegram kanalda bor ekan, uni 1000 adadda bosib chiqarib, sotishdan nima naf dersiz? Naf shuki, odamning joni omonat bo‘lib turgan paytda qo‘limizdagi jonsiz matohlarga ishonch bor ekanmi?! Ehtimol 20 yildan keyin kanallardan nom-nishon qolmas, lekin ishoning, o‘shanda bugun olgan kitobingiz yoningizda bo‘ladi. Uni varoqlay turib qachonlardir o‘zingiz ostiga chizgan jumlalarni ne bir ajib hislar bilan o‘qiysiz. Xullas, o‘qing-o‘rganing, kitob yig‘ing. Yutqizmaysiz!

Mohichehra A’zam

@boqiy_darbadarr
🔥16❤‍🔥54👏43🐳3🕊1
#hadya

Nihoyat yetishdim shu kitobga)))) Judayam xursandman.

@boqiy_darbadarr
22😍7👏6❤‍🔥3🤩1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qachondir sizga dunyo va muhabbatning ikkisidan birini tanlash shart qilib qo‘yilsa, muhabbatni tanlang! Chunki muhabbatsiz dunyo hech narsaga arzimaydi, lekin muhabbat bilan siz dunyoni zabt etishingiz mumkin.

© Albert Eynshteyn

@boqiy_darbadarr
15🔥5❤‍🔥3🕊3🤩1😍1😇1
​​#taqriz

📌 Jaloliddin Rumiy. Ichindagi ichindadur

Kitobning Ulug‘bek Hamdam tajrimasidagi nashrini bundan 3 yil avval o‘qigandim. Miyamni siqib qo‘ygandi, tushunishga qancha urinsam ham deyarli tushuna olmagandim. Bugun taqdir taqozosi bilan Ilhom Salimov tarjimasidagi “Ichindagi ichindadur” haqida nimalardir yozishga chog‘lanib turibman...

Rumiyni bilmaydigan, hech bo‘lmasa telegram va instagramda uning hikmatlarini o‘qimagan odam yo‘q hisobi. Mavlononi faqat “hikmatchi” deb biladiganlar ham bor.

Kitob bir-biriga bog‘lanmagan hikoyalardan tashkil topgandek ko‘rinadi, chunki hikoyalar turli vaqtlardan, har xil joylarda Rumiyga davradosh bo‘lgan, uning suhbatiga musharraf bo‘lgan insonlar yoki shogirdlari tomonidan “Mavlono aytdi”, “Mavlono javob berdi” tarzida yozib olingan. Tarjimon esa o‘quvchiga tushunarli bo‘lishi uchun yetarlicha harakat qilgan.

Xo‘sh, Rumiyning birgina bu kitobi dunyodagi eng ko‘p tarjima qilingan va o‘qilgan kitoblardan biri ekan, buning siri nimada? Siri oddiy – Mavlononing so‘zlari makon, zamon, jins, millat-u irq tanlamaydi. Quyosh yerdagi najosotga ham, go‘zallikka ham birdek nur sochgani kabi uning purma’no so‘zlari kofir-u musulmonning, nasroniy-u yahudiyning qalbiga nur olib kiradi, kirgan ko‘nglini poklashga xizmat qiladi. Tasavvuf ahli eng avvalo insonning ko‘ngliga boqmoq lozimligini, ko‘ngil Tangrining taxti ekanligini aytadi. Zotan, barcha yaxshi-yu yomon niyat ko‘ngilda tug‘iladi, so‘ng amalga ko‘chadi.

Mansur Hallojni nega dorga osdilar? “Anal Haq” ya’ni “Men Haqman” degani uchun. Qalbi basir kishilar uchun u Allohman deb da’vo qilayotgandi. Ammo, aksincha, Halloj men Uning nurida erib bitdim, ortiq men yo‘q, birlikla qovushdim, faqatgina U bor degandi. Shuning kabi olomon har narsaning zohirini ko‘ra xolos. Botin esa valiy zotlarga ayon.

Rumiy har gapida Allohning naqadar buyuk hikmat va qudrat sohibi ekanligini takrorlarkan buni shunchalik oddiy misollar orqali bayon etadiki, “Eyvoh nahotki shuni bilmay yashab yuribman”,– deydi inson beixtiyor.

Rumiyni anglab o‘qigan odam endi avvalgi odam emas deydilar. Balki anglamoq va o‘zgarmoq, po‘panak bosib ketgan ko‘ngillarga nur indirmoq fursati kelgandir, do‘stlar...

Mohichehra A’zam

@boqiy_darbadarr
❤‍🔥112🔥2😇2
Alhamdulillah...🤍

Turk tiliga oid bilimlarimning tamal toshini bundan 2 yil avval Nu’mon Nasrullayev ustoz qo‘ygandilar. Ustozda faqatgina 2 oy o‘qiy oldim. Keyin ba’zi sabablarga ko‘ra davom ettira olmadim. Har eslaganda ko‘nglim xijil bo‘lar edi.

Milliy sertifikatni qo‘lga kiritgach o‘sha ko‘nglimning bir chetini doim xijil qilib turgan va ko‘p istaganim turk tilini davom ettirdim. Dekabr-yanvar-fevral va mart oylarida hayotimdagi eng samimiy va pozitiv ustozlardan biri Muattar xonim bilan bu tilga qaytadan oshiq bo‘lib, seva-seva o‘qidim. 6-aprelda esa imtihonga kirgandim.

Har ikki ustozimga ham ko‘pdan ko‘p tashakkur. Yaxshiki, borsizlar! Yaxshiki, mening ustozimsizlar.

@boqiy_darbadarr
😍226🥰6👏5❤‍🔥4🦄21🐳1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#nimadir

Bizni faqat kitob o‘qiydi, uyida bir ish qilmaydi deyuvchilar uchun video😁

@boqiy_darbadarr
❤‍🔥24🔥84😍4🤩2👏1😇1
Audio
#music

...uyg‘otib yubording ruhimni, qara,
Xasta bu dilimga davomisan, ayt?


@boqiy_darbadarr
🥰14❤‍🔥52🕊1😍1🐳1😇1
#nazm

Maktub

Men seni unuta olmadim !
Tamom...
Boshqa biror so'zga
Hojat yo'q erkam...
Odam o‘z vujudun –
a‘zolarini
Unutmog‘i mumkin
Og'rimagan dam.
Sen mening yaramsan,
yaramsan,
Yaram.

Jamol Sirojiddin.

@boqiy_darbadarr
🔥125💔5👏2🤩1😇1
Ayoling didli bo‘lsa - diding;
Bilimli bo‘lsa - biliming;
Aqlli bo‘lsa - aqling oshadi.

Hayot pillapoyalardan iborat. Bobil osma bog‘laridagi ayvonlar singari.

Bir ayvondan boshqasiga seni yoningdagi ayol yetaklaydi.

Hozir sen turgan ayvon,  tomosha qilayotga manzarang, yashab turgan hayoting - yoningdagi ayolning ayvoni.

Hayot – sen tanlagan ayol.

©

@boqiy_darbadarr
21🥰5👏4🕊2❤‍🔥1😍1💔1
Ayolga muhabbat — hayotga muhabbat, biroq hayotni sevganing ayolni sevganing emas, chunki ayol hayotdan ham ulugʻroq va qimmatliroq bir zotki, faqat uni sevish orqaligina hayotni sevishingni isbot etasan.

Ayolni suymaguncha va ayoldan kuymaguncha erkak dunyoga nima uchun kelganini bilolmaydi.

Erkak ayol va ayolning nimaligini bilgach, oʻziga olamni bilish uchun aql, borliqni yaratish uchun qoʻl hayotni sevish uchun yurak berilganini angladi. Shundan beri uning aqli ayol va ayollikni sharaflab, qoʻli ayol va ayollikni qoʻriqlab, yuragi ayol va ayollikni ardoqlab keladi.

Hayotingdan nolisang ayoldan maslahat soʻra.

Viktor Almasov

@boqiy_darbadarr
20🕊7❤‍🔥2🐳2👏1
​​#taqriz

📌 Erkin A’zam. Gonoluluga elchi

Bu adib bilan ilk tanishuvim abituriyentlik vaqtimda bo‘lgandi. 11-sinf darsligidagi “Tanho qayiq” dramasi, Orol boboning shaxsiy fojiasiga ulangan Orol dengizi halokati ancha ta’sirlantirgani esimda. Keyin esa 1-kursda, adashmasam, zamonaviy o‘zbek adabiyoti fani o‘tildi va biz yana Erkin A’zamga duch keldik. Afsuski, o‘shanda faqatgina “Anoyining jaydari olmasi” hikoyasini chala-chulpa o‘qidig-u boshqa mavzularga sakrab ketdik. Erkin A’zam esa kimlarningdir esida qoldi, kimlarningdir esa yo‘q. Vaqt o‘tishi bilan kitob olamiga ko‘proq kirganim sari yozuvchini taniy boshladim. Birin-ketin bir qancha hikoyalari, “Shoirning to‘yi”, “Otoyining tug‘ilgan yili”, “Pakananing oshiq ko‘ngli”, “Bayramdan boshqa kunlar” kabi qissalari o‘qildi, adibning kinossenariylari asosidagi filmlar ko‘rildi...

Men nimalardir qoralamoqchi bo‘lib turgan bu kitobdan esa Erkin A’zamning o‘ndan ortiq hikoyasi va ikkita qissasi o‘rin olgan.

Anoyining jaydari olmasi–olmasi kabi jaydari qahramoni bor bu hikoyaning. Boshqa qahramonning tilidan aytilganidek: “Uni xushlamaslik, yoqtirmaslik mumkin, lekin yomon ko‘rib bo‘lmaydi”. Hikoya do‘stlik, odamiylik, samimiylik, chinlik haqida o‘qiganlarimdan eng yurakka yaqini. Hikoya asosida ishlangan “Chantimore” filmini ham, albatta, ko‘ring.

Yozuvchining bog‘i–hikoya Shukur Xolmirzayev xotirasiga bag‘ishlangan. Unda o'tgan asrda ijod qilgan boshqa yozuvchilar kabi zamonasoz asarlar yozolmaydigan, chin ma’noda adabiyot fidokori bo‘lgan-u, lekin o‘zi bilib-bilmay, qolaversa muhtojlikdan kolxoz raisiga asarlar yozib bergan adib haqida hikoya qilinadi.

Akmal paxanning jiyani–bozor oralab yurib bir tasodif bilan, ellik yil avval, huu talabaligida yashagan uyiga borib qolgan qahramonning ajoyib xotiralari. Hikoyani o‘qirkan yarim asr oldin Toshkentning eng obod, hayot eng qaynagan dahalaridan bo‘lgan, hozir esa, qahramon ta’biricha, fayzi qochgan Beshyog‘och dahasi va talabalar hayoti ko‘z oldingizda gavdalanadi.

Erkin A’zam hikoyalarining ko‘pi maishiy va ma’lum bir davrgagina oid hikoyalar. Lekin muallif tili, uslubi chiroyliki, yoqtirib o‘qiysiz.

Shoirning to‘yi–qissa o‘tgan asrning ”xalq dushmani” sifatida ming bir azobga duchor etilgan, keyinchalik shamol boshqa tarafdan esib “oqlangan” adabiyot vakillari haqida. Vaqtida Otashqalb shoirning surgunini uyushtirgan sobiq do‘st, keyinchalik raqibiga aylanganlar bugun maxsus idoraga uning yubileyini nishonlashga yig'ilishgan va taklif etilgan yosh avlod oldida Otashqalb bilan bog‘liq xotiralarini to‘qib-bichishga kirishgan. Muallif nomlarni ham kinoya va ramz bilan tanlagan–Oqsoqol shoir, Mafkuraxonim, Ajoyib domla, Ma’shuqaxonim...

Gonoluluga elchi–mustaqillikka endi erishgan O‘zbekistonning havoyi siyosati, Akaxonlarning yurish-turishi, unga ergashgan yetti qahramonning yetti xil mashmashasi-yu turish-turmushi haqidagi kinoyali bu qissaning ba’zi o‘rinlarida ahmoqgarchiliklardan kulgingiz qistasa, ba’zida shunga ishongan odamlarga achinasiz.

Kitobga kiritilgan hikoyalarning o‘ziyoq kishini jalb qiladi. Masalan, ”Arbob Qulov Parijga boradi”. Zo‘r-a, o‘zi ismi Arbob-u familyasi quldan ketadi, yoki “Adashgan: Moestro Jiydaliga kelmoqchi”.

Men bu kitob bilan ko‘pdan unutib qo‘yganim–mutolaa lazzatini topdim. Tavsiya qilaman.

Mohichehra A’zam

@boqiy_darbadarr
❤‍🔥73🔥3👏32😍1
​​#nimadir

Kutubxonamga qaraganimda, har bir kitobni tozalab qayta joylaganimda ularni qanday, qay sharoitda, qaysi pulimga olganim, hatto o‘shanda ob-havo qanaqa bo‘lganigacha xotiramda jonlanadi. O‘qilishi, u bergan o‘y va hissiyotlar-ku alohida tarix. Talabalikda kursdoshlarim, hozir esa hamkasblarim ko‘p kitob so‘rashadi. Tabiiyki, bergim kelmaydi. Chunki, bilaman, baribir menchalik asrab-avaylab o‘qimaydi, ehtirom ko‘rsatmaydi. To‘liq o‘qib chiqishiga ham shubham bor. Kitobni o‘qib turishga emas, butunlay berishimni so‘raydiganlar esa juda jahlimni chiqaradi. Kitobxonning kitobdan qiymatliroq qalb mulki bo‘lmaydi. Endi shuni so‘rash insofdanmi, odobdanmi?!
Hech kim umridan, xotirasidan bir parchasini birovga bergisi kelmaydi. Shuning uchun kitob so'ramang.

@boqiy_darbadarr
19❤‍🔥7🔥4🤩2🐳2💔2🦄1
şu dağlarda kar olsaydım - ahmet kaya
<unknown>
❤‍🔥432💔2🔥1😢1
#nimadir

Kimgadir ishonishni o‘zimiz istaganimiz uchungina ishonamiz. Yo‘qsa, bizni hech bir so‘z, hech bir izhor, hech bir harakat ishontira olmaydi.

@boqiy_darbadarr
1911👏6
#nazm

Men shirin sog'inchni Xudoga aytdim,
Sendan boshladimda senda tugatdim.
Ko'nglini kul bosgan kimsalargamas,
Bog'dan yelib kelgan saboga aytdim,
Xudoga aytdim men, Xudoga aytdim,
Shu sabab duoda ijobatlar bor.

Inson ruhida ham qiyomatlar bor

Rislig‘oy Hotamova

@boqiy_darbadarr
21🔥9❤‍🔥63💔2😢1😇1
​​#taqriz

📌 Pol Kalaniti. So‘nggi nafas havoga qorishmasdan

Hayot tajribadan iborat


Kitob muallifning birinchi va oxirgi asari. Pol Kalaniti Amerikalik mashhur neyrojarroh edi. Ilmda ham, shaxsiy hayotda ham eng yuqori nuqtaga erishishiga oz qolgan, ungacha esa uzoq va mashaqqatli yo‘lni bosib o‘tgandi...

O‘lim insonning rejalari, orzu-umidlari bilan hech qachon hisoblashmagan. Yaqin atrofimizda ham ko‘p ko‘ramiz yillari davomida uy quray, mashina olay, qiz chiqaray, o‘g‘il uylantiray deb tinimsiz mehnat qilganlarni. Eng yomoni endi barchasini tinchitdim deganda o‘lim eshik qoqmasdan bostirib keladi. Umuman odamzot asrlar bo‘yi o‘limga chora izladi, qarshilik qildi. Ba’zan jar yoqasidan qaytgan odamlarni ko‘rib hayot adolatli, mo‘jizakor deya o‘ylasang, ba’zan arzimas sabablar tufayli joni uzilganlarni ko‘rib buning g‘irt teskarisini o‘ylab qoladi odam...

Pol Kalaniti hayotga tashna, quvnoq, hazilkash, fidokor, bilimli jarroh edi. U tug‘ilish va o‘limni ko‘p ko‘rdi, bulardan ma’no izladi. Hayotning naqadar azizligini his qildi. Tug‘ilish o‘limga qo‘yilgan ilk qadam deyishadi. Rost, tabiatdagi neki narsa bor, bir kun o‘lishi muqarrar. Biz inson o‘laroq buni qabul qilishimiz, ortimizdan yaxshi so‘zlar bilan eslanishga arzigulik ishlar qilishimiz lozim. Lekin undan ham muhimi hayotni to‘la his qilib yashamoq, so‘nggi nafas havoga qorishmasdan avval undagi bor haqqini olmoq lozim. Mashhur bir filmda aytilganidek: ”Hayot qisqa kechir, yordam ber, shukr qil, sev, kul va baxtli bo‘l”.

Asar o‘lim haqida bo‘lsada, insonda pessimistik kayfiyat qoldirmasligi bilan o‘ziga xoslik kasb etdi men uchun. Munosabatlardagi samimiylik, sevgi, tushunish barcha narsadan ustun. Barchaga tavsiya qilaman. Kitob sifatiga gap yo‘q. Bexosdan ancha tepadan tushib ketdi, zarar yetmadi lekin)

Mohichehra A’zam

@boqiy_darbadarr
❤‍🔥952🔥2🤩2💔1🦄1
Agar qaysidir ishga ayol aralashgan bo’lsa, aminmanki, hammasi yaxshi bo’ladi. Menga bari kundek ravshan, dunyoni aslida ayollar boshqaradi.

Markes

@boqiy_darbadarr
19❤‍🔥13👏7😁5🥰3🕊31🤩1🐳1
2025/10/21 10:13:22
Back to Top
HTML Embed Code: