Telegram Web Link
Ko‘zlarim yig‘idan xumordir, 
Yuragim ilohiy tumordir,
Istasang, ot uni tuproqqa,
Istasang, bo‘yningga ilib yur.

Azizim,
baxtlarga to‘lib yur,
Meni ko‘p yig‘latding...
Kulib yur.
27💔8😢7🔥6❤‍🔥4👏3🤩21🕊1😇1
​​#taqriz

📌 Abdulla Chimirzayev. Overton

Yangi shaharga ketish, yangi muhit va madaniyatda yashash doim qiziq bo‘lgan. Shuningdek yangi yozuvchining asarlarini o‘qish ham. Abdulla Chimirzayev haqida to bu kitobi qo‘limga kelmaguncha umuman eshitmagandim. Yozda hammada bo‘lgani kabi menda ham kitob o‘qishda katta hafsalasizlik bo‘lyapti. Javonimga qarab turib-turib oxiri qandaydir yangilik ilinjida “Overton”ni tanladim.

Abdulla Chimirzayev Samarqandlik yosh adib. Bugungacha “Muzlagan atirgul”, “Hayot yog‘dulari” kabi nasriy to‘plamlari nashr etilgan. Bu kitobda jami 147 sahifadan o‘rin olgan 15 ta hikoya bor.

Chiptasiz o‘g‘ri – onalar hamisha bolasini o‘ylaydi, o‘zini eng oxirgi o‘ringa qo‘yadi. Ayniqsa bizning jamiyatda kasal bo‘lsa ham yiqilmaguncha, yo o‘lmaguncha yuradi. Doriga ishlatay desa bolasining shartnoma puli qolib ketadi, umuman qay barmog‘ini tishlasa-da og‘riydi. Bunga kim aybdor? Taqdirmi, ermi, bolami, onami?

Yolg‘iz kabutar – ko‘ngil sirlariningni kim bilandir baham ko‘rdingmi, istasang-istamasang u bilan do‘st bo‘lib qolasan. Muhabbat shabadalari endi-endi yuragini silayotgan ikki yigit ham shunday o‘rtoqqa aylanib qolishdi. Biri botirroq, o‘zbilarmonroq chiqdi–qizning ko‘nglini qanday bo‘lmasin o‘ziga bog‘ladi. Ikkinchisi duduq edi, gapirishga-da uyalardi. Birinchisi osongina yoshlikning ilk sevgisiga tupurib ketdi. Ikkinchisi esa....

Ena – hayotimizning eng ijtimoiy masalalaridan biri–erlarning Rossiyaga ketishi, xotinning ham bolalarni birovga omonat qoldirib er izidan yordam qilay deb jo‘nashi. Bu holatga ko‘zimiz qanchalik o‘rgangan bo‘lmasin oilalarning poydevori aynan shuni deb puturdan ketganini ham ko‘p ko‘rganmiz. Eng yomoni bolalarning dilidagi o‘chmas jarohatlar. Lekin Turmushning mushti borgan sari chidab bo‘lmas azob bersa nima qilish kerak? Savollar ko‘p...

Overton – adashib milliy g‘oya yo‘nalishiga kirib qolgan talaba. Unga bir “g‘oya”ni singdiramiz, aniqrog‘i, uning popugini pasaytiramiz deb umrlik xatoga yo‘l qo‘ygan professor Poyonov boshchiligidagi talabalar.

Muallif hikoyalari ijtimoiy hayot bilan qorishiqligi, kutilmagan yakunlari, Chexov va Abdulla Qahhordek kam so‘z ishlatishi, gapni ortiqcha cho‘zmasligi bilan yoqib qoldi.

Yana bir narsani aytib ketmasam bo‘lmas, xullas, 136-betga yetganimda qarasam oradagi 5 bet yo‘q va birdan 141-betdan kelib turibdi. Tabiiyki, o‘qilayotgan hikoya chala qoldi va oradagi boshqa hikoyaning esa boshi yo‘q, oxiri bor bo‘lib qoldi. Bu nashriyotning aybimi, bosmaxonaningmi, bilmadim. Oradagi qolib ketgan voqealarga esa hali ham qiziqyapman.

Mutolaadan uzoqlashmang!

Mohichehra A’zam

@boqiy_darbadarr
6❤‍🔥22🔥21👏1
#nimadir

Yozda issiqdan tashqari asabingga tegadigan yana bir narsa bu kunlarning nihoyatda uzunligi. Ayniqsa, qishloqda bo‘lsangiz kechi bilan 6:30 da uyg'onsangiz ham yana qaytib uxlaguncha oradan naq bir asr o‘tib ketgandek bo‘ladi)
🤣41😁93🔥1🤩1💔1
#nimadir

Menga tinchlik kerak. Meni tinch qo‘yishlari uchun dunyoni bir tiyinga sotishga tayyorman.

Dostoyevskiy

@boqiy_darbadarr
😁1683🔥3💔3👏1😍1🐳1🦄1
​​#nimadir

Hayot–go‘zal, yashamoq–totli,
Marjon kabi tizilgay yillar...


Kitobxon do'stlarim kitob o'qimay qolganimni, taqrizlar chiqarmayotganimni aytishib meni faol bo'lishga undashmoqda. Albatta, o‘zim ham holatimdan obunachilar oldida xijolatman. O‘tgan yil ayni paytlarda tinimsiz kitob sotib oladigan, ketini uzmasdan mutolaa qiladigan biri edim. Lekin... Xo‘sh nima desam ekan?! Yaxshisi, buni ulg‘ayish, ota-onang, kelajaging oldida mas’uliyatning ortishi deya qolay. Chunki boshqacha izohlay olmayman.

Rostini aytsam, 2024-yil shu paytda 5 oy ishlagan sevimli kitob do‘konimdan ketish arafasida edim. Mantiyalar kiyilgan, rasmlarga tushilgan, gostlar topshirilgan va faqat diplom olishgina qolgandi. Institutim, kursdoshlarim-u ustozlarim hayotimning ajralmas qismiga aylangan ediki, o‘qish bitgach qalbimning bir yeri huvillab qolgandi. Buni o‘qishni bitiryotganlar his qilishi mumkin faqat. Juda ko‘pchilik kabi oldimda bir aytarli yo‘l yo‘q, kelajak qo‘rquvi, katta hayot mas'uliyatining hadigida edim. Esimda dadamga qo‘ng‘iroq qilib ortiq bir ko‘zlagan narsam yo‘qligini, hech biridan ko‘nglim to‘lmayotganini, kelajak qorong‘uligini, o‘zimni baxtsiz his qilayotganimni va yana qancha tuyg‘ularimni yig‘lab-yig‘lab to‘kkandim. O‘shanda dadamning bergan daldasini, ishonchini ayricha, otalarcha mehrini, meni qanchalik asrab-avaylaganini aytsam postlarga sig‘masligi aniq.

Bugun bir yil avvalgidan boshqacha vaziyat va sharoitdaman. Ota-onamga ming tashakkurlar bo‘lsinki, hamisha yonimda bo‘lishdi. Ishga kirish, jamoaga moslashish qo‘rquvlarida ham, ish boshlagach o‘zimni juda yomon his qilgan, juda charchab yig‘laganlarimda ham yolg‘izlatishmadi. Har bir ota-ona farzandining zarracha yutug‘idan osmonlarcha quvonadi. Men birin- ketin ikkita sertifikat olganimda ularning qarindoshlarga qo‘ng‘iroq qilib maqtanishgandagi bolalarcha quvonchini so‘zlarga sig‘dira olmayman.

Eng yaxshi tarbiyani hayotning o‘zi beradi deganlari rost ekan, do‘stlar. Men kechagi men emasman. Buni kun sayin anglab boryapman. Endi sokinroqman, endi hissiyotlarimni boshqara oladigan biriman, endi maqsadlarim aniq, endi nimadir rejam o‘xshamasa menda B variant bor, endi ustozman, endi ilk bor "otpuska"ga chiqqan bir yillik stajga ega o‘qituvchiman, endi bir yigitning oydan oydin orzulariman, bo‘lajak umr yo‘ldoshiman, endi men ishonadigan, men yiqilsam yelka tutadigan yana bir erkak bor hayotimda...

Endi instagram profilimni ochiq holda yuritib, qilgan ovqatlarimni imkon qadar joylab boryotganimga kelsak, bu shunchaki qiziqish, ko‘ngil ermagi, do‘stlar. Baribir uyda ovqat qilsam, bekorga qilgandan ko‘ra video olsam yaxshi deb o‘ylab shunday qilyapman.

Kitoblar... Yo‘q, men kitoblardan, ilmdan umrim bo‘yi uzila olmayman, uzilmayman, istamayman ham buni. Lekin bu– hayot, unda tanaffuslar bo‘lishi, kitobdan-da muhim vazifalar bo‘lishi tabiiy. Bularni kanalimda hech kim qolmagan taqdirda ham bir kun eslaydigan xotira bo‘lsin uchun yozyapman, o‘qimasangiz ham mayli) Shunday qilib hozir mutolaada Zulfiya Qurolboy qizining “Oyimtilla” romani. 150 betlar o‘qildi. Bosh qahramonlar ayollar. Kitob tugagach albatta taqriz yozaman. Unda tashqari Eshqobil Shukurning “Boboso‘z izidan”, O‘rxon Pomuqning “Mening otim Qirmizi” kitoblari hamda Ibrohim Haqqul haqiqati kitobini ham o‘qiyapman. “Mening otim Qirmizi”ni katta qiziqishlar bilan boshlagandim. Ammo, lekin, biroq Eldor Asanov tarjimani “yorib” tashlagani uchun 100-betdan naryog‘iga o‘ta olmadim. Kitobga har qaraganimda yuragim eziladi. O‘qib tugataman lekin qanday bo‘lmasin, fikrlarimni ham yozaman. Menda hozircha shular)))

Barchangizga sevgi ila Mohichehra

@boqiy_darbadarr
28❤‍🔥7🤩6🥰4🔥2🕊2🐳1🦄1
#nimadir

Ayol bo‘lishning ham badallari bor. Buni ko‘zyoshlar bilan to‘lashing kerak.

@boqiy_darbadarr
😢33💔119🐳71❤‍🔥1
#mutolaadan

Odamzot birdan o‘lib qolmas ekan, taqdir uni bo‘laklarga bo‘lib tashlaganidan keyin o‘larkan.

© Oyimtilla

@boqiy_darbadarr
😢175💔5🕊3🔥2❤‍🔥11🐳1
#nimadir

Juda ko‘p tushunmovchiliklar, muammolar, ko‘ngil qolishlar shunchaki o‘tirib gaplashib olmaslikdan paydo bo‘ladi. Ishoning, bularning bari to‘xtamasdan davom etgan bir soatlik suhbatda erib yo‘qoladi.

Suhbat–ichdagi barcha tugunlarni yechuvchi mo‘jizaviy narsa. Ko‘p-ko‘p gaplashing, anglating, alam-ranjlaringizni, his-tuyg‘ularingizni to‘king o‘rtaga. Zotan, turklar aytganidek: “Derdini söylemeyen derman bulamaz”.

@boqiy_darbadarr
❤‍🔥118🥰4👏2🤩21🔥1🕊1😍1🐳1
​​#taqriz

📌 Zulfiya Qurolboy qizi. Oyimtilla

Oyimtilla–ayollar haqidagi roman. Bunda bosh qahramon Nilufar atrofida jamlangan halol, xor-u zor ayollarni ham, shallaqi-shantaj ayollarni ham, erining erkatoyi bo‘lgan, qo‘sha-qo‘sha brilliantlarni taqib, gap-gashtakda bir-biriga maqtanish borasida so‘z bermaydigan ayollarni ham, xullas, ayolning har toifasidan topishingiz mumkin.

Nilufar–avvaliga sodda, g‘o‘rligi uchun hayotdan kaltaklarni birin-ketin yeb, so‘ngra qaysidir ma’noda o‘zi oyoqqa turgan ayol. Ammo oyoqqa turib olishning o‘zi kifoya emas, endi u yanada yuksagini zabt etishi, o‘zining kimligini dunyoga ko‘rsatishi, erkin bo‘lishi kerak. Bu yo‘lda esa qing‘irlikning har yo‘lini avvalroq biroz cho‘chib qo‘llasa, keyinroq eti jimirlamasdan qo‘llaydi. Uning ham haqiqati bor–bu dunyo kuchlilarniki, yo‘q, Nilufar poshnalar tagida ezilib-yanchilib ketmaydi. Yagona quroli–go‘zalligi va uni o‘zi bilib, shunga yarasha harakat qilishi.

Tipik o‘zbek ayoli qiz ko‘rishi bilan hech qachon uni o‘qitib, hunarli qilishni, qizining dunyo ko‘rishini o‘ylamaydi. Qog‘ozga o‘ralgan qanddekkina qilib uzatishni o‘ylaydi, yillar davomida uni itoatkorlikka, uy yumushlarini kam-ko‘stsiz ado etishga, o‘ng yuziga urishsa, chapini tutib berishga o‘rgatadi. To‘y kuni ostonamga yig‘lab qaytib kelsang oyog‘ingni sindiraman deya kelinning qulog‘iga shivirlagan onalarni bilaman. O‘g‘illar...O, qizlarning tizgini qanchalik qattiq ushlansa, o‘g‘illar shunchalik bo‘sh qo‘yiladi. Ayniqsa, bir nechta qiz ichida arzanda o‘g‘il bo‘lsa. Tarbiyaning eng katta xatolari o‘tadi shu yerda ota-onadan. Natijada kun kelib barchasi boshiga to‘qmoq bo‘lib tushadiki, sho‘rlik ota-ona hammasini boqib katta qilib kun ko‘rmaganlarini iddao qilib yurishadi. Ha, do‘stlar, ”Tarbiya–yo hayot, yo mamot” deganda Behbudiy nihoyatda haqli edi. Bu zanjir ilm bilan uziladi. Yo‘qsa, dunyoviy ham, diniy ham ilmi yo‘q ayol avlodlarni ham, o‘z umrini ham barbod etaveradi.

Xo‘sh, kitobga kelsak, syujetning ba’zi o‘rinlari yosh bolaniyam aldolmaydigan darajada bo‘sh. Qandaydir buyuk bir g‘oya ham yo‘q, hayajonga soladigan pik nuqtasi ham, butun umr eslab yuradigan qahramoni ham yo‘q, hammasi o‘zimiz yon-atrofimizda ko‘rib yurgan, unutilishga mahkum hashaki qahramonlar. Lekin degan joyi bor. Syujet ming kulgili, ancha qismi dialoglardan iborat bo‘lgani bilan o‘zbek ayolining katta qismida ahvol shu, hatto bundan battarlari bor. Ayyuhannos solayotgan instagramdagi boy qizlaridan iboratmas hayot. Shu taraflanma biroz ahamiyat kasb etadi kitob.

Mutolaada bardavom bo‘ling.

Mohichehra A’zam

@boqiy_darbadarr
❤‍🔥76🔥4👏31😍1🐳1
#mutolaa

Kafkali nonushta))

@boqiy_darbadarr
19😍6❤‍🔥4💔4🕊3🤩2🥰1🐳1😇1
Men senga osmonni keltirdim, sevgim,
Anov ikki to‘zg‘in buluti bilan,
Nimta oyi bilan,
Hududi bilan —
Men senga osmonni keltirdim, sevgim.

Men senga bahorni keltirdim, sevgim,
Yomg‘irlari bilan,
Sellari bilan,
Gullarni uyg‘otgan yellari bilan — Men senga bahorni keltirdim, sevgim.

Men senga saodat keltirdim, sevgim, Ko‘ngling ravshan bo‘lsin — Chirog‘i bilan,
Bedorligi bilan,
Charchog‘i bilan —
Men senga saodat keltirdim, sevgim.

Senga bir tinch dunyo keltirdim, sevgim.
"Mana, olgin, dedim,
Hamma narsa taxt —
Mana bu mehrdir,
Mana bu-chi — baxt..."
Senga bir tinch dunyo keltirdim, sevgim.

Sevgilim, podshohlar senday saxiymas —
Menga bahori yo‘q kuz keltirding sen. Yana osmoni yo‘q ro‘z keltirding sen, Sevgilim, podshohlar senday
saxiymas.
Qatra iqboli yo‘q kuz keltirding sen.

Endi ikkimizda hamma narsa bor! Qani, ketdik, jonim,
Bel bukilguncha,
Tomir uzulguncha,
Jon to‘kulguncha...
Yashashga iqrormiz, o‘limga iqror.

Usmon Azim

@boqiy_darbadarr
3💔2❤‍🔥1🔥1
Elaheh Naaz
Moein
#music

Fors ohanglarida sehr bor, dard bor...

@boqiy_darbadarr
❤‍🔥32🔥2😢1🕊1
​​Bergen yoxud Azoblar ayoli

Bergen taxallusi bilan tanilgan mashhur turk qo‘shiqchisi Belgin Sarılmışer 1958-yilning 15-iyulida Turkiyaning Mersin shahrida tug‘ilgan. Belgin oiladagi 7 farzandning eng kichigi bo‘lgan. 6 yoshida esa ota-onasi ajrashishgan va bundan otasini qattiq yaxshi ko‘rgan qizaloq chuqur dard chekkan. Shundan so‘ng u onasi bilan Turkiya poytaxti Anqaraga ko‘chib o‘tadi. Katta oilani boqish tashvishi tikuvchilik qiladigan yolg‘iz onaning bo‘ynida qoladi. Bolaligidan cholg‘u chalishga usta bo‘lgan qiz Anqara davlat konservatoriyasining pionino va violenchel bo‘limida tahsil olgan. Bir paytning o‘zida pochtada operator bo‘lib ishlay boshlagan. Keyinchalik esa ishi va moliyaviy muammolari sabab o‘qishni tashlashga majbur bo‘lgan. Bu paytda qo‘shiqchi bir yigit bilan tanishadi. Ota mehrini ko‘rmagan Belgin yigitga qattiq bog‘lanib qoladi. Belginning nomusiga to‘g‘ri kelmaydigan ishlarni istagan yigitga rad javobini beradi. Afsuski, yigit zo‘rlik bilan niyatiga yetadi. Shunda ham umidi uzmagan Belgin yigitdan qachon turmush qurishlarini so‘raganda yigit u bilan hech qachon turmush qurmasligini aytadi va Belginni tashlab ketadi. Bu qizni yanada iztiroblar girdobida qoldiradi.

1977-yilda ”Feyman Night Club” tungi klubidagi chiqishi unga katta muvaffaqiyat keltiribgina qolmay Belginning o‘zini ham endi musiqadan ko‘ra ko‘proq qo‘shiq rom etadi. U butun vujudi bilan qo‘shiqqa singib ketar, jon-dili bilan kuylardi. Aynan o‘sha yildan boshlab u o‘ziga Bergen(Norvegiyadagi shahar nomi) taxallusini tanlaydi. Shundan keyin Bergen nomi mamlakatda tezlik bilan yoyila boshlaydi.

U bo‘lajak qotili va eri Halis Serbest bilan Adana shahrida tanishadi. Tanishuv ham qiziq kechgan. Bir kuni konsertdan chiqqan Bergen mashinasi yonayotganini ko‘radi. Shu yerda payt poylab turgan Halis qizga yordam berishini, bu ishni qilganlarni albatta topishini aytib qizni tinchlantiradi. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha buni qizga yaqinlashish uchun uning o‘zi uyushtirgan bo‘lib chiqadi. Qiz bilan yaqinlashib olgan bo‘lajak qotil unga har kuni nimalardir sovg‘a qilar, kutilmagan uchrashuvlar bilan Bergenni lol qoldirishga urinardi. Doim yolg‘izlikdagi ayol bu muhabbatdan sarmast edi va Halisning turmush qurish taklifiga ikkilanmasdan “Ha” deydi. Halis Bergendan ancha katta edi. Shu va Halisni yaxshi tanimasliklari sabab onasi bu nikohga qattiq qarshi bo‘ladi. Lekin afsuski Bergen Halisni telbalarcha sevar, nikohdan keyin sahnani tark etib, uyda o‘tirish shartini ham qabul qilgandi. 1981-yilda bu mash’um nikoh o‘qiladi.

Biroz o‘tib odam Bergenni butunlay cheklay boshlaydi,u qo‘shnilar bilan ham aloqa qilmas,haftalarcha Halisning uyga kelishini kutardi. Bunga biror izoh so‘raganda esa Halis uni o‘lasi qilib do‘pposlardi. Kaltaklardan keyin esa yana qizning ko‘nglini olishga urinar,hadyalar berar, uni sevishini bot-bot takrorlardi.Keyinroq ma’lum bo‘ladiki,Halisning boshqa bir oilasi,kap-katta ikki o‘g‘li bor va Bergen bilan faqatgina shar’iy nikohi ham shu sabab edi. Zo‘ravonliklardan charchagan Bergen uydan qochib ketib Halis bilan ajrashadi,sahnaga qaytadi. Biroq Halis qizni ta’qib qilishdan to‘xtamasdi. Bu orada ular rasmiy nikoh qurib, yana ajralishadi. 1982-yilning 31-oktyabrida Halis yollagan odam konsertdan chiqqan qo‘shiqchining yuziga kislota sepib yuboradi. Natijada qizning ancha joyi kuyadi. Eng yomoni u o‘ng ko‘zidan butunlay ayriladi. Shunda ham san’atni tark etmaydi. Ahvoli yaxshilangach ko‘zini uzun sochlari bilan berkitib qo‘shiqlar kuylayveradi.

1989-yil 14-avgust kuni onasi bilan ketayotgan qizning yo‘lini bir mashina to‘sadi. Undan Halis tushib qizni uyga ketishga majburlaydi. Ko‘nmagach esa ona bolaning ustidan o‘q yog‘diradi. Shundan 3 tasi onasiga, 6 tasi esa qizga tekkan. Onasining hayotini saqlab qolishadi, Bergennikini esa yo‘q...

Vafotidan keyin onasi qizining qabrini ulkan panjaralar bilan o‘rattirgan. Chunki Halis Bergenni o‘lgach ham tinch qo‘ymasligini, uning suyaklari ham o‘ziga tegishli ekanligini aytgan. Qizining jasadi toptalishini istamagan ona shunday yo‘l tutishga majbur bo‘lgan.

@boqiy_darbadarr
😢11💔651❤‍🔥1
Davomi

Halisga nima bo‘ldi deysizmi? U Germaniyaga qochdi, lekin tutilib Turkiya hukumatiga topshirildi. Unga hukumat atigi 15 yil qamoq jazosi berdi. Lekin o‘zini yaxshi tutgani uchun muddat 3 yilga qisqartirildi. Buning ham 7 oyinigina hibsda o‘tkazdi. Hozir esa u ozodlikda va haliyam hech narsa ko‘rmagandek yashab yuribdi. Bu Turkiyada o‘sha davrda adolat, inson qadri umuman bo‘lmaganidan dalolat. Hozir qanday bilmayman. Halis keyinchalik bergan intervyularida bu ishidan afsusda emasligini, buni sharafi va nomusi uchun qilganini aytgan.( Shu joyida sening nomusingga tupurdim deyishdan o‘zimni tiya olmadim) Intervyuni youtubedan topishingiz mumkin. Videolar hammasi turkcha. Ba’zilarida o‘zbekcha yoki inglizda subtitr bor. Uning bu voqeani kulib gapirib berishi tepa sochimni tikka qildi.

2022-yilda Belgin Sarılmışerning hayoti haqida “Bergen” filmi ishlangan. Bergen rolini Farah Zeynep Abdulloh ijro etgan. Qo‘shiqchi 3 ta albom yaratgan. Eng mashhuri“Acıların kadını”dir. (”Azoblar ayoli”) Filmni ko‘rishni anchadan beri reja qilardim-u, negadir orqaga surib kelardim. Bugun ko‘rdim. Yig‘lamaslikning, o‘rtanmaslikning iloji yo‘q. Film tugadi, men ham tugadim... Lekin Bergen kabi ayollar hali bor. Ular qachon tugaydi? Qachon baxtli bo‘lishadi? Qachon kaltaklardan qutiladi?

Qizlar, biri bilan munosabat qurar ekansiz shaxsiy chegaralaringizni qo‘ying, undan hatlashlariga yo‘l qo‘ymang. Avvalo u tarbiya topgan muhitni biling. Sizni haqorat qilishlariga, do‘pposlashlariga, kamsitishlariga, o‘yinchoq qilishlariga, hislaringiz bilan o‘ynashishlariga zinhor yo‘l qo‘ymang. Unutmang, bir marta ko‘tarilgan qo‘l qayta-qayta ko‘tarilaveradi. Kechirmang, darhol keching undan. Erkak kishi sizning ustingizdan hukm yuritadigan odam emas, u o‘z nomi bilan umr yo‘ldosh. Yo‘ldosh bir yo‘ldagi odam degani, do‘st, rafiq degani. Instagramdagi ayol blogerlarga qizlar yigiti urganidan, xiyonat qilganidan shikoyat qilib anonim xabar yozishganini ko‘raman, lekin taaffuski, oxirida uni sevaman keta olmayman ham deyishadi. Qizlar, ko‘zingizni katta oching, qanaqa sevgi? Sevgi hurmatlash, e’zozlash degani emasmi? Qachon u zo‘ravonlikka aylanib ulgurdi? Yo siz xo‘rlanib rohatlanasizmi? Agar shunday bo‘lsa sizning o‘zingizda psixologik muammo bor. O‘zini azoblaydigan narsadan voz kecha olmaslik mazoxizm deyiladi, bundaylar esa mazoxist. Yigit sizga haddan tashqari mehribon, sovg‘alarga ko‘mib tashlaydi, tinimsiz rashk qiladi-yu, lekin jahli chiqqanda o‘zini boshqara olmaydi, sizni atrofdan ihotalashga, eng yaqinlaringizdan uzoqlashtirishga harakat qiladimi bilingki, u abyuzer. U odamdan hech qachon yaxshilik chiqmaydi, kutib ovora bo‘lmang. (Xotini Saltanatni o‘ldirgan Qozog‘istonning sobiq vaziri yodingizda yo‘qmi?)

Qizlar, o‘qing, izlaning, dunyo ko‘ring. Sog‘lom va nosog‘lom munosabatni farqlang. Hech kimga hissiy ham, moliyaviy ham qaram bo‘lmang. O‘zingizni o‘limga boshlamang. Barchamiz baxtga loyiqmiz. Bunday voqealardan faqat saboq oling.

Yigitlar, nima demoqchiligimni menimcha, siz ham yaxshi tushundingiz...

Quyida filmga havola va Bergenning  eng dardli qo‘shig‘ini qoldiraman. Men turkchada ko‘rdim. O‘zbekchasi bormi bilmayman.

@boqiy_darbadarr

Bergen | 2022 | English Subtitle
https://youtube.com/watch?v=Mr9eEgdFBFk&si=YFn4v9opru7cRexw
💔4👏32🔥2😢2❤‍🔥1🕊1😍1
Sen Affetsen
Bergen
#music

Tangrim, g‘ofil bandalaringni sen kechirsangda,
Men kechirmam.
Barcha bu zolimlarni sen kechirsang,
Men kechirmam...

@boqiy_darbadarr
😢86💔6🔥2👏21❤‍🔥1🕊1
​​#taqriz

📌 Frans Kafka. Jarayon

Kafka olami batamom o‘zgacha. “Evrilish”ning qahramoni Grigor Zamza bir kuni uyg‘onganida qumursqaga aylanib qolsa, bu asarda esa hech bir aybi yo‘q Yozef. K ni tongda yotoqxonasida hibsga olishadi. Boshida buning bir anglashilmovchilik ekanligiga ishongan K. bora-bora aybsizligini unutib jarayon oqimida suza boshlaydi. Lekin suzgan sari boshi keti yo‘q bir girdobga tortilaveradi-tortilaveradi. U uchragan barcha odam qandaydir sabablar bilan sudga aloqador odamlar bo‘lib chiqaveradi. Yozef. K barchadan najot izlaydi. Ular esa K. ga uzundan-uzoq keraksiz, biror narsani amaliy hal qila olmaydigan ma’ruzalar o‘qishdan nariga o‘tmasdi. Aksincha bu odamlar uni yanayam alahsitishga, tinka-madorini quritishga qasd qilgandek. Sud esa o‘quvchi ko‘z oldida ham, Yozefning ko‘zida ham adolatni ta’min etuvchi idora emas, yashirin, ahmoqona darajada sirli bir pardaga o‘ralib boraveradi. Sudni odamlar ishlaydigan davlat idorasi emas, yeb-yutar bir ajdarho, yohu deb tasavvur qila boshlaysiz. Jarayon davom etmoqda, zotan hamma buni ta’kidlaydi. Lekin voqelikning ipi shu qadar chigallashadiki, sog‘ odamning jinni bo‘lishi tayin.

Asardagi Yozef. K borgan binolar ham tamoman g‘alati. Barchasida sovuqlik, eskilik, namxushlik va badbo‘ylik anqishi bilan birga juda betartib qurilgan, xuddi izlagan odamingni topa olishingni atay qiyinlashtirishgandek allaqanday aylanma zinalar, ichma-ich eshiklarlardan iborat. U yerda yashovchilarning ham nuqsiga binoning mog‘or bosgan devorlari raxna solgan, kamiga ular Kga izlagan odamini topishiga emas, balki uni battar yo‘ldan chalkashtirishga, boshini gangitishga harakat qilayotgandek.

Aslida hayot shunday. Bizni doim nimalardadir ayblashadi. O‘zimizni oqlashga ko‘p chiranamiz, oxirda esa baribir mag‘lub bo‘lamiz. Hayot xuddi sud kabi nimaligi bilinmagan bir narsa, lekin hammamiz unga talpinamiz, undan madad kutamiz. Lekin u har chog‘ bizga zarba berishga tayyor turadi. Bu yerda mutloq haqiqat yo‘q. U vaziyatga qarab moslashadi. Ayni damdagi haqiqat deb o‘ylaganingiz biror soatlar o‘tib tamoman haqsizlik bo‘lib chiqadi.

Kafka dunyodan qo‘rqar, unga aralashib ketolmasdi. U barcha mantiqlar, qonun-qoidalarni insonning erkiga daxl qiluvchi vosita sifatida bilardi. Hayotning o‘zini esa absurd hisoblardi. Butun asarlarida Kafka shuni yozdi. Bunda faqat odam ruhi jon taslim qiladi. Xuddi uniki kabi...

Mohichehra A’zam

@boqiy_darbadarr
7😍3🔥2👏2❤‍🔥1🥰1🤩1🐳1
#nimadir

Inson bir maskanga oid bo‘lishi kerak. Kerakki, u yerda o‘zini suvdagi baliqdek erkin sezsin, ruhi orom topsin. Arosatda qolish eng yomoni. Xos maskaningda, xos odaming bilan yashashdan boshqa baxt bo‘lmasa kerak...

@boqiy_darbadarr
❤‍🔥169🔥3👏3🥰2🕊2
​​#taqriz

📌 Rizvon Oqlon. Uzoq tuzoqlar

Bor-yo‘g‘i 86 betlik asarcha. O‘rmon qorovulligiga ishga kirgan Janerning birinchi ish kuni edi. Atrofidagi o‘rmon manzarasidan, avvallari doim televizorda ko‘rgani kiyiklarni bugun jonli ko‘rib turganidan xursand. Falokat bosib oyog‘ini sindirib oladi. Alahsirab, kattakon o‘rmonda yolg‘iz yotgan Janerning yonida tomdan tarasha tushgandek bir bolakay paydo bo‘ladi.(Shu yerini “Kichkina shahzoda” asaridan ko‘chirgan bo‘lsa kerak muallif)

Bola favqulodda aqlli. Uning bilganlarini 80 yoshli chollar ham anglashi amrimahol. Xullas, endi Janerning shu joygacha yetib kelishidagi gunoh-u savoblari bir-bir xayolidan o‘tadi, buni bola bilan xo‘b muhokama qilishadi. Birda qilmishlarini oqlasa, birda o‘zini aybdor sanab iztirob chekadi. Bola esa uning o‘tmishdagi hamma harakati-yu xatolarining sabablarini izohlab, endigi hayotiga oid pand-nasihatlar beraveradi-beraveradi.

Umuman olganda har kimning ichida bir vijdon degan bir narsa bor. Odamlar uning ovozini gohida baralla eshitsa, ba’zida zo‘r berib bostiradi. Bostirilavergan vijdon sasi kun kelib “ovozsiz” rejimga o‘tishi, egasini ortiq bezovta qilmay qo‘yishi ham bor gap. Lekin nimadir bo‘ladi-yu, ichdagi barcha to‘g‘onlar buziladi, ana shunda ichki meni bilan yuzma-yuz ayovsiz bahs boshlanadi. Yurakka to‘qmoqdek zarba ustiga zarba beradi. Asardagi bolakay ana shunday har kimning ichki sasidir. Albatta, uni hamma ham Janer kabi qabul qilib tinglashi qiyin.

Syujet o‘ta sodda, Qahramonlar sanoqli, Janer esa shu o‘zimizdek oq-qora yo‘llarni bosib yashab kelayotgan zamonamiz odami. Xulosa qilib aytganda, sodda, yengil pand-nasihatga chaqiruvchi hikoya. O‘qishga hech nima topilmay qolganda o‘qisa bo‘ladi. Men esa bir boshlagan narsamni tugatmasam ko‘nglim tinchimaydigan “kasal”im borligi uchun tugallab qo‘ydim.

Mutolaada bardavomlik tilayman)

Mohichehra A’zam

@boqiy_darbadarr
❤‍🔥33👏2🔥1🐳1
Yelpese
Babamyrat Hamdamow
#music

Xotiramning eng chuqur puchmoqlaridan tasodifan topib oldim. Aniq esladim ohangi-yu, naqarotlarini.

Men bolalagimda eshitardim Bobomurod Hamdamovni bobomga qo'shilib. Ana shunda yodlab olganman.

Qadrdon nimadirimni topgandekman.
Ovozga qaranglar-ee Xudo iste'dod berganda. Hindcha, turkmanchaniyam dahshat aytadi.  Bu odam haqiqiy san'at odami, Xorazmning o‘lmas afsonasi. Afsus umri oxirida xayr ko'rmadi(

Xotira qiziq narsada. Turib-turib shunaqa kutilmaganda umuman kutilmagan narsalarni eslab qolasiz. O'sha xotira yonidagi boshqa xotiralarniyam eslashingiz, kamiga nuqta verguliga qadar eslashingiz undanam qiziq)

O‘ylab qarasam menga turku, xalq qo‘shig‘i ohangida aytilgan yengil, o‘yinqaroq kuyli, lekin dardli qo‘shiqlar yoqar ekan.

@boqiy_darbadarr
7❤‍🔥41🔥1
2025/10/19 21:33:43
Back to Top
HTML Embed Code: