Telegram Web Link
​​#taqriz

📌 Eshqobil Shukur. Boboso‘z izidan

Eshqobil Shukur desa xayolimga keladigan jumla bor:

Hamma laqillasa bozor tilida
Sen ko‘ngil tilida biror jumla ayt!


Eshqobil Shukurning she’rlarini o‘qib uni yaxshi shoir sifatida bilar edim to “Boboso‘z izidan” kitobini ko‘rib qiziqib qolmagunimcha. Kitobning nomi diqqatimni tortgandi birinchi navbatda. Keyin bir kanalda kitobning mazmuni haqida bilib qolib mendek filologlar uchun kerak ekan deb qiziqishim yana ortdi. O‘tgan yili iyun oyida esa kitobga mehrimni bilib yurgan Farg‘onalik kitobxon do‘stim sovg‘a qilib yubordi. Bu qiymatli hadya edi. Chunki “Boboso‘z izidan” uncha-munchaga topiladigan kitob emas)

Kitobda biz kundalik so‘zlashuvda ishlatadigan, lekin ko‘p ham ahamiyat beravermaydigan 300 dan ziyod so‘zning etimologiyasi, ya’ni kelib chiqishi tahlil qilinadi. Tahlillarda goh muallifning bolalikda eshitgan ertak-afsonalariga tayanilsa, goh shaxsiy mantig‘i ishga solinadi, gohida esa Mahmud Koshg‘ariy, Alisher Navoiy, Yusuf xos Hojib, turkiy til va adabiyotning mashhur olimlari asarlariga, o‘zbek hamda qardosh turkiy tillarning etimologik lug‘atlari, mashhur xalq dostonlariga murojaat qilinadi.

Boboso‘zning izidan borish jarayonida xalqimizning siz ko‘rgan-ko‘rmagan, bilgan-bilmagan urf-odatlarini, afsona-rivoyatlarini, avval hech duch kelmaganingiz so‘zlarni bilib olasiz. Tilini hurmat qilgan har qanday odam uchun bu juda qiziq holat bo‘libgina qolmay ancha-muncha bilimlar majmuasi hamdir.

Masalan, kitobxon ahliga “Ikki eshik orasi” romanidan yaxshi tanish bo‘lgan ismi kimligi noma’lum Kimsan aslida “oltinga o‘xshash sariq yaltiroq modda”(bronza) degan ma’noni anglatishini, xalq ichida sariqdan kelgan bolalarga bu ism berilishini men ham siz kabi bilmasdim. Yo internetda turklarning “yayla çorba” nomli taomini ko‘rganimda bu nom bizdagi yaylov (yozda ko‘chib ketib yashaladigan joy) so‘zi bilan ildizi bittaligi hech xayolimga kelmagandi. Siz bilarmidingiz ”Alpomish”dagi hammamiz yomon ko‘radigan obraz Ultontozning nega shunday deya atalganini, yo bu so‘z aslida qoramol terisidan tayyorlangan qalin tagcharm ekanligini? Albatta, bilmasdingiz)
Bir filolog o‘laroq kitobni o‘qigan sarim so‘zning sirli olami meni shoshirib qo‘yaverdi. Axir, qanday hayron qolmay kitoblarda ming martalab o‘qiganim so‘zlarning tub ma’nolarini bilgach.

Yana meni xursand qilgan narsa – kitobdan parchalarning yangilangan ona tili darsliklariga kiritilgani. Buni maktabga ishga kelib darsliklar bilan tanishgach bildim. Davlat tilini bolaga shunchaki o‘rgatib qolmasdan uning etimologiyasiga qiziqtirish, tanishishga undash O‘zbek tilining nufuzi yo‘lidagi kichik qadam deb bilaman. Zotan, katta islohatga kichik qadamlar bilan boriladi.

Kitobni til va adabiyot o‘qituvchisi emas, o‘z lisonini sevadigan kitobxon o‘laroq tavsiya qilaman. Ishoning, topib o‘qisangiz afsuslanmaysiz.

Mohichehra A’zam

@boqiy_darbadarr
10🔥5👏4❤‍🔥3🐳3🥰2😍21
#nazm

Biz hali qaytamiz bu manzillarga,
birda yomg‘ir bo‘lib,
birda qor bo‘lib.
Men kuzak shaklinda qaytaman qaytsam,
Sen qaytsang qaytasan gulbahor bo‘lib.

Biz hali qaytamiz, takror va takror
aytilur biz suygan forsiy qo‘shiqlar.
Shunda yo‘limizga g‘ov bo‘lmas zinhor
tizzamizdan quyi baland to‘siqlar.

Biz hali qaytamiz,
qaytamiz ishon,
qaytadi bizlarni tark etgan yoshlik.
O‘shanda ko‘zimdan tomib turar jon,
o‘shanda qalbingdan haydalar g‘ashlik.

Biz hali qaytamiz,
xayrlashish yo‘q,
ungacha sog‘inchni yopinib yurgin.
Sen axir kuchlisan, to kelgunimcha
ko‘nglingni bir o‘zing ko‘tarib turgin.

Biz hali qaytamiz bu manzillarga,
gohida yo‘q bo‘lib,
goho bor bo‘lib.
Men yomg‘ir shaklinda qaytaman qaytsam,
Sen qaytsang qaytasan oppoq qor bo‘lib...

Orifjon Komil

@boqiy_darbadarr
13❤‍🔥3🕊2💔2😍1
#nimadir

Magistraturaga hujjat topshirdim hozirgina. Adabiyotshunoslik: o‘zbek adabiyoti yo‘nalishiga. Kiramanmi yo‘qmi bilmadim. Juda umid ham qilmayapman. Lekin baribir topshirmay keyin bekor qildim degandan ko‘ra topshirib ko‘ray dedim.

Mutolaada Stefan Sveygning “Qalb besabrligi” asari. Judayam yoqyapti. Sveyg yaxshi yozuvchiykan)

@boqiy_darbadarr
26👏3🤩2🐳1
Symphony 5
Frederic Shopen
❤‍🔥52💔2🔥1
Secret Love
Sulton Ali
© Sultonali Rahmatov

Bu bastakor haqida bilmagan, musiqalarini eshitmagan o‘zbek kam. Esimda, 4-5 sinfligimda amaki akalarimning telefonlarida aynan shu musiqani eshitib qolganim, ohangga maftun bo‘lganim. So‘raganimda esa Sultonali bu degan javobni olgandim. Sultonali... Keyinchalik ham bu odamning ko‘plab musiqalarini tingladim. Kuylar yuragimga oqib kirdi, ne bir ajiyb-u, ne bir kadarli tuyg‘ularni his ettirdi.

Endi u yo‘q. Vafot etdi bugun. Aniqrog‘i bir necha soat avval. Endi xayolchan nigohlar, sehrli qo‘llar yo‘q, endi jahonga bo‘ylashgudek o‘zbek bastakori yo‘q.

Lekin uning musiqalari yuraklarda qoldi. Joyingiz jannatda bo‘lsin, Moestro.

@boqiy_darbadarr
12😢9❤‍🔥2🔥2💔1
Assalom Ozbekiston
Sultonali Rahmatov
❤‍🔥7😢52😁2🦄2🤣1
#nimadir

Pulning borligi ham, yo‘qligi ham insonni har narsaga qodir qiladi.

***

Pul – bor bo‘lgan paytda baxt unda emas deb, yo‘q bo‘lganda esa barcha umid-u ilinjlar borib taqaladigan narsa.

@boqiy_darbadarr
💯2213❤‍🔥6🔥21👏1💔1
Qaytmoq– yaxshi. Boradigan manziling bo'lsa)

Avval fotiha to'y ishlari bilan, so'ngra esa telefonim bilan bog‘liq muammolar sabab kanal va kitobdan uzoqlashdim. Akkauntimga boshqa telefondan ham kira olmadim. Faqat yaqinlarim bilan bog‘lana oldim xolos. Telefonim tuzalishida ham o‘sha insonlarning yordami katta.

Kanalim ham ancha chang bosibdi. Endi davom etamiz, shu yerdaman.

Barchangizga hurmat bilan Mohichehra

@boqiy_darbadarr
17❤‍🔥8🥰7💘3🔥2👏2🕊2🤩1😍1🐳1
#nimadir

Hammasidan ham yurakka qiyin.
Baribir yurakka qiyin...

@boqiy_darbadarr
💯114😁3❤‍🔥11👏1🕊1💔1💘1
​​#nimadir

Yaqinda “mondat” e’lon qilinganiga men ham 5 yil avvalgi javob varaqamni joylagim keldi.

2020-yil. Biz abituriyentlar ayni bosib o‘qishimiz kerak palla karantin boshlandi. Kamiga filologiyaning ikkinchi fani yanvar oyi oxirida ingliz tiliga almashgan. Qancha xafaliklar, endi ingliz tiliga ulguramanmi, o‘zi umuman o‘qishga kiramanmi degan xavotirlar. Chunki shu paytgacha ikkinchi blogimiz tarix edi. Men 1,5 yil davomi yotvolib tarix o‘qigandim. Endi esa mehnatlarim havoga uchgandi. Ona tili ustozimning daldasi bilan ingliz tilini ham boshladim. 1-fevraldan to karantin e’lon qilinguncha o‘qidim. Ya’ni 15-martga qadar. Karantinda ingliz tilini onlayn tarzda umuman o‘rgana olmadim. Shunday qilib vaqt ham o‘tdi. Maktabni esa bitiruv oqshomi va davlat imtihonisiz tugatgan birinchi avlod biz bo‘ldik.

Balim chiqqan kuni ancha xafa bo‘lganman. Uydagilarga ham kira olmayman deganman. Lekin baribir umidsizlik va umid bilan natijani kutardim. Nihoyat o‘sha kun keldi va men hech kutmagan joyimga o‘qishga kirgandim. Umuman olganda esa bitta qanot bilan manzilga qo‘ngandim va ortiq talaba edim. Bunga Allohning menga nasib etgan qadari sifatida qaradim. Ustozim va ko‘plab do‘stlarim, albatta, meni Toshkentda o‘qiydi deb o‘ylashardi. O‘zimning ham niyatim shu edi. Lekin taqdir bu.

4 yil o‘tdi. Go‘zal kunlarni yashadim. Eng yaxshi do‘stlarni, ustozlarni topdim. Bitirdim. Ishlayapman. Birin-ketin sertifikatlar oldim. Shaxsiy hayotim ham, kariyeram ham joy-joyida ketyapti. Va endi aminmanki, hech bir ish bejiz emas. Harakat qildim, taqdir ham menga ataganini berdi.

Hozir abituriyentlarga havas qilaman. Chunki ularda sertifikatlarni qatorlashtirib muddatidan avval ham talaba bo‘lish imkoni bor. Milliy sertifikatning eng past “C” darajasi ham kamida 20+ ballni beradi. Bizning paytda bunaqa narsalar xayollarda ham yo‘q edi. Yillar o‘tib shunday bo‘ladi deyishsa aniq og‘zimiz ochilgan bo‘lardi)

@boqiy_darbadarr
24🥰4🔥3🐳2👏1
​​#nimadir

Doim o‘qib, o‘z ustida ishlab, bilimini o‘zi uchun isbotlab yurgan odam o‘qimay qolsa g‘alati bo‘ladi. Nima desam ekan, o‘zini hammadan ortda qolgandek, maishiylashib ketgandek, befoydadek his qila boshlaydi.

Yoz–qishloqda ish eng qaynaydigan fasl. Shunday qilib yozimning 1,5 oyi ana shu his bilan o‘tdi menda. Banka yopish, idish-tovoq yuvish, kuniga ikki mahal hovli supurish-u suv sepish degandek... Ro‘yxatni uzoq davom ettirish mumkin. Ayniqsa mendek oilaning katta farzandi bo‘lganlarga yanayam ko‘proq mas’uliyat tushadi odatda.

Tuzuk-quruq kitob ham o‘qiy olmadim. Men jismoniy faol bo‘lsamda, izlanmay qolsam, hech yo‘q badiiy kitob o‘qimay qolsam g‘irt nofaol hayotni yashayapman deb hisoblayman. Motivatsiyamni, orzularimni yo‘qotib qo‘yaman.

Kuni kecha esa men yana ilmga qaytdim. Sohamni yanayam chuqur o‘rganishga bel bog‘ladim va bu bilan o‘zimni judayam baxtiyor sezyapman. Kuz uchun ham bir qancha rejalarni ko‘zlaganman. Jim turib ish qiling, natijasi shovqin bo'lsin deyisharmidi?! Xullas, o‘xshasa bu yerda, albatta, bo‘lishaman.

Alloh barchamizning ilmimizni ziyoda qilsin. Bu yo‘lda sobitqadam qilsin. Sizlarni yaxshi ko‘raman)

@boqiy_darbadarr
208❤‍🔥5🔥4👏2😍2🍓2🕊1💘1
#nazm

Gina

Negadir sen meni yo’qlamay qo’yding,
Es-hushing qaytadan qaytdi joyiga.
Ertalab, tush payti, oqshomda to’yding,
Qayroqlar sayramas qalbing soyida.

Negadir mensiz ham yashashing mumkin,
Ko’zing qarmog’ida tindi havasim.
Aslida ko’ksingni tebratgan to’lqin,
Fahming yetarmikin…
Rashku arazim.

Sen go’yo baxtlisan, topganday nurni,
Mug’ambir oshyonda yupanching borday...
Shunda ham yuzingda (ochay bir sirni)
Tilamchi ko’zlarim so’zlari borday.

Beshbattar bo’lmaydi… bundan ziyoda,
Hapqirib ketaman…
Sochlaring isi -
Dimoqqa urilar iffor, ziyoday,
Uyilib, yurakka taqalib, to’zib…

Sevgilim, sen meni yo’qlamay qo’yding…

Abduvali Qutbiddin

@boqiy_darbadarr
11💔3❤‍🔥11😍1
Mavi Işıklar | Ankara Rüzgarı
Başka Bir Gökyüzü
Önce biraz gülecek,
Kalbe umut katacak...
👏53🕊2❤‍🔥1🐳1
2025/10/19 15:29:40
Back to Top
HTML Embed Code: