#hadya
Shuncha kitob olarkanman-u, hech ham unpacking video qilmas ekanman o‘ylab qarasam. Endi buyog‘iga shunaqa videolar ham bo‘lib turadi.
Kitob sovg‘a bo‘lib keldi) Monte Kristoning ikki xil nashri bor endi menda🫠
@boqiy_darbadarr

❤8🥰7😍2🐳2❤🔥1🕊1
O'zbekiston
Yulduz Usmonova
“Har kimning tug‘ilgan yeri Misr shahri”,– degan gap bor. Bolalikda bu gapning mag‘zini chaqmas edim. Qadimda Misr dunyoning mislsiz go‘zal mamlakati hisoblangan. Barcha o‘sha yurtning ertag-u afsonaga aylangan ajoyibotlarini ko‘rishga, nima qilib bo‘lsada o‘sha sehrli, qumli shaharni ziyorat qilishga intilgan. Maqol shu sabab dunyoga kelgan. Inson baribir tug‘ilgan maskanini Misrdan afzal ko‘radi.
Biz ko‘pincha davlatdan, tizimdan, siyosatdan norozi bo‘lib birinchi imkondayoq “surish”ni o‘ylaymiz. Lekin Vatan va davlat tushunchalari bir ma’noni anglatmaydi. Davlatlar ko‘p, vatan esa bitta. Vatanning sharafi sharafing, nomusi nomusing, yutug‘i yutug‘ing bo‘ladi. Davlat rasmiy tushuncha, Vatan esa yurakdagi qonday oqqan, onaning suti bilan joningga singgan tuyg‘u. Chetdan kelgan hech bir odam davlatimga qaytdim demaydi, Vatanimga qaytdim, Vatanni sog‘indim deydi. Aynan shuning uchun Abdulla Avloniy davlatni sevmoq emas, ”Vatanni sevmoq iymondandir”,–degan.
Har yili bayram arafasida birinchi prezidentimizning mustaqilligimizni e’lon qilgan videolarini ko‘rib yuragingizda nimadir jimirlab ketadimi?! Demak, sizda vatanni sevmoq degan iymon hali bor.
Mustaqilliging abadiy bo‘lsin, O‘zbekistonim! 🇺🇿

❤13❤🔥5🕊4🥰2😍1
#nimadir
Ba’zan shunchaki kimnidir, qayernidir, nimanidir yoqtirmaysan. Shunchaki yoqtirmaysan. Sababini o‘zingga ham izohlay olmaysan. Odamlar esa buni tushuna olmaydi. Tushunishga urinmaydi ham. Ularga shunchaki degan gap bekorchiligimdan degandek eshitiladi. Ularning dahshatli bir savoli bor – “Nega?”.
Yashash o‘zi tobora qiyinlashib borayotganda ahmoqona savollar bilan bir-birimizning miyamizni egovlashimiz, har bir harakat uchun izoh talab qilishimiz xato.

💯12❤3❤🔥2
#mutolaadan
...ammo taqdir deganlari tarozining pallalarini almashtirsa-yu, ayol kishi sharm-hayosini yenggan ko‘yi – hali qanday javob bo‘lishini bilmay – qalbini erkakka ochsa, u esa sovuqligicha qolib, zabt etib bo‘lmas qal’aga aylansa – falokat ro‘y berdi deyavering! Bu – boshi berk ko‘cha. Undan chiqib ketishning hech imkoni yo‘q, zero ayol kishining istagiga qarshi borish – uning g‘ururiga zarba berish demakdir; ayol kishining muhabbatini rad etgan erkak uning eng oliy tuyg‘usini haqoratlashi shubhasiz. Rad javobi odob doirasida bo‘lgani hech qanday ahamiyat kasb etmaydi. Hech qanaqa nazokatli va muhmal so‘zlarning foydasi yo‘q. Shunchaki do‘stlikni taklif etish – haqorat; ayol kishi tuyg‘usini fosh etsa – erkakning har qanday ko‘rinishdagi qarshiligi shafqatsizlikdir; ayol muhabbatini rad etgan erkak doimo aybsiz aybdor bo‘lib qolaveradi.
Stefan Sveyg. Qalb besabrligi

1❤11💯5🐳2❤🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tarjima
Yaxshi bir munosabat erkakning qo'lida. Chunki ayol ko‘rganini kattartiradi. His qilganini ko‘paytiradi. Sevgi ko‘rsa sevgini, hurmat ko‘rsa hurmatni birma-bir qaytaradi. Ammo e’tiborsizlik qilinsa jim qoladi. O‘zini beqadr his qilsa jimgina uzoqlashadi.
Ayol erkakning oynasidir.

❤9💯5👏2❤🔥1
#nazm
Dunyo ekan…
Ishq degan savdo
Bormi faqat mening boshimda?!
Kimni etmas bu ko‘ngil shaydo,
Kim she’r yozmas mening yoshimda?!
Sevgi ilk bor tushdi-yu qalbga
Hayotimning bo‘ldi mazmuni.
U qo‘limga tutqazib qalam,
Ko‘zlarimdan oldi uyquni.
Oldi butun fikr-u xayolim,
Ketdi dildan orom, halovat.
Sevgi butun borimni olib,
She’r zavqini qoldirdi faqat.
Borliq olam ko‘zimga ming-ming
Go‘zallikka to‘lib ko‘rindi.
Gullar menga oshiq bulbulning
She’r daftari bo‘lib ko‘rindi…
Ayb etmangiz,
Do‘stlar bu savdo
Bormi faqat mening boshimda?
Kimni etmas bu ko‘ngil shaydo,
Kim she’r yozmas mening yoshimda?
©️ Erkin Vohidov
📸 Mohichehra A’zam
@boqiy_darbadarr
Dunyo ekan…
Ishq degan savdo
Bormi faqat mening boshimda?!
Kimni etmas bu ko‘ngil shaydo,
Kim she’r yozmas mening yoshimda?!
Sevgi ilk bor tushdi-yu qalbga
Hayotimning bo‘ldi mazmuni.
U qo‘limga tutqazib qalam,
Ko‘zlarimdan oldi uyquni.
Oldi butun fikr-u xayolim,
Ketdi dildan orom, halovat.
Sevgi butun borimni olib,
She’r zavqini qoldirdi faqat.
Borliq olam ko‘zimga ming-ming
Go‘zallikka to‘lib ko‘rindi.
Gullar menga oshiq bulbulning
She’r daftari bo‘lib ko‘rindi…
Ayb etmangiz,
Do‘stlar bu savdo
Bormi faqat mening boshimda?
Kimni etmas bu ko‘ngil shaydo,
Kim she’r yozmas mening yoshimda?
©️ Erkin Vohidov
📸 Mohichehra A’zam
@boqiy_darbadarr
❤21
Forwarded from Sevgi simfonyasi...!!!🎶
Eng ajoyib shahar - bu inson baxtli bo'lgan shahar.
© Erix Mariya Remark.
© Erix Mariya Remark.
❤17😍2
#nimadir
Kuz – yaxshi fasl.
Lekin unda negadir tez-tez yig‘laging kelishi – yomon... Qalbingni huzun qoplashi – yomon...
Ustini kul bosgan, allaqachon unut bo‘lgan og‘riqlaring qo‘zg‘alishi – yomon...
Kuz – yaxshi fasl!

❤11❤🔥5🥰5💔4😢1🤩1😍1
Men taskin izladim kuygan jonimga,
Suydim balolarga qoldim, yonimga
Kelib sekin holim so'raging kelsa,
Sen odam ekansan, odam ekansan...
Muhammad Yusuf
@boqiy_darbadarr
Suydim balolarga qoldim, yonimga
Kelib sekin holim so'raging kelsa,
Sen odam ekansan, odam ekansan...
Muhammad Yusuf
@boqiy_darbadarr
❤10❤🔥4🤩4🔥3😢1💔1
#taqriz
📌 Stefan Sveyg. Qalb besabrligi
Xullas, o‘sha eski gap – ba’zi kitoblar bo‘ladiki, nega avvalroq o‘qimadim deysiz. ”Qalb besabrligi" da men shu hisni tuydim. Umuman bu Sveyg ijodi bilan ilk bor tanishish bo'ldi.
Esini tanibdiki askarlar orasida, kazarmada bo'lgan, boshqa hayotni orzu ham qilib ko‘rmagan, umuman bu hayot qon-qoniga singgan ofitser Gofmillerning hayoti bir tunda mehmonga borgan xonadoni bilan bog‘liq bo‘lib qolishini uning o‘zi ham yetti uxlab tushida ko‘rmagandi. Oylikdan oylikkacha yashab, qarzlarga ko‘milib yuradigan oddiy bir ofitserning boshini u uydagi hashamatlar avvaliga xo‘b aylantirdi. Yo‘q, buni boylikka uchish deb bo‘lmaydi. Bu shunchaki uzoq yillar faqat bir xil rejimda yashagan, bir xil odamlarni ko‘rgan kishining daf'atan mutlaqo boshqa davraga tushib qolishidagi esankirash aralash shodlik, masrurlik deyish mumkin.
Biroq fon Kakeshfalva qasri hashamatga burkansada uning ichida murg‘ak, majruh, ammo g‘ururi o‘ta baland, serjahl, o‘ta sezgir va aqlli qiz – 17 yoshli Edit yashar edi.
Tuyg‘ular o‘ta murakkab narsa. Ayniqsa, u tuyg‘u sevgi bo‘lsa. Ayniqsa, majruh insonniki, bo‘lib ham ayol kishiniki bo‘lsa. Ayol sevib qoldimi uni to‘xtatishning hech qanday iloji yo‘q. Bu odam bolasining qo‘lidan keladigan ish emas. Sevgisi rad etilgan, yoki unga javob ololmagan sog‘lom, go‘zal ayol uchun buni unutish naqadar og‘ir bo‘lsa, ayni umrining sevib-seviladigan, o‘zini bir ayol kabi his qilishni, unga ham ehtiros ila boqishlarini istagan, shunga qarshi taqdir kamsitgan qiz uchun esa bu naq o‘limning o‘zi.
Hamdardlik–bu yaxshi so‘z. Odatda bu tuyg‘u kishini yaxshilikka yetaklaydi. Ba’zan esa falokatga... Gofmiller va Edit fojiasiga aynan shu hamdardlik sabab. Qolaversa, qo‘rqoqlik, besabrlik, tiyiqsiz besabrlik...
Juda-juda g‘alati kayfiyatdaman. Gofmillerni ham ayblay olmayman. U ham qo‘lidan kelganini qildi-ku. Balki Avstriya-Vengriyaning ahmoqona urushi bo‘lmaganida, o‘sha la’nati telegramma Editning qo‘liga yetib borganida, o‘sha jinni telefon vaqtida ishlaganida asar fojiaga aylanmasmidi.
Sveygning ayol hislarini tasvirlashiga qoyil qolmasdan iloj yo‘q. Muhtasham klassika. Ayniqsa erkaklar o‘qishini xohlardim.
✍ Mohichehra A’zam

❤12❤🔥2🥰2🔥1👏1💔1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tarjima
Telba ayolni sevish qiyin. Chunki ayni paytda ham jahl qiladi, ham kuladi, ham ovqat pishiradi. Telefoningizga besh soniyada o‘n uchta xabar qoldiradi. Ammo ”Menga yozma” deb qo‘shib ham qo‘yadi. Qahqahasi bilan uyni to‘ldiradi, lekin bir qarasang men hech qachon kulmadim deya oshxonada yig‘laydi.
Sevasiz, ammo charchaysiz. Faqat u bilan band bo‘lib qolasiz. Lekin tashlab ham keta olmaysiz. Chunki telba ayol eng ko‘p sevilishni sevadi.

❤14💯6😍3❤🔥1
Oʻzing kelmading u, gul yuboribsan
Kelajakka maktublar
O‘zing kelmading-u, gul yuboribsan,
Ko‘p intizor edim bugun yo‘lingga.
Men uchun gulshandan gul terganingda,
Tikan kirmadimi, guldek qo‘lingga!?
Men uchun aziyat chekibsan erkam,
Balki, shudir ishqning chechak otgani!
Ammo, qo‘llaringga tikan kirguncha,
Yaxshidur ko‘ksimga xanjar botgani!
Barcha aziyatni menga qo‘yib ber,
Ko‘taray ularni o‘zim mardona!
O‘zing kelmading-u, gul yuboribsan,
Otashin sevgingdan qilib nishona!
Ajoyib guldasta, naqadar ko‘rkam!
Bu nima, gulmi yo yanoqlaringmi!?
Ko‘zimni yashnatgan, dilni quvnatgan,
G‘unchami va yoki dudoqlaringmi!?
O‘zing kelmading-u, gul yuboribsan,
Ko‘p intizor edim bugun yo‘lingga.
Men uchun gulshandan gul terganingda,
Tikan kirmadimi, guldek qo‘lingga!?.
© Uyg‘un
Hojiakbar Nurmatov o‘qigan
Ko‘p intizor edim bugun yo‘lingga.
Men uchun gulshandan gul terganingda,
Tikan kirmadimi, guldek qo‘lingga!?
Men uchun aziyat chekibsan erkam,
Balki, shudir ishqning chechak otgani!
Ammo, qo‘llaringga tikan kirguncha,
Yaxshidur ko‘ksimga xanjar botgani!
Barcha aziyatni menga qo‘yib ber,
Ko‘taray ularni o‘zim mardona!
O‘zing kelmading-u, gul yuboribsan,
Otashin sevgingdan qilib nishona!
Ajoyib guldasta, naqadar ko‘rkam!
Bu nima, gulmi yo yanoqlaringmi!?
Ko‘zimni yashnatgan, dilni quvnatgan,
G‘unchami va yoki dudoqlaringmi!?
O‘zing kelmading-u, gul yuboribsan,
Ko‘p intizor edim bugun yo‘lingga.
Men uchun gulshandan gul terganingda,
Tikan kirmadimi, guldek qo‘lingga!?.
© Uyg‘un
Hojiakbar Nurmatov o‘qigan
❤14🕊4❤🔥2