Telegram Web Link
Kompyuterini yangilamoqchi bo‘lganlar yoki endi olmoqchi bo‘lganlarga zo‘r taklif

Bir do‘stimiz MacBooklar savdosi bilan shug‘illanadi, ulardan yangi va ishlatilganlarini topish mumkin

Apple kompyuterlari uchun eng arzon kanal
Barchasi halol tarzda
→ Original (imkon boricha arzon)
→ Talabalarga chegirma bilan
→ Kafolat beriladi
→ Kamchiligi bo‘lsa bo‘lsa
avvaldan aytib sotiladi

Kanalga o‘tish:
https://www.tg-me.com/uzmacbook

Bu yerda Malikadan ham arzon narxdagi macbooklarni topishingiz mumkin

Agar Botir akani nomidan aloqacha chiqsangiz qo‘shimcha 15$-20$ yana chegirma berishadi.

👇🏻👇🏻👇🏻👇🏻👇🏻
https://www.tg-me.com/uzmacbook
Nvidia bosh direktori Jensen Xuangning boyligi 10 milliard dollarga tushib, 94,9 milliard dollarga tushdi.

Bu tarixdagi eng katta yo‘qotish ekan.

Bu NVIDIAning aksiyalari narxi qulashi bilan bog‘liq.

Tez kunlarda tarixiy o‘sish bo‘lsa ajablanmaymiz )

@botirziyatov
Qachon loyihani yaxshi ko‘raman, u chiroyli bo‘lib ishlasami ? yoki pul keltirib ishlasami ?

Internetda tarqalgan yondashuvlardan:

Birinchi variant»» Loyiha ishlashi muhim → Ishlaydi deb amin bo‘lgandan keyin uni tezroq va samarali qilishga harakat qilinadi. → Keyin esa uni chiroyliroq qilishga o‘tiladi.

Ikkichi variant »» Loyiha ishga tushadi → Keyin u qanday qilib pul keltirishi haqida o‘ylash kerak. → Daromad olishni yo‘lga qo‘yganingizdan keyin tezligini oshirish va samaradorligini ko‘tarish muhim bo‘ladi. → Oxirida esa, dizayn va ko‘rinishni yaxshilashga kirishiladi.

@botirziyatov
Pulingiz boʻlsa, odamlarning raqamlarini sotib olib, saytingizni reklama qilish "trend"da.

Masalan, man hech qachon bu saytga kirmaganman, roʻyxatdan oʻtmaganman. Lekin raqamimga reklama kelibdi.
Qayerdan topishdi? Kim ularga ruxsat berdi?

Shaxsiy ma'lumotlarni sotib pul topish zamonaviy uslub boʻlib qoldi!

@botirziyatov
2024-yilda marketingning asosiy beshta yo'nalishi

1. 🎥 Qisqa videolar: Qisqa videolar odamlarning e’tiborini tezda jalb qiladi va ularni ko‘proq jalb qilish imkonini beradi. Brendlar ushbu videolar orqali kengroq auditoriyaga yetib borishi va aniq, qiziqarli ma’lumotlarni ulashishi mumkin.

2. 👩‍💻 Influencer marketing: Ijtimoiy tarmoqlarda taniqli shaxslar (influencerlar) juda mashhur. Ular bilan hamkorlik qilish brendni rivojlantirishning samarali usuli hisoblanadi, agar bu ish to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilsa.

3. 📄 Maqsadga yo‘naltirilgan marketing: Odamlar jamiyatga foyda keltiradigan va mas'uliyatli brendlarni yoqtirishadi. Agar brend ekologiyani himoya qilish yoki xayriya ishlari kabi yaxshi ishlarni qilayotganini ko'rsatsa, ko'proq mijozlarning e’tiborini va qo‘llab-quvvatlashini qozonishi mumkin.

4. 🤹‍♂️ Ko‘p platformali marketing: Brend bir vaqtning o‘zida turli ijtimoiy tarmoqlarda (masalan, Instagram, Facebook va TikTok) bir xil xabar va reklama olib borishi kerak. Bu usul mijozlarning diqqatini bir joyda ushlab turishga va ularni brend bilan doimiy aloqada bo‘lishga yordam beradi.

5. 🎯 Interaktiv va qiziqarli kontent: Odamlar so‘rovnomalar, ovoz berishlar yoki o‘yin-kulgili va ishtirok etishni talab qiladigan kontentlarga qiziqish bildirmoqda. Bunday kontentlar odamlarni jalb qilish orqali brendga nisbatan yanada iliq munosabat va sadoqatni shakllantiradi.

@botirziyatov
Stiv Jobs 2005 yilda Stanford universitetida soʻzlagan nutqida shunday degan:

Oʻtgan 33 yil davomida har kuni ertalab oʻzimni koʻzguda koʻrib, oʻzimdan soʻraganman: 'Agar bugun hayotimning oxirgi kuni boʻlsa, bugun qilmoqchi boʻlgan ishlarimni qilishni xohlar edimmi?

Bu gap bir vaqtlar juda mashhur boʻlgan va koʻplab odamlar uni iqtibos qilishgan.

Shuning uchun, har kuni turib, oʻzimni koʻzguda koʻrib, agar bugun oxirgi kunim boʻlsa — yoʻq, yoʻq,
man oʻzimni koʻzguda koʻrib oʻzim bilan gaplashmayman, bu juda gʻalati.

@botirziyatov
chatGPT da yangi o1-preview modeli paydo boʻldi.

Ushbu modelning asosiy afzalligi:
• uning mantiqiy fikrlash qobiliyati juda kuchli boʻlib, matematika va dasturlashda juda yaxshi natijalar koʻrsata oladi.
• Xalqaro matematika olimpiadasi (IMO) saralash sinovida GPT-4o faqat 13% masalani yecha olgan boʻlsa, o1 modeli 83% masalani muvaffaqiyatli yechgan.
• o1 modelining dasturlash qobiliyati ham Codeforces musobaqalarida 89% ishtirokchilardan ustun boʻlgan.

Bugundan boshlab ChatGPT Plus va Team foydalanuvchilari ChatGPT ichida o1 modelidan foydalanishlari mumkin.

@botirziyatov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bu 70-yillarda suratga olingan, sifatli Fransuz romantik kinosi.

Biroz oʻtmishga sayohat qilgandek his qilasiz.

filmdagi ba'zi odamlar yuzlari tanishgandek, tuyuldi

@botirziyatov
Telegram Bot sotiladi!

Bot nomi: @HelloGiftbot

Bu bot orqali turli xil tabriknomalarni oson va tez yaratishingiz mumkin! 🎉
Hozirgi foydalanuvchilar soni: +17 700,
generatsiya qilingan tabriknomalar: +43 000!
Botning asosiy auditoriyasi ayollar 👩‍🦰 va u ruscha va o‘zbekcha tillarda ishlaydi.

🛠 Bot 1 yil davomida mukammal ishlayapti va auditoriyasini kengaytirib boryapti.

💰 Narxi: $2000.

Savol: Nega sotmoqchiman? Javob: Maqsad katta auditoriyani yig'ib, keyin sotish edi. Lekin hozir boshqa muhim loyihalarga ko‘proq e’tibor qaratmoqchiman.

Agar qiziqsangiz, @giglink_admin ga aloqaga chiqing.
👨🏻‍💻👩‍💻Yandex Uzbekistan Toshkentda talabalar va yosh mutaxassislar uchun mobil va bekend dasturiy ta’minot ishlab chiqish maktablarini ochmoqda.

Bu dasturlash bo‘yicha ko‘nikmalarni oshirish va kompaniyada ish boshlash uchun ajoyib imkoniyat. Ta’lim dasturlari leksiyalar, amaliy mashg‘ulotlar va Yandex xizmatlaridagi haqiqiy biznes-vazifa ustida jamoaviy ishlashni o‘z ichiga oladi. Eng yaxshi talabalar kompaniyada ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Maktabga kirish uchun ariza topshirish, 13 oktyabrgacha test topshirig‘ini muvaffaqiyatli bajarish va suhbatdan o‘tish kerak. Ta’lim to‘liq bepul bo‘lib, 28 oktyabrda start oladi.

Tajribali mutaxassislar uchun kompaniyada hozirda o‘nlab bo‘sh ish o‘rinlari mavjud. 26 sentyabr kuni kompaniya Yandex Uzbekistan Dev Meetup tadbirini o‘tkazadi , bu yerda tajribali bekend va mobil dasturiy ta’minot ishlab chiquvchilari kompaniya haqida ko‘proq ma’lumot olishlari mumkin. Bu bo‘sh ish o‘rinlari mavjud jamoalar bilan tanishish va qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyatidir.
Loyihalarni chet el bozori uchun qilish kerak. O'zbekiston uchun qilish osondek tuyuladi — tilni ham, odamlarni ham bilamiz. Lekin auditoriya kichik, reklama esa qimmat va murakkab.

Chetga qaratilgan loyiha esa bepul resurslar va ijtimoiy tarmoqlar orqali katta auditoriya olishi mumkin. Reklama ham kengroq ommaga yetadi. Dastlab, ingliz tilini bilmasam yoki qanday reklama qilishni bilmasam, bu qiyin tuyulishi mumkin. Ammo bu qo'rqinchli emasligini tushundim.

Birgina muammoni hal qiladigan yechim bersangiz, mijoz albatta topiladi!

@botirziyatov
Internetda savol berildi:
Loyiha ustida ishlayotganingizda qo‘rquv hissini qanday yengasiz?

🔘Manda 25-30 ta loyiha (repository) bor. Ularni har safar hayajon bilan boshlaganman, ammo bir necha kundan keyin e'tiborimni yo‘qotib, birortasini ham oxiriga yetkazmaganman.

➡️ Diqqat yetishmasligi sindromi.

Odamlar turli javoblar bergan, lekin ko‘pi doimgiday umumiy gaplar.
Mandan kimdir so‘rasa mandayam umumiy gaplar bo‘ladi. Lekin o‘zim shu holatga tushsam o‘zimni atyganlarimga amal qilmayman.

@botirziyatov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Приглашаем принять участие в международном чемпионате по программированию Yandex Cup 💻

Yandex объявил о начале регистрации на седьмой международный чемпионат по программированию Yandex Cup. Призовой фонд турнира в этом году увеличился и эквивалентен 1,75 миллиарда сумов. Финал пройдет в Ташкенте.

Участникам Yandex Cup 2024 доступны шесть направлений: аналитика, фронтенд- и бэкенд-разработка, мобильная разработка, машинное обучение и «Алгоритм», посвящённый спортивному программированию.

Yandex Cup 2024 состоит из трёх этапов:
📌 c 14 по 20 октября — онлайн-квалификация
📌 2 ноября — онлайн-полуфинал.
📌 2-6 декабря — финал и церемония награждения

Подать заявку на участие можно на сайте чемпионата до 20 октября включительно. Участники, показавшие лучшие результаты в каждом направлении, смогут пройти собеседование в Yandex по упрощённой схеме.
__

Xalqaro Yandex Cup dasturlash chempionatida ishtirok etishga taklif qilamiz 💻

Yandex yettinchi xalqaro dasturlash chempionati — Yandex Cup uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlanganini e’lon qildi. Joriy yilda turnirning sovrin jamg‘armasi oshirildi va 1,75 milliard so‘mni tashkil etadi. Final Toshkentda bo‘lib o‘tadi.

Yandex Cup 2024 ishtirokchilariga olti yo‘nalish taqdim etilgan: tahlil, frontend va bekend ishlanmalar, mobil ishlanmalar, mashinali ta’lim va sport dasturlashga bag‘ishlangan "Algoritm".

Yandex Cup 2024 uch bosqichdan iborat:
📌 14–20 oktyabr — onlayn-saralash;
📌 2 noyabr — onlayn-yarim final;
📌 2–6 dekabr — final va taqdirlash marosimi.

Ishtirok etish uchun arizalarni chempionat sayti orqali 20 oktyabrgacha topshirish mumkin. Har bir yo‘nalishda eng yaxshi natijalarni ko‘rsatgan ishtirokchilar Yandex kompaniyasida soddalashtirilgan suhbatdan o‘tish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

@yandexuzdev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Mobil ilovalar ortidan millioner bo‘lgan dasturchi.

Qisqacha tarix:
Allen Wong Xitoyda kambag‘al oilada tug‘ilgan. Ular keyin Amerikaga ko‘chib ketishgan.
Kaliforniyadagi informatika bo‘yicha kollejda o‘qiydi. Dasturlash asoslarini o‘sha yerda o‘rganadi.
Oradan vaqt o‘tib Objective-C- ni o‘rganib. iPhone va iPad uchun dastur yozishni boshlaydi.

2009-yil News Feed Elite deb nomlangan ilova chiqaradi.
Keyinchalik:
🅰5-0 Radio ilovasini chiqaradi. Hozirda 10 million ortiq kishi yuklab olgan.
🅰Rego apps
🅰Remote S for Tesla.

Wong ishlab chiqqan ilovalaridan 100 million dollardan ko‘proq daromad olgan.

👉 @botirziyatov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Savol:
Botir aka, shaxsiy loyihalarga faqat asosiy ishdan bo‘sh vaqtda shug‘ullanasizmi yoki alohida fokus qilish kerakmi?

Javob:
2019-yildan boshlab faqat o‘z loyihalarimga fokus qildim, lekin 3 yil davomida sezilarli natijaga erisholmadim. Stress va moliyaviy muammolar tufayli yana ishga joylashishga to‘g‘ri keldi.

Endi ishdan keyin qanday qilib o‘zimga vaqt ajratishni o‘rganishni davom ettiryapman, lekin to‘liq unga amal qilish oson emas. Hozirda har kuni ishdan tashqari 3-4 soatni shaxsiy loyihalarimga bag‘ishlayman. Dam olish kunlari ham, dam olishga vaqt bo‘lmay qoladi.

Vaqt har doim yetmaydi, agar moliyaviy imkoningiz bo‘lsa, to‘liq o‘z loyihalaringizga fokus qilish yaxshiroq.

@botirziyatov
📱 Xiaomi yangi 14T flagman smartfonlar seriyasining sotuvga chiqarilishini e’lon qildi

ℹ️ Ushbu devays yaxshilangan tungi suratga olish imkoniyatlari va innovatsion sun'iy intellekt funksiyalari bilan ajralib turadi. Ishlab chiqaruvchining aytishicha, smartfonlar past yorug‘lik sharoitlarida ham tiniq suratlar olishi mumkin, bu esa ilg‘or tasvir qayta ishlash texnologiyalari tufayli amalga oshiriladi.

📸 14T liniyasiga nafis dizayn, AMOLED displeylar va kuchli protsessorlarga ega modellari kiradi. Xiaomi 14T Pro modeli qora titan va ko‘k titan ranglarida mavjud bo‘lib, uch xil xotira varianti bilan taqdim etiladi. Uning narxi 799 yevrodan boshlanadi.

💶 Bundan tashqari, kompaniya 1299 yevrodan sotuvga chiqariladigan Xiaomi MIX Flip buklanuvchi smartfonini ham taqdim etdi.

➡️ #xiaomi | Birinchi raqamli IT-Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/06 19:44:33
Back to Top
HTML Embed Code: