Telegram Web Link
spetsialist lar ikki turga bo'linadi:

1. O'z karyerasini rivojlantirib yaxshi joylarda ishlaydigan.

2. Och qolmasligi uchun Oddiy joyda ishlaydi, lekin doim o'zini biznesini qilish harakatida bo'ladi.

@botirziyatov
Microsoft kompaniyalar uchun yuzni aniqlash texnologiyasini ishga tushirdi, har bir tekshirish 0,25 dollar turadi.

Microsoft yuzni aniqlash Face Check loyihasi bilan korxonalarga identifikatsiya autentifikatsiya xizmatlarini taqdim etish uchun foydalanuvchilarning mobil telefonidagi selfi va tasdiqlangan shaxsiy fotosuratlarini birlashtiradi.

O‘zbekistondagi Ko‘pgina loyihalar turli servislardan foydalanadi. misol To‘lov tizimlari identifikatsiyadan o‘tishda shunday tizimlardan foydalanadi.

@botirziyatov
bolaligimda, otam dunyoda ikki xil odam borligini aytib bergan: aqlli odamlar va dono odamlar. Aqlli odamlar o‘z xatolaridan saboq oladilar, dono odamlar esa boshqalarning xatolaridan.

Jim Paul. *What I Learned Losing a Million Dollars*

@botirziyatov
Tezda Logotip yoki favicon yasash uchun vosita

Logo.surf - bepul va ochiq manbali matndan logotipga va matndan favikon yasab beradigan generator!

@botirziyatov
Time.is — bu dunyo bo‘ylab har bir joy uchun aniq va sinxron vaqtni taqdim etuvchi veb-sayt.

Bu sayt Norvegiyalik dasturchi Even Scharning tomonidan 2011-yilda ishga tushirilgan.

2024-yil boshiga kelib, Time.is oyiga 32 milliondan ortiq tashrif buyuruvchilarni jalb etgan.

Saytning asosiy daromad manbai reklama bo‘lib, reklamasiz premium a'zolikdan qo‘shimcha daromad ham mavjud.

@botirziyatov
#startup

LinkedIn ijtimoiy tarmog‘i asoschisi Reid Hoffman:

"Agar siz mahsulotingizning birinchi versiyasidan uyalmasangiz, demak uni juda kech chiqargansiz."

Kamchiliklarsiz mahsulot yaratish o‘rniga, mahsulotni imkon qadar tezroq bozorga chiqarish kerak

@botirziyatov
O‘zbekiston uchun hamyonbop serverlar

Servercore bulutli provayderi O'zbekistondagi server va ma‘lumotlarni saqlash va qayta ishlash markazi negizida hamyonbop serverlarni ishga tushirdi.

Ular kichik biznes va startaplar, shuningdek har qanday PET-loyihalari uchun javob beradi. Ularning yordami bilan siz veb-saytlar va ilovalarning xostingini tashkil qilishingiz, zaxira nusxalarini saqlashingiz va ta‘lim loyihalarini ishga tushirishingiz mumkin.

Asosiy afzalliklari:

— O'rnatish to'lovisiz 2 ta tarif rejasi — bir kun yoki bir oy uchun
— narxi kuniga 84 433 so‘m yoki oyiga 1 490 000 so‘m
— 2 daqiqadan boshlab tez ishga tushirish
— 100 Mbit/s cheksiz trafik narxga kiritilgan
JSON ma'lumotlar bilan ishlashni osonlashtiruvchi sayt

jsoncrack.com Bu ma'lumotlaringizni grafik shaklda ko‘rsatadi, bu esa ularni yanada tushunarli va oson tahlil qilish imkonini beradi.

Bu loyiha ochiq kodli.

@botirziyatov
Pieter Levels mustaqil dasturchi va tadbirkor.

u barcha loyihalarini PHP + jQuery bilan ishlab chiqaradi va hozir oyiga 170 ming dollar topadi.

🟢Pieter Niderlandiya universitetini bitirgandan so‘ng ish izlamadi, u musiqani yaxshi ko‘rardi va Youtube orqali oyiga 2000 AQSh dollarini ishlab topa olardi, ammo bu ishni qilmadi.

🟢27 yoshiga to‘lganda esa faqat 500 dollar topa boshladi. Shunda u atrofdagi do‘stlariga qarab, o‘zini muvaffaqiyatsiz deb his qilib, depressiyaga tushib qoldi.

🟢Uning otasi Pieterga depressiyadan qutulish uchun harakat qilish kerakligini aytadi. Shundan kelib chiqqan holda, "12 oyda 12 startap" loyihasini boshladi va bu loyihani blogga yozib, HackerNews saytiga joyladi.

🟢Pieterning birinchi loyihasi o‘z ehtiyojlaridan kelib chiqqan, o‘sha paytda spotify yo‘q edi, ular musiqachilar o‘rtasida Gmail orqali musiqa ro‘yxatlarini almashishar edi, shuning uchun u pochtani tekshiruvchi va pochtada youtube havolalarini o‘z ichiga olgan ma'lumotlarni chiqarib beruvchi bir ilova yaratdi.

🟢Pieterning yoshlarga maslahati:
hech qachon boshqalarning maslahati bilan ish qilmang.
Just do what you think is good and follow your heart.

@botirziyatov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
ArzonApteka startapi yangi investitsiya bosqichida 6 million dollar yig‘di.

Bu pullarn Payme asoschisi Sarvar Ruzmatov va bir guruh yevropalik investorlar tomonidan berilgan.

@botirziyatov
Loyihaga qanday qilib investitsiya jalb qilish mumkin ?

Aslida bu judo oson, investorlar o‘zi sizni topadi. Faqat oldin uni ishga tushiring va 100 so‘m bo‘lsa ham undan pul toping.

O‘zimda bo‘lgan voqea:

G‘oya keldi, 2 qator kod yozdim va orzular juda baland edi.
Loyiha tayyor emas, lekin sherik va investor qidirishga tushdim.

Tayyor bo‘lmagan loyihaga investor topdim va ko‘ndirdim.
Va ish o‘xshamadi, pul tikkan odam puliga kuydi.
Man hozirgacha bu voqeani esimdan chiqarmayman.

Agar loyihani ishga tushirib, undan pul topishni eplay olmasangiz, investor qidirmang.

@botirziyatov
Ilon Maskning X (Twitter) investorlar ro‘yxati oshkor bo‘ldi

Bu haqida Washington Post yozib chiqdi.

ro‘yxatda 100 nafar investor bor, ular orasida Saudiya shahzodasi, mashhur venchur kapital firmalari, hip-hop qo‘shiqchisi Diddy va Twitter asoschisi Jek Dorsi kabi taniqli odamlar ham bor.

Ular Twitterni 2022-yil oktabr oyida 44 milliard dollarga sotib olishida unga yordam bergan.

@botirziyatov
Amazonda ishlovchi dasturchi ishda hech nima qilmay, $500 ming dollar maosh oldi.

Amazon'da bir dasturchi qanday qilib orzusidagi ishini topgani haqida gapirib berdi:

u bir yarim yil davomida birorta vazifani bajarilmagan, ammo shu vaqt ichida taxminan 500 ming dollar ishlab topdi.
Google'dan bo‘shatilgandan so‘ng, u Amazon'da mahsulotlar menejeri lavozimiga ishga kirgan. Uning yagona maqsadi "hech nima qilmay pul ishlash" bo‘lgan va u buni uddalagan.

Uning kundalik ishi shundan iboratki, boshqa jamoalarning bo‘yicha hamkorlikni rad etadi yoki ularga deyarli barcha ishlarini — 95 foizdan ko‘proq qismini — zimmasiga yuklaydi.

Lekin kompaniya ishi bajariladi

U yana shunday degan:
Hozircha hech kim menga ishdan boshatish haqida ogohlantirmagan. Men yana qancha vaqt ishlayman, buni bilmayman.

@botirziyatov
Abdulla AIHumanize loyihasini 6 raqamli dollarga (100 000$ - 999 999$) sotdi

Bu yigit bir necha hafta oldin ushbu startupni 7 oy ichida 17 000$ topayotganini aytgan edi.

u bo‘sh vaqtlarida va dam olish kunlari shu loyiha ustida ishlagani haqida aytgan

@botirziyatov
Bilimli va ilmga chanqoq abituriyentlarni JDU’ga taklif qilamiz!

DTM natijangiz yuqori yoki pastroq bo'lishi muhim emas, muhimi bilimga chanqoqligingiz!

🇯🇵🇺🇿
Siz oliygohimizni tamomlab, nafaqat O‘zbekistonda, balki Yaponiyada ham tan olinadigan diplomga ega bo‘lasiz!

👨‍💻 Shuningdek, universitetimiz bitiruvchilariga Yaponiyada karyera boshlash imkoniyatini ham taqdim etamiz.

📑 Hoziroq hujjatlaringizni topshirib, imkoniyatdan foydalanib qoling!

⌛️ Shoshiling, qabul tez orada yakunlanadi!

📩 BMBA (DTM) balli bilan hujjat topshirish

📥 JDU ichki imtihonlariga hujjat topshirish uchun

📞
71-200-05-95

 
Telegram|Instagram|Facebook |YouTube|Web site
So‘nggi vaqtlarda tadbirkorlikni yangicha yo‘llari ommalasha boshladi. 1-4 kishi ishtirokidagi tadbirkorlik


masalan Minimalist tadbirkorlik va Indie Maker tushunchasi.
bular katta miqdordagi mablag‘ni jalb qilmasdan ko‘proq kichik startaplarni mahsulot bozorga olib chiqadi.

Bu usul tadbirkorlarga hayotiy muammolarni tezda hal qilish va foydalanuvchilarning fikrlari asosida eng asosiy mahsulotni ishlab chiqishga undaydi.

Gumroad asoschisi Sahil Lavingini ham bir gapi bor: "kamroq resurslar bilan ko'proq natija olish" kerakligini aytgan

@botirziyatov
Ukrainalik dasturchi Alexander Belogubov:
2021 yoki 2022-yillarda ko‘plab muvaffaqiyatsizliklarga uchraganimdan so‘ng to‘xtashim mumkin edi,
lekin man baribir yangi narsalar qilishda davom etdim.

Bir necha muvaffaqiyatli loyihalardan yaratganimdan keyin ham, men yangi loyihalar qilishda davom etaman.

rasmda uning qilgan ishlarini ko‘rishingiz mumkin.

@botirziyatov
«Ishni noldan boshlab, kompaniyamizni 200 mln dollarga sotdik» - Amerikadagi o‘zbek dasturchisi

Startap yaqinda 200 mln dollarga sotildi - bu uning yillik daromadidan 10 baravar ko‘p.

To‘liq maqola → kun.uz

@botirziyatov
Bugun HackerNews’da mashhur loyihalardan biri: Free Public APIs

https://freepublicapis.com

Ushbu sayt turli sohalarni qamrab olgan jami ikki yuzdan ortiq bepul API’larni to‘plagan.

@botirziyatov
O‘zbekcha Domen nomini bo‘shligini tekshirishda cctld.uz dan foydalanaman.
yangi funksiya qo‘shishibdi.
Domen agar band bo‘lsa sun'iy intellekt bilan variantlar chiqarib berish

@botirziyatov
2025/07/06 17:34:51
Back to Top
HTML Embed Code: