Telegram Web Link
O‘zbekistonlik qizlar Technovation Girls Uzbekistan 2025 doirasida 88 ta ijtimoiy mobil ilova yaratishdi

88 ta mobil ilova — bu shunchaki raqam emas! AI asosidagi o‘yinlardan tortib, eshitishda qiynaladiganlar uchun yordamchi dasturlar, kiberbullingga qarshi ilova va hatto eko-hakatonlarni oddiy usulda tushuntirib beradigan platformalar — barchasi qizlar tomonidan ishlab chiqildi.

8 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan 1500 dan ziyod ishtirokchi 12 hafta mobaynida kodlash, biznes tafakkur va taqdimot mahoratlarini rivojlantirib, jamiyat uchun dolzarb muammolarni hal qiluvchi ilova loyihalarini amalga oshirishdi.

Loyiha hamkorlari — Tech4Impact, Raqamli texnologiyalar vazirligi va Yandex Uzbekistan.

Technovation Girls Uzbekistan 2025'ning eng yaxshi loyihalari xalqaro finalga yo‘l olib, O‘zbekiston sharafini jahon sahnasida himoya qiladi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kanadalik tadbirkor Greg Isenberg har kuni yangi startup gʻoyalarini beruvchi Ideabrowser xizmatini ishga tushirdi.

U turli ijtimoiy tarmoqlarni oʻrganib, har kuni yangi gʻolayani taklif qiladi.

web sayti: ideabrowser.com

@botirziyatov
🌅Assalomu alaykum!

🎉 QURBON HAYITI MUBORAK BO‘LSIN

◈━━◈━━◈

@botirziyatov
🎯Texnologiya, dasturlash yoki startap sohasida o‘z g‘oyangiz bormi?

Unda President Tech Award — aynan siz uchun!

💰 $1 000 000 mukofot jamg‘armasi bilan bu tanlov sizning loyihangizni dunyoga olib chiqishi mumkin.

🏆 Mukofotlar:

• 1-o‘rin — $100 000;
• 2-o‘rin — $50 000;
• 3-o‘rin — $30 000;
• Hakaton g‘olibiga — $100 000.

Tanlovda siz sun’iy intellekt, FinTech, Micro-SaaS, o‘yin yaratish hamda Hakaton yo‘nalishlarida ishtirok etishingiz mumkin.

Hech narsa imkonsiz emas. Faqat harakat qiling!

👉 Ro‘yxatdan o‘tish

Reklama

@botirziyatov
Internetda mashhur boʻlgan sayt qanday yaratildi

Voqea 2021-yilda sodir boʻlgan voqeadan boshlanadi:
Ulkan konteyner tashuvchi kema Suvaysh kanalidagi qatnovni to‘liq to‘xtatib qo‘ydi.

Bu kanal juda muhim - dunyodagi savdoning 10 foizi shu yerdan oʻtadi. Kema 6 kun davomida tiqilib turdi va hech kimni oʻtkazmasdi.

Sayt gʻoyasi qayerdan keldi:
Bir yigit uyda dam olib, internetda vaqt oʻtkazayotgan edi.
U "kema hali ham tiqilib turibdi?" deb izladi, lekin aniq javob topa olmadi.
Shu payt uning xayoliga oddiy sayt yasash gʻoyasi keldi.

sayt manzili: istheshipstillstuck.com

Sayt nima qilardi:
🟢Bitta savol: "Kema hali ham tiqilib turibdimi?"
🟢 Bitta javob: "Ha" yoki "Yoʻq"
🟢 Necha kun tiqilib turganini koʻrsatardi
🟢Har kuni qancha zarar boʻlayotganini hisoblab berardi
🟢Eng soʻnggi yangiliklar chiqardi

Qanday mashhur boʻldi:
🔵Yigit bitta tweet yozdi
🔵 5 kun ichida 50 million kishi saytga kirdi
🔵Sekundiga 8000 dan koʻp odam saytni ochdi
🔵 Google'da qidirganda birinchi oʻrinda chiqdi
🔵 Barcha gazetalar undan foydalanishni boshladi

Qiziq voqealar:
🔵 Ba'zi odamlar bu saytni haqiqiy yangilik manbai deb hisoblashni boshladi
🔵Hatto jurnalistlar ham undan foydalanishni boshladi
🔵 Reklamalar va refreal linklar qoʻydi va pul topa boshladi

Demak:
internetda oddiy gʻoya bilan ham juda mashhur boʻlish mumkin.
Eng muhimi - vaqtni toʻgʻri tanlash va odamlarning nimaga ehtiyoji borligini tushunish.

@botirziyatov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bir mutaxassisning fikriga koʻra:

Kelajakda biznes modeli butunlay oʻzgaradi:
turli xizmat koʻrsatuvchi kompaniyalar toʻgʻridan-toʻgʻri foydalanuvchilar bilan aloqa qilmaydi va oʻzlari uchun sayt ham yaratmaydi.

Buning oʻrniga ular oʻz xizmatlarini AI kompaniyalariga sotadi yoki AI'ga pul evaziga beradi.

Internet foydalanuvchilarga emas, balki AI'ga moʻljallangan boʻladi, chunki odamlar faqat AI'dan foydalanishi mumkin.

@botirziyatov
Eskidan qolgan bir gap bor:
"Gʻoyalar arzon, asosiy narsa - uni amalga oshirishda!"
Lekin sun'iy intellekt bu qonunni oʻzgartirmoqda
Endi amalga oshirish osonlashib bormoqda, bozorga chiqarish tushunchalari esa oʻzgarib ketdi.

Endi kimlar koʻproq yutmoqda:
Gʻoyasi bor va uni tezda hayotga tatbiq qila oladigan odamlar.

@botirziyatov
Google'da qidirib, keyin saytlarga kirish borgan sari kamayib bormoqda.

AI toʻgʻridan-toʻgʻri javob bergani uchun, saytlarga kirish kerak boʻlmayapti. Bu esa sayt egalariga zarar bermoqda.

2026 yilgacha an'anaviy qidiruv tizimlaridan trafik 25% kamayishi kutilmoqda, chunki foydalanuvchilar ChatGPT va boshqa AI chatbotlarga murojaat qilishmoqda.

Google kompaniyasining raxbarlari ham buni ochiq gapirgan: ular Google qidiruvdan foydalanuvchilar soni kamayishini toʻxtatib boʻlmaydi.

Eski usulda saytni Google'da birinchi oʻringa chiqarish (SEO) endi yetarli emas. endi yangi texnologiyalar bilan ishlashni oʻrganishlari kerak.

@botirziyatov
Japan Digital University - sizni Yaponiyaga olib boradigan yo'l !

🇺🇿🇯🇵 O'zbekistonda universitetni bitirib, Yaponiyada IT sohasida ish boshlash mumkin. Buni Japan Digital University ilk bitiruvchilari uddalashdi.
     Ushbu karuselni varoqlang va Yaponiya sari qadamni hoziroq tashlang 😊. Universitetga qabul davom etmoqda !

👉 HUJJAT TOPSHIRISH UCHUN

📞 71-200-05-95

Telegram  |  Instagram | FacebookYouTube | Web site
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugun ushbu maqolaga koʻzim tushdi:

Nima uchun AI vositlari dasturlash vositalari va agentlari men uchun emas

Bir taniqli Miguel Grinberg ismli dasturchi bor.
U ko’plab ochiq manbali loyihalar bilan shug’illanadi: masalan, Flask-SocketIO, Flask-Migrate

U qiziq bir maqola yozgan
Bu video shu haqida.

@botirziyatov
IT olamiga qadam qo‘yadigan vaqt keldi!

Endi siz yaratgan mobil ilova, kompyuter o‘yini yoki IT g‘oyangiz million dollarlik mukofotga sabab bo‘lishi mumkin.

💥 President Tech Award — bu IT, startap va texnologiya ixlosmandlari uchun yirik tanlov bo‘lib, jamg‘armasi $1 millionni tashkil etadi.

🏆 Mukofotlar:

• 1-o‘rin — $100 000
• 2-o‘rin — $50 000
• 3-o‘rin — $30 000
• Hakaton maxsus mukofoti — $100 000

Yo‘nalishlar:

– Sun’iy intellekt texnologiyalari;
– Ijtimoiy yo‘nalishlarda raqamli texnologiyalar;
– Micro-SaaS va AdTech texnologiyalari;
– Kompyuter va mobil o‘yinlar;
– Tadbirkorlik va moliyaviy texnologiyalar;
– Maxsus yo‘nalish: Hakaton.

🚀 Endi navbat sizga!

Roʻyxatdan oʻting va yuting!

@botirziyatov
Oyiga 1.78 Million kirishga ega bo‘lgan bir sahifali web sayt.

Bu saytning vazifasi uyqu kalkulyatori.

Aytaylik siz soat ertaga ertalab soat 6:30 da uyg‘onmoqchisiz, lekin nechida yotishingiz kerak.
Bu shu ishni hisoblab aytib beradi.

saytdan foydalanish juda oddiy.

O‘tgan 12 oy ichida saytga jami 18,68 million tashrif buyurilgan, oyiga o‘rtacha 1,55 million.

Ushbu veb-saytda trafik butun dunyo bo‘ylab taqsimlangan.
bu veb-sayt 10 yildan beri ishlamoqda.

@botirziyatov
bazida turli maqolalarga biroz vaqt ajrataman, bazilarini sizlar bilan orada bo‘lishib boraman.

Ish hech qachon tugamaydi

shuning uchun ishingizni yoqtirib qilishni, undan zavqlanishni va uni chin dildan qilishni o‘rganing
bo‘lmasa hayot qiyinchilik bilan o‘tadi

@botirziyatov
IT olamiga qadam qo‘yadigan vaqt keldi!

Endi siz yaratgan mobil ilova, kompyuter o‘yini yoki IT g‘oyangiz million dollarlik mukofotga sabab bo‘lishi mumkin.

💥 President Tech Award — bu IT, startap va texnologiya ixlosmandlari uchun yirik tanlov bo‘lib, jamg‘armasi $1 millionni tashkil etadi.

🏆 Mukofotlar:

• 1-o‘rin — $100 000
• 2-o‘rin — $50 000
• 3-o‘rin — $30 000
• Hakaton maxsus mukofoti — $100 000

Yo‘nalishlar:

– Sun’iy intellekt texnologiyalari;
– Ijtimoiy yo‘nalishlarda raqamli texnologiyalar;
– Micro-SaaS va AdTech texnologiyalari;
– Kompyuter va mobil o‘yinlar;
– Tadbirkorlik va moliyaviy texnologiyalar;
– Maxsus yo‘nalish: Hakaton.

🚀 Endi navbat sizga!

Roʻyxatdan oʻting va yuting!

@botirziyatov
twitterdagi bu post hazil bilan yozilgan manimcha. lekin bir tomondan togʻri ham )

30 yoshdan keyin sayohat qilishning asosiy maqsadi - oʻzingga endi bolalardek xursand boʻlolmasligingni va seni faqat uy-joy, yer sotib olish va pulning koʻpayishi quvontirishini eslatishdir.

@botirziyatov
Better Auth deb nomlangan autentifikatsiya kutubxonasi 5 million dollar investitsiya jalb qildi!

Bu vositani Bereket Engida ismli efiopiyalik yigit bir o‘zi ishlab chiqgan.

Bereket Engida - 18 yoshida dasturlashni o‘rganishni boshlagan oddiy efiopiyalik yigit. Do‘sti yordam berishdan bosh tortgach, "mayli, o‘zim qilaman" deb ish boshlagan.

loyihani birinchi versiyasini 6 oy ichida ishlab chiqib GitHubga joylashtirgan. shundan keyin dasturchilar orasida bu kutubxona rivojlana boshladi.

GitHubda hozirda ⭐️ 15k+ yulduz, 💬 6k+ dasturchilar jamiyati.

@botirziyatov
Stack Overflow sayti AI ning ta'sirida yo‘qolib ketmoqda.

May oyida saytg atiga 20 000 ta yangi savol e'lon qilindi, bu 2008 yilda sayt ishga tushgan davrga o‘xshaydi.

Iyun oyi yanada yomonroq bo‘ldi - 25-iyungacha atiga 12 015 ta yangi savol e'lon qilindi.

Eng yuqori cho‘qqiga chiqgan 2020 yilda har oyda 300 000 dan ortiq yangi savol berilgan edi. Uning tashrif buyuruvchilar soni bir vaqtlar dunyoda eng yaxshi 50 talik ro‘yxatiga kirgan edi

@botirziyatov
2025/07/02 02:21:33
Back to Top
HTML Embed Code: