Telegram Web Link
"It’s ready enough" – "hozircha yetarli" degan ma'noda.

Bu gap - dasturchilar va startaplarda tez-tez uchraydi

Hech qanday kod mutlaqo mukammal emas. Dunyodagi eng yirik va muvaffaqiyatli kompaniyalarning dasturlarida ham kamchiliklar topiladi.

Dasturlashdagi muhim sirlaridan biri:
“ Hech qachon tayyor bo‘lmaydi – faqat ma'lum darajada tayyor bo‘ladi. ”

@botirziyatov
Cursor talabalar uchun bir yilga tekin Pro versiyasidan foydalanish imkoniyatini bermoqda

https://www.cursor.com/students

@botirziyatov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xavfsiz deb o‘ylagan ilovalaringiz maxfiy xizmatlar uchun ishlayapti

Angry Birds boshqa ilovalar orqali ayg‘oqchilik qilib kelganligi haqida ma'lumotlar tarqaldi

Angry Birds Google Maps va boshqa ilovalar orqali bizning shaxsiy ma'lumotlarimizni yig‘ib kelgan.

qayerda ekanligimiz, kimlar bilan do‘stligimiz, qanday saytlarga kirishimiz, hatto siyosiy qarashlarmizni ham bilishi mumkin.

@botirziyatov
Ajoyib sonlar

GTA VI byudjetini $2 mlrd deb baholashmoqda — bu dunyodagi eng baland bino Dubayda joylashgan Burj Xalifa qurilishidan $500 mln qimmatroq.

Taqqoslash uchun: Burj Xalifa qurilishi 6 yil davom etgan, GTA VI ishlab chiqilishi esa 7 yildan beri davom etmoqda

GTA 6 2026-yil 26-mayda sotuvga chiqariladi.

@botirziyatov
Ertalabdan e'tiborimni tortgan rasm:

O‘zingni texnologiya dahosi deb o‘ylama, sen zamonaviy zavod ishchisisan

(Oakland, Kaliforniyada gi devorlarning biridagi yozuv)

@botirziyatov
Bir aka shunday deydi:

35 yoshda hali ham asosiy qiladigan ish kod yozish bo‘lsa, u aslida xato yo‘lda.

Allaqachon menejment darajasiga chiqqan yoki o‘zing uchun boshlang‘ich mablag‘ to‘plab, o‘z ishingni boshlagan bo'larding.

Agar hali ham oddiy dasturchi bo‘lib qolgan bo‘lsang, demak shuncha yil ishlab ham hech rivojlanmagansan.

35 yoshlilarning asosiy muammosi aslida shu.

@botirziyatov
Ba'zi dasturchilar kod yozishni juda ham yaxshi ko‘rishadi, ammo jamoani boshqarishda qiynalishadi, boshqalarni birgalikda ish qilishga undayolmaydilar.
Faqat ishning o‘zini bilish yetarli emas, odamlarni boshqara olish ham kerak, aks holda oldinga siljimaysiz.

Bir gap bor ediku: "Bir kishi tez yuradi, ko'pchilik esa uzoqqa boradi".

@botirziyatov
Ba'zi asoschilar “o'sish uchun turli nayranglar ”ga shu qadar sho‘ng‘ib ketishadiki,
aslida eng yaxshi o‘sish usuli — shunchaki yaxshi mahsulot ishlab chiqish ekanligini unutib qo‘yishdi.

@botirziyatov
Dasturchilar uchun bu yil juda ko‘p foydali vositalar chiqmoqda.

Google dasturlash yordamchisi Jules ni test rejimida ishga tushirdi.

2024-yil dekabr oylarida yopiq test uchun ochgan edi, endi barcha uchun mavjud.

Jules nima qila oladi?
🔵 Bu shunchaki kod to‘ldiruvchi emas, balki to‘liq dasturlash hamkori
🔵Bulutda maxsus virtual mashina (Cloud VM) orqali ishlaydi
🔵Vazifani bajarish uchun aniq, ko‘p bosqichli reja tuzadi
🔵Keyin rejaga asoslanib fayllarni o‘zgartira boshlaydi

Jules bajarishi mumkin bo‘lgan asosiy vazifalar:
• Loyihadagi eskirgan bog‘liqliklarni yangilash
• Mavjud kodni yanada yaxshiroq tuzilishga o‘zgartirish
• Kodga tushuntirish hujjatlarini qo‘shish
• Kodingiz uchun avtomatik testlar yozish
• Ochiq turgan muammolarni hal qilish uchun yechimlar taklif etish

Jules Gemini 2.5 Pro ko‘p modaliteli modeliga asoslangan bo‘lib, u yirik fayl tuzilmalari va loyiha tarixini tahlil qila oladi.

Qanday ishlatish mumkin?
Dasturchilar jules.google saytiga kirish orqali foydalanishni boshlashi mumkin.
Google har kuni 5 ta bepul vazifa limitini ham taqdim etmoqda.

@botirziyatov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
So‘nggi vaqtlarda AI agentlarini aktiv ishlata boshladim.

Vibe Coding - haqida hozircha xulosam.

Vibe Coding aslida fikrlanadigan ish hisoblanadi, ba'zida kod yozishdan ham ko‘proq aql talab qilishi mumkin.
Chunki AI-ga o‘z ehtiyojlaringizni aniq tushuntira olishingiz kerak, bu oson ish emas.
Albatta, agar texnikasini o‘rganib olsangiz, samaradorlig yaxshigina oshadi.

@botirziyatov
Qat'iyat nima ?

🟢2020: Amazondan ketib, birinchi startapimni qurdim.

🟢2021: Haftasiga 70 soat ishlash, bayramlarsiz... 0 ta mijoz.

🟢2022: Kompaniyamni tashladim. Yana urinib koʻrdim - va yana oʻsha sabab tufayli muvaffaqiyatsizlikka uchradim.

🟢2023: fluently_app ni boshladim. Deyarli pulim tugadi. Investorlardan pul yigʻishga harakat qildim. 20 dan ortiq investorlardan rad javobini oldim.

🟢2024: Y Combinatorga kirdim. 2 million dollardan koʻproq pul yigʻdim. Mahsulotni 3 marta oʻzgartirdim... lekin hali ham oʻsishni yechimini topa olmadim.

🟢2025:
- Fluently daromadini 20 martadan koʻproq oshirdim.
- 1 million dollar yillik daromadga erishdim. Hali ham har oyda 100% dan koʻp oʻsib bormoqda.

Odamlarga kerakli narsani yaratishni oʻrganish 5 yilimni oldi. Tashlab qoʻymang - ehtimol toʻgʻri gʻoyaga bir qadam turibsiz.

@botirziyatov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Google I/O 2025 konferensiyasida Stitch nomli loyihasini koʻrsatdi.

Stitch - matn va rasmlarni bir necha soniya ichida UI dizayni va front-end kodiga aylantirish mumkin.

Stitch tez oʻzgartirish va turli gʻoyalarni sinab koʻrish uchun maxsus ishlab chiqilgan boʻlib,
foydalanuvchi to oʻziga yoqadigan natijani topguncha, bir nechta dizayn variantlarini taklif qila oladi.

ikkita yana muhim joyi:
- Figma'ga joylashtirish: yaratilgan dizayn osongina Figma'ga joylashtirilishi mumkin
- Front-end kodni eksport qilish: Stitch dizaynga asoslangan aniq, foydalanishga tayyor front-end kodni yaratib beradi.

Stitch'ning rasmiy veb-sayti: stitch.withgoogle.com

@botirziyatov
Servercore bulut provayderi O‘zbekistondagi ma’lumotlar markazi asosida S3-xotirani ishga tushirdi

Endilikda S3 obyektli xotirasi Toshkent mintaqasida @ServercoreNews boshqaruv paneli orqali foydalanishga tayyor. S3 yordamida mediakontentlar, zaxira nusxalar (backup), ma’lumot to‘plamlari (dataset), sun’iy intellekt modellari kabi ma’lumotlarni xavfsiz saqlash va ularga tezkor kirishni tashkil qilish mumkin.

Servercore tomonidan taqdim etilgan xotira asosiy afzalliklari:

— Toshkentda joylashgan foydalanish zonasi.
— Yuqori xizmat darajasi kafolati (SLA) — 99,99%.
— Ikki xil saqlash turi — standart va sovuq (kam foydalaniladigan ma’lumotlar uchun).
— Masshtablanish imkoniyati — S3da cheksiz miqdordagi obyektlarni saqlash mumkin.

Uch karra ma’lumot nusxalash (replikatsiya) — har bir blok uchta alohida serverda saqlanadi, bu esa hatto bitta server ishdan chiqqanda ham ma’lumotlarga kirishni kafolatlaydi.

Obyektli xotirani ijaraga olish uchun quyidagi havola orqali o‘ting
Anthropic kompaniyasi Claude 4 Opus va Sonnet 4 modellarini taqdim etdi

Hozir yangi mahsulotlari haqida onlayn taqdimot bo'lmoqda,
Bugun va ertaga ham bo'ladi:

https://www.youtube.com/watch?v=EvtPBaaykdo

Ikkala modelning imkoniyatlari:
- Kengaytirilgan fikrlash qobiliyati
- Tahlil va veb-qidiruv vositalaridan navbatma-navbat foydalanish
- Vazifalarni parallel bajarish

Dasturchilar uchun yangiliklar:
- VS Code, JetBrains va GitHub Actions bilan integratsiya
- Claude tomonidan kiritilgan o'zgartirishlar to'g'ridan-to'g'ri muharrirda ko'rinadi
- Beta-rejimda o'z agentlarni yaratish uchun SDK ulash imkoniyati

Sonnet 4 bepul foydalanuvchilar uchun ham mavjud

@botirziyatov
Anthropic kompaniyasi rahbari Dario aytishicha:

« 2026-yilda atigi 1 nafar xodimga ega bo‘lgan milliard dollarlik kompaniya paydo bo‘ladi »

@botirziyatov
Man bir nechta oʻqituvchilar eshityapman, hammasi bir xil gapni aytishyapti:

Oʻquvchilar hamma narsani ChatGPT ga topshirib qoʻydi, o'zlari hech narsa oʻrganmayapti.

Oxiri shunday boʻladiki, yangi avlod oʻzi aqli yetmay, tushunmaydigan texnologiyaga qaram boʻlib qoladi. Agar bu texnologiya buzilsa yoki yo'qolsa, ular hech narsani qaytadan oʻzlari qila olmaydi.

-- Neal Stephenson, Amerikalik yozuvchisi, "metaverse" soʻzini oʻylab topgan odam

@botirziyatov
Kelajakni kutma. Uni sen yarat

Startap egalari uchun katta imkoniyat: “President Tech Award” tanlovi boshlandi. Sovrinlar jamgʻarmasi — $1 million.

Agar sizda gʻoya boʻlsa, bu tanlov siz uchun!

🏆 Mukofotlar:
• 1-oʻrin — $100 000;
• 2-oʻrin — $50 000;
• 3-oʻrin — $30 000;
• Maxsus toifa — $100 000.

📌 Yoʻnalishlar:
– Sun’iy intellekt;
– Ijtimoiy yoʻnalishda raqamli texnologiyalar;
– Micro-SaaS va AdTech;
– Kompyuter va mobil oʻyinlar;
– FinTech va raqamli biznes;
– Hakaton (maxsus).

📥 Roʻyxatdan oʻtish

Reklama

@botirziyatov
Olimlar haqiqiy narsalarga qiziqadi; tadbirkorlar foydali narsalarga

Olimlar : "Haqiqat" izlaydilar - ya'ni mavhum, nazariy jihatdan to'g'ri bo'lgan narsalar

Tadbirkorlar:
"Foydali" narsalarni izlaydilar - ya'ni real dunyoda ishlaydigan, natija beradigan narsalar

@botirziyatov
Agar sen $3000 maosh olsang, bu $614K ni topish uchun 17 yil ishlashing kerak!

@botirziyatov
2025/07/01 18:11:56
Back to Top
HTML Embed Code: