Telegram Web Link
StackOverflow OpenAI bilan hamkorlik qiladi

OpenAI, Stack Overflow-dan tasdiqlangan texnik bilimlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ChatGPT-ga taqdim etadi, bu esa foydalanuvchilarga 15 yil davomida Stack Overflow platformasiga hissa qo‘shgan millionlab ishlab chiquvchilar tomonidan qo‘llab-quvvatlangan ishonchli, aniq va yuqori texnik bilim va kodlarga oson kirish imkonini beradi.

@botirziyatov
2024 yil uchun Google qidiruv statistikasi:

»» Har daqiqada 5.9 million Google qidiruvlari amalga oshiriladi

»» Kompyuter orqali qidiruvlar mobilga qaraganda koʻproq bosish bilan yakunlanadi

»» AQShda Google qidiruvlarining 63% mobil qurilmalarda amalga oshiriladi

»» Veb-trafikka yoʻnaltirishning 66% Google orqali keladi

»» Koʻpchilik Google qidiruvlari uch toʻrt soʻzdan iborat

»» Google qidiruvlarining 46% mahalliy maqsadga qaratilgan

»» Google’ning Shopping Graph’ida 35 milliarddan ortiq mahsulot roʻyxati mavjud

»» AQSh aholisining 50% har kuni ovozli qidiruvdan foydalanadi

»» Google Desktop trafikining 27,03% AQShdan keladi

@botirziyatov
Man koʻpincha loyihalarimni outsource qilaman (Boshqa dasturchilarga zakaz beraman).

Bu koʻpchilikka gʻalati tuyiladi, oʻzing dasturchi boʻlib nega boshqalarga buyurtma berasan deb,

Agar man dastur tuzsam unda uni taqdirini kim oʻylaydi...

Hozir Mashhur biznesmen dasturchi Marc Lou ni gapiga koʻzim tushdi:
« Agar moliyaviy imkoniyatingiz boʻlsa, uni outsourcega topshiring.
Man esa: oʻz auditoriyam uchun muhim boʻlgan narsalarga vaqt sarflayman. »

u loyihalaridan oyiga +55 000$ topadi

@botirziyatov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Shuncha yil ichida Apple'ni shunchalik ahvolga tushganini birinchi marta koʻryapman.

"Let's Fly" tadbirida Apple eng soʻnggi iPad Pro-ni reklama qilish uchun "Crush" deb nomlangan reklama videosini namoyish qildi

Bu reklamasi shu kunlarda juda koʻp tanqid qilindi.
Bu yerda ijodkorlarni qanday siqib yoʻq boʻlib ketishiga ishoraga ham oʻxshaydi.

Qisqasi Apple uzr soʻradi va reklama maqsadlariga erisha olmaganini ham tan oldi.

@botirziyatov
Oyiga 8000 dollar ishlab topadigan online timer - stagetimer.io

Stagetimer - bu siz va boshqalar bilan havola yoki QR-kod orqali ulashishingiz mumkin boʻlgan onlayn hisoblagich.

Loyiha asoschilari - ta'lim sohasida faoliyat yurituvchi Liz va dasturchi Lukas Hermann.

Qanday boshlandi? Barchasi doʻstining studiyasidan boshlandi.
u yerda bir gʻalati holat bor edi: uning doʻsti sahnaga qoʻyilgan iPad'da taymerni yoqib, soʻngra boshqaruv joyiga yugurib, yozishni boshlardi. Bu mantiqsiz edi! Nega u taymerni masofadan boshqara olmas edi?
💡 Lukas uyga qaytgach, masofadan boshqariladigan taymer vositasini qidira boshladi: yoʻq, bunday narsa yoʻq edi. Shunda u oʻz koʻnikmalarini sinab koʻrish uchun dam olish kunlari bunday dastur yaratishga qaror qildi.

📅 2021-yil noyabr oyida ishga tushirilgan va 2022-yil may oyida ProductHunt-da namoyish etilgan Stagetimer, foydalanuvchilar orasida juda mashhur boʻla boshlaydi.

"Biz foydalanuvchilarimiz Stagetimerni chin dildan yaxshi ko‘rishlarini va uni hech qanday rag‘bat va tovonsiz tavsiya qilishlarini payqadik."

Liz:
Har safar bu haqda doʻstlarim va oilamga aytganimda, koʻpchilik qanday qilib pul ishlab topish mumkinligini bilishni xohlaydi. Tadbirlarni oʻtkazadigan odamlar esa darhol uning qiymatini koʻradilar.

Bozor talablari yoki boʻshliqlari asosida boshlangan loyihalar jozibadorligi va rivojlanishi jihatidan isbotlangan.

@botirziyatov
13 may kechasi 22:00 da OpenAI ning "Spring Update" tadbiri boʻlib oʻtdi.

U yerda ikkita katta yangilik bor:
- OpenAI yangi GPT-4o versiyasini ishga tushirdi - bu yerda maqola oʻzbek tilida
- OpenAI Mac uchun ChatGPT ilovasini ishga tushirdi.- bu yerda maqola oʻzbek tilida

@botirziyatov
Stiv Jobs ning bir gapi bor edi:

Vaqtingiz cheklangan, shuning uchun uni boshqalarga taqlid qilib sarflamang. Boshqalar nima deyishiga qarab ish qilmang.
Eng muhimi, yuragingiz va sezgingizga ergashing, chunki sizning haqiqiy istaklaringizni sizdan boshqa hech kim bilmaydi.
Qolgan hamma narsa ikkinchi darajali.

@botirziyatov
Man koʻp kuzataman:

Mutaxasislarida sohasida zoʻr boʻlishga e'tibor qaratishadi.

misol dasturchi: Yaxshi dasturchi boʻlishga.

Lekin sohadan tashqari, Hayotda ham natijaga e'tibor berish kerak.

Har kuni bir xil ishni qilib ishga borib kelish bilan oʻzgarish boʻlmaydimi diman.

@botirziyatov
Oʻrganish qobiliyati yuqori boʻlgan odamlar muammolarni yaxshi tahlil qila oladilar, koʻp ma'lumot topa oladilar va mantiqan yaxshi oʻylay oladilar.

Sun'iy intellekt (AI) bu qobiliyatlarni yanada yaxshilaydi,
lekin agar sizda bu qobiliyatlar boʻlmasa, AI sizga ularni bera olmaydi.

AI sizga ma'lum boʻlgan narsalarni hal qilishga yordam beradi,
lekin sizning bilmagan narsalaringizni hal qila olmaydi.

@botirziyatov
Qanday qilib oddiy Chrome plagini bilan oyiga
2800 dollari daromad olish mumkin.


Salom, man Tomas. mani asosan faoliyatim
Berlin shahrida ma'lumotlarni tahlil qilish bilan bogʻliq,
ZenMate, Ecosia va Clue kompaniyalarida ishlaganman.

2016-yilda ZenMate kompaniyasidan chiqib ketdim,
chunki hayotimning keyingi qadamlarni rejalashtirish davrida dam
olishni istadim.
Ta'til vaqtida dasturlashni oʻrganishni boshladim.

Shu vaqt ichida Beebs deb nomlangan oddiy, bitta maqsadli
Chrome plagnini yaratish maqsad qilib oldim. Bu man uchun tajriba deb qabul qildim.

Beebs — bu juda oddiy brauzer plagini boʻlib,
u Buyuk Britaniyaning ayrim saytlarga kirishni ta'minlaydi.
Asosan VPN haqida koʻp ma'lumotga ega boʻlmagan odamlarga yordam berish uchun
moʻljallangan.

E'lon qilinganidan beri, Beebsning daromadi $55K dan oshdi,
hozirda foydalanuvchilardan oyligida taxminan $2,800 tushmoqda.

Aynan Beebs ni qilishga sabab esa: Texnik jihatdan yagona bilgan narsam shu edi.

Men doim ishonaman, agar siz muammoni eng oddiy usul bilan hal qilsangiz,
foydalanuvchilar oxir-oqibat sizni topishadi.

@botirziyatov
Soʻnggi vaqtda koʻrib turganlarim:

Koʻpgina mutaxassislar biror narsa qilishni xohlaydi, lekin nima qilishni bilmaydilar.
Koʻpchilik trendga ergashib oʻz vaqlari va kuchlarini behuda sarflayotganga oʻxshaydi.

@botirziyatov
Passiv daromad bu siz ishlamay turib ham pul topa oladigan daromad manbai hisoblanadi.

Passiv daromad olish uchun birinchi bosqichda aniq harakat yoki sarmoya zarur,
Bu harakatlar bir marta amalga oshiriladi va keyinchalik sizning muntazam aralashingizni talab etmaydigan daromad oqimi yaratadi.

Masalan, passiv daromad olish mumkin:

»» Ijara daromadi: Koʻchmas mulkka sarmoya kiritish
»» Aksiyalar dividendlari:Kompaniyalarga sarmoya kiritib, ularning aksiyalarini sotib olish
»» Foydali kontentlar - Oʻzingiz yaratgan kontent uchun toʻlov
»» Onlayn Kurslar - Hozirgi kunda eng trenddagi daromad
»» Dasturiy loyihalar ishlab chiqish

@botirziyatov
Forwarded from Farkhod.com
​​Passiv kirim. Template sotishim haqida. 

Balkim bilasiz yoki yoq, 2017-yildan beri Rossiyaning e-commerce platformasi Webasyst uchun template(shablon) sotaman. 2019-yilda ikkinchi templatimni sotuvga chiqorib, template chizishdan charchab, Safenetpay startapiga Product designer sifatida ishga kirganman. 

Bu postda, template sotishdan tushgan daromadim haqida bo’lishmoqchiman. Ushbu ma’lumotni deyarli hech kim bilmaydi desam ham bo’ladi.

2017-2019 oralig’ida jami 2 ta template chizdim. Birinchisi “Incart”, ikkinchisi “Balance”. 

Tushgan daromad: 
Incart:
2018 - $13,000
2019 - $11,000
2020 - $4,000
2021 - $1,600
Jami Incart: $26,900

Balance:
2019 (dekabr) - $4,200
2020 - $25,000
2021 - $6,500
Jami Balance: $35,700

Jami hamma template 2018-2021 oralig’ida $62600 tushum olib kelgan. 

E’tibor qiling, Balance template Incartdan kech chiqqaniga qaramay foyda ko’p olib kelgan. Bu degani, birinchi templateda qilingan xatolar inobatga olinib, ikkinchisi yahshi chiqqan, o’sish bor degani. 

Bir kishi shuncha pul ishladi degan bo’lsangiz kerak? Unaqa emas, template bu faqat dizayn bilan chegaralanib qolmaydi. Template jonlanishi uchun uni coding qilish kerak. 

Yuqorida ko’rsatilgan foyda rossiyalik sherigim bilan 50/50 qilib bo’lamiz. Men dizayn, marketing, project managment tarafiga javob beraman, sherigim coding va mijozlar bilan aloqa qismiga javob beradi. 

Erishgan yutuqlarim:
- Balance shablonim 2019-yil dekabrda ommaga chiqishiga qaramay Webasyst marketplace 2019-yil eng yahshi template deb tan olindi;
- Incart templateni Yuriy Dud o’zini official merch magazini uchun ishlatadi www.vdudvdud.ru;
- Ozroq muddatga bo’lsa ham passiv daromad olishga erishdim.

Olgan saboqlarim:
- Qanchalik zo’r mahsulot chiqormang toki uni chiroyli qadoqqa o’ramasangiz, mahsulot sotilmaydi;
- Sherik tanlashda ancha dars oldim. Sherigingiz qadriyatlari siz bilan bir xil bo’lishi juda muhim;
- Moliyaviy tarafdan sherigiz bilan to’liq ochiq bo’lsangiz, sherigingiz izidan ish qilmasangiz shuncha ishonch paydo bo’ladi.

Hozircha bu ishni davom etmoqchi emasman, sabablari:
- Eng birinchi sababi, rossiyalik sherigim mijozlar bilan muloqotda qilgan xatolari. Shuni izidan template bir nechta yomon otziv olgan. Menda birinchi o’rinda mijozlarni mahsulotimdan qoniqishi, sherigimda esa boshqa qadriyatlar. Bu xolat o’z navbatda nizo kelib chiqishiga sabab bo’lgan;
- Mahsulot chegarasi Rossiya va MDH davlatlari. Men esa xalqaro bozorga intilaman;
- Bitta marketplace bog’liq bo’lib qolish. Agar marketplacega biron xatti xarakatingiz yoqmasa, block olish mumkin, shunda barcha qilgan ishlaringiz chippakka chiqadi;
- Kundan kunga Webasyst mijozlar soni kamayib borishi.

Passiv tushum kelishini ta’minlay olsangiz, bu juda zo’r. 

Keyingi postlarimda qanday va qayerda mahsulot sotib, passiv tushum olish mumkin haqida post tayyorlashga xarakat qilaman. 

---

Farkhod Saydullaev
Product designer at Safenetpay
@farkhod_com
Yangi gʻoya boshda charaqlar,
Hammani xabar qilar,
Loyiha tamom boʻlmay turib,
Yangi gʻoyaga koʻz tikar!

@botirziyatov
2024-yilda Python-ni qanday oʻrganish mumkin?

2024-yilda qanday qilib dizayner boʻlish mumkin ?

2024-yilda qanday qilib SMM mutaxassisi boʻlish mumkin ?

javob:
10 yil oldin qanday boʻlsa huddi shunday, u yerda faqat usullar va vositalar oʻzgargan. Koʻp kurs sotuvchilarning marketing strategiyasi zamonaviy koʻrinishda boʻlsa-da, aslida u yerda hech qanday yangilik yoʻq.

@botirziyatov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Luis Bizarro degan zoʻr texnolog bor.

Uning asosiy yoʻnalishi: WebGL, Shaders va JavaScript texnologiyalar yordamida zamonaviy real-vaqt 3D tajribalar yaratishga ixtisoslashgan.

Luis mashhur brendlar, masalan, Apple, Xbox, YouTube va Google bilan hamkorlik qilgan.

Soʻnggi yillarda Apple veb-saytidagi mahsulotlarning 3D tasvirlari shu yigitga tegishli

Uning ishlariga qiziqsangiz, bizar.ro saytiga kirib koʻrishingiz mumkin.

https://bizar.ro/

@botirziyatov
Netflix bosh direktori:

"Men sun'iy intellekt dasturlari odamlardan koʻra
yaxshiroq asarlar yaratishiga ishonmayman"

Sizning ishingizni AI emas, sun’iy intellektni yaxshi biladigan odamlar olishi mumkin.

@botirziyatov
2023-yil 28 mayda NVIDIA ning aksiyasi narxi 290$ edi.
Bugun 2024- yil 28 mayda 1 115$

@botirziyatov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugun bir yigit twitterda .
tayyor boʻlmagan loyihani qanday natijani olib kelishini video qilib joylashtirdi.

Loyiha Figma uchun plagin boʻlib, u GPT4o yordamida butun dizaynni chizib berishi mumkin.

Bu video virusga aylanib 458 000 marta koʻrildi.

Odamlar bu narsa kerakligiga deyarli 100% amin boʻldi.

@botirziyatov
Oʻzgarish

"Moliyada 72 qoida" degan tushuncha bor, Bu qoida investitsiyaning qiymati ikki baravar oshishi uchun qancha yil kerak boʻlishini oddiy formula yordamida taxmin qiladi.

Agar yiliga 8% dan pul koʻpaysa, investitsiyangiz qiymati ikki baravar oshishi uchun 72/8 = 9 yil kerak boʻladi.

Bu qoidani eshitganimdan keyin oʻzimni investitsiya sifatida koʻrish haqida oʻylab qoldim. Shaxsiy oʻsish va rivojlanishni qanday oʻlchash mumkin?

@botirziyatov
2025/07/07 13:15:33
Back to Top
HTML Embed Code: