Telegram Web Link
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
GitHub CEO'si Thomas Dohmke'ning TED koʻrsatuvida chiqishi:

2022-yil oxirida ChatGPT paydo boʻlishi bilan dastur yozish jarayoni tubdan oʻzgardi. Dastur kodlarini avtomatik tarzda yaratish mumkin boʻldi.

Koʻplab odamlar dasturlashni osonlik bilan oʻrganishlari mumkin boʻlsa-da, murakkab dasturiy ta'minot tizimlarini loyihalash va ularga xizmat koʻrsatish hali ham yuqori malakali mutaxassislarni talab qiladi.
Shu sababli, professional dasturchilar kasbi yoʻqolmaydi.

AI vositalari, masalan, Copilot, dasturlash jarayonini juda soddalashtirishi mumkin. Ammo inson dasturchilari hali ham ijodiy va tizimli fikrlashda muhim rol oʻynaydi. AI vositasi hamkorlik vositasi sifatida ishlaydi, dasturchilar esa turli ehtiyoj va maqsadlarga qarab katta muammolarni kichik muammolarga ajratib, ularni bosqichma-bosqich amalga oshiradilar. Shu sababli, koʻplab AI yordamchi vositalari Copilot (ikkinchi uchuvchi) deb nomlanadi, chunki asosiy qarorlarni qabul qilish uchun hali ham Pilot (uchuvchi) kerak boʻladi.

#ai #dasturlash

@botirziyatov
Agar foydalanuvchilar sayt nomini eslay olmasalar, ular saytning asosiy funksiyalarini yoki mazmunini qidiradilar.
Shuning uchun, sayt nomini tanlashda uni tushunish va eslab qolish oson boʻlishi kerak.

#startup
@botirziyatov
Ishim toʻxtab qoldi.
ChatGPT ishlamayapti

@botirziyatov
Nazarimda ChatGPT ishlamay qolganda nima qilish kerak degan qoʻllanma chiqarish kerak.

Boʻlmasa qiyin boʻlarkan.

@botirziyatov
Yosh kattalashgan sari hayotda o‘zgarishlarga qarshilik kuchi koʻpayib borarkan.
Lekin rivojlanish uchun oʻzgarish kerak.

Bir gap bor ediku:
«Yangilik qilish uchun eskidan voz kechish kerak.»

#rivojlanish

@botirziyatov
Kecha ChatGPT ishlamay qolganida Google Gemini qidiruv hajmi 60% ga oshdi.

Google Gemini-ning global qidiruv hajmi 327 058 martaga koʻtarildi.

Bundan tashqari:
"Microsoft Copilot" va "ChatGPT Alternative" degan soʻzlar qidiruvlari ham koʻpaygan.


Bu ma'lumotlar QR Code Generator kompaniyasining tahlilidan olingan.

#chatgpt
@botirziyatov
Bugun pul haqida bitta gap oʻqib qoldim.

Pul - boshqalar mehnatidan foydalanib, oʻzingizning vaqt va baxtingizni ta'minlovchi muhim ixtirodir.

@botirziyatov
Internetda "Texnologik Feodalizm" nomli kitobni koʻrdim.

Kitob Muallifi Yanis Varufakis -
U gretsiyalik iqtisodchi boʻlib,
dunyoning eng katta oʻyin platformasi Steam’ni yaratgan Valve kompaniyasida ishlagan.
Keyinchalik u Gretsiyaning moliya vaziri boʻlgan va lavozimidan ketganidan soʻng ushbu kitobni yozgan.


Tarixda feodalizm oʻrta asrlardagi Yevropada keng tarqalgan boʻlib,
unda yirik yer egalari katta yerlarni egallagan,
yer ustida hamma narsani boshqargan va dehqonlar lordning shaxsiy mulkiga aylangan.

Buni hozirgi internetga oʻxshash jihatlari bor.

Internet katta boʻlishiga qaramay, hukmronlik qiladiganlari bir nechta kompaniya: Google, Apple, Microsoft, Amazon, Meta... Ular internet lordlari boʻlib, raqamli hududlarning katta qismini boʻlib olgan.

Bu kitobda yana shunday deyiladi:
Internet foydalanuvchilari aslida raqamli qaramlar.
Siz boshqa birovning hududida postlar qoldirishingiz, rasmlar va videolar yuklashingiz,
lord uchun ishlash demakdir. Siz deyarli hech qanday foyda koʻrmaysiz,
bepul mehnatingiz faqat lordning kompaniyasiga qiymat qoʻshadi.


Vaqt oʻtishi bilan siz hatto ruhiy qaramlikni ham his qilasiz,
bir kun lordning yeriga bormasangiz, yuragingizda katta boʻshliq his qilasiz.

Post katta boʻlib ketdi... yana qiziq joylari bor ularni ham keyinchalik yuboraman )

@botirziyatov
Forwarded from Foydali Moliya
Taxminan 2010-yilda qo'limga tushgan pulning 10 foizini jamg'ara boshlaganman. Lekin besh-olti oydan keyin nimagadir pul kerak bo'lib qoldi va jamg'armamni "o'ldirdim". Keyin pul jamg'arish haqida o'ylamay qo'ydim, toki 2022-yilgacha...

12 yil juda katta muddatdek tuyuladi. Lekin bu yillar go'yo ko'z ochib yumguncha o'tib ketdi. O'ylab qolaman, agar o'sha paytda jamg'armamga tegmay, oyiga hech bo'lmasa 500 000 so'mdan yig'ganimda, hozir qo'shimcha 72 000 000 jamg'armaga ega bo'lardim...

Yig'ayotgan pulingizni kam deb o'ylamang, yillar sizni shashtingizni so'ndirmasin. Vaqt baribir o'tib boraveradi, pul esa ishlab ketadi.

🔝 @foydali_moliya birgalikda o'samiz!
Yangi mahsulot (dastur yoki biror loyiha) ishlab chiqarilganda, man mijozlarni qanday topishni bilmayman, chunki mahsulot yaxshi boʻlsa, foydalanuvchilar oʻz-oʻzidan paydo boʻladi.

#MarketingniBilmayman #MarketingStrategiyam

@botirziyatov
Oyiga 1000$ dollar daromad topayotgan kichik veb sayt.

Sudoku - kichik oʻyin sayti boʻlib, u juda oddiy koʻrinishga ega, sayt 2005-yildan beri ishlab keladi.
Sayt oʻzini organik trafigiga ega.

Sayt Google AdSense orqali daromad oladi.

@botirziyatov
10 yil davomida dasturchi boʻlib ishlagan Dmytro Krasun ning screenshotone loyihasini ishga tushirish haqidagi hikoyasi:

Man Dmytro Krasun, screenshotone asoschisiman, bu oddiy API boʻlib, har qanday veb-sayt URL manzilini veb-sahifa skrinshotiga aylantiradi.

Horizda bu loyiha oyiga 7400$ dollar daromad
keltiradi

Man 10 yil davomida oylik maoshga backend dasturchi boʻlib ishladim,

Man vaqt topib turli loyihalar qilib, tadbirkor boʻlishni sinab koʻrmoqchi edim. Ammo ishda boʻlganimda biror narsa qilish qiyin edi.
Man har doim kundalik ishimga toʻliq e'tibor berardim, bu asosiy vazifam edi. Shuning uchun men tezda oʻsdim va koʻp pul topdim.

Orada farzandli boʻldim, va ta'tilga chiqdim, va bu man uchun yana bir imkoniyat edi, chunki ta'tilda loyiha qilib olish uchun yaxshi vaqt edi.

Oʻtirib, duch kelgan barcha muammolarni yozib chiqdim. Tasodifiy skrinshot API ni tanladim.
uni tezda ishga tushirib, talab bormi yoki yoʻqligini koʻrishga qaror qildim.

Google qildim va koʻplab raqobatchilar borligini, va ularning hammasi yaxshi ekanligini topdim. Boshida hafsalam pir boʻldi. Ammo keyin tushundimku, bu bozor allaqachon tasdiqlangan va man faqat eng yaxshisini chiqarishim kerak.

2022-yil 5-yanvarda domen sotib oldim.
Doim konkurent loyihalardagi muammolarni topib, uni qanday qilib hal qilishni yozib borardim.

Masalan, man loyihamga saytdagi reklama va cookie bannerlarni skrinshot qilish imkonyatini qoʻshdim, va bu loyihamni asosiy farqli joyi sifatida tavsiya qildim. Bu konversiya darajasini oshirdi.

Loyiha Go dasturlash tili, HTML, CSS va JavaScript bilan ishlab chiqilgan.

Loyihaning birinchi versiyasini Digital Ocean dropletda joylashtirdim, soʻng oʻsishni boshlaganimda keyin koʻproq moslashuvchan serverlar kerak boʻldi va Google Cloud Platformasiga koʻchirdim. Bir hafta oldin, Google Cloud Platformadagi xarajatlarni kamaytirish uchun yangi Kubernetes klasterini ishga tushirdim va bu yaxshi ishlamoqda.

Loyihadan charchagan vaqtlarim ham bor:
Man deyarli taslim boʻlmoqchi edim, charchagan edim. Nihoyat, 2022 yil 4 iyulda birinchi toʻlov qiluvchi mijozimni kutib oldim. Buni hech qachon unutmayman.

Keyingi postda uning bazi maslahatlari haqida yozaman

@botirziyatov
Bugun koʻzim tushgan gaplardan biri:

Oliy darajadagi aqlli odamlar koʻpincha xavfsiz kasblarni tanlaydilar (Davlat ishlari, ma'lum sohadagi mutaxassislik, ...), chunki muvaffaqiyatsiz boʻlishdan qoʻrqishadi.

Ammo haqiqiy muvaffaqiyat har doim ham aql bilan emas, toʻxtovsiz harakat va muvaffaqiyatsizliklarni qabul qilish bilan keladi.

@botirziyatov
Hamster Kombat oʻyinidan qanday daromad olish mumkin ?

Yuqori ehtimollik bilan, bunday loyihadan haqiqatan boyib ketishi mumkin boʻlganlar faqat oʻyinning ishlab chiquvchilari boʻlishi mumkin.

Batafsil: https://giglink.uz/p/3435333

@botirziyatov
Pinterest qanday qilib atigi 6 mutaxassis bilan 11 million foydalanuvchiga yetdi.

Qiziq maqola

Pinterest 2009 yilning dekabrida Ben Silberman, Pol Skiyerra va Evan Sharp tomonidan asos solingan.
Silberman avvaliga Pinterest’ni "online taxta" sifatida tasavvur qilgan.

@botirziyatov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Koʻpchilik odamlar qonunlardan doim xavotirda boʻlishadi va oʻz loyihalarini boshlashdan qoʻrqishadi.

Katta kompaniyalar esa qanday qilib oʻsganini koʻring:

Airbnb - Airbnb raqobatchisi Craigslist'da e'lon qoʻygan foydalanuvchilarga avtomatik ravishda javob qaytaruvchi robotni ishlab chiqqan

YouTube - foydalanuvchilarni jalb qilish maqsadida mualliflik huquqi bilan himoyalangan kontentni joylashtirishdan boshlagan.

• Stripe - boshidanoq koʻplab FinCEN qoidalarini buzgan. Bir paytlar $600,000 qiymatidagi narkotik savdosi Stripe orqali oʻtganida hech kim buni sezmagan.

• LinkedIn - kontaktlar bazasidan foydalanish orqali tez oʻsdi.Hindiston kabi joylarda, ma'lumotlar maxfiyligi masalasi muhim boʻlmagani sababli, LinkedIn hali ham kontaktlarni suiiste'mol qilish orqali koʻplab elektron pochta xabarlarini yuboradi.

Bu hali hammasi emas: manba

Koʻpgina YC kompaniyalari, masalan, Uber, Airbnb, va Coinbase ham shunga oʻxshash usullarni qoʻllashgan, chunki sarmoyadorlar koʻpincha asoschilarining shafqatsiz boʻlishlarini afzal koʻrishadi.

@botirziyatov
Koʻpchilik kod sifati kompaniyaning hayoti deb hisoblaydi,
lekin bazi kompaniyalarning muvaffaqiyati kod sifati bilan bogʻliq emas.
Yomon kod ham katta daromad keltirishi mumkin.
Bozor yaxshi mutaxassisni emas, balki tezlik va ijroni ragʻbatlantiradi.

@botirziyatov
Veb-saytda ichki havolalarini yaratishda, target="_blank" atributini qoʻshish yaxshimi yoki ishlatmaslik yaxshimi degan masalada ikkilanib qoldim.

Bu masalani yechish uchun professional SEO maqolalarini qidirmadim, ChatGPT’dan soʻradim

ChatGPT:

1. Bloglar yoki yangiliklar saytlarida - ichki havolalarda target="_blank" atributidan foydalanish tavsiya etiladi. Bu foydalanuvchilarga bir vaqtning oʻzida bir nechta sahifani koʻrish imkonini beradi.

2. Elektron tijorat yoki xizmat koʻrsatuvchi saytlarda - target="_blank" atributidan foydalanmaslik yaxshiroqdir. Bu foydalanuvchilarga havolalarni yangi tabda ochishni oʻzlari tanlash imkonini beradi va shu bilan ular oʻz ehtiyojlariga mos ravishda saytdan foydalanishlari mumkin boʻladi.

siz nima deb oʻylaysiz?

@botirziyatov
🌅Assalomu alaykum!

🎉 QURBON HAYITI MUBORAK BO‘LSIN

◈━━◈━━◈

👨🏻‍💻 @botirziyatov
2025/07/07 08:59:57
Back to Top
HTML Embed Code: