Turk aktyori Kemal Sunal ishtirokidagi filmlarni xush ko’raman. Kemal Sunal komik aktyor o’laroq insonni ham kuldirishi, ham yig’latishi mumkin. Uning achchiq haqiqatlar, falsafiy va umuminsoniy qarashlarni ochib beruvchi yumor va satiralari inson qalbini zabt etadi. Bugun Kemal Sunal ishtirokidagi “Hababam sinfi” kinofilmini ko’rdim.
Ushbu filmda bir ustozning inson hayotidagi o’rni, shaxs kamolotidagi ro’li ortiqcha bo’yoqlarsiz tasvirlangan. Bosh qahramon “Hababam sinfi”ning o’quvchilari hamda umrini va hayotini insonlarga ta’lim berishga sarflagan Mahmud ustoz. Film qahramonlarining goh satirik, goh tragedik hayoti tomoshabinni chuqur qayg’uga solishi bilan bir qatorda kuldiradi ham.
Inson har qanday fojeali hayotdan ham ma’no topishi, qorong’u kunlarda ham baxt va quvonchga yetisha olishi mumkin. Film qahramonlarining hayoti mana shu dramatik sahnalar orqali tomoshabinni maftun qila oladi. Suratlarda “Hababam sınıfı” filmidan kadrlarni ko’rishingiz mumkin.
Filmni bu yerdan ko’rishingiz mumkin. Film turk tilida.
👉 Oddiy yo'lovchi

Bobom ikkinchi jahon urushidan bitta oyoq bilan qaytgan. Biz hali ham o’sha oyoq kimniki ekanligini bilolganimiz yo’q.
👉 Oddiy yo'lovchi
👉 Oddiy yo'lovchi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Prezidentning uchuvchisi kuchli shamol natijasida hosil bo’lgan aerodinamik holatda samalyotni mahorat bilan qo’ndiribdi. Qoyil!
👉 Oddiy yo'lovchi
👉 Oddiy yo'lovchi
Forwarded from Hayot akademiyasi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xo’ja Nasriddin shahardan ketarkan, eshakka teskari o’tirib olibdi. Buni ko’rgan shaharliklar: “Xo’jam siz nega eshakka teskari minib oldingiz?”, - deya so’rabdi. “Orqadan keladigan xaflarni ko’rish uchun”, - deb javob beribdi Xo’ja Nasriddin. “Unda oldindan keladigan xavflar nima bo’ladi?”,- deyishibdi shaharliklar. Xo’ja Nasriddin: “Oldindan keladigan xavflarni eshak ham ko’ra oladi”, - degan ekan.
🍃Hayot akademiyasi
🍃Hayot akademiyasi
Ahmet Kaya - Çek Mustafa Çek
Barış Müzik
🎶 "Çek Mustafa Çek" - Ahmet Kaya
Genç kadınları kültürümüzle etkiledikten sonra
Vesta kızlarını rahibelere saldırdıktan sonra
Leylakları yaktıktan bulutları gömdükten sonra
Ahmet Kayaning "Çek Mustafa Çek" qo'shig'i matni Lotin amerikasi adabiyotining yorqin vakillaridan biri Pedro Shimosening "Bir kichik burjuaning superakademik realist she'ri" sarlavhali she'rining Ulku Tamer tomonidan turk tiliga tarjima qilingan versiyasining o'zgartmasi hisoblanadi.
Pedro Shimose o'z she'rida kichik burjua vakillarining munofiqigi, urushlarga sabab bo'lib olam muvozanatini buzishi, svilizatsiyalarni yo'q qilib obro' topishga intilishini qoralaydi.
Ushbu g'oya G'ofur G'ulomning Vaqt she'ridagi quyidagi misralarga o'xshaydi:
Shuhrat qoldirmoqqa Gerostratdek,
Diana ma’badin yoqmoq shart emas,
Ko‘plarning baxtiga o’zlikni jamlab,
Shu ulug’ binoga bir g’isht qo’ysak bas.
Ahmet Kayaning "Çek Mustafa Çek" qo'shig'i turk jamiyati tomonidan yaxshi qabul qilinmagan. Chunki qo'shiqda Mustafo obrazi raqiy ichib mast bo'lgan va shu orqali bor budini qo'ldan chiqargan kimsaga mengzalgan. Turk jamiyati esa Ahmet Kaya "Mustafo" deya Otaturkni nazarda tutgan deb bilishadi. Aslida qo'shqidagi Mustafo obrazi Ahmet Kayaning akasi Mustafa Kaya bo'lib, qo'shiq bastalangan vaqtda Mustafa Kaya ichkilikka berilib ketgan edi.

“Turman shousi” filmini deyarli barchamiz ko’rgan bo’lsak. Ko’pchilikning qalbida anashu film qahramoni singari “yashayotgan hayoti shou bo’lib chiqishi” istagi bor. Ammo insonning bir hislati ham borki, u ham bo’lsa yolg’onlarni his qilish. Atrofingizda sodir bo’layotgan voqealarni anglash orqali, insonlarning yolg’onlarini his qilib turasiz. Hammasi xuddi Truman shousi qahramonidagidek bo’ladi. To’satdan yolg’onlar fosh bo’ladi. Inson o’zi his qilgan yolg’onlarning shunchaki shubha va gumon bo’lishini orzu qiladi. Ammo, bunday bo’lib chiqishi dargumon.
Film qahramoni singari yolg’onlarning barcha detallari sekin-astalik bilan ayon bo’lib boradi va so’ngida yahlit bir kartinani hosil qiladi. Shubha-gumonlar endilikda o’z o’rnini yolg’onga bo’shatib beradi. Inson to’satdan o’zgarib qolmaydi. Inson yahlit kartina hosil bo’lganida o’zgaradi. Atrofdagilarga esa bu to’satdan sodir bo’lgandek hissiyot uyg’otadi. Aslida ishonch tuyg’usi ilk yolg’on so’zlangan vaqtdan boshlab yemirilayotgan bo’lgan, g’ira-shira kartina esa yorqinlashishda davom etib, voqeylikni oydinlashtirayotgan bo’ladi.
Inson qarshisida yolg’onning to’liq shakli hosil bo’lganida ishonch sinadi va u o’zgaradi. Mana shu burilish nuqtasidan keyin, shou ijodkori Trumanni yupatishga uringanidek, tarang vaziyatni yumshatishga qanchalik urinmang, foyda bermaydi. Chunki siz qarshingizdagi insonni yolg’onlar bilan yemirib bo’lgansiz.
Inson o’z hayotini rasvo qilishi ham, aksincha gullab-yashnatishi ham mumkin. Oqil inson yolg’onlarsiz yashaydi. U nafaqat boshqalarni, balki o’zini ham aldamaydi. Kimnidir botqoqdan chiqarish uchun qanchalik urinmang, uning o’zi shu botqoqdan chiqishni istamasa barchasi bekor. Ammo so’ngida aldanganlar o’z qadrini yerga urib, noto’g’ri tanlovlar qilgani uchungina afsuslanadi. Truman singari yolg’onlardan ozod bo’lish ham, botqoq ichida alafdek qolib ketish ham insonning o’ziga bog’liq.
“Truman shousi” filmi ham mana shu jarayonni, yani inson yolg’onlar qurboni bo’lib qolsada, alaloqibat uni yengishini ifodalab bergan. Filmni tomosha qilganlar bo’lsa fikr bildirishingiz mumkin. Filmni tomosha qilmaganlar esa mana bu yerdan ko’rib olishingiz

Adabiyotimiz aytmanki, nasriy asarlar "ulug' bobochilik" sindiromiga chalinib qolgan. Mustaqillikka erishganimizdan so'ng yozilgan nasriy asarlarning aksariyat qismi buyuk ota-bobolarimizning hayot tarzini yoritishga qaratilib ketdi. O'tgan asarda yozilgan nasriy asarlarimiz ruhiyatida oddiy insonlar yani xalq birinchi planda tasvirlanar edi. To'g'ri u vaqtda sovet kishisini tasvirlash asosiy topshiriq bo'lgan, ammo asarning mohiyati, mazmuni xalqdan olinib, xalqqa yetkazilgan edi.
Hozir yozilayotgan asarlar, zamonaviy yosh ijodkorlarimizning ham nasriy, ham nazmiy asarlari g'arb falsafasining individualizm ruhiyati bilan sug'orilgan. Bunda ijodkor markazga olgan qahramon ko'proq individual va shaxsiy psixologik muammolar bilan kurashadi. Qahramon shaxsiyati adibning o'zigagina xos bo'lib, xalqning asriy alam va sitamlari, orzu va umidlarini tasvirlab bermagani uchun ommalashmaydi. Yoki biz o'tmishda doim ezilganligimiz, buyuklarimizni yo'qotganligimiz haspo'shlanib, jamoaviy alamzadalikni ilgari surishga qaratilgan bo'ladi.
Ammo adabiyot, yoyinki nasriy asar avvalo o'z xalqi ichida shuhrat topmog'i kerak. Buning uchun asardagi qahramon obrazi xalqning dard-u alamlari, orzu-umidlari, o'y-fikrlari bilan sug'orilgan bo'lishi zarur. Yani ijodkor ilhomni ko'chadan emas, yonidan, o'z uyidan qidirmog'i va uni yana o'z uyiga tortiq qilmog'i kerak.
Adabiyotimizga kirib kelgan modern tushunchalar bu juda yaxshi, lekin adabiyot xalqqa xizmat qilmasa, unga naf keltirmasa, xalqning va jamiyatning takomili uchun xizmat qilmasa, unda bunday adabiyot qanday qilib o'z o'quvchisini topsin?
Tohir Malikning "Alvido bolalik" qissasini olaylik, undagi qahramonlar yonimizdagi biz har kuni ko'radigan, ammo biz ko'rmaganlikka olib ketadigan bolalar emasmi? Jamiyatimizdagi qarovsiz qolgan, yechilmagan muammolarimiz emasmi? Ayni shunday, balki shu sababli ham Tohir Malikning bu qissasida insoniy tushunchalar va sharq falsafasining inja qochirimlari bordir.
Sharq va G'arb tamaddunlari o'rtasida aslida katta tafovutlar mavjud emas. Biz o'zimizni kollegial deb hisoblasakda, g'arb ayrim masalalarda bizdan ko'ra kollegialroq. G'arbliklar o'zini individual deb hisoblasada, ayrim masalalarda biz indiviualroq shaxs hisoblanamiz. Ammo olamga nazar tashlaydigan qalb ko'zlarimizning anglash hissi bir biridan farq qiladi.

Tunov kuni Bahodir bilan qiyomat haqida suhbatlashar ekanmiz, shunday diolog sodir bo'ldi:
Jeyms Joysning "Uliss" romani haqida ancha oldin aytgan edim. Shu romanda ham ijodkor qiyomat haqida quyidagicha mushohada yuritadi:
“...Sening yuraging bo‘lishi mumkindir, lekin mana bu oltiga ikki futli quti ichiga cho‘zilib yotib olgan bechoraga nima uchun kerak? U yerga endi Ehtiroslar rohati kira olmaydi. Parchalangan yurak. Bor-yo‘g‘i oddiy nasosdan boshqa narsa emas, kuniga minglab gallon qon haydaydi. Kunlardan bir kuni taq etib to‘xtab qoladi-yu, mana senga marhamat. O, bu yerda ularda qanchasi yotibdi ekan: o‘pkalar, yuraklar, buyraklar. Eskirgan, zanglagan nasoslardan o‘zga narsa emas. Qayta tirilish va hayot. O‘ldingmi o‘lding, bo‘ldi-da. Yana mana bu qiyomatni o‘ylab topganlariga nima deysan”.
👉 Oddiy yo'lovchi
- Bilasizmi qiyomatda vaqt nisbiylashib cho'zilib ketar ekan. Masalan, bir kun bir oydek, bir yil, bir asrdek o'tarkan. Ammo inson hayotida shunday tunlar bo'ladiki, tong otishi cho'zilib ketadi. Xuddiki, bir asr davom etgandek. Menimcha inson qalbidagi qiyomat shunday bo'lsa kerak.
- Kim bilsin.
- Kim bilsin....
Jeyms Joysning "Uliss" romani haqida ancha oldin aytgan edim. Shu romanda ham ijodkor qiyomat haqida quyidagicha mushohada yuritadi:
“...Sening yuraging bo‘lishi mumkindir, lekin mana bu oltiga ikki futli quti ichiga cho‘zilib yotib olgan bechoraga nima uchun kerak? U yerga endi Ehtiroslar rohati kira olmaydi. Parchalangan yurak. Bor-yo‘g‘i oddiy nasosdan boshqa narsa emas, kuniga minglab gallon qon haydaydi. Kunlardan bir kuni taq etib to‘xtab qoladi-yu, mana senga marhamat. O, bu yerda ularda qanchasi yotibdi ekan: o‘pkalar, yuraklar, buyraklar. Eskirgan, zanglagan nasoslardan o‘zga narsa emas. Qayta tirilish va hayot. O‘ldingmi o‘lding, bo‘ldi-da. Yana mana bu qiyomatni o‘ylab topganlariga nima deysan”.
👉 Oddiy yo'lovchi
I jahon urushidagi eng daxshatli janglardan biri Osweic qal’asining olinishi bo’lgan. Qal’a hozirgi Polsha hududida bo’lib, urush davrida ruslar nazorati ostida edi. Qal’ani qo’lga kiritish uchun olmonlar kimyoviy qurol ishlatishni maqsad qilishdi. Shu alfozda nemislar brom va xlor aralashmali gaz tayyorlashdi. Kimyoviy qurollar bilan dastlabki hujumlar natijasida rus askarlari daxshatli darajada og’riq va azob bilan halok bo’ldi. Chunki kimyoviy qurollarga qarshi hali biror chora o’ylab topishmagandi. Kimyoviy qurollar birinchi marta jang maydonlarida qo’llanilayotgandi.
Gazdan zaharlangan askarlar og’riqdan baqirar, terilari shilinib tushar, ko’zlari qonar, yuzlari shishib ketardi. Janglarda Vladimir Karpovich korpusi og’riq va a’zoblarga qaramay qarshi hujumga o’tdi. Formasi qonga bo’yalgan, terilari shilinib tushgan, faqatgina go’shtdan iborat tanalar, yod va o’z qonlariga botirilgan bintlar bilan og’iz-burunlarini yopgancha olmonlarga qarshi hujumga otlandi. Bu jang tarixning qora sahifalarida “o’lik odamlar hujumi” nomi bilan qoldi. Qarshilarida hujumga otlangan “jasadlar”ni ko’rgan nemis askarlari shiddan bilan chekindi. Chekinish davomida askarlarning bir qismi o’zlari kovlagan okoplarning sim to’rlariga ilinib, azobla jon taslim qilishdi. Insoniyat tarixidagi eng daxshatli urush shubhasiz I jahon urushidir. Chunki urushayotgan tomonlar qoidalarsiz va hozirliksiz yangidan yangi urush texnologiyalarining qurboni bo’lishdi.
Urushning daxshatli jihati shundaki, jang qilayotgan askarlar har kuni o’limning har xil yuziga guvoh bo’ladi. Daxshatlarning har turlisini ko’radi. Har soniya o’lim bilan yuzlashgan askarlarning insoniylik qiyofalari yo’qolib boradi. XXI asr insonlari bunday daxshatli urushlarga qarshi bo’lmog’i, tinchlik tarafida qat’iy turmog’i darkor. Chunki biz urush maydonida qo’llaniladigan va insoniyat boshiga cheksiz azob va uqubatlar solishi mumkin bo’lgan yangidan yangi texnologiyalar sohibimiz.

Chat GPT-3 (chapda) hamda ChatGPT-4o (o'ngda) versiyalarining tarjima qilishdagi farqlari
OpenAI o'zining yangilangan sun'iy idrokka asoslangan ChatGPT-4o chatbotining taqdimotini amalga oshirganidan so'ng, oddiy foydalanuvchilarga ham yangi versiyadan foydalanib ko'rish imkoniyatini berdi.
Men ChatGPT-4o versiyasidan turli sohalardagi ma'lumotlar uchun foydalanish maqsadida sotib oldim. Yangi versiyaning tarjima qilish imkoniyatini sinab ko'rish maqsadida Jan Jak Russoning o'zim tarjima qilayotgan "Ijtimoiy shartnoma" asaridan bir parchani tarjima qilish uchun berdim.
ChatGPT-3 versiyasining tarjimasi sifatsiz. Ammo ChatGPT-4o versiyasining tarjimasi hayratlanarli tarzda yaxshilangan. Shuningdek ChatGPT-4o versiyasi o'zbek tilida ravon gaplashmoqda.
P.S ChatGPT-4o versiyasi depresnyaklar uchun tekin psixolog vazifasini ham bajarishi mumkin. Rahmat shart emas )))

Seogun mini-serialini tomosha qilgach Yapon madaniyati va uning diniy qarashlariga qiziqishim oshdi. Shu sababli kelgusi 20 kun davomida ChatGPT-4o bizga Yapon mifologiyasi haqida ma'lumot beradi. Quyida Yapon mifologiyasiga kirish haqida ma'lumot olamiz.
Yapon mifologiyalariga qiziquvchilarni kanalimizga obuna bo'lishlarini so'rab qolar edik. Chunki yapon mifologiyasi zamonaviy talqinda anime va mangalar orqali qayta jonlantirilmoqda.
1-kun: Yapon Mifologiyasiga Kirish
P.S: Matn sun'iy idrok yordamida yozilgan. Surat Dall-E orqali sun'iy idrok matnlari asosida chizilgan.

Telegraph
Yapon Mifologiyasiga Kirish
Yapon mifologiyasi ko‘p asrlik tarixga ega bo‘lib, Yapon xalqining diniy e'tiqodlari, afsonalari va madaniyatining asosi hisoblanadi. Bu mifologiya, asosan, ikki asosiy manba - Kojiki va Nihon Shoki kitoblariga tayanib o‘rganiladi. Kojiki Kojiki ("Qadimiy…
J.K.Rouling “Harry Potter” to’plamining podpolkovnik Shokir Dolimov tarjimasidagi barcha kitoblarini va nihoyat sotib oldim. Jami 7 ta kitob ekan.
Bolalar adabiyotini kattalar ham o’qishi zarur. Chunki bunday janrdagi asarlar insonning ijodiy fikrlarishini o’stiradi, atrof muhitga tanqidiy qarashlarini shakllantirib, muammolarga va vazifalarga noodatiy yechimlar topishga ko’maklashadi.
Uyda o’qilmagan kitoblar juda ko’p. 2 yildan buyon deyarli kitob o’qimayapman. Ilmiy asarlarni aytmaganda, badiiy asar umuman o’qimay qo’ydim. Harry Potter to’plami ham yaqin yillarda o’qilsa kerak. Hozircha kitob javonimdan o’rin oldi.
Ushbu to’plamni do’stimizning online kitoblar do’konidan sotib oldim. Fevral oyida Ibn Battutaning “Sayohatnoma”sini ham sotib olganman. Ishonchli va tezkor kitob do’koni. 3 kun ichida butun O’zbekiston bo’ylab yetkazib berishadi. Narxlar ham hamyonbop, uyingizgacha yetkazib berish esa boshqa pochta xizmatlaridan ancha arzon.
Kitob do’koni manzili: https://www.tg-me.com/Jahon_Kitoblar_Olami

Jadidlar va G'ofur G'ulom, Abdulla Qodiriy va G'ofur G'ulom. Juda ajoyib kombinatsiya bo'libdi.
Qodiriyning iqtibosi ham go'zal: "Men to'g'rilik orqasidan bosh ketsa "eh" deydigan yigit emasman".
Endi bu kombinatsiyaga Muhammad Yusuf va uning "Qodiriyni sotib shoir bo'lganlar, Mehrobingdan chiqqan chayonlaring bor", - she'ri yetishmayapti.

2-kun: Amaterasu – Quyosh Ma'budasi
Bugun ChatGPT-4o bizlarga yapon mifologiyasidan Amaterasu ilohasi haqida ma'lumot beradi.
Matnni o'qish uchun bu yerga bosing
P.S: Matn sun'iy idrok yordamida yozilgan. Surat Dall-E orqali sun'iy idrok matnlari asosida chizilgan.
👉 Oddiy yo'lovchi
Bugun ChatGPT-4o bizlarga yapon mifologiyasidan Amaterasu ilohasi haqida ma'lumot beradi.
Matnni o'qish uchun bu yerga bosing
P.S: Matn sun'iy idrok yordamida yozilgan. Surat Dall-E orqali sun'iy idrok matnlari asosida chizilgan.
👉 Oddiy yo'lovchi
Telegraph
2-kun: Amaterasu – Quyosh Ma'budasi
Yapon mifologiyasining yorqin yulduzi, samoviy yorug'likning ramzi va mehribon ma'buda Amaterasu haqida hikoya qilmoqchiman. Uning nomi "Amaterasu-ōmikami" deb ataladi va bu so'z "Samoviy Quyoshning Buyuk Ma'budasi" degan ma'noni anglatadi. Quyosh tasvirini…