Telegram Web Link
Ibn Haldun davlatlar va sivilizatsiyalarning taraqqiyot va tanazzul jarayonini tabiiy ravishda amalga oshadigan sikl sifatida tasvirlagan.

Davlat va sivilizatsiyalarning taraqqiyoti negizini "Asabbiya" - "birdamlik" deya ta'riflar ekan, "davlatning qudrati va sivilizatsiyaning rivojlanishi guruhiy birdamlikka bog'liq", - deydi. Asabbiya kuchli bo'lganida davlat va sivilizatsiyalar rivojlanadi. Vaqt o'tishi bilan asabbiya zaiflashib davlat va sivilizatsiyalar tanazzulga uchraydi.

Ibn Haldunga ko'ra rivojlanish sikli 3 bosqichdan iborat:

1. Yuksalish (kuchli asabbiya) - bu bosqichda guruhiy birdamlik kuchli bo'lib, davlat va sivilizatsiyalar kuchli va barqaror bo'ladi. Bu davrda yangi davlatlar paydo bo'ladi, sivilizatsiyalar tez rivojlanadi.

2. Barqarorlik - bu bosqichda davlat va sivilizatsiyalar kuchayib, iqtisodiy va madaniy jihatdan rivojlanadi. Asabiyya hali ham kuchli bo'ladi, lekin vaqt o'tishi bilan asta-sekin zaiflashishni boshlaydi.

3. Inqiroz (zaif asabbiya) - bu bosqichda asabiyya zaiflashadi, davlat va sivilizatsiyalar ichki nizolar va korrupsiya tufayli inqirozga yuz tutadi. Bu davrda davlatning iqtisodiy va harbiy kuchi kamayadi va oxir-oqibat tanazzulga yuz tutadi.

👉 Oddiy yo'lovchi
🔠🅰️🔠🔠🔠 4️⃣ 🔠🔠🅰️🔠🔠

Kanal ochilganiga bugun 4 yil bo’libdi. 2020-yil 17-mayda ochgan ekanman. Shuncha vaqt men bilan birga bo’lib kelgan obunachilarimga tashakkur bildiraman.

Bu kanal mening hayotdan hamda kitoblardan o’rgangan bilimlarim hamda dard-u sitamlarim, siyosiy qarashlarim, loyihalarim, yutuqlarim va kamchiliklarimning barchasini ko’rsatib beradi. Bakalavrga kirgan vaqtimda (2018) “Kritik Rovshan” shaklida, undan keyin “Bema’naviyat” (2019) ko’rinishida kanal davom etdi. Hozir kanalim “Oddiy yo’lovchi” bo’lib turibdi.

Biz hammamiz hayotning o’nqir-cho’nqirlaridan odimlab, so’ngi manzilga ketayotgan oddiy yo’lovchilarmiz. Biz uchun manzil ham, yo’l ham muhim emas, muhim bo’lgani yo’ldoshlardir. 4 yilingizni mening hayotimni mutolaa qilishga sarflaganingiz uchun tashakkur, qadrdonlarim!

👉 Oddiy yo'lovchi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3-kun: Tsukuyomi – Oy Ma'budasi

Bugun ChatGPT-4o bizlarga yapon mifologiyasidan Tsukuyomi ilohasi haqida ma'lumot beradi.

Matnni o'qish uchun bosing: https://telegra.ph/Tsukuyomi--Oy-Mabudasi-05-17

P.S: Matn sun'iy idrok yordamida yozilgan. Surat Dall-E orqali sun'iy idrok matnlari asosida chizilgan.

👉 Oddiy yo'lovchi
Erix Mariya REmarkning "Hayot uchquni" (Der Funke Leben) romanidan iqtiboslar:

Qo'rquv tasavvurimiz mahsuli, jasorat esa haqiqiydir.

Ba'zan eng qiyin janglar insonning o‘z-o'z bilan olib boradigan janglaridir.

Qiyinchiliklarda insonning haqiqiy kuchi va qobiliyatlari namoyon bo'ladi.

Hayot uchquni hech qachon o‘lmaydi, faqat o‘zgaradi.

Har bir yakun yangi boshlanishdir.

Eng kichik mehr harakati umid uchqunini yoqishi mumkin.

Haqiqiy qudrat ichki hotirjamlikda yotadi.

Umid hech qachon so‘nmaydi, faqat o‘zgaradi.

Yurakdan kelgan so‘zlar har doim eng samimiy bo‘ladi.

O‘zgalar uchun qilingan mehr har doim qadrli.


👉 Oddiy yo'lovchi
Tasavvur qiling, biror falokatni boshingizdan o’tkazdingiz va ko’zingizni shifoxonada ochdingiz. Sanaga qarasangiz 2034-yil. Oradan 10 yil o’tib ketibdi. Ilk aytadigan gapingiz yoki so’raydigan savolingiz nima bo’ladi?

👉 Oddiy yo'lovchi
Forwarded from ODDIY YO'LOVCHI
Insonlar ularga yetkazilgan barcha ziyonni kechirishlari mumkin, lekin dilsiyohlikni esa aslo. Shuning uchun agarda sen kishilarga yoqmoqchi bo‘lsang, avval sen o‘zing ularga nisbatan ziyrak, e’tiborli bo‘lgin; har bir odamning o‘ziga yarasha g‘ururi, nafsoniyati borligini unutmagin — shu e’tiborsizlik xuddi mana shu nafsoniyatga tegadi va o‘sha odamda nafrat tuyg‘ularini qo‘zg‘atadi. Har bir odamni qandaydir bir ko‘ngil tori bo‘ladi — nimanidir sevadi, nimadandir nafratlanadi. Agarda sening e’tiborsizliging va beparvoliging oqibatida o‘sha odam o‘zi nafratlangan va ayni paytda sen oldini olishing mumkin bo‘lgan narsaga duch kelib qolgudek bo‘lsa, e’tiborsizligingdan xafa bo‘ladi, qo‘lingdan kelaturib qilmagan ishingdan qattiq ranjiydi va o‘zini kamsitilgan his etadi. Va u birinchisini ham, ikkinchisini ham ko‘ngliga tugib qo‘yadi. Aksincha, agarda sen o‘sha odam yoqtirgan ishni bilib amalga oshirsang yoki suymagan narsasini bartaraf qilsang, u sendan, albatta, minnatdor bo‘ladi, boshi osmonga yetadi. Shu yo‘l bilan odamlarni o‘zingga rom etish boshqa muhimroq xizmatlardan afzalroqdir.

- Filip Chesterfild "O'g'limga maktublar"

@burxonov_lite
Muz va olov qo'shig'i.jpg
31.4 MB
Infografikaning yuqori sifatdagi versiyasi. Uzun bo'lib ketgani uchun avvalgisida sifat tog'dan tosh tergani ketib qolibdi.
Mirzohid Muzaffar “Taxtlar o’yini” asarini o’zbek tiliga tarjima qilganidan so’ng asar haqida infografika tayyorlashni o’yladim. Muzaffar bilan ham biroz shu haqida gaplashgan edik. Oradan 2 oycha o’tib ketdi shekilli. Infografika esa bugun e’lon qilinishi kerak ekan-da. Har holda ushbu grafika yordamida asar haqida, qahramonlar va u yerda tasvirlangan olam haqida ma’lumot olishingiz mumkin.

Asarni albatta o’qib chiqing. Men serialini hali ko’rib ulgurmadim. Asarini ham xudo xohlasa albatta o’qib chiqaman. Tunov kuni aytganimdek fentezi janridagi asarlarni o’qish inson tafakkurini rivojlantirib, tasavvur olami sarhadlarini kengaytiradi. Shuningdek insonda ijodiy fikrlar, tanqidiy fikrlash ko’nikmalarini shakllantiradi.

👉 Oddiy yo'lovchi
ChatGPT-4o o’zbek tilida gapirishni boshlaganidan buyon, dunyodagi eng zo’r matohga aylandi. Bu shaxsiy yordamchi har qanday bilimlarni o’zida mujassam etganligi bilan e’tiborga molik. Tunov kuni qon bosimim tushib ketgandi. Qon bosimimni o’lchab, tavsiyalar so’rasam novvot choy ichishni maslahat berdi. Ishonmay vrachga bordim. Vrach ham ChatGPT aytgan tavsiyalarni tasdiqladi.

Bugun UTT natijalarini suratga olib jo’natgandim. Vrach bilan bir xil natijani aytdi. Vrachning xulosasini kengroq tushuntirib ber desam, natijalarni tahlil qilib, boshqa diagnostik tahlillarga borishim kerakligini aytdi. Hayronman qanday qilib avtomatlashtirilgan tizim, aniq ma’lumotlarni o’zbek tilida ravon so’zlab beryapti!?

Menimcha ChatGPTning keyingi yangilanishlari tarjimonlar va newsmakerlar uchun og’ir kunlarni olib keladi shekilli. Chunki tahlillari ancha yaxshi va sifatli, odam tushunadigan sodda va lo’nda.

👉 Oddiy yo'lovchi
Bizda "ishsiz"lar yo'q. Bizda "vaqtinchalik ishsizlar" bor. Bizda "kambag'allar" yo'q. Bizda "ijtimoiy himoyaga muhtojlar" bor. Bizda "portlash" bo'lmaydi. Bizda "chaqnash" hosil bo'ldi. Bizda insonlar "halok bo'lmaydi", "o'lmaydi". Bizda odamlar "vafot etadi". Bizda "avariya", "halokat" sodir bo'lmaydi. Bizda "baxtsiz hodisa" yuz beradi. Bizda "bankrotlik" bo'lmaydi. Bizda "taqchillik" yuzaga keladi.

"1984" romanidagi "yangi til" tushunchasi (Newspeak) – George Orwell tomonidan yaratilgan antiutopik romanda tasvirlangan sun’iy til. Yangi tilning asosiy maqsadi odamlarning fikrlash qobiliyatini cheklash va tuzumning nazoratini kuchaytirishdir.

👉 Oddiy yo'lovchi
Axborot shunday qudratli kuch. Yo’qni bor qilishi, borni esa yo’q qilishi mumkin. So’zning qudrati ba’zan aytgan insondan kattaroq bo’lishi mumkin. Insonlar har narsaga beparvo bo’lib ketishdi. Agar kimdir atrofdagilardan sinchkovroq bo’lsa, hammaning ustida hukmron bo’lishi tabiiy hol. Sinchkov inson osmonga qarab ham mamlakatda nimalar sodir bo’layotganini bilib olishi mumkin. Buning uchun keng tarmoqli tanish-bilishlar guldastasi kerak emas. Shunchaki e’tiborliroq bo’lish kifoya. Voqealar va shaxslarning qiymatiga qarab, yo biror ma’lumotni bilganingizni sezdirasiz va yo shunchaki ko’rmagan, bilmaganga olib ketasiz.

Axborot vaqtga qo’yilgan bombaga o’xshaydi. Fursatini poylab portlatiladi. Bugun kim axborotni boshqarish kuchiga ega bo’lsa, asl hukmdor udir. Qolganlar o’sha axborotlarni o’qib, uning nog’arasiga o’ynaydi. Oddiy misol AQSH davlatchiligining asosiy ambitsiasi “olam hukmronligi”. Bu xatto multfilmlarga ham singib ketgan. Masalan, Rik va Morti multfilmida o’zgasayyoralik bilan gaplashayotgan qahramon o’zini “Men amerikaning prezidentiman, yani butun dunyoning” deb tanishtiradi. Axborot shu darajada kuchliki, xatto amerikani chin dildan yomon ko’radiganlar ham “amerika korporatsiyalari va maxsus kuchlari masonla yordamida dunyoni boshqaradi” degan fikrda sobit turadi. Bu aslida shunchaki AQSHning “dunyoga hukmronlik” ambitsiyasi orqali kelib chiqqan cho’pchak xolos va bu cho’pchakka ishonadiganlar ko’p.

👉 Oddiy yo'lovchi
ODDIY YO'LOVCHI
“Saylov: kecha va bugun” nomli hujjatli film ustida 2 yil ishladik. Va nihoyat minglab chig’iriqlardan o’tib bugun e’lon qilishga erishdik. Filmga badiiy yondashishga ham harakat qilganmiz. Ssenariyni bakalavrdagi diplom ishim asosida yozib chiqqandik. Bugun…
Mana bu postda vada qilingan vaucher hech kimga berilmaydigan bo’ldi. Men o’zim kutgan natijaga erishmadim. Bundan avvalgi reklama posti ostida shu masalani so’rashgani uchun bu post yozilyapti.

Ammo bu videoni ommalashtirish bo’yicha boshqa strategiya ishlatamiz. Shu vaqtgacha o’tkazilgan hamma tanlovlar sovrini berilgan (Abduvorisga “Kecha va kunduz” kitobi yetkazilmagan xolos). Chunki tanlovlarda ko’zlangan natijaga erishilgan.

Bu tanlov o’zimning ham esimdan chiqib ketgan ekan. Yaxshi obunachilarimiz eslatib qolishdi.
Adabiyotimizda nasriy va nazmiy tarjimalar ko’paymoqda. Bu juda yaxshi holat. Har qanday o’zgarish dastlab sonlarning ortishi bilan boshlanib, keyin sifat ko’tarilishi bilan davom etadi.

2000-yillardan to 2017-yilga qadar badiiy tarjimalar kamdan kam kitob holatida chop etilardi. Sovet davrida esa tarjima san’atimiz gullab yashnagan. Yirik ijodkorlar, salmoqli asarlarni o’zbek tiliga o’girishgan. Hozirda Jovanni Bokachchoning “Dekameron” asarini o’qiyapman. Kitob 1978-yil chop etilgan. Tarjimon Qodir Mirmuhammedov. Asarda tarjimonning mahorati sezilib turadi. O’zbek tilidagi nodir so’zlarni marjondek terib tarjimada mohirona foydalangan. Hozirda keng qo’llanilmaydigan, quyidagi so’zlarni o’zim uchun belgilab oldim. Zoraki, tarjimalarimda foydalansam.

So’zlar quyidagilar:

Sarbaland
Purfazilat
G’oyatda maqbul
Purnaf malham
Tasalli
Devonavash
Illo
Forig’ bo’lmoq
Muhabbat jafosi
Binobarin
Shoyon
Tahsinga loyiq
Ko’rnamaklik
Tamkin davra
Musharraf
Barhaq xudo
Qiyratuvchi
Najotbaxsh
Tamkintabiat
Serandisha
Gumrohlik
Barkamol
Ko’tarasavdo
Movutfurush
Kaltabinlik
Purnazokat
Haqir
Xushbaxt
Shipshiydam


👉 Oddiy yo'lovchi
Forwarded from Hayot akademiyasi
Gap shundaki, ilgarilari ayol zakovatini bezab turgan istedodni hozirgi ayollar o’z badanlarini bezashga ishlatmoqdalarkim, oqibatda, egnidagi libosi o’zgalarnikiga nisbatan olachiporroq bo’lgan satang va tannoz ayollar o’zlarini ko’proq izzat-e’tiborga loyiq deb hisoblaydilar, vaholanki, ularning barcha bezaklari, taqinchoqlarini agar eshakka ortilsa, eshak eng ashaddiy, eng uchchiga chiqqan satang-u tannozlardan bir emas, yuztasining taqinchoqlarini bemalol ko’tara olsa ham baribir uning nomi o’sha-o’sha eshakligicha qolaverishi ularining hayollariga ham kelmaydi.

Jovanni Bokachcho “Dekameron”

🍃Hayot akademiyasi
Bundan avvalgi "Tesey kemasi" haqidagi postga izoh sifatida jumboqning tahlilini keltirib o'tishni lozim topdim.

Tesey kemasi (Theseus' Ship) qadimgi Yunon falsafasida mashhur bo‘lgan mantiqiy va metafizik muammo, identiklik va o‘zgarish haqida savollar tug‘diruvchi paradoksdir. Bu paradoks asosan Plutarx tomonidan qayd etilgan.

Paradoksning mazmuni:
Tasavvur qiling, Teseyning ulkan kemasi bor va bu kema vaqt o‘tishi bilan yangilanadi. Kemadagi eski taxtalar birin-ketin yangilariga almashtiriladi. Bir necha yildan so‘ng, kemaning har bir qismi yangilangan bo‘ladi. Shunda savol tug‘iladi: yangilangan kema hali ham Teseyning asl kemasimi? Agar barcha qismlar almashtirilgan bo‘lsa, u kemani aslida o‘sha kema deb atash mumkinmi?

Bundan tashqari, boshqa muammo ham mavjud: agar almashtirilgan eski qismlar yig‘ilib, yana bir kema yasaladigan bo‘lsa, qaysi kema Teseyning asl kemasi bo‘ladi? Yangilanganmi yoki eski qismlardan yasalganmi?

Paradoksning falsafiy ahamiyati:

Identiklik muammosi: Bu paradoks narsalarning identikligi va ularning o‘zgarish jarayonidagi holati haqida savollar tug‘diradi. Ob’ekt vaqt o‘tishi bilan o‘z qismlarini almashtirib, hali ham o‘sha ob’ekt bo‘lib qolishi mumkinmi?

Materiyaning rolini: Materiya va shaklning identiklikda qanday rol o‘ynashini tahlil qilishga undaydi. Kemani uning tarkibiy qismlari belgilaydimi yoki uning shakli va funksiyasi?

Ob’ekt va vaqt: Ob’ekt vaqt davomida o‘zini saqlab qoladimi yoki o‘zgarganidan keyin yangi ob’ektga aylanadimi?

Paradoksga berilgan turli yondashuvlar:

Materializmdagi tavsifi: Materialistlar kemaning identikligini uning qismlariga bog‘lashadi. Agar barcha qismlar almashtirilsa, yangi kema endi eski kema emas.

Shakl nazariyasi:
Bu yondashuvga ko‘ra, kemaning identikligi uning shakli va funktsiyasi bilan belgilanadi. Shakl va funktsiya saqlanib qolgan bo‘lsa, kema ham o‘sha kema bo‘lib qoladi.

To‘plam nazariyasi: Bu nazariya identiklikni to‘plam sifatida ko‘rib chiqadi. Eski qismlar yangi qismlarga almashtirilsa ham, bu to‘plam umumiy identikligini saqlab qoladi.

Tesey kemasi paradoksi falsafada hali ham muhokama qilinayotgan va identiklik masalalarini chuqur tahlil qilish uchun foydali vosita bo‘lib qolmoqda. Bu muammo nafaqat falsafiy, balki zamonaviy ilm-fan va texnologiyada, xususan, narsa va ularning xususiyatlarini aniqlashda ham muhimdir.

👉 Oddiy yo'lovchi
Прекрасное далеко - песня из к/ф Гостья из будущего (1985)
Киностудия Горького
🎶 Прекрасное далеко - песня из к/ф Гостя из будущего

Прекрасное далеко,
Не будь ко мне жестоко,
Не будь ко мне жестоко,
Жестоко не будь.
От чистого истока,
В прекрасное далеко,
В прекрасное далеко,
Я начинаю путь.

Olis qish tunlari singari tongi kelmas tunlarda, uy ayvonidan shovqinli shaharning tungi manzarasini tomosha qilib, burqsitib tamaki tutatgancha o’sha “прекрасное далеко” haqida o’ylayman. Tong otsa-yu, salqin shamol qo’llovi bilan yuzimga urilgan darparda qitmirligi bilan uyg’onib ko’zimni ochsamda 10 yoshli Ravshanga aylanib qolsam.

Ayam sog’ib kelgan bir kosa sutga non to’g’rab yeb, otamning ko’mir hidi anqib turgan, maktab biqinida joylashgan eski ustaxonasiga ravona bo’lsam. Xaltadan katta-katta ko’mirlarni olib bolg’acha bilan maydalab, pechga yoqishga tayyorlasam-u, otam bilan birga o’roq, ketmon yasasak. Otam bozordan jigar olib kelsa-yu, ukam bilan menga yana jigardan kabob pishirib bersa. Yana


👉 Oddiy yo'lovchi
Bugun Academia.edu saytiga kirsam Ahmad Yugnakiy haqida yangi tadqiqot natijalari e'lon qilingan. Qiziqib maqolani o'qib chiqdim. Maqoladan sizlar uchun ham qiziqarli bo'lgan ayrim ma'lumotlarni yozib ketishni maqul topdim.

Ahmad Yugnakiyning yashagan yillari to'g'risida olimlarda yakdil fikr yo'q ekan. Yangi tadqiqotga ko'ra Alisher Navoiyning "Nasoyim ul-muhabbat" asarida yozgan ma'lumotlari haqiqatga mos chiqib kelmoqda. Navoiy adibni Bag'dodda yashagan, Imom A'zamdan tahsil olgan deydi. Abdurauf Fitrat esa Yugnakiy haqidagi Navoiy qarashlarini "uydurma gap" deydi va Yugnakiyni Samarqand yaqinidagi Yug'nak qishlog'ida yashagan degan fikrni ilgari suradi.

Yangi tadqiqot natijalari har ikki qarashni ham qo'llab-quvvatlagan holda, Yugnakiyning otasi haqiqatdan ham hozirgi Turkiston shahri atrofidagi Yug'nak shahrida tug'ilganligini tasdiqlaydi. Turkiston voliysi Samarqand hukmdoriga xiroj to'lagani uchun tarixiy manbalarda Yug'nak shahrini Samarqandga tobe sifatida ko'rsatishgan deyiladi.

Navoiy o'z asarida Yugnakiy Bog'dodda Imom A'zamdan tahsil olganida u bilan birgalikda Imom Muhammad va Imom Abu Yusuf ismli shaxslar ham tahsil olgan deydi (yani ular kursdosh bo'lishgan). Bu ikki shaxs Marvda ijod qilgan Abu Sa'd al-Karimning "Kitob al-ansob" asarida keltirilgan hadishunos olimlar ekanligi aniqlangan.

Shunday qilib Ahmad Yugnakiy hozirgi biz o'rganayotgan ma'lumotlarga ko'ra XII-XV asr oralig'ida emas, balki VIII asrda yashab ijod qilgan, asli kelib chiqishi samarqandlik shaxs bo'lib chiqyapti.

👉 Oddiy yo'lovchi
#Suhbatdan

- Aka, mana Navoiy shunday go’zal g’azallar yozgan, sevgini maromiga yetkazib ta’riflagan. Nega o’zi uylanmagan?
- Futbolga qiziqasan-a?
- Ha, Realni muxlisiman-ku.
- Biror marta murabbiy*ni maydonga tushib koptokni orqasidan yugirib yurganini ko’rdingmi?
- ….
- Navoiy shaxsiyati sharq falsafasiga ko’ra “komil inson”, g’arb falsafasiga ko’ra “oliy odam” darajasiga ko’tarilgan. Bunday insonlar umuminsoniy global dunyo taraqqiyoti uchun xizmat qiladigan odamlar bo’ladi. Ular vaqtini, kuchini, bilimini anashu taraqqiyot yo’liga sarflaydi.

👉 Oddiy yo'lovchi
2025/07/10 23:39:22
Back to Top
HTML Embed Code: