Telegram Web Link
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Shunaqa musiqiy kecha bo’lmaydigan bo’lsa, meni chaqirib o’tirmanglar.

Fransuz tili eng chiroyli til deganlar, forsiy tilda qo’shiq eshitib ko’rishmagan shekilli.

👉 Oddiy yo'lovchi
Morfiy qonuni - ijtimoiy hayotda keng tarqalgan matallardan biri bo'lib, "nimayki yomon vaziyatni kutgan bo'lsang, albatta o'sha yomon vaziyat sodir bo'lishi"ni anglatadi.

Morfiy qonunining kelib chqiishi kapitan Edvard Morfiy nomi bilan bog'liq. Kapitan 1940-yillarda AQSH harbiy havo kuchlarining MX981 loyihasiga rahbarlik qilgan. Ushbu loyiha insonning tezlanishga chidamlilik darajasini hisoblashdan iborat bo'lgan. Loyiha davomida ixtiro qilingan qurilmani ishga tushirishda simlarni xato ulab qo'yish xavfi bo'lgan. Texnik xodimlarga bu holat qanchalik tushuntirilmasin, baribir ularni simlarni xato ulab qo'yishgan. Bu voqega Morfiy shunday deya izoh bergan "Agar buni noto‘g‘ri qilish mumkin bo‘lsa, ular albatta noto‘g‘ri qilishadi".

Morfiy qonunini inson hayotining tabiat qonunlariga nisbatan hazil yoki kinoyasi sifatida qaraladi. Bu qonuniyat har qanday vaziyatda, agar imkoniyat bo'lsa, har qanday ish noto'g'ri ketishini ifodalaydi.

O'zbekcha aytadigan bo'lsak, boshqa birovlarning gapi bilan yuradigan odamlarning boshiga albatta begonalar aytgan voqealar tushadi. Yoki tasavvur qilib yurgan voqealaringizning sodir bo'lish koiffitsenti yuqori.

P.S Shu yergacha o'qib kelgan bo'lsangiz, hayotingizda sodir bo'lgan Morfiy qonunlaridan yozib keting.

👉 Oddiy yo'lovchi
Garri Potter va afsonaviy tosh

Garri Potter asarlari turkumini sotib olganimdan keyin, beixtiyor I kitobni varaqlab ko’rdim-u, qanday qilib o’qib tugatganimni bilmay qoldim. Syujet qiziqarli. Biz filmda tomosha qilgan sahnalardan ham qiziqarliroq voqealar asarda tasvirlangan.

Kitob turkumning ilk asari bo’lgani uchun, bunda Garrining qanday qilib sehrgarlar maktabi Hogvartsga borib qolgani va u yerda boshidan o’tkazgan sarguzashtlari to’g’risida hikoya qiladi. Sehrgarlar maktabining 1-o’quv yilida Garri yangi do’stlar orttirdi. Turli sarguzashtlarni, filmda tasvirlanmagan voqealarni yashadi.

Film ancha qisqartirilgan ekan. Asarda Garrining “Odamovilar” ko’chasi 4-uyda xolavachchasi Dursllar xonadonida yashagan kezlari, sirli o’rmondagi kentavrlar bilan bog’liq sarguzashtlari, kvidish sporti bilan shug’ullanishi va h.klar ajoyib tasvirlanganki, bu sahnalar filmda ko’rsatilmagan.

Asarni o’qir ekansiz afsonaviy tosh nima ekanligi-yu, Garri yerto’lada Voldemort bilan qanday qilib uchrashib qolgani ajoyib voqealar rivoji yordamida, xronologik ketma ketlikda tasvirlangan. Eng qizig’i birinchi qismda Malfoy kvidish bilan shug’illanmas ekan. Filmda adashmasam, Garri ikkisi “oltin soqqa” ortidan quvib, bir birini jarohatlaydi.

Asarni o’qib ko’rishni sizlarga ham tavsiya qilaman. Hech qanday falsafiy qarashlar bilan boshingizni qotirib o’tirmadim. Shunchaki, asarni o’qing va ma’naviy ozuqlaning.

👉 Oddiy yo'lovchi
Rus multfilmlari antiqa, ayniqsa uch bahodir haqidagi ertaklar. Menimcha multfilmni maxsus xizmatlar buyurtmasi bilan yaratishgan bo‘lsa kerak. Obrazlarning har birini tahlil qilib chiqish biroz murakkab, ammo asosiy qahramonlarga ko‘z yugurtirsa bo‘ladi.

Bosh rol Knyaz Vladimir - ahmoq, qat’iyatsiz, ba’zan qo‘rqoq, davlat boshqaruviga uquvsiz, hokimiyatni ota-bobosidan meros olgan, yangilik va innovatsiyaga yopiq hukmdor. Knyaz goh qimorda mamlakatni yutqazadi, goh go‘zallar sabab davlat boshqaruvini chetga surib qo‘yadi, gohida tashqi dushman sababli hokimiyatni qo‘ldan boy beradi.

Gapiradigan ot Yuliy - gapga chechan, qo‘lidan bir ish kelmaydigan takasaltang, yolg‘onchi va ayyor obraz. Tanish-bilishlari yordamida hokimiyatga yaqinlashib olgan shaxs. Ma’lum bir lavozimga ega bo‘lmasa-da davlat siyosatida sezilarli rol o‘ynaydi. Ayyorligi sababli knyazni manipulyatsiya qiladi. Hokimiyatni har qancha suiiste’mol qilishga urinadigan olg‘ir.

Bahodirlar - kuchli, zabardast, har doim yurt koriga yaraydigan, muammolarni yechishga urinadigan, shu bilan birgalikda go‘l va laqma obrazlar. Knyaz bahodirlardan qo‘rqqanligi sababli ularni har doim qandaydir topshiriq bilan hokimiyat markazidan maksimal tarzda uzoqda tutishga harakat qiladi. Eng og‘ir kunlarda sadoqatli bahodirlar knyazni muammolar girdobidan olib chiqadi.

Mulozimlar - laganbardor, shaxsiy fikri yo‘q, byurokrat va qo‘rqoq, shu bilan birga hokimiyat uchun zimdan kurashadigan obrazlar. Multfilm g‘oyasiga ko‘ra mamlakat avtoritar bo‘lganligi sababli mulozimlar epizodik rolda tasvirlangan. Ammo mulozimlar imkoniyat tug‘ilishi bilan knyaz qo‘lidan hokimiyatni olib qo‘yishga urinadi. Umri ko‘ngilxushlik va kayf-safoda o‘tadigan qahramonlar.

Film g'oyasi shundayki, knyaz ahmoq bo'lsa ham mamlakat qulamaydi. Chunki mamlakatni qutqaradigan maxsus xizmatlar ya'ni bahodirlar bor. Xalq obraziga to'xtalmadim.

👉 Oddiy yo'lovchi
Platon o’zining “Davlat” nomli asarida eng rasvo boshqaruvlardan biri sifatida “demokratiya”ni sanab o’tadi. Qaysidir siyosiy liderning “Demokratiya dunyodagi eng rasvo boshqaruv shakli, ammo insoniyat hali bundan yaxshisini o’ylab topgani yo’q”, - degan iqtibosini ham o’qigandim.

Platonning va boshqa klassik faylasuflarning hokimiyat hamda davlat boshqaruviga bog’liq asarlarini o’qib, ham olam siyosatini kuzatib shunday mushohadalarni boshimdan o’tkazaman. Dunyodagi eng adolatli boshqaruv shakli aristokratiya bo’lsa kerak (Platon ham xuddi shunday deydi). Ammo aristokratiya bizning tasavvurimizdagi va ayni zamonamizdagi “aristokratiya”dan farq qiladi.

Hozirgi zamon aristokratiyasida hokimiyat - kuch, ayyorlik, fahsh va g’irromlik yo’li bilan “yalangoyoqlar” tomonidan egallab olingan. Platon nazariyalariga ko’ra aristokratik boshqaruvda nasli toza, ko’zi to’q, yuragi qaynoq, aqli sovuq, yaxshi ta’lim va tarbiya ko’rgan insonlar hokimiyat tepasiga keladi.

Hozirgi zamon aristokratiyasi “ko’zko’zlar” aristokratiyasi. Ularning aqli toza emas. Buni tushunish uchun oddiy intervyulariga qarasangiz kifoya. Komplekslarga to’la, hayotdan alamzada, puli ko’p odamlar shunday umumiy taqdirga egadirlar: “Ular bolalikdan qiynaladi. Pul topish uchun har ko’yga o’zini uradi. Dushmanlari va raqiblariga o’zining nimagadir erishayotganini isbotlash uchun boylik to’playdi”. “Men bolaligimda shunday qiyinchiliklarni ko’rdim va men hozirgi hayotimga munosibman. Bundan ortig’ini egallash uchun hamma narsamni fido qilaman va xatto insofimni ham”, - deydi.

Bunday insonlarning hokimiyatga va qudratga ega bo’lishi xalqlar uchun falokat. Chunki uning bor maqsad-muddaosi boylik orttirish va shu orqali bolalik komplekslarini kompensatsiya qilishdangina iborat. Bunday insonlar global fikrlamaydi va hech qachon xalqlar orzu-umidlarini ro’yobga chiqarmaydi. Shu sababli ham, hayot “kalamush charxpalagi”da gir aylanib qolib ketaveradi. Hech bir muammo yechilmaydi. Bir vaqtlar xonimiz aytganidek “Menga registon tinch bo’lsa bas” qabilida yashayveradi. Chunki uning tabiati va moyilligi shunday.

Mana shunday mulohazalar yuritmaslik va tushkunlikka tushmaslik uchun, bugun jahon sahnasiga chiqayotgan so’l qanot partiya liderlarini kuzatmang (Gitler ham manashulardan edi axir) hamda klassik falsafiy-siyosiy asarlarni o’qimang.

👉 Oddiy yo'lovchi
Капитал.pdf
152.3 MB
Karl Marksning “Kapital: siyosiy iqtisodiyot tanqidi” asarining 1-2 tomi e’tiboringizga havola etilmoqda.

Unutmangki, sotsializm millatlar boshiga juda ko’p kulfatlar keltirgan.

Karl Marks o’z asarida sotsialistik iqtisodiyot haqida mushohada yuritadi. Sotsialistik siyosat haqida emas. Sotsialist-kommunistlar mamlakatimizning ozodligi, millat oydinlarining erki va hayotiga rahna solishdi.
Avvallari “oddiy odamlar”, “oddiy xalq” degan gapni kamroq eshitganmiz-mi? Yo men u vaqtlarda bola bo’lganman-u eshitmay qolganman-mi? Bilmadim. Oxirgi vaqtlarda shu so’zlarni ko’p eshityapman. 4 ta obunachisi bor “bloger”dan ortib, eshak bozorga dallol bo’lgan “amaldorchalar”gacha hammasi hech uyalmay shu gapni aytib kelishyapti.

Bu nima degan gap axir? “Oddiy odam” deganda 2 ta qo’l, 2 ta oyoq, bitta bosh, bitta tanasi bor biologik odamni nazarda tutyapsizmi? Unda siz 6 ta qo’l, 3 ta oyoq, 4 ta bosh mavjud bo’lgan “super odam”misiz? Yoki eshak bozorga dallol bo’lganingiz sizni “maxsus odam” qilib qo’yadimi?

Qaysi kriteriyaga ko’ra odamlarni oddiy odamlar va maxsus odamlarga ajratyapsiz? Nima sizni mana shu xalqdan 1 pog’ona yuqoriga ko’tarib qo’ydi? Pulmi? Mansabmi? Bilimmi? Darajami? Yoki nasl-nasabmi? Inson tabiatan teng va ozod bo’lib tug’ilmaydimi? Hamma bir xil biologik mavjudod ya’ni odam-ku? Odamlarni oddiy va maxsusga ajratayotganlar, sizlarning odamametringiz nima? Ana shu odamametrni ayting, biz ham o’zimizni o’lchab olaylik.
ODDIY YO'LOVCHI
Avvallari “oddiy odamlar”, “oddiy xalq” degan gapni kamroq eshitganmiz-mi? Yo men u vaqtlarda bola bo’lganman-u eshitmay qolganman-mi? Bilmadim. Oxirgi vaqtlarda shu so’zlarni ko’p eshityapman. 4 ta obunachisi bor “bloger”dan ortib, eshak bozorga dallol bo’lgan…
Hozir Dadaxon Hasanovni bir intervyusi instagram tasmamdan chiqib qolgan edi. Shundan jahllanib yozganman. O’zbekni “varvar” deydi, sotqin deydi, johil deydi, kitob o’qimagan deydi. Ha bitta u oliy odamdek. Ancha qarib, ancha maydalashib qolibdi. Ular asos solgan muxolifatning mag’lubiyatiga o’zbek xalqi - o’sha “oddiy xalq” aybdor emas. Mag’lubiyatiga o’zlari aybdor. Kimnidir aybdor qilib ko’rsatish kerak bo’lsa, o’zlarini ko’rsatsin. O’tgan-qaytgan qo’liga kasov olib o’zbekni urib o’tavermasin. Sabrli, tavozeli, mushohadali, xalq - o’zbek xalqi. Andishani oti qo’rqoq emas. Sabrsiz bo’lsa edi, ko’plar kunini ko’rardi.
Jahon chempionatini Milliy terma jamoamiz shunday kuzatib bormaydi degan umiddamiz.
Родные наши - никогда не умирают,
Они лишь просто рядом быть перестают,

Joyingiz jannatda bo’lsin! Qalblarimizda abadiy yashaysiz ustoz! Bugun kun juda og’ir tugadi. Ayniqsa Akmal aka haqidagi xabar, hammasidan og’iri bo’ldi.

Litsey oshxonasi yonidagi kichikkina xonasida, qancha qancha talabalar qalbiga umid uchqunlarini yoqa olgan fidoiy ustoz edilar. Qishning hazin va sovuq tunlarida Akmal akaning xonalaridan qo’nim topib adabiyotdan, texnologiyalardan, kitoblardan va zamonadan suhbat qurar edik.

“Sizlar abituriyentsizlar, pulingiz kam. Ularni tejash kerak” deya qo’llanmalarni suv tekinga chop qilib berardilar. Biror mavzuni tushunmasak, to yod bo’lib ketguncha hijjalab o’qitardilar.

Eh Akmal aka, Akmal aka. Shahardan uy olishim kerak deb tunni tongga ulab ishladingiz. Endi og’zingiz moyga yetgan bunday ishlar bo’lsa… Men dunyoning adolatiga ishonmayman.
1989-yil may-iyul oyida mesxeti turklari hamda mahalliy aholi o’rtasida yuzaga kelgan to’qnashuvlar haqida gap ketganda, voqealar faqatgina Farg’ona vodiysida bo’lgan degan fikrni ko’pchilik biladi. Bu voqealar ko’pchilikning yodidan ham ko’tarilib ketdi.

Sovet ittifoqining parchalanish arafasida butun ittifoq bo’ylab turli tuman xunrezliklar sodir bo’la boshladi. Jalolobod va O’shda (1988-yil) o’zbek-qirg’iz mojorosi sodir bo’lgan bo’lsa, Toshkent va Farg’ona vodiysida o’zbek-mesxeti turk fojealari sodir bo’ldi.

Voqealar Quvasoyda 1989-yil may oyida boshlandi. Turli tahminlarga ko’ra turklar o’zbek ayollarini zo’rlashgan va yoki aksincha o’zbeklar turk ayolini zo’rlashgan. Voqea shu qadar chigal-ki, kalavaning uchini topib bo’lmaydi. Fojeada har ikki tomondan ko’plab qurbonlar berildi. Mesxeti turklari 40-50 yil yashab kelgan uyidan ayrilib, Rossiya hududlariga tashib ketildi.

Quvasoydagi voqealar jadallashib ketgach 5-iyun kuni partiya komiteti vertolyotdan Qo’qon shahri ustidan varaqalar sochib, aholini og’ir bosiq bo’lishga chaqirdi. Ammo bu urinishlar ish bermadi. Qo’nxo’rlik va birodarkushlik uzoq davom etib 12-iyunda Farg’ona vodiysiga tinchlik qaytdi.

Kompartiya mesxeti turklarini Rossiya hududiga ko’chirishga buyruq berdi, ammo turklar to’g’ridan to’g’ri Rossiyaga ko’chirilmadi. Turklarni kompartiya Toshkent viloyati Parkent tumaniga olib keldi. Xalq orasida “turklarga Parkentdan yer berilar ekan” degan gap tarqatildi. Natijada parkentlik oqsoqollar raykom binosiga yig’ilib borishdi. Raykom atrofida ololmon to’plandi deya harbiylar tinch aholini ota boshladi. Shunday qilib mesxeti turklari mojarosi Parkentni ham qonga botirdi.

Sovetlar har bir ishni uzoq o’ylab, hammani qo’rquv va daxshat ichida ushlash uchun aniq rejalashtirilgan ishlarni qildi. Aziyatini esa ikki xalq tortdi. Bunday og’ir, qonli kunlarni xalqlar boshqa ko’rmasin.
Falsafa va teologiyani ikkiga bo’lgan savol ekan:

Biror narsa tangri amr etgani uchun yaxshimi yoki u narsa o’zi yaxshi bo’lgani uchun tangri amr etdimi?

Xo’sh siz nima deb o’ylaysiz buni?
Robin Gud faqat boylarni tunaganining sababi: qashshoqlarning o’g’irlanadigan hech vaqosi bo’lmaganligida.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
- Kaliforniya mehmonxonalarida apelsinni bo’lish taqiqlangan. Italiyada Meriy ismli ayollarning fohishalik bilan shug’ullanishi taqiqlangan. Fransiyada cho’chqalarga Napaleon laqabini qo’yish taqiqlangan.
- Taqiqlansa taqiqlanibdi. Qonun ekan itoat etiladi.
- Qonunlar har doim ham adolatli emas, Muzayyan xonim. Bir kun tongda uyg’onsangiz, biri “nonushtaga zaytun yeyish taqiqlandi”, - desa nima qilardingiz?
- Nonushtaga zaytun yemaymiz.
- Xato. Har bir taqiq o’z isyonchisini yaratadi. Zaytunsevarlar bir guruh tuzardi. Ustida zaytun ramzi tushirilgan bayrog’i bo’lardi. “Zaytunlarga ozodlik” deya namoyishga chiqardi, balki! Endi aytingchi, zaytunsevarlar oyoqqa turib, ko’chaga chiqishsa, ko’chaga chiqqanlar jinoyatchimi yoki zaytunni taqiqlaganlarmi?
Turklar Dostoevskiyni juda ko’klarga ko’taradi. Balki amerikaliklar va ovrupaliklar ham shunday qilishar. Ammo men hech tushunmayman, nega Dostoevskiy bu qadar ko’klarga ko’tariladi. Balki, sharq va g’arb tamaddunlari o’rtasidagi farq sabablidir. Kim bilsin?!

Dostoevskiyning asarlarida qahramonlarning ko’pchiligi qattiq depressiya ichida, hayotning ma’no va mazmunini yo’qotgan, yashashdan yagona umidini unutgan, moddiy qiyinchiliklar va nafrat to’la hayot vakillari o’laroq tasvirlangan. Ba’zan sog’lom, boy, yashashdan mazmuni bor bo’lgan insonlar ham Dostoevskiy asarlarini ko’tarib yurganini ko’rib qolaman. Va shunda hayratdan o’ylanaman.

Inson hayoti haqiqatdan ham 2 ga bo’linadi. Buni ikkiga bo’lgan narsa esa Dostoevskiy asarlaridir. Dostoevskiy XXI asr inson shaxsiyatining yemirilish kasalligi urchigan, insonlar tabiiy ozodliklarini qumsab, sotsial chegaralanishlar ichida yashayotgan bir vaqtda qayta jonlandi. Turli xil g’oyalar ta’sirida ruhan ezilgan insonlarni qayta birlashtirdi. Ularga darmon bo’lmadi, aksincha kasalligiga tashxis qo’yib, yuziga oyna tutdi. Va mana shular uchun ham Dostoevskiyni ulug’lashadi.

Hayotingizni 2 qismga ajratmang. Yosh boshingizga Dostoevskiyni o’qimang.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tabiiy hurlikda - ibtidoiy erkinlikda yashamoq yoki shahar shovqinlarida yo’q bo’lmoq. Shudir masala!

Aslida inson yashamog’i uchun ko’p narsa kerak emas. Sokinlik, halovat va erk. Qorin to’qlamoq uchun biroz yegulik. Uy jonivorlari va dasht-u dalalar - erkinlik kaliti.

Shahar shovqunlaridan charchagan insonlarning kunlik qiyofalarini metroda, bozorda, avtobusda, ishda, o’qishda, mahalla-ko’yda va har yerda ko’rib, qilingan xulosalar shunday. Dunyo insonlari tabiatga intilmoqda. Bugun XXI asr kishisi qarshisida ikki tanlov arosati vujudga keldi: “yashamoq” (жить) va “omon qolmoq” (выжить). Ikki tanlov o’rtasidagi ko’prik siroat ko’prigidan ingichka, arosatdan og’irroq, meridian chizig’idan uzunroq va xavfliroq bo’lib qoldi.

XXI asr kishisi XX asr 30-50-yillaridagi singari chuqur qayg’u va depressiya ta’siri ostida kelajakka umidsiz nigohlari bilan boqmoqda. Bu shaharga yangi qahramon kerak.
Moddiy manfaatdorlik va yetarlicha sharoitlar yaratilmasligi har qanday kadrni og'ir ahvolga solib qo'yishi mumkin. Hatto, o'sha kadr butun hayoti davomida "vatanparvarlik" g'oyalari bilan sug'orilgan bo'lsa ham.

Hozirgina Kun.uz da MRB (AQSH razvedka xizmati) va KGB (SSSR maxsus xizmati) ning bir xil taqdirga ega 2 ta xodimi haqidagi maqolani o'qib qoldim. Har ikkala davlat maxsus xizmat xodimlari iqtisodiy qiyin ahvolga tushib qolishi va qimorbozligi sababli katta qarzga botishi natijasida mamlakat hayotiga jiddiy zarar beruvchi maxfiy ma'lumotlarni raqib davlatlarga sotgan.

1985-yil MRBning yuqori mansabdagi amaldori Oldrich Eyms qimorda katta mablag'larni yutqazib qo'ygach, SSSRning Vashingtondagi elchixonasiga ma'lumot yetkazib turish evaziga 50 ming AQSH dollari so'rab elchixonaga murojaat qilgan. Oldrich MRBga ishlayotgan SSSR razvedkachilari to'g'risida juda ko'plab ma'lumotlarni oshkor qilgan. Natijada AQSHning 100 dan ortiq harbiy operatsiyalari barbod bo'lgan.

1971-yil KGB josusi Nepaldagi elchixona xodimi niqobi ostida ishlab yurgan Leonid Poleshchuk qimorxonada 300$ yutqazib qo'yib, qarzga kirib qolgani uchun AQSH razvedkasi bilan hamkorlikka kirishadi. Leonidga ma'lumot berib turgani uchun AQSH razvedkasi har oy 5 ming dollar miqdorda mukofot puli berib turgan.

Yuqoridagi keltirilgan misollardan quyidagicha xulosa qilish mumkin: Inson ijtimoiy jonzoddir. Jonzod bo'lganda ham ehtiyojlari doimiy tarzda o'zgarib turadigan va rivojlanib boradigan jonzod. Shu sababli ham ehtiyojlar talabi qondirib borilmasa, u eng tuban ishlarga ham qo'l urishi mumkin.
"Love is..." saqichlarini bilasizmi? Yarmakning "Сердце пацана" qo‘shig‘iga ishlangan klip orqali 11 yil oldin bizda ham ancha mashhur bo‘lib qolgandi. Mana shu saqichning tarixi ham juda ajoyib ekan.

Yangi Zellandiyalik Kim Grove ismli karikaturachi ayol universitetda Roberto Casali ismli bir yigit bilan tanishib qolgan. Ular bir-birini yaxshi ko‘rgan. Uzoq yillar davomida Kim Grove kichik-kichik qayd qog‘ozlariga ikkisining karikaturasini chizib, ostiga qisqagina qilib xat yoza boshlagan.

Bu qayd qog‘ozlarini Roberto Casali yig‘ib yurgan. To‘ydan so‘ng Roberto bu karikaturalarni kitob holatida chop ettirgan. 1970-yillarda "Times" gazetasi muxbiri karikaturalarni ko‘rib qoladi va uni gazetada nashr etadi. Ushbu karikaturalar gazetada chiqqach mashhurlashib ketadi va Kimga daromad keltira boshlaydi.

Eng birinchi chizilgan karikaturada shunday so‘zlar yozilgan: "Ishq - har kuni xotirlanadigan o‘sha kundir".
Dunyo siyosatida ultrao’ngchilar* (konservativ siyosatchilar) hokimiyat tepasiga kela boshladi. Yevropada II jahon urushidan so’ng birinchi marta o’ngchilarning* ko’p miqdorda hokimiyatni egallashiga guvoh bo’lib turibmiz.

Ultrao’ng siyosatchilarning hokimiyatga kelishiga bir qancha sabablar mavjud. Birinchidan, koronavirus infeksiyasi natijasida demokratik bloklarning zayiflashuvi yuz berdi. Insonlarning kasalliklardan o’lishi, taqiqlar va muammolar sababli demokratik bloklar birin-ketin hokimiyatni qo’ldan chiqarmoqda.

Ikkinchidan, Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi dunyodagi iqtisodiy ahvolni yomonlashtirdi. Demokratik bloklar dunyo tartibotini saqlash, kuchlar balansini buzmaslik va eng avvalo o’z xavfsizligi uchun turli iqtisodiy sanksiyalar qo’llashga majbur bo’ldi. Bu esa Yevropaga asosiy strategik resusrlarni yetkazib beruvchi davlat bilan aloqalar uzilishiga olib keldi.

Uchinchidan, dunyo mamlakatlarida budjet taqchilligi (defitsit) hosil bo’ldi. Moliyalashtirish va kreditlash tizimlari ishdan chiqa boshladi. Siyosiy va harbiy bloklar “sovuq urush” davridan buyon birinchi marta o’z sanoatlarini harbiy kompleksga ko’chirishga majbur bo’ldi. Shu sababli ham ehtiyojlarga yarasha tovar-xomashyo ishlab chiqarish kamaydi va turli sohalarda iqtisodiy pufaklar hosil bo’ldi. Endilikda pufak yorilishi bilan iqtisodiy inqiroz barcha xonadonlarga kirib boradi.

To’rtinchidan, migratsion tashqi siyosatdagi noqobil yechimlar ma’daniyatlar o’rtasidagi to’qnashuvlarni yuzaga keltirdi. O’rtayer dengizi davlatlari cheksiz tarzda Yaqin Sharq, Afrika hamda Afg’onistondan qochqinlarni qabul qildi. Bu Yevropa mamlakatlarida radikal millatchilarning g’azabini keltirdi. Islom olami musulmonlari hamda xristianlar o’rtasida kelishmovchiliklar ortdi. Shuningdek, musulmonlar va musulmon bo’lgan qochqinlar o’rtasida ziddiyatlar kuchaydi. Masalan, suriyaliklar va turklar o’rtasidagi ziddiyat millatlararo mojaroga aylanib bormoqda.

Beshinchidan, urushlar ultrao’nglar va boshqa qatlamlarni demokratik bloklarga qarshi qo’ydi. Falastindagi Isroil ishg’oli bu jarayonni jadallashtirib yubordi.

Mana shunday og’ir ijtimoiy-siyosiy vaziyatlarda, keskin va bahsli qarorlar qabul qilish orqali muammolarni yechishga vada beruvchi populist o’ngchilar har doim hokimiyat tepasiga keladilar.
2025/07/10 15:47:55
Back to Top
HTML Embed Code: