Adib Holidning o’zbek davlatchiligi va svilizatsiyasi haqidagi fikrlari 70-80 foiz to’g’ri. 30-20 foizida menda shubha bor, ba’zi manbalar siyosiy vaziyatlarni boshqacha talqinda sharhlaydi, ammo bu ham Adib Holidning ayrim fikrlari noto’g’ri ekanligini ifodalamaydi.
Adib Holid o’zbek davlatchiligini sirtdan o’rgangan. Siyosatda ma’daniy-etnik ta’sirlarning darajasini his etmagan (yaxshi o’rgangan, ammo uni his etish uchun turkistonlik bo’lish shart). O’zbek davlatchiligi va ilk respublikalarimizning tashkil topishi yuzasidan Ahad Andijoniy, Zaki Validiy, Boymirza Hayitlarning tadqiqotlari haqiqatga yaqin. Shuningdek ilk respublikachilik harakatining g’oyaviy asoslarini faqatgina jadidlar orqali o’rganish masalani biroz chigallashtiradi.
Ilk respublikachilik harakatining negizi albatta Anado’lidan boshlanib, Qirim, Sibir, Kavkaz, Urumchi va Toshkentga taqaladi. Bolsheviklar hokimiyatga kelgach butun imperiya hududidagi demokratik kuchlar Toshkentga to’plana boshlagan. 1920-yillarga kelib Toshkentda butun imperiya hududlaridan yig’ilgan siyosatchilar faoliyat yuritar edi.
Mamlakatlar hali ilk bor respublikachilik g’oyalarini o’rganishayotgani sababli, eski o’rta asrlarga xos qabilachilik va urug’-aymoqchilik odatlari hali to’la to’kis yemirilib ulgurmagan. Demoqchimanki, Adib Holidning siyosiy-ijtimoiy qarashlari biroz ziddiyatli vaziyatlarni yuzaga keltirishi mumkin. Bunday qarash “Buyuk davlatchilik” g’oyalarini pishitadi va xatto boshqa davlatlarga nisbatan hududiy davolarni yuzaga keltirishi mumkin.
Umuman olganda Markaziy Osiyo xalqlari haqida ilmiy tadqiqotlar qanchalik ko’p bo’lsa, shunchalik yaxshi. Turli xil qarashlarning vujudga kelishi tarixiy haqiqatlarni chuqurroq va teranroq anglashimizga yordam beradi.

Uiliam Shekspirning quyidagi misralari falsafiy nuqtayi nazardan juda chuqur ma’noga ega so’zlardir: “Hayot bu teatr undagi odamlar - aktyorlar”. Iqtibos bir qarashda, insonlarning yolg’onchi va ikkiyuzlamachiligi haqida aytilgandek, ammo satr mazmunini ilohiyot bilan bog’lasangiz ma’no va mazmun boshqa tomondan ochiladi.
Samoviy dinlarda inson taqdiri xudo tarafidan yozib qo’yilganligi aytiladi. Inson hayotga kelar ekan, mana shu taqdirni yashab o’tadi. Shekspir yuqorida keltirilgan iqtibosi bilan mana shu jarayonni inja so’zlar bilan chiroyli ifodalagan. Iqtibosni yanada yaxshiroq tushunish uchun teatr va spektakl jarayonini tahlil etsak.
Teatr bu spektakl ijro etiluvchi maskan. Spektakl esa yozuvchi tomonidan sahnalashtirilgan dramma. Spektaklda rol ijro etuvchilar bular aktyor va aktrisalardir. Aktyor va aktirsalar rol ijro etishlari uchun ularga dramatik asar beriladi. Aktyor va aktrisalar pyesani yozilganidek ijro etadi. Yani pyesada harakatlar, mimika, jarayon, kayfiyat, dialoglar, monologlar, syujet hammasi yozib qo’yilgan. Uni qanday ijro etish aktyorning mahoratiga bog’liq.
Spektakl muvaffaqiyatli yakunlanishi uchun barcha qahramonlar o’z ijrolarini amalga oshirishlari zarur. Salbiy qahramonlar ham ijobiy qahramonlar ham spektakl yaxlit kompozitsiya hosil qilishi uchun rol ijro etadilar. Aktyorlar qanchalik mahorat bilan rol ijro etmasinlar, improvizatsiya qilmasinlar baribir pyesada yozilgan ssenariydan tashqariga chiqib keta olmaydi.
Deylik bosh qahramon spektakl davomida kimnidir o’ldirishi zarur. Ijrochi aktyorda tanlov imkoniyati yo’q. U spektakl yakunlanishi uchun albatta qotillik qilishi shart. Chunki pyesadagi har bir yozilgan misra muhim ahamiyat kasb etadi. Tomoshabin voqeylikdan to’g’ri xulosa olishi uchun bu zarur. Aktyorda esa ushbu qotillikni amalga oshirishda tanlov imkoniyati bor. Yani aktyor improvizatsiya qilish orqali qurbonni qo’li bilan emas, yostiq bilan bo’g’ib o’ldirishi mumkin. Ammo qotillikni amalga oshirish yoki oshirmaslik tanlovi aktyorda yo’q.
Rejissior uchun barcha aktyorlar birdek. O’zlariga topshirilgan yani ssenariyda yozilgan rolni ijro etsalar bas. Salbiy yoki ijobiy obraz mavjud emas, chunki tanlov imkoniyati bo’lsa salbiy obraz yovuzlik qilmasdi balki.
“Hayot bu teatr undagi odamlar - aktyorlar”, - Uiliam Shekspir

Hozir bir kishining videosini ko'rib qoldim. Videoda aytilishicha amerikadan kelganiga 1 oy bo'libdi. Uyida 2 ta konditsioner 3 ta elektromobil bor ekan. Bir oyda 3000 kWh ishlatibdi va to'lovi 300$ atrofida bo'libdi.
Videoda aytishicha amerikada 3000 kWh ishlatsa maksimal 150$ to'lar ekan. Shu gapni eshitdim-u darrov AQSHning Kaliforniya shtatida elektr tokining 1 kWs narxini internetdan izlatdim. Narx 1kWh uchun 0.33$ ekan. 3000 kWh esa 990$ dollar bo'lar ekan. Yani O'zbekistondagi narxdan 3 baravar qimmat. Shu sababli har qanday axborotga ishonib ketavermang.

Qabrda yotgan odamning o'lganligini isbotlash bunchalik azob ekanligini bilmagan edim. Endi o'lib qolsanglar, xat-hujjatni to'g'rilab o'linglar. Mixail Bulgakov aytganidek: "Ha, inson o‘ladi, ammo bu muammoning yarmi xolos. Yomon xabar shundaki, u ba’zan to‘satdan o‘lib qoladi, mana gap nimada!"
Xullas voqea mana bunday. Akam 1988-yil SSSR Qurolli kuchlari Tinch Okeani flotiliyasi Dengiz piyoda qo'shinlari safiga harbiy xizmatga chaqirilgan. Harbiy xizmat davomida hozircha menga noma'lum bo'lgan sabablarga ko'ra vafot etgan.
Otamning aytib berganlariga ko'ra, KGBdan maxsus otryad akamning jasadini O'zbekistonga olib kelishgan. 1989-yil avgust oyida akamni dafn qilishgan. Hozir uydagi eski hujjatlarni izlab otam nomiga Tinch Okeani flotiliyasi harbiy prokurori o'rinbosari N.Arutyonyan tomonidan yozilgan xatni topdik.
Xat mazmuniga ko'ra akam dedavsheniya qurboni bo'lgan, ya'ni urib o'ldirishgan ekan. Hozir O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga ariza bilan murojaat qilganman. Ular akamning nima sababdan vafot etgani, prokuratura tekshiruvi, sud natijalarini hamda akamning vafot etganligi to'g'risidagi hujjatni so'rab Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligiga xat jo'natishdi. Jarayon 2-3 oy vaqtni olar ekan.
Rossiya Federatsiyasidan javob xati kelgach, akamning vafot etgani aniq bo'ladi, chamamda. Bir hujjat tarixi anashunday uzundan uzoq yo'lchilikni bosib o'tyapti. Bu ishni hal qilsam, qolgan masalalarda oldinga siljiyman.

Kecha erinmasdan uyda kitoblarim reyestrini tuzib chiqdim. Borib-borib byurokrat bo‘lib qolaman shekilli. Hozirda mavjud kitoblar soni (ro‘yxatga kiritilgani) 127 ta ekan. Endi yangi javon yasatib, shu kitoblar sonini 250 taga ko‘tarmoqchiman. Qayta nashr bo‘lmaydigan asarlarni sotib olishim kerak.
Remarkning yangi asarlari chiqqanmikan, yo‘qmi? Buni tekshirib ko‘rish kerak. Dostoyevskiyning sotuvdagi hamma asarlarini sotib olish kerak. Sotib olganga yarasha o‘qish ham kerag-u, vaqti kelib o‘qirman. Hozir shu ro‘yxatdagi deyarli barcha kitoblarning mazmunini aytib bera olaman, yodimda qolganicha. Maqtana olganim faqat shu kitoblar ekan, o‘ylab qarasam.
P/S Kitobxonlarga reyestr tuzishni taklif qilaman. Yaxshi ish ekan. Kitob do'koniga borganda qaysi kitobim yo'q edi deb o'ylab yurmaysiz.

Erkaklarda 2 ta fantastik, hech qachon ushalmaydigan orzu bo’ladi. Birinchisi, oila qurib, yer sotib olib, kichikkina uy qurib, dehqonchilik bilan shug’illanish. Ikkinchisi, Rim imperiyasini qayta qurib uni avvalgidan ham qudratli qilish.
Yapon ijodkorlarining o'ziga xosligi bor. Oddiygina hokkularni o'qish bilan ham buni sezish mumkin. Bizning kitob bozorlarimizni turklarning o'zi ham o'qimaydigan yengil-yelpi matnlari bosib ketganligi uchun aql-zakovat sohiblari, tafakkurli insonlarning asarlarini (chinakam asar degulik kitoblarini) ko'rmay qolamiz. Shulardan biri yaponiyalik ijodkor Kobo Abe. Quyida Kobo Abening "Quti odam" asaridan iqtiboslar keltiraman:
Agar odam yarim kechada ko‘zoynak taqsa yoki yuzini niqob ostiga yashirsa, bilki, ko‘nglida biror yomon o‘yi bor yoki azbaroyi o‘zi qo‘rqqanidan shunday qiladi – buni boshqacha izohlab bo‘lmaydi.
****
O‘zi shunaqa bo‘ladi: yo‘l chekkasidagi yaltiroq narsani ko‘rib, beixtiyor to‘xtaysan... Siniq shisha parchasi bir chaqaga ham arzimasligini fahmlab turasan, ammo baribir, shishaga tushib jilvalangan nur unga hayratomuz bir joziba baxsh etadi.
****
Yangi personaj paydo bo‘lishi munosabati bilan taxminlar o‘zgaradi.
****
O‘zing qiziqqan narsani toki qo‘ling bilan ushlab ko‘rmas ekansan, ko‘ngling joyiga tushmaydi.
****
Sen o‘zgarasan, sen bilan birga tashqi olam ham o‘zgaradi – boshqa hech qanday o‘zgarishlar mavjud emas. Bu o‘zgarishlar shu qadar ulkan-ki, eng shov-shuv ko‘taradigan yangiliklar ham ularning oldida ip esholmay qoladi.
****
Nigohlar so‘zlashuvi – xarob bo‘lish jarayonida vujudga keladigan eng mukammal hodisalardan biridir (Kim bilandir oxirgi marta ko'rishganingizdagi nigohni eslashga harakat qilib ko'ringchi).
👣 Oddiy yo'lovchi

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qatliomning tilsiz guvohlari moviy kapalaklar
Serbiya urushining eng qorong’u va daxshatli sahifalaridan biri bu “Srebrenitsa qatliomi” hisoblanadi. 1995-yil serb kuchlari BMT tomonidan muhofaza qilinayotgan shahar Srebrenitsa shahriga hujum qilishdi. Shaharda jami 8000 mingdan ziyod bosniyalik erkak va bolalar qatl qilindi. 1992-1995-yillarda amalga oshirilgan qatliomlar natijasida vafot etganlar yashirin mozorlarga ko’mildu. 2007-yil Bosniyaning Serbiyaga qarshi ochgan davo sudida amalga oshirilgan tekshiruv natijasida yetarlicha dalillar topilmadi.
Ammo tabiatning qasosi bo’lmish moviy kapalaklar jasadlarni topishda yordam berdi. Gap shundaki jasadlar ko’milgan yerlardan artemis gullari unib chiqqan va moviy kapalaklar mana shu gullar o’ziga jalb qilgan. Kapalaklarning notabiiy tarzda faolligi tadqiqotchilarni izlanishga undadi. Tadqiqotlar natijasida ommaviy qabrlardan 300 tasi topildi.
Shundan buyon har yili 11-iyul sanasida artemis guli bayrami nishonlanadi. Bu gul fojeani unutmaslik va umidni yo’qotmaslik ramzi sifatida bosniyaliklar qalbidan joy olgan.
Ushbu qatliomga munosabat bildirar ekan Aliya Izzatbekovich shunday jumlalarni aytgan edi: “Hamma narsa yakun topganida, qalbni larzaga keltiradigani dushmanlarning so’zlari emas, do’stlarning sukunati bo’ladi”.

👍1
Ernesto Che Gevara
Bu ismni eshitmagan odam bo’lmasa kerak. Hechqursa “Hasta simpre” qo’shig’ini tinglagansiz. Xo’sh, Ernesto Gevara kim o’zi? Nega ko’pchilik bu odamning suratini ijtimoiy tarmoq avatarlariga qo’yib oladi?
Ernesto Gevara Lotin Amerikasi davlatlaridagi “partizanlik inqilobi” davrining yorqin vakili. U 1928-yil Argentinaning Risario shahrida tug’ilgan. Kasbi shifokor. Gevara uning ota tomondan familiyasi, Che esa partizanlar qo’ygan laqab. Gevara jo’shqin qalb sohibi, bilimli, kuchli qat’iyat va jasoratga ega inson edi.
Che mustamlakaga aylangan Lotin Amerikasi mamlakatlari ozodligi uchun kurashib kelgan. U hokimiyatga intilmagan, aksincha doimiy tarzda inqiloblar amaliyotchisi bo’lib, hokimiyatlarni ag’dargan. Birinchi marta Kubada Fidel Kastro bilan hamkorlikda Kuba diktatori Batista hokimiyatini ag’dardi. Shundan so’ng Kubada biror lavozimga kirishmay, 150 kishilik otryadi bilan boshqa davlatlarga inqilobni eksport qilish bilan shug’illanib keldi.
Che Gevara jo’shqin nutqi, tavakkalchiligi sababli o’sha davr so’l harakatlarining yorqin yulduziga aylanib ulgurgan edi. Mamlakatlarni mustamlakalardan xalos qilish uchun, xalqlarni inqilobga tayyorlar, harbiy harakatlarni boshqarar va hokimiyatlarni ag’darar edi. Kuchli xarizmasi sabab uning izodshlari hali hanuz topiladi.
Che Gevaraning hayoti jang-u jadallar va qiyin vaziyatlarda o’tdi. 1967-yil yarador safdoshini tashlab ketmaganligi uchun asirga tushdi. Komondante Che Gevara atigi 39 yil yashadi. Ammo qisqagina umri davomida, insonlar 100 yil yashab ham qila olmaydigan ishlarni amalga oshirdi.
Komondante Che Gevara xotirasi uchun 1 daqiqa sukut saqlang.

Forwarded from kommentolog
Kecha o‘ylab o‘tirib o‘zim uchun Qodiriy va Tohir Malikning asarlari orasida bir qancha qiziqarli bog‘liqliklarni kashf etdim. Hozir topilmalarimni siz bilan ham o‘rtoqlashmoqchiman.
Demak, Qodiriyning "Shaytanat"da qoldirgan izlari
Bilasiz, "Shaytanat" asardagi bosh shayton — Asadbekning otasini yangi yil kechasi qamoqqa olib ketishlari bilan boshlanadi. Bu bilan doim hamma narsaning sabablariga yetib boradigan yozuvchimiz Asadbek ziyoli kishilarning farzandlaridan bo‘lishiga qaramay, uning ichida vujudga kelgan nafrat va tarbiyadagi kamchiliklar uni mana shu darajaga olib kelib qo‘ygani ko‘rsatib bermoqchi bo‘ladi. Qiziq tarafi, Qodiriyni ham 31-dekabrda olib ketishgan. Balki bu bilan Tohir Malik Qodiriysiz jamiyatning kelajagini ko‘rsatib bermoqchi bo‘lgandir? Aytganim biroz balandparvoz gap bo‘lib ketgan bo‘lishi mumkindir, biroq Tohir Malik Qodiriyga boshqacha ehtirom bilan qaragani ham yolg‘on emas-da. Buning isbotini "O‘tkan kunlar"ga yozilgan ajoyib sharh hamda asarlaridagi qahramonlar orqali bilib olishimiz mumkin.
"Shaytanat"dagi Zaynab. Bilamiz, Qodiriyning Zaynabi ba’zi sal kechroq "tepib qoladigan" harakatlarini yoki mustaqil fikri yo‘qligini hisobga olmasa, xulosaviy jihatdan o‘z baxti uchun kurashadigan, jangchi obraz. Nima uchundir Tohir Malik qahramoni Asadbekning qiziga ham shu ismni berdi. Keling, topgan ba’zi xulosalarimni ko‘rib chiqamiz:
Bu bilan balki Qodiriy Kumushni "o‘ldirib qo‘ygani" va shu bilan birga endi kumushlar qolmaganiga ishora bo‘lgandir, balki bu jamiyatda Zaynab bo‘lmaslik ilojsiz ekanligini ko‘rsatmoqchi bo‘lgandir. Ammo asarda Kumushga o‘xshash qahramon ham bor — Zaynabning onasi.
Qizig‘-a, Kumushlar jamiyatga Zaynablarni yetkazib beryapti.
Afsuski, bu olamda Zaynabdek kurashadigan insonlar ham o‘zlarini saqlab tura olishlari ilojsiz edi. Shaytanat Zaynabni ham yeb bitirdi, lekin unda kunushsiymo onasining qoni ham oqmoqda edi, u hamma baloga Kumushdek sabrlilik bilan, tan berish bilan bir qadar farog‘atga ham erisha oldi. Demak biz "Shaytanat"da bir insonda jo bo‘lgan ikki xil xislatni — Kumush va Zaynabning fe’l-atvorlari qorishmasini ko‘rishimiz mumkin ekan.
Asarda yana bitta shunaqa aralash qahramon bor: Anvar. Unda "Mehrobdan chayon"dagi Anvarning ismi, og‘ir sharoiti, biroz o‘xshash kasbi bor edi, lekin shu bilan birga Otabekning qaysarligi, haqgo‘yligi va gapga chechanligini ham jimitdek gavdasiga ilib olgandi. Biroq baribir u Anvar, hech qanday hokimning o‘g‘li bo‘lmagan, cho‘ntagida hemiri ham yo‘q, dunyoning asrandi oʻgʻli Anvar.
U, "Jinoyat va jazo" ta’biri bilan aytsak, Napoleon bo‘lishga intildi: qo‘li yetmasa ham haqqini talab qilishdan charchamadi, har doim har kimga rost so‘zladi, hech kimga maddohlik qilmadi, Otabekka o‘xshab nohaqliklarga ko‘z yuma olmadi, o‘zligini saqlab qolishga urindi.
Balki u Anvarligicha qolganida oddiy "mirza"dan "xon"ning eng yaqin kishisiga aylanishi ham mumkin edi, lekin u baribir ilmiy rahbarining qing‘ir ishlariga Otabek ko‘zi bilangina qaray olar edi.
Natija nima bo‘ldi?
Otabekning haqgo‘yligi boshiga nimalarni olib kelganini bilasiz. U bulardan omonda qola oldi, chunki uning mansabdor otasi bor edi. Anvarni esa... Yo‘q, baribir unga ham mana shunday yordam qo‘llarini cho‘zadiganlar chiqdi, lekin bu qo‘llar ham toza emas edi, cho‘zilgan qo‘llarni ushlab jardan chiqqunicha o‘ziga ham najas tekkizib qo‘yishi ehtimoli bor edi. U yordamdan voz kechdi va
Balki bulardan tashqari yana nimalardir bordir. Ammo "Shaytanat"ni o‘qiganimga ham ancha bo‘lib ketgani uchun hozircha faqat shulargina esimga keldi.
Yana bitta narsa. Bu gaplarim hech qanday aniq asosga ega emas. Hammasi oddiygina shaxsiy kuzatishlar yig‘indisi. Lekin o‘zingiz ko‘ryapsiz-ku, qandaydir bog‘lanishlar, qiyoslashlar ham yo‘q emas. Hozir bilan bogʻlashga allaqanday urinishlar sezilib turibdi baribir. Nima bo‘lganda ham o‘qiyverish kerak.
@kommentolog

Men ketarman tog‘-u toshlar alvido

Nega “Ch”ni - “4” va “Sh” harfini “W” deb yozishadi? Bu muammo faqatgina o’zbek lotin alifbosiga xosmi?
Aslida bu muammo birgina bizga xos emas. Lotin alifbosiga o’tgan barcha post-sovet mamlakatlariga xos. Yuqorida ozarbayjonlik yigitning twitini o’qib qoldim. Twitda shunday deyilgan: “Dostoevskiyni o’qimagan, Bethovenni tinglamagan, kitob o’qishni sevmagan, Ş harfini W deb yozadigan qizni 1 kun bo’lsin sevmayman”.
Twitning yuqoridagi qismi biz uchun ahamiyatsiz. Ahamiyatlisi “Ş ni W sifatida yozadigan” degan qismi. Bizda alifboni o’zgartirmoqchi bo’lgan donolar bor edi. Asos sifatida Sh, Ch, Ng harf birikmalarini 4, W deb yozayotgan besavodlar ko’pligini keltirishgan edi va alifboda Sh va Ch harfiy birikmalarni Ş, Ç sifatida kiritishni taklif qilishgan edi (adashmayotgan bo’lsam).
Mana izlanishlar shuni ko’rsatdiki, muammo lotinchada savodi chiqqanlarda emas, savodi kirillchada chiqqan besavodlarda ekan. Sababi oddiy “W” bu kirillchadagi “Ш” harfiga, “4” esa kirillchadagi “Ч”ga mengzalib ishlatiladi. Shu sababli alifboni tartibga keltirish niyatida bo’lishsa, harflarga tegmasdan kirillchani “dorga osish” kerak. Yoki lotinchadan to’liq voz kechib kirillchaga qaytish kerak. Bizga uchinchi alifbo kerak emas, bizga ikki yo’ldan birini qat’iy tanlash irodasi kerak.
Muammo birgina o’zbek lotin alifbosiga tegishli emas, kirillchadan to’liq voz kecha olmayotgan post-sovet mamlakatlarining barchasiga tegishli ekan. Anuv yangi alifboda post yozayotgan populistga ham shu muammo haqida aytib qo’yish kerak nazarimda.

Registondagi “Sherdor madrasasi” peshtoqida tasvirlangan ushbu jonivor nima?
Xorxe Luis Borxesning “Fantastik mavjudotlar kitobi” asarida griflar haqida gap ketadi. Unda aytilishicha Jon Mandeviliya o’zining “Sayohatlar” kitobidagi 85-bobda griflarni tasvirlab ketgan.
Jon Mandeviliya Turkiyadan Baqtriyaga (hozirgi Afg’oniston, Tojikiston va O’zbekiston hududlari) sayohat qilganida g’aroyib bir jonzotga ko’zi tushgan. Bu jonzot goh quruqlikda, goh suvda yashaydi. Yarmi odam, yarmi ot shaklida.
Sayyoh hikoyani davom ettirib griflarni shunday ta’riflaydi: “Bu yerlarda boshqa joylardagiga nisbatan ko’proq griflar yashaydi. Birovlar uning old qismi burgutnikiga, orqa qismi shernikiga o’xshaydi deb ta’riflashgan. Biroq grifning old qismidagi ho’kiz gavdasi 8 ta she’rdan ham ulkan, o’zi esa 100 ta burgutdan ham kuchlidir. Uning oyoqlaridagi tirnoqlari shu qadar kattaki, ulardan suv ichish uchun foydalanish mumkin. Qovurg’alaridan esa o’q-kamonlar chiqib turadi”.
Dantening “Arofat” asarida griflar tasviri shunday ta’riflangan: “uning burgut qismi oltindan, she’r tomoni esa ol (olov rang) va oq aralash rangda.
“Injil”da (5:10-11): “Mening sevgilim oq rangda va ol rangda… boshi esa - tillodan” degan oyat kelgan.
Balki “Sherdor madrasa”si peshtoqida tasvirlangan afsonaviy jonivor haqiqatdan ham mavjud bo’lgandir. Kim bilsin, inson tafakkuri cheksiz. Afsona va rivoyatlar esa ko’p.

"Buyuk ipak yo'li" tashqi iqtisodiy siyosatimizda oliy o'rinda turadigan strategik maqsad bo'lib, bu mintaqa iqtisodiyotining lokomativi hisoblanadi.
O'tmishda "Buyuk ipak yo'li" savdo yo'li mintaqa davlatlarini iqtisodiy rivojlangan, harbiy jihatdan qudratli va siyosiy barqaror qilib kelgan. Bu yo'l sharq va g'arb mamlakatlarini madaniy, siyosiy va iqtisodiy jihatdan bir biriga bog'lagan. Mintaqa markazida joylashgan mamlakatga savdo yo'lining har ikki tomoni ustidan nazorat qilish imkoniyatini bergan.
1990-yillarda sobiq imperiya qulagach Xitoy O'zbekiston hududi orqali savdo yo'llarini tiklash rejasini e'lon qilgan, ammo bizdagi siyosiy vaziyat bu imkoniyatni qo'ldan boy bergan. Natijada savdo yo'llari Qozog'iston hududidan o'tgan. Bugun bu savdo yo'llari Qozog'iston uchun qanchalik foyda keltirganini ko'rib turibmiz.
Hozirgi hukumatimiz Xitoy-Qirg'iziston-O'zbekiston savdo yo'lini qurish, Trans-afg'on temiryo'lini qurib bitkazish va Pokistondagi dengiz portlariga chiqish, Erondagi dengiz savdo yo'llariga chiqish imkoniyatlari uchun kurashmoqda.
Qisqacha qilib aytganda, 90-yillarda boy berilgan imkoniyatlarni qaytarib olish uchun harakat qilishyapti. Ayrim loyihalarda oldinga siljish mavjud. O'zbekiston xalqaro savdo yo'llariga ulanish uchun qulay ichki logistika tarmog'iga ega.
Xaritada bugungi kundagi Xitoyning g'arb va sharq bilan savdo yo'llarini ko'rishingiz mumkin, afsuski asosiy savdo yo'llari O'zbekistondan o'tmaydi. Aslida O'zbekiston orqali o'tishi mumkin bo'lgan savdo yo'llari ancha arzon bo'lsa ham.

Mana bu yerda Mirzohid juda yaxshi gaplarni yozibdi. Haqiqatdan ham "shariat peshvolari"ning "virtual jihodlari" ko'payib qoldi.
Balki bunday "virtual jihodlar" boshqa bir manfaatdor guruhlar tomonidan uyushtirilayotgan va taktik tarzda amalga oshirilayotgandir. Biz buni bila olmaymiz. Sababi har qanday ma'lumotni "shariatga mos emas, kofirmisan" deya inkor etishga shaylangan akkauntlarning haqiqiy egasi kimligini-yu, o'zi bu akkauntlar hayotda mavjud ekanligini isbotlab bo'lmaydi.
Ijtimoiy tarmoqlarda-ku har qalay akkaunt meta ma'lumotlarini tekshirish orqali troll ekanligini va joylashgan manzilini aniqlash mumkin, ammo messenjerlarda bu imkonsiz.
Diniy e'tiqod masalasi "nozik mavzu" (sensative theme). Shu sababli ham e'tibor bermaslikka harakat qilaman. Ammo bir narsani tushunib olish kerak, har qanday diniy ta'limot mavjud qonunlashtirilgan tizimga alternativ o'laroq o'z qonunlarini (katolik cherkov qonunchiligi, yahudizm, shariat, hinduizm) taklif etar ekan, bu endi diniy ta'limot emas, balki siyosiy harakat hisoblanadi.
Bir davlatda 2 xil siyosiy va huquqiy normalar o'rnatilmaydi, agar shunday bo'lsa, yo u davlat qulash arafasida yoki o'z erkini yo'qotgan. Ammo diniy davlatlar ham mavjud. Masalan, Saudiyada davlat boshqaruvi shariat asosida, xuddi shunday Vatikanda ham davlat boshqaruvi diniy qonunchilik asosida o'rnatilgan. Agar davlat rasman diniy davlat bo'lmasa, dinning siyosiylashuvi bu ekstrimizm yoki terrorizm deb malakalanadi.
Diniy siyosiylashuv "Al-qoida", "ISHID", "Tolibon", "O'zbekiston islom harakati", "Nurchilar" kabi terroristik guruhlarning g'oyasi hisoblanadi. Ular mana shu "har qanday ma'lumot shariatga mos emas kofirsan" qabilida shariy yurispridensiya asosida davlat boshqaruvini xohlashadi.
Ochiq tarmoqlarda, umuman har qanday joyda, o'rnatilgan siyosiy-huquqiy boshqaruv shakliga qarshi alternativ siyosiy-huquqiy boshqaruv shaklini taklif qilish "konstitutsiyaviy tuzumni ag'darishga urinish" deb ataladi. Shuning uchun izohlarda, tarmoqlarda, suhbatlarda odamlar tiliga ehtiyot bo'lishi kerak. Internet orqali provokatsiya qilayotgan guruhlar hozir davlatning kuch ishlatar tizimlarining qizil chegarasidan pastda bo'lishi mumkin, ammo vaqti kelib belgilangan marraga yetsa, provokatsiyaga uchganlar ham qo'shilib tortilib ketishi mumkin.

Ho’p, hazil-hazil bilan-ku, ammo “Parij-2024” olimpiada o’yinlarida tashkilotchilar atletlarga 300 ming dona prezrativlar tarqatibdi. Sidneyda o’tkazilgan olimpiada o’yinlarida 70 ming dona, London olimpiadasida 100 ming dona prezrativ tarqatilgan ekan.
Statistik ma’lumotlarga qaraganda, parijlikliklar o’zbekistonlik atletlarga boshqalarga qaraganda 11 dona ko’proq prezrativ tarqatgan emish 😂😂😂