Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Abdulla ORIPOV - XOTIROT

Uydan ketganimga o‘n yil bo‘libdi,
O‘n yil qishlog‘imdan yuribman uzoq.
Men yurgan yo‘llarda o‘tlar unibdi,
Ko‘milib bo‘libdi men kezgan so‘qmoq.

Yoshlik chog‘im edi, sho‘xligim tutib,
Ismim o‘ygan edim bitta terakka.
U ham jarohatday ketibdi bitib,
U ham yuksalibdi mensiz yuksakka.

Buzilib bo‘libdi allaqaysi dam
Hovli ortidagi omonat ko‘prik.
Bu yerda men bilgan odamlarning ham
Bazisi endi yo‘q, bazisi tirik.

Hayratga tushmasman bu holdan sira,
Dunyo bu quvg‘undi ohuday yelar.
Dunyo bu eng oddiy hukmiga ko‘ra
Kimdir tug‘iladi va kimdir o‘lar.

Lekin qalbni bosdi nogoh bir sukut,
Nogoh bir hayajon ezdi dilimni.
Umrim yo‘llarini bosmaganmi o‘t?
Xazon ko‘mmaganmi hayot yo‘limni?

Ko‘ksidan nomimni beshafqat, battar,
O‘chirgani kabi oqbadan terak -
Bag‘riga ismimni yozgan bo‘lsa gar,
O‘chirmadimikan birorta yurak?

Yoshligim behuda o‘tmadimikin?
Go‘zal tuyg‘ularim bormikin tirik?
Nogahon buzilib ketmadimikin
Birorta yurakka men solgan ko‘prik?

Yillar umrimizga qilarmi shafqat?
Biror ish bormikan aylagali yod?
Qayta tiklash mumkin barchasin, faqat
Qayta tiklanmagay o‘chsa xotirot!..

1969-yil
Fan olimpiadalari, sport musobaqalari g'oliblari mamlakat ilmiy-texnologik rivojlanishi uchun hech qanday foyda keltirmasligi haqida uzundan uzoq yozdim va o'chirib tashladim. Ichki senzura kuchayib ketibdi.

Fan olimpiadalari g'oliblari 33 yil mobaynida birorta ilmiy-texnologik yangilik qilganini eshitmadim. Bularning ilmiy ishlari-yu, kashfiyotlari mamlakat iqtisodiyotiga 1 sent ham foyda keltirganini ko'rmadim.

Sport esa o'zingiz bilasiz. Sportchilar "Yoshlar ittifoqi"ning piar tadbirlaridan boshqa joyda foydalanilmaydigan shaxslarga aylanadi xolos.

Xullas, ichki senzura juda oshib ketibdi. Statistik ko'rsatgichlar bilan yaxshi tahliliy material yozib qo'ygandim. Ha mayli o'chirib tashladim. Fikringizni izohlarda yozishingiz mumkin.

Ichi qora g’alamis deb o’ylamang. Men ham xursand bo’laman ular vatandoshim. Ammo Vatanim ko’rsatayotgan muruvvatga javob bo’lmasa xursand bo’lganimdan 10 karra ziyodroq xafa bo’laman. Bir marta xursand bo’lish, bir marta bayram qilish bilan ish bitmaydi. Har qanday yaxshilikka javob bo’lishi shart. Mamlakat muruvvat ko’rsatyaptimi, sahovatpeshalik qilyaptimi, buni javobi ham bo’lishi shart. Siyosat har doim javob kutadi. Javobsiz qolgan masalalarning har biri inson taqdirida aks ta’sir ko’rsatadi.
Otlar kechuvda almashtirilmaydi. Ammo aravakash almashtirilsa foydadan xoli bo'lmaydi.


***

Yoshlikning romantizmi o'rniga albatta qarilikning revmatizmi keladi.


Leonid Shebarshin

***

Ne tongki, nokaslar o'z kirdikorlarini barcha zamonlarda din, axloq va vatanparvarlik bilan niqoblaydi.


Haynrix Heyne


***

Odamlarga quchog'ingizni qancha keng ochsangiz, sizni chormixga tortmoq shunchalar oson kechadi.


Fridrix Nitshe
O’zbek adabiyotida bir shaxs bor, bugun unutildi. Unutilmadi, balki ataylab unutdik. Uning she’rlari-yu, yozgan satrlarida haqiqiy o’zbek shaxsiyati, asl o’zbek tili-yu uning xarakteri yotadi. Bu shaxs Mirtemir. Mirtemirni ko’pchilik yaxshi tanimas, balki 3-4 ta she’rlarini adabiyot darsliklarida o’qigan bo’lishlari mumkin. Ammo bu kam.

XX asr o’zbek adabiyoti qay bir ma’noda kommunistik g’oya ta’siri ostida bo’lsa ham, o’z maktabini boy adabiy merosini yarata oldi. XXI asrga kelib bugun bizda hech kim yo’q. O’tgan asrning 50-60 yillarida o’zbek adabiyoti barq urib ijod qilgan bo’lsa, oradan 80 yil o’tib ijodkorlarni unutadigan darajaga tushib qolishimizni kim o’ylabdi deysiz.

Mirtemirning “Surat” dostonida shunday satrlar bor:

Na oltin, na javohir edim…
Armonli bir yosh shoir edim.
Zuhro bo’lmasang ham chiroyda,
Men ishqingda naq Tohir edim.


Ijtimoiy bosimlar ortib ketgan, jamiyatning barcha muammolariga erkaklar sababchi o’laroq ko’rsatilayotgan bir davrda, Mirtemirni o’qish inson o’zligiga bir nazar tashlashdek bir gap.

Mirtemirning asarlarida jaydari, tanti o’zbek qiyofasi bor. U shirin yolg’onlar bilan sekin-asta o’ldirmaydi, tilyog’lamalik qilmaydi, yolg’on gapirmaydi. Rost gap bilan yuzingizga tarsaki tushiradi-yu, ketadi. Butun umr bu tarsaki zarbini o’ylab yurasiz.

Keyin, toqatlar-toq, kutardik visol,
Keyin mangulikka berishdik va’da.
Keyin, quchog’imga to’lding baxt misol —
Innaykin… innaykin… men bo’ldim dada.


Mirtemir ayblarini yashirmaydi. Barcha xato va kamchiliklarini yuqoridagi satrlar singari baralla aytadi. U o’z shaxsiyatini xato va kamchiliklar bilan bunyod etganidan uyalmaydi. U xato va kamchiliklari ila Mirtemir ekanligini bir daqiqa ham unutmagan.

Muncha uzun, muncha oh-u voh,
Pushaymonga qoldimi o’rin
Agar senda bo’lmasa gunoh,
Bildirmading nega sal burun?

Bazmlarning guli bo’lganing —
Yolg’on bo’lsa, boq-chi ko’zimga.
Maqtovlarning quli bo’lganing —
Yolg’on bo’lsa ayt-chi o’zimga!

Qani ular? Soxta muhabbat?..
Nega fahming yetmaydi avval?
Sog’inishga qoldimmi faqat?
Dunyo ishi shundoq… Galma-gal…


Mirtemir ishq deganda kimgadir borini berishni emas, balki borini so’zlashni ham tushunadi. U xatolarni kechirmaydi. Afsus va ko’z yoshlarga ishonmaydi. Muhabbati qanchalik kuchli bo’lsa, qat’iyati ham shunchalik kuchli. Hech narsadan tap-tortmay voz kecha oladi. Bunga jur’at topa oladi.

Majnuntol tagiga o’tqazing meni
Men uchun yig’lasin, men yig’lab bo’ldim.


Mirtemir shunday, hayot tashvishlarining og’ir g’ildiraklari ostida toblangan shoir. Umri so’ngida yozgan misralari ham naqadar buyuk inson ekanligidan dalolat. U endi hayot tashvishlariga yig’lamaydi. Etagini qoqib, barchasiga taslim bo’lgan-u, boshiga tushgan azob-uqubatlarga qo’l siltab olis manzilga olib ketadigan poyezdni so’ngi bekatda kutib o’tiribdi.

Ko‘zingni o‘ynatma, kulma, qarama, 
Nozli nigohlaring kerakmas sening.
Bog‘lab olarman, deb endi o‘ylama... 
Tortgan u «oh»laring chin emas sening.

Ko‘p kunlar sudrading tusmol yo‘llarda, 
Men-da tilsizlarcha ergashdim-ketdim. 
Adashgan ekanman, bilsam, cho‘llarda, 
Mana endilikda tushunib yetdim...

Tushundim: u totli xayollar - xayol, 
Aldanmas bu yurak shirin so‘zingga.
Yo‘qol, ey aldamchi, yondashma, yo‘qol, 
Termulish yo‘q endi orsiz yuzingga!

Jilmayma, qarama, so‘zlama menga, 
Eski afsonani kuylama menga...
Jahon iqtisodiy inqirozi haqida litseyda darslikda o'tgan edik. Hozir aniq yodimda yo'q qaysi davlat, nechanchi yil ekanligi. Xullas, XX asrda sodir bo'lgan jahon iqtisodiy inqirozi sababli amerika mamlakatlaridan birida mahalliy fermerlar sut maxsulotlarini dengiz va daryolarga oqizib yuborishgan. Chunki sut maxsulotlarini saqlab turish sotishdan ko'ra ancha qimmatga tushar edi. Hozir facebookda o'qib qoldim dehqonlar hosillarni yig'ishtirib olishdan ko'ra aholiga tekin tarqatishni afzal ko'rishayotgan ekan.
O‘zimizdagi oliygohlarning til va adabiyot yo‘nalishlariga ko‘z yugurtirib chiqdim. Bizdagi fakultetlar ko‘proq ona tili va adabiyot o‘qituvchilarini tayyorlashga ixtisoslashgan shekilli, adabiyotchi yoki adibni shakllantirishga qaratilmagan ko‘rinadi.

Bizdagi fakultetlar "O‘zbek tili va adabiyoti", "Filologiya va tillarni o‘qitish" ekan, xolos. Balki adabiyot o‘z vazifasini to‘laqonli amalga oshirishi uchun, avvalo adabiyotga xizmat qiluvchi fakultetlar ochilib, o‘z yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassis yetishtirishi kerakdir. Masalan, xorijiy oliygohlarda "Lotin Amerikasi adabiyoti", "Amerika adabiyoti", "Yevropa adabiyoti", "Sharq adabiyoti", "Yapon adabiyoti", "Sharqiy Yevropa adabiyoti" singari fakultetlar bor. Ushbu fakultetlar aynan o‘sha davlat adabiyotini tadqiq etish bilan shug‘ullanadi.

Bu fakultetlarda tahsil olgan talabalar yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassis, adib, shoir, yozuvchi va adabiy tanqidchi bo‘lib yetishadi. O‘z mamlakati adabiy jarayonlariga hissa qo‘shadi, adabiyotni rivojlantiradi. Bizda ta’lim tizimida tizimning o‘zi xatomikan deb o‘ylayman. Balki barchasini buzib tashlab qaytadan qursak osonroq bo‘lar. Adiblar, shoir va yozuvchilar yetishib chiqmayotgani, adabiy jarayonlar qaynamayotgani balki shundandir.

Hozir til va adabiyot yo‘nalishi talabalaridan Xuana de Ibarburu kimligini so‘rasangiz bunday ismni eshitmaganlar topilishi mumkin. Bunday bo‘lishi tabiiy, chunki ular tor sohada emas, balki umumiy adabiyot yo‘nalishida tahsil olishyapti. Tahsil ham "qo‘l tegdi..." shaklida tashkillashtirilgan. Ha mayli, bir gap bo‘lar.


Tamaddundan rosa bo‘lganman bezor:
erkin yashay deyman hamda baxtiyor!
Hamma gullar kabi gulzordaman,
lek yovvoyi ildizim kestirmam zinhor!

Xuana de Ibarburu

Gap qaysidir adibni tanishda emas, balki o‘sha davr, o‘sha davlat adabiyotini o‘rganish va uning yutuqlarini milliy adabiy jarayonlarga tatbiq etish-da. Masala, tor doirada kuchli kadrlarni yetishtirishda. Kimnidir tanish yoki tanimaslik masalaga yechim emas. Turli maktablarni tushunish, o‘rganish va ularni amaliyotda tatbiq etish, mana masala nimada.
Oxirgi 2-3 yilda jadidlarning ma’naviy-ma’rifiy faoliyatini o‘rganish siyosat darajasiga ko‘tarildi. Ilmiy doiralardan tortib ijtimoiy doiralargacha jadidlar haqida gapira boshladi. Hatto, ijtimoiy tarmoqlarda jadidlarning sahifalari ham paydo bo‘ldi. Milliy uyg‘onish masalalari kun tartibga chiqdi. Bu haqida juda ko‘p va xo‘p gapiryapmiz, ammo "Milliy uyg‘onish" nima o‘zi?

Milliy uyg‘onish bu shunchaki axloqiy qadriyatlarni qayta tiklash emas, balki Milliy uyg‘onish - uyg‘onish og‘riqlariga dosh berish demakdir. XX asrning birinchi choragida sodir bo‘lgan siyosiy-harbiy jarayonlar shu qadar murakkabki, yagona tizimga birlashtirilsa va umumiy manzaradan qaralsa bugun qahramon sifatida ko‘tarayotganlarimiz qahramonga aylanmay qolishi mumkin.

Bosmachilarni Vatan ozodligi yo‘lida kurashgan qahramonlar deb bilamiz, ammo bosmachilarning qay biri qaysi maqsad uchun kurashdi? Siyosiy shaxmat doskasida ularning yurish trayektoriyasi qay tomonga harakatlandi? Bolsheviklar bilan kimlar ittifoq tuzdi? Kim kimga pand berdi? Monarxistlar, respublikachilar, kommunistlar, demokratlar, dekabristlar, imperialistlar, ruhoniy xalifachilar kimlar edi-yu, bular nega bir-biri bilan kurashdi?

Mana shu og‘riqli savollarga javob berish va voqea hodisalar tizginini siyosiy shaxs-fuqaro sifatida o‘rganishga tayyormizmi? Menimcha biz achchiq haqiqatlarni qabul qilishdan ko‘ra, odatiy tashviqot materiallari bilan o‘zimizni "ezilgan millat, ezilgan xalq" sifatida ko‘rishni yaxshi ko‘ramiz.

Bunday qarash bizning ichki ambitsiyalarimizni bosadi. Biz mag‘lubiyatlarimiz uchun mas’uliyatni yelkaga olishdan qo‘rqib, mas’uliyatni boshqa bir xalqlar ustiga yuklashni xush ko‘ramiz. Milliy uyg‘onayotgan millat o‘z xato va kamchiliklariga o‘zi egalik qiladi.
👍1
Agar asablaringizni va stress bardoshligingizni sinab ko'rmoqchi bo'lsangiz "Ilk uchrashuv" ko'rsatuvini ko'rishni tavsiya qilaman.
Milliy uyg‘onish haqidagi suhbatlarimizni davom ettirsak. Milliy uyg‘onish siyosiy harakatlar bilan boshlanmaydi. Milliy uyg‘onish - fikriy inqilob, ta’limiy inqilob, matbaachilik, san’at va adabiyotdagi o‘zgarishlar bilan boshlanadi.

Eng avvalo bir guruh yaxshi ta’lim olgan va dunyo kezgan insonlar qatlami shakllanadi. Bu insonlardagi fikriy inqilob o‘z davri va jamiyatini boshqa parallel jamiyatlar bilan solishtirish orqali yuzaga keladi. Masalan, jadidlarda "Ovrupa mamlakatlari samolarda uchar ekan, bizda soqol va tahorat masalasi" deya fikriy inqilobga kirishgan edi.

Fikriy inqilob matbaachilik, san’at va adabiyotga ko‘chadi. Bu bosqichda OAV, san’at va adabiyot orqali o‘z fikriy, falsafiy qarashlarini keng jamoatchilikka yoyish boshlanadi. Adabiyotda milliy o‘zlikni anglash, mavjud illatlarga qarshi kurashish g‘oyasi oldingi planda turadi. Masalan, Behbudiyning "Padarkush", Abdulla Avloniyning "Advokatlik osonmi?", Hamzaning "Maysaraning ishi", "Zaharli hayot yoxud ishq qurbonlari", Qodiriyning "Mehrobdan chayon", "Cho‘lponning "Kecha va kunduz" asarlarini keltirish mumkin. Ushbu adabiyot namunalarida umumiy mavzu milliy illatlarimizga ko‘zgu tutishdan iborat edi.

Bu davrda shuningdek, yaratilgan adabiyotlarda tarixiy o‘zlikni anglash, milliy qadriyatlar ildiziga qaytish masalalari ham oldinga planga chiqa boshlaydi. Shonli o‘tmishni qo‘msash, eski imperiyalarni shavkatini qaytarishga adabiy urinishlar bo‘ladi. Masalan, Germaniyaga tahsilga jo‘natilgan talabalar dastlab Amir Temur qabri yonida qasamyod qabul qilishgan.

Undan keyingi bosqichda adabiyot va san’atda, matbaachilikda asosiy rakursga inson obrazi chiqib keladi. Asqad Muxtorning "Chinor" romani birgina obraz atrofida aylanadigan voqealar silsilasidan iborat. Adabiyotimizda bunday asarlar talaygina. Inson obrazini ulug‘lash, uning individual kechinmalarini tasvirlash jarayoni orqali shaxslarning yakka tartibdagi ulug‘vorligini uyg‘otish adabiyotning asosiy masalasiga aylanadi.

Eng so‘ngida millat butun boshli tirik organizm singari siyosiylashadi va barcha sohalarda siyosat va milliy davlatchilik masalasi asosiy mavzuga aylanadi. Milliy uyg‘onish mana shunday olis va mashaqqatli yo‘lni bosib o‘tadi.
👍2
Dunyo feministlari kundan kunga radikallashib boryapti. Mana bu yerda endilikda jahon san’at na’munalaridan jinsiy diskriminatsiya izlashayotgan ekan.

Masalan, Olga Yakovleva san’at asarlari haqida shunday deydi: “San’at asarlarida ayol va erkak obrazlarining tasvirlanishi har xil ma’nolarni ifodalaydi. Ayol obrazi rohatlanish obyekti sifatida tasvirlanadi. Erkaklar esa uni tomosha qiladi”.

Yana bir izohda shunday deyilgan: “Jan Engrning “Katta odalisk” kartinasida ayol obrazi tomosha qiluvchilar tarafga qarab turganini ko’rishimiz mumkin. Rassom ayol tasviri jozibador bo’lishi uchun asarda 5 ta ortiqcha element qo’shgan. Ayol tomosha vositasiga aylangan. U individual personaj sifatida tasvirlanmagan”.

Endi bu feministlar asarlarda nima ortiqcha-yu, nima keraksiz ekanligini ham muhokama qilishyaptimi? Qayerda ko’rgansiz ko’kraksiz ayolni? Qayerda ko’rgansiz ketsiz odamni?

P.S “Male gaze” - san’at va adabiyotga erkak nigohi bilan qarab, ayol obrazini seksual obyekt sifatida ko’rish.
Masalan, doimiy tarzda pulsizlikdan qiynaladigan. Qo’lidan faqat matn yozish keladigan. Tayinli ishi yo’q. Hayotini yaxshilash uchun boshqa ish ahtarmaydigan. Topgan puliga qimor o’ynaydigan. Xotinining oyligini ham qimorga tikib yutqazadigan. Epilepsiya (tutqanoq) kasali bor. Stressdan qiynaladigan. Bolalarini o’zini sevishga majburlaydigan odam manyakmi, manyak emasmi?
Stakan haqida rivoyat. Mana shu stakanni hamma har xil tasvirlashi mumkin. Tasvirlarga ko’ra siyosiy qarashlarni ko’rib chiqamiz:

Stakan to’la - optimist
Stakan bo’sh - pessimist
Shunchaki stakan - realist
Stakan yo’q - nigilist
Stakan meniki bo’lishi kerak - imperialist
Bu stakan faqat meniki - egoist
Stakan hammamizniki - kommunist
Stakkanni ommaviy ishlab chiqaramiz - kapitalist
Stakanni tozalayotganda zarar yetkazib qo’ymang - sotsialist
Stakkani xohlaganimcha o’zgartiraman - narsist
Kelajakda bu stakandan juda ko’p bo’ladi - idealist
Stakanning qiymati 100 yildan so’ng oshadi - futurist
Yarmi to’la, yarmi bo’sh stakan ham bo’ladimi? Sindirib tashlanglar - fashist
Ingichka belli stakan ham bo’ladimi? - feminist
Stakan o’z o’zidan paydo bo’lgan - ateist
Stakan shariatga to’g’ri kelmaydi - islamist
Men faqat stakanning egasi bilan gaplashaman - despotis
🔥4👍2
Forwarded from Stoik kundaligi
Ikki intihor - Fyodor Dostoyevskiy.pdf
283.1 KB
#tarjima

Ikki intihor — Fyodor Dostoyevskiy

Qayta tahrirlangan, xatolari tuzatilgan holi. Shu yerda tura tursin.

Tahrirni Ravshan Burxonov qildi.

@stoik_kutubxonasi
👍5🔥2
Kollegializm bu muammoni kollegial hosil qilish emas, balki muammoni kollegial yechishdir.

O’zbek jamiyatida XX asrda oqsoqollar qishloq, ovul, shaharlarda muammoni kollegial yechishga mas’ul hisoblangan. Kimdir qandaydir muammoga duch kelsa, oqsoqol bilan maslahatlashgan va oqsoqol kollegial tarzda muammoni hal qilish uchun hudud odamlarni to’plagan.

Keyinchalik madaniyatimizga yot unsurlar: uy yonidagi o’rindiqda yoki ko’cha boshida to’planib o’tiradigan va o’tgan qaytganni kollegial muhokama qiladigan, shu bilan birgalikda hududdagilarga kollegial tarzda muammolar tug’diradigan insonlar paydo bo’ldi.

G’arbda kollegializm yuqorida aytganimizdek muammolarni yechishda yuzaga keladi. Ularning biror voqea-hodisaga nisbatan kollegial tarzda munosabat bildirishi turli xil usullarda amalga oshadi. G’arbda insonlar shaxsiy hayotlari masalasida individual bo’lsada, umum manfaatlari yuzasidan kollegiallikni namoyon qiladi.

Bizning madaniyatimizda insonlar shaxsiy hayotlari masalasida kollegial qaror qabul qilsada, umum manfaatlari yuzasidan individual liderlarning harakatlariga bog’lanib qolgan. Deylik uyda chiroq o’chsa, birinchi qiladigan ishimiz chiroqni yoqishga harakat qilish emas, balki derazadan tashqariga qarab qolganlarda ham chiroq o’chgan yoki o’chmaganligini tekshirish bo’ladi. Buning psixologik dekodifikatsiyasi shunday: “Agar barchada chiroq o’chgan bo’lsa, kimdir harakat qilib o’ziniki yoqish asnosida butun kompleksda chiroq yonishiga erishadi. Men harakat qilmasam ham bo’ladi”.

G’arb va sharq madaniyatlarini solishtirishganda odatda kollegiallik va individuallikka urg’u berishlarini ko’rib qolamiz. G’arbni individualist, sharqni esa kollegialist deymiz. Agar yashash tarzinigina olib qarasak bu yondashuv to’g’ri, ammo muammolarga real yechim berish va u uchun kurashish nuqtayi nazaridan qarasak sharq odami individual xudbin ekanligiga guvoh bo’lishimiz mumkin.

Bu borada sizning fikringiz qanday?
👍5🔥4
Shu mavzuda yozmayman degandim, ammo baribir qo’l qichidi. Jazoirlik bokschi Imane Halif ayollar boksi bo’yicha ringga ko’tarilib, ayollarga qarshi jangga tushayotgani norozilikka sabab bo’lmoqda.

Bir qarasang Imane Halifni transgender deyishdi, bir qarasang “germofrodit unda X-Y xromosoma o’rniga, X-X xromosoma rivojlangan, testosteroni ko’payib ketgan” deyishdi.

Bu “ayol”ning erkak ekanligi ochiq-oydin ko’rinib turibdi-ku. Transgender ekanligi aniq-ku. Tug’ilishda balki 2 ta jinsiy a’zo bilan tug’ilgandir (bunday holatlar ko’p). Ammo bunda ayollik belgilaridan ko’ra, erkaklik belgilari ko’p-ku.

Jazoir televideniyasi Imane Halifning uyiga borib intervyu tashkillashtiribdi. Otasi tug’ilganlik guvohnomasini ko’rsatibdi. Ammo mana shu guvohnoma ham 2019-yil tayyorlangan ekan. Guvohnomaga bosilgan muhrda 2019-yil sanasi yozilgan. Ikkinchi fotoda Imane Halifning odatiy yurish-turishi tasvirlangan.

Bilib qolishsa “uzr xato qilibmiz”, bilishmasa “nur ustiga a’lo nur” qabilida transgenderlarni musobaqaga chiqarayotgan Olimpiada tashkilotchilarining Netflixning media maxsulotlariga LGBT, BLMni majburlab tiqtirayotganlardan farqi yo’q.

Erkak bokschilarni transgenderlar bilan kurashtira olmaydi, erkak bokschilar mayib qilib qo’yadi transgenderni. Shu sababli bundan keyingi barcha olimpiadalarda transgenderlar faqat va faqat ayollar bilan bahsga kirishadi. Butun dunyo shu sababli testasteron oshib ketgan deyishlariga ishongani yo’q.

Har xil bahonalar bilan transgender “erkak”ni oqlashning foydasi yo’q. O’zbekistonlik sportchi ham Tayvanlik trans bilan jangda mag’lub bo’ldi. Aslida sportchimiz bunaqalar bilan ringga ko’tarilishdan ham voz kechsa yaxshi bo’lar edi. G’irrom o’yin o’ynashganda, voz kechish orqali protest qila olish ham bir siyosiy iroda.
🔥8👍4👎1
2025/07/09 16:37:51
Back to Top
HTML Embed Code: