Telegram Web Link
ODDIY YO'LOVCHI
Shu mavzuda yozmayman degandim, ammo baribir qo’l qichidi. Jazoirlik bokschi Imane Halif ayollar boksi bo’yicha ringga ko’tarilib, ayollarga qarshi jangga tushayotgani norozilikka sabab bo’lmoqda. Bir qarasang Imane Halifni transgender deyishdi, bir qarasang…
Eng qizig’i Imane Halifni “sportchi transgender, biologik erkak edi” degan gapni Rossiya tarqatdi deyishyapti. Ko’r odam ham ko’ra oladi-ku bu jazoirlik “erkak” o’zini ayol deya hujjatlashtirganini. G’arb davlatlari endi mushugi o’lib qolsa ham Rossiyani ayblashadi. Qani ayolligini isbotlaydigan testlar o’tkazib ommaga ko’rsatinglar, g’arbda texnika rivojlangan. Sportchi ham o’zini ayol ekanligiga aniq ishonsa, test natijalarini ochiqlab, dunyoni mot qilib qo’ysinchi! Qila olmaydi, appelyatsiyasini ham qaytarib olibdi. Avvalgi musobaqalarda ayollar jangidan dizkvalifikatsiya bo’lgan ekan “erkak”ligi uchun.
🔥5👍4👎1
Forwarded from Hayot akademiyasi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Boylik dengizida suzishingiz mumkin. Ammo oyoqlar ostida yashagan bitikchi Karl Marks kichikkina kitob yozib, olamni otash iskanjasiga soldi. Butun borlig’i bir qalam, bir qog’oz va bir fikr edi. Boylik va qudrat istaysizmi? Istaganingiz qadar boyligingiz va qudratingiz bo’lsada ahamiyati yo’q. Chunki ayni vaqtda, bir yerda foydasiz bir inson kichikkina hamfikrlari bilan o’tiribdi. Yo o’z kulbasida va yo hibsxona hujrasida dunyoni ostin-ustun qilishga qodir rejalar tuzmoqda. Qarang u odamga! Bir tiyin puli yo’q. Boyliklari yo’q, resurslari yo’q. Ammo dunyodagi barcha armiyalar birlashsa-da uni yenga olishmaydi. Chunki fikrlarni yo’q qila olmaysiz va eng keraklisi ham shu. Bir fikr olomonning orzu kuchini harakatga keltira oladi. Bir fikr jamiyatlarga, agar ishonsalar, hamma narsani o’z qo’llariga olishlari mumkinligini so’ylaydi. Bir fikr bilan yaratgan barcha narsangiz yo’q bo’ladi.
👍3🔥2
Eski arxivimni topib oldim. Shu audio bor ekan. Ertakchani zo’rligini.
👍7🔥2🙈1
Dark humor
🙊7🙈4🙉3👍2🔥1
Chiqindini saralaysiz. Maxsustrans kelib hammasini bitta mashina teshigiga to’kib olib ketadi. 🙂
🙉13🔥7👍2🙈2
CEZA - Gelsin Hayat Bildiği Gibi feat. Sezen Aksu (Official Audio)
CEZA
🎵 CEZA feat Sezen Aksu - Gelsin hayat bildiği gibi

Şimdi boşuna bakma saate, zaman geç oldu
Dün annem elimi tutarken bugün 29 da doldu
Vakit can almaz ancak can yakar
Fakat bir bekle bak, nakavt olursan çok sakat
Mücadeleyle geçen hayatta son round
Kazanmak herkes ister
Ne istediğini bilmektir önemlisi, var mı listen?

Hayallerin, hırsın, cesaretin
Sabır selametimse intikam felaketimdir
Ne mektebimde vardı huzurum ne vardı evde
Çıkıp bir başıma ağlamaktı belki caddelerde
Hayallerin kurulduğu, ve düşlerin yok olmadığı
Bu gözlerinse dolduğu, zamanın donduğu bir yerdeyim
Düşünceler dumanlı dağlar aynı, gözse puslu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Har qanday despotik boshqaruv xalqning qahr-g'azabiga uchrashi mumkin. Despotiya qanchalik qudratli bo’lmasin, kuch ishlatar tizimlar va maxfiy politsiyaga ega bo’lmasin baribir qulashiga misol sifatida “Buyuk fransuz burjua inqilobi”ni keltirish mumkin.

Hozir Oksford nashriyotining “Muxtasar muqaddima: Fransuz inqilobi” kitobchasini o’qiyapman. Fransuz inqilobi mana shu qudratli despotik jamiyatning qulashi haqida hikoya qiladi. Fransuz inqilobi eski despotiya va huquqsizlikni tugatgan bo’lsada, ammo ikkinchi bir despotiya va huquqsizlikni boshlab berdi.

Ushbu inqilob natijasida ming-minglab insonlar boshi shunchaki zodagon yoki boy bo’lgani uchun gilyotinada chopib tashladi. Ko’cha ko’yda odamlar mung to’la ko’zlar, og’ir sukunat va qo’rquvdan toshqotgan tarzda yurardilar. Kimdir behosdan hazil qilib qo’ysa yoki biror og’iz gapirib qo’ysa “qizil durracha” kiygan inqilobchilar tomonidan “inqilob dushmani” deya e’lon qilinar va boshi gilyotinada chopib tashlanar edi.

Har kuni yuzlab oyimqizlar, zodagon ayollar, toza-ozoda kiyingan bolalar va erkaklar zah va utubat to’la zindonlardan chiqarilar, iflos aravalarga ortilar va Parij markaziga olib kelinardi. U yerda Robespyerning hukmi bilan qatl qilinardi. Inqilob mamlakatni avvalgidanda tubanroq chuqurga otib yubordi. Kurash inqilob rahbarlari o’rtasida ham davom etib, ichki qatag’on ham boshlanib ketdi.

Buyuk fransuz inqilobi insoniyat uchun qanchadan qancha buyuk qadriyatlarni olib keldi, ammo undanda buyukroq dard va alamlarni fransuz xalqi ustiga mo’rmalahdek yog’dirdi. Voqealardan 100-200 yil o’tib ko’plab inqiloblar sodir bo’ldi, ammo tarixda eng buyugi sifatida “Fransuz burjua” inqilobi qoldi.

Hozirgi Fransiya ramzlari Marseliza, trikolor bayroq, “Ozodlik, tenglik, birodarlik” shiori ham aynan inqilobning mevasi edi.
👍8🔥3🙉1
Rossiya maxsus xizmatlari insonlarni jismoniy yo‘q qilish bo‘yicha katta tajribaga ega. Masalan, GFRda (Berlin devori qulaguniga qadar) sovet razvedkasini "soyabonlar"dan tanib olishgan. "Soyabonlar" KGBning o‘qotar yashirin quroli hisoblangan. Bir qarashda oddiy soyabon, lekin u maxsus qurollangan bo‘lib, 1 marta o‘q uzish imkoniyatiga ega bo‘lgan.

Bugun Rossiya maxsus xizmatlarining insonni jismoniy yo‘q qilish uchun oxirgi 20 yil davomida keng qo‘llab kelayotgan usuli to‘g‘risida aytib o‘tmoqchiman.

2020-yil FSB xodimlari xorijda Aleksey Navalniyni "Novichok" nomli yuqori toksik zahri bilan zaharlashdi. Siyosatchi qay bir ma’noda omadi kelib, tirik qoldi.

Aleksandr Latvienko sobiq FSB xodimi bo‘lib, rossiyalik oligarx Berezovskiyga uyushtiriladigan suiqasd haqida ma’lumotlarni ochiqlagach ta’qibga olingan. Buyuk Britaniyada siyosiy qochqin maqomini olgach, FSB sobiq xodimini o‘ldirishga qaror qildi. Natijada Latvienko "Poloniy-210" radiaktv moddasi bilan zaharlab o‘ldirildi.

Sobiq maxsus xizmat xodimi Sergey Skripal va uning qizi Yuliya Skripallar ham FSB maxsus xodimlari tomonidan Britaniyada "Novichok" zahri bilan zaharlangan, ammo bu gal ham "Novichok" o‘z ishini oxiriga yetkaza olmadi Skripallar omon qoldi.

Vladimir Kara-Murza rossiyalik oppozitsioner 2 marta 2015-2017-yillarda "aniqlanmagan moddalarning toksik ta’siri" tufayli ranimatsiyaga yotqizilgan. FSB Kara-Murzani tarkibi aniqlanmagan modda bilan zaharlagan.

Jurnalist Anna Politovskaya 2004-yil samalyotda choy ichganidan so‘ng ahvoli og‘irlashgan, omadi kelib omon qolgan bo‘lsada, uy yo‘lagida otib ketishgan.

Shunaqa gaplar, o‘rtoqlar. Begona joyda, begona insonlar tomonidan taqdim etilgan ichimlik va yeguliklarni iste’mol qilmang.
👍10🔥1🙊1
Dunyodagi eng qiziqarli narsalardan birini tadqiq qilib ko’rish kerak. Masalan, I jahon urishidan oldin Yer sayyorasida sodir bo’lgan tabiat hodisalari, suv toshqinlari, zilzilalar, vulqon otilishi, pandemiya va epidemiyalar tarqalishi, so’z erkinligining to’silishi, sirli hodisalar, hayvonlar tabiatidagi o’zgarishlarning takrorlanish chastotasini tadqiq qilib ko’rish kerak.

Mening nazarimda insoniyat boshiga kulfatlar yog’ilishidan avval, tabiat bu hodisalarni sezadi va ularga qarshi turli xil usullar yordamida insoniyatga noroziligini bildiradi. Shunday konspirologik qarash haqiqatga yaqinroq keladimi yo’qmi, buni tekshirish uchun albatta XX asr boshidagi gazeta va jurnallarni o’qib tahlil qilib chiqish kerak.
🔥12👍5🙊1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mana shu inson aytayotgan gaplarni yaxshilab tinglash kerak. Haqiqatni aytyapti. Afrika insoniyat beshigi. Tanzaniyada inson yashagan davrda, hali yer yuzining hech bir burchagida odam yo’q edi. Tarix kuchlilar tomonidan yoziladi.

Men bu qoratanli kishi kimligini bilmayman, ammo gaplari haqiqat. Hech qachon bunday rakursdan o’ylab ko’rmagan ekanman.
👍8
Erix From Olmoniyada tahsil olgan amerikalik antropolog, ijtimoiy faylasuf, tarixchi va psixonalist edi. Uning yoshlik yillari I jahon urushi davriga to'g'ri keldi. Otasi asabiy va jizzaki, onasi depressiyaga moyilligi yuqori inson bo'lgan. Fromning bolaligi depressiv bir oilada kechganligi sababli uning psixoanalitikaga qiziqishi yuqori edi. Yoshlik yillarida Amerika sotsialistik partiyasiga a'zo bo'ldi, ammo siyosiy maydonda o'zini sinab ko'rmadi.

1922-yil Heydelberg (Jadidlarning Germaniyaga o'qishga jo'natgan talabalarining aksariyat qismi shu shaharda tahsil olishgan) institutida falsafa bo'yicha doktorlik dissertatsiyasini yoqlab, Berlin Psixoanaliz institutida dars bera boshladi. 1925-yil psixoanaliz bo'yicha tadqiqotlarini boshladi va shu yili Xalqaro psixoanaliz tashkilotiga a'zo bo'ldi. 1929-1932-yillar orasida Frankfurt Psixoanaliz institutida ishladi. Shu yillarda "The Dogma of Christ" ("Iso dogmasining kelib chiqishi") asarini yozdi.

1930-yilda Frankfurt maktabi (Frankfurtda paydo bo'lgan ziyolilarning ijtimoiy hodisasi) izlanishlarida ishtirok etdi. U yerda neo-marksizm tadqiqotlari ustida bosh qotirdi. Markschilikka Freydchilik ta'limotini ulab, tadqiqotlar olib bordi va nevrozning ijtimoiy-iqtisodiy sabablarga ko'ra sodir bo'lishini aniqladi.

1934-yil Gitlerning iqtidorga kelishi sabab Jeneva orqali AQSHga ko'chib o'tdi. 34-62-yillarda AQSH universitetlarida dars berdi.

Fromm, asarlarida totalitarizmning va ijtimoiy begonalashuvning har qanday ko'rinishiga qarshi chiqadi. U iqtisodiy samaradorlik va iste'mol ideologiyasiga oid "insonparvar rejalashtirish" axloqini ilgari suradi; muhabbatning inson mavjudligi muammolariga berilishi mumkin bo'lgan yagona sog'lom javob ekanini ko'rsatishga harakat qiladi.

Xullas, Erix Fromni o'qinglar
🔥5👍4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Man agar kofir, dinsiz-u, yo’ldan adashgan ersam, sanga ne?
Man agar sharob birla mayl-a mast bo’lsam, sanga ne?

San magar nola-yu, oh-vohga moyilsan, manga ne?
Man agar santur-u rubobga oshiqsam, sanga ne?

San namozga qalqirsan, kim “nechun” deya so’rdi?
Man agar vaqti azonda uxlasam, sanga ne?

San magar Allohning rahmatiga loyiqsan, xush bo’l.
Man agar qahr-u g’azabga sohibsam, sanga ne?

Sening hikmating-la bu olam sarob ersa,
Man bu qadim sarobni orzu qilsam, sanga ne?

Ravshan Burxonov tarjimasi
👍13👎5🔥3🙈1
Bir kuni ilon oshiq bo’libdi. Oh-u dardi olamni tutib, to’lg’ona boshlabdi. Do’stlari kelib “Senga nima bo’ldi? Nedan buncha to’lg’onyapsan? Ahvoling nega bunday?”, - deb so’rashibdi. “Oshiq bo’ldim”, - deb javob beribdi ilon. “Mashuqang go’zalmi?”, - deyishibdi. “Go’zal”, - deya javob beribdi ilon. “Unga sevishingni aytdingmi?”, - deyishibdi. “Yo’q, jur’at topa olmadim”, - debdi ilon. Kunlardan bir kun ilon jur’at topib mashuqasiga sevishini aytmoqchi bo’libdi va uning oldiga boribdi. Ne ko’z bilan ko’rsinki, sevgan mashuqasi yelim ichak (shlang) bo’lib chiqqan ekan.

Yani har kim oshiqlikni o’z zehniga ko’ra idrok etadi. Tasavvur va hayol kuchiga tayanib mashuqasining portretini chizadi. Vaholanki, borib ko’rsak yelim ichak bo’lib chiqishi mumkin.
🔥13👍4🙉1
Uyga bayroq ilib keldim. Bayram bayramdek bo’lsin! Mustaqilligimiz abadiy bo’lsin!
🔥24👍2
Dark humor: Visit USA. Before USA visits you.
🔥7🙊4🙈3🙉3👍1
An’anaviy dinlarga yagona yechim sifatida qaraydigan insonlar, dindorlar tomonidan tez-tez ilgari suriladigan quyidagi fikrlardan qattiq ta’sirlanadilar: go‘yo inson instinktiv ehtiyojlari va moddiy farovonligini qondirishga asoslangan hayot tarzi o‘rtasida diniy qarashlarga ko‘ra tanlov qilishi shart; agar inson Xudoga ishonmasa, ruh va uning ehtiyojlariga ham ishonmasligi zarur; bunga huquqi yo‘q. Katolik yoki protestant cherkovi ruhoniylari go‘yoki ruh bilan shug‘ullanuvchi yagona mutaxassis bo‘lib, sevgi, haqiqat va adolat kabi ideallarning yagona vakili o‘laroq o‘zlarini namoyon etadilar.

Tarixan olib qaraganda bu qarash har doim ham yagona haqiqat sifatida ko‘rib kelinmagan. Misrliklar madaniyatida rohiblar "ruh tabiblari" sifatida ko‘rilsa-da, Yunonistonda insoniy hissiyotlarni o‘rganish bilan faylasuflar ham shug‘ullanib kelishgan. Suqrot, Aflotun, Aristotel singari klassik faylasuflar o‘z so‘zlarini vahiy o‘laroq tatbiq etmadi, ammo ular ilgari surgan muammolar aql va g‘amxo‘rlikning ustun kelishi, inson baxti va qalbining vahiysi haqida edi. Insonni asosiy tadqiqot obyekti sifatida ko‘rdilar. Ularning falsafa va axloq muammolari to‘g‘risida yozganlari ayni zamonda psixologiya yuzasidan amalga oshirgan tadqiqotlari ham edi.


Erix From "Psixoanaliz va din"
👍6🔥4
So'ngi kunlarda Markaziy Osiyo ittifoqi to'g'risida ko'plab ekspertlar iliq fikrlar va oldinga siljishlar haqida gapirib o'tishmoqda. Ekspertlarning bunday fikrlarni baralla aytishiga sabab, oxirgi yillarda O'zbekistonning tashqi siyosati mintaqaviy integratsiyaga ko'proq urg'u berishida aks etadi. Jumladan prezidentning tashqi siyosat masalalari bo'yicha maxsus vakili Abdulaziz Komilovning "Yangi O'zbekiston" nashrida "O'zbekiston tashqi siyosatida yangi Markaziy Osiyo" sarlavhali maqolasi e'lon qilindi. Ushbu maqolada O'zbekiston Markaziy Osiyoning kelajagi uchun mas'uliyatni o'z zimmasiga olganini ta'kidlanadi.

Xo'sh, Markaziy Osiyo kelajagini o'z zimmasiga olish nima degani? Bu avvalo mintaqaviy integratsiya jarayonlarini tezlashtirishda bor mas'uliyat O'zbekiston hukumati tomonidan amalga oshirilayotganini ifodalaydi. Bundan tashqari kelajakda sodir bo'ladigan har qanday tashqi ta'sir kuchlariga va voqea hodisalarga O'zbekiston mintaqa manfaatlari yuzasidan qat'iy pozitsiyada javob qaytarishini bildiradi.

Markaziy Osiyo mintaqasining integratsiyalashuv jarayoni bir necha bosqichlardan iborat bo'lib, bular eng avvalo tashqi savdo ittifoqlarini yaratish orqali vujudga keladi.

Markaziy Osiyo o'z integratsiyasining dastlabki bosqichida umumiy savdo standartlari, umumiy soliq stavkalari hamda umumiy bojxona talablarini ishlab chiqishi zarur. Bunda mintaqadagi barcha biznes doiralar ichki bozorni maxsulot bilan ta'minlash uchun harakat qiladilar hamda 80 million kishilik katta bozorga ega bo'ladi. Avval iqtisod keyin siyosat.

Ikkinchi bosqichda, mintaqa davlatlari o'zaro chegaralarni olib tashlaydi. Bunda bir davlat fuqarosi, ikkinchi bir davlat fuqarosi bilan qo'shni davlatlarning barchasida bir xil huquq va majburiyatlarga ega bo'ladi. Yevropa ittifoqi singari chegara postlarisiz, erkin harakatlanuvchi yagona mintaqaviy ittifoqqa aylanishadi. Undan avval esa, barcha davlatlar o'zaro kesishgan chegaralarni delimitatsiya va demorkatsiya qilib olishi zarur. Hozirda Tojikiston va Qirg'iziston shu ishlarni yakunlash arafasida.

Uchinchidan, umumiy harbiy va mudofaat siyosatini, tashqi siyosat doktrinasini ishlab chiqish zarurati yuzaga keladi. 80 million kishilik ittifoq eng avvalo tashqi dushmanlarga qarshi turishi uchun kuchli harbiy tuzulmalarga ega bo'lishi zarur. Bu o'z navbatida Markaziy Osiyo Mudofaa vazirlarini Kengashini tuzishni taqazo etadi.

Keyingi bosqichda Markaziy Osiyo Parlamentini tuzish zarurati yuzaga keladi. Ushbu parlament o'zining oliy organi Oliy Quriltoyga ega bo'lib, 5 yilda bir marta umumiy, teng, to'g'ridan to'g'ri saylov huquqi asosida, davlatlar aholi soniga nisbatan deputatlik o'rniga ega bo'lgan holda shakllantiriladi. Mintaqaning barcha siyosiy masalalari ushbu parlament orqali hal qilinadi.

Undan so'ng, Markaziy Osiyo integratsion mintaqasi uchun yagona oliy organ Umumxavfsizlik Kengashi tuziladi. Mintaqa davlatlari rahbarlari ushbu organ orqali eng muhim masalalarni hal qilishadi.

Integratsion jarayonlar xususida ko'p gapirish mumkin. Haqiqiy integratsiya iqtisodiy, siyosiy va harbiy masalalarni birgalikda yecha olish jur'atini talab etadi. O'zbekistonning ushbu jarayonlarga rahbarlik qilayotganligi odamni quvontiradi. Inson yashayotgan vatani va qo'shnisini tanlay olmaydi. Bular taqdirga bitilgan ilohiy buyruq. Shu sababli, bor imkoniyatimiz bilan ilohiy amri bajo keltirish mintaqa xalqlari integratsiyasini amalga oshirish zarur.
👍5🔥1🙊1
Kuchuk dunyodagi eng yaxshi jonzot
👍7🔥2
2014-2016-yillarda Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga o'qishga kirish uchun tayyorlanib yurar edim. Hujjatlarni Samarqand viloyati DXX boshqarmasiga olib borsam, juda uzoq kuttirishar edi. Samarqandliklar bilishsa kerak, Inyazning roman-german fakulteti tomondan hokimiyat tomonga yurganda, Ko'ksaroy maydonida boshqarma bor. Ko'chani bu tomoniga ekilgan 3 tup tut daraxtini tagida kutish uchun maydoncha qilishgan, usti yopiq joy. Ko'ksaroy maydoniga kirish-chiqish faqat xizmat avtomobillariga edi.

Birinchi suhbat akademik litseyning o'zida bo'lgan edi. Xavfsizlikdan kapitan kelib, yigitlarni suhbat qilib saralab olishgan. Litseyda bilimli yoshlar ko'p, shunga raqobat ham katta. Birinchi suhbatdan o'tganimdan keyin. Boshqarmaning o'ziga chaqirishdi iyul oylari edi, adashmasam. Ko'cha issiq ertalab soat 9 ga kel deyishgan. Kun davomida shu yerda tik oyoqda kutdim. Kechki 5 larga telefon qilib chaqirishdi. KPPga kirib, qisqagina suhbatdan keyin qaytib chiqqan edim.

O'sha vaqtlarda "nega meni 5 daqiqalik suhbat uchun deyarli 10 soat kuttirib o'tirishdi", deya xunob bo'lgandim. Endi tushundimki, har qanday davlat strukturasida sabr eng qadrlanuvchi xususiyat ekan. Nafaqat qadrlanuvchi, balki sabr egasiga ko'plab imkoniyatlarni taqdim etadigan hislat bu.

Ustozim M.Qirg'izboyev doim aytadi, "Davlat xizmatchisining yuragi qaynoq, miyyasi sovuq bo'lishi kerak, ammo sen bundan istisnosan. Sening yuraging muz, miyyang qaynoq".

Ko'p hollarda bu narsani o'zim ham his qilaman. Har qanday fojeaviy holatga ham shunchaki sigaretning bichogiga qaragandek sovuq munosabatda bo'laman. Insonlarning muammolariga achinishim mumkin ammo har qanday muammoga bir vaqtning o'zida tupuraman ham. Chunki muammo yoki biror yechimini kutayotgan masalaning javobi har doim doiradan tashqarida bo'ladi. Achinish yoki dardkash bo'lishdan ko'ra, muammoga kompleks yechim bera olish uchun ho'kizni so'yayotgan qassob yoki, qorinni yorayotgan jarrohdek sovuqqon qarash kerak.

Inson hissiyotlar qurboni bo'lmasligi zarur. Konfutsiyning har bir odam o'z uyi peshtoqiga oltin harflar bilan yozib qo'yadigan bir iqtibosi bor: "Daryo bo'yida sabr bilan kutsang, dushmanning o'ligi o'zi oqib keladi".
👍16🔥2
Inson atrof muhitga o’zidann kelib chiqib mulohaza qiladi. Mana masalan biz o’zga sayyoraliklarni g’alati tasavvur qilamiz. Yashil rangli, uzun qo’l va oyoqlari bor, katta-katta ko’zli antiqa jonzotlar 👽 sifatida ifodalaymiz.

Hayot nishonalarini izlashda ham, maksimal tarzda sharoitlari va ekotizimi Yerga o’xshash bo’lgan sayyoralarni kuzatamiz. Chunki Yer ekotizimi bizning sayyoramizdagi hayot manbai hisoblanadi. Suv, havo, yer va shamol unsurlari faqatgina bizga xos bo’lib, boshqa sayyorlardagi jonzotlar uchun bular zarur bo’lmasligi haqida o’ylab ham ko’rmaymiz.

Yerdan tashqaridagi hayotda mavjud bo’lgan jonzotlar uchun bizga zarur bo’lgan sharoitlar kerak bo’lmasachi? Balki ular, umuman hayot uchquni bo’lmagan sharoitda yashar. Ular uchun suv, havo, yer va shamol kerak emasdir. Ularga yorug’lik lozim bo’lmas. Ular ozuqlanmas, balki.

Ularning shakl-shamoyili bizning tasavvurimizdan mutlaqo tashqaridagi shakl-shamoyildadir. Balki bizning ko’zlarimiz ular yashayotgan o’lchamdagi olamni ko’rinmas. Balki ular uchun taraqqiyot kerak emas, ozuqlanmas, rivojlanmasdir. Tag’inam kim bilsin. Hamma narsani o’zimizga o’xshash tarzda tasavvur qilyapmiz.
👍10
2025/07/09 05:42:00
Back to Top
HTML Embed Code: