Telegram Web Link
2002-yildan keyin tug’ilgan uka-singillarimizga yaxshi maslahat

Agar siz atrofingizdagi yoshlardan ko’ra biroz yaxshiroq ta’lim olsangiz;

Agar siz narkotik moddalar, nasha, ko’knori, chars, mefidron va h.klar iste’mol qilmasangiz;

Agar siz vaqtingizni bodybuilding, bodyblogerlik, pul va baxt izlashga sarflamasangiz;

Agar siz video o’yinlarga mukkasidan ketmagan bo’lsangiz;

Agar siz sun’iy intellekt texnologiyalarini to’g’ri boshqarishni bilsangiz;

Agar siz sevgini seksda deb o’ylamasangiz va betartib seks bilan shug’illanmasangiz, duch kelgan kompyuterga fleshkani tiqmasangiz va duch kelgan fleshkani kompyuterga tiqishlariga ruxsat bermasangiz;

Agar siz baxtni pulda deb bilmasangiz, qing’ir yo’llar bilan daromad olishni, oson yo’l bilan boylik orttirishni istamasangiz

2040-2050-yillarga kelib 80-90% tengdoshlaringizning ustidan hukmronlik o’rnatasiz. Ularni boshqarasiz.
👍18🔥8
Dunyoning istalgan yerida biror konferensiya, tadbir, uchrashuv, ilmiy munozara yoki malaka oshirish kurslariga borsangiz, uchinchi dunyo mamlakatlaridan kelgan odamlarni kiyimiga qarab bilib olasiz. Uchinchi dunyo mamlakati odamlari (yani hech qachon rivojlanmaydigan mamlakatlar aholisi) doimo rasmiy libosda oq ko'ylak, bo'yinbog', qora kostyum-shimda bo'lishadi. Xuddi mana bu yerda tasvirlanganidek.
👍4🔥4
Kuz 🍂

Telefoningiz ekrani uchun kuzga mos fotolar jamlanmasi.
🔥6👍3🙈3
"Cho‘qintirgan ota" filmi ham, asari ham Vito Karleone haqida emas, asar Mayklning transformatsiyasi bilan bog‘liq. Ya’ni xorijda o‘qigan, yaxshi ta’lim-tarbiya olgan, oilasining aksi o‘laroq ulg‘aygan insonning qanday qilib jinoyat olami rahnamosiga aylanib qolishi hamda bularning sabablari xususidagi asar.

Inson tabiati yovuzlikka moyil bo‘lishi mumkin, ammo mana shu yovuzlikni keltirib chiqaruvchi sabablar va insonni qabih ishlarga undovchi nohaqliklar mavjud. Mixail Bulgakovning "Usta va Margarita"asarida Margarita usta bilan xayrlashar chog‘ida unga shunday mazmundagi xat yozadi: "Men boshimga tushgan g‘am va musibatlardan jodugarga aylandim".

Darhaqiqat, insonni yomon qilgan xislatlar g‘am-anduhlarining in’ikosidir. "Cho‘qintirgan ota" esa ana shu in’ikosini ko‘rsatib berishga harakat qiladi.
🔥7👍5
Mujgon Azimiy ijrosida xit qo'shiq yaratilgan ekan. Bu qo'shiq tarixini o'rganganimdan keyin ma'nosiga e'tibor berdim. She'r va ijro chiroyli kombinatsiyada bo'lgan. Qo'shiq she'rini Forug' Farruhzod yozgan ekan.

Qo'shiq nomi "Ayeh" ya'ni "Oyat". Qo'shiqda hikoya qilinadigan voqealar bir necha 10 yillar avval Afg'onistonda sodir bo'lgan mudhish hodisa. Hikoyaga ko'ra Afg'onistonda bir oilada qiz farzand dunyoga keladi. Ota o'g'il farzand kutgani uchun qizni qabul qila olmaydi. Ona tug'ruqdan so'ng vafot etadi. Bir qancha yillar o'tgach, ota katta miqdorda taklif etilgan pul evaziga qizini yosh bo'lishiga qaramasdan qariya kishiga turmushga beradi.

Nikoh kechasi qiz oqchib ketadi. Otasi qizini izlab topib, kaltaklaydi va bo'g'ib o'ldirib qo'yadi. Qiz o'lishiga qaramay, qariyaning shahvati qo'zg'ab qizning jasadini o'z nikohiga oladi. Katta pul evaziga ota qizining jasadini unga beradi. Mujgon Azimiy mana shu voqealarni qo'shiq qilib kuylaydi.
👍2
Audio
🎶 Mujgon Azimiy - Ayeh

Taningni sotib oldilar, kafaningni kesdilar,
Bir necha tanga va oyat bilan tilingni bog‘ladilar.
Na ruh, na ishq bu yerda, hech nima yo’q,
Faqat erkaklarning shahvati, sening taningga yor.
👍2
HBO Garriy Potter asari asosida serial olyapti ekan 🥴
Umumturk alifbosi ekan. Qaryib oradan 100 yil o’tib yana umumturk tili, umumturk alifbosi masalalari yana qayta muhokama qilinmoqda. O’sha vaqtdagi ziyolilar ham bu masalani yecha olishmagan. Sababi, umumturk dunyosida ham xuddi postsovet mamlakatlarida Rossiya singari gegemonlikka intiluvchi davlat yani Turkiya mavjud.

Umumturk tili 100 yil oldin chig’atoy o’zbekchasi edi, ya’ni jadidlarning asarlari, maqolalari, tadqiqotlari yozilgan til. Usmonli turklar bu masalani paysalga solishgan. Ular usmonli turkchasi umumturk tili bo’lishini istagan.

Bu taklif etilayotgan alifbo ham barcha turkiy tillarning fonetikasini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan. Ammo, asoslarga qaytilmasa baribir kelishuvga erishin bo’lmaydi.

Xo’sh, asos nima? Asos arab alifbosi o’rtoqlar. Turkiy dunyo islomni qabul qilganidan so’ng, arab ma’daniyatini ham, shu jumladan arab yozuvini ham o’zlashtirdi. Unda jadidlar XX asrda nega lotin alifbosini joriy qilishdi? Chunki o’sha davr taqazosidan kelib chiqib qaror qabul qilishgan. Turkistonda respublika qurish uchun bu yerda mavjud islom davlatlari qulatilib, asosi dunyoviylik va qonun ustuvorligi bo’lgan davlat qurilishi zarur edi. Bunda eski tizimning barcha ma’daniy unsurlaridan bosqichma bosqich voz kechilardi.

Arab alifbosi shunday bo’lishiga qaramay ham sovetlar, ham demokratlar tomonidan voz kechildi. Natijada yana turkiy dunyo har xil alifboga ega bo’lishdi.
👍8🔥2
Bir inson xato qilib, aybni o’zidan axtarmaydigan bo’lsa, nima qilsangiz qiling, sizni gunohkorga chiqaradi. Qo’ying, o’sha odamni o’z haqiqati bilan yolg’iz qoldiring. Tangri hech kimni xatosini ko’rolmaydigan johil, to’g’rini inkor etajak qadar nonko’r qilib qo’ymasin.

Bunday jaholatni hozirgi bolalarda juda ko’p uchratyapman. Haqman deb o’ylab kurashadigan, o’ziga o’xshagan va yo o’zidan ham razilroq bir do’sti-dugonasining chizgan chizig’idan chiqmay o’z hayotini izdan chiqarib yuboradigan manfur kimsalar ko’payib ketdi.

Bunday individlar jamiyatning kasal tomiri bo’lib, sog’lom sotsial muhit yaratishga to’sqinlik qiladigan zararkundaga aylanishgan. “Qo’tir it uyiga qarab uliydi”, - degan dono xalqimiz. O’z oilasining qadr-qimmatini bilmagan, ko’rsatilayotgan e’tibor va ne’matlarga shukr keltirmagan insondan qanday yaxshilik kutish mumkin?

Maktablarga borib atrof-muhitni bir ko’zdan kechiring, jamiyatni qanday ijtimoiy muammolar kutib turganini ko’rasiz. Maktab darvozasidan kirishingiz shart emas, shunchaki ariqlarga nazar tashlang dorilar, tramadol va lirikalardan bo’shagan plastinkalarni ko’rasiz.

Tunov kuni ishdan chiqib, bir tanishim bilan ovqatlandik. Kech bo’lib ketdi. Soat tungi 3. Kech bo’lib ketgani uchun uyiga kuzatib qo’ydim. Qaytayotsam, yo’l chetidagi tungi klub yonida 17-19 yashar qizlar to’dalashib turishibdi. Mast-alast. Mayli, hayot o’ziniki, o’lib ketmaydimi menga demasa.
🔥4👍3
Rim Papasi Fransisk AQSH prezidentlik saylovida kimga ovoz berish muhimligi haqida ma’ruza qilib, “ikki yomonlikdan zarari kamrog’i tanlanadi” deb fatvo beribdi.
👍1
Jamiyatimiz shu qadar hastaki, istalgan shovshuvli voqeaning sotsiologik ildizlarini o’rganib chiqsangiz, psixologik kasalliklar kelib chiqadi. Bu kasalliklarning aksariyati buyuk mutaffakir, ulamo Zigmuniddin Freydullo aytganidek psixoanaliz muammolariga borib taqaladi va har qanday zo’ravonlik ildizi bolalik travmalarini o’zida aks ettiradi. Xuddi shunday, InBazar keysi ham ommaviy zo’ravonlikning doimiy takrorlanishi natijasida yuzaga kelgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda “Bu yerda kaltak yeyotgan bolalar va yigitlarning kaltak yeyishlariga nima sabab bo’ldi? Nima uchun o’z vaqtida ishini almashtirishmadi? Nima uchun zo’ravonga javob qaytarmadi?”singari absurd savollarning keti ko’rinmaydi. Mamlakatimizda mehnat huquqi eng yuqori darajadagi boshqaruv organlaridan tortib eng quyi boshqaruv organlarigacha ongli ravishda buzib kelinadi. Xuddi shu huquqsizlikning tartibsiz tarzda takrorlanishini xususiy sektorning barcha bo’g’inlarida ko’rish mumkin.

Bunday holatning yechimi o’laroq, jamiyatimizga ishchi-xizmatchilar manfaatlarini himoya qiluvchi kasaba uyushmalari zarur. Mavjud kasaba uyushmalari biror bir xodim yoki ishchining mehnat huquqini himoya qilganini ko’rganim yo’q.

InBazar asoschisiga nisbatan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan hali hanuz biror ma’muriy yoki jinoiy ish qo’zg’atilganligi to’g’risida eshitmadim. Bu esa jamiyatimizda shakllangan qonunsizlikning inikosidir. Soliqlar muqarrarligi singari inson huquqlari ham muqarrar bo’lishi zarur.

InBazar keysida e’lon qilingan materiallarni ijtimoiy tarmoqlar orqali ko’rgan, ammo haligacha biror qonuniy harakatni amalga oshirmagan huquqni muhofaza qiluvchi organlar professional xodimlarining kursant vaqtida, harbiy xizmatda ichgan qasamiga nisbatan shubham bor. Shuningdek, Adliya organlariga quyidagi masalahatni berib ketishim mumkin: “O’zbekiston Respublikasi fuqarolik pasportida yozilgan quyidagi “Ushbu pasport egasi O’zbekiston Respublikasi himoyasidadir” jumlalarini qayta ko’rib chiqaylik o’rtoqlar”. Biz hech kimning hech qanday himoyasi ostida emasmiz shekilli.

Tag’inam kim bilsin, tez orada huquqni muhofaza qiluvchi organlar mening ushbu postimga emas, InBazar voqeasiga huquqiy munosabat bildirib qolishar.
👍11🔥2
Çiçeğim, senin adını aygül demişlar ya, ama sen neden güneşe o kadar aşıksın (Gulim sening nomingni Oygul qo’ymishlar, ammo nega quyoshga bu qadar oshiqsan)
🔥7
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ismimning Muloyimligiga qaramang, men juda qo’pol odamman
👍2🔥2
99 oltin hikoyasi

Bir kuni podshoh vazirini chaqiribdi: “Hurmatli vazir ahvolimga qara, men juda baxtsizman. Anavi xizmatchiga qara u juda ham baxtli. Vaholanki, mening hamma narsam bor, ammo uning hech narsasi bo’lmasada baxtli. Bu menga og’ir botyapti”, - debdi.

Vazir shohga qarab: “Keling men sizga 99 oltin hikoyasini ko’rsataman. Shunda holatni tushunamiz”, - debdi. Vazir va podshoh kechki payt xizmatchining uyiga boribdi va eshigiga oltin to’la xaltachani qo’yib, xat qoldirishibdi. Xatda “Bu xaltachada 100 ta oltin bor. Keragicha ishlating”.

Hizmatchi xaltachani olib uyiga kiribdi. Oila a’zolarini chaqirib, ichini ochishibdi. Xatni o’qib sevinishibdi va oltinlarni sanab chiqibdi. Sanashsa, oltinlar 100 ta emas 99 ta ekan. Ayolidan, farzandlaridan “sen oldingmi?” deya so’rabdi. Ular olmaganligini aytishibdi.

Ertasi kuni saroyda vazir va podshoh xizmatchini xomush va charchagan holatda ko’rishibdi. Podshoh so’rabdi: “Vaziri a’zam bu ne holki, kechagina baxtli bo’lgan inson bugun faromush?”. “Shohim, bu hizmatchiga 99 oltin berib, 100 ta oltin olding deya xat yozdik. Hizmatchi 99 oltin tanga olganiga xursand bo’lmadi, aksincha 1 ta oltin kamligi uchun halovatini yo’qotdi. Sizning ham holatingiz ayni shunday”.

Baxt hamma narsaga egalikda emas, qo’lida mavjud narsalarga sohib ekanligidan shukrona keltirishda.
👍7🔥4🙉1
2025/07/09 00:38:50
Back to Top
HTML Embed Code: