This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yo’lchiman, manzilim dengizdan nari,
Lojuvard ufqning tubiga yaqin.
Ko’nglimda dardlarim daryodek oqin,
Chayqalar; ko’zlarim tikilgan sari.
O, yo’llar!..
Chu, qora toychog’im! Chu, qora yo’rg’am!
Murodga qasd qilb yugurgan yetur.
Bo’ronni sevmasa, dil nechun tepur?
Tiriklik ne kerak bemehnat, beg’am?!
Chu, qora yo’rg’am!
Usmon Nosir. 1935.

🔥8👍4
Zamira opa (O’zturk) yozmoqdalar:
Ha, inson bolaligida juda ko’p orzularga ega bo’ladi. Ulg’aygach undan ham ko’proq orzularni “borsa kelmas”ga jo’natamiz. 2 yilcha oldin, rahmatli akamning marakasida jiyanimga pul berib kolbasa olib kelishini aytdim. Oshxonada opam bilan suhbatlashib o’tirar ekanman, jiyanim eshikdan kirib keldi. Qo’lida kolbosa. Birdan miyyamga yarq etgan fikr chaqmoqdek urildi. Kolbasani oldim-u, bo’g’zimga tiqilgan, yig’lashdan nari beri ahvolga solgan gapimni opamga aytdim: “Opa esingizdami, hov qishli-qirovli kunlar. O’shanda ayam ishlab topgan 79 ming so’m oylik maoshining 12 ming so’miga bizga kolbosa olib berardi. O’sha vaqtlar o’zimcha o’ylardim “Katta bo’lsam ko’p-ko’p kolbosa olib yeyman”. Mana ulg’aydik. Xudoga shukr ishlab turibmiz. Harakat qilsak kolbosa sexi ham ochishimiz mumkin. Lekin o’sha kunlari yegan kolbasaning mazasini bermaydi bu”.
Keyinchalik akademik litseyga o’qishga ketdim. Litseyimizda asosan viloyatning boy-badavlat xonadonlarining farzandlari o’qirdi. Taqdirning tuhfasi bilan men ham imtihondan o’tib qolgandim. Ularning oldida o’zimni biroz hijolatda sezardim. Oliygohga kirish imtihonlariga tayyorlanar ekanman, kitoblarga pulim yetmasdi. Atay 3000-8000 so’m atrofida sotiladigan mo’jazgina darslik kitoblarini olardim. O’sha vaqtda chop etilgan klassik asarlarni “Samarqand kitob olami” do’konida borib o’qib kelardim. Shunga hozir eski kitob sotadigan do’konlarni ko’p aylanaman. O’sha kitoblar chiqib qolarmikan deb.
Ba’zi narsalar va voqealar borki, insonning qalb qo’rida toshdek o’rnashib oladi. Qancha ulg’aymaylik bizni tark etmaydi.
“Bolaligimda xohlagan, lekin olishga imkon bo'lmagan 2 narsani kattarib, o'zimni pulimni topib olish nasib bo'lganiga doimo shukr qilaman. Birinchisi- kitob, ikkinchisi- oyoq kiyim:) oyoqlarim panjali, har qanday oyoq kiyim to'gri kelmaydi, sal qolgan ekan mening ham otamday 6 barmoqli bo'lishimga:)
Kitoblarimiz shkaflarga sig'may toshishni boshladi, yangi shkaf buyurtma berdim, kelsin sizlar bilan ham bo'lishaman Xudo xohlasa”.
Ha, inson bolaligida juda ko’p orzularga ega bo’ladi. Ulg’aygach undan ham ko’proq orzularni “borsa kelmas”ga jo’natamiz. 2 yilcha oldin, rahmatli akamning marakasida jiyanimga pul berib kolbasa olib kelishini aytdim. Oshxonada opam bilan suhbatlashib o’tirar ekanman, jiyanim eshikdan kirib keldi. Qo’lida kolbosa. Birdan miyyamga yarq etgan fikr chaqmoqdek urildi. Kolbasani oldim-u, bo’g’zimga tiqilgan, yig’lashdan nari beri ahvolga solgan gapimni opamga aytdim: “Opa esingizdami, hov qishli-qirovli kunlar. O’shanda ayam ishlab topgan 79 ming so’m oylik maoshining 12 ming so’miga bizga kolbosa olib berardi. O’sha vaqtlar o’zimcha o’ylardim “Katta bo’lsam ko’p-ko’p kolbosa olib yeyman”. Mana ulg’aydik. Xudoga shukr ishlab turibmiz. Harakat qilsak kolbosa sexi ham ochishimiz mumkin. Lekin o’sha kunlari yegan kolbasaning mazasini bermaydi bu”.
Keyinchalik akademik litseyga o’qishga ketdim. Litseyimizda asosan viloyatning boy-badavlat xonadonlarining farzandlari o’qirdi. Taqdirning tuhfasi bilan men ham imtihondan o’tib qolgandim. Ularning oldida o’zimni biroz hijolatda sezardim. Oliygohga kirish imtihonlariga tayyorlanar ekanman, kitoblarga pulim yetmasdi. Atay 3000-8000 so’m atrofida sotiladigan mo’jazgina darslik kitoblarini olardim. O’sha vaqtda chop etilgan klassik asarlarni “Samarqand kitob olami” do’konida borib o’qib kelardim. Shunga hozir eski kitob sotadigan do’konlarni ko’p aylanaman. O’sha kitoblar chiqib qolarmikan deb.
Ba’zi narsalar va voqealar borki, insonning qalb qo’rida toshdek o’rnashib oladi. Qancha ulg’aymaylik bizni tark etmaydi.
👍12🔥4
Bir o’lka odil boshqaruvga ega bo’lsa shu o’lkada qashshoqlik va yo’qsillikning borligi uyat sanaladi. Agar bir o’lka adolatsiz tarzda boshqarilayotgan bo’lsa boylik va sharaf uyat hisoblanadi.
Konfutsiy
Konfutsiy
👍11
Tasavvur qiling. Maktabda yozgi ta’til e’lon qilingan. 2009-yil tongda shirin uyqularda yotibsiz. Tashqarida yoz tongining salqin havosi. So’rida bedana “bitbildiq” deb sayrab turibdi. Tog’lar ortidan boshini erinibgina ko’targan quyoshning zarrin nurlari, parda ortidan sekin yuzingizga tushib, g’ashingizni keltirmoqda. Go’yoki, “tong otdi uyg’on” degandek. Tashqarida onangiz sigirlarni sog’ib kelib, issiqqin sut tayyorlab qo’ygan. To’satdan eshik taqilladi. Eshik tirqichidan qarasangiz 2 ta o’rtog’ingiz, qo’lida limonad ko’tarib olgancha “O’ynaysan-mi?”, - deb kelibdi.
👍8🔥3🙉1
Syurrelizm, Rene Magrit, Frans Kafka, Mahtumquli va Jahongir Otajonov
Jahongir Otajonovning Mahtumquli asariga bastalangan “Foniy dunyo” qo’shig’ini eshitgan bo’lsangiz kerak. Sarlavhada Mahtumquli keltirilganligini shundan.
Ammo qo’shiq va unga ishlangan klip biz o’ylaganimizdan ancha chuqurroq ma’noga ega. Jahongir Otajonovning ijod na’munasi syurrealistik usulda ishlangan bo’lib, jamiyat hayotidagi chuqur sotsialistik va ijtimoiy muammolarni tasvirlashi bilan o’ziga xos ahamiyat kasb etadi.
Bu qo’shiq uchun ishlangan oddiy klip emas, haqiqiy san’at asaridir. Chunki san’atning funksional vazifalari mana shu klipda o’z aksini topgan. Endi klipda tasvirlangan ramzlar va ishoralar haqida to’xtalib o’tsak.
Avvalo, klip bosh g’oyasi Frans Kafkaning “Metomorfizm” asariga ishora qiladi. Chunki san’atkor klipda o’z qiyofasini bir necha bor o’zgartirgan va bu orqali o’zining ruhiy kechinmalarini anglashga bo’lgan kuchli ehtiyojni ifoda etgan. Bu holat ko’zguda o’zini kuzatayotgan san’atkor tasviri orqali yanada kuchayadi. Bunda shaxsning individualligi totalitar nazorat ostida, xatto o’zini o’zi taftish qilishgacha bo’lgan bosqichni bosib o’tgan va individualligini yo’qotgan.
Shuningdek, san’at asarida bir necha bor musavvir Rene Magritning tasviriy san’at na’munalariga murojaat qilingan. Jumladan: “La reproduction interdite” - “Man qilingan tasvir” asarini ko’rsatish orqali ijodkor haqiqat va yolg’on o’rtasidagi ziddiyat, o’z-o’zini anglashga bo’lgan cheklovlar mavjudligini ko’rsatib bermoqchi. Ya’ni ijodkor, asarida o’zining ruhiy holatini yorqin bo’yoqlar bilan tasvirlab berdi.
“Son of man” - “Odam o’g’li” asariga ishora qilish orqali jamiyatda insonlarning shaxsiyati va ichki olami moddiy buyumlar, boylik hamda kuch-qudrat bilan to’silib, inson razilligining asl qiyofasini ommadan yashirib turishini ifodalab bergan. Bu sahna bugungi kunda urchib ketayotgan materializm va aligarxik kapitalizmning ikkiyuzlamachi qiyofasini fosh etadi.
“Golconda” asari ishorasiga ko’ra ijodkor insonlarning yolg'izligi, ichki kurash va hayotiy yo'lni anglash bilan bog'liq masalalardagi inson shaxsiyatining bo’linishini ko’rsatib bergan.
Umuman olganda, san’at asari kuchli falsafiy qarashlarni o’zida mujammas etgan.

👍14🔥8🙊2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugun haqiqiy “Kotta bolla”ni bayrami. Tabriklayman. Bu kasbning zahmati va mehnati og’ir, mas’uliyati ko’p.
🔥8👍4
Kecha ishxonada o‘tirib "Cloude AI" imkoniyatlaridan mazmunli foydalanish uchun Telegram bot ishlab chiqdik.
Zamon tezlashib, axborot oqimi ko‘paygani, ekologik muammolar ortib borayotgani, insonlarning o‘zaro ijtimoiy muloqotdagi agressiyasi oshayotganligi, ob-havoning inson salomatligiga ta’siri kuchayayotganligi sababli "Kayfiyat hisoblagich" ishlab chiqish zarurati bor deb o‘ylab qoldim.
Ushbu bot har kuni sizning kayfiyatingizni o‘rganib boradi. Kechki soat 20:00 da hisobot beradi. Algoritm bo‘yicha bot kunlik, haftalik va oylik hisobot beradi. Hisobotda kayfiyatingiz o‘zgarishini tahlil qilinadi va qisqa tavsiyalar beradi.
Bot faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha quyidagi funksiyalarni qo‘shdim:
1. Ob-havoni umumbashariy servislardan avtomatik o‘rganish
2. Kayfiyatni baholash
3. Kundalik kayfiyat o‘zgarishini tahlil qilib borish
4. Ko‘rilgan tushlarning kayfiyatga ta’siri tahlil qilish
5. Kun davomida kayfiyatga ta’sir qilgan suhbatlar va voqealarni o‘rganish
6. Stress ortganda kitob, kino, musiqa va san’at asarlarini tavsiya qilish
7. Stressni ozaytirish uchun mashqlar tavsiya qilish
8. Murakkab tahlil: ushbu tahlilda hafta davomidagi eng qiyin, eng yaxshi kuningizni aniqlaydi; kayfiyat o‘zgaruvchanligini baholab boradi va grafiklarda tasvirlaydi.
9. Eslatmalar: bunda bot kayfiyatni tahlil qilish uchun kundalik sms eslatma jo‘natadi, kayfiyatni smayliklar orqali belgilab qo‘yasiz.
Xo‘sh, sizda botni takomillashtirish uchun qanday taklif bor? Yana qanday omillar inson kayfiyatiga ta’sir qilishi mumkin?

👍10🔥2🙈1
Hani Gökbörü? | Bozkurt Nerede?
Emintzsche
🎶 Qeni Kök Böre?
Juft-juft ko'zalar yonar kuyar
Go'yo dilga motam solar
Qachon kelar yorug' kunlar
Qani ko'k bo'ri, qani ko'k bo'ri?
Osmon qora, olam qora
Do'st yaqinlar ko'ngli qora
Otlar bog'ri bo'ldi yara
Qani ko'k bo'ri, qani ko'k bo'ri?
Katta kichik zahmat chekar-a
Singil Oysha bo'ldi fohisha
Yigitlar dilga solar andisha
Qani ko'k bo'ri, qani ko'k bo'ri?
Oq dushman, qora dushman
Go'yo zulmat qora tun bosdi
Onalar yana susdi adashdi
Qani ko'k bo'ri, qani ko'k bo'ri?
Otalar yana so'zdan adashdi
Qani ko'k bo'ri, qani ko'k bo'ri?
Bu qo'shiq uyg'ur xalqi tilidan aytilgan bo'lib, ona ko'k bo'rini chorlashga qaratilgan. Sharqiy Turkiston otalar yurti G'arbiy Turkistondan najot so'raydi.

🔥6👍3🙈1
Forwarded from ODDIY YO'LOVCHI
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Sovet davlatida gugurt 1 tiyin edi. Shuning bilan inson qadri ham” - bugun men eshitgan eng zo’r fikr.
4-16-oktabr sobiq sssrda qatag’on oyi. Millatlar o’z oydinlarini yo’qotgan qonli oktabr.
👣 Oddiy yo'lovchi

🔥8👍1
Jamiyat umummilliy darajada yagona g'oya ostida birlashadimi?
Hech qachon, hech bir jamiyat yagona g'oya ostida birlashmaydi. Agar bir maskanda hamma bir biriga o'xshasa, demak u yerda hech kim yo'q. Jamiyat turli xil fikrlar, qarashlar va g'oyalardan iborat bo'ladi. Agar barcha uchun universal, hammani bitta g'oyaga birlashtirish imkonini beruvchi tashviqot yuritilsa, bu tashviqotning nomi terrorizm deb ataladi.
Terror va majburlash, qo'rquvning ilohiy va insoniy ko'rinishlari orqali jamiyatni birlashtirishga urinish hech qachon yaxshi oqibatlarga olib kelmaydi. Milliy davlatchiligimiz tarixi buning yaqqol misoli bo'la oladi. O'tgan asrda yagona kommunistik mafkuraning hukmron g'oyaga aylanishi, turli xil terror shakllarini yuzaga keltirdi. Bu terror millat va jamiyat genofondiga misli ko'rilmagan talofat yetkazdi.
Shu nuqtayi nazardan ideal jamiyat hech qachon yagona g'oya ostida birlashmaydi. Ideal jamiyat ichki siyosiy masalalarda turli xil qarashlarga ega bo'lsada, tashqi xavf-xatarlarga qarshi yagona qarashni yoqlab chiqadi. Jamiyatlardagi ijtimoiy nostabilliklar zamiriga qarasangiz ham, u yoki bu siyosiy qarashlarga nisbatan namoyish va qarshiliklar har doim jamiyatning ma'lum toifalari tomonidangina qo'llab-quvvatlanadi.
AQSH yoki Yevropa ittifoqi mamlakatlarida sodir bo'lgan norozilik harakatlarida ham aynan ma'lum ijtimoiy sinflargina norozilik bildirishgan xolos. Jamiyatning barcha qatlamlarini birlashtirishga intilish va buni zo'rlik bilan amalga oshirish har doim terroristik akt sifatida malakalanishi zarur. Chunki jamiyat fikrlar turfa xilligi bilangina tirik qoladi.
Bir butunning ikkiga bo'linishi va ular o'rtasidagi ziddiyat taraqqiyotdir. Bu ziddiyat faqatgina g'oyaviy qarashlarni ifoda etish hamda bahs munozaralar yo'li bilangina amalga oshiriladi. Agar jamiyatni yagona oqim va g'oya bilan ushlab turish orqali taraqqiyotga yetaklash imkoniyati bo'lganida edi, hozir terrorchilar to'dasi allaqachon Marsni ekspluatatsiya qilayotgan bo'lishar edi.

🔥7👍3🙈1🙊1
ODDIY YO'LOVCHI
Jamiyat umummilliy darajada yagona g'oya ostida birlashadimi? Hech qachon, hech bir jamiyat yagona g'oya ostida birlashmaydi. Agar bir maskanda hamma bir biriga o'xshasa, demak u yerda hech kim yo'q. Jamiyat turli xil fikrlar, qarashlar va g'oyalardan iborat…
Bu fikrlar faqatgina jamiyatga nisbatan xolos, mening kanalimda esa mening yakka hukmronlikka asoslangan totalitar diktaturam o'rnatilgan 💀
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥3🙊2🙉1