Sizlar mening kanalchamdagi totalitar diktatura ustidan kulasiz. Totalitar universitetlar bor. Takaning turmug’idan ham mayda izzattalab mulozimchalar, jamiyatning hech qachon, hech qanday ijtimoiy muhofazaga ega bo’lmagan qatlami - talabalar ustidan qilayotgan ishiga qarang!
Manba
Manba
Kecha bir isbotlab bo'lmas xulosaga keldim. Janubiy Koreyada ko'p kutilgan bir bayram bo'ldi. Koreyalik yozuvchi Han Kang adabiyot bo'yicha Nobel mukofotiga sazovor bo'ldi. Buni karislar juda uzoq kutgan edilar. Ohirgi 5-6 yil esa ularga Nobel olish uchun bir ikki qadamgina yetmay turgan edi. Bu borada ko'p ilmiy izlanishlar qilindi, tadqiqotlar olib borildi. Karis tilidagi kitoblarni boshqa tillarga o'girish borasida ham katta ilmiy ishlar qilindi. Nobel olish bu omad emasligini ular juda yaxshi tushunadilar. Nihoyat 2024 yilda Koreya uchun adabiyot sohasida ilk Nobel qo'lga kiritildi. Kechadan beri kitob do'konlari va kitob sotadigan saytlar to'lib ketgan. Hamma sovrindorning kitobini sotib olishni istayapti.
Mening xulosam esa bu bayramning bolalar adabiyotiga aloqasi haqida. Nobel olishdan oldin Koreyalik yozuvchilar bir necha bor bolalar adabiyotiga oid dunyodagi eng katta sovrinlarni qo'lga kiritgan edilar. Xalqaro darajadagi eng nufuzli mukofotlarga ega bo'ldilar. Bu sovrinlarni adabiyot olamida kichik Nobel deb ham ataydilar. Ya'ni Han Kang o'zi muallif bo'lishidan oldin bolaligidan boshlab juda ko'p sifatli bolalar adabiyotini o'qib chiqqan.
Demak, bizning mualliflar ham Nobel olishlari uchun avallo bolalar adabiyoti mualliflari ko'payishi, bolalar ko'p kitob o'qishi, kitobxonlik madaniyati bolalikdan shakllanishi kerak. Ana shundan so'ng bolaligidan ko'p kitob o'qiganlar katta bo'lgach ajoyib asarlar yozib Nobel mukofotiga sazovor bo'la oladilar.
Bolalaringizga ko'proq O'zbek tilidagi bolalar kitobini olib bering. Bu yo'l bilan siz oz bo'lsa-da O'zbekistondagi <<muallif-nashriyot-kitob borozi-o'quvchi>> tizimini rivojlanishiga hissa qo'shayotgan bo'lasiz.
Boshlang.
STEP 1
Dinara Mo’minova - Bolalar yozuvchisi

Jahonda siyosiy vaziyatlar kundan kunga taranglashib bormoqda. Shu sababli, bexabar qolib ketmang deya, bir-ikki qiziqarli, shu bilan birga tahlikali xabarni yetkazib qo’ysam.
II jahon urushida “uchlar ittifoqi” degan ittifoq bor edi: Germaniya-Italiya-Yaponiya. Bu ittifoq uzoq vaqt mobaynida shakllangan, ammo hozirgi kunda mana shunga o’xshash yangi ittifoq hosil bo’lmoqda. Bu “Rossiya-Shimoliy Koreya-Eron” ittifoqi.
Yaqin Sharqdagi vaziyat mintaqaviy kun tartibida birinchi o’rinda turibdi. Ayniqsa Eronning Isroilga qarshi amalga oshirgan oxirgi hujumi ziddiyatni chuqurlashtirdi. Rossiya-Ukraina urushi fonida Eron juda qudratli mamlakatga aylanib ulgurdi. Arab davlatlarining nashrlari xabar berishicha o’tgan hafta Eron poytaxti Tehronda 50-60 km uzoqlikda noma’lum tadqiqot o’tkazgan. Natijada 4 ballik zilzila sodir bo’lgan. Ekspertlar Eron yadro quroliga ega bo’ldi degan fikrda.
Eronning yadro qurolini portlatib ko’rishi fonida Shimoliy Koreya va Xitoy harbiy harakatlarini tezlashtirib yubordi. Yonhap agentligining ma’lum qilishicha Shimoliy Koreya Janubiy Koreya bilan chegarada joylashtirgan artilleriya qo’shinlarini yuqori shay holatga keltirgan. Ikki kundan buyon Koreya yarimoroli tinch emas. O’z navbatida Xitoy ham Tayvan orolini blokada qilib keng miqiyosli harbiy mashg’ulot o’tkazyapti.
Bularning barchasi juda xatarli va o’ylantiradigan hodisalar. Eng yomoni esa Eronning yadro qurolini portlatib sinov o’tkazib ko’rgani. Chunki mintaqamiz 3 ta yadroviy qurolga ega gegemon davlatlar qurshovida qolmoqda. Bu esa mintaqa xalqlariga og’ir asoratlar tug’dirishi mumkin.

Rajab Toyib Erdo’g’an Rossiyaning Kazan shahrida BRICS tashkilotiga a’zo davlatlar sammitida ishtirok etish uchun bo’lib turibdi.
Ayni shu soatlar ichida Anqaraning KahramanKAZAN dahasida terroristik akt sodir etildi. Gap shundaki, bugun bir guruh terroristlar Anqaraning Kazan dahasida joylashgan “Turk havo va kosmik sanoat” AJ (TUSASH) zavodi binosiga bostirib kirishgan. Natijada 5 kishi halok bo’lgan, 22 kishi yaralangan.
Terroristlar qurollangan holda zavod oldiga taksida yetib kelishgan. Guruh 2 ga bo’lingan, bir ishtirokchi xudkushlik kamari bilan o’zi va qo’riqchilarni portlatib yuborgan. Qolganlar esa zavod ishchilarini otishgan va garovga olishgan. Toshkent vaqti bilan kechki 18:00 atrofida turk maxsus xizmatlari zavod hududida shturm boshlashgan. Xullas, voqealar shunday.
Voqealardan quyidagicha xulosa qilsa bo’ladi, Turkiyaning g’arbdagi hamkorlari uning BRICSga a’zo bo’lishini xohlashmayapti.

Gruziya vayblari
Gruziyaga bo’lgan qisqagina safar davomida Tbilisi va Mesxata shaharlarida bo’ldim. Odamlar bilan gaplashdim. Hayot va yashash tarzini kuzatdim. Qadimiy binolar va shaharlarning tor ko’chalarida, 100 yillik devorlar-u, azim tog’lar etaklarida hayot qaynayotgan, insonlar va turfa taqdirlar yashalayotgan bir diyorda bo’ldim.
Vino va ichimliklar gruzin milliy madaniyatining ajralmas qismi bo’lib, barcha shaharlarda ichimlik sotadigan do’konlar juda ko’p. Har qadamda vinolarning har xil turini topasiz. Insonlar sokin, o’z hayotlarini yashashmoqda. Gruzin xalqi ancha boy ko’rinadi. Insonlari biz kabi mehmondo’st. Ayniqsa qadah olib “Tamada*” aytishni xush ko’radi.
Gruzinlar tinchlik va taraqqiyot istaydi. Shu sababli ham ko’p vektorni qo’llab-quvvaatlovchi “Gruziya orzusi” partiyasiga ovoz berishdi. Har qadamda Yevropa ittifoqining bayrog’i osilgan. Gruziyada rus tilini xushlashmaydi degan gap shunchaki afsona. Odamlar ham ingliz, ham gruzin, ham rus tillarida suhbatlashishmoqda. Insonlari ancha sokin. Dam olish kunlari hayot soat 10:00 dan keyin qaynaydi. Narx-navo Toshkent bilan deyarli bir xil. 1 dollar 2.72 lari ekan. Ob-havo ham Toshkent bilan deyarli bir xil. Tbilisi shahari tog’ relyeflari ustida qurilgan. Me’morchilik juda go’zal. Uylar peshayvonsiz deyarli qurilmaydi. Baland binolar endi qad rostlamoqda.
Hayvonlarni xush ko’rishadi, shu sababli ko’cha itlari bemalol yurishibdi. Barchasi emlangan, qulog’iga maxsus belgi yopishtirilgan. Odamga tashlanmaydi. Sokingina itlar ekan. Gruzinlar tarixini yaxshi ko’radi. Amir Temurni juda yaxshi bilishadi ekan. Havosi toza. Tbilisi tez rivojlanmoqda.

Qadim zamonlarda bir shoh bo’lgan ekan. U qovun yeyishni juda yaxshi ko’rar ekan. Har safar qovun yesa, vazirini chaqirib, birinchi tilikni unga berar ekan va ular qovunni birgalikda tanavvul qilar ekan.
Kunlardan bir kuni shoh o’z vazirini chaqiribdi. Odatdagidek, qovunni so’yib, birinchi tiligini unga beribdi. Vazir qovunni ishtaha bilan yeyishini ko’rib, o’zi ham bir tilik kesib olibdi. Shoh qovundan bir tishlagan ekan-ki, qovun zahardek achchiq va achigan bo’lib chiqibdi. Shunda shoh vaziridan so’rabdi: “Ey vazir, bu qovun achigan-ku, nega yeding? Sening ishtahangni ko’rib, men ham yedim. Yo sen meni zaharlamoqchi bo’ldingmi? Nega indamading?”.
Oqil vazir shunday javob beribdi: “Shohim men butun umr sening qo’lingdan shirin qovun yedim. Faqatgina shunisi achigan chiqdi. Nega gapiray? Shuncha yegan shirin qovunimga nonko’rlik qilaymi?”

1000 kishilik dovondan o'tdik. Kanalimizga yangi obuna bo'lganlar bu qanday kanal ekan deya hayron bo'lishlari tabiiy, chunki kanalimizga yangi qo'shilganlar "majburiy, ixtiyoriy" tarzda obuna bo'lishdi. Kino ko'rish maqsadida botga start bosishdi va bizning kanalimizga obuna bo'lishdi.
Yangi kelganlarga xush kelibsiz deymiz. Ushbu kanalda bir necha yillardan buyon, turli xil qarashlarni bayon etib kelmoqdaman. Kanalimiz orqali ilmiy bahs-munozaralar, ijtimoiy va siyosiy xabarlarga sharhlar va mening diydiyolarimni o'qishingiz mumkin.
Ora-sirada kitob ham o'qib turar edim. Kitoblarni tahlil qilardim. Hozir esa tashvishlar, ish va yumushlar sabab o'qishga ulgurmayapman. Mana shu noyabr-dekabr oylarida magistrlik dissertatsiyamni himoya qilishga chiqaman. Shu sababli ko'proq kitob o'qisam kerak degan umiddaman.
Agar bu dunyoda hayotdan maqsadingizni unutib qo'ygan bo'lsangiz, o'zingizni dangasa va notavon his qilsangiz, unutmang siz yolg'iz emassiz. Biz endi 1000 kishidan ortiqmiz.

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Cho’qintirgan ota” filmida Maykl Karleone akasi Freyddan bo’sa olgan sahnasi bor. Mana shu videodagi sahnadan 3 soniya oldingi sahna. Maykl ziyofatda akasining yoniga kelib uning labidan bo’sa oladi va “Men senga ishongandim. Sen qalbimni yaralading”, - deb aytadi.
Xo’sh, nega erkak kishi erkak kishining labidan bo’sa olish sahnasi shunday muhtasham filmga qo’shilgan?
Bilamiz jahon kinosan’ati va sanoati na’munalari simvolizm, chuqur falsafa, diniy hikoyalarga urg’u berish, mifologiya va san’at asarlariga ishora qilishni xush ko’radi. Bu bo’sa sahnasi ham diniy hikoyalarga ishora qiladi.
Iso Masihning xavoriylaridan biri Yohudo uni rimliklarga sotganidan xabaringiz bor. Ahdlashuvga ko’ra Yohudo xavoriylarni asirga olgan rimliklarga Isoning kimligini bildirishi zarur edi. Yohuda esa Isoning labidan bo’sa olib rimliklarga Isoning kimligini ko’rsatadi.
Shundan buyon bu bo’sa “Yohudo bo’sasi” yoki “Xiyonat bo’sasi” deb ataladi. Filmda ham Freyd ukasi Mayklni sotgani shunday tasvirlangan.