Diktatura dunyodagi eng rasvo boshqaruv shakli ekanligini men o’z kanalim misolida isbotlab beryapman o’rtoqlar.
Skrinshotdagi tasvirda 2021-yil 3-martda yozilgan post. Uning izohiga 52 ta fikr bildirilgan. 2021-yil dekabrdan boshlab menda transformatsiya bo’ldi va butun kanalda totalitar tuzum boshqaruvini o’rnatdim. Qarshi izoh yozganlarni blokladim, toqatsizlik qilganlar bilan urushdim. Izoh yozishni cheklab qo’ydim yani fikr erkinligini bo’g’dim.
Alaloqibat bugun kanalimda gapiradigan hech kim qolmadi. Yolg’iz o’zim post yozib, o’zimga o’zim gapirgandek bo’lib o’tiribman. Bu xuddiki, “Kichkina shahzoda” asarida qaysidir sayyorada hukmfarmonlik qilayotgan podshohning holatiga o’xshaydi. Sayyora bo’m-bo’sh, gaplashadigan hech kim yo’q, ammo o’ziga o’zi hukmdor.
“Sovuq va timqora kuzning uzun tunlarida, havoda mezon uchsa sezilgulik og’ir sukunat cho’kkan bir kezda, sham yorug’i ostida post yozayotgan diktator janobi oliylari o’z obunachilaridan nolidi”. Lekin baribir diktatura yaxshida, birov g’ing demaydi.

O’qigandan so’ng o’yga toldiradigan 5 ta buyuk fikr:
1. Albert Kamyu – Begona
“Meni eng ko‘p bezovta qilgan narsa odamlarning qanday yashayotgani yoki nima uchun yashayotgani edi; chunki qancha yashamasin yoki nima qilmasin, hech narsa o‘zgarmasligini, hamma narsa bir xilda qolishini, har bir kun tunning qorong‘usiga singishini va bir kuni hammasi yakun topishini bilardim.”
2. Fyodor Dostoyevski – Jinoyat va jazo
“Men faqatgina bir oz ilgariladim, bir oz jasorat ko’rsatdim, boshqalar esa bunga jur’at etolmaydi, shuning uchun ham shu qadar azoblanayapman. Aslida azoblanish ham insonning bu yorug’ olamda o’zini kashf etmoqlikka bo’lgan harakatining bir qismi emasmi? Agar bir inson haqiqatdan ham dardni his etmasa qanday qilib inson bo’la oladi? Qanday qilib o’zligini topa oladi?”
3. Franz Kafka – Jarayon
“Meni jazolayotganlar kim edi? Men qaysi jinoyatni sodir etdim? Ularning meni jazolashga haqqi bormidi? Balki hech narsaning ahamiyati yo‘qdir; axir hammamiz bir tarzda aybdormiz va hammamiz bir tarzda jazolanamiz; bu jarayon ma’nosiz ravishda davom etadi, lekin nega davom etayotganini bilmaymiz va hech kim ham buni tushuntirmaydi.”
4. Jozue Saramago – Ko‘rlik
“Inson ko‘r bo‘lganida nafaqat ko‘zini yo‘qotadi, balki butun hayotini, qadriyatlarini, e’tiqodlarini, butun insoniy tomonlarini ham yo‘qotadi; chunki inson ko‘rgan narsasiga ishonadi va agar bir kuni ko‘rishni to‘xtatsa, barcha narsalar xuddi sharpadek ekanini, aslida hech narsa ko‘ringandek emasligini va barchamiz faqat qorong‘ilikda yurgan bir soyadan iborat ekanimizni tushunadi.”
5. Gabriel Garsia Markes – Yolg’izlikning 100 yili
“Yuz yillar davomida unutilgan qishloqlarning va o‘liklarning aks-sadosi bo‘lib kelgan xotiralar bir kuni yana jonlanadi, chunki vaqt to‘g‘ri chiziq bo’ylab emas, balki bir doira ichida aylanib turadi; inson qancha o‘tmishni unutishga harakat qilmasin, o‘tmish har doim qaytadi va o‘zini qayta yaratadi, chunki hayotning haqiqati aynan shudir: cheksiz yolg‘izlik va muqarrar taqdir.”

Yalang’och holatda protest bildirish
Bir necha kun oldin Eronda bir qiz Erondagi rejimga protest o’laroq ichki kiyimda shahar markazini sayr etdi. Ammo bu “yalang’och protest” birinchi marta emas.
XI asrda Angliyada yashagan Gersog Leofrik o’z hududlarida soliqlarni haddan ziyod oshirib yuboradi. Xalq bir necha bor murojaat qilishiga qaramay, soliqlar tushurilmaydi. Shundan so’ng xalq gersogning xotini Lediy Godivyaga murojaat qilishni boshlashadi. Lediy Godivya eriga soliqlarni tushurishni bir necha bor iltimos qiladi. Ammo eri bunga rozi bo’lmaydi. Ketma ket yolvorishlardan so’ng Gersog Leofrik “Yalang’och holda shaharni kezsang, soliqlarni tushuraman” deb jahl qiladi.
Ertasi kuni Lediy Godivya yalang’och holda otga mingan holatda shaharni aylanishga chiqadi. Shaharda gersogning hukmini eshitgan odamlar Lediy Godivyaga hurmat o’laroq u o’tadigan ko’chalardan yurishmaydi. Shaharni bo’sh qoldirishib, uylariga kirib ketishadi va derazalarni mahkamlab qo’yishadi.
Voqeadan xabar topgan gersog, xotinining jasorati uchun shahar aholisini soliqlardan ozod qiladi.

Tong saharda yugurish inson salomatligi uchun foydali. Ammo tong sahar yugurish imkoniyati, ertalab soat 9:00 da ishga borish majburiyati bo’lmaganlar uchun berilgan.
Kechki payt sport bilan shug’ullanish, mashg’ulot zallariga borish salomatlik uchun ikki karra yaxshi. Ammo mashg’ulot zallariga borib, mushaklar ustida ishlash-u, tana qurish imkoniyati 18:00 da ruhan va jismonan toliqib ishdan chiqmaydigan va 18:00 dan keyin topshiriq olmaydiganlar uchun berilgan.
Hayat öyle işte bey efendi

Dunyodagi eng ahmoq motivatorlar albatta bizda bo’lsa kerak. Nafaqat motivatorlar balki aql-xushi joyida bo’lgan odamlar ham ayrim masalalarni bila turib, yoshlarni va bolalarni aldashadi. Masalan, Bill Geyts Microsoft kompaniyasini garajda ochgan; Jeff Bezos birinchi ishini kitob sotishdan boshlagan, oddiy oilada o’sgan; Ilon Mask AQSHga qochqin sifatida borgan va h.k kabi ertaklar.
O’rtoqlar Bill Geytsni oyisi IBM kompaniyasi direktorlar kengashida maslahatchi bo’lgan. Birinchi dasturiy ta’minot maxsulotlarini lobbizm orqali IBMga o’tkazgan. Jeff Bezos online do’kon ochishi va o’z biznesini qurishi uchun ota-onasi 300 ming dollar pul bergan. Ilon Mask AQSHga talaba sifatida kelishidan avval, uning ota-onasi Afrikadagi yirik olmos konlariga egalik qilgan.
Demoqchimanki, hayratlanarli darajada osmonlarga uchib ketishni yig’ishtirib, aniq va erishsa bo’ladigan maqsadlar qo’yib yashang. Katta orzular va ushalmas safsatalar hayotingizni qiyinlashtirib yuboradi.
Siz “olamning markazi menman” deb o’ylashni to’xtating, siz olam uchun 1 ta omadi chopib hayoti davomida birinchi va eng oxirgi marta g’alabaga erishgan spermatazoidsiz xolos. Dunyo uchun o’g’itdan boshqa hech narsa emasmiz.

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qiz farzand haqida
E: Qizim ovqat yeymizmi?
Q: Haaa
E: Senchi?
X: Men yemayman.
Q: Zotan siz dadamning umrini yedingiz. Ovqat yemang.
X: Nima?
E: Qizim ovqat yeymizmi?
Q: Haaa
E: Senchi?
X: Men yemayman.
Q: Zotan siz dadamning umrini yedingiz. Ovqat yemang.
X: Nima?
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Masihiylar haqida qiziq ma’lumot o’rganib qoldim.
O’rta asrlarda g’arblinlar cho’milishmagan deyishadi. “Zamonlar osha” kinosida ham buni yumor orqali ko’rsatib berishgan. Xo’sh, bir vaqtlar dunyo tamadduniga jamoat hammomlarini olib kelgan rimliklarning avlodlari nega cho’milishmadi? Sababi chaqaloq tug’ilganda xristianlar uni suvga cho’mdirib cho’qintirishadi. Ana shu cho’qintirilgandagi suv yuqi insonda butun umr qolsin deya cho’milishmagan ekan.
Ikkinchi fakt shamlar bilan bog’liq. Bu haqida menga Mtsxetada cherkovda rohiba aytib bergandi. Xristianlik endi yoyilayotgan kezlarda masihiylar g’orlarda ibodat qilishgan. G’orlar qorong’u bo’lganligi sababli u yerga sham yoqib kirishgan ekan. Shu shu bo’lib, xristianlikda sham yoqish odat bo’lib xatto ritualga aylanib ketibdi. Shamlar endilikda avliyolar ruhiga atab yoqilarmish. Masalan, kimki farzand istasa Bibi Maryamga atab cherkovda sham yoqarkan. Har bir shaharning o’z avliyosi bo’lib, bu xuddiki qadimgi Misr ko’pxudoligiga o’xshab tarmoqlanib ketgan. Avliyolar Misr xudolari singari ma’lum bir sohalarga yengillik va baraka ato qilish xususiyatiga ega deb ishonilar ekan.
Keyin shu yoqilgan sham yuqini devorga surtib qo’yishar ekan. Shu sababli cherkov devorlari sham yuqiga to’la. Menga ham qiziq bo’ldi, cherkovni ichi qanaqa bo’lar ekan deb o’ylardim (Videoda cherkovning ichki ko’rinishi).

“Inson ozod tug’ilgan, ammo umrning har yerida oyoqlari zanjirband”, - degan edi Jan Jak Russo.
Haqiqatdan ham inson tabiatan ozod va hur bo’lib tug’iladi, ammo qayerga bormaylik zanjirbandmiz. Yuqorida ko’rib turgan suratingizda aslida sizga kerak bo’ladigan hamma narsa mujassam. Sizga million dollar, Ferrari, Bugatti, qimmatbaho soatlar, briliant ko’zli taqinchoqlar, Xitoy shoyisidan liboslar, Rim papasi bilan tongi nonushta-yu, Boraboraga sayohat, Balida syorfing uchish ham kerak emas.
Inson hur va ozod tug’ilgan. U tabiat bilan uyg’unlikda yashaydi. Qadim o’tmishda to svilizatsiyalar qurib hayotimizni barbod qilmagunimizcha millionlab yillar biz shunchaki termachilik va ovchilik bilan yashaganmiz. Tosh davrida hammasi boshqacha edi. Eh o’shal damlar, Amudaryoning serunum vodiylarida otchoptirib yurgan kezlarimiz. Mamont ovlaymiz deb sinfdoshlar bilan qo’shni qabilaning shaman kampirni tosh bilan urib o’ldirib qo’yganimiz. Naqadar beg’ubor davrlar edi-ya.

Gabriel Garsiya Markesning “Mening mahzun fohishalarim” romanini tarjima qilishni boshladim. Mana shu asarni oxirigacha tarjima qilishim uchun motivatsiya berib ketinglar. Oxirgi vaqtlarda o’zim uchun birorta pichoqqa ilinadigan ish qilmadim. Imkon bo’lsa, tarjima nima bo’ldi deb har kuni so’rab turinglar.
Roman juda qiziqarli 90 ga kirib ham aqli kirmagan bir cholning tug’ilgan kuniga o’ziga o’zi bokira fohisha sovg’a qilishi to’g’risida.

Umrimda hech qachon pulini to’lamasdan ayollar bilan yotmaganman. Kasbi fohisha bo’lmaganlariga ham, keyinroq chiqitga chiqarishim uchun, pulni olishlarini yo go’zal lutf bilan yoki zo’rlik bilan tushuntirganman. Yigirma yoshlarimda o’zim yotgan ayollarimning ismini, yoshini, manzilini, har xil aloqa usullarini qayd etib borish uchun kundalik yoza boshladim. 50 yoshimga qadar eng kamida bir marta aloqa qilgan ayollarim soni 514 taga yetdi. Tanam bunday zo’riqishga chiday olmasligini bilganimdan so’ng kundalik yozishni to’xtatdim. Shundan so’ng hisob-kitoblarni qog’oz-qalamsiz davom ettirdim. O’zimga yarasha ahloq me’yorlarim bor edi. Aslo guruh bo’lib aloqaga kirishmasdim, hech bir ayol bilan birga yashamasdim, hech kimning sirlarini sotmasdim, na tanamning va na ruhumning yashaganlarini birovga so’zlamasdim, chunki bolaligimdan bularning hech biri jazosiz qolmasligini bilardim.
Gabriel Garsiya Markes
“Mening mahzun fohishalarim”
Gabriel Garsiya Markes
“Mening mahzun fohishalarim”
Mag’lubiyat yetimga o’xshaydi. O’zidan boshqa hech kimga kerak emas. Yutuq esa fohisha. Egasidan boshqa hammaga tegishli.
Panjara so’zining kelib chiqishda nazarda tutilgan ma’nosini bilasizmi? Keling men sizga aqllilik qilib shuni o’rgatay (bitta aql o’rgatmagan men qolgandim).
Panj - so’zi forsiychada “besh” degan ma’noni bildiradi, “ara, ora” so’zlari esa “yo’l” demoqdir. Panjara so’zining ma’nosi “besh yo’l - beshinchi yo’l” anglamiga keldi. Xo’sha nega beshinchi yo’l. Chunki xonada to’rt devor bor va har doim shu to’rt devor ichida “beshinchi yo’l” topiladi.

Markesning “Mening mahzun fohishalarim” romani tarjimasi xususida ikki og’iz so’z.
Asarni dastlab uning nomlanishiga qarab tanladim, qiziqib ketganimdan 3/1 ni tarjima ham qilib qo’ydim. Boshida hammasi binoyidek ketayotgandi, ammo asar mohiyatini chuqurroq anglay boshlaganimdan so’ng roman haqida qiziqib qoldim.
Markes o’zining uslubiga xos mistik-realizmning har bir unsurini o’zining eng so’ngi ushbu romanida ham qo’llagan. Dastlab yengildek tuyulsada, asarni o’qib, mag’zini chaqaverganingizdan so’ng qalbingizda bir nafratga o’xshash achinish tuyg’usi uyg’onadi. Keksa insonning tugayotgan umrini yashayotgandek his qilasiz o’zingizni. Kunlar og’ir va mazmunsizdek tuyilaveradi, go’yo.
Markes ijodining ayni cho’qqisi shu asarda jamlanmaganmikan degan o’ylar o’tadi. Asar kechagina 2004-yil yozilganligi sabab, voqealar yonimizda sodir bo’layotgan yoki bo’lib o’tgandek his uyg’otadi. Bilmadim Markes ijodi qanday ulug’ bir ijodki, oddiygina romani bilan bir inson hayolotini o’g’rilab, razil dunyoning bor chirkinliklarini odam ustidan sochib yuborsa?!

Qizlar telegramda ochib olgan kichkina kanalchalarini ko’rib chiqib shunday xulosalarga keldim:
- Eng avval sizlarni yaxshi psixiatrga olib borish kerak.
- Undan so’ng 5-6 yil jinnixonaga joylashtirish zarur.

Bitta boy obunachimiz tanlashga qiynalyapti ekan shunga so’rovnoma qilib bering dedi. Tanlashib yuboraylik
Anonymous Poll
7%
Kaptiva
28%
Malibu
36%
Kalish
29%
Rolton