Agar biror odamni nima uchun yaxshi ko'rishingni aniq, barcha tafsilotlari bilan tiniq shaklda bilsang demak sen u odamni yaxshi ko'rmas ekansan.
Eng mantiqsiz savollardan biri "Meni nima uchun yaxshi ko'rasiz?" degan savol bo'lsa kerak deb o'ylayman. Inson kimnidiri yoqtirganida hech bir sababsiz, hech qanday majburiyat va tafsilotlarsiz sevadi. Hamma narsaning ham sababi, hamma narsaning ham tafsilotlari bo'lishi shart emas.
Yoqtirish, sevish shunchaki yuzaga keladi. Yoqtirmaslik ham xuddi shunday. Masalan, sizning o'zingizda ham "Shu odam gapirmasa ham "ovozingni o'chir" degim keladi" deb o'ylaydigan insonlaringiz bor-ku, to'g'rimi? Ba'zi narsalar taqdir hukmi bilan sababsiz sodir bo'ladi. Buni biz yaratganning ilohiy qudrati deymiz.
Xuddi shunday, yaratganning ilohiy qudratlarida sabablar bo'lmaydi. Sababni yolg'iz o'zi biladi. Sevgi va hurmat sababsiz yuzaga keladi. Shuning uchun kimdir sizga "falon narsa uchun sizni yaxshi ko'raman" desa, demakki uning munosabatlari so'roq ostida. O'sha "falon narsa" bir kun tugaydi, shunda muhabbat ham tugaydimi?
Sabablarsiz yashashga o'rganing.

ODDIY YO'LOVCHI
Bitta boy obunachimiz tanlashga qiynalyapti ekan shunga so’rovnoma qilib bering dedi. Tanlashib yuboraylik
Jiddiy so’rovnoma bo’lgan ekan. Bugun kalish olibdi
Ko'chada tilanchi bolalarga sadaqa berish to'g'rimi?
Shu haqida juda ko'p o'ylayman, ayniqsa u bu kim bilan ko'chaga ovqatlanishga chiqsam yoki aylanib yursam kelib so'rayverishadi. Bermaslikning iloji ham qolmaydi. Bittasiga bersangiz qolgan 10 tasi mo'ltirab keladi.
Aslida bolalarga har xil shaklda sadaqa berish to'g'ri emas. Bolalar orqali sotilayotgan tovarlar, ko'rsatilayotgan xizmatlarni ham inkor etish kerak. Sababi siz bolaga sadaqa berish orqali yoki nam sochiqchalarni sotib olish yo'li bilan bolaning huquqlari buzilishiga, uning majburiy ekspluatatsiya qilinishiga sababchi bo'lasiz.
Bola beg'ubor. Ular hech qachon salfetka sotishni yoki tilanchilik qilishni o'ziga ep ko'rmaydi. Uni kimdir majburlab shu ishga jalb qilgan. Siz bergan pulning 1 so'mi ham bolaga sarflanmaydi. Bolalardan tilanchilik yo'lida foydalanayotgan noinsoflar bor va bular juda katta qudratga ega bo'lishgan. Bular bolalarni sotib olishadi va o'zining ishida foydalanadi.
Shu sababli siz qancha ko'p sadaqa qilsangiz, shuncha ko'p bolalar odam savdosi va majburiy mehnat qurboniga aylanib, bolaligini yo'qotishadi. Bolalarga bolaligini qaytarib berish uchun bolalarga sadaqa bermang. Sadaqani masjidga, Vaqf fondiga yoki o'zingiz tanigan biror nochorga bering.
Agar gaplarimga shubha qilsangiz, hozir borib birorta nam sochiqcha sotayotgan bolani biroz qo'rqiting, militsiyaga beraman jinoyat qilyapsan, qamalasan deb aytib hamma gapni o'zidan s'rab oling. Pulni kimga berishi-yu, kechki payt kim bularni yig'ishtirib olib ketishi, ovqatlanish va kiyim-kechaklari haqida, qayerda yotib-turishi, qaysi "tochka" kimning bolalariga qarashli ekanligi, kamroq pul olib borsa qanday jazolanishi, birovning hududiga o'tib ketsa nimalar bo'lishi to'g'risida aytib beradi.
Mana sizlarga "Bola huquqlarini buzayotganlar" to'g'risida jinoyat ishi ochish uchun tayyor ssenariy, sizdan faqat borib "delo" ochib, surishtiruv o'tkazish qoldi, xolos.

O’zbek ruhiyati bor bizda. Insoniyat boshiga tushgan eng og’ir kunlarda ham o’zbek o’zidan ortmasa ham begona millatni bolasini asrab olib boqqan millat. Hech qachon bolasini tilanchilikka chiqargan millat emas. Eng og’ir ahvollarda ham ishlashga chiqarishi mumkin, lekin tilanchilikka chiqarmaydi.
4 ta o’zbek birlashsa davlat qurgan. Bu tarixdan bor narsa.

Kursdoshim Diyora instagramda ajoyib bir savol bergan ekan:
“Agar otangiz haqida kitob yozsangiz, oxirgi jumlasi qanday bo’ladi?”
Otam haqida, umuman qulagan sulolamiz va qabila haqida kitob yozish niyati bo’lgan, ammo mustaqillikdan keyingi sodir bo’lgan ishlar haqida endi-endi mulohaza qila boshlagach bu fikrdan qaytganman. Arxiv materiallarini yig’ib yaxshi baza shakllantirgandim. Balki keyinroq yozarman.
O’ylashimcha oxirgi jumla shunday bo’lardi:
“Men uzoq yashadim va bildimki otam har doim haq bo’lgan ekan”

Do’stimiz Odilxon Rayan Holideyning “Ego dushmaning” asarini o’zbek tiliga tarjima qilibdilar. Kecha shu kitobdan bir nusxasini berib yuborgan ekanlar. Bugun ishxonaga kelishim bilan gavrdiyaning azamatlari kitob bilan kutib olishdi. Xursand bo’ldim.
Odilxon sharq falsafiy qarashlari xususida chuqur bilimlarga ega bo’lgan yigit. Ibn Haldun hayoti va falsafiy qarashlari xususida shaxsiy tadqiqotlar o’tkazadi. Telegram kanaliga obuna bo’lib qo’ying, foydali bilimlar ko’p, afsuslanmaysiz:
https://www.tg-me.com/odilxonorifjonov
https://www.tg-me.com/ufq_horizon

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Masonlar tashkiloti haqida qisqacha video olaman degandim 6 daqiqa bo’libdi o’rtoqlar. Mayli, erinmasdan ko’ringlar.
Xalqaro reytinglarda bir masalaga alohida e'tibor qaratish zarur. Misol tariqasida 200 ta davlatni qamrab olgan "Index Happy Nation" degan reyting tuzaylik. Mana shu reyting bo'yicha baxtli millat bo'lish uchun 5 ta asosiy, 25 ta qo'shimcha ko'rsatgichlarni hisoblab chiqish vazifasini oldimizga qo'yamiz. Har bir asosiy ko'rsatgich bo'yicha baholash 10 ball, qo'shimcha ko'rsatgichlar bo'yicha esa 5 ball deb hisoblaylik. Eng yuqori ball olgan eng baxtli millat sifatida qaralsin.
Kategoriyalar bo'yicha ballarni hisoblab chiqishda quyidagi holatga duch kelamiz: 100-200 gacha bo'lgan davlatlarning indexdan o'rin olish ketma ketligi atigi 0,001 ball bilan bir biridan farq qiladi. 50-100 gacha bo'lganlarda ham yirik o'zgarishlar kuzatilmaydi.
Shunga ko'ra aytishim mumkinki, har qanday 200 ta davlat ishtirok etgan indexga ko'ra davlatning xoh 189 o'rinda, xoh 89 o'rinda bo'lishi, indexning 1 dan 50 gacha bo'lgan davlatlari singari baxtlilikni ifodalamaydi. Ayni reyting ko'rsatgichlarida 50 dan yuqori o'rinda turgan qolgan 150 ta mamlakatlar o'zaro bir biriga o'xshash bo'lib, ularning reytingda 200 yoki 51 o'rinda turishi ahamiyatsiz. Baribir biz tuzgan "Index Happy Nation" reytingida eng baxtsiz mamlakat sifatida qolaveradi.
51-o'rindan to 200-o'ringacha turgan mamlakatlar o'rnini xohlagancha almashtirib tashlang, reyting ko'rsatgichlari bo'yicha o'sha mamlakat aholisi hayotida hech qanday o'zgarishlarni sezmaysiz. Shu sababli xalqaro reytinglar ishonmang. Bular shunchaki ahamiyatsiz raqamlar xolos.

Unga qarab so‘radim:
— Aytchi, Damiana, nimalarni eslading?
— Hech narsani eslamagandim, — dedi u, — Ammo shu savoling eski xotralarimni qo’zg’atib yubordi.
Ko‘ksimni nimadir siqdi.
— Hayotimda biror marta sevib qolmaganman, — dedim.
U darhol javob qaytardi:
— Men sevganman.
So‘ng ishini davom ettirib, gapini tugalladi:
— Yigirma ikki yil sen uchun ko‘z yosh to‘kdim.
Yuragim bir titrab ketdi. Munosib bir javob topib, shunday dedim:
— Biz ikkimiz yaxshi juft bo‘lar edik.
— Bularni endi aytayotganing achinarli, — dedi u. — Endi hech narsa tasalli bera olmaydi.
Keyin esa uydan chiqarkan, qo‘shimcha qilib, xotirjam ohangda shunday dedi:
— Ishonmaysan, lekin Xudo haqqi, men hali ham bokiraman.
Gabriel Garsia Markes "Mening mahzun fohishalarim" asaridan
P.S Asar tarjimasi 38-betga keldi, asar 95 bet

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
4 yoshida ko’z o’ngida otasini masjidning oldida o’ldirib ketilganiga guvoh bo’lgan Yashar Kamolning 17 yoshida yozgan “Tanhogarlik” she’ri:
***
Qush uchmas, karvon kechmas
bir yerdasan.
Suv bo’lsang kimsa ichmas,
Yo’l bo’lsang kimsa yurmas.
Yotlar sendan neni anglasin?
Chiqarsan bir tog’ boshiga
Bir daraxt toparsan, bezaysan
Gullarsan yolg’iz baxt kelindek.
Qaraysan samoda bulutga
Ko’rarsan ko’pirmish bulutni.
Nima ham kelardi qo’lingdan?
Jaranglab o’tadi qalbingda,
Shu olam sassizligi.
Tangri hech kimga bermasin
Shunday bir kimsasizlikni
***
Kuş uçmaz, kervan geçmez bir yerdesin.
Su olsan kimse içmez,
Yol olsan kimse geçmez,
Elin adamı ne anlar senden?
Çıkarsın bir dağ başına,
Bir ağaç bulursun tellersin
Pullarsın gelin eylersin.
Bir de bulutları görürsün,
Köpürmüş
gelen bulutları.
Başka ne gelir elden?
Çın çın ötüyor yüreğimin kökünde
şu dünyanın ıssızlığı.
Tanrı kimsenin başına vermesin
böyle bir yalnızlığı!
Yaşar Kemal
***
Qush uchmas, karvon kechmas
bir yerdasan.
Suv bo’lsang kimsa ichmas,
Yo’l bo’lsang kimsa yurmas.
Yotlar sendan neni anglasin?
Chiqarsan bir tog’ boshiga
Bir daraxt toparsan, bezaysan
Gullarsan yolg’iz baxt kelindek.
Qaraysan samoda bulutga
Ko’rarsan ko’pirmish bulutni.
Nima ham kelardi qo’lingdan?
Jaranglab o’tadi qalbingda,
Shu olam sassizligi.
Tangri hech kimga bermasin
Shunday bir kimsasizlikni
***
Kuş uçmaz, kervan geçmez bir yerdesin.
Su olsan kimse içmez,
Yol olsan kimse geçmez,
Elin adamı ne anlar senden?
Çıkarsın bir dağ başına,
Bir ağaç bulursun tellersin
Pullarsın gelin eylersin.
Bir de bulutları görürsün,
Köpürmüş
gelen bulutları.
Başka ne gelir elden?
Çın çın ötüyor yüreğimin kökünde
şu dünyanın ıssızlığı.
Tanrı kimsenin başına vermesin
böyle bir yalnızlığı!
Yaşar Kemal