Telegram Web Link
O’zbekning katta arafasi 🇺🇿🇺🇿🇺🇿
Jaloliddin brattan bitta gol deganlar layk bossin 😁
O’zimizgamas faqat 🤣🤣🤣 muxlislarimiz malades
Battar bo’linglar arablar 🤣
Футбол бўйича Ўзбекистон миллий терма жамоаси аъзоларига табрик

Поздравление членам национальной сборной команды Узбекистана по футболу

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Orzumiz ushalib qo’ydi endi nimani orzu qilamiz? 😅
Rus agentlari bir biri bilan urushib qolganida )))
Twitter meni yana blokladi.

Ikki “sevishgan” rus josuslari Trump va Elon Muskning daxanaki, araz-araz o’yinlari ustidan kulganim Elon Muskka xush kelmabdi. Shu sababli, hech qanday ogohlantirishlarsiz twitter meni yana blokladi. O’tgan safar ham Elon Muskning ustidan kulganim uchun 1 haftaga bloklab tashlagan edi. Hozir akkauntim to’liq faollikdan uzilgan. Bilmadim bu qancha vaqtgacha cho’ziladi, endi bu yog’ini Eloniddin Muskullo qori biladi.

Kechasi soat 03:15 lar atrofida Elon Musk saylov kampaniyasi davrida Trump haqida yozgan gaplari ostiga trollik qilib yozib kelgandim. Epshtein ro’yxatida Eloniddinning o’zi ham borligini, migratsiya siyosati haqida gapirgan gaplari-yu, AQSH davlat rotatsiyasida, soliq imtiyozlarida o’tirgan kompaniyalari haqida yozgandim. Elon yuritgan “DOGE” siyosati o’ziga qarshi ishlatilsa, adolatsizlik deya gapirgan gaplari ustidan masxara qilgandim. 5 daqiqa ichida meni bloklab qo’ydi.

Sovet davrida latifa bo’lar edi. AQSH prezidenti Xrushyovga: “Bizda demokratiya bor. AQSH fuqarosi bemalol prezidentni tanqid qila oladi”, - desa, Xrushyov ham, - “Bizda ham so’z erkinligi bor. SSSR fuqarosi bemalol AQSH prezidentini tanqid qila oladi”, - deb javob bergan ekan.

Afsuski, Xrushyovning latifasi o’z kuchini yo’qotdi. Men endi Eloniddin Maskulloni-yu, Shayx Donald qorini masxara qilish huquqidan ayrildim.
Elon Musk va Trampning oralariga keskin sovuqlik tushirgan “Epshteyn ro’yxati” haqida qisqacha ma’lumot berib o’tsak.

Jefriy Epshteyn 1953-yilda tug’ilgan iqtisodchi (ammo o’rta maktabni ham kollejni ham tamomlagani to’g’risida birorta hujjat yo’q). Epshteyn moliya-bank sohasida o’z faoliyatini boshlab, ijtimoiy aloqalarini kengaytirgan shaxs bo’lib, AQSHning siyosiy va moliyaviy elitasi bilan mustahkam aloqalar o’rnatgan.

2019-yil Epshteyn voyaga yetmagan bolalarni jinsiy ekspluatatsiya qilish va ayollarni foxishalikka zo’rlash bilan ayblanib qamoqqa olingan. Bu uning ayni shu ayblov bilan birinchi marta qamoqqa olinishi emasdi. 2005-yil 14 yoshli qizning zo’rlanishi oqibatida qamoqqa tashlangan.

Epshteyn pedofiliya tarmog’ini yaratib yuqori martabali shaxslarga bolalar jinsiy xizmatini ko’rsatib kelgan. Bu ish uning xususiy “Epshteyn oroli”da amalga oshirilgan. 2019-yil FQB tomonidan hibsga olingach, uning mehmonlar ro’yxatiga kiritilgan ayrim shaxslar haqidagi ma’lumotlar OAVga sizdirildi. Natijada butun dunyoga shovshuv bo’lgan “Epshteyn ishi” boshlandi. 2019-yilning 10-avgustida jinoyatchi qamoqxonada o’z joniga qasd qildi.

2024-2025-yillar davomida tergovlar natijasida Epshteyn ishiga aloqador shaxslar e’lon qilina boshlandi. Epshteyn prezident Donald Trump bilan shaxsiy aloqalar o’rbatgan, ikkisi yaqin do’st bo’lishgan. Elon Musk “Oq uy”dan quvilgach “Epshteynning pedofillar ro’yxatida Trump ham bor edi”, - deya bayonot berdi.

Jefriy Epshteynning “pedofillar oroli” xatto Disney multfilmlarida tasvirlangani haqida konspirologik nazariyalar yuribdi, ammo ularni inkor ham etib bo’lmaydi. Masalan, “Bilmasvoy” multfilmida “ahmoq bolalar”ni orolchaga surgun qilish sahnasi bor. Multfilmdagi orolning shakl-u shamoyili, Epshteyn oroli bilan bir xil.
Terma jamoamiz yo'llanmani BAAdan emas Braziliyadan tortib oldi

5-iyun kuni safarda O'zbekiston terma jamoasi BAA bayrog'i ostida to’p surgan Braziliyaga qarshi maydonga tushdi. O'yindan oldin BAA terma jamoasi safiga braziliyalik futbolchilar kelib qo'shilgani haqida xabarlarni o'qidik (pulni kuchini qarang). BAA terma jamoasi tarkibida Braziliyaning 5 nafar kuchli futbolchisi top surdi. BAAliklarning g'irromliklari nafaqat maydondan tashqari balki, maydon ichida ham davom etgan. Mana o'sha futbolchilar:

Caio Canedo - Rio de Janeyro yaqinida tug'ilgan
Jaoa Pedro - braziliyalik hujumchi
Fabio Lima - Sao Paulolik bambordir
Erik Jorgens - Janubiy Amerika stilidagi kuchli mutaxassis
Oliveria Souza - Selesao uslubidagi dribling ustasi.

Bu O'zbekiston uchun nafaqat muhim o'yin balki chempionat oldidan dunyo yulduzlariga qarshi o'ynay olish tekshiruvi ham bo'ldi. Balki xudo yarlaqab chempion ham bo'larmiz.
Qozog’istonning “Kazinform” nashri xabar berishicha, 2028-yil O’zbekiston kosmosga ilmiy-tadqiqot maqsadlariga mo’ljallangan sun’iy yo’ldoshini uchiradi. Shunga ko’ra Yaponiyaning Kyusyu texnologiyalar institutiga 7 nafar talaba magistratura bosqichida o’qish uchun jo’natilmoqda. Ularning asosiy vazifasi sun’iy yo’ldosh yasash va uni kosmosga olib chiqilishini ta’minlashdan iborat. Bu haqida Qozog’iston nashriga “O’zbekkosmos” agentligi direktori Muhiddin Ibrohimov xabar bergan.

P.S Qozog’istonlik bo’lganingizda bu xabarni o’zbekistonliklardan oldin o’qigan bo’lar edingiz. Afsuski, biz o’zbekmiz va shuning uchun uyimizda bo’layotgan ishlarni xorijiy nashrlardan o’qiymiz.
Oyligimizga bemalol Toshkentning qoq markazidan uy sotib ololarkanmiz. Ana ruslar aytdi. Aytganing kelsin Konstantin.

Xurshid To’rayev terma jamoa darvozaboni O’tkir Yusupovga uy sovg’a qilgani haqidagi xabar rus mediasida muhokama qilinmoqda. Foydalanuvchilardan biri “ularda oyliklar katta, bemalol o’zi ham sotib olishi mumkin edi” deb izoh yozibdi. Ha, oyliklarimizga bemalol uy sotib olish mumkin bo’lgan davrlarga ham yetib qolamiz. Tez orada. Yaxshi tilak uchun, rahmat. Birinchi marta shunday izohlardan quvonib ketdim.
Ha aytgancha, oldindan aytib qo’yay. Intelektual mulk departamenti, “Starbucks” qahvaxonalar tarmog’ining barcha yo’nalishlarining nomlarini patentdan o’tkazmoqda. Patentdan o’tkazuvchi (yani franchizani olib kirayotgan) kompaniya “Kisko” MCHJ ekan. Bu xabarni ham xorijdan o’qimaylik deb, o’zim yetkazib qo’ydim. Adashmasam may oyi boshlarida “tovar belgisi”ni patentlash uchun ariza topshirilgan. Patentlash jarayoni “kutish” bosqichida. Kutish bosqichidan “Muvofiqlashtiruvchi ekspertiza” bosqichiga 7 oydan keyin o’tkaziladi. Bu jarayon tahminan dekabr oyi boshlarida tugaydi. Jurnalistligim tutib ketdi, uzr.
Agar afg’on qozoni portlab ketmasa, uning nimasi afg’on qozon?
Qatarda bor alamim manim
O’zbekiston Vatanim manim

#LongliveUzbekistan
#YurakSizlarBilan
Vay bratlar, vay bratlar. Qasos qolib ketmasin. Bosvorish kerak 3:0 ga
Here we go!
Elon Muskning 1 haftalik arazi tugadi, ammo akkauntim yoniga, o’zlarining yozishicha, qandaydir yorliq “label” biriktirishganmish. Menga ko’rinmadi, balki sizlarga ko’rinar, screnshoot jo’natsangiz xursand bo’laman.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Manchester City klubi murabbiysi Pep Gvardiola kuni kecha professorlik unvonini olish marosimida G’azodagi genotsid haqida otashin nutq so’zlab “U yerda insonlar va bolalar o’lmoqda. Bu bolalar siz-u bizning ham bolamiz bo’lishi mumkin edi”, - dedi. Pep Gvardiola chin inson. Mana bu videoda ham isroillik rasmiy bilan ko’rishmadi va shogirdlarini ham ko’rishishiga yo’l qo’ymadi.

Urush noming o’chsin jahonda!

P.S Ha aytgancha, Pep Gvardiola klublar o’rtasidagi Jahon chempionatiga city tarkibini tasdiqlabdi. Husanov “oq bo’rilar”dan bir yil oldinroq jahon chempionatini “razvedka” qilib keladigan bo’ldi.
2025/07/06 06:46:39
Back to Top
HTML Embed Code: