🕓🕔🕕🕖🕗 ☄️📚✅Talabalar hayoti, ta’limi va ma’naviyatiga doir navbatdagi tashrif🚛 Buxoro davlat universiteti Tarix va yuridik fakulteti jamoasi tomonidan talabalar yashash joylarini o‘rganish va ularning ma’naviy kamolotini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashriflar amalga oshirilmoqda. Fakultet dekani B.B. Namozov, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari N.S. Rizayev, hamda Yoshlar ittifoqi koordinatori Akrom Eshonqulov ijarada yashovchi va talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalarning sharoitlari bilan yaqindan tanishdilar.
🔺 Tashrif davomida talabalarning o‘qishdagi muvaffaqiyatlari, bo‘sh vaqtlarini samarali o‘tkazish holati va mavjud muammolar o‘rganildi. Ular bilan samimiy suhbatlar tashkil etilib, kitob mutolaasi, ma’naviy o‘sish va ijtimoiy faollikning ahamiyati haqida fikr almashildi. Talabalarga badiiy va ma’rifiy adabiyotlar sovg‘a qilinib, “Ijarada kitobxon talaba” chellenji doirasida muntazam o‘qish odatini shakllantirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
🔵 Mazkur tashriflar fakultetda talabalarning nafaqat ilmiy, balki ma’naviy hayotini ham qo‘llab-quvvatlash, ularni har tomonlama yetuk shaxs sifatida tarbiyalash yo‘lidagi ezgu sa’y-harakatlarning amaliy ifodasidir.
#BuxDU #TalabalarHayoti #IjaradaKitobxonTalaba #TarixVaYuridikFakulteti👶👧🧒👦👩🧑👨👩🦱🧑🦱👨🦱👩🦰🧑🦰
Bizni kuzatishda davom eting:
🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook 🌐Web-sayt 🌐 Youtube