Telegram Web Link
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

☄️📚 BuxDUda Yaponiya bilan ta’limiy hamkorlik yo‘lida yangi qadam!

🚛 Buxoro davlat universiteti Jismoniy tarbiya va sport fakultetiga Aichi Shokai Renmei hamda Kamiyama Education Consulting Center delegatsiyasi tashrif buyurdi. Uchrashuvda Kamiyama Gakuin yapon maktabi direktori Kamiyama Shindji va Kamiyama Education Consulting Center muassisi hamda BuxDU Jismoniy tarbiya va sport fakulteti dekani A.Sh. Inoyatov ishtirok etdilar.

Tashrifning asosiy maqsadi — Yaponiya va O‘zbekiston o‘rtasida ta’lim va yoshlarni ish bilan ta’minlash sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash, o‘zbek yoshlari uchun Yaponiyada amaliy stajirovkalar dasturlarini tashkil etish, ta’limiy almashinuvlar va yapon tili kurslarini rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdan iborat bo‘ldi.

Kamiyama Education Consulting Center o‘zbekistonlik yosh mutaxassislarni Yaponiyada ta’lim olish va mehnat faoliyatiga tayyorlash, shuningdek, ikki davlat o‘rtasidagi ta’limiy hamkorlikni yanada kengaytirish yo‘lida faol ish olib bormoqda. Uchrashuv so‘ngida fakultet dekani A.Sh. Inoyatov mehmonlarga BuxDU Jismoniy tarbiya va sport fakultetining zamonaviy sport majmualari va o‘quv jarayonlari bilan yaqindan tanishtirdi.


🔸 Bu kabi xalqaro tashriflar ikki davlat o‘rtasidagi ta’limiy va madaniy aloqalarni mustahkamlash, yoshlar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochish sari muhim qadamdir.

👶👧🧒👦👩🧑👨👩‍🦱🧑‍🦱👨‍🦱👩‍🦰🧑‍🦰

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
🕓🕔🕕🕖🕗

☄️📚Buxoro davlat universiteti rektori Obidjon Xamidov hamda "O'zmilliybank" AJ Buxoro filiali rahbari o'rinbosari ishtirokida muhim yig'ilish o'tkazildi.

💠 Yig'ilishda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PQ-61-son qarori mazmun-mohiyati hamda "O'zmilliybank" AJ tomonidan bitiruvchi talabalarga ajratilayotgan imtiyozli kreditlar haqida batafsil ma'lumotlar berildi.

📀 Yig'ilish davomida O'quv ishlari bo'yicha prorektor R.G'.Jumayev so'zga chiqib, 2023–2024 hamda 2024–2025-yillarda bitiruvchilarning bandlik darajasi va respublika Oliy ta'lim muassasalarida imtiyozli kreditni rasmiylashtirgan bitiruvchilar bo'yicha aniq statistik ma'lumotlarni taqdim etdi. Ushbu ma'lumotlar asosida kelgusidagi aniq vazifalar va ustuvor yo'nalishlar belgilab olindi.

⚠️ Shuningdek, yig'ilish davomida bo'lim rahbarlari, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, professor-o'qituvchilar hamda tyutorlar uchun mazkur qarorni chuqur o'rganish va amalda samarali tatbiq etish bo'yicha topshiriqlar berildi.

👶👧🧒👦👩🧑👨👩‍🦱🧑‍🦱👨‍🦱👩‍🦰🧑‍🦰

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

☄️📚Buxoro davlat universiteti Tarix va yuridik fakultetiga dunyoning TOP–58 taligiga kiruvchi Malayziya davlatining Malaya universiteti Yuridik fakulteti professori Sheila Ainon Yussof tashrif buyurdi.

🤝 Uchrashuvda Buxoro davlat universitetining xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Jo’rayev Abror Turobovich mehmon bilan istiqboldagi xalqaro hamkorlik, akademik almashinuv va qo‘shma loyihalar yuzasidan suhbatlashdi.

Uchrashuv davomida mehmonga universitetimiz salohiyati, xalqaro maydondagi nufuzi, hamda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishtirildi.

👶👧🧒👦👩🧑👨👩‍🦱🧑‍🦱👨‍🦱👩‍🦰🧑‍🦰

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍2
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

☄️📚Buxoro davlat universiteti Tarix va yuridik fakulteti dekani B.B.Namozov tashabbusi va taklifi bilan Malayziyaning nufuzli oliy ta’lim muassasasi — dunyoning TOP–58 taligiga kiruvchi Malaya universitetining yuridik fakulteti professori Sheila Ainon Yussof fakultetda mehmon bo‘ldi.

🔹 Tashrif davomida mehmon fakultetdagi o‘quv jarayonlarini ko’zdan kechirib, BuxDU tuzilmasidagi Qatag’on qurbonlari xotirasi muzeyi bilan yaqindan tanishdi.

🔹 Talabalar bilan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazilib, xalqaro ta’lim hamda huquq tizimidagi tajribalar bo‘yicha fikr almashildi.

🔹 Shuningdek, kafedra professor-o‘qituvchilari bilan ilmiy hamkorlik yo‘nalishlari yuzasidan suhbat bo‘lib o‘tdi.

Faxriy mehmonimizga fakultet dekani tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

🤝 Mazkur uchrashuv ikki oliygoh o‘rtasidagi ilmiy hamkorlikni yanada kengaytirish va yangi qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladi.

👶👧🧒👦👩🧑👨👩‍🦱🧑‍🦱👨‍🦱👩‍🦰🧑‍🦰

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
2025/10/27 03:42:02
Back to Top
HTML Embed Code: