Telegram Web Link
🌸 Gulchilar mahallasida 🌱
📍 Bugun Gulchilar mahallasiga tashrif buyurdik. Mahalla aholisi uchun asosiy daromad manbai — gulchilik 💐. Qo'shni davlatlarga eksport ham qilishar ekan.
🗓 Sentyabr–Oktyabr oylarida issiqxonalarga ko‘chat ekiladi, 🌱 gullar esa may oyidan boshlab savdoga tayyor bo‘ladi.
❗️Afsuski, ko‘chatlarning 40–50% qismi kasalliklar tufayli nobud bo‘lar ekan. Boshqa turli muammolar mavjud.
🔬 Institutimizda ishlab chiqilgan bioo‘g‘itlardan sinov uchun berdik va ularni qanday qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar ham berildi. 🌿
Kasalliklardan himoya va o‘sishni stimulyatsiya qilish orqali gullarni 8 oy emas, hatto 5 oyda ham yetishtirish mumkin! 🌼⏱️
👩‍🌾 Dehqonlar bunga katta qiziqish bildirishdi va hamkorlikda ishlashga kelishib oldik. Tajriba uchun gullardan ham oldik! 🌹🔬
Yurtimiz dehqonlariga ilmiy yondashuv bilan ko‘mak berishda davom etamiz!
🔬 Fundamental va amaliy tadqiqotlar institutining kichik ilmiy xodimi Xitoyda xalqaro ilmiy safarda! 🇨🇳

Davronjon Izzatulla Õğli, Resurs tejovchi texnologiyalar laboratoriyasining kichik ilmiy xodimi, ayni paytda Xitoyning Shenzhen shahrida qisqa muddatli xalqaro ilmiy safarda bo‘lib turibdi.

🗓 Ushbu tashrif 2025-yil 15-maydan 2-iyungacha davom etadi va Xitoy Fanlar Akademiyasining Shenzhen ilg‘or texnologiyalar instituti (SIAT) tomonidan mezbonlik qilinmoqda. Tadqiqot professor Zhitong Chen rahbarligida olib borilmoqda.

Hamkorlik loyihasi zamonaviy tibbiy qurilmalar va biotibbiyot texnologiyalarini ishlab chiqish, xususan saraton kasalligini davolash protokollari bilan bog‘liq tadqiqotlarga qaratilgan 🧪🧬.

Ushbu tashrif FATIning xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytirish, yosh tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlash va global bilim almashinuvini rivojlantirish yo‘lidagi strategik sa’y-harakatlarining bir qismidir 🌐👨‍🔬

Davronjon Abduvokhidovga Xitoydagi tadqiqot safarida ulkan muvaffaqiyatlar va samarali ilmiy natijalar tilaymiz!
✈️🌟 Ilmiy safarimiz — Xi'an Jiaotong Universitetiga! 🇨🇳

2 yil avval Xitoy–O‘zbekiston innovatsion dasturi doirasida Plazma yordamida saratonni davolash bo‘yicha amaliy loyiha yutib olgan edik. Loyhamiz Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan moliyalshtirildi. Ushbu loyiha bizga immun hujayralarning saraton hujayralarini yo‘q qilishdagi rolini o‘rganish imkonini berdi 🔬🧫

Bugun biz Xitoyning qadimiy shahri Sianga yo‘l olmoqdamiz! Maqsadimiz — Prof. Dingxin Liu bilan yaqindan ilmiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish. Ushbu guruh plazmani bio-fanlarda qo‘llash bo‘yicha faol tadqiqot olib boradi: plazma yordamida saratonni davolash, surunkali yaralarni bitkazish, plazma aktivlashtirilgan suv tayyorlash va boshqalar 💧🧬

Bu safarda men bilan birga shogirdlarim — Oybek Shukurov va Javohir Xursandov ham bormoqda. Bunday safarlari yosh olimlar uchun nihoyatda muhim — ular nafaqat ilmiy salohiyatni oshiradi, balki xalqaro hamkorlik va tajriba almashish imkonini yaratadi 🌍👨‍🔬👨‍🔬

Ilm-fan sari yangi qadam tashlashga va Sianning boy tarixini kashf etishga tayyormiz! 🇨🇳🏯
2025/07/01 11:08:43
Back to Top
HTML Embed Code: