Grin karta o’ynash sal qolsa esdan chiqib qolar ekan. Dedlaynga 2 kun qolganda essimga tushdi.

Hozirgina Wallgreens’ga borib rasmga tushib keldim. Texnik sozlamalari va rasm sifatini biometrik pasport, viza standardlariga to’g’rilab berar ekan. Hattoki mayda detallarigacha, yuz holati, ko’z, bosh va hatto tabassum neytralligini tekshirib ko’radi.

Rasmga tushgach, menga faqat elektron formatda kerak ekanini aytdim. Tayyor bo’lguncha magazinni 10 daqiqa aylanib turishimni so’rashdi. Tayyor bo’ldi. Paketni ochib ko’rsam, rasmni ham fleshkaga joylab beribdi. Narxi esa $6, va bu kutilganidan arzon menimcha.

Menga yoqdi. Buni servis desa bo’ladi.

@copypaste
Amerikada ham monopoliyalar bor. Masalan, USPS (davlat pochtasi) pochta yetkazishda eng katta monopol hisoblanadi. Aniqrog’i, Kongress qarori bilan nechi yillar avval qonuniy ravishda monopollashtirilgan tashkilot.

Rasmdagi xat qutilar (mailbox) barcha uy, ofislarda o’rnatiladi. Eng qizig’i, UPS, FedEx, Amazon va boshqa xususiy kompaniyalar ulardan ko’ra judayam zo’r, tezkor servis ko’rsatadi. Lekin USPS dan boshqa hech qaysi pochta xizmati xatlarni rasmdagi mailboxga qo’yishga haqqi yo’q. Ana xolos!
Uyga kelib, mailboxga ko’zim tushib qoldi. Mana o’sha men aytgan xat qutilari. FedEx kuryerlari mailboxlarni ocha olmaydi. Shuning uchun eshik tagiga yoki yerga tashlab ketishadi. Chunki kalit faqat USPS kuryerlarida bo’ladi.
Universitet podkastiga taklif qilishdi. Qiziqarli mavzular haqida gaplashdik. Xorijiy talaba, osiyocha madaniyat va immigrant perspektivasidan ba’zi tajriba va fikrlarimni gapirib berdim.

Spotify uchun havola:

https://open.spotify.com/episode/7CpKIqCitFoBLdaW9KgGVh?si=-zQR6yaATqu1UoWNZIJETw
Charles Bukowskining shu filosofiyasini judayam ko’p muhokama qilaman va hurmat qilaman. Vaqtingiz bo’lganda mulohaza qilish uchun yaxshi fikr.

“The whole problem with the world is that fools and fanatics are always certain of themselves, but wiser people so full of doubts”

Shuning uchun inson doim adashadi hamma joyda. Xattoki sohasida 10 yillab tadqiqot o’tkizgan olimlar ham o’z fikrlarini inkor qiladi. Ammo qizig’i shundaki, ular (aqlli insonlar) hozirgi aytayotgan fikrlari vaqti kelib noto’g’ri bo’lishi mumkin ekanini ham tan oladi. Chunki bilganlarimiz doim chegaralangan. Demak hech qachon fikrlarida 100% to’liq ishonch bilan tura olmaydi. Lekin yoshligimizdan bizga o’z fikringda doim qat’iy tur, doim to’g’ri deb bil deb o’rgatishgan. To’g’ri, judayam keng va mavhum tushuncha. Ammo og’riqli haqiqat ham shunda.

P.S: Rasmda aroqxo’r Bukowski va baxtsizligi tasvirlangan

#mulohaza
Bir necha oy avval radarga tushganim haqida yozgan edim.

Afsuski, jarimani kechirishibdi. Eski parking jarimadan boshqa hammasi joyida. Ogohlantirish berilibdi xolos. Tezlashganimni bilib o’zim darxol sekinlaganim uchun balki kechirishgandur. Kim bilsin. Chunki bundan avvallari svetofordagi kameralarga ham bir necha bora tushgan edim. Atay qilmaganman. Rostan ulgurmay qolganman yoki yo’lni o’rtasida propka bo’lib qolishini oldini olish uchun qizilda yurganman. Hecham jarima kelmagan. Har xolda, kameraga tushding degani bo’ldi aniq jarima to’laysan degani emas. Buyerda radar, kameralarni odamlar tekshirib keyin xulosa qiladi. Shuning uchun inson faktori doim hisobga olinadi. Boshqa odamlarga zarar keltiradigan kattaroq muammoni oldini olish uchun kichik bir qoidani buzish mumkinku.

@copypaste
Yuqoridagi birinchi rasm bir necha kun avvalgi.

Siyosiy yangiliklarni kuzatmayman, agar kelajagimga ta’siri bo’lmasa. Lekin yaqinda Kongressda immigratsiyaga oid yangi akt taklifi qo’yilganini eshitdim. O’qib, o’rganib chiqdim. Keyin mahallamizdan saylangan Kongress a’zosi (deputat) Mike ismli amakiga o’sha qabul qilinayotgan immigratsiya akti bo’yicha o’zimning fikrimni yozdim. Unda Amerikada immigrantga aylanmoqchi bo’lganlar uchun muammolar paydo bo’lishi, 2-3 yilgi protseslar 5-6 yilgacha cho’zilish mumkinligi haqida qisqacha fikrlarimni yozgan edim. Ushbu qarorga esa ovoz bermaslikni so’ragandim.

Ikkinchi va uchinchi rasm.

Bugun o’sha yozgan xabarimga javob beribdi. Umuman bu akt nima uchun kerakligi, qanaqa o’zgarish bo’lishigacha. Hali imzolanmagani, hali ham protsesda ekanini eslatib ham qo’yibdi. So’z erkinligi va tizim ishlab turibdi. Mana oddiy xalq fikrini eshitadigan deputat ham bor. Gapirib chiqa oladigan xalq kerak faqat.

P.S: immigratsiya akti qabul qilingani yo’q va vaqtinchalik pauzaga qo’yildi.
Kechqurun soat 10 va ertalabki 6 orasida poyezd signal chalmaydi. Oddiy. Odamlar uxlaydi, bezovta bo’ladi.
Bugun darsda sociology professorning aytgan gapi essimga tushib ketdi:

“United States is only major capitalist country in the world. Healthcare is totally capitalist. The college is also capitalist. Banks are capitalist. Once you buy a house and furnish it, you’ll end up paying during your whole life.

So, congratulations you guys are ultimate generation who will be screwed up in the next future”

(He giggled at the end)
Mediani kuzatdim. Oxirgi 2 kun ichida Kaliforniyada 3 ta mass shooting (ommaviy otishma) bo’ldi. Jami 22 ta odam vafot etgan, bilishimcha. Bunday otishmalar oddiy holatga aylanib qolgani judayam achinarli. Sababi qurol erkinligi bor. Shuni ortidan #1 jinoyat turi - qurol ishlatilgan jinoyatlar turadi. Shunchaki daxshat.

Endi bir raqamga qarasak. 2022-yilgi CNN tadqiqotda yozishicha, Amerikada 3/10 odam shaxsiy quroliga ega. Ulardan 67% yoshligidanoq uyida qurol ko’rib yoki ishlatib katta bo’lgan. Agar Amerikadagi barcha shaxsiy qurollarni taqsimlasa, har 100 ta odamga 120 qurol to’g’ri keladi. Xattoki o’zim taniganlarim va statistikani solishtirsam ham, nisbiylik rostan haqiqatga juda yaqin. Bunisiga nima deysiz.

@copypaste
Amerikadagi universitet IT kurslari keraksiz narsalarni o’rgatadi(mi)?

Hozircha, Amerika universitetlari (aniqrog’i aynan o’zimning universitetim) dagi Computer Science darslari haqidagi insaytlarim bilan bo’lishaman.

Ta’lim yo’nalishi bo’yicha tushuncham kengayib boryapti. Dastlab, ko’pchilik CS darslaridan texnik tushunchani, kod yozishni va birdan dasturlash sohasiga kirib ketishni kutadi (men ham). Aslida tizim ko’proq “general” fokusda ta’lim berishga qaratilgan. Ya’ni 4 yillik CS kursini bitirgan student, o’qishni tugatiboq qaysidur frontend dasturchi sifatida ishga kira olmaslik ehtimoli ancha baland. Chunki universitet dasturlash bootcamp emas, kurslarni bitiriboq, Python dasturchiga aylanib, ma’lum tajriba bilan ish qidirish uchun. Ta’lim radiusi juda keng, aynan dasturlashni emas balki sohaga doir deyarli hamma sohani qamraydigan tushunchani bera oladi xolos. Natijada tahminiy ideal talaba - kod yozish, menejment, grafika, devops va hakozolardan bir tomchidan xabari bor, kurs ishida bajargan loyihalar Githubga joylangan. Bu esa, ish beruvchilar uchun ideal kandidat emas degani.

Hozirgi paytda, CSS-100 kursida (HTML, CSS emas) metafora ishlatishni o’rganyapmiz. Ingliz tili darsi emasku bu, jiddiyroq atamalarga vaqt ajrasak bo’lmaydimi?! Dasturchi bo’laman degan odamga buni nima keragi bor degan tanqidiy fikr ham keladi. Yo’q, maqsad - ITdan umuman xabari bo’lmagan odamga texnik atamalarni sodda va tushunarli tilga tushuntirish. Kuzatishimcha, bu eng muhim lekin e’tiborga olinmaydikan skill IT sohasida. Faqat kod yoza oladigan introvert odam kompyuter nerdga aylanib qoladi.
Rasmga izoh: CS darsida multfilm ham ko’rish imkoniyati ham bor, mazza!
While waiting for my sandwich pickup, I came across these thoughts on the wall. Bitter truth, isn’t it?
Soqqa mode is ON. $20/mo for Plus plan

I’ll stick to free plan anyway. Thank you for working on my college assignments, however!

Pro lifehack: Never use your brain, use ChatGPT instead
Google rekruiterini savolga tutdim

Kecha Anthony ismli bolani uchratdim. Chikagodagi Google filialida rekruiter bo’lib ishlar ekan. Tahmiman 30 minutlik yo’lda Google’dagi oyliklar, texnik intervyular hattoki o’zimning rejalarim haqida gaplashib ketdik. Quyida bir nechta essimga kelgan insaytlarim. Foydali bo’ladi deb umid qilaman.

Eng birinchi mif — Googlega kirish juda qiyin. Uni aytishiga qaraganda universitetni bitirib, katta tajribasiz ham Google’ga kontrakt pozitsiyasiga kirib olsa bo’lar ekan. Faqat bir jihati borki, kontrakt tugaguncha kelishilgan natijani bajara olish kerak. Keyin doimiy (full-time) ishga qabul qilinadi.

1. Men dasturchiman va menga o’xshaganlar ish bozorida judayam ko’p. Googledek kompaniyaga bitta pozitsiyaga yuzlab-minglab odamlar ishga topshiradi. Saralashdan o’tib olish ham qiyin masala. Boshqalardan ajralib turishim qaysi kriteriyalarga e’tibor berishim kerak deb so’radim.

— “Rekruiter sifatida, 1-screening intervyuda bizga eng qiyin jarayon yaxshi dasturchilarni saralab olish. Chunki aniq bir o’lchov bilan kandidatni yaxshi dasturchi ekanini bila olmaymiz. Agar butun karyerasi davomida necha liniya kod yozgani o’lchov kriteriyasi bo’lganida, bu oson bo’lar edi. Ko’pchilik 100 ta loyihalarni qilganman deb sanab beradi. Lekin bu jamoaviy ish, unda kichik yoki judayam katta hissa qo’shish mumkin. Lekin aynan menga qiziq joyi kandidatni o’sha bitta loyihada nima ish qilgani, qaysi skill bilan loyihani sezilarli rivojlantira olgani. Lekin ko’pchilik shuni tushuntirib bera olmaydi. Men shularga ko’proq e’tibor beraman. Bizda dasturchilar uchun har doim ish bo’lgan”

2. Qanaqadur sen taklif qiladigan oson yo’li bormi? Hech bo’lmasa intervyu darajasigacha borib olish uchun deb so’radim.

— “Referral. Agar bilsang Google ishchilarining 40% referral orqali kelgan. Google’da ishlaydigan do’stlaring bormi? Referral so’ra. Do’sting ham hech bo’lmaganda $5000 referral bonus ishlab oladi sen orqali. Pulni ikkiga bo’lishib, ziyofat qilishsang meniyam chaqirgin” deb kulib qo’ydi.

@copypaste
These are what called “hidden fees” we have been paying for. Almost no cell phone services tell that until you check monthly bill.

I never knew even 911 charges $5 every month. Habibi, you’re living in the states, so nothing is free
Goat is goat. But, not in front of IRS

It’s like you’re supposed to get paid $55 million paycheck in contract. In reality, you can touch only $31.7 mln of it. The rest is tax. Luckily, Florida is zero-income tax state
2024/04/29 19:40:48
Back to Top
HTML Embed Code: