Telegram Web Link
IIB xodimi fuqaroga lavozimi, ism-familiyasi hamda otasining ismini aytishga majburmi?
Ichki ishlar organi xodimi fuqaroga murojaat etganida quyidagilarga majbur:
👉 o'z lavozimini, unvonini, familiyasini, ismini, otasining ismini aytishi, fuqaroning talabiga ko'ra xizmat guvohnomasini ko'rsatishi, shundan so'ng murojaat qilishining sababi va maqsadini ma'lum qilishi;
👉 fuqaroga nisbatan uning huquq va erkinliklarini cheklovchi choralar qo'llanilgan taqdirda, bunday choralar qo'llanilishining sababini hamda asoslarini, shuningdek fuqaroning shu munosabat bilan yuzaga keladigan huquqlari va majburiyatlarini unga tushuntirishi shart.

👉 @darak_uz
O'zbekistonda tez kunlarda o'zini-o'zi band qilganlik guvohnomalari joriy etiladi

O'zbekistonda o'zini-o'zi band qilganlik guvohnomasi joriy etiladi, shu kunlarda yangi tizimga doir hujjat chiqishi kutilmoqda, deb xabar qildi Sputnik O'zbekiston muxbiri Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbievdan olingan ma'lumot asosida.

"Bir-ikki kunda bu hujjat chiqib qoladi. Fuqarolarimizning aksariyati norasmiy mehnat turi bilan band - deylik uyida repetitorlik yoki frilanserlik qilishadi, qurilish ishlarida, qishloq xo'jaligi sohasida mehnat qilishadi va bir martalik ish turlari bilan bandlar ham ko'pchilikni tashkil etadi.

Albatta, bu fuqarolarimizga, ular rasmiy sektorga o'tishlariga imkoniyat berishimiz. Yangi tizim norasmiy sektorda o'zini-o'zi band qilgan fuqarolarga stajni rasmiy sotib olish imkonini taqdim etadi", - dedi Kudbiev. Vazir ushbu yangi tizim mehnat munosabatlari sohasida haqiqiy katta siljish bo'lishiga ishonch bildirdi
👉@darak_uz
Hindistonda anomal issiqlik va qurg'oqchilik hukm surmoqda

Hindistonning Karnataka va shu kabi bir nechta viloyatlarida anomal issiqlik hamda qurg'oqchilik hukm surmoqda, deya xabar qilmoqda Report nashri. Bu holat, ayniqsa, fermerlarga katta zarar keltirmoqda. Suv hamda oziq-ovqat yetishmovchiligi tufayli fermer xo'jaliklarida qoramollar halok bo'lmoqda yoki kasallikka chalinmoqda.

Ziyondan qochish maqsadida fermerlar ularni arzon narxlarda sotib yuborishga majbur bo'lishyapti. Dehqonlarning so'zlariga ko'ra, ekinlarni sug'orish u yoqda tursin, ichish uchun ham yetarli suv yo'q.

👉 @darak_uz
2 milliongacha odam ochlikdan halok bo'lishi mumkin​

BMT ma'lumotiga ko'ra, shu yil yoz fasli oxirigacha Somalida 2 milliongacha odam ochlikdan halok bo'lishi mumkin
"Associated Press" agentligi xabarida aytilishicha, BMT bosh kotibi o'rinbosari Mark Loukok Somalidagi qurg'oqchilik oqibatlarini bartaraf qilish uchun 700 million dollarlik favqulodda yordam talab qilinishini aytgan.

Hozir u yerda so'nggi 35 yildagi eng kuchli qurg'oqchilik hukm surmoqda , dedi u. Loukok dunyo hamjamiyatini Somaliga zudlik bilan ko'mak berishga chaqirdi.

👉 @darak_uz
Rossiyada farzand ko'rgan ayollarga qancha mablag' berilishini bilasizmi?

Rossiyada 2020 yil 1 yanvardan boshlab farzand ko'rgan onalarga to'lanadigan mablag' miqdori yana oshiriladi, ya'ni 470 ming rublga yetkaziladi.
Bu 7230 dollar degani. Bu haqda Mehnat va ijtimoiy himoya vaziri Maksim Topilin Sankt-Peterburgda o'tkazilayotgan xalqaro forumda ma'lum qilgan.

Bugungi kunda farzand ko'rgan onalarga 453 ming rubldan (6969 dollar) berilmoqda. Farzand ko'rgan onalarga pul to'lash dasturi Rossiyada 2007 yildan beri ishlab kelayapti. Ushbu mablag' asosan ikkinchi yoki navbatdagi farzand tug'ilganda beriladi. Pul mablag'lari farzand ko'rgan ayolning hisob raqamiga o'tkaziladi. Ushbu mablag'ni ayollar uy-joy ta'miri uchun kattaroq summada bir marta yoki farzandlarini tarbiyalash jarayonida oyma-oy belgilangan summada olishlari mumkin. Bugungi kungacha 9.2 oila ushbu mablag' sertifikatini olishga muvaffaq bo'ldi. Ularning aksariyati o'z mablag'larini uy-joyini ta'mirlashga ishlatgan bo'lsa, bir qismi esa bolasini boqish uchun oyma-oy belgilangan so‘mmada olayapti.

👉 @darak_uz
Қарши шаҳар прокурори ўринбосари пора билан ушланган. Буни ИИВ ва Прокуратура яширганми?

Батафсил:
👉 https://nnews.uz/?p=2008

Телеграм:👉 @nasafnewsuz
Yo‘l-transport hodisasiga uchragan haydovchi nima qilishi lozim?

Adliya vazirligi kanalida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lganda haydovchilar nimalar qilishi lozimligi haqida ma’lumot berib o‘tildi. Unga ko‘ra haydovchilar quyidagilarni bajarishlari shart:

— transportni to‘xtatishi, avariya ishoralarini yoqishi va avariya sababli to‘xtash belgisini o‘rnatishi, transportni va hodisaga daxldor buyumlarni joyidan qo‘zg‘atmasligi;

— shikastlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish choralarini ko‘rishi;

— tez tibbiy yordam va favqulodda qutqaruv xizmatlarini chaqirishi;

— shoshilinch hollarda shikastlanganlarni yaqindagi shifoxonaga boshqa transportda jo‘natishi, buning imkoni bo‘lmaganda o‘z transportida olib borish va hodisa ro‘y bergan joyga qaytib kelishi;

— boshqa transportlarning harakatiga to‘sqinlik qilsa qatnov qismini bo‘shatishi;

— hodisa haqida ichki ishlar organlariga xabar berishi, guvohlarning ism-sharifini va yashash manzilini yozib olib, ichki ishlar xodimlarining kelishini kutishi.

👉@darak_uz
Putin Rossiyani nega maymunga tenglashtirdi?

Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh va Xitoy o'rtasidagi iqtisodiy urushni yo'lbarslar jangiga qiyosladi. Rossiyani esa yo'lbarslarni kuzatib turgan aqlli maymun deb atadi. Bu haqda Forum Daily xabar berdi.

Sobiq ittifoq va AQShning sovuq urushi davrida ommalashgan xitoylik masalga ko'ra, maymun yo'lbars va arslon kurashiga aralashmaydi va ular kuchini yo'qotganidan keyin ikkalasini ham o'ldiradi.

Eslatib o'tamiz, may oyida AQSh Xitoydan mahsulotlariga qo'yiladigan bojni 10 foizdan 25 foizgacha oshirdi. Bundan tashqari, AQSh prezidenti Donald Tramp yaqin kelajakda Xitoyning qolgan barcha importlari uchun bojni 300 milliard dollarga oshirishni buyurgan. Bunga javoban Xitoy 1 iyundan AQSh mahsulotlariga 60 milliard dollar boj o'rnatgan.

👉 @darak_uz
Moskvada politsiya xodimi o'zbekistonlik erkakni otib o'ldirdi…

Rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, yaqinda Moskvadagi «Koptevo» ichki ishlar bo'limiga mast holatdagi o'zbekistonlik erkakni olib kelishdi. U avtomobil rulini boshqarayotib yo'l qoidasini buzganligi uchun qo'lga olingan ekan. Ammo bo'limga kelgach, u kutilmaganda derazadan o'zini tashlab qochdi. Shubhasiz, politsiyachi unga yetib oldi. Ana shu tobda erkak uning yonidagi to'pponchasini tortib olish harakatiga tushdi. Afsuski, shu narsa sabab bo'lib politsiyachi erkakni otib o'ldirdi.

Hozirgi paytda surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Tergov qo'mitasidagilar marhumning shaxsini aniqlashga harakat qilishmoqda,deb yozdi hordiq.uz

👉@Darak_uz
Tan olinmagan davlat

Buyuk Britaniya armiyasidan iste'foga chiqqan mayor Peddi Roy Beyts 1966 yili o'zicha tashlab qo'yilgan Buyuk Britaniya chegara suvlaridan tashqarida joylashgan Rafs-Tauer harbiy platformasini egallab oldi va suveren Silend davlati tashkil qilganini e'lon qildi hamda o'zini knyaz Roy I deb e'lon qildi. Ikki yildan so'ng Britaniya hukmdorlari yosh davlatni zabt etishmoqchi bo'ldilar. Platformaga patrul katerlari yaqinlashib kelganda, knyazlar oilasi havoga ogohlantiruvchi o'q uzdi. Ushbu ish yuzasidan Beytsga nisbatan sud jarayoni mobaynida (Beytsni Britaniya fuqaroligini inobatga olgan holda) sudya ushbu ish Britaniya yurisdiktsiyasidan tashqarida deb qaror qildi. Hozirgi kunda Silend o'z bayrog'i, gerbi, konstitutsiyasi, tangalari va pochta markalariga ega, lekin hech bir davlat tomonidan tan olinmagan.

👉 @darak_uz
Toshkentda keksa ayol va nabira hasharotlarga qarshi doridan zaharlanib vafot etdi

Toshkentning Chilonzor tumanida hasharotlarga qarshi dorilangan uydan keksa ayol va uning nabirasi o'lik holda topildi.
8 iyun kuni soat taxminan 19:30larda Chilonzor tumani 19-daha, 48-uy, 30-xonadondan mazkur xonadonda yashagan fuqaro M. Sharafutdinova (1942 yilda tug'ilgan) va uning nabirasi T. Musaevning (1991) murdalari o'tkir zaharlanish alomatlari bilan topilgan. Bu haqda Toshkent IIBB matbuot xizmati xabar qildi.

Hodisa joyi ko'zdan kechirilganda, uydagi tartib buzilmaganligi, balki xonadonning kirish qismidagi yo'lak, oshxona va yotoqhonalarda hasharotlarni yo'q qilishda ishlov berishda foydalaniladigan kulrangli, kukunsimon moddalar solingan gazeta qog'ozi o'ramlari mavjudligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan o'tkazilgan tergovga qadar tekshiruv davomida, ushbu xonadonda joriy yilning 6 iyun kuni hasharot (suvarak va h.k.)larga qarshi sanitariya ishlov berilgani ma'lum bo'lgan.

Sud-tibbiy ekspertizasining 8 iyundagi dastlabki xulosasiga ko'ra, M. Sharafutdinova va T. Musaevning o'limi noma'lum moddadan o'tkir zaharlanish natijasida yuz bergani, ularning tanasida boshqa biror-bir tan jarohatlari mavjud emasligi aniqlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Chilonzor tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Manba: gazeta. uz
Sartepa maskanidagi 9 qavatli uyning 1 qavatida portlash sodir bo‘ldi

Joriy yilning 8 iyundan 9 iyunga o‘tar kechasi, taxminan soat 00.45 larda Samarqand shahrida 9 qavatli uyning 1-chi qavatida portlash sodir bo‘ldi, jarohat olganlar yo‘q
Ushbu ko‘p qavatli uy 24-sonli o‘rta maktabning yaqinida joylashgan bo‘lib, mahalliy aholi tomonidan "Titanik" deb ataladi.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, voqea sodir bo‘lgan paytda xonadonda hech kim bo‘lmagan. Hozirgi vaqtda uy egasi oilasi bilan chet elda. Vaqti-vaqti bilan opasi kelib uydan xabar olib turgan.
Yong‘in xavfsizligi xodimlari tomonidan yong‘in tezda bartaraf etilgan.
Ayni paytda yong‘inning kelib chiqish sababi va yetkazilgan moddiy zarar aniqlanmoqda.
Toshkentda 19 yoshli o'smir kanalga cho'kib ketdi

Joriy yilning 9 iyun kuni Toshkent viloyatining O'rtachirchiq tumanida yashagan 19 yoshli D.A. Oltio'g'il mahallasidan oqib o'tuvchi O'rtachirchiq-Oqqo'rg'on kanalida cho'milayotib, ehtiyotsizligi oqibatida suvga cho'kib ketgan. O'zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi yozning issiq va jazirama kunlarida taqiqlangan yoki belgilanmagan joylarda cho'milmasligingizni, belgilangan joylarda cho'milgan vaqtingizda ham xavfsizlik chora-tadbirlariga amal qilishingizni so'raydi.
Marg'ilondagi bozor atayin yoqib yuborilganmidi?
Marg'ilon shahridagi xalq tilida TP 3 bozor nomi bilan tanilgan eng katta oziq ovqat va xalq xo'jaligi mollari savdosiga ixtisoslashgan bozor bugun tungi soat 2:00 dantongi 5:00 gacha yonib kul bo'lgan edi.

"Xalq so'zi onlayn"ning yozishicha, yong'in sodir bo'layotgan vaqtda bozor atrofini ichki ishlar organlari xodimlari halqa shaklida o'rab olgan.

8 ta yong'in o'chirish mashinalari yong'inni tongacha bartaraf eta olmagan. Hududda minga yaqin savdogarlarning mollari yonib kul bo'lgan.
Norasmiy ma'lumotlarga qaraganda,bu bozor sobiq traktorlarni ta'mirlash zavodi binolarida joylashgan. Hech bir bino maxsus bozor uchun mo'ljallab qurilmagan.O'sha paytlarda zavodning hamma uskunalari kesilib sotib yuborilgan va o'rniga boshqa yongan kombinat bozori ko'chirib kelingan edi. Kombinat bozori ham xuddi shunday sobiq Ip yigiruv kombinati binosida joylashgan edi. U erda o'sha paytlarda xalq qarshiligi bilan oziq ovqat savdosini yo'qotisha olmagach, bugungidek u yerda ham yong'in chiqarilgan. Tasodifmi yoki atayin qilinganmi, bunisi qorong'u. Lekin savdogarlar tarixda bo'lgani kabi muntazam qarshiliklar jarayonida yong'in kelib chiqqan. Bozordagi yong'in sabablari va oqibatlari haqida hozircha hech qanday rasmiy ma'lumotlar yo'q.
MIBchilar g‘aroyib «ulanish»ni aniqladi: bunaqasi bo‘lganmas...

Majburiy ijro byurosining Shofirkon tuman bo‘limi xodimlari elektr tarmog‘iga noqonuniy ulanishning antiqa usulini aniqlashdi.Bu haqda xabar.uz yozdi.

Tumanning «Rabotcha» qishlog‘ida istiqomat qiluvchi U.H. nima qilibdi deng? U uyining shundoq tumshug‘idagi simyog‘ochning beton ustun bilan biriktirilgan joyi orasidan 3 fazali elektr kabellarini o‘tkazib, uni yer ostidan uyigacha tortib keladi. Ko‘z ilg‘mas bu «ixtiro» xonadon egasiga elektr energiyasidan tekin foydalanish imkonini berib kelgan.

Biroq hisobni bo‘ri yegani yo‘q. Holat aniqlanib, hisob-kitob qilingandiki, bunday o‘zboshimchalik natijasida davlat manfaatlariga 95.976.000 so‘mlik zarar yetibdi.

Mazkur holat yuzasidan U.H. nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tegishli harakatlar olib borildi, albatta. Biroq sudda jinoyat ishi tugatildi.

Nega?

Chunki, zarar qoplandi, fuqaroviy da’vogarga shu kerak-da. Zarar qoplanib, hech kimda da’vo qolmadi
Ana xolos! Saudiya Arabistonida soyada 50 daraja harorat qayd etildi

Saudiya Arabistoni sharqida harorat kunduzgi vaqtda soyada 50 darajaga etmoqda, deb xabar berdi "Xabr Ajil" portali meteorolog Hasan Karaniyga tayanib.

"Termometr quyosh ostida 53 daraja, soya ostida esa sharqiy va ayrim g'arbiy hududlarda 50 darajagacha ko'rsatkichni qayd etdi", - dedi Karaniy. Saudiyalik ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ko'chadagi elektron tablo 55 daraja haroratni ko'rsatgani qayd etilgan videoyozuvlarni joylashmoqda.

Shu bilan birga, mamlakat janubi-g'arbi va shimolida yomg'irlar yog'ishini aytishmoqda.
Kun fotosi: Bankomat ko'rgazma uchun o'rnatilganmi?
Samarqand shahrining Pochta ko'chasida o'rnatilgan Qishloqqurilishbank ATBga tegishli bankomat bir necha kundirki, mijozlarga xizmat ko'rsatmayapti. Bu haqda O'zA yozmoqda.
Foydalanuvchilarning so'zlariga ko'ra, bunday hol tez-tez takrorlanib turarkan. Savol tug'iladi: bankomat nima maqsadda o'rnatilgan? Haftada bir kun xizmat ko'rsatib, qolgan vaqt ko'rgazma vazifasini o'taydimi yo?
Xitoylik eri tomonidan kaltaklanib, homilador bo'lishga majburlangan andijonlik qiz O'zbekistonga qaytarildi

Jurnalistlardan yordam so'ragan andijonlik 25 yoshli Shodiyona Davlatova O'zbekistonga qaytarildi, deb xabar berdi CA-News. Qiz Xitoy fuqarosiga turmushga chiqqan bo'lib, xitoylik erining zo'ravonligi va tazyiqlaridan shikoyat qilgan.
Uning so'zlariga ko'ra, turmush o'rtog'i uni xonaga qamab, kaltaklagan va homilador bo'lishi uchun tabletka, in'ektsiya ko'rinishidagi noma'lum dorilarni iste'mol qilishga majburlagan.
Shodiyona o'zbekistonlik diplomatlar yordamida O'zbekistonga qaytarilgan uchinchi qiz bo'ldi. Avvalroq xitoylik yigitga turmushga chiqqan namanganlik Saida O'zbekistonga qaytish uchun jurnalistlardan yordam so'ragan edi. U ham turmush o'rtog'i tomonidan zo'ravonlikka uchraganidan shikoyat qilgan. Qiz O'zbekistonning Xitoydagi elchixonasi hamda Xotin-qizlar qo'mitasining sa'y-harakatlari bilan 19 fevralda Vatanga qaytarilgan.
2050 yilga borib O'zbekiston aholisi 40 milliondan oshadi!

Bilasiz, O'zbekiston — Markaziy Osiyo davlatlari orasida eng ko'p aholiga ega mamlakat. Yaqin kelajakda ham bu gegemonligimizni biror bir qo'shni mamlakat tortib ololmaydigan ko'rinadi.

Tadqiqotlarga ko'ra, 2050 yilga borib yurtdoshlarimiz soni 41 milliondan oshadi. Bu paytda Qozog'iston aholisi 23 million, qirg'izistonliklar 8,1 million, tojiklar 14,5 million, turkmanlar esa 7,8 millionga yetadi.

Aholimiz sonining muntazam va barqaror oshib borayotgani bizning yutug'imiz, shunday emasmi?!
Ўзбекистон хизмат кўрсатган артист Гулбаҳор Йўлдошева вафот этди

Батафсил:
👉 https://nnews.uz/?p=2045

Телеграм:👉 @nasafnewsuz
2025/07/14 15:23:09
Back to Top
HTML Embed Code: