Telegram Web Link
IShID iskanjasidagi 101 o'zbek bolasi. Ular qanday qutqarildi?
Kecha, 30 may kuni Yaqin Sharq mintaqasidagi qurolli mojarolar davom etayotgan hududlar, xususan, Suriyadan 156 nafar O'zbekiston fuqarosi davlat ko'magida Vatanga qaytarildi. Qaytarilgan o'zbekistonliklarning 48 nafari ayol, 101nafari bolalar. Ular hozirda Toshkent viloyatidagi sanatoriylardan biriga joylashtirilgan va u erda tegishli vazirlik hamda idoralar tomonidan kerakli yordam ko'rsatilyapti. Ijtimoiy tarmoqlarda esa Suriyadan keltirilgan ayollar va bolalarga munosabat turlicha bo'ldi. Qayd etilishicha, o'zbekistonliklar Suriya poytaxti Damashqdan 800 km uzoqlikdagi Qamishli shahridagi Al-Xol lagerida og'ir ahvolda yashab kelgan.
Mehr dasturini amalga oshirishda ishtirok etgan O'zbekiston Respublikasining Dubaydagi bosh konsuli Alisher Salomovning so'zlariga ko'ra, bu tadbirlar davom ettiriladi. Bu operatsiya Suriya Arab Respublikasining tegishli idoralari va Qizil xoch tashkiloti bilan birgalikda amalga oshirilyapti.
#Кун маълумоти
Жаҳон соғлиқни сақлаш ташкилоти (ЖССТ) ҳисоботига кўра, 2018 йили тамаки чекиш оқибатида сайёрамиздаги 8 миллион киши вафот этган.

Шунингдек, ташкилот хабарига кўра, яна 1 млн. киши пассив чекиш оқибатида дунёдан кўз юмган.

Тамаки таркибида инсонни аста-секин ўлдириб борувчи 4 мингдан ортиқ заҳарли моддалар бор.

Чекишдек зарарли одатнинг шаклланиши тамаки саноатининг бўйнида: сайёрамиздаги 1 млрд. 200 млн. (!) киши кашанда ҳисобланади, ҳар иккинчи бола пассив чекишга одатланган.

👉 @darak_uz
Shimoliy Koreyaning yuqori martabali mulozimi aeroportning o'zida otib tashlangan
Shimoliy Koreaning AQShdagi maxsus vakili Kim Hyok Chol AQShga josuslikda ayblanib, tashqi ishlar vazirligining to'rt mulozimi bilan birga Pxenyanda aeroportning o'zida so'roq qilinib,otib tashlangan. Janubiy Koreyaning "Chosun ilbo" gazetasining yozishicha, Kim Hyok Chol Shimoliy Koreya lideri va AQSh prezidentining Xanoydagi uchrashuviga tayyorgarlik ko'rgan.
Kim Chen In navbatdagi tozalovni boshlab yuborgan ko'rinadi. Kim Hyok Chol bilan birgalikda muzokaralarga tayyorgarlik ko'rgan Kim Song Xe siyosiy mahkumlar lageriga yuborilgan. Mamlakat lideriga muzokarada tarjimonlik qilgan Shin Xe Yong tarjimada adashib ketgani uchun siyosiy mahbuslar lageriga qamalgan. Kim Chen Inning singlisi, mamlakatdagi eng ta'sirli shaxslardan bo'lgan Kim Yo Chjon ham Xanoy uchrashuvidan keyin yo'qolib qolgan.
Shimoliy Koreyaning "Rodong sinmun" gazetasi shunday yozadi: Boshqalar oldida liderga hurmat ko'rsatish, boshqa payt boshqa narsalarni o'ylash aksilpartiyaviy, aksilinqilobiy harakat bo'lib, bu bilan liderga nisbatan axloqiy sadoqat yo'qoladi, bunday odamlar inqilobning og'ir hukmidan qochib qutula olmaydi... Liderga sadoqatini aytib, ammo sharoitga qarab o'zgaradigan betayinlar, xoinlar bor . Kim Chen In 2011 yili davlat tepasiga kelgandan beri bir necha marta tozalashlarni amalga oshirdi. 2013 yili u hatto o'zining amakisi va ustozi Yang Song Tekni ham qatl qildirgan. U hatto fe'l-atvori hurmatsizlikdek ko'ringanlarni ham shafqatsiz jazolagan. 2016 yili xalq ta'limi vazirligining yuqori martabali mulozimi Ri Yong Jin majlisda uxlab qolgani uchun o'limga hukm qilingan. Shundan bir yil avval Shimoliy Koreyaning sobiq mudofaa vaziri Xyon Yong Chol havo hujumiga qarshi raketa bilan o'ldirilgan. Uning ham aybi harbiy parad vaqtida mudrab qolgani bo'lgan.

👉 @darak_uz
Abiturientlar 3 ta yo‘nalishga hujjat topshirsa, to‘lovi ham ortadimi?

— Bu yilgi o‘zgarishlarga ko‘ra, oldingi yillarda ta'lim muassasalarini tugatgan abiturientlar hujjat topshirganda eng kam ish haqining 50 foizini to‘lashi belgilandi. Agar abiturient 3 ta yo‘nalishga hujjat topshirsa-chi, eng kam ish haqining bir yarim baravarini to‘laydimi?

Otabek TOShEV.Navoiy viloyati.

— Bu borada bizga ham savol yo‘llayotganlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Shuni alohida ta'kidlash lozimki, abiturient nechta ta'lim yo‘nalishini tanlashidan qat'i nazar, bittami, 2 ta yoki 3 tami, to‘lov miqdori o‘zgarmaydi. Eng kam ish haqining 50 foizini to‘laydi, xolos. To‘lovni amalga oshirish mexanizmlari tegishli davlat organlari bilan hamkorlikda ishlab chiqilmoqda.

👉 @darak_uz
Sog'liqni saqlash vazirligi restoranlarda kalyanlarni taqiqlashni yoqlab chiqdi

Sog'liqni Saqlash vazirligi jamoat ovqatlanish joylarida kalyanni chekishni taqiqlash g'oyasini qo'llab-quvvatladi, chunki ilmiy tadqiqotlar uning mehmonlar va ishchilarining sog'lig'iga nisbatan sezilarli darajada zarar etkazishini isbotladi.
Bu haqda Rossiya Sog'liqni saqlash vazirligining matbuot xizmati xabar tarqatdi. Sog'liqni saqlash vazirligining matbuot xizmati ilmiy tadqiqotlar bilan bog'liq ravishda, kalyanni chekish yurak tezligi, qon bosimi va o'pka funktsiyalarining pasayishi bilan bog'liqligini aytib, bu shuningdek, bosh, qizilo'ngach, o'pka o'smasi va immunitetning o'zgarishiga olib kelishini ta'kidlab o'tdi.

👉 @darak_uz
Xalq ta’limi vazirligi boshqa binoga ko‘chib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining yangi binosida qurilish-ta’mirlash ishlari yakuniga yetgunga qadar vaqtinchalik Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Toshkent hududiy markaziga ko‘chdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Xalq ta’limi vazirligining vaqtinchalik binosi Toshkent shahri, Mirobod ko‘chasi, 14-uyda joylashgan. (Mo‘ljal – O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi yoki Yakkasaroy FXDY).

Ko‘chish munosabati bilan Xalq ta’limi vazirligining telefon raqamlari vaqtinchalik faoliyat yuritmaydi.

Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Toshkent hududiy markazi yozgi ta’til vaqti davomida Toshkent shahri, Bobur ko‘chasi 9-uyda vaqtinchalik joylashadi.

Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Toshkent hududiy markazining iyun oyida rejalashtirilgan darslari Toshkent shahridagi bir necha maktablarda bo‘lib o‘tadi. Ta’til tufayli iyul va avgust oylarida darslar bo‘lmaydi.

Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz, deyiladi xabarda.
👉@darak_uz
Қаршида Қушлар ва Гуллар фестивали бошланди (Фото)

Батафсил:
👉 https://nnews.uz/?p=1921

Телеграм:👉 @nasafnewsuz
O'zbekistonliklar dam olish kuni ham ishlashga majbur qilinib, oyliklaridan ushlab qolinmoqda
O'zbekiston Adliya vazirligi tomonidan respublika fuqarolarining mehnat huquqlariga rioya etilishini o'rganish bo'yicha tadqiqotlar o'tkazildi.
So'rov natijalariga ko'ra, o'zbekistonliklar dam olish kunlari va bayram kunlari ishlashga majbur bo'lmoqda.
Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Adliya idoralari yashirin anketa va test usullarini qo'lladi va 100 mingdan ziyod fuqaro bilan suhbat o'tkazdi. Buning natijasida ular O'zbekistonda ishchilarning ish jadvallariga rioya qilinmasligi, odamlar qo'shimcha ish haqisiz ishdan tashqari ishlarga jalb qilinayotganligi, ish haqi miqdorini inobatga olmasligi va etarli mehnat sharoitlari bilan ta'minlanmagani ma'lum bo'ldi.

Fuqarolarning mehnat huquqlariga rioya qilmaslik mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarga va O'zbekistonning xalqaro hamjamiyatdagi maqomiga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin deyiladi xabarda.

Adliya vazirligi qonunga ko'ra, haftasiga olti kun ishlaydiganlarning kundalik ish davomiyligi etti soatdan oshishi, besh kunlik ish haftasida esa sakkiz soatdan oshmasligi kerak. Ishdan tashqari xizmat faqatgina xodimning roziligi bilan qo'llanilishi mumkin. Shu bilan birga, qo'shimcha ish vaqtida ish haqi ikki barobardan ham kam bo'lmagan miqdorda to'lanadi.
Tadqiqot natijalariga ko'ra, hafta oxirida va bayramlarda ishchilarni majburiy ishda jalb qilish bank va moliya (32,1%), ta'lim (30,5%) va sog'liqni saqlash (28,2%) sohasida keng tarqalgan. Bunday tartibbuzarliklar Samarqand (40,5%), Andijon (34,5%) va Toshkent (32,9%) viloyatlariga to'g'ri keladi. Bundan tashqari, ishchilarning xizmat vazifalariga kirmaydigan topshiriqlarni bajarishga jalb qilish, ularning roziligisiz amalga oshirilishi taqiqlanadi.

👉 @darak_uz
Qorako‘lda yoshlar o‘rtasida ikki kunlik janjal qotillik bilan yakun topdi

Qorako‘lda bir guruh yoshlar tomonidan ikki kun davom etgan bezorilik harakatlari yosh yigitning o‘ldirilishi bilan yakun topgan va qotilga nisbatan 10 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi qo‘llanilgan.
Bu haqda Jinoyat ishlari bo‘yicha Qorako‘l tuman sudi raisi Jalol Sadirov ma'lum qildi
Qorako‘l tumani fuqarolari 1991 yilda tug‘ilgan Asror Iskandarov hamda 1997 yilda tug‘ilgan Botir Jumaevlar Navoiy shahridan mehmon bo‘lib kelgan Mohir Tolibov va uning qorako‘llik do‘sti Azizbek Bahodirov bilan tuman markazidagi kafelardan birida tamaddi qilgan.
Arzimas sabab bilan chiqqan janjal oqibatida yigitlar o‘rtasida to‘polon boshlangan. Bir-birini behayo so‘zlar bilan haqoratlagan, do‘pposlagan. Ertasi kuni janjalga qorako‘llik Ozod Muzaffarov, Shavkat Rahimov va Ulug‘bek Ahmedov kabi yoshlar ham aralashgan. Bezorilik harakatlarini avj oldirishgan va tarqalishgan.
Biroq ikkinchi kun kech tushgach, Mohir Tolibov, Azizbek Bahodirov, Ozod Muzaffarov, Shavkat Rahimov hamda Ulug‘bek Ahmedovlar orani ochiq qilish maqsadida tengqurlari Asror Iskandarovning xonadoniga kelgan. Asror Iskandarov ular bilan darvoza oldida yana do‘pposlashib, janjal ko‘targan. Janjal chog‘ida Asror zudlik bilan yashash uyidan mol so‘yishga mo‘ljallangan o‘tkir tig‘li pichoqni olib chiqqan va qarshisidan chiqqan Ulug‘bek Ahmedovning inson hayoti uchun muhim bo‘lgan chap o‘pka sohasidan pichoqlab, uni qasddan o‘ldirgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Qorako‘l tuman sudi tomonidan Asror Iskandarov Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o‘ldirish) hamda Jinoyat Kodeksining 277-moddasi (bezorilik) bilan aybli, deb topilgan. Unga nisbatan uzil-kesil 10 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanilgan.

Shuningdek, Botir Jumaev, Mohir Tolibov, Azizbek Bahodirov, Ozod Muzaffarov hamda Shavkat Rahimovlar Jinoyat Kodeksining 277-moddasi (bezorilik) bilan ayblangan. Ularning har biri 3 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosiga hukm etilgan.

👉 @darak_uz
Shavkat Mirziyoyev: Sizlar kabinetda qanday o'tirasizlar?
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatidagi ijtimoiy va kommunal sohalardagi masalalarga alohida e'tibor qaratgan.
Viloyatda aholining 64 foizi markazlashgan ichimlik suvi bilan ta'minlangani jiddiy muammo.
Amalda bu ko'rsatkich 40-50 foiz darajasida.
Bo'ka, Quyichirchiq, O'rtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlari va Nurafshon shahrida 30 foizga ham bormaydi. Sizlar kabinetda qanday o'tirasizlar degan davlat rahbari.
Aytilishicha, bu muammoni hal etish uchun 440 kilometr ichimlik suvi tarmoqlari va 301ta suv inshootida qurilish-ta'mirlash ishlari bajariladi.

Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida qiymati 144 million dollar bo'lgan loyihaning birinchi bosqichi doirasida qurilish ishlari boshlangan.
Viloyatda dolzarb bo'lgan yana bir muammo ekologiya masalasi bilan bog'liq. Toshkent shahridagi maishiy chiqindilar tashlanadigan Ohangaron tumanidagi poligon 98 foizga to'lgan. Shuning uchun bu poligonni yopib, yangisini qurish kerak. Bu ekologiya tozaligi, aholi salomatligi bilan bog'liq masala dedi Shavkat Mirziyoyev.

👉 @darak_uz
Bog‘ot tumanida kelin qaynotasini mast holatda pichoqladi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi ma'lum qilishicha, 2019 yil 2 iyun kuni Xorazm viloyatining Bog‘ot tumanida yashovchi 27 yoshli Sh.I. mast holda uyida o‘zaro janjal oqibatida birga yashagan qaynotasi 50 yoshli R.L.ga pichoq bilan jarohat yetkazgan.
Natijada R.L. kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Sh.I. ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda

👉 @darak_uz
Shanxayda o'zbek gilosi sotila boshlandi
Xitoyning Shanxay shahridagi mevalar ulgurji bozori Shanghai Huizhan Fruit & Vegetable Market Managementda o'zbek gilosi sotila boshlandi.
Bu haqda Dunyo axborot agentligi xabar berdi.
Shu munosabat bilan bozorda O'zbekistondan 30 tonna hajmda o'zbek gilosining ilk eskport partiyasini qabul qilish marosimi bo'lib o'tdi. Gilos Farg'ona viloyatidan Shanxay va qo'shni provintsiyalar Chjetszyan va Tszyansuda sotish uchun yetkazilgan.

Marosimga O'zbekistonning Shanxaydagi bosh konsulligi vakillari bilan bir qatorda 200 dan ko'proq odam, jumladan Shanxay bojxona ma'muriyati, tadbirkorlar va jurnalistlar tashrif buyurishgan.

Shanxay aholisi yurtingiz gilosini birinchi marta ta'tib ko'radi. Shu munosabat bilan, Xitoyda o'zbek mevalari assortimenti faqatgina kengayib borishi va bizga qovun, uzum, limon va boshqa mahsulotlar yetkazilishiga umid qilib qolaman , deb aytgan ulgurji bozor bosh menejeri o'rinbosari Lin Eta. Xitoy kompaniyasi o'zbek gilosining ilk sinov partiyasidan keyin uning importi hajmini Xitoyda ommalashgan Tmall internet-do'konida sotish uchun oshirishni rejalashtirmoqda.

👉 @darak_uz
Ўзбекистон ҳудудида ер қимирлагани ҳолати кузатилди

ФВВ Сейсмопрогностик мониторинг Республика маркази хабар қилишича, 2019 йил 4 июнь куни Тошкент вақти билан 09:47да Ўзбекистонда ер силкиниши қайд этилди.

Координаталар 40,87 градус шимолий кенглик, 71,12 градус шарқий узунлик. Магнитуда М=3,8. Чуқурлик ҳ=19 км. Тошкентгача масофа 166 км жанубий-шарқий йўналиш бўйича.

Ер силкиниши Ўзбекистон ҳудудида:

Наманган: 49 км;3 балл
Андижон: 103 км;2 балл
Фарғона: 78 км;2 балл.

Ўзбекистоннинг бошқа ҳудудларида ер силкиниши қайд этилмаган. Талафотлар ва жабрланганлар тўғрисида маълумот келиб тушмаган.

👉 @darak_uz
Elektr energiyasidagi “o'yinlar”: osmondan tushgan 250 million so'm

Bugungi kunda O'zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga kelayotgan murojaatlar sohalar kesimida tahlil qilinganda, ularning aksariyati kommunal xizmatlar, ya'ni elektr energiyasi, gaz ta'minoti va ichimlik suvidan yoziladigan asossiz qarzdorlikdir.

Iste'molchilar tomonidan to'lovlar o'z vaqtida to'langan bo'lsa-da, ammo asossiz, noreal qarz yozish holatlari bo'yicha fuqarolardan murojaatlar kelib tushmoqda. Bu borada elektr energiyasiga qancha taklif va shikoyatlar bilan chiqilmasin, ammo haligacha aholini asossiz qarzdor qilish holatlari to'xtamayapti. Axir kimga ham emagan somsaga pul to'lash yoqadi?!

O'zAning yozishicha, ana shunday murojaatlarning biri Jizzax shahar Yunusobod ko'chasi 2-uyda yashovchi fuqaro S.Karimov federatsiyaning 1091 ishonch telefon orqali murojaat qildi.

U o'z murojaatida elektr energiyasidan 249 847 000 so'm qarzdorlik yozilganligi bo'yicha sms xabar kelganligini, bu bo'yicha shahar elektr ta'minotiga murojaat qilganida, e'tiborsiz qoldirganini keltirgan. Fuqaro 20 kun elektr energiyasiz qolgan.

Iste'molchi qayta-qayta murojaat qilganidan so'ng elektr ta'minoti MIBga, MIB bo'lsa yana elektr ta'minotiga murojaat qilishini aytgan. Ikki orada iste'molchi sarson, salkam 250 million qarz hazilakam summa emas. Murojaat jamiyat mutaxassislari tomonidan o'rganildi va iste'molchiga 249 847 000 so'm asossiz qarz yozilgan bo'lib, aslida iste'molchi elektr energiyasidan oldindan 252 000 haqdorligi aniqlandi. Iste'molchining murojaati ijobiy hal bo'ldi. Bunday ta'minotchi korxona ichidagi o'yinlar birinchi marta emas. O'z huquqini bilgan iste'molchilar tegishli tashkilotlarga murojaat qiladi, ammo qanchadan-qancha fuqarolarimiz bunday noreal qarzdorlikni to'layotganliklari sir emas. OAV orqali elektr energiyasi har safar chet el tajribasini o'rganyapmiz deb aytadi.
Ammo birgina misol sifatida Yaponiyalik Elektr vaziri qishloqda 20 daqiqa elektr bo'lmaganligi uchun, aholidan rasmiy uzr so'raydi. Chet el tajribasidan mana shunday ishlarni o'zlariga tajriba sifatida olsa yaxshi bo'lardi.
👉 @darak_uz
Kun fotosi: Shavkat Mirziyoyev palov tayyorlamoqda

Saida Mirziyoyeva o'zining Facebook sahifasida O'zbekiston prezidentining palov tayyorlash jarayoni aks etgan fotosuratni joylashtirdi.

Ba'zida oilaviy dasturxonimiz uchun oshni Dadamlar damlab beradilar. Biz esa ularga yordamchi. Arafa muborak! , - deya suratga izoh bergan Saida Mirziyoeva.
O'zbekiston prezidentining ikki qizi, bir o'g'li va besh nafar nabirasi bor. Biroz avval O'zbekiston prezidentining rasmiy saytida Shavkat Mirziyoyevning Ramazon hayiti munosabati bilan O'zbekiston xalqiga tabrigi e'lon qilindi.

👉@darak_uz
Қаршида талаба ўзини осиш орқали жонига қасд қилди…

Батафсил:
👉 https://nnews.uz/?p=1965

Телеграм:👉 @nasafnewsuz
Donald Tramp Shavkat Mirziyoyevni Ramazon hayiti bilan tabrikladi
Ramazon hayiti munosabati bilan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy mamlakatlar davlat va hukumat rahbarlaridan tabrik maktublari kelmoqda. Davlat rahbari matbuot xizmatiga ko'ra, Jumladan, quyidagilar o'z tabriklarini yo'llagan: Amerika Qo'shma Shtatlari prezidenti Donald Tramp Amerika Qo'shma Shtatlari davlat kotibi Mayk Pompeo Misr Arab Respublikasi prezidenti Abdulfattoh as-Sisi Eron Islom Respublikasi prezidenti Hasan Ruhoniy Iordaniya Hoshimiylar podshohligi podshohi Abdulla Ikkinchi Kuvayt davlati amiri Saboh al-Ahmad al-Jobir as-Saboh Ummon sultoni Qobus bin Said Singapur Respublikasi prezidenti Halima Yoqub Singapur Respublikasi bosh vaziri Li Syan Lun Jibuti Respublikasi prezidenti Ismoil Umar Gelle Afg'oniston Islom Respublikasi hukumati ijroiya kengashi raisi Abdulla Abdulla Qutlovlar kelishi davom etmoqda, deyiladi xabarda.
👉 @darak_uz
Gulnora Karimova davolanishdan bosh tortyaptimi?
O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning to'ng'ich qizi Gulnora Karimovani qamoqxonada tibbiy muolaja qilishdan bosh tortishayotgani ma'lum bo'ldi.

Bu haqda uning shveytsariyalik advokati, Jenevadagi Mangeat Attorneys at Law advokatlik idorasi egasi va rahbari Greguar Manja xabar berdi.

Advokat ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida quyidagicha post qoldirgan:
Katta tashvish. Eng so'nggi axborot: 1. Karimova davolanishdan bosh tortyapti; 2. Bizning so'nggi ziyoratimizdan keyin u qamoqxonaning tibbiy blokidan chiqarilgan; 3. Uni oldiga shifokorlarni kirishiga ruhsat berilmayapti va Gulnora doimiy ruhiy bosim ostida qolmoqda.

Avvalroq, Greguar Manja Twitter'dagi sahifasida Toshkent viloyati Zangiota tumani hududidagi 21-jazoni o'tash koloniyasiga borgani va mijozi bilan uchrashishga harakat qilishi haqida xabar qoldirgandi.

Eslatib o'tamiz, Gulnora Karimova 5 mart kuni o'z uyida hibsga olinib, jazoni o'tash uchun umumiy tartibli koloniyaga olib ketilgandi. Karimova jazoni o'tash tartibi va shartlarini qasddan buzganligi sababli jinoyat-ijroiya qonunchiligiga muvofiq,
O'zbekiston Respublikasi IIV Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi huzuridagi Probatsiya xizmatining taqdimnomasiga asosan, jinoyat ishlari bo'yicha Yashnobod tumani sudi tomonidan unga nisbatan tayinlangan jazoning o'talmay qolgan muddati ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan almashtirilib, umumiy tartibli koloniyada o'tashi belgilangan.

👉 @darak_uz
O'z uyida fohishaxona ochgan 55 yoshli erkak qo'lga olindi
Tojikiston So'g'd viloyatida politsiya xodimlari fohishaxona ochgan kishini qo'lga oldi. Bu haqda Tojikiston IIV xabar qildi. Intim uchrashuvlarni tashkillashtirish uchun 55 yoshli erkak mehmonlardan pul olgan.

Tojikiston IIV ma'lumotlariga ko'ra, 29 may kuni gumonlanuvchi 24 yoshli yigit va 20 yoshli qizga G'ofurov tumanida joylashgan uyini berdi. Bu xizmat uchun uy egasi 27 dollarga yaqin pulni oldi. Tezkor-tadbir natijasida politsiya xodimlari erkakni ushladi. Ushbu holat yuzasidan tergov ishi olib borilmoqda.

👉 @darak_uz
2025/07/14 09:29:00
Back to Top
HTML Embed Code: