Dunyodagi eng qimmat ayollar sumkasi
Hermes Birkin - dunyo miqyosidagi eng qimmatbaho sumka. Platina va ikki ming dona brilliant mana shu sumkaning asosidir. Sumkaning bahosi 1.900.000 dollarga yaqin. Uning jozibadorligi universalligidadir. Olmosli kamarini brilliant taqinchoq o'rnida ishlatsa ham bo'ladi.karadli noksimon shakldagi olmosi ham xuddi shunday vazifani o'tay oladi
👉 @darak_uz

Urgutlik tadbirkor Moskvada nisholda tayyorlab sotmoqda
Samarqandlik tadbirkor Ikromjon Berdiev ikkinchi yildirki Moskvada nisholda tayyorlamoqda. Bu haqda Zarnews xabar berdi. Ramazonning tansiq shirinligi Moskva bozorlariga endi kirib kelayotgan bo'lsa ham, unga talab katta. Nisholdani tayyorlashdan maqsad buning ortidan boyish emas, musofirlikdagi yurtdoshlarga xotiralarni ulashish. Nisholdani yeb, O'zbekistonda yurgandek bo'lishadi, qolaversa, sevgan ishimni biznesga aylantirdim. Rossiyalik xaridorlar o'zlari uchun yangi bo'lgan egulikni qiziqish bilan tatib ko'ryapti, deydi Ikromjon Berdiev. Non va go'sht mahsulotlari ishlab chiqarishga mo'ljallangan Halol luqma korxonasi egasi nisholda mavsumiy emakligini ta'kidlab, asosan bozorlar va do'konlarga ulgurji tarqatayotganini bildirdi. Ramazon shirinligi uchun zarur mahsulotlarning bir qismi O'zbekistondan keltirilmoqda.

Rossiyalik xokkeychilar haqida fikr bildirgan amerikalik jurnalist qiz tahdidlar ostida qoldi
The New York Times gazetasi jurnalisti Juli Robenxaymer Xalqaro xokkey chempionatida Rossiya xokkeychilarining o'yini haqida noto'g'ri izoh berganidan keyin ko'plab tahdidlar ostida qoldi. Amerika jamoasi bilan Rossiya jamoasi o'yinida amerikaliklar mag'lubiyatga uchrashdi. Jurnalist qiz bu holatni "absurd" so'zini ishlatish bilan izohladi. Uning bayonoti ko'plab ommaviy axborot vositalarining e'tiborini tortdi, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining esa g'azabini keltirdi. Natijada u ijtimoiy tarmoqlar orqali hatto qotillik bilan tahdid qilingan xabarlarni ham qabul qila boshladi. Jurnalist qiz bo'lgan voqeani tushuntirishga harakat qildi. Uning so'zlariga ko'ra, "absurd" so'zini ishlatib, u salbiy ma'noni ko'rsatmoqchi emas, balki ruslarning o'yini ajoyib bo'lganini aytmoqchi bo'lgan. To'g'ri tarjima qilish uchun ingliz tilini etarli darajada bilmagan rus ishqibozlarining ko'pchiligini esa savodsiz deb ta'kidlagan. "Sport Express" nashriga bergan intervyusida esa Rossiya jamoasini ajoyib deb hisoblashini qo'shimcha qilgan.

AQSh va Yaponiya rahbarlari birgalikda golf o'ynashdi
Yaponiya hukumati rahbari Sindzo Abe va AQSh prezidenti Donald Tramp Tiba prefekturasida joylashgan Mobara Country Club golf klubida birgalikda golf o'ynashdi. Mashhur golf o'yinchisi Isao Aoki ikki mamlakat rahbarlariga hamrohlik qildi, deydi MK.ru . Ma'lumot o'rnida, AQSh va Yaponiya rahbarlari bundan oldin ham to'rt marotaba golf o'ynashgan edi.

"Nasaf" o‘z uyida amaldagi chempionga yengildi
Bugun Coca-Cola Superliga 10-turidan o‘rin olgan "Nasaf" hamda "Lokomotiv" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z nihoyasiga yetdi.
Qarshi shahrida kechgan uchrashuvda qarshiliklar minimal hisobda raqibga mag‘lub bo‘lishdi. Bellashuvdagi yagona gol 21-daqiqada Temurxo‘ja Abduholiqov tomonidan kiritildi.
"Nasaf" - "Lokomotiv" 0:1
Gol: Temurxo‘ja Abduxoliqov (21, Iskanderov)
@darak_uz

Olimlar: Issiq havo ayollar uchun foydali
Janubiy Kaliforniya (AQSh) universiteti olimlari issiq havoning ayollar uchun yashirin foydasini aniqlashdi.Aniqlanishicha, aynan yuqori haroratlarda ayollarning mehnat unumdorligi osharkan. Erkaklarga esa bunaqa issiqdan foyda yo'q. Bu shunchaki gaplar emas — tadqiqotlarda 500 nafar erkak-ayol qatnashdi. Ularning barchasiga kichik testdan o'tish taklif etildi. Barcha ko'ngillilarga ikki xonali sonlarni og'zaki qo'shib hisoblash, tasodifiy harflardan so'zlar yasash, mantiqiy topishmoqlarni echish vazifalari topshirildi. Va bu sinov davomida ular o'tirgan xona harorati Tselsiy bo'yicha 16 dan 32 darajagacha chiqarildi. Tadqiqotda ma'lum bo'lishicha, yuqori haroratda ayollar topshiriqlarni yaxshiroq uddalashdi, aksincha, erkaklar topshiriqlarni past haroratda yaxshiroq bajarishdi.

Polsha maktabida sobiq o'quvchi otishma uyushtirdi
Polsha maktabida sodir bo'lgan otishma sabab ikki kishi yaralandi. Bu haqda RMF FM radiosi xabar berdi. Voqea Brest-Kuyavskiy shahridagi 1 maktabda sodir bo'lgan. Sobiq o'quvchi dastlab quroldan o'q uzgan, keyin esa ikkita portlagich portlatgan. Maktab xodimi va 11 yoshli maktab o'quvchisi jarohat olgan. Tajovuzkor allaqachon politsiya tomonidan qo'lga olingan. Ma'lum qilinishicha, 18 yoshli yigit ruhiy kasal bo'lib, shifoxonada davolanadi.

Prezident maktabida o'qish uchun qaysi fanlarni a'lo bahoga bilish kerak?
Prezident maktablariga hujjat topshirish uchun STEAM (Science tabiiy fanlar, Technology texnologiyalar, Engineering texnik ijodkorlik, Art san'at, Mathematics matematika) yo'nalishi bo'yicha fanlardan a'lo baho olish talab etiladi.
Bu haqda 27 may kuni o'tkazilgan matbuot anjumanida Xalq ta'limi vaziri Sherzod Shermatov ma'lum qildi.
Bu nima degani?
Ya'ni 4-sinf bitiruvchilari matematika va tabiatshunoslik kabi fanlardan a'lo bahoga o'qigan bo'lishi; 5-sinf bitiruvchilari matematika faniga qo'shimcha tarzda biologiya hamda informatika va axborot texnologiyalari; 6-sinf bitiruvchilari ham matematika faniga qo'shimcha biologiya, informatika va axborot texnologiyalari, fizika fanlaridan baholari a'lo bo'lishi talab etiladi; 7 9-sinflarni bitirgan o'quvchilar algebra, geometriya, informatika va axborot texnologiyalari, fizika, kimyo va biologiya fanlari bo'yicha baholari a'lo bo'lsagina hujjat topshirishi mumkin.
Matbuot anjumanida ma'lum qilinishicha, Prezident maktablariga hujjat topshirish uchun ba'zi fanlarni a'lo bahoga o'zlashtirish talab etiladi. Xalq ta'limi vazirining aytishicha, bu birlamchi talab xolos.
Bu hech narsani hal qilmaydi, "besh" baho uchun nomzodlarga hech qanday qo'shimcha ball berilmaydi. "Ota-onalar farzandim "besh"ga o'qimagan bo'lsa Prezident maktabiga qabul qilmas ekan deb tabellarni o'zgartirib, haqiqiy baholarni sun'iy ravishda "besh"ga almashtirish yo'llarini qidirmasin. Bundan bolaga hech qanday foyda yo'q", deya ta'kidladi Sherzod Shermatov.

Sohibjamol yulduz labini shishirgach, o'limga ham tayyor bo'lib qoldi
Taniqli ispaniyalik realiti-shou yulduzi botoks bilan bog'liq omadsizlikka uchradi. U uyiga kelgach labi kolbasaga o'xshab shishib ketganini aytdi. "Afsusdaman. Uch soat labim kolbasaga o'xshab shishib ketdi. Onamga o'limga ham tayyor bo'lib qolganimni aytdim" deb yozdi u. Qizning aytishicha klinikaga qaytgach labi joyiga kelgan.

AQShdagi muxojirlar yiliga qancha pul ishlab topadi?
AQSh aholini ro'yxatga olish byurosi turli davlatlardan kelib Amerikada yashayotgan muxojirlar qancha pul ishlab topishi haqidagi ma'lumotlarni e'lon qildi, deb xabar berdi "Daryo" nashri. Eng katta maoshni Avstraliyadan kelgan muxojirlar oladi: AQShda ularning soni 93,5 mingga yaqin bo'lib, yiliga o'rtacha 88 100 dollar ishlab topadi. Undan keyingi o'rinda Buyuk Britaniya fuqarolari egallagan — yiliga 81 400 dollar. Saudiya Arabistoni va Somalidan kelgan muxojirlar eng kam maosh oladi tegishli ravishda 19 000 va 19 200 dollar. Isroildan kelgan muxojirlar reytingning yuqori pog'onalari o'rin olgan AQShda 142,9 mingga yaqin yahudiy yashaydi, ularning 50,4 foizi oliy ma'lumotli bo'lib, yiliga o'rtacha 63 500 dollar ishlab topadi.
Aksar hollarda Osiyo mamlakatlaridan kelgan muxojirlar ham malakali mutaxassis bo'lib, ular asosan yuqori maosh to'lanadigan joylarda ishlaydi. AQShda eng ko'p muxojirlar Meksikadan keladi, biroq ularning yillik o'rtacha daromadi 23 400 dollarga teng. AQShdagi rossiyalik muxojirlar 403,7 ming kishi bo'lib, shundan 62,3 foizi oliy ma'lumotli, o'rtacha daromadi yiliga 41 000 dollar.

Juda muvaffaqiyatli kishilarning hayratlanarli odatlari
Hech o'ylab ko'rganmisiz, muvaffaqiyatli kishilarga yuqori samarali bo'lishlarida nima yordam beradi?
Bunday g'aroyib ma'lumot to'g'ri yo'nalish va rag'bat olishingizga hissa qo'shadi.
Ular ishning har bir soatini emas, daqiqasini rejalashtiradilar.
Ko'pchiligimiz ish jadvalini soatlar bo'yicha rejalashtiramiz. Muvaffaqiyatli kishilar esa bir kunda 1440 daqiqalari borligi va undan samarali foydalanishlari kerakligini bilishadi. Ular bir vazifaga bir marta e'tibor qaratib, unga 2-3 soatni bag'ishlaydilar. Ular ishlar ro'yxatidan foydalanishmaydi.
Agar bajarishingiz ehtimoli oz bo'lsa, ishlar ro'yxatini tuzmang. Tugallanmagan ishlar zo'riqish va uyqusizlikni chaqiradi. Ular vaqtga mos ravishda sayohat qilishadi.
Biz esa vaqtga qarama-qarshi tarzda harakatlanamiz. Biroq muvaffaqiyatli kishilar kelajakda foyda keltirishi uchun hozir nima qilishlari kerakligiga oydinlik kiritishadi.
Kelajakda qanday xatolar qilishingiz mumkinligini o'ylab ko'ring va keyinchalik yuz beradigan kamchiliklarning oldini olish uchun bugun ular ustida ishlang.
Ular har bir ma'lumotni yozib borishadi.
Yoningizda doim daftarcha va ruchka olib yuring. Bu biznes maktablarda o'rgatilmaydigan qimmatbaho g'oya.
Ular elektron pochtani kuniga bir necha marta tekshiradilar.
Ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlaringizga keladigan xabarlar ishdagi eng katta tanaffuslar.
Muvaffaqiyatli kishilar xabarnoma ovozini eshitganda telefonni blokdan chiqarib, uni tekshirishmaydi. Barcha samarasiz narsalarga yo'q deyishadi.
Bir kuni Uorren Baffet aytgan edi: Muvaffaqiyatli va juda muvaffaqiyatli kishilar o'rtasidagi farq shundaki, juda muvaffaqiyatli kishilar deyarli hammaga yo'q deyishadi.
Ular 80/20 qoidasidan foydalanishadi.
Deyarli har bir muvaffaqiyatli kishi ana shu tamoyilni qo'llaydi. Bu tamoyil 20 foiz harakatlar 80 foiz natijani berishini anglatadi. Muvaffaqiyatli 20 foizli muhim vazifalar uchun ishlab, qolganlariga e'tibor berishmaydi. Bu ma'lumotni o'qigach muvaffaqiyatga erishish o'zingizga bog'liq. Biroq ular sizga samaraliroq va maqsad sari yo'nalganlikda yordam beradi.

Samarqandda yuk mashinasi Nexia ni majaqlab tashladi: haydovchi halok bo'ldi
28 may kuni Samarqand tumanidagi O'zbekkenti mahallasida mudhish avtohalokat yuz berdi. Yuk mashinasi ustida yuki bilan Nexia 3 avtomashinasining ustiga chiqib ketgan. Samarqand viloyati IIB Yo'l harakat xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, Samarqand tumanidagi mahallada o'tuvchi avtomobil yo'lida 28 may kuni soat taxminan 12:00 atrofida 19 yoshli D.S. boshqaruvida bo'lgan KAMAZ yuk mashinasi O'zbekkenti-Qorasuv yo'nalishida harakatlanib ketayotganda ushbu yo'lga tutashgan M-37 yo'nalishida harakatlanib kelayotgan 30 yoshli Z.X. boshqaruvidagi Nexia avtomobili bilan to'qnashib ketgan. Oqibatda Z.X. voqea joyida halok bo'lgan. Z.X.ning ikki farzandi yetim qoldi.

Poroshenkoning sobiq fabrikasida harbiy kema yonib ketdi
Ukraina Ichki ishlar vazirligining Feysbuk sahifasida ma'lum qilishicha, Pyotr Poroshenkoga tegishli sobiq Kuznya na Riibalskom zavodida harbiy kema yonib ketgan. 100 kvadrat metrlik maydonda sodir bo'lgan yong'in o't o'chiruvchilar tomonidan o'chirilgan. Uning sabablari tekshirilmoqda. Ma'lum qilinishicha, payvandlash ishlarida kamchiliklar bo'lgan bo'lishi mumkin ekan.

Samarqandda avtobus yonib ketdi. Yo‘lovchilar uni tark etishga ulgurgan
Kecha, 29 may kuni ijtimoiy tarmoqlarda yo‘l yoqasida yonayotgan avtobus videosi tarqaldi. Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida sodir bo‘lgani aytilayotgan mazkur voqea yuzasidan ilk ma'lumot paydo bo‘ldi.
Samarqand transport boshqarmasi rahbari Inatilla Hamroev o‘zining feysbukdagi sahifasida bu voqea haqida post qoldirdi.
«2019 yil 29 may kuni kech soat 19:00 larda Oqdaryo tumani M-37 yo‘lining 13-km.da «Siyovush Trans Servis» MChJga tegishli haydovchi A.D. boshqaruvidagi «ISUZU» rusumli, davlat raqami 30 749 YAA avtobus Dahbed shaharchasidan Loyish shaharchasi tomon harakatlanib ketayotgan vaqtida yong‘in sodir bo‘lib, avtobus yonib ketgan.

Yaqin Sharqdagi qurolli mojarolar hududida yashagan vatandoshlar O`zbekistonga qaytarildi
Davlatimiz tomonidan muborak Ramazon oyida yana bir xayrli, ulkan ahamiyatga ega “Mehr” insonparvarlik operasiyasi amalga oshirildi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning topshirig`iga binoan, 156 nafar vatandoshimiz, asosan ayollar va bolalar Yaqin Sharqdagi qurolli mojarolar hududidan yurtimizga qaytarildi. Ular 30 may kuni maxsus aviareysda Toshkent shahriga olib kelindi.
Aldov oqibatida o`zga yurtga borib qolib, og`ir hayotiy davrni boshidan o`tkazgan bu insonlarga hukumatimiz tomonidan tibbiy, psixologik, moddiy va ma`naviy yordam ko`rsatiladi. Ularning tinch hayotga qaytib, jamiyatga moslashishlari, ta`lim va ijtimoiy dasturlarda ishtirok etishlari uchun zarur sharoit yaratiladi, boshpana va ish bilan ta`minlash choralari ko`riladi.

Oliy Majlis xorijiy investitsiyalar umuman jalb etmagan tashkilotlar ro'yxatini ma'lum qildi. Ular orasida “O'zbekiston havo yo'llari” ham bor!
Oliy Majlis Senati Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari hamda Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo'mitalarining qo'shma majlisida bu haqda aytildi.
O'zAning yozishicha, majlisda O'zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining joriy yil birinchi choragida amalga oshirgan ishlari to'g'risidagi hisoboti eshitildi. Qayd etilishicha, investitsiya loyihalarini amalga oshirish bilan bog'liq muammolarni aniqlash va ularni hal qilish bo'yicha tezkor choralar ko'rilayotganiga e'tibor qaratildi. Xususan, joriy yil birinchi choragi mobaynida 96 ta loyiha bo'yicha investitsiyalarni o'zlashtirish ortda qolgan. Ular yuzasidan tegishli choralar ko'rish borasida takliflar ishlab chiqilib, Vazirlar Mahkamasiga kiritilmoqda. O'rganish jarayonida O'zbekipaksanoati uyushmasi, O'zbekgidroenergo , O'zbekiston havo yo'llari , O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari , Xududiy elektr tarmoqlari AJlari hamda Uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish va Transport vazirliklari, Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi hamda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo'mitasi tomonidan bugungi kunda xorijiy investitsiyalar umuman jalb etilmagani ma'lum bo'ldi. Bundan tashqari, O'zeltexsanoat uyushmasi, Issiqlik elektr stantsiyalari , O'zagrotexsanoatxolding , O'zavtosanoat va O'zbekiston temir yo'llari AJlari, Farmatsevtika tarmog'ini rivojlantirish agentligi, Qishloq xo'jaligi vazirligi, Davlat geologiya va mineral resurslar qo'mitasi tizimida to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarning hajmi pastligicha qolganligi qayd etildi.

Рамазон ҳайити 5 июнь куни нишонланади
Бу ҳақда Президент қарори қабул қилинди, дея хабар бермоқда «Ҳуқуқий ахборот» канали.
Қарорга мувофиқ, Ўзбекистон мусулмонлари идорасининг 2019 йилда Рамазон ҳайитининг биринчи куни 5 июнь чоршанба кунига тўғри келиши ҳақида қабул қилган қарори инобатга олиниб, шу кун Рамазон ҳайити сифатида кенг нишонланади.
👉@darak_uz

Toshkentda YPX inspektorini haqoratlab urmoqchi bo'lganlar ushlandi
Kecha, 30 may kuni taxminan soat 19.00 da Olmazor tumani Sag'bon ko'chasida YPX inspektori tomonidan davlat raqami Qashqadaryo viloyatida ro'yxatdan o'tkazilgan Neksiya-2 (davlat raqami 70 E 151 NA) rusumli avtomobil to'xtatildi. Avtomobilni boshqarib borgan Olmazor tumanida yashovchi 38 yoshli Murod T. ichki ishlar organlari xodimining hujjatlarni taqdim etish to'g'risidagi qonuniy talabiga bo'ysinmadi.
Dastavval u inspektordan barcha hujjatlarni ko'rsatishni, so'ng komandirni chaqirishni talab qildi. Uning yoniga inspektorning to'g'ridan-to'g'ri rahbari kelganidan so'ng ham Murod tinchlanmasdan hujjatlarni taqdim etmadi va otasi va akasini yordamga chaqirdi. Murodning akasi xodimlarga o'zga shaxsga tegishli bo'lgan, ya'ni Murodga tegishli bo'lmagan haydovchilik guvohnomasini ko'rsatdi. Xodimlar, haydovchining yonida transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi hujjatlari bo'lishi kerakligini aytganlarida Murod va uning qarindoshlari xodimlarga tahdil qilib, ularni haqorat qila mushtlashuvni yuzaga keltirishga harakat qilishdi. Voqea joyiga etib kelgan PPX va Milliy gvardiya xodimlari uchala fuqarolarni ichki ishlar bo'limiga olib ketishdi va u erda ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi bayonnomalar tuzildi. Xususan, Murodga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksining 128-moddasi ( Haydovchilarning transport vositalarini piyodalar yo'lkalaridan yurgizishi, yo'l belgilari va yo'l harakatining boshqa qoidalari talablariga rioya etmasligi ), 135-moddasi ( Yo'l harakati qoidalarida nazarda tutilgan hujjatlari bo'lmagan shaxslarning transport vositalarini boshqarishi ), 135-1-moddasi ( Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish to'g'risidagi qonun hujjatlarining talablarini buzish ) bo'yicha, L. va A.T.larga nisbatan esa yuqoridagi kodeksning 194-moddasi ( Ichki ishlar xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik ), 195-moddasi ( Ichki ishlar xodimlarining o'z xizmat burchlarini bajarishlariga qarshilik ko'rsatish ) bo'yicha bayonnomalar tuzildi. Murod va uning qarindoshlarining bezoriliklari aks etgan video bilan birga barcha materiallar qonuniy huqm chiqarilishi uchun sudga topshiriladi.

Janubiy Koreyada o'zbekiston fuqarosi yuqori qavatdan qulab tushdi
O'zbekiston fuqarosi Alisher Jovliev qurilayotgan binoning yuqori qavatidan tushib ketdi va og'ir ahvolda Kangvon universiteti kasalxonasiga olib borildi. TIV xabariga ko'ra, hodisa 2019 yil 29 may kuni sodir bo'lgan. Ma'lum qilinishicha, jabrlanuvchi Koreyaga 20 may kuni Chunchon shahridagi Kyongin universitetining til o'rganish kursida o'qish uchun kelgan va pul ishlash maqsadida jismoniy mehnat bilan shug'ullangan.
Diplomatik vakolatxona vaziyatni nazoratga olgan, ish beruvchi va vatandoshimiz davolanayotgan kasalxona rahbariyati bilan aloqa o'rnatgan. Ish beruvchi tashkilot tashkiliy masalalarni hal qilish va davolanish bilan bog'liq xarajatlarni qoplashga tayyorligini bildirgan , - deyiladi xabarda. Koreya Respublikasining tegishli xizmatlari tomonidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Butun Respublika bo'yicha hayit namozi o'qiladigan vaqt ma'lum qilindi
O'zbekistonda Ramazon hayiti namozi o'qiladigan vaqtlar O'zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan ma'lum qilindi. Unga ko'ra, 5 iyun kungi Ramazon hayiti namozi Toshkent vaqti bilan soat 05:10 da, boshqa joylarda namoz vaqtidagi tafovutlar inobatga olib o'qiladi.