Самарқанддаги қабртошга тирик инсоннинг расми, туғилган йили ёзиб қўйилганлиги аниқланди
Самарқандлик депутатлар вилоятдаги қабристонларда айрим камчилик ва муаммоларни аниқлабди. Масалан, Самарқанд шаҳридаги Хўжа Абду Дарун қабристонида айрим қабрлар чўккан.
Буниси ҳам майли, қабрлардан бирига белгиланганидан 3—4 баробар кўпроқ жой ажратилган ва, энг даҳшатлиси, қабр устидаги ёдгорликка тирик инсоннинг расми ва туғилган йили ёзиб қўйилган экан. Бу ҳақда дарё.уз хабар бермоқда.

Gulnora Karimovaning sog'lig'idagi muammolar sabab Shveytsariya O'zbekistonga 555 mln dollar qaytarishni to'xtatib qo'ydi
Shveytsariya Gulnora Karimovaning sog'lig'idagi muammolar sabab 555 million dollarni O'zbekistonga qaytarish jarayonini to'xtatib qo'ydi. Bu haqda Karimovaning advokati Greguar Manja Twitterdagi sahifasida xabar qildi.
O'zbekiston bizning mijozimizni qamoqda saqlashni to'xtatmas ekan, hamkorlik bo'lmaydi. Unga yanada ko'proq bosim o'tkazishmoqda. Karimovaning hayoti xavf ostida deb yozadi yurist.
Avvalroq Gulnora Karimovaning qizi Imon Karimova onasi saqlanayotgan yomon sharoit va unga tibbiy yordam ko'rsatilmayotgani Shveytsariya pullarni O'zbekistonga qaytarishiga to'sqinlik qilayotgani haqida instagramida yozgandi.
Kuni kecha Adliya vazirligi Gulnora Karimova saqlanayotgan Toshkent viloyatidagi ayollar koloniyasida o'rganish o'tkazishni boshlagani xabar berilgandi.

Dunyoda eng yosh milliarder ayol 450 ming dollarlik mashinasini ko'z-ko'z qildi
Dunyoda eng yosh milliarder qiz, o'z nomida kosmetika brendi yaratgan Kayli Jenner o'zining Instagramdagi sahifasida Rolls-Royce Phantom mashinasini ko'z-ko'z qildi.
Bunday mashinaning narxi taxminan 450 ming dollarni tashkil etadi. Modifikatsiyalangan salon qizil charm va Starlight Headliner yulduzli yoritgichlar (mashina shiftini tungi yulduzlari ko'rinishini aks ettiruvchi mayda chiroqchalar) bilan jihozlangan.
Bunday shiftning bahosi 12 ming dollarni tashkil etadi.
Daily Mailning yozishicha, Jennifer bunday mashina turini birinchi marta ko'rsatmayapti.
O'tgan yilning qishida uning ismi va yaltiroq shift bilan bezatilgan havorang Rolls Royce Wraith mashinasi surati bilan bo'lishgan edi. U, shuningdek,Royce Wraith Black Badge, Mercedes-Benz G-class, McLaren va olovrang Lamborghini Aventador mashinalariga ham egalik qiladi.
👉 @darak_uz

Irlandiyada oqqush xo'jayinining ko'z o'ngida itni o'ldirdi
Irlandiya poytaxti Dublinda oqqush xo'jayinining ko'z o'ngida itni o'ldirdi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda. Hodisa erkak koker-spanieli bilan sayr qilib yurgan Terenyura parkida sodir bo'ldi. It hovuzda cho'milishga uringan chog'da to'satdan unga oqqush hujum qildi. Qush itni bir necha soniya qanotlari bilan urdi. Guvohlar qushni baqir-chaqir bilan alahsitishga harakat qildi, koker-spaniel egasi esa hatto suvga telefonni ham otdi. Biroq atrofdagilar itni qutqarishga muvaffaq bo'lmadi.
Ornitologlarga ko'ra, ko'lning it suvga tushgan joyi atrofida oqqush polaponlari ulg'ayayotgan in bo'lgan. Bunday paytlarda qush boshqa jonivorlar, hatto odamlarga ham tashlanishi mumkin.

Prezidentning sobiq yordamchisi pora olgani uchun 12 yilga qamaldi
Belarus Oliy sudi mamlakat Prezidentini Aleksandr Lukashenkoning Grodzen viloyati bo'yicha sobiq yordamchisi Sergey Rovneykoni yirik miqdorda pora olgani uchun 12 yil muddatga ozodlikdan mahrum qildi. Bu haqda Belarus Oliy sudi saytida xabar berildi. Barcha mol-mulkini musodara qilgan holda 12 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jazoni kuchaytirilgan tartibdagi ahloq-tuzatish koloniyasida o'tashi belgilandi , deyiladi sud xabarida. Shu jinoyat ishi bo'yicha Vestern Texnolodjiz kompaniyasi bosh direktori bo'lib ishlagan Dmitriy Tixomolov ham pora berishda ayblanib, ikki yilga qamaldi. U Belarus boks federatsiyasi raisi ham bo'lgan. Tixomolov ham jazoni kuchaytirilgan tartibdagi ahloq-tuzatish koloniyasida o'taydi. Mazkur ish bo'yicha sud jarayoni yopiq tartibda o'tkazilgan. Qaror qonuniy kuchga kirgan. Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenkoning sobiq yordamchisi joriy yilning may oyida 200 ming dollar pora olayotganda qo'lga tushgandi.

Kambojada boylar uchun xususiy turma qurilmoqda
Kamboja poytaxtida Prey Sar qamoqxonasining yuqori darajadagi qulayliklarga ega tijorat kameralariga ega bo'lgan maxsus qanoti qurilishi yakuniga etmoqda, deb xabar berdi Phnom Penh Post gazetasi. Qamoqxonaning yangi qanotini xususiy kompaniya qurmoqda. Kompaniya 45 yil davomida ushbu bo'limning operatori sifatida faoliyat ko'rsatadi, so'ngra yangi qanot davlat ixtiyoriga o'tadi. Qamoqxonaning yangi qanotidagi kameralar boshqa qamoqxonalardagi kameralarga nisbatan kattaroq bo'ladi. Kameralar to'rt toifaga bo'lingan: ular bir, ikki, uch yoki to'rt kishiga mo'ljallangan. Bu kameralardagi joylar qamoq muddati davomida etarlicha pul to'lay oladigan mahbuslarga mo'ljallangan. Qamoqxonaning tijorat qanotini qurish qarori mablag'i etarli bo'lgan mahbuslarning qulay sharoitlarda jazo o'tashlari va davlatga qo'shimcha daromad keltirish maqsadida 2016 yilda qabul qilingan.

«Internetdagi gaplar dilimni og‘ritdi». Prezident Shuhratbek Abdurahmonovga tanbeh berdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 5-iyul kuni birinchi yarim yillikda davlat budjetiga tushumlar natijadorligini tahlil qilish va yangi vazifalarni belgilash masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdi.
Yig‘ilish yakunida prezident Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonovni tanqid qildi.
Prezident internetda viloyat hokimi bilan bog‘liq xabarlarni kuzatganini, Andijon viloyatida ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan ishlardan ko‘ngli to‘lmayotganini aytib o‘tgan.
«Seni hurmat qilaman. Lekin internetdagi gaplar dilimni og‘ritdi. Og‘ir-bosiq bo‘l. Sadoqat boshqa, amal boshqa», degan prezident.
O‘z navbatida hokim yo‘l qo‘ygan xatolarini tushunib yetganini aytib, bu holat uchun uzr so‘ragan va bunday holat boshqa takrorlanmasligiga va’da bergan.
👉@darak_uz

Anomal issiq harorat Yevropaning navbatdagi davlatlarini mahv etmoqda.
Litva hukumati mislsiz qurg‘oqchilik tufayli mamlakatda favqulodda holat e’lon qildi.
Axborot manbalari xabariga qaraganda, yuqori harorat o‘zi bilan ekologik va iqtisodiy tanazzulni boshlab kelmoqda. Ko‘plab daryolar qurib, ularda suv deyarli qolmagan. Fermer xo‘jaliklari hosilning 50 foizidan ajralishdan xavotirda. Litva atrof-muhit muhofazasi vaziri Kestutisa Majeyki qo‘shni Belorusga murojaat qilib, Viley suv omboridan Neris daryosiga suv berishni iltimos qildi. Latviyada esa yong‘inlar avjiga chiqqan. Anomal issiq harorat Yevropaning navbatdagi davlatlarini mahv etmoqda.

Axborot manbalari xabariga qaraganda, yuqori harorat o‘zi bilan ekologik va iqtisodiy tanazzulni boshlab kelmoqda. Ko‘plab daryolar qurib, ularda suv deyarli qolmagan. Fermer xo‘jaliklari hosilning 50 foizidan ajralishdan xavotirda.

Shirin uyqudagi qorovul😳😂😂
Mazkur surat Yakkabog' tumanidagi Yuqumli kasalliklar shifoxonasining asosiy qorovulxonasidan olingan.
Ayni ish vaqtida, o'z ishiga sovuqqon yondoshib, butun dunyolarni unutib, suratga olinganligini ham payqamay uxlashni bizningcha faqatgina yakkabog'liklar uddalay olishadi.
Sog'liqni saqlash tizimida nazorat o'rnatilmagan, kimdir qochgan, kimdir uxlagan yana kimdir esa be'morlarga noto'g'ri tashxis qo'yganiga nima deysiz?
Yakkabog'dagi tibbiyot muassasalari jar yoqasidami?
Bunga kim aybdor?
Tez orada bu haqda batafsil ma'lumotlarni taqdim etamiz...

Toshkentda 4 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi (foto)
Toshkentning Laylito‘g‘on ko‘chasida bir vaqtning o‘zida 4 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda Sputnik.
Ma’lum bo‘lishicha, banklardan biriga qarashli bo‘lgan Damas haydovchisi ro‘parasida qayrilmoqchi bo‘lgan Ravon Nexia’ni ko‘rgan va rulni keskin o‘ngga burgan. Oqibatda Damas Nexia’ning o‘ng qanoti va uning yonida to‘xtatib qo‘yilgan kulrang Spark’ga urilgan, so‘ng katta tezlikda ariqqa tushib ketgan. Bundan tashqari, Spark keskin zarbdan yaqinroqda turgan Nexia’ga borib urilgan.
Natijada 4 ta mashina baravar shikastlangan. Xabarda aytilishicha, hodisa sodir bo‘lishida aftidan, Damas aybdordek ko‘rinmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, avtomobillarning barchasi yo‘l qoidasini buzgan. Damas harakatlanish tezligi va oraliq masofani saqlamagan. Ravon Nexia avariyaviy holatni yaratib, belgilanmagan joyda qayrilishga uringan. Spark va Nexia esa piyodalar yo‘lagida to‘xtatib qo‘yilgan bo‘lgan.

Afg`onistonda yana portlash yuz berdi
Afg`onistonning G`azni shahrida portlovchi qurilmalar joylashtirilgan yuk mashinasini portlashi oqibatida kamida 12 kishi halok bo`lgan va 43 kishi jarohatlangan.
Agentlik ma`lumotlariga ko`ra, halok bo`lganlar orasida sakkiz nafar polisiyachi va to`rt nafar tinch aholi vakillari bor.
Tolo News xabariga ko`ra, hujum yakshanba kuni Milliy xavfsizlik boshqarmasi idorasida amalga oshirilgan. O`z joniga qasd qilgan terrorchi yuk mashinasini portlatgan. Tolibon harakati portlash uchun mas`uliyatni o`z zimmasiga oldi.
Jabrlanganlar orasida maktab o`quvchilari ham borligi aytilmoqda. Ularning holati haqida ma`lumotlar yo`q.

Fojia: restoranda ovqatlangan 174 kishi zaharlandi
Qirg'iziston Sog'liqni saqlash vazirligining Kasalliklar profilaktikasi va davlat sanepidnadzor departamenti To'qmoqdagi restoranda yuz bergan ommaviy zaharlanish sabablarini aniqladi. Sog'liqni saqlash vazirligining xabar qilishicha, tibbiy yordam so'rab 174 kishi murojaat qildi, ulardan 78 nafari shifoxonaga yotqizildi.
9 iyul kungi holatga ko'ra, 10 kishi davolanishda davom etmoqda. Surishtiruv davomida aniqlanishicha, bu holatda ovqatning salmonella infektsiyasi bilan zaharlangani ma'lum bo'ldi. Bu laboratoriya tahlillari natijalari bilan isbotlandi. Kasallarning 48 foiz klinik materiallarida Salmonella enteritidis aniqlandi , - deyiladi xabarda.
Megapolis restorani nosozliklar bartaraf etilgunga qadar To'qmoq sanepidemstantsiyasi qaroriga ko'ra berkitildi. 29 iyun kuni To'qmoqdagi Megapolis restoranida to'y marosimi o'tayotgan bir vaqtda ommaviy zaharlanishlar qayd qilindi. Bayramga 256 kishi taklif qilingan edi.

Gazni aholiga xususiy operatorlar sotishi mumkin
Gaz taqsimlash tarmoqlarini ekspluatatsiya qilish va iste’molchilarga tabiiy gazni sotish bilan xususiy operatorlar shug‘ullanishi mumkin. Shavkat Mirziyoyev 9-iyulda imzolaganqarorda bu sohaga davlat-xususiy sheriklik tamoyillarini kiritishni Energetika vazirligiga topshirgan.
Energetika vazirligi 1-sentyabrga qadar gaz ta’minoti ob’yektlarini xususiy operatorlarga berish tartibini ishlab chiqishi kerak. Bu tartibda:
investorlarni tanlash, shartnomani tuzish va bekor qilish,
vositachilik to‘lovlari miqdorini belgilash va to‘lash,
Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining boshqaruvga beriladigan hududda tabiiy gaz uchun to‘lovlarni yig‘ish bo‘yicha vazifalarini xususiy operatorlarga berish tartibi va investorlarga qo‘yiladigan boshqa talablar ko‘zda tutilishi kerak.
Minbar so‘roviga MIB matbuot xizmati bu qarorni to‘g‘ri talqin qilish lozimligini va byuro vakolatlarida hozircha hech qanday o‘zgarish bo‘lmaganini bildirdi.
"Bor-yo‘g‘i xorij davlatlaridagi kabi xususiy operatorlarga berish uchun nizom loyihasi ishlab chiqiladi. Ma’qul kelsa va, asosiysi, buni o‘z zimmasiga oladigan investormi, tadbirkormi topilsa, balki bu vakolat ketishi mumkindir. Biroq MIB vakolatlarida hozircha hech qanday o‘zgarish yo‘q".
Bu chora neft-gaz tarmog‘ini moliyaviy sog‘lomlashtirish va uning boshqaruv tizimini takomillashtirishning bir qismidir. Prezidentning ayni qarori bilan tabiiy monopoliya bo‘lmish “O‘zbekneftgaz” AJ gazni qazib olib qayta ishlovchi, gazni yetkazib beruvchi va aholiga sotuvchi uchta mustaqil tuzilmaga bo‘lindi.

Garmsel kelyapti: havo keskin isib ketadi
"O‘zgidromet"ning ma’lum qilishicha, payshanba kunidan boshlab O‘zbekistonda havoning keskin isib ketishi kutilayapti.
"11 – 18-iyul kunlari mamlakatda jazirama bo‘lishi kutilmoqda, havo harorati ko‘p yillik o‘rtacha ko‘rsatkichdan 5-7 daraja yuqori bo‘ladi. Kunduzlari 40-42 daraja, janubda va cho‘llarda 43-45 daraja issiq bo‘ladi", – deb xabar berishdi sinoptiklar.
Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida garmsel bo‘lishi ehtimoli bor.
“11 – 18-iyul kunlari jazirama tufayli Tojikiston va Qirg‘izistondagi muzliklar erishi sababli respublikaning tog‘li va tog‘oldi hududlarida sel kelish xavfi bor", – deya ogohlantirmoqda "Uzgidromet".
Garmsel – kuchli quruq va issiq shamol. O‘rtaosiyoda vodiylarda deyarli shamol bo‘lmasa ham kuzatiladigan jazirama issiqni ham garmsel deyishadi.
👉@darak_uz
DTM va abiturientlardan hujjat qabulining boshqa tashkilotchilariga — 2 baho!
OTMlarga hujjat topshirish uchun katta-katta navbatlar yuzaga kelmoqda. Nega? Asosiy sabab DTMning serverlari ishlamay qolayotgani.
Nega ishlamay qoladi? Bir vaqtning o'zida serverga yuzlab, minglab murojaatlar bo'lganidan keyin ishlamay qoladi. Shundan so'ng navbatlar yuzaga keladi, navbatlarda odamlar hushidan ketadi... Bu davlat, masalan, Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi faoliyati misolida kuchsiz serverlar qanchalik ko'p muammo, tushunmovchiliklar keltirib chiqarishini ko'rgan, lekin videoda ko'rib turganingizdek bundan tegishli xulosa chiqarmagan. Vaholanki, abiturientlar soni Koreyaga borish istagidagilar sonidan ko'proq bo'lishi aniq edi.

Forwarded from Shahnoza Soatova blogi
Хуш келибсиз, Элмира Боситхоновна!
Мана, Элмира опани ҳам чиройли кутиб олдик. Опа аввал ҳам Хотин-қизлар қўмитасини бошқарганлар, аммо энди ҳаммаси умуман бошқача бўлишини илк қадамдаёқ "бир таёқ еб" тушунишларига тўғри келяпти. Умид қиламизки, тўғри хулоса чиқарадилар.
Ўзи фейсбукда "урилмаган" раҳбар қолдими?
Қолди! Ким пиарни яхши кўрмаса, брифингларга бормаса, журналистлардан қочса, ишини ими-жимида битириб кетаверса, ўшанинг қулоғи тинч, ундай раҳбарлар ҳақида билмаймиз ҳам. Иши йўқнинг хатоси ҳам йўқ-да. Лекин уларнинг даври ўтди.
Кўп иш қилганлар кўп хато қилади ва оғизга тушади.
Бундан қўрқиш керак эмас. Бу билан яшашни ўрганиш керак. Очиқлик йўли осон эмас, лекин бошқа йўл ундан баттар (очилмасангиз, гаджетлар ўзи очиб ташлаяпти-да барибир сирларни :) )
Яна ҳеч иш қилмаса ҳам кўп гапирадиган ва пиарга ўч раҳбарлар ҳам тез-тез тилга тушишади. Чунки фаолиятсизлик муаммоларнинг кўпайишига олиб келади ва муаммолар ўзи тилга кириб кетади кейин.
Раҳбарлар яхши сиёсатчи бўлишдан бошқа чораси йўқ: ишга пухталик, тилга ҳушёрлик ва айни дамда очиқлик.
@shahnozxon

1 августдан ойликлар 10% га ошди
2019 йилнинг 1 августдан бошлаб иш ҳақи, пенсиялар, стипендиялар ҳамда нафақалар миқдори ўрта ҳисобда 1,1 баравар (10%) оширилди.
Бу ҳақида тегишли Президент фармони эълон қилинди, дея хабар бермоқда Газетауз.
2019 йилнинг 1 августдан бошлаб Ўзбекистон Республикаси ҳудудида энг кам:
иш ҳақи – ойига 223 000 сўм;
ёшга доир пенсиялар – ойига 436 150 сўм;
болаликдан ногиронларга бериладиган нафақа – ойига 436 150 сўм;
зарур иш стажига эга бўлмаган кекса ёшдаги ва меҳнатга лаёқатсиз фуқароларга бериладиган нафақа ойига 267 650 сўм миқдорида белгиланди.