Telegram Web Link
Rossiya bozoridagi eng arzon xorijiy avtomobillar 5 taligi. Ular orasida o’zimizning Spark ham bor


«Tsena Avto» sayti ekspertlari Rossiya avtobozoridagi eng arzon xorijiy avtomobillar 5 taligini tuzib chiqishdi. Bu reytingda frantsuz, yapon hamda yarim yillik tanaffusdan so’ng bozorga qaytgan o’zbek avtomobili ham bor.

Birinchi o’rinda Datsun on-DO yapon sedani. 1.6 litr sig’imlik dvigatel , 87 otkuchiga ega motor hamda mexanik uzatmalar qutisi dilerlar uchun record arzon narxga — 490 ming rublga (7487 $) taklif etilmoqda.

Ikkinchi o’rinda ham yapon markasining yana bir modeli Datsun on-DO bilan bir xil quvvat bloki bilan jihozlangan — mi-DO xetchbeki. Ushbu mashina narxi 555 ming rublni (8480 $) tashkil etadi.

Uchinchi va to’rtinchi o’rinlarda Renault kompaniyasining Logan sedani va Sandero xetchbeki. Ularning narxi 577 ming rublni (8816 $) tashkil etib, ikkalasi ham 1.6 litr sig’imga ega dvigatel hamda 82 otkuchili motor bilan jihozlangan.

Narxi 646 ming rubldan (9870 $) boshlanadigan Ravon R2 xetchbeki beshinchi o’ringa munosib deb topilgan. Dvigateli 1.2 litrda sig’imdagi bu model avtomatik uzatmalar qutisiga ega.

Shuni ham qayd etish joizki, dastlabki to’rtta model Avtovaz zavodida yig’ilsa, faqatgina Ravon R2 O’zbekistondan import qilinadi.
👉@darak_uz
Nufuzli Forbes jurnali O‘zbekistonni investitsiya uchun dunyodagi eng yaxshi muhitli davlat deb atadi!

Rayner Maykl Prayss Forbes’da chop qilgan maqolasida Xitoyning yangi ipak yo‘li loyihasida O‘zbekistonni “yashirin javohir” deb atadi. Maqola muallifiga ko‘ra, mamlakat sarmoyadorlar uchun eng yaxshi joy bo‘lishi mumkin.

Forbes nashrida ekspert Rayner Maykl Prayss muallifligida “O‘zbekiston Xitoy yangi ipak yo‘lining yashirin javohiri” nomli maqolasi e’lon qilindi. Bu haqida "Sputnik" nashri xabar bermoqda.

Xitoy – AQSh savdo urushi O‘zbekistonni muhimligini oshiradi

Muallifga ko‘ra, Samarqand va Toshkentni bog‘laydigan 344 kilometrlik tezyurar temir yo‘llari AQSh va Xitoy o‘rtasidagi savdo urushi fonida jahon savdosida muhim rolni o‘ynashi mumkin. O‘zbekiston bundan tashqari Toshkentda 1,7 mlrd dollarlik biznes va moliyaviy xab tashkil qilmoqda.

Mirziyoyev prezidentligida esa mamlakat iqtisodi tez rivojlanayotlar qatoriga kirgan. Atigi ikki yil ichida davlat iqtisodiy va ijtimoiy botqoqlikdan erkin bozor iqtisodiga o‘tishga muvaffaq bo‘lgan. Olib borilgan siyosatlar natijasida mamlakatga turistlar oqimi 2018-yilda ikki baravarga ortgan.

Bundan tashqari muallif O‘zbekistonning bank sektorini ham xorijlik sarmoyadorlar uchun navbatdagi imkoniyat deb atadi. Unga ko‘ra, aholining katta qismi bank hisoblariga ega emas va 5% aholi omonat hisoblariga ega. Boisi ko‘pchilik hamon naqd pulda maosh oladi. Bunday holat hukumatning maoshlarni bank hisoblari orqali berishga majburlovchi yangi qonun qabul qilishi ortidan o‘zgaradi.

O‘zbekiston iqtisodiyoti 2018-yilda 6% ga o‘sdi. Xalqaro valyuta fondi esa yaqin bir necha yil bu ko‘rsatkich 8% bo‘lishini prognoz qilmoqda. 33 millionlik mamlakat aholisining 64% 35 yoshgacha ekanligi imkoniyatlar ko‘pligini anglatadi.

Shu bilan birga, O‘zbekistonda YaIMning aholi jon boshiga eng past ko‘rsatkich – 1500 dollarni tashkil qiladi. O‘zbekistondan besh karra kam aholiga va tabiiy resurslarga ega bo‘lmagan Gruziyada esa YaIM 4500 dollarga teng. Neftga boy Qozog‘iston esa 9 ming dollarni tashkil qiladi. Eng muhimi O‘zbekiston Markaziy Osiyoning barcha davlatlari va Afg‘oniston bilan chegaradosh. Bu esa uni Xitoyning “Bir kamar – bir yo‘l” loyihasida muhim bo‘g‘inga aylantiradi.

AFC Uzbekistan xususiy investitsion fondi ijrochi direktori Skott Osheroffga ko‘ra, ko‘pchilik O‘zbekistonni etarlicha baholamayapti. “Bu vaqt masalasi. Xorijlik investorlar O‘zbekistonda nima bo‘layotganini tushunib etishlari bilan o‘zgaradi”.

👉@darak_uz
O`zbekiston xitoyliklar uchun 7 kungacha vizasiz kirish tartibi joriy etdi

Xitoy Xalq Respublikasi, shu jumladan Xitoy Xalq Respublikasi Gonkong maxsus ma`muriy hududi fuqarolari uchun O`zbekiston Respublikasiga kirishda vizasiz rejimni belgilash to`g`risida Prezident Farmoni (PF–5819-son, 12.09.2019 y.) qabul qilindi. Bu haqida «Huquqiy axborot» kanali ma`lum qildi.

Farmonga ko`ra, Xitoy Xalq Respublikasi, shu jumladan Xitoy Xalq Respublikasi Gonkong maxsus ma`muriy hududi fuqarolari uchun belgilangan tartibda mamlakatimiz xalqaro aeroportlari orqali 7 kundan ko`p bo`lmagan muddatga vizasiz kirish tartibi belgilandi.

Avgust oyida O`zbekiston yana 20 ta davlat uchun vizasiz rejim joriy etgan edi.

👉@darak_uz
Олий Мажлис сенати “Тўй-ҳашамлар, оилавий тантаналар, маърака ва маросимлар, марҳумларнинг хотирасига бағишланган тадбирлар ўтказилишини тартибга солиш тизимини янада такомиллаштириш тўғрисида” қатъий қарорни қабул қилди.

⚡️Эндиликда тўйларда 250 дан ортиқ киши, ош маросимларида 300 дан ортиқ меҳмон таклиф этиш мумкин эмас
⚡️Тўй маросимларини 23:00гача ўтказиш мумкин
⚡️Кортеж 3та машинадан ортиқ бўлмаслиги керак
⚡️2тадан ортиқ хонанданинг (гуруҳнинг) иштирок этиши тақиқланади
⚡️Оилавий тадбирларда санъаткорлар (хонанда, созанда, раққоса, бошловчи, сўз устаси, фотограф ва бошқалар) қонун ҳужжатларига мувофиқ шартнома асосида хизмат кўрсатади
⚡️50 кишидан ортиқ тўй тадбирларни ўтказиш учун ресторан, тўйхона ва тўй эгаси расман шартнома тузишлари
⚡️“келин навкари”, “чорлар”, “ота кўрди”, “сеп ёйди”, “қуда чақирди”, “куёв чақирди”, “келин чақирди”, “тоғора юбориш” ва ҳоказоларни ўтказишга йўл қўйилмайди
⚡️Дафн этиш ва мотам маросимлари билан боғлиқ ортиқча тадбирларни (“етти”, “пайшанбалик”, “якшанбалик”, “йигирма”, “қирқ”, “ҳайит”, “йил оши”, “пул тарқатиш”, “мато улашиш” ва ҳоказоларни) ўтказишга рухсат берилмайди.

Шунингдек, тўй тадбирлари назорати ҳокимликлар, маҳалла кенгашлари, прокуратура, солиқ ва ички ишларга юклатилмоқда.
Paxtachilik ayol MIB xodimlarini tayoq bilan urib, hujjatlarni yoqib yubordi

Shu yilning 13 sentyabr kuni soat 10:00 larda MIB Paxtachi tuman bo‘limi xodimlari hududda joylashgan xususiy korxonaga o‘zboshimchalik bilan elektr tarmog‘iga ulanib olganligi holatini tekshirish maqsadida borganlar. Ammo N.R. (1991 y.t, ayol) MIB xodimlarining faoliyatiga qarshilik ko‘rsatib, ularni haqorat qilib, tayoq bilan B.U. ni tanasining turli qismlariga urib, shuningdek F.X. ning qo‘lidan dalolatnomani tortib olib, ularni yirtib, yoqib yuborgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan N.R. ga nisbatan JKning 140-moddasi 3-qismi «a» bandi, 219-moddasi 2-qismi va 227-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tergov harakatlari davom etmoqda.

👉@darak_uz
Yer yuzidagi daraxtlar soni hisoblab chiqildi


AQShning Yel universiteti olimlari 2015-yil holatiga Yer yuzidagi daraxtlar sonini hisoblab chiqdi va uni videolavhada tasvirladi.

2015-yilda Yerda 3,04 trillion daraxt o’sayotganligi aniqlangan. Shu tariqa, bir kishiga 408 ta daraxt to’g’ri keladi. Bu 2009-yilda sun'iy yo’ldoshdan olingan suratlar asosidagi ma'lumotlardagidan 7,1 marta ko’p demakdir. O’shanda tadqiqotchilar 400 milliard daraxtni hisoblagan.

Daraxtlar eng ko’p Rossiya (642 milliard), Kanada (318 milliard), Braziliya (318 milliard), AQSh (228 milliard) va Xitoy (140 milliard)da o’sadi.

Insoniyat har yili 15 milliard daraxtni kesadi, biroq shu vaqt ichida 5 milliard daraxt o’sib chiqadi. Sof zarar 10 milliard daraxt deb hisoblansa, daraxtlarning dunyodagi zaxirasi 2300-yilga kelib tugaydi.

👉@darak_uz
Joriy yildan boshlab hokimlardan paxta rejasini to‘ldirish talab qilinmaydi


Joriy yilgi paxta terimi mavsumini 400 dan ortiq inspektor va 200 nafar yordamchi kuzatib boradi. Shuningdek, jarayonlarda inson huquqlarini muhofaza qiluvchi tashkilotlar ham qatnashadi. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan majburiy mehnatga qarshi kurashishga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri o‘rinbosari Nodir Yoqubov joriy yildan boshlab hokimlardan rejani to‘ldirish so‘ralmaydi. Monitoring yerga egalik shaklidan qat’iy nazar, xususiy klaster hududi bo‘ladimi yoki fermer tomonidan ijaraga berilgan davlat yerlari bo‘ladimi amalga oshiriladi.

«Mehnat qonunchiligi mamlakatning barcha hududiga tegishli. O‘ylashimcha, xususiy hududlarga kirishda muammo bo‘lmaydi, chunki bizda hukumat tomonidan tasdiqlangan maxsus dastur bo‘lib, u har qanday tashkilotni to‘liq monitoring qilish imkonini beradi», — deydi Nodir Yoqubov.

Majburiy mehnat va huquq himoyachilarining maydonga qo‘yilmasligini oldini olish uchun 1176 raqami bo‘yicha «ishonch telefoni» ishga tushirilgan. Huquq inspektorlarining tezkor javobi uchun veb-sayt va Telegram bot ham ishlaydi.

Xalqaro mehnat tashkilotining bosh texnik maslahatchisi Yonas Astrupning ta’kidlashicha, 2018 yilda o‘tkazilgan monitoring majburiy mehnatning sezilarli darajada kamayishiga olib kelgan. Shunga qaramay ayrim joylarda majburiy mehnat holatlari kuzatilmoqda.

Nodir Yoqubovning ta’kidlashicha, o‘tgan yili safarbarlik chaqiruv rezervi xizmatchilarini majburiy mehnatga jalb etish holatlari kuzatilgan. «Vazirligimiz tomonidan Mudofaa vazirligiga majburiy mehnatga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ogohlantiruv xati yuborilgan. Biz har bir holatni ko‘rib chiqqanmiz, bu duch kelingan yagona holat edi. Ma’muriy jazolarga kelsak, ular harbiy xizmatchilar bo‘lganligi sabab biz ularni javobgarlikka torta olmaymiz», — deydi vazir o‘rinbosari.

Nodir Yoqubovning aytishicha, 12 sentyabr kuni harbiy ta’lim muassasalari va ularning bo‘limlariga ham shu turdagi ogohlantirish yuborilgan.

«Xalqaro mehnat tashkilotining prinsiplariga ko‘ra, majburiy mehnat — bu o‘zi xohlamasa ham mavjud tahdid ostida ishlash. Agarda odam o‘zining mustaqil vaqtida paxta termoqchi bo‘lsa, bu XMT konvensiyasining buzilishi emas. Maydonlarda o‘qituvchi yoki hamshiraga duch kelib qolsangiz, bu o‘z-o‘zidan majburiy mehnat fakti bo‘lmaydi. Buning uchun qo‘shimcha savollar berib, oydinlik kiritib olish lozim», — deydi Yonas Astrup.

Nodir Yoqubovning qo‘shimcha qilishicha, paxta terish bu qo‘shimcha daromad hisoblanadi. Hozirda ixtiyoriy paxta terish uchun odamlarni jalb qilishga reklama kampaniyasi boshlab yuborilgan.

👉@darak_uz
O‘zbekiston paxtasini eng ko‘p hajmda sotib oluvchi davlat qaysi?

Kecha, Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi mansabdor shaxslari ishtirokida matbuot anjuman bo‘lib o‘tdi.

Inspeksiya huzuridagi paxta mahsulotini sertifikatlash boshqarmasi boshlig‘i Zohid Toshmatov O‘zbekiston paxta yetishtiruvchi davlatlar orasida nechanchi o‘rinni egallashi haqidagi savoliga respublika paxta yetishtiruvchi davlatlar yetakchi o‘ntaligiga va paxta tolasi sifati bo‘yicha yetakchi beshtalikka kirishini ma’lum qildi.

“O‘zbekiston paxtasining asosiy xaridorlari mahalliy ishlab chiqaruvchilar hisoblanadi. Paxtaning 90 foizini mahalliy korxonalar xarid qildi. Xorijdagi eng yirik xaridor Xitoy Xalq Respublikasi hisoblanadi”, deb aytgan Toshmatov.

Toshmatovning ta’kidlashicha, o‘zbek paxtasini sotib oluvchi davlatlarga sifat uchun qo‘shimcha narx belgilangan.
👉@darak_uz
5 yoshli bolakay harbiy xizmatga chaqirildi


5 yoshli bolakay harbiy xizmatga chaqirildi
Ukrainaning Kiyev viloyatida Mudofaa ishlari bo‘limi 5 yoshli bolani harbiy xizmatga chaqirdi. Bolakayning onasi o‘g‘li nomiga kelgan chaqiruv qog‘ozini suratga olib uni Facebook’dagi sahifasiga joylashtirgan.

«Bu holat yuzasidan faqat izohga hojat yo‘q deyish mumkin. O‘g‘limning nomiga harbiy xizmatga chaqiruv qog‘ozi keldi, qizig‘i u hozir 5 yoshda», — deb yozgan ayol.

Keyinchalik, bunga texnik xato sabab bo‘lgani aniqlangan, aholi ro‘yxatida bolakay tug‘ilgan yil 2013 yildan 2003 yilga o‘zgarib qolgan.

Qishloq fuqarolar yig‘ini xatolik uchun uzr so‘ragan va bolakayning onasidan bu kabi holatlar qayd etilgan vaqtda ijtimoiy tarmoqlarda «jar solmasdan» ma’muriyatga qo‘ng‘iroq qilishni tavsiya etgan.

«Boshqalar ishiga hurmat nazari bilan qaraydigan odamlar shunday yo‘l tutgan bo‘lardi. Faqat hech bir ish qilmagan odamgina xatosiz bo‘ladi. Texnik xatolik uchun uzr so‘raymiz», — deyiladi QFYning Facebook’dagi sahifasida.

👉@darak_uz
O‘qituvchilar kuniga deb, imkoniyati yo‘qlardan majburan pul yig‘ish to‘g‘rimi?

O‘zbekistonda 1-oktyabr ustoz va murabbiylar kuni sifatida keng nishonlanadi. Xalq ta’limi vazirligi mazkur jarayonda o‘ta faollik ko‘rsatayotgan sinflarning qo‘mita vakillariga murojaat bilan chiqdi, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Xalq ta’limi vazirligi matbuot-xizmati xabariga ko‘ra, respublikadagi maktablarning ota-onalar qo‘mitalari vakillari o‘qituvchilar bayrami oldidan pul yig‘imlarini boshlab yuborganlar va bu holat ayrim ota-onalar noroziligini keltirib chiqarmoqda.

"Xalq ta’limi vazirligi 1 oktyabr – "O‘qituvchi va murabbiylar kuni" bayramida farzandlariga bilim va tarbiya berayotgan o‘qituvchilarni o‘z istak, imkoniyatlaridan kelib chiqib, tabriklayotgan ota-onalarga o‘z minnatdorchiligini bildiradi. Lekin o‘qituvchilarni tabriklash natijasida ota-onalar noroziligi kelib chiqishi kerak emas. Agarda kimning imkoniyati bo‘lmasa, boshqa faol ota-onalar tomonidan majburlash yoki ular nomidan umumiy sovg‘a qilish bahonasida majburiy pul yig‘ish noto‘g‘ri", - deyiladi xabarda.

Xalq ta’limi vazirligi shuningdek, yuqoridagi holatlarni inobatga olgan holda ota-onalar noroziligi bilan undiriladigan barcha yig‘im turlariga chek qo‘yish kerakligini eslatib o‘tgan.
👉@darak_uz
Imtiyozlar bekor qilinganidan soʻng avtomobillar narxi oshadimi?

Maʼlumki, 1 oktyabrdan boshlab “Oʻzbekiston” avtomobil sohasiga taqdim etilgan barcha imtiyozlarbekor qilinadi. Xoʻsh, shundan soʻng avtomobillar narxi oshadimi?

“Oʻzavtosanoat” raisi Shavkat Umurzoqov Sputnik muxbirining savollariga javob berdi.

UzAuto Motors sentyabr oxiriga qadar avtomobil ishlab chiqarishni toʻxtatadi
Biz ushbu yangi qonun kuchga kirishini kutmasdan, avtomobillar tannarxlarini tushirish harakatlarini boshlab yuborganmiz. Ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirish va korruptsiya holatlarini yoʻqotish evaziga avtomobillarni ishlab chiqarish xarajatlarini sezilarli darajada kamaytirishga erishdik, - deydi Umurzoqov.

Undan tashqari avtomobil sohasida narx tushirishning eng asosiy uslubi – ishlab chiqarilayotgan mahsulot sonini oshirishdir. Yaʼni ishlab chiqarilayotgan avtomobil soni qancha koʻp boʻlsa – uning tannarxi shuncha arzon boʻladi.

Albatta, bugun bir dona avtomobil bilan bozorni egallab boʻlmaydi. Shuning uchun dunyoning yetakchi ishlab chiqaruvchilari bir xil platformada 3-4tagacha avtomobil ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyishga harakat qilishmoqda. Shunday qilib avtomobil narxini tushirish mumkin.

Ushbu qoidaga amal qilgan holda, biz ham bir xil platformada koʻproq avtomobil ishlab chiqarishga harakat qilmoqdamiz. Masalan, biz hozir GMdan olgan 3ta platformada 5ta avtomobil ishlab chiqarayapmiz. 5 yildan keyin ularni feyslift qilish mumkin, bu 10ta avtomobil degani.

Maʼlumki, bir platformada ishlab chiqarilayotgan avtomobilning ehtiyot qismlari 40-50 %gacha bir xil boʻladi. Demak biz bir xil detallarni koʻproq miqdorda va arzonroq sotib olishimiz mumkin.

Undan tashqari biz ishlab chiqarayotgan modellarni GM global model deb eʼlon qildi, demak ular dunyo boʻylab 2-3 million dona ishlab chiqariladi. Bu - ehtiyot qismlarni yanada arzonroq sotib olish imkoni paydo boʻladi degani.

Uchinchidan, lokalizatsiya darajasini oshirish. Bugungi kunda biz allaqachon 50% lokalizatsiya darajasidan oʻtib ketganmiz. Kelajakda lokalizatsiya darajasini 90%gacha yetkazishni niyat qilganmiz, lekin hamma narsani Oʻzbekistonda ishlab chiqarishning iloji yoʻq va iqtisodiy asoslanmagan.

Biz bugungi kunda Oʻzbekiston ichida ishlab chiqarish mumkin boʻlgan barcha ehtiyot qismlarni ishlab chiqarmoqdamiz. Ayrim ehtiyot qismlarni ishlab chiqarishning imkoni yoʻq – masalan, xavfsizlik yostiqchalarini. Turli sabablarga koʻra ularni dunyoda faqat 3ta kompaniya ishlab chiqarar ekan.

Xulosa oʻrnida shuni aytish mumkinki, "Oʻzavtosanoat" AJ raisi Shavkat Umurzoqov yuqorida amalga oshirilgan choralar tufayli avtomobillar narxini imkon qadar oʻzgarishsiz ushlab qolishni vaʼda berdi. Shu bilan birga kompaniya mahsulot tannarxini tushirishda davom etishini ham maʼlum qildi.

👉@darak_uz
Adliya vazirligi sport tashkilotlarini tanqid qildi

Adliya vazirligida Jismoniy tarbiya vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi hamda sport sohasida faoliyat yurituvchi NNT vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda sportchilar bilan bogʻliq noxush hodisalar hamda sport federatsiyalari tomonidan chet mamlakatlarga sportchi boʻlmagan fuqarolarni olib ketib, ularni noqonuniy ravishda usha davlatlarga qoldirib kelish holatlari haqida soʻz yuritildi.

Shuningdek, sportchilar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar va ularning oqibatlari hamda ayrim sportchilarning ijtimoiy tarmoqlarda amalga oshirayotgan noqonuniy hatti-xarakatlari muammosi muhokama qilindi.

Undan tashqari, tadbir davomida sport federatsiyalari rahbarlari oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishib, mamlakatda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish boʻyicha takliflarni bildirishdi.

Eslatib oʻtamiz, ushbu yilning 4 sentyabrida Shavkat Mirziyoyev Respublikada jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, Olimpiada oʻyinlaridagi ishtirokini kuchaytirish, yoshlarni ommaviy sportga keng jalb etish va boshqa masalalar boʻyicha yoʻriqnomalalar bergan edi.

Shuningdek prezident, sohaga masʼul idoralar tomonidan jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish hamda aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish ishlari tizimli yoʻlga qoʻyilmagani tanqid qilgan edi.
👉@darak_uz
Kelgusi yil 5 ta fandan test topshirish qanday bo‘ladi?

Davlat test markazi kelgusi yilgi kirish imtihonlarida 5 ta fandan test topshirishga oid loyihani muhokama uchun e’lon qildi.

Unga ko‘ra, tartib quyidagicha bo‘lishi rejalashtirilmoqda:

Majburiy fanlar:

Ona tili - 15 ta savol, har biri uchun 2.1 balldan;

Matematika - 15 ta savol, har biri uchun 2.1 balldan;

O‘zbekiston tarixi - 15 ta savol, har biri uchun 2.1 balldan.

Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 94.5 ball.

Ta’lim yo‘nalishiga mos fanlar:

1-fan - 30 ta savol, har biri uchun 3.1 balldan;

2-fan - 30 ta savol, har biri uchun 3.1 balldan.

Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 186 ball.

Majburiy fanlar bo‘yicha abituriyentlarga beriladigan savollar birinchi murakkablik darajasidagi savollar bo‘lib (ya’ni eng oson savollar), ularga javob uchun - ona tili va O‘zbekiston tarixi fanlaridan 1 daqiqagacha, matematika fanidan - 1,5 daqiqagacha vaqt ajratilishi mo‘ljallangan.

Test topshiriqlariga javob berish hamda javoblarni javoblar varaqasiga ko‘chirish bilan birga test sinovlariga jami 3 soat vaqt ajratilishi taklif etilmoqda. Shunda asosiy blokdagi 2 ta fan uchun jami 2 soat vaqt beriladi.

👉 @darak_uz
Samarqandda «o‘ldi» deb, qabr qazilgan chaqaloq tirik bo‘lib chiqdi

Taniqli noshir va jurnalist Alisher Nazar feysbukdagi sahifasida ayanchli bir voqea haqida post yozib qoldirdi.

O‘tgan hafta ukam og‘zi qulog‘ida Samarqanddan telefon qildi: qiz farzand ko‘ribdi! Qo‘shilib quvondik. Ertasi kuni xafa bo‘lib telefon qildi: chaqaloq yurak porogi bilan tug‘ilganmish... Sabr tiladik. Keyingi kuni vahima bilan telefon qildi: chaqaloq jonlantirish bo‘limida emish. Xudoga iltijo qildik. To‘rtinchi kuni yig‘lab telefon qildi: «aka, taqdir ekan, «uzildi».

– Shifoxonadami hozir?

– Yo‘q, yarim soat burun do‘xtirlar javob bergandi. Uyga ketayapmiz yo‘lda bo‘lmadi. (Samarqand shahri bilan uyi orasi 60 km).

– Ahvoli og‘ir bo‘lsa, nega shifoxonadan olib chiqding?

– Do‘xtirlar «uzog‘i bilan 1 soatlarda o‘ladi, uyingizga olib ketavering, endi iloji yo‘q» degandi.

– Do‘xtir bunday deyishi mumkin emas, chaqloqni chiqarishda nima deb rasmiylashtirdi?

– Bilmadim, menga «tilxat» yozdirib oldi...

– Nima deb?

– «Bolamni og‘ir ahvolda o‘z xohishim bilan olib chiqib ketyapman», deb yozdirdi. «Guvohnoma» ham olganimiz yo‘q, ism ham qo‘ymagan edik.

Xo‘p, endi bunga nima deysiz?

– Xudo senga sabr bersin! O‘zi berib, O‘zi olibdi, chorasi yo‘q! Biz ham yetib boramiz, – dedim.

Xafa bo‘lib, yo‘lga tushdik... Yarim yo‘lda telefon bo‘ldi.

– Aka, chaqaloq o‘lmagan ekan!!!

...Yurak porogi bilan tug‘ildi degan chaqaloq 4 kun shifoxonada bo‘lgan. Biror marta onasiga ko‘rsatilmagan, emizilmagan. To‘rtinchi kuni «baribir o‘ladi» deb, ota-onasining qo‘liga tutqazilib, uyga javob berib yuborilgan. Bola yarim yo‘lda «uzilgan»dek bo‘lgan. Otasi yig‘lab hammaga telefon qilib chiqqan. Ular uyga borguncha domla chaqirilgan, 2-3 tasi qabr qazishga kirishgan. Chaqaloqni ko‘mishga tayyorlayotganda kimdir bilinar-bilinmas tamshanganini ko‘rib qolgan. Shundan keyin onam (85 yosh) tashabbusni qo‘lga olgan va o‘zining uslubida chaqaloqni «silkilab», «tiriltirib» olgan. Biz borsak, qizaloq onasini emib boshlagan ekan.

– Do‘xtirning padariga la’nat, – deydi onam. – Bola och qolgan. Tomiriga ukol qilib, hatto ignasini ham olmagan. Shu holatda o‘rab berib yuborgan. Nechta xotinni uyda o‘zim tug‘dirib olganman. Do‘xtiri shunaqa bo‘lsa, bundan keyin kelinlarni o‘zim tug‘dirib olaman!

Keyingi paytlarda do‘xtirlarning kaltaklanayotganini eshitib hayron bo‘lgandim. Endi hammasi tushunarli! Darvoqe, chaqaloqning qulog‘iga azon aytib, ismini Imona qo‘yib keldik. Xudoga shukr, hozircha hammasi joyida, — deb yozadi Alisher Nazar.

👉@darak_uz
Forwarded from Davr24
⚡️ Давлат хавфсизлиги хизматининг собиқ раиси Ихтиёр Абдуллаев — 18 йилга қамалди.

У жиноий уюшма ташкил этиб, мансаб ваколатини суистеъмол қилиб, уюшган гуруҳ ва жиноий уюшма манфаатларини кўзлаб, жуда кўп миқдорда пора олиш, давлат манфаатларига хилоф равишда битимлар тузиш, товламчилик, ўзлаштириш йўли билан талон-торож қилиш, божхона тўғрисидаги қонун ҳужжатларини бузиш каби бир қатор жиноятларни содир этганликда айбли деб топилган.

▪️ДХХ раисининг собиқ ўринбосари Жаҳонгир Игамов — 16 йил,

▪️ДХХ раисининг собиқ маслаҳатчиси Алишер Ишанходжаев — 17 йил,

▪️Тошкент шаҳар прокурорининг собиқ ўринбосари Ёрқин Абдуллаев — 14 йил,

▪️Адлия вазирлиги Кадрлар билан ишлаш бошқармаси бошлиғининг собиқ ўринбосари Юсуфбой Ходжаев — 8 йил,

▪️Бош прокурорнинг собиқ ўринбосари Ғайрат Ҳидоятов — 5 йил,

▪️Олий суд раисининг собиқ ўринбосари Баҳодир Деҳқонов — 5 йил,

▪️Наманган вилоятининг собиқ прокурори Улуғбек Тошев — 5 йил

озодликдан маҳрум қилинди.
O`zbekiston eng islohotchi TOP-20 davlatlar ichida


Jahon banki: Biznes yuritishni engillashtirishda eng katta islohotlar amalga oshirgan dunyodagi 20 ta top davlatlar ichida O`zbekiston ham e`tirof etildi.

Jahon banki “Biznes yuritish” xalqaro reytingi doirasida oxirgi bir yil ichida biznesni yuritishda engilliklarni nazarda tutuvchi eng ko`p islohotlarni amalga oshirgan 20 ta davlatni e`tirof etdi. Bular ichida O`zbekistonda 5 ta yo`nalishda amalga oshirilgan qadamlar alohida tan olindi.

Jahon banki xabariga ko`ra, O`zbekiston oxirgi davrda minoritar investorlarni himoya qilishni mustahkamlagan, soliqlar to`lash tizimini soddalashtirgan, shartnomalarni ijrosini amalga oshirishni kuchaytirgan, shuningdek tashqi savdo yo`nalishida sezilarli yangiliklar kiritgan.

Bunday tashqari, tijorat tashkilotlarida mustaqil kengash a`zolari bo`lishi yuzasidan yangi talablar va audit qo`mitalarining mavqei mustahkamlandi.

Infratuzilma soliqlari foyda solig`i bilan birlashtirilgani ham alohida ta`kidlangan. Jahon banki mediasiya institutini rivojlantirishga qaratilgan qadamlarni ham e`tirof etib, bu borada yagona huquqiy baza shakllanganini va mediasiyadan foydalanishni rag`batlantirish mexanizmlari joriy etilganini ta`kidlagan.

Bojxona sohasida esa xavf-hatarni tahlil qilish asosida tekshiruvlarni amalga oshirish tartibotlari kiritilganini ham ma`qullagan.

👉@darak_uz
Qashqadaryoda “Kashkadarya Investment Forum – 2019” forumi boshlandi

Qashqadaryoning Shahrisabz shahridagi Madaniyat saroyida “Kashkadarya Investment Forum – 2019” forumi start oldi. Forumda Buyuk Britaniya, Germaniya, Rossiya, Italiya, Turkiya, Hindiston, Koreya va boshqa bir qator iqtisodiy saloyihati yuqori bo‘lgan davlatlarning 150dan ortiq kompaniyalari ishtirok etmoqda.

Forum Qashqadaryo viloyati salohiyatini aks etgan videorolik bilan boshlandi. Kunning ikkinchi qismida mahalliy tadborkorlar, hokimliklar va xorijiy kompaniyalar vakillari o‘rtasida B2B formatidagi muzokalar bo‘lishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, sal avvalroq saytda 27-28-sentabr kunlari Qashqadaryoda “Kashkadarya Investment Forum – 2019” bo‘lib o‘tishi haqida xabar qilingan edi

👉@darak_uz
Farg‘ona hokimi sud hukmisiz jazo tayinlash amaliyotini yo‘lga qo‘yganini tan oldi

Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniev odamlarni 5 sutkadan qamashni, shuningdek, uchta firmaga 300 million so‘mdan jarima solishni buyurganini tan oldi.

Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniev o‘tgan hafta boshida o‘tgan selektor yig‘ilishida so‘zlagan nutqining audio yozuvi jamoatchilikka oshkor bo‘ldi. Hokim selektor yig‘ilishida Rishtonda gologrammasiz diniy kitob sotayotgan qo‘lga tushganlarni 5 sutkadan qamashni buyurgan. Shuningdek, u hokim orqali sudyalarga ham topshiriq bergan:

“Ichki ishlar va sudyalarni ham chaqirib, hurmatli hokim. Mahalla fuqarolar raisini ham besh sutkaga jarima qilib qamaysizlar. Bunaqa mahalla raisi ham kerakmas, posponi ham kerakmas. Rishtonning xotin-qizlar qo‘mitasini ishdan olib tashlanglar”, deydi hokim.

Hokim reklamalarni tanqid qilish asnosida uchta reklama firmasiga 300 milliondan jarima soldirganini aytgan:

“Hozir uchchovini chaqirasan-da, tushuntirish xati olib, uchchala tashkilot har biri 300 milliondan 900 million so‘m jarima solasan. Qonuniy jarima solasan", deydi viloyat hokimi.

Ammo bu o‘rinda jarima solinishida sud hukmi bor bo‘lishi kerakligini tilga olmagan.

O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasining 19-moddasida “Fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab qo‘yilgan huquq va erkinliklari daxlsizdir, ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki ularni cheklab qo‘yishga hech kim haqli emas”, deb alohida belgilab qo‘yilgan.

Shuningdek, bosh qonunning 106-moddasida “O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritadi”, deb ko‘rsatilgan.

👉@darak_uz
Prezident asfalt o‘rniga yo‘llarni sement-beton bilan qoplanishini aytdi


O‘zbekistonda sement ishlab chiqarish hajmi ortayotganini inobatga olib, yangi quriladigan va rekonstruksiya qilinadigan davlat ahamiyatiga ega yo‘llarni bosqichma-bosqich sement-beton qoplamaga o‘tkaziladi.

Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev kecha, 2 oktyabr kuni yo‘l xo‘jaligini rivojlantirish va ushbu sohaga investitsiyalarni keng jalb qilish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda topshiriq bergan.

«Germaniyalik hamkorlar bilan birgalikda avtomobil yo‘llari qurilishi sohasida qo‘shma loyiha institutini tashkil etib, yurtimiz iqlimi va qatnov xususiyatlarini hisobga olib, yo‘l qurilishi sohasidagi normativ hujjatlarni tubdan qayta ko‘rib chiqish zarur», degan mamlakatimiz rahbari.

Mamlakatda yo‘l qurishda hanuzgacha asosan asfalt-beton ishlatiladi. Bunday yo‘llarning xizmat muddati 10-15 yil bo‘lib, 4-5 yildayoq ta’mirtalab ahvolga kelib qoladi.

Sement-beton qoplamali yo‘llarni qurish 15-20 foizga qimmat bo‘lsa-da, ekspluatatsiya muddati 2-3 baravar ko‘p va saqlash xarajatlari 3 baravar kam.

👉@darak_uz
Temir yo‘l chiptalari narxi pasayadi

2019 yilning 1 oktyabrdan O‘zbekistonda QQS stavkasi 20 foizdan 15 foizgacha kamaytirilgani sababli «O‘zbekiston temir yo‘llari» chipta narxini mos ravishda pasaytirdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

"Qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasining pasayishi «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning barcha mahalliy va xalqaro poezdlari uchun komissiya yig‘imiga ham tegishlidir" — deyiladi xabarda.

👉 @darak_uz
2025/07/04 12:26:57
Back to Top
HTML Embed Code: